Научная статья на тему 'JADIDLAR ILMIY-MAʼNAVIY MEROSDA MAʼNAVIY BARKAMOL INSONNI TARBIYALASHDAGI QARASHLARINING GENEZISI'

JADIDLAR ILMIY-MAʼNAVIY MEROSDA MAʼNAVIY BARKAMOL INSONNI TARBIYALASHDAGI QARASHLARINING GENEZISI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Jadidchilik / Jadidchilar g‘oyalari / Sharq tafakkuri / Adolat / Komil inson / Tarbiya.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Jurakulov Voxidjon Nurdullaevich

Jadidchilarni ijtimoiy-siyosiy qarashlarining falsafiy asoslari, jadidchilik va ijtimoiy-siyosiy harakatchanlik o‘rganilib hozirgi davrda yoshlarni ijtimoiy-siyosiy tarbiyalashda foydalanish jihatlari olib qaralgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JADIDLAR ILMIY-MAʼNAVIY MEROSDA MAʼNAVIY BARKAMOL INSONNI TARBIYALASHDAGI QARASHLARINING GENEZISI»

JADIDLAR ILMIY-MA'NAVIY MEROSDA MA'NAVIY BARKAMOL INSONNI TARBIYALASHDAGI QARASHLARINING GENEZISI

Jurakulov Voxidjon Nurdullaevich

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Falsafa tarixi ixtisosligi bo'yicha 3-bosqich tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.11386970

Annotatsiya. Jadidchilarni ijtimoiy-siyosiy qarashlarining falsafiy asoslari, jadidchilik va ijtimoiy-siyosiy harakatchanlik o 'rganilib hozirgi davrda yoshlarni ijtimoiy-siyosiy tarbiyalashda foydalanish jihatlari olib qaralgan.

Kalit so'zlar: Jadidchilik, Jadidchilar g'oyalari, Sharq tafakkuri, Adolat, Komil inson, Tarbiya.

Аннотация. Философский основы общественно-политических воззрений джадидов, Джадидизм и с с оциально-политическая мобильность изучены в настоящий период с учетом использования молодёжи в социально-политическом воспитании обдуманный.

Ключевые слова: Джадидизм, Идеи джадидов, Восточная мысль, Правосудие, Идеальный человек, Образование.

Abstract. The philosophicalfoundations of the socio-political views of the Jadids, Jadidism and socio-political mobility are being studied at the present time bringing aspects of its use in the socio-political education of young people blacked out.

Keywords: Jadidism, Jadid Ideas, Oriental Thought, Justice б, Perfect person, Education.

O'zbek xalqi mustaqilikka erishgach o'tmish ajdodlar qoldirgan boy falsafiy merosni o'rganish va uni qayta tiklashga musharraf bo'ldi. Fan va madaniyat namoyandalarining falsafiy asarlarida ifodalangan ma'naviy-axloqiy g'oyalar jamiyat taraqqiyotida, ayniqsa, yoshlarda ezgulik va iftixor tuyg'usining rivoj topishida muhim ahamiyatga ega.

Zero, mutafakkirlarning ijtimoiy, axloqiy, falsafiy g'oya va ta'limotlari bugungi kunda jamiyatni ma'naviy tahdidlardan himoyalashda, yosh avlodning falsafiy ongini yuksaltirish va mafkuraviy immunitetini mustahkamlashda ilmiy-konseptual ahamiyatga ega. Shu ma'noda, yoshlarning falsafiy-gnoseologik dunyoqarashini yuksaltirishda mutafakkirlarning ayniqsa, jadid namoyondalarining ma'naviy-ilmiy merosini zamonaviy ilmiy-metodologik nuqtai-nazardan tadqiq etish bugungi ilmiy jamoatchilikning tadqiqot markazida bo'lib qolmoqda. Prezidentimiz ta'rifi bilan aytganda: "Ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxo'ja Behbudiyning "Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur",- degan so'zlari bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. [1.311]

