Научная статья на тему 'HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT SHAKLLARI, RIVOJLANISH BOSQICHLARI'

HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT SHAKLLARI, RIVOJLANISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
2222
197
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
HUQUQ / MADANIYAT / HUQUQIY ONG / JAMIYAT / GURUH / SHAXS / FUQAROLIK JAMIYATI / DEMOKRATIYA / QONUN / IJYIMOIY-IQTISODIY / ISLOHOT / SIYOSAT / SHAXSIY MAFAAT / JAMIYAT MAFAATI / GʻOYA / HUQUQIY TA'LIM-TARBIYA / OILA / DAVLAT ORGANLARI / SUD / PROKURATURA / HUQUQIY DAVLAT / MAHALLA / TA'LIMʻMUASSASASI / HUQUQ NORMASI / HUQUQ IJODKORLIGI / UMUMINSONIY VA MILLIY TAOMILLAR / RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Jarbekov R.B., Oʻrinboyev U.O.

Ushbu maqola huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish uning huquqiy asoslarini yaratish, jamiyatda fuqarolar ayniqsa yosh avlodning huquqiy bilim va koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan ishlar haqida. Qolaversa huquqiy ong va huquqiy madaniyatning shakllari, ularni vazifalari keltirib oʻtilgan.Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning huquqiy ong va madaniyatini oshirishga qaratilgan amaliy chora tadbirlar keltirib oʻtilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMS OF LEGAL CONSCIOUSNESS AND LEGAL CULTURE, STAGES OF DEVELOPMENT

This article deals with the development of legal awareness and legal culture, the creation of its legal framework, the formation of legal knowledge and skills of citizens in society, especially the younger generation. In addition, the forms of legal consciousness and legal culture, their functions are given. Practical measures are given to improve the legal awareness and culture of citizens in the Republic of Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT SHAKLLARI, RIVOJLANISH BOSQICHLARI»

Jarbekov R.B.

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi direktorining Yoshlar bilan ishlash bo (yicha o (rinbosari

3-darajali yurist O'rinboyev U.O.

Sirdaryo viloyati yuridik texnikumi mutaxasislik fanlari o'qituvchisi 3-darajali yurist

HUQUQIY ONG VA HUQUQIY MADANIYAT SHAKLLARI, RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Annotatsiya: Ushbu maqola huquqiy ong va huquqiy madaniyatni rivojlantirish uning huquqiy asoslarini yaratish, jamiyatda fuqarolar ayniqsa yosh avlodning huquqiy bilim va ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan ishlar haqida. Qolaversa huquqiy ong va huquqiy madaniyatning shakllari, ularni vazifalari keltirib o'tilgan.O'zbekiston Respublikasida fuqarolarning huquqiy ong va madaniyatini oshirishga qaratilgan amaliy chora tadbirlar keltirib o 'tilgan.

Kalit so'zlar: Huquq, madaniyat, huquqiy ong, jamiyat, guruh, shaxs, fuqarolik jamiyati, demokratiya, qonun, ijyimoiy-iqtisodiy, islohot, siyosat, shaxsiy mafaatjamiyat mafaati, g'oya, huquqiy ta'lim-tarbiya, oila, davlat organlari, sud, prokuratura, huquqiy davlat, mahalla, ta 'lim 'muassasasi, huquq normasi, huquq ijodkorligi, umuminsoniy va milliy taomillar,rivojlanish istiqbollari.

Zharbekov R.B.

Deputy Director of Youth Affairs Syrdarya regional legal college

lawyer 3rd category Urinboev U. O.

Syrdarya Regional Law College teacher of special subjects

lawyer 3rd category

FORMS OF LEGAL CONSCIOUSNESS AND LEGAL CULTURE,

STAGES OF DEVELOPMENT

Annotation: This article deals with the development of legal awareness and legal culture, the creation of its legal framework, the formation of legal knowledge and skills of citizens in society, especially the younger generation. In addition, the forms of legal consciousness and legal culture, their functions are given. Practical measures are given to improve the legal awareness and culture of citizens in the Republic of Uzbekistan.

Keywords: Law, culture, legal consciousness, society, group, personality, civil society, democracy, law, social and economic reform, politics, personal interest, public interest, idea, legal education, family, state bodies, court, prosecutor's office., rule of law, community, educational institution, rule of law, lawmaking, universal and national processes, development prospects.

KIRISH

Mamlakatimizda istiqlolning dastlabki yillaridan boshlab huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy sharti sifatida xalqimizning huquqiy bilimi va madaniyatini yuksaltirish, huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash, qabul qilingan qonun va qarorlarning mazmun-mohiyatini aholiga chuqur anglatishga katta e'tibor qaratilib kelinmoqda.

Bugungi kunda fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonida huquqiy madaniyatni yuksaltirishga erishish, tom ma'noda huquqiy ongni yuksaltirish davr talabiga aylandi. Fuqarolarda yuksak huquqiy tafakkur shakllanmas ekan, turli xil nomutanosibliklar kelib chiqaveradi. Huquqiy madaniyatni shakllantirish va shu orqali qonun ustuvorligiga erishish nafaqat jamiyatning, balki o'sib kelayotgan yoshlar uchun ham qimmatlidir. Huquqiy davlat, fuqarolik jamiyati qurishning zarur sharti qonunlarga so'zsiz itoat etishdir.

