"FALSAFA VA INSONIYAT: O'TMISH, HOZIRGI (E)ISSN: 2181-1784 ZAMON, KELAJAK" ILMIY-NAZARIY ANJUMAN 4(26), Nov., 2024
ALFRAGANUS UNIVERSITY www.oriens.uz
JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TINCHLIKPARVARLIK TAMOYILI VA G'OYALARINING AHAMIYATI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.14544110
Jo'rayev Ahmad Muhammadiyevich
Alfraganus universiteti Ijtimoiy fanlar kafedrasi v.b. dotsenti ORCID - 0009-0004-7341-0876
Annotatsiya: Maqolada jamiyat taraqqiyotiga tinchlikparvarlik tamoyili va g'oyalarning ahamiyati tahlil qilingan. Mintaqamizda bugungi globallashuv va bozor iqtisodiyoti sharoitida yaqin qo'shnichilik muhitini shakllantirish, mustahkamlash doimiy hamkorlikni talab etishi tadqiq qilingan. Turli millat va aqidalarga ega bo'lgan ko'pmillatli mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta'minlash ahamiyati ochib berilgan.
Kalit so'zlar: jamiyat taraqqiyoti, tinchlikparvarlik tamoyili, milliy g'oya, tolerantlik.
Har bir davlatning boshqaruv tizimi o'ziga xosdir, lekin u tinchlikka qaratilgan siyosiy boshqaruvni ta'minlash muhimligi nuqtai nazaridan yetakchi o'rinni egallaydi. Bu holat, ayniqsa, hali mustaqillikka erishmagan mamlakatlar tajribasida kuzatilib, umumiy yangilanish jarayoni quyidagi o'zaro bog'liq ikki yo'nalishda amalga oshirilmoqda.
Hozirgi davrning global muammolari, ya'ni, yer yuzida tinchlikni saqlash, milliy hamda diniy nizolarni oldini olish, termoyadro to'qnashuvining oldini olish va adolatli xalqaro iqtisodiy va siyosiy tartib o'rnatish, atrof-muhit muhofazasi, demografik va moddiy va ma'naviy qadriyatlarni saqlash, dunyo aholisining zarur oziq-ovqat va energiya manbalari bilan ishonchli ta'minlash; ochlik, qashshoqlik va qoloqlikka barham berish kabi.
Jahonda madaniyatlarning ommalashishi, globallashuv tendensiyalarining kuchayib borishi insoniyatning tinchlik, barqarorlik, xayrixohlikni anglash imkoniyatlarini kengaytirib, hayotiy ehtiyojlardan oqilona foydalanish, hayot ne'matlariga ongli munosabatda bo'lish uchun ijtimoiy makon yaratdi. Bu insoniyatning ma'naviy tahdid va xavfdan xoli yashashga bo'lgan intilishini mustahkamlaydigan axloqiy tamoyillarga bo'lgan ehtiyojini yanada kuchaytirmoqda. Bugungi kunda odamlarda qo'rquv, vahima, xalqaro tartibotga ishonchsizlik, umidsizlik kabi tahdidlar hozirgi kunning dolzarb muammosi bo'lib qolmoqda.
Dunyoda global ijtimoiy makonda shaxslar va davlatlararo munosabatlarni tashkil qilish omili sifatida ma'naviy xavfsizlikka erishish dunyoda tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga har qachongidan ham ko'proq zarurat sezilmoqda. Inson va jamiyat hayotiga xavf solayotgan tahdidlarning mazmuni va shakli tobora yangi tus olayotgan hozirgi paytda odamlarda ogohlik, himoyalanish va kurashuvchanlik tuyg'ularini mustahkamlovchi bilim, ta'lim, tajribani izlash, saralash va tanlash muhim hayotiy ehtiyojga aylandi. Insoniyat hayotida muhim ahamiyat kasb etadigan axloqiy tamoyil tinchlikparvarlikni rivojlantirishni nafaqat siyosiy maqsad, balki axloqiy talab ekanligini e'tirof etmoqda.
Mamlakatimizda tinchlikparvarlik faol xatti-harakat, hamkorlik, tashkilotchilikni talab qiladi. Davlatlarning barqarorligi, fuqarolarning xotirjamligi va jamiyatning farovonligini buzishga qaratilgan tahdidlarning sabablarini o'rganish, oqibatlarini tahlil qilish ijtimoiy-ma'naviy taraqqiyotning muhim omiliga aylanib bormoqda. Ayniqsa, mamlakatimizda "Yurt tinchligi", "III-Renessans poydevorini qurish", g'oyalarini amalga oshirishda tinchlikparvarlikning axloqiy qadriyat sifatidagi mohiyatini keng ochib berish pirovardida odamlarda tinchlikparvarlikni oqilona anglash, his qilish va hurmat qilish orqali milliy qadriyatlar ustuvorligini ta'minlash imkonini beradi. Dunyoda kechayotgan murakkab jarayonlar yaqin-uzoq mintaqalarda kuzatilayotgan ziddiyat va to'qnashuvlar sharoitida biz yurtimizda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash borasidagi ishlarimizni yanada jadallashtirishimiz lozim ekanligini davrning o'zi taqoza etmoqda.
