Научная статья на тему 'JAHON TILSHUNOSLIGIDA KONNOTATSIYANING O‘RNI'

JAHON TILSHUNOSLIGIDA KONNOTATSIYANING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
denotatsiya / konnotatsiya / jaxon tilshunosligi / semantika / so‘z turkumi / uy / implikatsiya / til / leksik ma’no / ko‘chma ma’no / lingvopragmatika / leksikografik.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mirzaabdullayeva Mahliyo Xosiljon Qizi

Ushbu maqolada jahon tilshunosligida konnotatsiyaning o‘rni, uning ayrim so‘z turkumlarda gavdalanishi va dunyo tilshunoslarining konnotatsiya bo‘yicha qilgan ayrim tadqiqot ishlarini yoritib berilgan. Bundan tashqari, ko‘plab olim va tadqiqotchilarning denotatsiya va konnotatsiya haqida keltirib o‘tgan mulohazalari, namunalari keltirilgan. Tilshunoslikda muhim ahamiyat kasb etgan konnotatsiya hodisasi va ularning o’zaro munosabati turli misollar orqali keng izohlangan. Shuningdek, maqolada konnotatsiyaning turlari va ularning xususiyatlari, turli diskurslarda qo‘llanishi borasida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JAHON TILSHUNOSLIGIDA KONNOTATSIYANING O‘RNI»

JAHON TILSHUNOSLIGIDA KONNOTATSIYANING O'RNI Mirzaabdullayeva Mahliyo Xosiljon qizi

AndijonDavlat Chet tillar Instituti, erkin tadqiqotchi https://doi.org/10.5281/zenodo.11099168

Annotatsiya. Ushbu maqolada jahon tilshunosligida konnotatsiyaning o'rni, uning ayrim so'z turkumlarda gavdalanishi va dunyo tilshunoslarining konnotatsiya bo'yicha qilgan ayrim tadqiqot ishlarini yoritib berilgan. Bundan tashqari, ko'plab olim va tadqiqotchilarning denotatsiya va konnotatsiya haqida keltirib o'tgan mulohazalari, namunalari keltirilgan. Tilshunoslikda muhim ahamiyat kasb etgan konnotatsiya hodisasi va ularning o'zaro munosabati turli misollar orqali keng izohlangan. Shuningdek, maqolada konnotatsiyaning turlari va ularning xususiyatlari, turli diskurslarda qo'llanishi borasida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: denotatsiya, konnotatsiya, jaxon tilshunosligi, semantika, so'z turkumi, uy, implikatsiya, til, leksikma'no, ko 'chma ma'no, lingvopragmatika, leksikografik.

Аннотация. В этой статье освещается роль коннотации в мировой лингвистике, ее воплощение в отдельных словарных категориях и исследовательская работа, проделанная различными мировыми учеными по коннотации. Кроме того, будут освещены рассуждения, сделанные несколькими мировыми лингвистами и писателями о денотации и коннотации. Явление коннотации и их взаимосвязь, приобретшее важное значение в лингвистике, широко объясняются на различных примерах. Также в статье будут подробно рассмотрены виды коннотаций и их особенности, применение в различных дискурсах.

Ключевые слова: обозначение, коннотация, мировая Лингвистика, семантика, категория слова, дом, импликация, язык, лексическое значение, переносимое значение, лингвопрагматика, лексикография.

Abstract. This article covers the role of connotation in world linguistics, its representation in certain word categories, and the research work of various world scholars on connotation. In addition, several world linguistic scholars and writers ' remarks on denotation and connotation are highlighted. The phenomenon of connotation and their relationship, which has become important in linguistics, is widely explained through various examples. The article also details the types of connotations and their properties, their application in different discourses.

Keywords: denotation, connotation, world linguistics, semantics, word category, house, implication, language, lexical meaning, portable meaning, linguopragmatics, lexicographic.

Ma'lumki, jahon tilshunosligida denotatsiya va konnotatsiya xususida tadqiqotlar bir necha asrlardan beri olib borilmoqda. Tilshunoslikda, ayniqsa semantikada tez-tez uchraydigan konnotatsiya atamasi, jaxon tilshunoslarining tomonidan turli ma'nolarda qo'llaniladi. Uilyam Okhem tomonidan atamaning tarixi paydo bo'lgan va uning turli xil qo'llanilishi va talqinlari haqida Garza Cuaron yozib o'tgan. Lyons konnotatsiyaning ma'lum ma'nolarini ikki guruhga bo'ladi: mantiqiy-falsafiy tushuncha sifatida konnotatsiya,konnotatsiya sifatida lingvistik tushuncha.

