Научная статья на тему 'JAMIYATDA YOSHLARNING HUQUQIY MADANIYATINI OSHIRISH-DEMOKRATIK DAVLAT QURISHNING ASOSIDIR'

JAMIYATDA YOSHLARNING HUQUQIY MADANIYATINI OSHIRISH-DEMOKRATIK DAVLAT QURISHNING ASOSIDIR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
207
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Konstitutsiyasi / korrupsiya / huquqiy axborot / huquqbuzarlik huquqiy ong va huquqiy madaniyat. / Constitution / corruption / legal information / delinquency / legal awareness and legal culture.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Matyakubov, Bekzod Qadamboyevich, Ruzmetov, Mustafo Ismayil O‘g‘li, Ibragimova, Zulayxo Karimboyevna, Sharipov, Otabek Shuxrat O‘g‘li

Mazkur maqolada eng dolzarb masalalaridan biri sifatida jamiyatda yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish, yoshlarning umuman olganda fuqarolarning barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo‘lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo‘llay olishlari bayon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVING THE LEGAL CULTURE OF YOUNG PEOPLE IN SOCIETY IS THE BASIS OF BUILDING A DEMOCRATIC STATE

One of the most pressing issues is the formation of a high legal culture in society, the legal literacy of young people in general, a high level of legal awareness and the ability to apply legal knowledge in everyday life

Текст научной работы на тему «JAMIYATDA YOSHLARNING HUQUQIY MADANIYATINI OSHIRISH-DEMOKRATIK DAVLAT QURISHNING ASOSIDIR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

JAMIYATDA YOSHLARNING HUQUQIY MADANIYATINI OSHIRISH-DEMOKRATIK DAVLAT QURISHNING ASOSIDIR

Matyakubov Bekzod Qadamboyevich,

Ruzmetov Mustafo Ismayil o'g'li , Ibragimova Zulayxo Karimboyevna, Sharipov Otabek Shuxrat o'g'li,

Xorazm viloyati yuridik texnikum o'qituvchilari otabeksharipov94 @mail .ru

Mazkur maqolada eng dolzarb masalalaridan biri sifatida jamiyatda yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish, yoshlarning umuman olganda fuqarolarning barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo 'lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo 'llay olishlari bayon qilingan.

Kalit so'zlar: Konstitutsiyasi, korrupsiya, huquqiy axborot, huquqbuzarlik huquqiy ong va huquqiy madaniyat.

ПОВЫШЕНИЕ ПРАВОВОЙ КУЛЬТУРЫ МОЛОДЕЖИ В ОБЩЕСТВЕ -ОСНОВА ПОСТРОЕНИЯ ДЕМОКРАТИЧЕСКОГО ГОСУДАРСТВА

Одним из наиболее актуальных вопросов является формирование высокой правовой культуры в обществе, правовой грамотности молодежи в целом, высокого уровня правосознания и умения применять правовые знания в повседневной жизни.

Ключевые слова: Конституция, коррупция, правовая информация, правонарушения, правосознание и правовая культура.

IMPROVING THE LEGAL CULTURE OF YOUNG PEOPLE IN SOCIETY IS THE BASIS OF BUILDING A DEMOCRATIC STATE

ABSTRACT

One of the most pressing issues is the formation of a high legal culture in society, the legal literacy of young people in general, a high level of legal awareness and the ability to apply legal knowledge in everyday life.

Keywords: Constitution, corruption, legal information, delinquency, legal awareness and legal culture.

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri sifatida jamiyatda yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish desak, mubolag'a bo'lmaydi. Fuqarolik jamiyatiga erishish uchun fuqarolar o'z huquq va erkinliklarini yaxshi bilishlari zarur. Zero inson huquqi va asosiy erkinliklari xalqaro huquqning yetakchi tamoyillari sirasiga kiradi. Shu sababli, bugungi rivojlangan dunyoda ko'pgina davlatlarda inson huquq va erkinliklarini, xavfsizligini, yashash sharoitini ta'minlash borasidagi xalqaro miqyosda qabul qilingan inson huquqlari to'g'risidagi hujjatlarni maqullagan. Bu hujjatlarga og'ishmay amal qilish esa fuqarolarning huquqiy madaniyati qay darajada shakillanganiga bog'liq.