Davlat va jamiyat taraqqiyotida tinchlikparvarlik tamoyilining ijtimoiy-falsafiy asoslari va metodologik jihatlari XV-XIX asr G'arb axloqshunos va faylasuflari N.Kuzanskiy, J.Piko Della Mirandola, N.Makiavelli, E.Rotterdam, M.Monten, F.Sanches, F.Bekon, R.Dekart, D.Yum, I.Kant, G.V.F.Gegel, B.Rassel, G.Grotsiy, A.Shopengauer, F.Nitsshe singari faylasuflar inson va jamiyat tinchligida ma'naviy-axloqiy asoslar ta'minlanishini va mafkuraviy omillar ta'sirchanligini ko'rsatib o'tganlarMustaqil davlatlar hamdo'stligi axloqshunos olimlari A.V.Aleynikov, O.V.Korotkix, A.B.Eryomenko, X.T.Kayumova, A.S.Moiseyev, O.V.Juravkov, A.B.Davidson global axborotlashuv jarayoni rivojlangan davlatlarda axborot xavfsizligini ta'minlashning taqozo etishini asoslaganlar. Mamlakatimiz olimlaridan Q.N.Nazarov, A.Achildiyev, A.Abdushukurov, A.Sharipov, N.Ochilova, M.Yuldasheva, R.Norliyev kabi faylasuflarning ilmiy tadqiqotlarida, N.Jo'rayev, A.Erkayev, Sh.Mamadaliyev, V.Alimasov, B.R.Karimov, I.S.Saifnazarov, Z.Davronov, S.Otamurodovning monografiya va maqolalarida tahlil etilgan. Jumladan, tinchlikparvarlikning zarurati, ahamiyati va falsafiy mohiyatini Q.N.Nazarov qadriyatlar tizimidagi barqarorlik dialektikasi asosida, A.Sharipov ijtimoiy hamkorlikni ta'minlash bilan bog'liq masalalar yordamida, M.Yuldasheva
oila, mahalla va ta'lim-tarbiya tizimining g'oyaviy tarbiya jarayonidagi o'mi orqali ochib bergan.
Tinchlik va barqarorlik insoniyat hamjamiyati taraqqiyotining muhim sharti bo'lib, u hozirgi globallashuv davrida ham barqaror taraqqiyotning garovi ekanligi yanada konkret mazmun kasb etib bormoqda. Insonda moddiylik mavjud ekan, buyumlar olami inson hayoti va faoliyatiga o'z ta'sirini ko'rsatmasdan qolmaydi. Bu ta'sir ijtimoiy, psixologik, ma'naviy-estetik ta'sir bo'lib, kommunikativ, axloqiy, tarbiyaviy, aksiologik funksiyalarni bajarib keladi. Tinchlikparvarlik aynan mana shu insonni qurshab turgan moddiy olam mikro va makromuhitini go'zallashtirish, insoniylashtirishdek yuksak vazifani bajarib, turmush estetikasini yuksaltirmoqda. Tinchlikparvarlikning jamiyat axloqiy imidjiga ta'sirini o'rganish orqali milliy axloqiy asoslarni yaratish, jamiyatda barqarorlikni ta'minlash uchun xizmat qiladi.
Har bir davlat boshqaruv tizimi o'ziga xos bo'lishi bilan birga tinchlikka qaratilgan siyosiy boshqaruvni ta'minlash ahamiyatiga ko'ra yetakchi o'rinni egallaydi. Bu holat, ayniqsa, mustaqillikka erishganiga uncha ko'p bo'lmagan davlatlar tajribasida kuzatiladi va yalpi yangilanishlar jarayoni quyidagi ikki o'zaro uzviy bog'langan yo'nalishlarda amalga oshiriladi.
Birinchisi, jamiyat hayotining barcha sohalaridagi bir butun tizimni yaratish, jamiyat hayotining barcha tizimlarida farovonlikni kafolatlash, fuqarolar uchun tinchlikni ta'minlash orqali ishonch hissi va daxldorlikni anglab yetishiga erisish maqsad sifatida bo'lsa, ikkinchi tomondan, mamlakat imidji va dunyo tichlikka erishishining milliy modellari yaratiladi va global xavfsizlikka erishiladi.
Zero, O'zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimovning "Jamiyatni ma'naviy yangilanishdan maqsad - yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq erkinligi va farovonligiga erishish, komil insonni tarbiyalash, ijtimoiy hamkorlik va millatlararo totuvlik, diniy bag'rikenglik kabi ko'pdan - ko'p muhim masalalardan iborat"1 degan fikri muhim ijtimoiy ahamiyatga ega.
Fransuz ma'rifatparvari Jan Jak Russo "Munofiq xislatlardan xoli, "azaliy tinchlik" da yashagan ibtidoiy odamni axloqan komillik ideali sifatida qaragan edi"2.
Ma'rifatparvar alloma Abdurauf Fitratning "Sharq siyosati" asarida "Sharqning taraqqiy yo'li ko'mildi. Saodat va tinchlik eshiklari bog'landi, saodatning eng yuksak tepasiga chiqqan Sharq yo'qsullikning eng teran chuquriga tushdi"3 -degan fikrni aytgan edi. Darhaqiqat, mustamlakachilik, beqarorlik, zulm, zo'ravonlik va jaholat Markaziy Osiyoni, nafaqat iqtisodiy-siyosiy jihatdan tanazzulga mahkum
1 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. -Toshkent: O'zbekiston. 2000. 499 b.
2 Скрипник А.П. Моральное зло в истории этики и культуры. -.: Политиздат,. -1992. 14 с.