Inson to'g'risidagi falsafiy fikrlar taraqqiyoti haqidagi fikrlar barcha zamonlarda ham, barcha zaminlarda ham inson muammosi falsafaning asosiy mavzusidir. Inson muammosi faqat falsafaning tadqiqot obekti bo'libgina qolmay, balki boshqa fanlarning ham diqqat markazidadir. Boshqa fanlar insonning ma'lum bir qismini, ayrim xususiyatlarini o'rgangan bo'lsa, falsafa insonni bir butun, yaxlit o'rganishga harakat qildi. Boshqacha aytganimizda, falsafa insonning tabiiy-ijtimoiy mohiyatini, uning olamdagi tirik maxluqotlar orasidagi o'rnini, boshqa jonzotlardan farqini tushuntirishga urindi. Insonning jismi, ruhiyati, ma'naviyati orasidagi o'zaro aloqadorlik mexanizmi mohiyatini ifoda etuvchi qonuniyatlarni aniqlashga intildi. Insonning

olamga bo'lgan munosabatini, uning atrof-muhitni, hatto o'zini-o'zi o'zgartira olish yo'llari va uslublarini, o'z taqdirini o'zi belgilovchi buyuk mavjudot ekanligini har tomonlama tahlil qildi. Inson o'zi haqida, o'zining ruhiy-ma'naviy kamoloti haqida turli g'oyalar, ta'limotlar yaratdi. Demak, insonning o'zi to'g'risida yaratgan g'oyalari ham zamonlar o'tishi bilan o'zgarib, boyib yoki eskirib bordi.

Insonda barcha yaxshiliklar, mo'jizalar mavjud bo'lishi bilan birga, turli fisq-u fasod, fitnalarning ildizi ham unga borib taqaladi. Komil inson g'oyasi xalqimizning ezgu orzusi, millat ma'naviyatining uzviy bir qismidir. Komil inson g'oyasi zardushtiylarni muqaddas kitobi «Avesto"da, Qur'oni Karim va hadislarda, tasavvuf falsafasida, Sharq mutafakkirlari asarlarida o'zining ifodasini topgan.

Ta'kidlash joizki, "ma'naviy barkamol inson" ("komil inson") tushunchasi islom falsafasida Muyiddin Arabiy tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Uning e'tirof etishicha, barkamol inson Muhammad Payg'ambar timsolida o'z ifodasini topgan. Aziziddin Nasafiyning fikriga ko'ra, "Yaxshi so'z, yaxshi fe'l, yaxshi axloq va maorif'3 ni o'zida mujassamlashtirgan har qanday kishini barkamol inson deyish mumkin. Barkamol inson uchun xalqqa naf keltirish, birovlarning mushkulini yengillashtirishdan boshqa muddao bo'lmaydi. Barkamol insonning butun sa'y-harakati halollikka, rostgo'ylikka, ezgulikka qaratilgan bo'lib, odamlarni mehribon bo'lishga, bir-biriga ozor bermaslikka, hamdard bo'lishga, ijtimoiy masalalar yechishda suyanishga chorlaydi. Aziziddin Nasafiy falsafiy qarashlarida barkamol inson boshqalardan yaxshilig-u yomonlikni zukkolik ila bilib olish qobiliyati bilan ajralib turadi, ya'ni ijtimoiy o'zgarishlar bunday kishilar qalbda boshqalardan avvalroq o'z aksini topadi deb tushuntiradi. Shunday ekan, olamdagi mavjudotlar orasida barkamol insondan ulug'roq, donoroq kishi yo'q, chunki mavjudotning eng pastidan eng a'losigacha bo'lgan martabalar barkamol inson martabalaridir, barkamol inson mavjudot xulosasi va qaymog'idir. [2.147]

Aziziddin Nasafiy, komil inson deganda, eng mukammal, eng aqlli, eng donosi, g'ayb sirlarini boshqalarga yetkazuvchi kishini tushunadi. Bunday kishida ilohiy xislatlar mujassam bo'ladi, o'zining yuksak ma'naviyati bilan butun koinotni qamrab oladi. Bunday kishilar hamisha bedor va hamma narsadan xabardor bo'ladilar. Inson jamiyat ichida shakllanadi, ya'ni azaldan martabasi aniqlangan ruh emas, balki ma'naviy - axloqiy poklanish jarayonida kamolotga erishadi.

