DAVLAT VA UNING AXLOQIY MOHIYATI
Malohat Elmurod qizi Qóshmurodova
Ozbekiston Milliy Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Amaliy Etika yonalishi 1-bosqich talabasi [email protected]
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada davlat va uning mohiyati, davlat xaqida qarashlarning usullari, davlatning paydo bo'lish tarixi haqida so'z boradi. Maqolaning asosini davlatning axloqiy moxiyati tashkil etadi ,ya'ni davlat haqida qadimgi faylasuflar qarashlariga tayanib ushbu xulosalar yozildi .Davlat haqida nazariyalar va ulardan anglashilgan xulosalarning yig'indisi sifatida ushbu maqola yozildi.
Kalit so'zlar. Davlat, hokimyat, jamiyat, fuqaro, sivilizatsiya, mamlakat, siyosat, tamoil, ijtimoiy, huquq tartibot, qonun, boshqaruv, shahar, insonparvarlik , tinchlik, adolat,
AННОТАЦИЯ
В этой статье говорится о государстве и его сущности, способах мышления о государстве и истории государства. В основу статьи положена нравственная сущность государства, то есть данные выводы написаны на основе взглядов античных философов на государство.
Ключевые слова. Государство, правительство, общество, гражданин, цивилизация, страна, политика, принцип, социальный, закон, порядок, закон, управление, город, человечество, мир, справедливость.
ANNOTATION
This article talks about the state and its essence, ways of thinking about the state, and the history of the state. The basis of the article is the moral essence of the state, that is, these conclusions were written based on the views of ancient philosophers about the state.
Keywords. State, government, society, citizen, civilization, country, politics, principle, social, law, order, law, management, city, humanity, peace, justice.
KIRISH
Davlat — jamiyatning oliy siyosiy instituti bo'lib, shu jamiyat yashayotgan mamlakat fuqarolar manfaatini himoya qilish uchun o'rnatiladi. Davlatlar mamlakat
April 24, 2024
342
National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences
Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук
^'zbekiston^iiiiyumverMteji^^^^^^^^^^^itmoiy-gumanitBrfn™
chegaralarini himoya qiladi, boshqa mamlakatlar bilan aloqada bo'ladi, qonunchilik bilan shug'ullanadi va hokazo. Mamlakat miqyosida jamiyatni uyushtirish masalalarini hal qilib, uning tashqi munosabatlarini belgilash kirishqoidalariga ko'ra idora qiladi, turli tip, shakllarda tashkil topadi. Davlat va uning kelib chiqishi, rivojlanish bosqichlari, mohiyat va vazifalari haqida turlicha fikrlar mavjud
Davlat tarixi va davlat haqida fikrlar.
Davlat to'g'risidagi ilk tushuncha va qarashlar miloddan avvalgi taxminan 4-3-mingyilliklarda Misr, Mesopotamiya, Hindiston, Xitoyda paydo bo'lgan. Ular asosan diniy-mifologik xarakterda edi. Avesto ta'limotiga ko'ra, hokimiyat, haqiqat, adolatlilik 3 axloqiy-huquqiy asosga: ezgu fikr, ezgu so'z, ezgu amalga tayanadi. Davlatning vazifasi yovuzlikka qarshi yaxshilik, tinchlik va insonlarning baxtli-saodatli hayotini ta'minlashdir. Islom dini ta'limoti bo'yicha, Allohning O'zi oliy qonun sohibi. Uning talablari, ko'rsatmalari payg'ambarlar orqali insonlarga yetkaziladi. Davlat