Mamlakatimizda yosh avod tarbiyasi davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan. Shuningdek, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash ham muhim vazifalar sirasiga kiradi. Huquqiy demokratik davlat qurishda o'sib kelayotgan yosh avlodning huquqiy bilimlarni mukammal egallaganligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Mukammal ta'lim-tarbiya olgan avlod hech qanday huquqbuzarlik yoki jinoyatlar ko'chasiga kirmaydi. Shuningdek, turli yot g'oyalar ta'siriga tushmaydi.

ASOSIY QISM

Yurtimizda huquqiy demokratik davlat barpo etish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish borasida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-sonli "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida»gi farmoni qabul qilindi. Aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir ishlar samaradorligini yanada takomillashtirish, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar bilan uyg'un ravishda huquqiy bilimlarini oshirib borishning zamonaviy usullarini joriy etish, shuningdek, aholini, ayniqsa, yoshlarni zararli axborotlardan himoya qilish bo'yicha mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirish maqsadida:

1. Quyidagilar jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari etib belgilandi:

aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining mazmuni va mohiyatini izchil yetkazish tizimini shakllantirish, fuqarolar ongida "Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish - demokratik

huquqiy davlat qurishning garovidir!" degan hayotiy g'oyani mustahkamlash;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, ta'lim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e'tibor qaratish, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni saqlash g'oyalarini keng targ'ib qilish;

yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib

borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab o'rgatish;

aholi o'rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo'yicha huquqiy -ma'rifiy tadbirlarni xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o'rgatish bilan uyg'un holda tashkil qilish, shuningdek, har bir fuqaroda davlat ramzlari bilan faxrlanish tuyg'ularini shakllantirish orqali mamlakatga daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish;

davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining manzilli huquqiy targ'ibotni amalga oshirish borasidagi o'zaro hamkorligini mustahkamlash;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirishga doir tadbirlarni tashkil etishda ijtimoiy sheriklik prinsiplaridan keng va unumli foydalanishni tizimli asosda yo'lga qo'yish;

ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan ta'minlashdagi rolini oshirish, huquqiy targ'ibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, veb-texnologiyalarni qo'llashni kengaytirish;

yuridik ta'limni takomillashtirish, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish;

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini chuqur tadqiq etish.

2. "Yuksak huquqiy madaniyat — mamlakat taraqqiyoti kafolati" degan konseptual g'oya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo'lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo'llay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilansin.

3. Belgilab qo'yildiki, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish "shaxs — oila — mahalla — ta'lim muassasasi — tashkilot — jamiyat" prinsipi bo'yicha tizimli va uzviy tashkil etiladi.

Huquqiy davlatning eng muhim belgilaridan yana biri — qonun ustuvorligini ta'minlash va yuksak darajadagi huquqiy ong va madaniyatga ega bo'lgan barkamol avlodni tarbiyalash mazkur islohotlarning o'zagini tashkil etadi. Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, mamlakatimiz aholisi va yoshlari ongida qonunlarga hurmat ruhini singdirish masalalari juda muhim. Inson o'zini huquqiy jihatdan yetuk, bilimli deb hisoblashi uchun birinchi navbatda unda jamiyatda o'rnatilgan huquq normalariga nisbatan hurmat ruhi shakllangan bo'lishi lozim. O'tgan yillar mobaynida o'tkazilayotgan islohotlarning qonuniy zamiri yaratildi. Ijtimoiy-siyosiy hayotning huquqiy asoslari izchillik bilan mustahkamlandi.

Vatanimizning rivojlanishi va islohotlarning muvaffaqiyati ko'p jihatdan xalqning xuquqiy ongi hamda madaniyati darajasiga bog'liq. Yuksak huquqiy madaniyat demokratik jamiyat poydevori hamda huquqiy tizim yetukligining ifodasidir. U jamiyatdagi hayotiy jarayonlarga faol ta'sir ko'rsatuvchi, fuqarolarning barcha ijtimoiy guruhlarning jipslashuviga ko'maklashuvchi, jamiyatning yaxlitligi hamda batartibligini ta'minlovchi omildir.

Huquqiy ong - bu qonunga, davlat organlari faoliyatiga, shuningdek, shaxslarning huquqiy tartibga solish sohasida sodir etilgan harakatlariga munosabatni ifodalovchi g'oyalar, g'oyalar, his-tuyg'ular, his-tuyg'ular yig'indisidir. Huquqiy ongning ijtimoiy ong shakli sifatidagi o'ziga xosligi uning odamlarning ijtimoiy va individual hayotining intellektual ifodasi ekanligida namoyon bo'ladi. Huquqiy ong huquq tizimining quyidagi elementlari bilan chambarchas bog'liq: huquqiy normalar, huquqiy tamoyillar, huquqiy munosabatlar, huquq ijodkorligi jarayonlari va boshqalar.

