Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISHDA TA’LIM TIZIMINING O‘RNI'

O‘ZBEKISTONDA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISHDA TA’LIM TIZIMINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
938
129
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
huquq / huquqiy ong / huquqiy madaniyat / huquqiy tarbiya / qonun / konsepsiya.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — R. B. Hojiyev, U. I. Muzaffarov

Ushbu maqolada mamlakatimizda aholining huquq ongini vujudga kelishida ta’lim tizimining o‘rni va roli, yoshlarga huquqiy tarbiya berish vositalari, aholi huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan bir qator tub islohotlar haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISHDA TA’LIM TIZIMINING O‘RNI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 7 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

O'ZBEKISTONDA HUQUQIY MADANIYATNI YUKSALTIRISHDA TA'LIM

TIZIMINING O'RNI

R. B. Hojiyev U. I. Muzaffarov

CHDPU Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari CHDPU Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi kafedrasi o'qituvchisi va huquq ta'limi yo'nalishi talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada mamlakatimizda aholining huquq ongini vujudga kelishida ta'lim tizimining o'rni va roli, yoshlarga huquqiy tarbiya berish vositalari, aholi huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan bir qator tub islohotlar haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: huquq, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy tarbiya, qonun, konsepsiya.

O'zbekistonda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta'minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

So'nggi yillarda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to'sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda.

Xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta'lim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha ta'minlanmagan. [1]

Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg'otish ishiga kompleks tarzda yondashilmadi.

Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq ta'sirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini ko'rsatadi.

203

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni saqlash g'oyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini ta'minlashga o'zining jiddiy salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda.

Aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi, shuningdek, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan deyarli foydalanmasligi mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi holatlarining vujudga kelishiga sabab bo'lmoqda.

Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to'sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda. Xususan:

birinchidan, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishlari tizimli va uzviy tashkil etilmayapti. Jamiyatda, oilada, mahallada, ta'lim muassasalarida va tashkilotlarda huquqiy axborotlarni yetkazishning ta'sirchan mexanizmi mavjud emas. Shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash g'oyalari aholi, ayniqsa, davlat xizmatchilari ongiga yetarli darajada singdirilmayapti;

ikkinchidan, uzluksiz ta'lim tizimida ta'lim jarayonlari huquqiy tarbiya bilan uyg'un olib borilmayapti, aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyatini shakllantirishda o'zbek xalqining tarixi, dini, urf-odatlari, milliy qadriyatlariga tayanilmayapti;

uchinchidan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga doir tadbirlarni tashkil etishda nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan samarali hamkorlik tizimi yaratilmagan, ijtimoiy sheriklik prinsipi asosida ishlar tashkil etilmagan;

to'rtinchidan, yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirishning aniq maqsadli chora-tadbirlari belgilanmagan;

beshinchidan, jamiyatda manzilli huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil etishda va amalga oshirishda davlat organlari va boshqa sohaviy xizmatlarning faol ishtiroki ta'minlanmayapti, bu borada yuqori natijadorlik va samaradorlik ko'zga tashlanmayapti;

oltinchidan, huquqiy tadbirlar hamon an'anaviy usullarda, oddiy uchrashuvlarni o'tkazish yo'li bilan amalga oshirilmoqda, bu borada targ'ibotning innovatsion usullaridan, shu jumladan, veb-texnologiyalardan foydalanilmayapti, huquqiy yo'nalishdagi veb-saytlar yetarli emas;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

yettinchidan, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan loyihalarni rag'batlantirishning huquqiy mexanizmlari mavjud emas, bu borada tadbirlar nomigagina tashkil etilmoqda, huquqiy bilimlarni yuksaltirish bo'yicha huquqiy adabiyotlarni chop etish va tarqatish, ilmiy izlanishlarni olib borish ishlari samarasiz amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston demokratik huquqiy davlatni qurish va adolatli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo'lidan dadil borib, jahon hamjamiyatida mustahkam o'rin egallamokda. Barqarorlik va tartib, millatlararo totuvlik va fuqarolar ahilligi tufayli yosh davlatimiz ishonch va hurmatga sazovor bo'lmoqda.