boshliqlari — podsholar, xonlar Xudoning Yerdagi soyasi, vakili hisoblanadi.Diniy-mifologik ta'limotlar bilan birga, keyinchalik davlat to'g'risidagi dunyoviy qarashlar, g'oyalar rivojlandi. Bunda Platon, Aristotel, Forobiy, Spinoza, Lokk, Kant, va boshqalar katta hissa qo'shdilar. Bugungi dunyoviy davlatlarda ana shu mutafakkirlar ta'limotlari muayyan darajada o'z aksini topgan. Aristotel ham, Forobiy ham insonlar hayotiy zarur masalalarni yechishda va o'z ezgu orzulariga erishishlarida tabiat insonga ato etgan huquqlar (dunyoga kelish, yashash, oila qurish va hokazo) asosida davlatga birlashadilar, deb hisoblagan. Davlatga jamiyatda tinchlikni, tartibni ta'minlovchi, jamiyatni idora qiluvchi hokimiyat sifatida qaragan. "Davlat — huquqqa rioya etish, u umum manfaati yo'lida tuzilgan erkin kishilarning mukammal ittifoqi" (Grotsiy), "Davlat huquqiy qonunlar himoyasida bo'lgan ko'pchilik odamlarning birlashmasidir" (Kant). U davlat zimmasiga "qo'l ostidagilarga tinch-totuvlikni baxsh etish, ular xavfsizligini ta'minlash yuklatiladi", deb yozgan. Davlat haqidagi nazariyalar qanchalik xilma-xil bo'lmasin, davlatning hamma yerda tashkil topish va rivojlana borish jarayoni o'z yo'li bilan kechdi. Davlat jamiyat hayotini tashkil etishning murakkab siyosiy-huquqiy shaklidir. U ijtimoiy jarayonlarni boshqarish vositasi (fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquq-tartibotni, fuqarolar va jamiyat xavfsizligini ta'minlash) vazifasini o'taydi. Davlat insoniyat sivilizatsiyasining paydo bo'lishi va rivojlanishi mahsulidir. Davlatning shakllanish jarayoni insoniyat jamiyati taraqqiyotining ma'lum bir bosqichidagina sodir bo'ladi. Davlatning paydo bo'lishi uchun zarur shart-sharoitlar jamiyatning o'z tabiatida yotadi
Hozirgi kunda davlatlar tomonidan olib borilayotgan boshqaruv siyosatini ko'plab G'arb va Sharq faylasuflari, siyosatchilari ilmiy jihatdan o'rganishgan va
April 24, 2024
343
National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences
Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук
^'zbekiston^iiiiyumverMteji^^^^^^^^^^^itmoiy-gumanitsrfn™
tahlil qilishgan. Masalani eng muhim jihatlaridan bin, avvalo olib borilayotgan siyosatni insonparvarlik tamoyillariga asoslanishini e'tibor qaratilishi hech kimga sir emas.«Davlatni boshqarish to'g'risida ikki risola» asarida Lokk har qanday zamonaviy sotsial hodisa, xususan, davlat boshqaruvi kabi katta ijtimoiy ahamiyatga molik hodisani tushu ushbu xulosalar yozildi ushbu xulosalar yozildi ushbu xulosalar yozildi ushbu xulosalar yozildi ushbu xulosalar yozildi ushbu xulosalar yozildi ushbu xulosalar yozildi ushbu xulosalar yozildinishga intilish bizni bu masalaning tabiati va mohiyatiga murojaat qilishga undaydi, degan fikrni bildirib o'tadi. Davlat boshqaruvi, davlat hokimiyati va odil sudlovni amalga oshirish bilan birga, davlatning faoliyat shakli hamdir. Davlatning mazkur faoliyat turlaridan har biri davlat funksiyalarini amalga oshirish jarayonida o'z vazifasi, ma'no-mazmuni va xos xususiyatlari bilan ajralib turadi.Umuman olganda, davlat jamiyatning hayotiy