Denotatsiya va konnotatsiya so'zlarni ifoda qilishning ikkita muhim uslubidir. Konnotatsiya vujudga kelganiga yuz yildan ortiq vaqt o'tganiga qaramay, uning mazmuni hali ham o'zgarib kelmoqda. Tilshunoslikda, ayniqsa semantikada tez-tez uchraydigan konnotatsiya atamasi, jaxon tilshunoslarining tomonidan turli ma'nolarda qo'llaniladi. Uilyam Okhem tomonidan atamaning tarixi paydo bo'lgan va uning turli xil qo'llanilishi va talqinlari haqida Garza

Cuaron yozib o'tgan. [2] Lyons konnotatsiyaning ma'lum ma'nolarini ikki guruhga bo'ladi: mantiqiy-falsafiy tushuncha sifatida konnotatsiya,konnotatsiya sifatida lingvistik tushuncha.[5]

Kerbtat va Sansomening ilmiy izlanishlariga ko'ra,konnotatsiyaning umumiy lingvistik tushunchasi juda keng va noaniq: u barcha turdagi til birliklarining rang -barang fonetik,stilistik,talaffuz va semantik xususiyatlarini o'z ichiga oladi.[4] [8]

Bieswanger va Beckerning ta'kidlashicha so'z nazarda tutilgan identifikatsiya deyiladi.[1] Masalan: uy so'zining ta'rifi insonlar yashaydigan bir makon. Biroq,so'zning denotati orqali ham konnotatsiyaning ma'nosini bemalol tushunish mumkin,chunki konnotatsiya so'zning asl ma'nosiga aloqadorlik holda yuzaga keladi. Masalan: Qushning ham uyi buzilmasin misolini olsak, ya'ni xech kimning oilasi buzilmasin. Bu yerda ham uy oila ya'ni yashaydigan makon sifatida nazarda tutilyapti.

Nemis tilshunosi Van Leeuwen denotatsiya va konnotatsiya atamasini John Stuart Mill ya'ni so'zlarning ikki xil ma'nosi bor deb ta'riflagan ingliz faylasufi tomonidan yaratilgan deb ishongan. Mill so'z orqali uzatiladigan belgilarni konnotatsiya deb tushundi.[6]

Semantik strukturaning "qo'shimcha" mikrokomponenti sifatida harakterlangan konnotatsiya an'anaviy ravishda ekspressivlik tushunchasi yoki tilning ekspressivlik funksiyasi nomini olgan uslubiy baholash va hissiy funksiyalarini mikrokomponenti sifatida harakterlanganini ichiga oladi.

Ravshanki, V.fon Gumboldt tadqiqotiga nazaryasiga asosan, "ichki shakl" tilda ma'no hosil qilishning assosiativ-obrazli tarzdagi motividir.[2] A.A.Potebnya ham V.Gumboldt fikrini ma'qullagan holda, bu tushunchani psixologik asos tarzida namoyon qilishga, ichki shaklga dinamik hodisa sifatida qarashga harakat qildi: "Agar subyektiv mazmunni olib tashlasak,so'zda faqat tovush,ya'ni tashqi va etimologik mazmun qoladi,u ham shakl,ammo ichki shakldir. Ichki shakl fikr mazmuning ongga munosabatidir,u insonga o'z shaxsiy fikrini qanday ifodalashini ko'rsatadi."[7]

Rus tilshunoslari olimlaridan G.V.Kolshanskiy, N.G.Komlev, V.I.Goverdovskiy, V.N.Teliya tomonida konnotatsiya keng qamrovda o'rganilgan, tor tushunchani esa A.V. Flippov, I.V.Arnold, I.A.Sternin, N. F. Alefirenko, V.I. Shaxovskiy, Yu.D.Apresyan lar tomonidan tadqiq qilingan.

Quyidagi 1-chizma orqali rus tilshunos olimlarining keng qamrovda konnotatsiya bo'yicha olib borgan tadqiqotlarini bilishimiz mumkin. Keyingi chizma orqali esa konnotatsiyani tor doirada tadqiq qilgan olimlar va ularning ishlari keltirildi.

