Научная статья на тему 'HUQUQIY TARG‘IBOT JARAYONIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING O‘RNI'

HUQUQIY TARG‘IBOT JARAYONIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Право»

219
32
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
Huquq / ong / madaniyat / huquqiy ong / huquqiy madaniyat / islohot / burch / mas‟uliyat / Право / сознание / культура / правосознание / правовая культура / реформа / долг / ответственность.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Islomxo‘Ja Abdullohon O‘G‘Li Xo‘Jaxonov

Ushbu maqola hozirga zamonda dolzarb bo„lib hisoblangan masala, ya‟ni, jamiyatda yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o„rni va ularni yanada yuksaltirishga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье представлен вопрос, который считается актуальным на сегодняшний день, а именно роль средств массовой информации в формировании правосознания и культуры молодежи в обществе, а также предложения и замечания, направленные на их дальнейшее совершенствование

Текст научной работы на тему «HUQUQIY TARG‘IBOT JARAYONIDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARINING O‘RNI»

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-881-886

HUQUQIY TARG'IBOT JARAYONIDA OMMAVIY AXBOROT

VOSITALARINING O'RNI

Islomxo'ja Abdullohon o'g'li Xo'jaxonov

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tayanch doktoranti xoj axonovislomxoj aabdulloxon@gmail .com

Ushbu maqola hozirga zamonda dolzarb bo'lib hisoblangan masala, ya'ni, jamiyatda yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirishda ommaviy axborot vositalarining o'rni va ularni yanada yuksaltirishga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirilgan.

Kalit so'zlar: Huquq, ong, madaniyat, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, islohot, burch, mas'uliyat.

В данной статье представлен вопрос, который считается актуальным на сегодняшний день, а именно роль средств массовой информации в формировании правосознания и культуры молодежи в обществе, а также предложения и замечания, направленные на их дальнейшее совершенствование.

Ключевые слова: Право, сознание, культура, правосознание, правовая культура, реформа, долг, ответственность.

This article presents suggestions and comments aimed at improving the role of the mass media in the formation of the legal consciousness and culture of young people in the society, which is considered to be relevant nowadays

Keywords: Law, consciousness, culture, legal consciousness, legal culture, reform, duty and responsibility.

Mamlakatni fuqarolik jamiyati yo'lidan jadal rivojlanishi va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning samarasi mamlakat yoshlarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatining yuksaklik darajasiga bog'liq. Mamlakatimizda hamma sohalarda olib borilayotgan islohotlarning mazmunini tushunish, ushbu jarayonda faol ishtirok etish, yoshlarning huquqiy

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

madaniyati yuqori bo'lishini taqozo etmoqda. Buning dolzarbligi

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-881-886

to'g'risida O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoev huquqiy madaniyatning ahamiyatini alohida ta'kidlaydi: "...qonun ustuvorligini ta'minlashda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarni qonunga hurmat ruhida tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi"[1] - deya ta'kidlaydi.

