Научная статья на тему 'JAMIYATDA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH'

JAMIYATDA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
huquqiy madaniyat / huquqiy savodxonlik / shaxs / oila / mahalla / ta’lim muassasasi / tashkilot / jamiyat / huquqiy ong

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Jalilova Dilshoda Ural Qizi, Usmonova Xurshida, Nurmamatova Mohigul, Haydarova Gulbahor

Ushbu maqola jamiyatda huquqiy madaniyatning tarkib topganligi va uni yuksaltirish haqidagi mulohazalarga bag‘ishlanadi. Maqolada jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish manfaatli sanalgan takliflar o‘rin oladi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.01.2019 yildagi PF-5618-son Farmoni mazmuniga nazar tashlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JAMIYATDA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH»

JAMIYATDA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISH

1Jalilova Dilshoda Ural qizi, 2Usmonova Xurshida, 3Nurmamatova Mohigul,

4Haydarova Gulbahor

1Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'limda ona tili va uni o'qitish metodikasi kafedrasi o'qituvchisi, 2,3,4Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti 1-bosqich talabalari

https://doi.org/10.5281/zenodo.11423629 Annotatsiya. Ushbu maqola jamiyatda huquqiy madaniyatning tarkib topganligi va uni yuksaltirish haqidagi mulohazalarga bag'ishlanadi. Maqolada jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish manfaatli sanalgan takliflar o'rin oladi hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.01.2019 yildagi PF-5618-son Farmoni mazmuniga nazar tashlanadi.

Kalit so'z va iboralar: huquqiy madaniyat, huquqiy savodxonlik, shaxs, oila, mahalla, ta'lim muassasasi, tashkilot, jamiyat, huquqiy ong.

Aholining barcha qatlamlarining huquqiy savodxonligini oshirish, ularning huquqiy ongini va huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo'llash ko'nikmasini shakllantirish davlat organlari va tashkilotlarining ustuvor vazifalaridan biridir. "Shaxs - oila - mahalla - ta'lim muassasasi -tashkilot - jamiyat" tamoyili asosida tizimli va o'zaro bog'liq holda harakatlanish esa huquqiy madaniyat va huquqiy ongning jamiyatda yanada yuksalishida asosiy zamin bo'lib xizmat qiladi.

Huquqiy madaniyat - jamiyatning huquqqa nisbatan umumiy bilim darajasi va xolis munosabati; hayot jarayonida yaratilgan me'yorlar, e'tiqod va munosabatlar shaklidagi huquqiy bilimlar majmui demakdir. U o'zaro ta'sir sub'yektlarining ishida, muloqotida va xatti-harakatlarida o'zini namoyon bo'ladi. Madaniy-huquqiy ta'lim va tarbiya tizimi ta;sirida ham shakllanishiga guvoh bo'lishimiz mumkin.

Huquqiy madaniyat o'z-o'zidan jamiyat orasida rivoj topmaydi, uning o'z tashuvchisi mavjud bo'ladi. Xuddi shu tashuvchisiga qarab, huquqiy madaniyatning uch turi ajratib ko'rsatiladi:

* jamiyatning huquqiy madaniyati;

* shaxsning huquqiy madaniyati;

* guruhning huquqiy madaniyati.

Dunyoning yetuk olimlari Yu.N.Dmitrienko va I.V.Dmitrienkoning rasmiy tadqiqotlar va nashrlari hamda sinovdan o'tgan g'oyalariga ko'ra, huquqiy madaniyat turlari «huquqiy ongning ijtimoiy faoliyati sikllari»ning muhim va ustuvor manbalariga egadir.

Huquqiy madaniyatning turlari sifatida sanalgandagi turlarning qatorida jamiyatning huquqiy madaniyati o'rin olib turibdi. Bundan ko'rinadiki, jamiyatda huquqiy madaniyatning tarkib topganligi shaxs va guruhlarning huquqiy madaniyati shakllanishida ta'sirini ko'rsatadi. Shu o'rinda jamiyatning huquqiy madaniyati iborasiga aniqlik kiritib o'tish joiz bo'ladi.

Jamiyatning huquqiy madaniyati — bu umumiy madaniyatning bir qismi hisoblanib, u insoniyat tomonidan huquq sohasida to'plangan va ushbu jamiyatning huquqiy voqeligi bilan bog'liq bo'lgan qadriyatlar tizimlarining (huquqiy ong darajasi, huquq rejimi va qonunlar, tartib, qonunchilik holati, huquqiy amaliyot holati va boshqalar) yuqori darajasi huquqiy taraqqiyot ko'rsatkichidir. Jamiyat madaniyati shaxslar, guruhlar va boshqa huquq sub'yektlarining ijtimoiy-huquqiy faoliyati natijasi ham hisoblanadi. Bu faoliyat turining va umuman, shaxsning huquqiy madaniyatining boshlang'ich nuqtasi, asosi bo'lib xizmat qiladi.

Ilm-fan nuqtai nazaridan huquqiy madaniyat alohida narsa deb qaralmasligi lozim. Chunki u yaxlit madaniyatning bir bo'lagidir. Ikkinchisi bilan esa uzviy bog'liqlikni saqlab qoladi. Shu

boisdan ham u yoki bu darajada butun jamiyat uchun ham, alohida shaxslar uchun ham xos deyiladi.

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta'minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. So'nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to'sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda.

Xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta'lim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha ta'minlanmagan.

Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg'otish ishiga kompleks tarzda yondashilmadi.

Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq ta'sirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini ko'rsatadi.

Ayni yuqoridagilarni inobatga olib, bugungi kunda mamlakat bo'ylab jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalasi ustuvor vazifalar qatoriga chiqdi. Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni saqlash g'oyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini ta'minlashga o'zining jiddiy salbiy ta'sirini ko'rsatayotgani ham e'tibordan chetda qoldirilmadi. Buning yaqqol isbotini O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.01.2019 yildagi PF-5618-son Farmoni timsolida ko'rish mumkin.

Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar bilan uyg'un ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo'yicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida hamda ayrim fakt va mulohazalar tufayli bu Farmon bugun jamiyat hayotida yashayapti, targ'ib qilinyapti. Nafaqat targ'ib etilibgina qolmay, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi va unda belgilangan vazifalarning ijobiy natijalariga ham guvoh bo'lishimiz mumkin.

Xulosa sifatida ta'kidlash joizki, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda davlat organlarining o'rni beqiyosdir. Ammo bunda natijani ularning harakatidangina kutib qolmay, aholining o'zi ham shiddat bilan harakat qilishi, joriy etilgan qonun-qoidalarni inkor etadigan xatti-harakatlarni amalga oshirmasligi zarur. Albatta, buning huquqiy bilim ham darkor.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Узбекистан Республикаси Президентининг 09.01.2019 й. ПФ-5618 сон "Жамиятда х,укук;ий онг ва х,укук;ий маданиятни юксалтириш тизимини тубдан такомиллаштириш тугрисида"ги Фармони

2. Abukarimova G.N. Huquqiy ta'lim huquqiy madaniyatni shakllantirish vositasi sifatida // NamDU ilmiy axborotnomasi, 2020. №2.

3. Ниязова Н.Н. Узбекистонда фукаролик жамиятининг шаклланиши шароитида хукукий маданиятнинг шаклланиши [Формирование правовой культуры в условиях становления гражданского общества в Узбекистане] . ^озон: Мир, 2019.

Tavsiya etiladigan internet resurslari:

1. https://lex.uz

2. https://ru.wikipedia

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.