Huquqiy madaniyat - huquqiy ongni amalga oshirish. Boshqacha qilib aytganda, huquqiy madaniyat - bu huquq ijodkorligi faoliyati natijalarida (qonunlarning sifati va asosliligi), huquqni qo'llash jarayonida (huquqni muhofaza qilish va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xulq-atvor madaniyati) ifodalangan ob'ektivlashtirilgan huquqiy ongdir. ), yuridik institutlarning (sud, prokuratura va boshqalar) faoliyatida, shuningdek, oddiy fuqarolarning xatti-harakatlarida.

Huquqiy madaniyatning turlari uning tashuvchisiga qarab ajratiladi:

1) Jamiyatning huquqiy madaniyati;

2) Guruhning huquqiy madaniyati;

3) Shaxsning huquqiy madaniyati.

Jamiyatning huquqiy madaniyati - bu butun jamiyatning huquqiy faolligi va ong darajasini bildiruvchi umumiy madaniyatning ma'lum bir qismi. Keng ma'noda jamiyatning huquqiy madaniyatini ma'lum bir davr uchun to'plangan barcha huquqiy bilim va tajribalar yig'indisi sifatida belgilash mumkin.

Jamiyat huquqiy madaniyatining rivojlanish darajasini ko'rsatuvchi ko'rsatkichlar:

> Qonunchilikning rivojlanish darajasi

> Huquqiy normalarni talqin qilish sifati

> Aholining huquqiy faoliyati

> Huquqiy bilimlarga talab darajasi va mavjudligi

> Huquq normalarida umuminsoniy va milliy tamoyillarning o'zaro bog'liqligi

> Qonun hujjatlari talablariga subyektlar tomonidan rioya qilish darajasi

Ijtimoiy guruhning huquqiy madaniyati - bu ma'lum bir ijtimoiy

guruhning huquqiy ongi va huquqiy xulq-atvori darajasining holati.

Ijtimoiy guruhlarning huquqiy madaniyati quyidagi xususiyatlar bilan ajralib turadi:

> Qonunchilik va qonunchilikni bilish

> Qonunga rioya qilish

> Kerakli narsalarni bajarish qobiliyati huquqiy hujjatlar

> Xalq va qonun tomonidan berilgan kuchdan foydalanish qobiliyati

> Fuqarolarning huquqiy tarbiyasi

Shaxsning huquqiy madaniyati - bu yakka shaxs, shaxs madaniyati. U quyidagi elementlardan iborat:

> Qonunni bilish va tushunish

> Qonunga rioya qilish va qonuniy inson xatti-harakati

> Huquqiy xulq-atvor darajasi

> Huquqiy psixologiya va mafkura

Shaxs va guruhning huquqiy madaniyati sifati va darajasini quyidagi mezonlar orqali baholash mumkin:

> Huquqiy ong va ta'lim darajasi

> Huquqiy ongning sifat xususiyatlari

> Amaliy xulq-atvorning sifat xususiyatlari, uning qonuniyligi va foydalilik darajasi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,"Jamiyatda qonunlarga hurmat ruhini qaror toptirish - demokratik huquqiy davlat qurishning garovidir!" Shunday ekan, qonunlarning samarali ishlashi uchun fuqarolarning huquqiy ongini, huquqiy madaniyatini, huquqiy mafkurasini yuksaltirish juda muhim. Aholining barcha tabaqalari, ayniqsa yosh avlodning huquqiy bilim saviyasini yuqori darajaga ko'tarish bilan biz qonun buzilishlari, adolatsizliklar, jinoyatlarning oldini olgan bo'lamiz. Zero, har bir fuqaro iqtisodiy va siyosiy islohotlar jadal o'tkazilayotgan hozirgi davrda qayerda ishlamasin, xizmat qilmasin, o'qimasin, har qadamda huquqiy bilimga ehtiyoj sezishi tayin.

Zamonaviy davrda insonlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini barqaror rivojlanish yo'liga olib chiqish uchun huquqiy ongning umumiy darajasini ko'tarish fuqarolarning huquqiy nigilizimini engishga qaratilgan chora-tadbirlarni qabul qilish va amalga oshirish zarurati va ehtiyojini keltirib

chiqaradi. Biz jamiyatda qonun va qonunga hurmat har bir insonning shaxsiy ishonchiga aylanishi uchun harakat qilishimiz zarur.

Huquqiy jamiyatda bosqichma-bosqich shakllanib boradigan shaxsning ehtiyojlari va manfaatlarini maqsadga muvofiq ravishda shakllantirish, qonun ustuvorligini va qonuniylikni mustahkamlashning samarali vositalaridan biri sifatida ushbu tadbirlar orasida huquqiy madaniyat va huquqiy ong, huquqiy ta'lim alohida o'rin tutishi kerak. Huquqiy tarbiyaning maqsadi qonunlarga hurmatni shakllantirish bo'lishi kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi: 2021-yil

2. Davlat va Huquq nazariyasi: O.Qoriyev 2018-yil

3. Mamuriy huquq: B.Musayev, D.Artikov, B.Qosimov 2020-yil

4.http://www.my.gov.uz

5.http://www.lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.