Huquqiy madaniyathaqida fikr yuritar ekanmiz avvalo unga berilgan tariflarni keltirib otamiz. Huquqiy madaniyatning falsafiy tahlili bilan shug'ullangan olima D.Q.Adilova quyidagicha mulohaza bildiradi: "...huquqiy madaniyat - bu ob'ektning yuridik tayyorgarligi darajasi va uning o'z siyosiy, iqtisodiy va madaniy huquq hamda erkinliklarini amalga oshirishdir. Ob'ektning huquqiy madaniyatining mezoni nafaqat uning yuridik va huquqiy normalarni bilishi, balki jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayotida faol ishtirok etishi hamdir"[2]. O'zbek huquqshunos olimlaridan professor X.Odilqoriev: "Aslida, huquqiy madaniyat o'z mohiyat e'tibori bilan insonning siyosiy va huquqiy jihatdan ijtimoiylashuvi (sotsializatsiyasi) natijasidir. Bunda insonning ijtimoiy tajribasi, bilim va ko'nikmalari to'laligicha namoyon bo'ladi. Inson o'z manfaat va ehtiyojlarini qondirishga qay darajada qobil, ayni vaqtda, jamiyat manfaatlarini taminlashga qanchalik samarali hissa qo'sha oladi, degan savollarga javob ko'p jihatdan uning ichki ma'naviyati, e'tiqodi va huquqiy madaniyatiga bog'liq. Shaxsning huquqiy ijtimoiylashuvi uning jamiyat huquqiy hayoti va amaliyotiga faol daxldorlik holatini ko'rsatadi. Mazkur daxldorlik darajasi shaxs huquqiy bilimlarni qadam-baqadam o'zlashttirib borgani sayin o'sib boradi va uning huquqiy me'yorlariga ongli, ixtiyoriy rioya etish saviyasi orqali namoyon bo'ladi"[3], - deb ta'riflaydi. Rus olimi A.P.Semitiko huquqiy madaniyat tarkibiga nafaqat huquqiy ong balki uning rivojlanish darajasini ham kiritadi: "huquqiy madaniyat mazmuniga shunchaki qonuniylik, huquqiy ong emas, balki, ularning rivojlanish darajasi ham kiradi. Shuningdek, aholi huquqiy ongining yuksakligi, ya'ni aholi huquqdan qay darajada xabardorligi, huquqiy qadriyatlarni qay darajada o'zlashtirganligi, huquqiy faoliyatning qanchalik rivojlanganligi, jamiyat a'zolarining huquqi mustahkamlangan qonun hujjatlarining mukammalligi ham huquqiy madaniyat mazmuniga mansub bo'ladi"[4]. Quyidagi fikrlardan kelib chiqib quyidagicha ta'rif berish mumkin. Huquqiy madaniyat shaxsning ijtimoiy, huquqiy va siyosiy institutlar ta'sirida, milliy qadryatlar asosida huquqiy va siyosiy ijtimoiylashuvi hamda o'z huquq va burchlari to'g'risidagi shaxsiy huquqiy ong, huquqiy bilim va huquqiy xulq-atvorining amaldagi ifodasidir.

Maqolada ommaviy axborot vositalari orqali yoshlarning huquqiy madaniyatni yuksaltirish usul va vositalari muxokama

qilinadi. Xususan xozirda rivojlanib borayotgan ijimoiy tarmoqlar

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-881-886

orqali yoshlar ongiga huquq haqidagi ma'lumotlarni yetkazish tushuntirilgan. Zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish va ularning samarasi tahlil qilindi. Hozirda ommaviy axborot vositalari yoshlarni xarakatga keltiruvchi kuchga aylanib bormoqda. Yoshlar esa unga qaram bo'lib bormoqda. Natijada ommaviy axborot vositalarining mas'uliyati yanada ortib bormoqda. Mamlakatning har bir yoshlari o'z huquq va burchlarini hamda mas'uliyatini yaxshi bilishi lozim. Ozbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining bergan malumotiga ko'ra 2019 yilda 13 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar tomonidan 15590 ta jinoyat sodir etilgan. Bu ko'rsatkich 2020 yilda 18231ta, 2021 yilda 30526 taga 2019 yilga nisbatan 2641ta 2020 yilga nisbatan 12295taga ortganini ko'rishimiz mumkin[5]. Mamlakat barqarorligini taminlash uchun albatta yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish zaruriyati tug'iladi.