faoliyatini qo'llab-quvvatlash bo'yicha xilma-xil vazifalarni bajaradi. Va ularning barchasi muayyan darajada boshqaruv bilan bog'liq bo'lib, boshqaruv tizimi va apparati orqali amalga oshiriladi.Davlatning jamiyat ishlarini boshqarish bo'yicha burch va vazifalari amalda joriy etiladigan ijtimoiy munosabatlar umumlashtirilgan holda davlat boshqaruv munosabatlari deb ataladi. Suqrot, davlat va siyosat borasidagi o'z qarashlari bilan falsafa tarixida chuqur iz qoldirgan. Uning bu boradagi fikr-mulohazalari, qarashlari boshqa faylasuflarning ham o'z bilimlarini asoslashda xizmati katta bo'lgan. Davlat (grekcha: noXixsia) — yunon faylasufi Aflotun Suqrot dialogi shaklida taxminan eramizdan oldingi 375-yilda yozgan asar. Unda adolat, adolatli shahar davlat hamda adolatli odam haqida so'z boradi. „Davlat" Aflotunning eng taniqli ishlaridan biri bo'lib, falsafa bo'yicha dunyo tarixidagi eng taniqli va eng muhim asarlardan biri hisoblanadi. Davlat va huquq nazariyasida davlatning mohiyati masalasi markaziy o'rinni egallaydi. Binobarin, fanning boshqa barcha muammolarini hal etish "davlat nima" degan savolga beriladigan javobning ma'nosiga bogliq.. Davlat murakkab ijtimoiy hodisa bo'lganligi bois, uning mohiyati va ta'rifi xususida qadimdan turli-tuman mulohazalar bildirib kelinadi. Jumladan, qadimgi rim faylasufi va siyosiy arbobi Mark Tulliy Sitseron (mil, av. 106 — 43) "davlat nima" degan savolga javob izlab, shunday deb yozgan: "Davlat — bu umumiy huquqiy tartibotdir; davlat — bu xalq ishi, faoliyati, xalqqa munosib ishdir" Alloma xalq deganda kishilaming har qanday jamoasini emas, balki ko'pchilik aholining huquq masalalaridagi o'zaro kelishuvi va manfaatlar umumiyligi asosidagi birlashuvini tushungan.
Davlatning mohiyati xususida bir qancha ta'limotlar va yondashuvlar mavjud: elitar nazariya, texnokratik nazariya, markscha nazariya, umumfarovonlik davlati nazariyasi, demokratik (huquqiy) davlat nazariyasi. Ushbu yondashuvlami alohida
April 24, 2024
344
ko'rib chiqaylik. Davlat — jamiyatning yagonaligi va yaxlitligini ta'minlaydigan siyosiy tashkilot bo'lib, maxsus mexanizm (apparat) vositasida jamiyat ishlarini boshqaruvchi suveren ommaviy-siyosiy hokimiyat sifatida huquqqa umumiy majburiy xususiyat bahsh etadi, fuqarolaming huquq va erkinliklarini, qonuniylik va huquqiy tartibotni kafolatlaydi. Davlatning mohiyati — uning eng muhim, barqaror belgi va xususiyatlari, ichki aloqalari yig'indisi. Mohiyat — qonuniyatni, qonuniy munosabatlami, eng muhim tavsiflovchi jihatlarni anglashdir, ularning namoyon bo'lishidir. Davlatning barcha belgi va xususiyatlari uning ijtimoiy vazifalari, bajaradigan fimksiyalarida namoyon bo'ladi. Davlatning asosiy ijtimoiy vazifasi insonlar o'rtasidagi ijtimoiy munosabatlami tartibga solish, jamiyatni boshqarishdan iborat. Hokimiyatning alohida tashkiliy shakli bo'lgan davlat jamiyat oldida turgan vazifalarni bajarish bilan bog'liq jarayonlami boshqaradi. Davlatning mohiyatini tushunish bobida fransuz mutafakkiri Jan Boden o'z o'tmishdoshlari va zamondoshlaridan ancha ilgarilab ketdi. U davlatni "suveren hokimiyat