Научная статья на тему 'YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTONDA YOSHLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGINING YUKSALTIRISH MASALALARI'

YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTONDA YOSHLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGINING YUKSALTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
huquq / huquqiy ong / qonuniy manfaat / huquqiy savodxonlik / yosh avlod / huquqbuzarlik.

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — G‘Affarov Abdulfattoh Abbos O‘G‘Li, Musaev Xamzaxon Zokirjon O‘G‘Li, Xabibullaev Sayfiddin Saydullo O‘G‘Li

Mazkur maqolada mamlakatimizda yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr bildirib o`tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTONDA YOSHLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGINING YUKSALTIRISH MASALALARI»

YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTONDA YOSHLARNING HUQUQIY SAVODXONLIGINING YUKSALTIRISH

MASALALARI

1G'afTarov Abdulfattoh Abbos o'g'li, 2Musaev Xamzaxon Zokirjon o'g'li 3Xabibullaev Sayfiddin Saydullo o'g'li

NamDU Yuridik fakulteti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11213527

Annotatsiya. Mazkur maqolada mamlakatimizda yoshlarning huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr bildirib otilgan.

Kalit so^zlar: huquq, huquqiy ong, qonuniy manfaat, huquqiy savodxonlik, yosh avlod, huquqbuzarlik.

Аннотация: В данной стате рассматривается работа, проводимая в нашей стране по повышению правосознания и правовой културы молодежи.

Ключевые слова: право, правосознание, правовой интерес, правовая грамотност, молодое поколение, правонарушение.

Annotation: This article comments on the work carried out to raise the legal awareness and legal culture of young people in our country.

Keywords: law, legal consciousness, legal Interest, Legal Literacy, younger generation, infraction.

Bugun Yangi O'zbekistonda yosh avlodning barkamolligi, mustaqil fikrli va mas'uliyatli bo lishi hamda milliy istiqlolni qadrlash, milliy qadriyatlarga chuqur hurmat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, jismonan va ma'nan sog'lom bo lishi uchun keng ko'lamli ishlarni amalga oshirilmoqdi. Shu bilan birga, ularning haq-huquqlari, qonuniy manfaatlarining himoyasini ta'minlash maqsadida huquqiy asoslar ham yaratildi.

Yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish yo'lida bir qancha qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Bular sirasiga "Yoshlarga oid davlat siyosati to,g,risida"gi Qonun, Ozbekiston Respublikasi Oliy Majlisining "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish Milliy dasturi", Ozbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo'llab-quvvatlash to,g,risida"gi hamda "Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o'rganishni tashkil etish to,g,risida"gi Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining "Yoshlarning huquqiy talimini takomillashtirish kompleks dasturi to,g,risida"gi Qarori kabilarni kiritish joiz.

Agarda yoshlar orasida huquqiy savodxonlik past bo'lsa, nafaqat, ularning o'zlari uchun, balki jamiyat va davlat uchun ham zararlidir. Huquqiy savodxonlikning yetarli emasligi yoshlarning o'z huquqlaridan to'laqonli foydalana olmasliklariga, majburiyatlaridan bexabar qolishlariga sabab bo'ladi. Majburiyatlardan bexabarlik yoki harakatlarining huquqiy oqibatini anglamaslik bugungi kunda yoshlar orasida huquqbuzarliklarning sodir bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Biz huquqiy-demokratik davlat qurishni oldimizga maqsad qilgan ekanmiz, buning uchun huquqiy ongi va madaniyati yuksak yoshlar hal qiluvchi rol o'ynaydi. Bunga esa huquqiy savodxonlikni oshiribgina erishishimiz mumkin. Qisqasini aytganda, "Faqat chuqur o'ylangan va tezkor davlat siyosatigina yoshlarning huquqiy madaniyatini ko'tara oladi va ularning huquqiy ongi darajasini yuksaltirishga yordam beradi"

Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda yoshlarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to'sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolayotgani ham malum boldi.

- Xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy talim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayotgani, uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha ta'minlanmaganligi;

- yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy tasir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg'otish ishiga kompleks tarzda yondashilmaganligi;

- aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq ta sirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini aniqlandi. Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni saqlash g'oyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini taminlashga ozining jiddiy salbiy tasirini ko'rsatadi. Aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi, shuningdek, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan deyarli foydalanmasligi mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi holatlarining vujudga kelishiga sabab bolmoqda.