3 Abdurauf F. Sharq siyosati. Buxoro. 1992. 6-b.
qildi, balki ma'naviy va ma'rifiy jihatdan ham bir necha asrlar davomida shakllangan an'anaviy maktablar tizimini ham izdan chiqardi. Bu esa, ilm-fan taraqqiyotiga, milliy nafsoniyat va o'zlikni anglash kabi dunyoqarash shakllarining ijobiy taraqqiyotiga nuqta qo'ydi.
O'z allomalarining ilmiy meroslari bilan XVI asrdagi G'arbiy Yevropaning uyg'onish davriga va shu davr tufayli uning ushbu kungacha to'xtovsiz davom etib kelayotgan ijtimoiy-iqtisodiy hukmronligiga tamal toshini qo'ygan, ma'naviy, g'oyaviy ozuqa bergan Markaziy Osiyo XIX asrdan boshlab ma'naviy qaramlikka mahkum etildi.
Urush va tahdid, zulm va zo'ravonlik mavjud bo'lgan joyda tinchlikparvarlikka har doim ehtiyoj seziladi va u axloqiy ehtiyojga aylanadi. Tadqiqotimizda ushbu ehtiyojlarning ayrim axloqiy paradigmalarini ko'rib chiqamiz.
Birinchisi - shaxs ma'naviy xavfsizligi paradigmasi. Tinchlikparvarlikning axloqiy ehtiyojga aylanishi "shaxs ma'naviy xavfsizligi" ni ta'minlashni taqoza etadi. Sababi, shaxsning o'z ma'naviy dunyosini turdli ta'sirlardan xoli holda tasavvur qila olishi hamda uning asosiy yo'nalishlarini aniqlash lozimdir.
"Shaxs ma'naviy xavfsizligini ta'minlash azaliy muammolar sirasiga kiradi. Har davrda shaxsning ma'naviy qiyofasi va axloqiy tafakkurini buzishga xizmat qiladigan omillar, vositalar mavjud bo'lgan. Ushbu masalada Xitoy donishmandi Konfutsiy shaxs ma'naviy xavfsizligini ta'minlash uchun jamiyatda adolatni qaror toptirish zarur" 4 degan fikrni ilgari surgan.
Nikollo Makiavelli bu masalani davlat siyosati nuqtai nazaridan tadqiq etadi: "Davlat umummilliy manfaatlarni himoya qilishi va shu yo'l bilan jamiyat a'zosining ma'naviy xavfsizligini ta'minlashi mumkin" 5.
Makiavellining fikrini Tomas Gobbs davlat va shaxs xavfsizligi orasida obektiv aloqadorlik mavjud, degan nazariya bilan isbotlaydi: "Tinchlik va xavfsizlikni davlatning ishtirokisiz ta'minlab bo'lmaydi. Ijtimoiy kelishuvga asosan tashkil etilgan davlat jamiyatning tinchlik-xotirjamligini, xavfsizligini ta'minlash orqali shaxs ma'naviy xavfsizligiga zamin yaratadi"6 .
Amerikalik faylasuf Patrik Jozef Byukenen tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash, yoshlarda vatanparvarlik tuyg'usini mustahkamlash hamda xalqni o'z oilasini himoya qilgandek himoya qilishda maktab va ta'limining muhim omil ekanligini ta'kidlaydi. Uning fikriga ko'ra, "Amerikaning umumta'lim maktablari zarurat tug'ilganda mamlakatimizni himoya qilishi mumkin bo'lgan fuqaro va vatanparvarlikni tarbiyalamog'i darkor. Ular bolalar qalbiga Amerikaga nisbatan muhabbat tuyg'usini
4 Беседы и суждения Конфуция - СПб.: Издательство "Кристалл". 1999. 120 а
5 Макиавелли Н. Государь Избр. соч.- М.: Мысль. 1982. 374 с.
6 Гобс Т. Сочинения. Том 2. - М.: Мысль. 1991. 63 а
jo etmog'i zarur. Zero, buyuk kishilar tarjimai holi, tarixiy va badiiy asarlarni o'qib, xalq qo'shiqlarini tinglab, shonli tariximiz aks ettirilgan san'at asarlarini tomosha qilish jarayoni va ularning qalbida vatanga nisbatan muhabbat tuyg'usi mustahkamlanib boradi." 7
O'zbekistonning mustaqillik yillarida erishgan eng katta boyligi tinchlikparvarlik yo'lida olib borilgan oqilona siyosati hisoblanadi. Umumjahoniy yangilanishlar jarayoni avval muayyan mamlakat, keyin bir guruh davlatlar, oxir-oqibatda barcha mamlakatlar taqdiriga, jamiyatlar va jamoalar, alohida insonlar hayotiga bevosita va bilvosita ta'sir ko'rsata boshlaydi. Dunyo ma'naviy yuksalish jarayonlariga har bir davlat o'z taraqqiyot ko'lami, ilmiy-ma'rifiy va ma'naviy-axloqiy saviyasi, kamoloti darajasidan kelib chiqqan holda qo'shila boshladi.