orqali ko'plab oilalar va ularga tegishli narsalar ustidan adolatli hukmronlik vositasi" sifatida tushunishni ilgari suradi. Davlat, - deydi J.Boden -suveren hokimiyatning odamlar ustidan amalga oshiradigan rahbarligidir. Uning ta'biricha, suverenitet davlatning doimiy va mutlaq hokimiyatidir.Davlat va huquq nazariyasida davlatning mohiyati masalasi markaziy o'rinni egallaydi. Binobarin, fanning boshqa barcha muammolarini hal etish "davlat nima" degan savolga beriladigan javobning ma'nosiga bogMiq. Davlat masalasi eng murakkab, eng qiyin muammo bo'lganligi bois insoniyatning aqlpeshalari bu to'g'rida xilma-xil va serqirra fikrlar bildirganlar. Davlatshunos olimlardan biri A.Parshin shunday deb yozgan edi: "Davlatning tabiatini va mohiyatini teran va har tomonlama anglamay turib, davlatni oqilona va malakali boshqarib bo'lmaydi"1. Falsafa kategoriyalaridan biri bo'lmish mohiyat narsa, hodisa, buyum, jarayonlaming ichki, muhim, asosiy, zaruriy, barqaror jihatlarini, aloqalarini, o'zaro munosabatlarini, qonuniyatlarini ifodalovchi belgilarining yig'indisidir. Davlatning mohiyati borasida izlanganda, uning muhim belgilarini, barcha jihatlarini tavsiflovchi xususiyatlarini, faoliyati va namoyon bo'lish qonuniyatlarini ochishga intilamiz. Davlatning mohiyati uning ijtimoiy hayotda bajaradigan vazifasini (ijtimoiy munosabatlami boshqarish, ulami tartibga solish) aniqlashni ham qamrab oladi.
XULOSA
Bu dunyoda eng katta kuch xalqdir. Davlat ham mana shu xalq bilan davlat bo'ladi. Darhaqiqat, xalq boy bo'lsa, davlat ham boy bo'ladi, xalq nochor bo'lsa, davlat ham nochor bo'ladi. Xalqning boy bo'lishi uchun esa shu xalqning davlat boshqaruvi to'g'ri yo'lga qo'yilgan bo'lishi lozim. Bugungi kunda kundan-kunga
April 24, 2024
345
tilimizga o'zlashib boryotgan "Menejment" so'zining asl ma'nosi ham "Boshqaruv san'ati" degan ma'noni anglatadi. Bundan ko'rishimiz mumkinki, aslida boshqaruv ham bir san'at ekan. Demak, davlat, korxona-tashkilat rahbarlari boshqaruv san'atini qanchalik mukammal egallasalar xalq ham, davlat ham shunchalik boyiydi,rivojlanadi, gullab-yashnaydi. Davlatning asl mohiyati bu olib borilayotgan siyosatni insonparvarlik tamoyillariga asoslanishinidir.
REFERENCES:
1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
2. Пиголкин А. С., Головистикова А. Н., Дмитриев Ю. А., Саидов А. Х. Теория государства и права: учебник под редакцией А. С. Пиголкина. — Москва: Юрайт-Издат, 2005. — С. 61-63. — ISBN 5-94879-145-9.
3. Общая теория права и государства: Учебник. Под ред. Лазарева В. В.. — М.,1994. — С.23
4. Ожегов С. И., Шведова Н. Ю. Толковый словарь русского языка: 80 000 слов и фразеологических выражений / Российская академия наук. Институт русского языка им. В. В. Виноградова — 4-е изд., дополненное. — М.: Азбуковник, 1999. — 944 с. — ISBN 5-89285-003-X.
5. G'aniyev S. K. ,Karimov M. М., Tashev К. А. АХBOROT XAVFSIZLIGI Toshkent 07
6. S.Qosimov Axborot texnologiyalari xaqida o'quv qo'llanma Toshkent 07
7. G'aniyev S.K.Karimov M.M. Hisoblash tizimlari va tarmoqlarida axborot xavfsizligi TDTU
8. http://www.kaspersky.ru/
346
April 24, 2024