Mamlakatimizda iqtisodiyot, siyosat, davlat qurilishi, huquqiy tizim va jamiyatni ma'naviy o'zgartirish sohasida keng ko'lamli islohotlar o'tkazilmoqda. O'tkazilayotgan islohotlarning qonuniy zamini yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning huquqiy asoslari izchillik bilan mustahkamlanmoqda va takomillashtirilmoqda.

Huquqiy madaniyatning mohiyati, mazmuni, tarkibiy tuzilishi va namoyon bo'lishining falsafiy, ijtimoiy, iqtisodiy, psixologik va yuridik muammolarini tadqiq etish, uni shakllantirish va yanada yuksaltirish usullarini aniqlashga ilmiy izlanishlarning ustuvor yo'nalishi deb qaralmog'i lozim.

Shaxs umumiy va huquqiy madaniyatining o'zaro bog'liqligi; huquqiy madaniyat va huquqiy fe'l-atvor; ijtimoiy ongni shakllantirishda huquqning o'rni; huquqiy tarbiya va aholining ijtimoiy faolligi; huquqiy ongga ta'sir etish shakllari va usullari; huquqiy ongning psixologik jihatlari; huquqiy ongdagi ijtimoiy buzilish va salbiy o'zgarishlar; aholining turli qatlam va ijtimoiy guruhlarining huquqiy madaniyati kabi dolzarb muammolar bo'yicha ilmiy tadqiqotlar o'tkazilishi ayniqsa dolzarbdir.

Huquqiy madaniyat muammolarini tadqiq etishning sotsiologik negizini rivojlantirish, umuman jamiyatdagi huquqiy madaniyat va aholining turli qatlamlari huquqiy madaniyati holatining haqiqiy manzarasini aniqlash uchun so'rovlar o'tkazish va huquq, uning ijtimoiy qadri hamda tartibga soluvchanlik vazifasi to'g'risida jamoatchilik fikrini aniqlashning boshqa usullarini qo'llanish zarur. Huquqiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik muammolarini tadqiq etishga alohida e'tibor qaratilmog'i lozim. Xalq ta'limi, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliklari manfaatdor tashkilotlarning ishtirokida yoshlarni huquqiy tarbiyalashning ilmiy asoslangan uslubiyotini ishlab chiqishlari kerak. O'zbekiston Respublikasining o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olib, xorijiy davlatlardagi huquqiy madaniyatni oshirishga doir ilmiy tadqiqotlarning natijalarini nashr etish va ulardan foydalanishni kengaytirish, bu sohada ilmiy axborot ayirboshlashni yo'lga qo'yish muhimdir.

Ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar o'tkazish, ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar va ma'lumotnomalar nashr etishni ko'paytirish aholining huquqiy

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

madaniyatini oshirish masalalari bo'yicha olib boriladigan ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish, ilmiy bilimlarni ommalashtirish ishiga salmoqli hissa bo'lib qo'shilmog'i kerak. Vatanimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan xalqning huquqiy ongi hamda huquqiy madaniyati darajasiga bog'likdir. Shaxsning siyosiy faolligi, uning chinakam fuqaroviy munosabati, demokratik islohotlarga intiluvchanligi belgilangan maqsadlarga tezroq erishishning muhim omilidir.

Yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim etukligining ifodasidir. U jamiyatdagi turli xil hayotiy jarayonlarga faol ta'sir ko'rsatuvchi, fuqarolarning, barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko'maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini ta'minlovchi va mustahkamlovchi omildir. Qonunni hurmat qilish huquqiy jamiyatning, siyosiy va huquqiy tizimlar samarali faoliyat ko'rsatishining asosiy talablaridan biri hisoblanadi.

Huquqiy madaniyat — umumiy madaniyatning ajralmas tarkibiy qismi. Insonlar ongida shunday ishonch qaror topishi kerakki, huquqiy bilimlarga ega bo'lgan va ularni amaliyotda tatbiq eta oladigan kishigina madaniyatli va bilimli deb hisoblanishi mumkin. Jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holati huquqiy munosabatlar barcha ishtirokchilarining huquqiy madaniyatini, huquqiy savodxonligini har tomonlama oshirishni talab qilmoqda. Huquqiy madaniyat huquqiy bilim, huquqiy e'tiqod va izchil amaliy faoliyat majmui sifatida jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarning muvaffaqiyatli hal etilishini ta'minlaydi.