Ikkinchisi - ijtimoiy ahillik paradigmasi. Bugungi kunda tinchlikparvarlikning axloqiy ehtiyojga aylanishi "ijtimoiy ahillik" masalalarini axloqan tahlil qilishga ko'p jihatdan bog'liq bo'lib qolmoqda. Chunki ijtimoiy ahillik zaruriy hodisa sifatida barcha sharoitda ta'minlanishi zarur. Ayniqsa, bu ko'pmillatli mamlakat hisoblangan O'zbekistonda tinchlik, totuvlik va birdamlik siyosatining axloqiy mazmunini tashkil etadi. Sababi etnik va millatlararo sog'lom muhit yaratilganligi va davlat siyosatida buni aks etganligidir. Biroq, jahonda sodir etilayotgan urushlar davlatning axloqiy mohiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi, urushning ko'payishi axloqning inqiroziga olib keladi.
Ta'kidlash zarurki, urush mohiyatan tinchlikning ziddi (dilemmasi) hisoblanadi. Urush ma'naviy va texnik qurol vositasida amalga oshiriladi. Biroq, qurolning joni yo'q. U kimning qo'lida bo'lsa, o'shaning manfaatiga xizmat qiladi: bosqinchining qo'lida bosqin uchun, himoyachining qo'lida himoya uchun ishlatiladi. Shu bois, avvalo, urush(lar)ning oldini olish qurolni tutgan qo'lning egasini qalbini tarbiyalash lozim. Sababi, ongsizlarcha ish yuritadigan har qanday qurol egasining pirovard natijasi urush va ziddiyatlar uchun asos bo'ladi.
Jahondagi hozirgi vaziyat nafaqat yalpi qirg'in va oddiy qurol-yarog'lar zahirasi to'planayotganligi bilan, balki chuqur ijtimoiy o'zgarishlar bilan ifodalanadi. Amerikalik siyosatchi Patrik Jozef Byukenen yangi madaniyat va yangi tamaddun uzoq yashab qolmasligi sabablarini:
1) ular tufayli vujudga kelgan elitaga munosabat salbiy, u hurmat-e'tibor qozona olmaganligi (sabrsizlik, axloqiy buzuqlik, an'anaviy qadriyatlarga bepisandlik va undan nafratlanish) da;
7 Byukenen P.J. G'arbning o'limi. -Toshkent: "Ilm-Ziyo-Zakovat" nashriyoti, 2021. 178 b.
2) inqilob mafkurasi inson tabiati qonuniyatlari va yaratganning ko'rsatmalari bilan to'qnash kelishida, deb ko'rsatadi.8
Ma'lumki, urush va tinchlik muammosi mamlakat ichida yoki uning tashqarisida, mamlakatlar o'rtasidagi munozarali masalalarni hal etishda siyosiy zo'ravonlik ishlatish, yohud uni istisno etishni bildiradi. Tinchlik xalqlarning xohish-irodasi, orzu-umidi bo'lsa, urush - hukmron kuchlarning siyosati oqibatidir. Turli davrlarda yuz bergan urushlar va uning oqibatida qurbonlar soni aholining o'sishiga qaraganda tezroq o'sgan. Qadimgi yunon donishmandi Arastuning fikricha, davlatda dam olish va tinchlikka imkoniyat yaratuvchi fazilatlar aniq ifodalangan bo'lishi shart. U faqat vaqti urush bilan band bo'lgan odamlarnigina yaxshi odam, chunki ularning bo'sh vaqti yo'q, tinch, bo'sh vaqtga ega bo'lganlar esa qullardir, degan fikrni bema'nilik deb hisoblaydi9 .
Jahonning turli nuqtalarida hamon davom etayotgan urushlar va qarama-qarshiliklar, saqlanib qolayotgan davlatlararo, millatlararo va dinlararo ziddiyatlar, Ming yillik rivojlanish deklaratsiyasida ta'kidlanganidek, qashshoqlik, ochlik, onalar va bolalar o'limi, epidemiyalar va insoniyatning boshqa muammolariga qarshi kurash borasidagi eng jiddiy to'siqlar bo'lib qolmoqda. Ushbu haqiqatning tasdig'ini 40 yildan ziyod harbiy harakatlar davom etayotgan Afg'oniston Islom Respublikasi misolida ko'rishimiz mumkin. Afg'on muammosini harbiy yo'l bilan hal etib bo'lmasligi yanada ayon bo'lmoqda, koalitsiya kuchlarining Afg'onistonda tinchlik o'rnatish bo'yicha tanlagan strategiyasi esa kutilgan natijalarni bermadi. Muttasil davom etayotgan urush Afg'oniston xalqining ahvolini tobora og'irlashtirmoqda va muammoni hal etishni yanada murakkablashtirmoqda.
Ikkinchi jahon urushidan keyin progressiv kuchlar qurollanish poygasini to'xtatishga intilgan va qarshi kurashgan, urush haqida maxsus konvensiyalar qabul qilganiga qaramay XXI asr choragida yana "sovuq urush" larga zo'r berilmoqda, hududlararo yoki fuqarolararo, goho davlatlararo urushlar davom etmoqda. Yarim asr mobaynida o'zaro mahalliy nizolar, harbiy mojarolar tufayli jahon sivilizatsiyasidan butkul uzilib, dunyoning eng qoloq mamlakatlaridan biriga aylanib borayotgan Afg'oniston, milliy-diniy nizo va fuqarolik urushi domidagi Iroq, Liviya va Suriya kabi davlatlar bugun buning yaqqol dalilidir. Bu mamlakatlar hududining xavf-xatar o'chog'iga aylanib qolgani ularga qo'shni mamlakatlardagi tinchlik va barqarorlik, taraqqiyot yo'lidagi ezgu maqsadlarni amalga oshirishga xalaqit bermoqda. Turli shakllarda davom etgan mustamlaka davri mamlakatning tashqi aloqalarini uzib