Inson barkamolligining eng oliy belgisi - Haq yo'lidan borib, xalqqa, odamlarga foyda keltirish. Shunday ekan, inson har kunlik, har lahzalik faoliyati bilan boshqalarga qancha foyda keltirsa, ularning dardu tashvishlari bilan yashab, yomon kishilarni to'g'ri yo'lga boshlasa, Haq yo'lidan borib fidoiylik qilsa, shunchalik yuksaklikka - barkamollikka ko'tariladi. Barkamol inson o'zining kamoloti va ulug'ligi, ya'ni barkamol inson o'zining xokisorligi, nomurodligi bilan ajralib turadi. Ilm, odob-axloq jihatdan qudratli bo'lgan kishi, o'zi istagan barcha orzu -umidlarini ro'yobga chiqara oladi. Yaxshilik - ezgulikni qaror toptirishga kuch - qudrati yetganligi uchun ham bunday kishi barcha imkoniyatlarini voqelikka aylantiradi.

Komillikka eltuvchi yo'l barcha illatlardan forig' bo'lish, ezgu fikrlarga va ezgu amallarga tayanish, haq yo'lida ilm - ma'rifatga intilish orqali boradi. Barcha fazilatlar manbaini o'qish, o'rganish va ma'rifat tashkil etadi. Shu o'rinda Abu Rayxon Beruniyning quyidagi hikmatini keltirmoq o'rinlidir: "Ilm olish dastlab axloqiy poklikni talab qiladi. Shuningdek, ta'lim va tarbiya bir butunlikni ko'rsatadi, faqat shu borliqqa amal qilgan shogirdlar kamolot sari bora oladi". [3.36]

Insonning mohiyati haqidagi ta'riflar rang-barangdir. Suqrotning"O'zingni angladegan serma'no fikri har bir tarixiy davrda yangicha ahamiyat kasb etadi. Shark falsafasi tarixida xam inson bosh mavzulardan biri hisoblangan. Masalan Forobiy falsafasida inson butun borliq taraqqiyotining mahsuli sifatida talqin qilinadi. Faylasuf insonning barcha olijanob fazilatlari ilm tufayli ekanligini, inson hayotining mazmuni (baxtli bo'lishi va baxtli qilishga intilish, bun ga esa faqat ilm va ma'rifat orqali erishish mumkinligini ko'rsatdi)

Beruniy va Ibn Sino insonning boshqa mavjudotlardan ustunligi aql va tafakkur tufayli ekanligini isbotlashga qarakat qildilar. Bundan farqli o'laroq Abu Homid G'azzoliy bu ustunlikni aqlda emas, balki inson qalbida ekanligini ko'rsatdi. Aql imkoniyatlari cheklanganligini isbotlashga harakat qilgan tasavvuf ta'limotida komil inson asosiy g'oyalardan biri edi. Bu komillik asosan ma'naviy barkamollik ruhiy yuksalish jismoniy orzu-istaklarni idora qila bilishda namoyon bo'lishini uqtirganlar. Sharq falsafasida inson to'g'risidagi karashlar sharqona tafakkur va turmush tarzi bilan uzviy bog'liq holda rivojlangan.

Inson mohiyatini falsafiy bilish ulkan tarbiyaviy ahamiyatga ham ega. Inson falsafasi har bir yangi tarixiy davrda inson mohiyati uning jamiyatda t utgan o'rni va ahamiyatini chuqurroq anglashga yordam beradi. Insonga xos xususiyat va fazilatlarni bilish orqali talaba o'zida shunday sifatlarni shakllantirishga intiladi.