Mamlakatimizda inson huquqlari va manfaatlarini ta'minlash, ijtimoiy hayotni demokratlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish va huquqiy davlat asoslarini shakllantirish zaruriyatidan kelib chiqqan holda ushbu Milliy dastur qabul qilinmoqda. Huquqiy madaniyatni shakllantirish va yuksaltirish sohasidagi davlat siyosati quyidagi prinsiplarga asoslanadi: inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligi; Konstitutsiya va qonunning ustunligi; demokratiyaga asoslanganlik; ijtimoiy adolat; ilmiylik; uzluksizlik; huquqiy tarbiyadagi vorislik hamda umumiylik; huquqiy axborotning hamma uchun ochiqligi; huquqiy tarbiya va huquqiy maorifning birligi hamda ularga tabaqalashtirilgan yondashuv. Yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish bo'yicha davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari quyidagilardan iborat:

• fuqaro, jamiyat va davlatning o'zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyati hamda ijtimoiy faolligi yuksalishini ta'minlash;

• aholining huquqiy madaniyatini shakllantirishda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;

• aholini huquqiy axborot bilan ta'minlash, ilmiy-ommabop yuridik adabiyotlar nashr qilinishi va tarqatilishini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

• huquqiy ta'lim va huquqiy tarbiya vositalari va usullarini takomillashtirish;

• yuridik ta'lim, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning zamonaviy tizimini rivojlantirish;

• huquqiy madaniyatning ilmiy asoslarini tadqiq etishni rag'batlantirish, ijtimoiy-huquqiy tadqiqotlarni tashkil etish;

• milliy an'analar hamda jahon tajribasidan foydalanish asosida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini shakllantirish.

Aholining huquqiy madaniyatini shakllantirish bo'yicha davlat siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish, bir tomondan, jamiyatning har bir a'zosi huquqiy bilimlarning muayyan darajasini o'zlashtirib olishi uchun zarur bo'lgan shart-sharoit yaratishni, ikkinchi tomondan — turli ijtimoiy guruhlarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda huquqiy maorifni tabaqalashtirishni nazarda tutadi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019-yil 9-yanvardagi "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi PF-5618-son Farmoni keng jamoatchilikning huquqiy ongi, huquqiy madaniyati, huquqiy savodxonlik darajasi yuksalishida amaliy ahamiyat kasb etadi. Ushbu Farmonda aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to'sqinlik qiluvchi quyidagi muammo va kamchiliklar saqlanib qolinayotganligi sanab o'tildi. Jumladan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta'lim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha ta'minlanmagan; - yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg'otish ishiga kompleks tarzda yondashilmadi;

- aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq ta'sirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini ko'rsatadi;

- huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni saqlash g'oyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini ta'minlashga o'zining jiddiy salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda.

Keling, sanab o'tilgan ushbu muammo va kamchiliklarni biroz tahlil qilib chiqaylik. Eng oxirida keltirib o'tganimiz "shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni saqlash g'oyalarini aholi ongiga singdirish"dan boshlasak. Davlatimiz rahbari o'zlarining ko'plab ma'ruza va chiqishlarida davlat va jamiyatni taraqqiy ettirish umumjamiyatning ishiga aylanishi kerakligini, buning uchun har bir fuqaro o'zining bu borada qat'iy fuqarolik pozitsiyasini namoyon etishi, fuqaroning shaxsiy manfaati hech qachon jamiyat manfaatidan ustun bo'lmasligilozimligini ta'kidlab o'tadilar. Albatta, bu bejiz emas. Sababi, qayerdaki shaxsiy manfaat jamiyat va davlat manfaatidan ustun qo'yilar eqan, o'sha yerda jiddiy muammo paydo bo'ladi. Aytish lozim bo'lsa korrupsiya, ta'magirlik va boshqa illatlar vujudga keladi. Bu ikki manfaat o'rtasidagi muvozanatni saqlash nihoyatda muhim. Shundan kelib chiqib, avvalo keng jamoatchilik orasida ushbu muvozanatni har qanday sharoitda ham saqlash g'oyasini tizimli targ'ibot qilish lozim.