8 Byukenen P.J. G'arbning o'limi. -Toshkent: "Ilm-Ziyo-Zakovat" nashriyoti, 2021. 124 b.
9 Arastu. Poetika Ritorika. Axloqi Kabir. -Toshkent: Yangi asr avlodi. 2008, b.261
qo'ydi. Hozirgi davrda global darajada tinchlikni ta'minlash va davlatlararo hamkorlikni yo'lga qo'yishning, ko'plab muammolarni hal qilishdagi roli oshmoqda. Ushbu birlik nafaqat urushlarga chek qo'yishi, shuningdek, tinchlikni axloqiy idealga aylanishi, tinchlikparvarlikni axloqiy madaniyat sifatida qadrlashga xizmat qiladi.
Georg Gegelning "Har bir davlat qurilishi ma'lum xalq milliy-ma'naviy mahsuli, o'zligini namoyon etish va ma'naviy onglilik taraqqiyotining pillapoyasidir. Bu taraqqiyot pillapoyasini qadam-baqadam bosib, bir me'yordagi harakatni, vaqtdan o'zib ketmaslikni taqozo etadi. Vaqt hamma narsaga qodir. Unda tafakkur, falsafa, ... hamma narsa mujassam"10 degan fikri tinchlikparvarlikning axloqiy mohiyatini kengroq ochib berishga xizmat qiladi.
Uchinchi mustaqillikni mustahamlash paradigmasi. Mustaqillik nafaqat hududiy birlik jihatdan mustahkamlik, balki fuqaro erkinligi, jamiyat hayotining barcha sohalariga yangi o'zgarishlar tendensiyasi va o'z navbatida davlatchilik tizimining o'zagidir.
Mintaqamizda bugungi globallashuv va bozor iqtisodiyoti sharoitida yaqin qo'shnichilik muhitini shakllantirish, mustahkamlash doimiy hamkorlikni talab etadi. Shu jihatdan Chingiz Aytmatov: "Qarshimizda buyuk tarixiy qudrat namoyondirki, uning Markaziy Osiyo davlatlari uchun dolzarb qudrat - ehtiyoj ekani kundek ravshan"11, deya izohlagan edi. Qolaversa, mustaqillikka erishgan mamlakatlar tinchlikparvarlik axloqining bosh omili madaniyat, ma'rifat va mafkuraga e'tibor berishni taqozo etadi.
Turli millat va aqidalarga ega bo'lgan ko'pmillatli mamlakatimizda millatlararo totuvlikni ta'minlash imkonini berdi. Bu borada O'zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov bu masalaga mustaqillikning ilk kunlaridayoq e'tibor qaratib, "bizga zarba bo'lib tushgan eng og'ir tanglik iqtisodiy emas, balki ma'naviy tanlikdir. Asrlar mobaynida qaror topgan axloqiy - ma'naviy qadriyatlarni g'oyaviy qarashlarga qurbon qilish oqibatlarini bartaraf etish iqtisodiyotni tartibga keltirishdan ko'ra ancha mashaqqatli bo'ladi" 12.
To'rtinchi tinchlik madaniyati paradigmasi. Keyingi paytlarda tinchlikni saqlash va unda fuqarolarni ishtirokini ta'minlashda "tinchlik madaniyati" tushunchasi ilmiy muomalada qo'llanila boshlandi. "Tinchlik madaniyati" falsafiy-axloqiy tushuncha bo'lib, uning mohiyati "urushlarga yo'l qo'ymaslik, davlatlararo nizo va mojarolarni siyosiy vositalar bilan hal etish, mamlakat ichidagi
10 Гегель Г.В. Философия права. -Москва: Наука. 1990. 86 c
11 Марказий Осиё маданияти. - Тошкент, 1997 йил 7 апрел. -32 Б.
12 Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. -Toshkent: O'zbekiston. 2000. 61 b.
kelishmovchiliklarni tinchlik yo'li bilan bartaraf qilish, inson huquqi va qonun ustuvorligini ta'minlash" dan iborat.
Falsafiy manbalarda Sharq allomalari ichida birinchi bo'lib Abu Nasr al-Forobiy madaniyat masalasini kun tartibiga qo'yganligi ta'kidlanadi. Sababi mutafakkir madaniyat so'zini arabchadan olinganiga ishora qiladi va uni shahar, jamiyat, boshqarish, san'at, idora qilish, inson quvvatlari singari ijtimoiy-axloqiy hodisalar bilan bog'lagan edi.
Abu Nasr Forobiy o'z qarashlarida ham tinchlikni oliy darajada qadrlanganligi shu davr ruhini aks ettirishda harakat qilganligini tahlil etishimiz mumkin. "Madaniy jamiyat va madaniy shahar (yoki mamlakat) shunday bo'ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo'lgan har bir odam kasb-hunarda ozod, hamma bab-barobar bo'ladi, kishilar o'rtasida farq bo'lmaydi, har kim o'z istagan yoki tanlagan kasb-hunar bilan shug'ullanadi. Odamlar chin ma'noda ozod bo'ladilar"13. Allomaning ushbu fikri o'z navbatida "tinchlik madaniyati" ning axloqiy mohiyatini belgilaydi.