Ma'lumki, insonning mohiyati, manfaatlari, borliqqa munosabatini muayyan qadriyatlarga tayanib, yaxlit tahlil etish zaruriyati barcha davrlarda ham bo'lgan, bundan keyin ham davom etaberadi. Men bu olamga nima uchun keldim, yashashimdan maqsad nima, borliqning mohiyati qanday, tabiatga, jamiyatga, insonlarga munosabatning qanday axloqiy, huquqiy mezonlari bor, degan savollarni hech kim, hech qachon chetlab o'ta olmaydi. Bu savollarga javob topish jarayonida inson ko'p narsalarni o'ylaydi, fikrlaydi, bilimlari va hayotiy tajribasi, o'tmish saboqlari yakunlarini bir-biri bilan bog'lab, ma'lum ijtimoiy, ma'naviy qadriyatlarga tayanib aqliy tahlil etadi, hayotiy dastur bo'ladigan xulosalar chiqarishga harakat qiladi.

Bir umr bunday savollar girdobida yashab, ularga muayyan ma'naviy qadriyatlarga tayanib javob topishga intilgan mutafakkirlar — faylasuflardir. Faylasuflar barcha zamonlarda ham o'z davrining donishmandlari hisoblanishgan.

Yetuk ma'naviyat sohibi bo'lish, donolik va donishmandlik — birinchi navbatda inson manfaatlari va insonparvarlik qadriyatlariga sodiq bo'lishning belgisidir. Ma'naviy barkamol, chuqur bilimli bo'lmagan odamlardan yaxshi faylasuflar chiqishi ham qiyin. Faylasuflar inson va olam tahlili bilan bog'liq bo'lgan barcha umumiy xulosalarida axloq, odob mezonlari insonparvarlik qadriyatlariga tayanganlar.

Axloqiy asoslash mumkin bo'lmagan manfaatlar, maqsadlar, fikrlar, xulosalar adolat deb e'tirof etilmagan. Falsafiy xulosalar inson va uning mohiyati, insoniyatning tabiat, jamiyat haqidagi bilimlarini muayyan ilmiy an'analar, axloqiy qadriyatlar, konkret zaruriyatlar, ehtiyojlar, imkoniyatlarga tayanib umumlashtirishdan kelib chiqqan xulosalarning majmuasi sifatida qaralgan. Sharqda falsafa oddiy bilimgina bo'lmay, kishilarning qalbiga chuqur singgan, ularni e'tiqodiy bag'rikenglikka, mulohazalikka, sabr-toqatlilikka, insonparvarlik va adolatparvarlikka, har ishda, o'y-fikrda yetti o'lchab bir kesishga, andishalilikka, inson zotini hurmat qilishga o'rgatgan.

Sharq faylasuflari barcha davrlarda o'z ta'limotlarini, xulosalarini asoslashda konkret tarixiy tajribaga, amaliyot yakunlariga, taraqqiyot jarayonida shakllangan ilmiy yutuqlarga, insoniyatning, xalqning e'tiqodi va ehtiyojlariga, ma'naviy kamoloti daraja siga, diniy va dunyoviy

qadriyatlariga tayanganlar. Shu sababli ham Sharqda falsafa bilimlar haqidagi bilim, muayyan an'analar va qadriyatlarga tayangan tafakkur madaniyati sifatida qaralgan. Falsafa barcha fanlarni bir-biri bilan bog'lab, inson bilimlarini muayyan yaxlit tizim sifatida rivojlanishga imkon bergan. Inson mohiyatini, manfaatlarini bilish, bilimlarini umumlashtirish, shu asosda borliqni yaxlit anglab, insoniyatning istiqbolini oldindan ko'rishga intilish Sharq falsafasining asosiy bahs mavzusi bo'lgan. Sharq falsafasi inson ma'naviyatining barcha tomonlarini bir-biri bilan bog'lashga imkon beradi.

