Научная статья на тему 'AHOLI MUAMMOLARINI HAL QILISHNING TASHKILIY -HUQUQIY ASOSLARI'

AHOLI MUAMMOLARINI HAL QILISHNING TASHKILIY -HUQUQIY ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
92
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
fuqaro / huquq / madaniyat / huquqiy davlat / huquqiy normalar / inson huquqi / erkinlik / huquqiy savodxonlik / citizen / law / culture / rule of law / legal norms / human rights / freedom / legal literacy

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Fazliddin Jamoliddinovich Ochildiyev

Mazkur maqolada aholi muammolarini hal qilishning tashkiliy -huquqiy asoslari, fuqarolarning huquqiy madaniyatining yuksak darajada bo’lishi huquqiy davlatning o’ziga xos xususiyati, huquqiy madaniyat saviyasi borasida qabul qilingan qonunlar, ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi, bu ishda barcha fuqarolarda qonunlarga va normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash, bu borada olib borilayotgan islohotlarning, mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazib berish va xalqimiz ongiga singdirish masalasi bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ORGANIZATIONAL AND LEGAL FRAMEWORK FOR SOLVING POPULATION PROBLEMS

The article examines the organizational and legal foundations for solving the problems of the population, the high level of legal culture of citizens, the peculiarities of the rule of law, the level of legal culture, the implementation of these laws at all levels. The question is raised about instilling in the general public a deep respect for normative legal acts, the content of ongoing reforms in this area and their implementation in the minds of our people.

Текст научной работы на тему «AHOLI MUAMMOLARINI HAL QILISHNING TASHKILIY -HUQUQIY ASOSLARI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 1 I ISSUE 1 I 2021

AHOLI MUAMMOLARINI HAL QILISHNING TASHKILIY -HUQUQIY

ASOSLARI

Fazliddin Jamoliddinovich Ochildiyev

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farg'ona viloyat Bag'dod tumani Xalq

qabulxonasi mudiri

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada aholi muammolarini hal qilishning tashkiliy -huquqiy asoslari, fuqarolarning huquqiy madaniyatining yuksak darajada bo'lishi huquqiy davlatning o'ziga xos xususiyati, huquqiy madaniyat saviyasi borasida qabul qilingan qonunlar, ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi, bu ishda barcha fuqarolarda qonunlarga va normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash, bu borada olib borilayotgan islohotlarning, mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazib berish va xalqimiz ongiga singdirish masalasi bayon etilgan

Kalit so'zlar: fuqaro, huquq, madaniyat, huquqiy davlat, huquqiy normalar, inson huquqi, erkinlik, huquqiy savodxonlik

ORGANIZATIONAL AND LEGAL FRAMEWORK FOR SOLVING

POPULATION PROBLEMS

ABSTRACT

The article examines the organizational and legal foundations for solving the problems of the population, the high level of legal culture of citizens, the peculiarities of the rule of law, the level of legal culture, the implementation of these laws at all levels. The question is raised about instilling in the general public a deep respect for normative legal acts, the content of ongoing reforms in this area and their implementation in the minds of our people.

Keywords: citizen, law, culture, rule of law, legal norms, human rights, freedom, legal literacy

KIRISH

Fuqarolarning huquqiy madaniyatining yuksak darajada bo'lishi huquqiy davlatning o'ziga xos xususiyatidir. Shu bilan birga huquqiy madaniyat saviyasi qabul qilingan qonunlar soni bilan emas, balki ushbu qonunlarning barcha darajalarda ijro etilishi bilan belgilanadi. Ushbu muhim ishda barcha fuqarolarda qonunlarga va normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan chuqur hurmat hissini tarbiyalash alohida ahamiyatga egadir. Zero, huquqiy normalar fuqarolar ongiga singgan va ular amal

34

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

qilgan taqdirdagina yashaydi va ruyobga chiqadi. Mazkur yo'nalishda olib borilayotgan islohotlar albatta, xalqimiz manfaatlari uchun ularning farovon hayoti va biz yoshlaming kelajagimiz uchun xizmat qilmoqda. Islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka ochiq-oydin yetkazib berish, bularni xalqimiz ongiga singdirish masalasi muhim vazifa hisoblanadi. Respublikamizning bosib o'tgan mustaqil taraqqiyot yo'li va oldimizda turgan vazifalarning ma'no-mohiyati hamda ahamiyati haqida gapirilganda, bugungi kunda faol demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish natijasida iqtisodiyotimizni barqaror rivojlanishi, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy-gumanitar sohalarni izchil rivojlanib borayotganligini ta'kidlab o'tish maqsadga muvofiqdir.