Tinchlikning mohiyati axloqiylikni taqozo etadi, ushbu mohiyatning pragmatik asosi "tinch-totuv yashash tamoyili"da namoyon bo'ladi. Ayniqsa, davlatlar o'rtasidagi janjalli masalalarni hal qilishning vositasi sifatida urushlardan voz kechish, janjalli masalalarni muzokaralar olib borish orqali hal etish, teng huquqlilik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, har qaysi xalqning o'z taqdirini o'zi hal etish huquqini tan olish, barcha mamlakatlarning suvereniteti va hududiy yaxlitligini qat'iy hurmat qilish, to'la tenglik va o'zaro naf keltirish asosida iqtisodiy va madaniy hamkorlikni rivojlantirishdan iboratdir. Bu tinch-totuv yashashning axloqiy negizidir. Shu ma'noda, tinch-totuv yashash urushni istovchilarni "ko'ndirish", "tinchlantirish" siyosati, ularni "yaxshi bo'lishga" chaqirish yoki ulardan tinchlikni "so'rab olish" emas, balki tinchliksevar kuchlarning birgalashib faol ta'sir ko'rsatishi bilan belgilash mumkin.
Bugun O'zbekistonda tinch - totuv yashash tamoyili davlat siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi. Bu jarayonda O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021 - yillarda mo'ljallangan "Harakatlar strategiyasi" hamda 2022-2026 - yillarga mo'ljallangan "Taraqqiyot strategiyasi" boshqa davlatlarga nisbatan munosabatlar yuzasidan O'zbekiston tashqi siyosatining muhim prinsiplarini - tinch-totuv yashash prinsiplarini belgilab berdi.
Ushbu mulohazalar "tinchlik"ni umumijtimoiy ma'no kasb etadigan tushuncha sifatida baholaydi. Holbuki, globallashuv davri qadriyatlari amaliyotida "tinchlik" ning ijtimoiy-ma'naviy va gumanistik mazmuni umuminsoniy qadriyat sifatida baholash uchun asos bo'ladi. Bundan tashqari, yurtimizda o'ziga xos davlatchilik
13 Abu Nasr Forobiy Fozil odamlar shahri. -Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti. 1993. 14 b.
tarixi, mavjud qadriyatlar tizimi, umuminsoniy tamoyillarga rioya qilingan holda tinchlik ta'minlanmoqda. Chunonchi, mustaqillikni mustahkamlash va himoya qilish masalasida hushyorlik va sezgirlikni, qat'iyat va mas'uliyatni yo'qotish, bu jarayonga "obektiv holat" sifatida qarash, ojizlikka va bosh-boshdoqlikka olib keladi. Shu bois, mustaqillik tinchlikparvarlikning axloqiy ehtiyoji sifatida O'zbekistonning tashqi siyosatiga, uni amalga oshirish yo'llarini belgilashga negiz bo'luvchi quyidagi asosiy axloqiy tamoyillarni belgilaydi:
- o'z milliy-davlat manfaatlari ustun bo'lgan holda o'zaro manfaatlarni har tomonlama hisobga olish va boshqa biron-bir davlatning ta'siriga tushib qolmaslik;
- global darajada muammolarda tinch yo'l bilan kurashish, harbiy bloklar va uyushmalarga kirmasdan O'zbekistonni yadrosiz zonaga aylantirish;
- tashqi siyosatda pragmatizm, teng huquqlilik va o'zaro manfaatdorlik, boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik qoidalariga amal qilish;
- tashqi siyosatda ochiq-oydinlik prinsipini ro'yobga chiqarish va tinchliksevar mamlakatlar bilan pragmatik tashqi aloqalarni o'rnatishga intilish.
Tinchlikparvarlik haqidagi an'anaviy qarashlar, yondashuvlarni yangilash jamiyat barqarorligini ta'minlashning muhim talabi hisoblanadi.
Texnik imkoniyatlarning kengayishi esa dunyo miqyosida tinchlik bilan bog'liq yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Darhaqiqat, texnika faoliyatning mustaqil sohasi sifatida yuzaga chiqib, insonga olamni ijodkorlik va yaratuvchanlik asosida estetik jihatdan o'zlashtirish imkonini berdi.
Hozirgi davrdagi global muammolar, ya'ni yer yuzida yalpi tinchlikni saqlash, termoyadro urishining oldini olish va adolatli xalqaro iqtisodiy tartibot o'rnatish; atrof-muhitni samarali muhofaza qilish; aholi soni va tarkibi bilan moddiy va ma'naviy qadriyatlar yaratilishi mutanosibligiga erishish; yer yuzi aholisini zarur oziq-ovqat va quvvat manbalari bilan ishonchli ta'minlash; ochlik, qashshoqlik va qoloqlikni tugatish kabilar tashkil etadi.
Tinchlikparvarlik insoniyat hayotida muhim ahamiyatga ega ma'naviy-qadriyatlardan hisoblanadi. Chunki u mohiyatan urushning, qon to'kishning oldini olishga, insonni oliy mavjudod sifatida qardlashga va oliy qadriyat sifatida tan olishga, har qanday qon to'kilishlarga qarshi tura olish, tinchlik va totuvlikni ta'minlashda muhim omildir.
"Bugungi kunda yon-atrofimizda diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, "ommaviy madaniyat" degan turli balo-qazolarning xavfi tobora kuchayib borayotganini hisobga oladigan bo'lsak, bu so'zlarning chuqur ma'nosi va ahamiyati yanada yaqqol ayon bo'ladi" 14.