Abu Nasr Forobiy, Beruniy va boshqalar ham falsafani inson bilimlarini bir-biri bilan bog'lab, muayyan qadriyatlarga tayanib, borliqning mohiyati haqida umumiy xulosalar chiqaruvchi fan deb baholaganlar. Beruniyning fikricha, ko'p narsa bilgan odam emas, balki bilgan bilimlarini umumlashtirishga qodir bo'lgan kishigina haqiqiy olimdir. [3.458]

Sharq falsafasida inson bilan butun borliq muammosi birgalikda, uzviy bog'liqlikda o'rganilgan. Lekin borliq nima ekanini bilishdan oldin, inson o'zi nima ekanini bilib olish masalasi birinchi o'ringa qo'yiladi. Borliq abadiy, cheksiz, uning rivojlanishi uzluksiz. Inson hayoti vaqtincha bo'lsa ham u borliqdagi kamolot va buyuklikning oliy timsolidir. Insonning mohiyati — tobora takomillashib, rivojlanib turadigan ma'naviyati, u bilan taqozo etilgan faoliyati birligida namoyon bo'ladi. Inson ma'naviyati darajasi uning borliqqa bo'lgan munosabatini belgilaydi va shu munosabat tadriji natijasida rivojlanadi. Shu sababli ham Sharqda inson nima, degan savolga javob berish uchun dastavval uning qalbiga quloq solish kerak, degan fikr bo'lgan. VIII asrda yashagan so'fiy ayol Robiya Adviyaning, "Allohni tanish, avvalo inson o'zini tanishidir", degan fikrida ham xuddi shu ma'no bor1.

Buyuk Xitoy faylasufi Konfutsiy ham "inson o'z mohiyatini axloqiy fazilatlar va ma'naviyat asosida namoyon etadigan jonzotdir" [5.198], degan edi. Demak, insonni bilish, birinchi navbatda, uning ruhiyatini, ma'naviyatini, faoliyatini, oqilona asoslangan manfaatlarini bilishdir. Inson ma'naviyatini bilgach, uning barcha xatti-harakatlari sabablari va yo'nalishlarini oldindan aytib berish ham mumkin.

Mashhur faylasuf Aziziddin Nasafiy ham inson mohiyatini anglashning asosiy mezoni haqida shunday degan edi: "Ey darvesh, senda avval boshdagi va oxirdagi ma'rifat yashiringan, nimaiki izlasang o'zingdan izla. Nega tashqaridan qidirasan?" [6.18] Demak, inson borliqni o'z ma'naviyati, manfaati darajasiga tayanib anglaydi va u bilan munosabatga kirishadi.

Sharq faylasuflari barcha davrlarda ham inson avval o'z qalbiga, ruhiga nazar tashlab, keyin boshqalarni, tabiat va jamiyatni bilishga intilishi lozim ekanini ko'rsatganlar. Aziziddin Nasafiy aytganidek, "o'zini anglamagan har bir kishi hech narsani anglamay dunyodan o'tadi". [6]

Inson o'zini-o'zi anglashi — xatti-harakati, maqsad va manfaatlariga boshqalarning nuqtai nazarini ham hisobga olib baho bera bilishidir. Yuqorida aytilganidek, boshqalarni anglamagan shaxs hech vaqt o'z mohiyatini, manfaatini ham to'la bila olmaydi. Buyuk yunon faylasufi Aflotun aytganidek, har bir shaxs o'zini-o'zi anglashi uchun adolatli bo'lishi yetarli emas, buning uchun faylasuf bo'lish lozim. Shaxsiy xudbinlik girdobiga o'ralib qolgan kishilar adolatni ham o'zlaricha tushunadilar. Ko'plab hukmdorlar ham adolat mezonlarini o'z manfaatlaridan kelib chiqib belgilashga harakat qilgan va qilmoqda. Inson o'z mohiyatini xolis, vijdonan tahlil etishi — barcha maqsadlariga, ular bilan bog'liq vazifalarga tarix saboqlari, hozirgi kun zaruriyatlari, boshqalarning fikr-mulohazalari, manfaatlarini ham hisobga olib baho berishidir. [7.264]

Sharq falsafasidagi yana bir muhim muammo — insoniy munosabatlar madaniyatining axloqiy, huquqiy mezonlari tahlilidir.