Yoshlarimizning dunyoqarashi, tafakkuri mamlakat hayotiga, yangilanishlarga mos ravishda o'zgarib borishi huquqiy madaniyat tushunchasi bilan chambarchas bog'liqdir. 2022-2026 yillarga mo'ljanlangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategisida aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va ta'lim tashkilotlari bilan o'zaro samarali hamkorligini yo'lga qo'yish asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Huquqiy madaniyat yoshlarning huquqiy savodxonlik darajasi, qonunlarga bo'lgan hurmati, huquqiy normalarni ijro etishi, jamiyatga tatbiq eta olish ko'nikmasi, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik, qonunlarga itoatkorlik, huquqiy faollik hamda tashabbuskorligini anglatadi. Mamlakat yoshlarining yuksak huquqiy ongi va huquqiy madaniyati davlatimizining taraqqiyotini ta'minlaydi. Huquqiy ong va huquqiy madaniyat darajasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning to'liq ijro etilishi hamda yoshlarning unga amal qilishi bilan belgilanadi. Shuning uchun ta'lim-tarbiyaning tizimli va uzviy olib borilishiga alohida e'tibor qaratish, ta'lim tizimiining barcha qatlamlaridagi yoshlarga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish nazarda tutilmoqda. Yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab o'rgatish bo'yicha o'ziga xos tizim yaratiladi. Haqiqatdan ham, yosh avlod ongida nima yaxshi, nima yomon, nima mumkinu nima mumkin emasligini, huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini odob-axloq normalari asosida tushuntirib borish hamda bosh qomusimizdagi eng muhim

tamoyillarni sodda tilda bolaligidan o'rgatib borish kelajakda o'z

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-881-886

samarasini beradi. Ommaviy axborot vositalarida ham bu muammoga ko'proq ahamiyat berilmoqda. Xususan, huquqiy bilimlarni ommaga etkazishning an'anaviy bo'lmagan shakllariga oid izlanishlar olib borilmoqda[6].

Yoshlarlarning huquqiy savodxonligini ta'minlashda ommaviy axborot vositalarining roli juda muhim. Shu bois milliy media makonda huquqiy mavzulardagi ruknlarga e'tiborni yanada kuchaytirish, aholi o'rtasida ko'proq ko'tarilayotgan muammolarni davriy nashrlar sahifalarida, televidenie va radio eshittirishlarida, ijtimoiy tarmoqlarda tushuntirib borish zarur. Hozirgi globallashuv, ilmiy-texnik taraqqiyot davrida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan, targ'ibotning ilg'or va ta'sirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ilg'or tajribalarini o'rganish dolzarb ahamiyat kasb etadi. "Yuksak huquqiy madaniyat - mamlakat taraqqiyoti kafolati" degan konseptual g'oya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo'lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo'llay olishlari uchun tizimli va keng qamrovli huquqiy targ'ibot tadbirlarini tashkil qilish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi.

Bunda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish "shaxs-oila-mahalla-ta'lim muassasasi tashkilot jamiyat" prinsipi bo'yicha tizimli va uzviy tashkil etiladi. Darhaqiqat, huquq asoslarini, Konstitutsiya va qonunlar mazmun-mohiyatini, yangi qonuniy hujjatlar, huquqiy me'yorlarni kishilarning, birinchi navbatda, yoshlarning ongi, qalbiga singdirishda hech bir narsa o'z ahamiyatiga ko'ra huquqiy ta'lim-tarbiyaga tenglasha olmaydi. Huquqiy madaniyatni rivojlantirishda nodavlat idoralar bilan ishlash, keng jamoatchilikni huquqdan xabardor qilish korrupsiyaga qarshi kurashda kuchli rag'batlantiruvchi omil sifatida ishlaydi.

Shuni ta'kidlash kerakki, ommaviy axborot vositalari kimningdir yoki qaysidir tashkilotning qo'lidagi o'yinchoqqa aylanmasligi kerak va mustaqilligini qonunan tartibga solish zarur. Ommaviy axborot vositalarining mustaqilligini va xolisligini ta'minlash uchun markazlashtirilgan tizim ishlab chiqilishi kerak. Aks holda, ommaviy axborot vositalari nohalol raqobatga kirishadi hamda o'zini-o'zi yo'q qiladigan organga aylanadi, bu esa uning va qadr-qimmatini yo'qatadi.