14 Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent. 2017. 48 b.
Barcha xalqlar uchun ilm-ma'rifat, ta'lim va tarbiya kabi tinchlikparvarlik ham inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy sharti hisoblanadi. Garchand, ta'lim-tarbiya anglashning mahsuli, tafakkur darajasi va uni rivojlanishini belgilovchi eng muhim omillar bo'lsada, tinchlikparvarlik ham xalq va millat ma'naviyatini ifodalaydi. Bu tendensiyaning hayotiyligi xalqni tinchlik va tinchlikparvarlikka munosabatida, yondashuvida va harakatlantiruvchi kuch sifatidagi mohiyatida kuzatish mumkin.
Uchinchisi - urush g'ayriaxloqiy hodisa. Hozirgi odamlar insoniyat tarixida ilk bora to'la yo'q qilinish xavfi ostida qolgan bashariyat avlodlari hisoblanadi. Chunki, urushning sanoatlashishi ana shu ahvolga olib keldi.
Olmon mumtoz falsafasining yirik vakili Immanuil Kant axloqshunosligining cho'qqisi tinchlikni rag'batlantirish va urushning har qanday shakliga chek qo'yishga qaratilgan edi. "Uning abadiy tinchlik g'oyasi; hech qanday urushga yo'l yo'q: na men bilan sening orangdagi tabiiy holatdagi urushga, na oramizdagi davlatlar sifatidagi urushga yo'l yo'q, urush har kim o'z huquqini qo'lga kiritishi uchun zarur bo'lgan usul emas. Ayni paytda, insoniyat uchun axloqiy komillikka erishuvning faol vositasini mutafakkir ma'rifatda ko'radi. Ma'rifat uchun esa faqat erkinlik, erkinlik bo'lganda ham juda zararsiz, har bir holatda o'z aqlidan oshkora foydalanadigan erkinlik zarur".
"Kant inson sifatida ham shunday yashab o'tdi. Uning ikki narsa haqida qancha ko'p, qancha uzoq o'ylaganing sari qalbing tobora yangi, tobora kuchayib boruvchi hayrat va ixlos bilan to'lib-toshaveradi, bular - boshim ustidagi yulduzli osmon va mening botinimdagi axloqiy qonun, degan gaplari eng avvalo o'ziga taalluqli edi"15.
Ma'lumki, insoniyat tarixida urushlar va tinchlikni muqarrar tarzda ta'minlash muammosi nafaqat mamlakat ichida balki, global darajada mamlakatlar o'rtasidagi muvozanatni ta'minlash va munozarali masalalarni hal etishda siyosiy zo'ravonlik va kuch ishlatishni bildiradi. Tinchlik va xalqlarning xohish-irodasi, orzu-umidi bo'lsa, urush esa aksincha, hukmron kuchlarning siyosati va oqibatidir. Yozma yodgorliklarning guvohlik berishicha, so'nggi 6 ming yil davomida, yer yuzida 15 mingdan ziyod urushlar sodir bo'lgan. Bu davr ichida atigi 300 yilgina urushsiz kechgan.
Hozirgi kunda xalqaro munosabatlarda qudratli davlatlar geosiyosiy manfaatlarini amalga oshirishda zo'ravonlikka moyillik bildirmoqda. Bunda aksariyat rivojlangan davlatlar hali hanuzgacha yalpi qirg'in qurollarini ko'plab ishlab chiqarish bilan harbiy qudratga erishishni o'z tashqi strategiyasining mazmuniga aylantirmoqda.
15 Кант И. К вечному миру. Трактат. -Москва: Мысль. 1986. 116 с.
Lev Tolstoyning "Urush va tinchlik" romanida "urush" va "tinchlik"ning zaruriyati, ahamiyati va axloqi aks etadi. Fransuz imperatori Napoléon tomonidan Rossiyaning bosib olinishi mumkin bo'lgan bir vaqtda, boshqalardan o'zlarini ustun deb bilgan mahalliy turli tabaqalarni dushmanga qarshi kurash vositasida birlashtirgan, ayni paytda esa rus xalqining maishiy hayoti va ularning dunyoqarashini yaqqol ifodalagan "Urush va tinchlik" asarining dunyoga kelishi o'z davri uchun katta voqea edi. Bu asar xalq ongidagi uyg'onishga bo'lgan da'vat bugungi kunga, bugungi zamon kishisiga ham birday taalluqlidir. Muallifning asar orqali tinchlikning ma'naviy ahamiyati haqida hayotiy haqiqatlarga asoslangan quyidagi hikmatlari o'z dolzarbligini hozir ham yo'qotmagan:
- "Hurriyat va tinchlikni payg'ambarimiz ham targ'ib qilgan edi".
- "Abadiy tinchlik siyosiy muvozanat bilan bo'lmaydi"
- "Agar hamma faqat o'z e'tiqodi asosida urushadigan bo'lsa, dunyoda urush degan narsa bo'lmas edi" 16.
Hozirgi davrda "urush" tushunchasining ijtimoiy-siyosiy mazmuni kengayib bormoqda. V.Slipchenkoning fikriga ko'ra, bugungi kunga kelib, "urush murakkab ijtimoiy-siyosiy hodisa bo'lib, turli ko'rinishdagi kurashlar majmuasini tashkil etadi. Davlatlar va turli sotsial tizimlar o'rtasida kechadigan siyosiy, iqtisodiy, harbiy, axborot, (gibrid) va boshqa shakldagi kurashlar shular jumlasidandir"17.