Ba'zan rus tilshunosligida "an'anaviy" deb nomlanadigan konnotatsiyaning chegaralangan ko'rinishiga duch kelishimiz mumkin va bu o'z navbatda tilshunos olimlar o'rtasida biroz tortishuvga sabab bo'lgan. Cheklangan ma'noda konnotatsiya tilshunoslikning alohida elementi sifatida tasniflanadi ya'ni birlik ma'nosi, unga nom berish va uning obyektiv ma'nolari bilan yakunlash uchun ikkinchi darajali vazifani bajaradi, shuningdek voqelikda ifodalangan harakatning assosiativ-majoziy ifodasi hisoblanadi.

1-chizma

• konnotatsiyaning semantik mohiyati

• uning ko'chma ma'nolarda ishlatilishi

• konnotatsiya majoziy ma'nolarda sodir bo'lishi

konnotatsiyani asl ma'nolar ustidan hukmronlik qilishi ma'lum bir kontekstda o'zini namoyon qilishi bo'ladigan birliklar nazmunining yangi biy qismlari sifatida

2-chizma

I.V.Arnold

•konnotatsiya belgining umumiy tizimli ma'nosining tarkibiy qismi sifatida

•konnottsiyaning konteks bilan uzviy bog'liqligini

1/

A.V.Flippov

•lingvistik birlikning "hissiy va stilistik semantik mazmuni" faqat konnotatsiyaga ishora qiluvchi uning bir qismi »so'zning baholovchiligi bu to'la denotativ komponent

Yu.D.Apresyan

konnotatsiyaning ko'chma ma'noda moddiylashishi so'zning asosiy va ilk ma'nosini ifodalanishi

V.I. Shaxovskiy

ikonnotatsiya leksik ma'no birlikjixati sifatida

uning yordamida so'zlovchining hissiy va shartli holati

aniqlanishi

Konnotatsiya tizimli va vaqti-vaqti bila bo'ladigan hodisa Konnotatsiya ta'rifini cheklash noqonuniydir

-\

Xulosa qilib aytganda, konnotatsiyaning og'zaki va lingvistik hodisasi, so'zning ma'no tarkibidagi o'rni, uning hajmi va uning komponent tarkibi ko'plab ilmiy ishlar olib borilayotganiga qaramay ko'plab bahslar davom etmoqda va bu o'z navbatida konnotatsiya muammosini chuqur

tadbiq etishni taqazo etmoqda. Muayyan til birliklari va ularning konnotativ qismlari o'rtasiga farqlarni qanday ajratish hali ham ma'lum emas. Leksikografik talqin uchun hali keraklicha konnotatsiyaning usullari va yo'llari izlanib topilmagan. Lingvopragmatikaning konteksdagi konotatsiyaning o'rganish hozirgi nazariy tilshunoslikdagi noaniq xuddi shunday tushuncha ko'plab olimlarni o'ziga jalb etdi va so'ngi vaqtlarda ularda qiziqish uyg'otdi. Ilmiy yozuvda "implikatsiya" va "konnotatsiya" so'zlari ba'zan bir-birining o'rnida ishlatiladi.

Natijada, adabiy matnlardagi semantik jarayonlarning eng taniqli olimlaridan biri J. Jenetta o'zining ishlarida konnotativ ma'no va implikit ortasida tafovutni ajratmaydi, garchi konnotatsiya mavzusiga katta e'tibor qaratgan bo'lsa ham.

REFERENCES

1. Bieswanger, Markus & Becker, Annette (2008). Introduction to English linguistics. 2 ed. Tübingen: A Francke.

2. Garza-Cuaron, Beatriz (1991): Connotation and Meaning. Berlin/New York.

3. Gumbol'dtF.V Izbrannie trudi po yazikojakiyu-M.,1984. S. 82.

4. Kerbtat-Orecchioni, Catherine (1977): La connotation. Lyon

5. Lyons, John (1977): Semantics. Volume 1. Cambridge.

6. Mill, Dj. Mill, J.St. Of names Theory of meanings. Prentis-Hall, 1970.1. Slovari

7. Potebnya A.A. Iz zapisok po russkoy grammatike.T.-1-2.M.Gospedizdag.1958.str.47

8. Sansome, Rosemary (1986):"Connotation and lexical field analysis." // Cahiers de lexicologie 49/2. 13-33.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.