Ommaviy axborot vositalari aholining e'tiqodiga asoslanadi, agar jamoatchilik e'tiqodi buzilsa ommaviy axborot vositalari o'zini-o'zi yo'q qiladi. Ommaviy axborot vositalarini ikki toifaga bo'lib o'rganish mumkin: bosma va radioeshittirish vositalari. Internetning rivojlanishi ijtimoiy

tarmoqlarning yanada yuksalishiga xizmat qildi. Bosma ommaviy

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-881-886

axborot vositalar ham jamiyatda muhim o'rin tutadi. Bosma ommaviy axborot vositalari ham jamiyatning rivojlanishi bilan turli hil dzaynlardan foydalangan holda axborotlarni yetkazishga xizmat qilmoqda. Zamonaviy texnologiyaning rivojlanishi sababli ommaviy axborot vositalari keng ommani qamrab oldi. Bunda ommaviy axborot vositalari turli usul va vositalardan foydalanadi.

Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish uchun yoshlarga quyidagi usullardan foydalanish mumkin:

- OAV orqali tushuntirish, yozma so'zlar, belgilar, rasmlar, multfilmlar, videolar, roliklar, kinolar, animatsiyalar, o'yinlar, viktorinalar yoki targ'ibotning boshqa har qanday shakldagi ko'rinishida. Lekin bularning bosh g'oyasi aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qilishi lozim.

- Barqaror demokratik jamiyat asosi sifatida inson huquqlariga hurmatni shakllantirish va mazkur huquqlarni ta'minlash uchun institutsional mexanizmlarni yanada mustahkamlash;

- So'z erkinligi, axborot olish va uni tarqatish erkinligiga rioya qilish kafolatiga ega bo'lgan mustaqil ommaviy axborot vositalarini izchil rivojlantirish;

- Yoshlarning siyosiy va huquqiy madaniyatini, savodxonligini yuksak darajaga ko'tarish va ularning muttasil o'sib borishini ta'minlash zarur.

- Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda talim tizimida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish muhim axamiyat kasb etadi.

- Yoshlar ongida shakllantirilayotgan huquqiy madaniyatni yuksaltirishda xalqimizning umumiy madaniyatiga, milliyligimizga tayanishimiz kerak

Yuqoridagilardan xulosa qilib aytish mumkinki, chiqarilgan qonun va qarorlarni yoshlarga yetkazishda, axborotni tez tarqatishga qaratishi kerak. Bunda mobil telefon va ijtimoiy tarmoqlar qisqa vaqt ichida ma'lumotlarning barchaga yetib borishiga yordam beradi. O'zbekistonda ommaviy axborot vositalari erkin. Ommaviy axborot vositalari erkinligi demokratik davlatning kuchidir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining saylangan Prezidenti Shavkat Mirziyoevning O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 24 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimdagi ma'ruzasi. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash - yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. Xalq so'zi gazetasi, 2016 yil 8 dekabr.

2. Д.К. Адилова. Философские проблемы формирования

правовой културы у селского населения. - Т., 2012. - С. 16.

April, 2023

DOI: 10.24412/2181-1385-2023-2-881-886

3. А.П. Семитико. Правовая култура общества// Правоведение. - М., 1997. №4.

4. Х. Одилкрриев. Конституция ва фукдролик жамияти. - Т.: Шар;, 2002. - Б. -

5. У. Таджиханов, А. Саидов, Хукукий маданият назарияси. Т.:1998. -Б 56.

6. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/crime-and-iustice-2

7. Мухамеджанова, Л. А., Ермоченко, К. П., & Ивентьев, С. И. (2022). РОЛЬ ПРАВОВОЙ И НРАВСТВЕННОЙ КУЛЬТУРЫ В ВОСПИТАНИИ И ОБРАЗОВАНИИ МОЛОДЁЖИ. 1п Третьи международные теоретико-правовые чтения имени профессора НА Пьянова (рр. 48-59).

С. 9.

225.

April, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.