Alisher Navoiyning quyidagi misralarini o'qib, Sharq falsafasidagi insonparvarlik g'oyalari mohiyatini yanada teranroq anglash mumkin. Kimki bir ko'ngli siniqning xotirin shod aylagay, Oncha borkim, Ka'ba vayron bo'lsa obod aylagay.

Bu fikrlardan ko'rinadiki, ezilgan bir odamning dardiga malham bo'lish, uning ko'nglini ko'tarish, yordam berish savobliligi jihatidan vayron bo'lgan Ka'bani tiklash bilan tengdir.

Odamlar o'rtasidagi munosabatlarda adolat, iymon, insof, mehr-muruvvat, rahm-shafqat tantana qilishining jamiyat hayoti va taraqqiyoti uchun bo'lgan ahamiyati sohibqiron Amir Temurning quyidagi so'zlarida ham o'zining yaqqol ifodasini topgan: "Adolat va insof bilan Tangrining yaratgan bandalarini o'zimdan rizo qildim. Gunohkorlarga ham, begunohlarga ham rahm qilib, haqqoniyat yuzasidan hukm chiqardim. Xayr-ehson ishlarim bilan odamlarning ko'nglidan joy oldim"1. Temur imperiyasi qudratining sabablaridan biri ham shunda edi. Demak, ijtimoiy adolat mezonlari ham Sharq falsafasining asosiy tamoyillaridan birini tashkil etadi.

Inson muayyan manfaatlarga asoslanib, qadriyatlarga, an'analarga tayanib, faoliyatining oqibatlarini bilib, tabiat bilan munosabatga kirishadi. Demak, uning tabiatga munosabati ham ma'naviy asoslangan faoliyatdir. Xulosa

XXI asrda insoniyat Sharq falsafasi an'analariga, qadriyatlariga ko'r-ko'rona qaytishi shart emas. Gap falsafasi umuminsoniy qadriyat ekanini e'tirof etib, Sharq falsafasi an'analari va qadriyatlaridan kengroq, oqilona foydalanish ustida bormoqda.

Yuqoridagi fikrlardan, o'tmishdagi falsafiy ta'limotlardan voz kechib, butunlay yangi falsafani yaratish lozim, degan xulosaga ham kelmaslik kerak. Falsafa barcha davrlarda o'zining tarixi, nazariyasi, muayyan qonunlari, kategoriyalariga ega bo'lgan fan si fatida rivojlanib kelgan. Lekin davr sharoitlari, ehtiyojlari, imkoniyatlari ta'sirida ustuvor ahamiyat kasb etayotgan falsafiy muammolar tizimi o'zgarib, yangilanib turadi. Shu sababli har bir tarixiy davrda umuman falsafani emas, balki uning konkret muammolarini o'rganish va tahlil etishga asosiy e'tibor berib kelingan.

XXI asrda konkret insonning mohiyatini bilish, uning huquqini, qadr-qimmatini, manfaatini himoya qilish, ma'naviyatini yuksaltirish orqali odamlar jamoasi birligi va birdamligini kuchaytirish masalalari falsafiy tahlilining asosiy muammosi bo'lib kelmoqda.

Hozir Sharq falsafasini o'rganishga katta e'tibor berilayotganining sababi ham shundadir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Mirziyoyev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. -Toshkent: "O'zbekiston" nashroyoti, 2021.-311 b.

2. Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. Hindiston. 2-jild - Toshkent.: Fan, 1965. - 36 b.

3. Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. - Toshkent.: Fan, 1968. - 458 b.

4. Komilov N. Tasavvuf yoki komil inson axloqi. Birinchi kitob. - Toshkent.: 1996. - 147 b.

5. Aziziddin Nasafiy. Komil inson haqida. Beshinchi risola. Suluk bayonida & Najmiddin Komilov. Tasavvuf.

6. Choriyev A. Inson falsafasi. Inson to'g'risidagi falsafiy fikrlar taraqqiyoti. I kitob -Toshkent, "Chinor ENK", 1998. - 264 b.

7. Konfusiy. Hikmatlar. -Toshkent.: Yoshlar nashriyot uyi. 2018. - 198 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.