To'rtinchisi - xalqaro hamkorlikni kuchaytirish. Bugun dunyoda tinchlikni ta'minlashda xalqaro tashkilotlarning, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining roli va ahamiyati katta. Dunyoda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, teng huquqlilik va erkin fikr (plyuralizm), o'zaro hurmat tamoyillari asosida xalqlarning o'zlari belgilaganlaridek, millatlar o'rtasidagi do'stona aloqalarni rivojlantirish, millatlarning ushbu umumiy maqsadlarga erishuvida hamkorlikdagi harakatlarning markazida bo'lish kabi maqsadlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy maqsad-vazifalaridan hisoblanadi. Shu bois BMT Bosh Assambleyasi har yili jahonda tinchlik va taraqqiyotni ta'minlashda dolzarb muammolarni muhokama qiladi va bu masalalar bo'yicha BMTga a'zo bo'lgan davlatlarga yoki Xavfsizlik kengashiga tavsiyalar berib, qarorlar ishlab chiqadi. Garchand bu tavsiya va qarorlar a'zo bo'lgan mamlakatlar uchun majburiy bo'lmasa-da, davlatlarning asosiy ko'pchiligi ularni bajarishdan manfaatdordir. BMT o'z a'zolarining suveren tengligiga asoslanishi bilan bir qatorda davlatlarning ichki ishlariga aralashmaydi va befarq ham bo'lmaydi.
Umuman olganda, tinchlikparvarlik - insonlarning tinch-xotirjam, yaratuvchanlik, bunyodkorlik, ijod qilish, yaratgan ijod mahsullarining uzoq yillar
16 Толстой Лев. Уруш ва тинчлик. Роман. -Тошкент: Янги аср авлоди, 2019. - б. 31.
17 Толстой Лев. Уруш ва тинчлик. Роман. -Тошкент: Янги аср авлоди, 2019. - б. 37.
mobaynida xalqni birlashtiruvchi ijtimoiy hodisa hamdir. Tinchlikparvrlikning amalda namoyon bo'lishi uchun yer yuzidagi har bir inson tinchlikning qadrini anglashi va o'z faoliyati, dunyoqarashini axloqiy jihatdan shakllantirishini toqazo etadi.
Xulosa sifatida tinchlikparvarlik ta'limoti insoniyat hayotida muhim ahamiyatga ega ma'naviy-qadriyatlardan hisoblanadi. Chunki u mohiyatan urushning, qon to'kishning oldini olishga, insonni oliy mavjudod sifatida qardlashga va oliy qadriyat sifatida tan olishga, har qanday qon to'kilishlarga qarshi tura olish, tinchlik va totuvlikni ta'minlashda muhim omildir.
Tinchlikparvarlik xalq, davlat va jamiyat hayotining eng muhim axloqiy tamoyili hisoblanadi. Uni fazilatga aylantirish qat'iyatlilikni talab etadigan ijtimoiy voqelik. Barcha taraqqiyparvar kuchlar barqarorlik va hamkorlik yo'lini belgilashda tinchlikparvarlikning axloqiy mazmunidan kelib chiqib ma'naviy maqsadini belgilashi zarur. Shundagina tinchlik amaliy hamkorlik yo'lini tanlash orqali mustahkamlanadi.
Tinchlikparvarlik - insonlarning tinch-xotirjam, yaratuvchanlik, bunyodkorlik, ijod qilish, yaratgan ijod mahsullarining uzoq yillar mobaynida xalqi, el-yurti, Vatani va umuman, insoniyatga xizmat qilishiga ishonch-e'tiqod, hayotning qadriga yetish, tinchlikni ulug'lash ruhidagi faoliyati va xatti-harakatlari bilan bog'liq tarbiyaviy yo'nalish xususiyati hisoblanadi.
ADABIYOTLAR ROYXATI:
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent. 2017.
2. Karimov I.A. O'zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida. -Toshkent: O'zbekiston 2011.
3. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard maqsadimiz. -Toshkent: O'zbekiston. 2000.
4. Abdurauf Fitrat. Sharq siyosati. Buxoro. 1992.
5. Arastu. Poetika Ritorika. Axloqi Kabir. -Toshkent: Yangi asr avlodi. 1999.
6. Abu Nasr Forobiy Fozil odamlar shahri. -Toshkent: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti. 1993.
7. Беседы и суждения Конфуция - СПб.: Издательство "Кристалл". 1999.
8. Byukenen P.J. G'arbning o'limi. -Toshkent: "Ilm-Ziyo-Zakovat" nashriyoti, 2021.
9. Гобс Т. Сочинения. Том 2. - М.: Мысль. 1991.
10. Гегель Г.В. Философия права. -Москва: Наука. 1990.
11. Falsafa Qomusiy lug'at. -Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti. "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. 2004.
12. Кант И. К вечному миру. Трактат. -Москва: Мысль. 1986.
13. Макиавелли Н. Государь Избр. соч.- М.: Мысль. 1982.
14. 14.Скрипник А.П. Моральное зло в истории этики и культуры. -.: Политиздат,. -1992.
15. Лев Толстой. Уруш ва тинчлик. Роман. -Тошкент: Янги аср авлоди, 2019.