Huquqiy madaniyat - bu kishilarning huquqiy bilim darajasi, huquqqa nisbatan ongli munosabati, huquni hurmat qilishi va unga rioya qilishidir Huquqiy madaniyat jamiyat umumiy madaniyatining uzviy tarkibiy qismidir. Shu bois huquqiy madaniyat deganda jamiyatning huquqiy hayoti, uning huquqiy voqealigi, normativ-huquqiy hujjatlar, huquqiy ong rivojida erishilganlik darajasini ifodalovchi ma'naviy axloqiy va huquqiy qadriyatlar tizimi hamda unga muofiq tarzda qaror topodigan qonunga itoatgo'ylik va mamlakatda mamlakatda huquqiy-tartibot o'rnatish uchun ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishning amalga oshirilishi tushuniladi.1

Xususan, huquqiy madaniyatni yuksaltirishda, eng avvalo, huquqiy ta'lim va tarbiya borasidagi ishlar tizimli va uzviy olib borish, uzoq yillar davomida bu masala huquqni muhofaza qiluvchi organlar va ayrim davlat organlarining ishi sifatida qarab kelingan, bunda oila, mahalla va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining ishtiroki yetarlicha ta'minlash maqsadida qolaversa yoshlarning huquqiy tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillarga nisbatan huquqiy immunitetni shakllantirish, har bir shaxsda qonunlarga va odob-axloq qoidalariga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat, huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg'otish ishiga kompleks tarzda yondashish maqsadida O'zbekiston respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-sonli "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida" 2 gi farmoni aynan yangicha talab va ma'suliyatni oshiruvchi asos bo'lib xizmat qiladi.

Bundan tashqari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida" 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori ijrosini

1 Davlat va huhuq nazariyasi Sh.A.Saydullayev Toshkent "Yuridik adabiyotlar publish" ikkinchi nashir 116-bet

2 O'zbekiston respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-sonli "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida2"gi farmoni. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. lex.uz

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ta'minlash hamda davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarida talab yuqori bo'lgan tor doiradagi va ixtisosli mutaxassisliklar bo'yicha yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yaratish, shuningdek, kasbiy yuridik ta'lim sifatini oshirish maqsadida,3 O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23-oktabrdagi 858-sonli O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining yuridik texnikumlarida o'qishni tashkil qilish choralari to'g'risida qarori4ga muofiq Adliya vazirligi tuzilmasida har bir hududda bittadan — 14 ta yuridik texnikum tashkil etilishi aynan yoshlarning huquqiy bilimini oshirish qolaversa yetuk professional ta'lim olishlari uchun xizmat qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Yoshlarning qolaversa fuqarolarning barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo'lishlari hamda huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari mazmun mohiyatini keng aholi ommasiga tezkor va tushunarli etkazish maqsadida huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo'llay olishlari va yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, ayniqsa, ularning ongida korrupsiyaning jamiyat va mamlakat ravnaqi uchun o'ta salbiy illat ekanligini targ'ib qilish, yosh avlodning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish bo'yicha ta'lim muassasalarining huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishining samarali mexanizmi ishlab chikilgan. Shunga asosan joriy yilda Adliya vazirligi tomonidan "Umummilliy Konstitutsiya imtihoni"ning o'tkazilishi O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlanib qo'yilgan huquq va majburiyatlarning anglab yetishlari va bajarilishida katta ahamiyat kasb etdi. Umummilliy Konstitutsiya imtihonida 50 ming nafardan ortiq fuqarolarning qatnashishi (shundan 53 foizi erkaklar, 47 foizi ayollar) ishtirokchilarining 61 foizini ayanan yoshlar va eng yoshi katta fuqaro 71 yoshni tashkil qilganligi jamiyatda huquqiy madaniyat, huquqiy savodxonlikni oshirishdagi ishlarning mevasi desak mubolag'a bo'lmaydi.