"Huquqiy ta'lim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayotgan"ligi ham haqiqat. Maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlab, oliy o'quv yurtlarigacha bo'lgan bosqichlardagi o'zaro uzviy bog'liqlik yetishmaydi. Yoki maktabgacha ta'lim muassasalarida o'qitiladigan huquqiy saboqlar uchun darslik va o'quv qo'llanmalar, ko'rgazmali qurollar yetarlimi degan savolga ham "ha" deb javob berish mushkul. Bu borada mana shu yoshdagi bolalar ongiga huquqiy madaniyat qanday usullar bilan singdirilishi lozim degan jiddiy masala ko'zga tashlanadi. Bu o'rinda psixologlar va huquqshunoslar bilan hamkorlikda huquqiy saboqlar o'quv adabiyotlarining ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq. [2]

Shuning uchun, Farmonning 9-bandida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda maktabgacha ta'lim muassasalarida "Bola huquqlari va majburiyatlari" mavzusidagi mashg'ulotlarni malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda ko'rgazmali tarzda tizimli joriy etish bo'yicha takliflar ishlab chiqish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish; 10-bandida esa, O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi Adliya vazirligi bilan birgalikda: 2019/2020 o'quv yilidan boshlab ta'lim muassasalarida o'quvchi va talabalarning huquqiy bilimlari uzluksiz va tizimli oshirib borilishini ta'minlash mexanizmini joriy etish, shuningdek, o'quvchi va talabalarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan o'quv dasturlarini tubdan qayta ko'rib chiqilishini ta'minlash;

2019 yil 1 martga qadar yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, ularning ongida korrupsiyaning jamiyat va mamlakat ravnaqi uchun o'ta salbiy illat eqanligini targ'ib qilishga qaratilgan o'quv materiallari tayyorlanishini tashqil qilish; yosh avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo'yicha ta'lim muassasalarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

hamkorlik qilishining samarali mexanizmlarini kengaytirish choralarini ko'rish kabi jiddiy vazifalar yuklatildi.

Bundan 22 yil oldin Oliy Majlis qarori bilan qabul qilingan "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy Dasturi" oradan shuncha vaqt o'tganidan keyin uni bugungi kun talabidan va ruhidan kelib chiqib yangilash zaruriyati tug'ildi. E'tibor qiling, bugungi kunda qanchadan-qancha ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy o'zgarishlar ro'y bermoqda. Shu nuqtai-nazardan ushbu Farmon bilan Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlanib, unda bir qator muhim ahamiyatga ega bo'lganyo'nalishlar belgilandi.

Darhaqiqat, shaxs, davlat va jamiyatning o'zaro munosabatlarida qonun, undagi huquqiy me'yorlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.Bu har bir shaxsning jamiyat va davlat oldidagi ijtimoiy mas'uliyatini belgilaydi. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasining o'ziga xos eng muhim jihatlaridan biri, huquqiy tarbiyani shakllantirish va huquqiy madaniyatni yuksaltirish dastlab oiladan boshlanishi lozimligi belgilanganidir.

1. 2019- yil 9- yanvardagi PF-5618-sonli "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi Prezident farmoni, Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 10.01.2019-y., 06/19/5618/2452-son

2. Икрамов Р.А., Хожиев Р.Б. (2020). Воспитание гармонично развитого поколения является приоритетом государственной молодежной политики. Вестник науки и образования. № 14 (92). Част 3. С. 88-90

3. Ходжиев Р.Б., Норбоева Д.О. (2021) Креативное мышление - важный фактор социального развития. Вестник науки и образования. № 10 (113). Част 3. С. 76-79.

4.Х,ожиев Р.Б., Норбоева Д.О. (2021) Ёшлар ижтимоий хдётнинг когнитив асослари. "Academic Research in Educational Sciences " № 2(2), 544-555-6.

5. R.B.Hojiyev, G.B.Xolmo'minov, M.L.Sharipov (2020) Raising a harmoniously developed generation is a priority of democratic reforms in Uzbekistan. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Volume 8. Number 5. pp-

Foydalanilgan adabiyotlar

1-3

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.