Bundan tashqari, hozirgi globallashuv, ilmiy-texnik taraqqiyot davrida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan, targ'ibotning ilg'or va tasirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalaridan yetarli darajada foydalanilmayotganligi ham aniqlandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib O zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvarda PF-5618-sonli "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishni tubdan takomillashtirish to,g,risida"gi Farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish "shaxs — oila — mahalla — talim muassasasi — tashkilot — jamiyat" prinsipi bo'yicha tizimli va uzviy tashkil etiladi.

Jamiyatning har bir a'zosi o'z huquq va burchlarini hamda mas'uliyatini puxta bilishi, buni hayotiy ehtiyoj sifatida anglamog'i lozim. Fuqarolarimizning dunyoqarashi, tafakkuri mamlakat hayotiga, yangilanishlarga mos ravishda o'zgarib borishi huquqiy madaniyat tushunchasi bilan chambarchas bog'liqdir.

Bugungi kunda aholida qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg'otish ishiga kompleks yondashilayapti, deb ayta olmaymiz. Shaxsiy manfaatlar va jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni saqlash g'oyalarini aholi ongiga singdirish ishlari yetarli emasligi — qonun ustuvorligini ta'minlashga salbiy ta'sir etmoqda.

So'nggi vaqtlarda respublikamizning turli hududlarida ba'zan mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari kamsitilishiga oid holatlar haqida global axborot tarmog'ida

maqolalar berilayotganligi kuzatiladi. Bu salbiy holatlarning asl sababi fuqarolarda huquqiy bilim yetishmasligiga borib taqaladi.

Bundan tashqari, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda yoshlar qatlami bilan olib borilayotgan huquqiy ta'lim va tarbiya borasidagi ishlar ham tizimli va uzviy olib borilmayapti. Bu masala uzoq yillar davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki yetarlicha ta'minlanmagan. Ochig'ini aytganda, targ'ibot tadbirlarida ko'pincha samarasiz seminar, davra suhbatlari va shu kabi uchrashuvlarni tashkil etish bilan cheklanib qolinmoqda, targ'ibot jarayonida innovatsion usullardan yetarlicha foydalanilmayotgani ayon bo'lmoqda.

Bu esa jamiyatimiz taraqqiyotiga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda. Ya'ni qonunlarning ijrosi bir xilda ta'minlanmayapti, islohotlar bo'yicha qabul qilingan hujjatlar ham o'zining yetarli samarasini bermayapti.

Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg'otish ishiga kompleks tarzda yondashilmayapti.

Shulardan kelib chiqib, farmonda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning asosiy vazifalari belgilab berildi.

Ta'kidlash lozimki, huquqiy madaniyat kishilarning huquqiy savodxonlik darajasi, qonunlarga bo'lgan hurmati, huquqiy normalarni ijro etishi, hayotga tatbiq eta olish ko'nikmasi, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik, qonunlarga itoatkorlik, huquqiy faollik hamda tashabbuskorligini anglatadi. Jamiyat a'zolarining yuksak huquqiy ongi va huquqiy madaniyati jamiyatimiz taraqqiyotini ta'minlaydi.

Huquqiy ong va huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning to'liq ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda odamlarda qonunlarga va normativ hujjatlarga nisbatan hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga ega.

Xulosa o'rnida shuni aytib o'tish kerakki, huquqiy ta'lim tarbiya jarayonida sustkashlikka yo'l qo'yib bo'lmasligini, birgina yoshlarning huquqiy tarbiyasida qilingan xato ham keyinchalik mamlakat rivojiga salbiy ta'sir etishi mumkinligiga amin bo'ldik. Shuning uchun huquqiy ta'lim tarbiyani maktabgacha ta'lim muassasalaridan boshlash hamda umumiy o'rta ta'lim muassasalarida huquqiy darsliklarning yangi avlodini yaratish tizimini izchil tashkil etishga e'tiborli bo'lish lozim.

ФОЙДАЛАНИЛГАН АДАБИЁТЛАР

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi farmoni 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son

2. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-son Farmoniga ilova.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.