O'zbekiston Respublikasining 2017 yil 7-sentabrdagi O'RQ-443-sonli "Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash to'g'risida"gi qonuni5 aynan aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari mazmun mohiyatini keng aholi ommasiga tezkor va tushunarli etkazish va yoshlar o'rtasidagi turli xil

3 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risida" 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son qarori. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 14.04.2018-y lex.uz

4 Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-oktabrdagi 858-son qarori. qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 25.10.2018-y., 09/18/858/2095-son

5 O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 07.09.2017 yildagi O'RQ-443-son O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

huquqbuzarliklarni oldinin olishda qolaversa huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishda kata axamiyat kasb etadi.

"Yuksak huquqiy madaniyat - mamlakat taraqqiyoti kafolati" degan konseptual g'oya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak darajadagi huquqiy ongga ega bo'lishlari hamda huquqiy bilimlarini kundalik hayotda qo'llay olishlari uchun jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishda "shaxs - oila - mahalla - ta'lim muassasasi - tashkilot - jamiyat" prinsipi bo'yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. Yuqoridaki qonun, qaror va farmonlar doirasida navqiron avlod vakillari bilan yuzma-yuz muloqot va uchrashuvlar tashkil etilib, ularning muammolari o'rganilganda, aholining qonunlarimizga, huquqiy masalalarga bo'lgan qiziqishi ortganining guvohi bo'lamiz6.

Huquq umumiy madaniyatning shunchaki bir qismi emas, balki uning o'zagi, negizi asosidir. Huquqiy madaniyat deganda, har bir davlatning qonun asoslari huquq me'yorlarining mavjudligi, fuqarolarning mavjud qonunlarini bilishi va o'z faoliyatida ularga rioya etishi - huquqiy va demokratik davlat barpo etishning muhim sharti haqida fuqarolik jamiyatida kishilarning yetuk ma'naviyati, ularning huquqiy burch va mas'uliyatlari tushuniladi. Jumaladan shuni takidlash kerakki jamiyatni huquqiy madaniyatini oshirishda oliy ta'limning o'zida huquqiy bilim berish darajasi ya'ni amaliy jarayonlarda qatnashishini tashkillashtirishni yanada jadallashtirish, Masalan "Milliy go'ya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" yo'nalishida qolavaersa o'rta ta'lim maktablarida huquqiy fanlarni ko'proq qo'yilishiga etibor qaratilsa yanada ko'proq natijalarga erishishimiz mumkin. Yoshlar huquqiy madaniyati va ularni huquqiy tarbiyalashning moxiyatini faqat amaldagi qonun xujjatlarining meyorlari va prinsiplari to'g'risida bir qator bilimlarni qo'lga kiritishdan iborat deb qarash mumkin emasligi mutlaqo to'g'ri.

O'zbekiston aholisining 60 foizidan ziyodini 30 yoshgacha bo'lgan yoshlar tashkil etishi, yurtimiz ertasi ularning bugun qanday inson bo'lib shakillanayotgani bilan chambarchas bog'liqligi yosh avlod vakillariga jiddiy e'tibor qaratishni talab etadi.

Yoshlarni huquqiy tarbiyalash va ularni huquqiy madaniyatini maqsadi qonunga itoatkorlikni qonunga va shaxsning qonunni hurmat qilishni shakillantirishdan

6 O'zbekiston respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-sonli "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida6"gi farmoni. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi. lex.uz

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

iboratdir. Qonunni hurmat qilish huquqiy meyorlarga individga nisbatan tashqi bo'lmish ko'rsatmalar va taqiqilar sifatida shunchaki g'oya qilishligina emas, balki ularni shaxs bilan jamiyatning bir biriga mos tushgan qadriyatlari sifatida uzviy idrok etishni anglatadi. Zero, huquqiy madaniyat va ma'naviyat umuminsoniy qadriyatlarining tarkibiy qismidir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi «O'zbekiston» NMIU 2021 yil

2. Davlat va huquq nazariyasi Toshkent 2021 yil

3. maqsadida O'zbekiston respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-sonli "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida"gi Farmoni

4. "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonun O'RQ-419 2017 yil 03-yanvar

5. "Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta'minlash to'g'risidagi qonun, O'RQ-443-son 2017 yil 07-sentabr

Elektron saytlar:

1. lex.uz

2. constitution.uz

3. Adliya vazirligi huquqiy axborot telegram bot https://t.me/huquqiyaxborot

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.