ASOSIY QISM

Aholini ijtimoiy muhofaza qilish, mehnatni muhofaza qilish va aholi bandligini ta'minlash orqali aholi daromadlarini barqaror o'sishini ta'minlashga doir qonun hujjatlarini zamon talablariga mos ravishda takomillashtirib borilishi soha mutaxassislarining bu boradagi huquqiy bilimlarini muntazam oshirib borish lozimligini ko'rsatadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida" 2019-yil 17-yanvardagi PF-5633-son Farmoni vazirlik tizimida bir qator tuzilmaviy va funktsional vazifalarni yanada takomillashtirish lozimligini belgilab berdi. Davlat huquqiy tizimi va amaldagi qonunchilik haqida zarur bilimlarga ega bo'lmay, fuqarolar o'z huquq va burchlarini ado etib manfaatlarini himoya qila olmaydilar. Davlat hokimiyati va boshqaruv idoralarida yetarli huquqiy bilimlarga ega bo'lmagan shaxslar faoliyat ko'rsatsa, bu jamiyat va davlat uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. Mazkur masala bo'yicha Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A. Karimov shunday deb ta'kidlaganlar: "Men o'z burchi, o'z xizmat vazifasiga ko'ra qabul qilingan qonunlarning bajarilishiga mas'ul bo'lgan shaxslar haqida alohida to'xtalishni istardim. Bular - qonunni muhofaza qiluvchi idoralar va ma'muriy organlarning xodimlaridir. Ayni shu xodimlarning xatti harakatlariga qarab ko'pchilik jamiyatda qonun kuchiga qanday amal qilinayotganiga, huquqiy mexanizmlar nechog'li kuchli ekaniga, huquqiy jamiyat qay darajada yetukligiga baho beradi"

Qonunlar, farmonlar va xukumat qarorlarining mohiyatini chuqur anglab yetish, barcha harakatni xalqning yangi huquqiy ongini shakllantirishga qaratish shu jihatdan ahamiyatliki, uning vositasida jamiyatning huquqiy madaniyatini ko'tarishga erishiladi. Aholini huquq sohasidagi qonunlar, normativ-hujjatlar, qarorlar, farmonlardan o'z vaqtida xabardor qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident hujjatlari, Oliy Majlis qarorlari, Konstitutsiyaviy sud qarorlari, Hukumat qarorlari, vazirliklar, idoralar va davlat qo'mitalarining davlat ro'yxatidan o'tgan qarorlari e'lon

qilinadigan "O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami" 2000 yildan buyon muntazam nashr etilmoqda. Mamlakatimizda milliy huquq tizimini tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda malakali yuridik kadrlarni tayyorlash borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga to'sqinlik qiluvchi bir qator muammo va kamchiliklar saqlanib qolinmoqda. Qonun normalari bajarilishi ustidan nazorat samaradorligini oshirish maqsadida 34-moddada davlat organlarining, tashkilotlarning rahbarlari yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxslari o'z tuzilmaviy bo'linmalari tomonidan murojaatlarning ko'rib chiqilishi ustidan doimiy monitoring va nazoratni amalga oshiradi. Ularning to'liq, xolisona va o'z vaqtida ko'rib chiqilishini ta'minlash choralarini ko'radi. Murojaat u qaysi rahbar yoki vakolat berilgan boshqa mansabdor shaxs tomonidan nazoratga olingan bo'lsa, o'sha shaxs tomonidan nazoratdan va ijrodan olinishi, oraliq javoblar berilgan va to'liq ko'rib chiqilmagan murojaatlar nazoratdan olinmasligi qonunda belgilab qo'yildi. Albatta, mazkur norma ham fuqarolar huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi. Xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta'lim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borilmayapti. Uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelinib, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati va boshqa institutlarning ishtiroki yetarlicha ta'minlanmagan.

Yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg'otish ishiga kompleks tarzda yondashilmadi.

Aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq ta'sirchan mexanizmi mavjud emasligi jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasidagi ishlarning samarasiz olib borilayotganligini ko'rsatadi. Huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni saqlash g'oyalarini aholi ongiga singdirish ishlarining yetarli olib borilmasligi ham qonun ustuvorligini ta'minlashga o'zining jiddiy salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda.

Aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi, shuningdek, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan deyarli foydalanmasligi mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi holatlarining vujudga kelishiga sabab bo'lmoqda. Bundan

XULOSA

tashqari, hozirgi globallashuv, ilmiy-texnik taraqqiyot davrida aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishning innovatsion usullaridan, targ'ibotning ilg'or va ta'sirchan vositalaridan, xorijiy davlatlarning bu boradagi ijobiy tajribalaridan yetarli darajada foydalanilmayapti.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. https://xs.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarori. Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish milliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida

3. https://iiv.uz > news >

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.