Научная статья на тему 'TASAVVUF FALSAFASIDA QADRIYATLAR TRANSFORMATSIYASINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI'

TASAVVUF FALSAFASIDA QADRIYATLAR TRANSFORMATSIYASINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

10
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Insoniyat / ma’naviy qadriyatlar / tasavvuf falsafasi / tariqat / shariyat / ma’rifat / haqiqat / olami kabir / olami sag‘ir / Naqshbandiya tariqati / Kubrobiya tariqati / Yassaviya tariqati. / Человечество / духовные ценности / философия суфизма / порядок / шариат / просвещение / истина / мир огромен / мир прекрасен / секта Накшбандия / секта Кубробия / секта Яссавия.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xakim Primovich To‘xtayev

Mazkur maqolada, insoniyat tarixida katta ahamiyat kasb etgan tasavvuf falsafasining ma’naviy qadriyatlardan biri ekanligi, xususan Kubroviya, Yassaviya, Naqshbandiya tariqatlarining o‘ziga xosligi, umumiy hamda ular ma’naviy qadriyatlarining bir-biridan farqli jihatlari mazmun mohiyati ilmiy-falsafiy jihatdan o‘rganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье рассматривается тот факт, что философия суфизма, получившая большое значение в истории человечества, является одной из духовных ценностей, в частности, уникальность сект Кубровия, Яссавия и Накшбанди, общие и различные аспекты их духовных ценностей, научно и философски различны

Текст научной работы на тему «TASAVVUF FALSAFASIDA QADRIYATLAR TRANSFORMATSIYASINING O‘ZIGA XOS JIHATLARI»

TASAVVUF FALSAFASIDA QADRIYATLAR TRANSFORMATSIYASINING O'ZIGA XOS JIHATLARI

Xakim Primovich To'xtayev

O'zbekiston Milliy universiteti Falsafa va mantiq kafedrasi professor v.b. f.f.n.

tuxtayevxakim0@gmail.com

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada, insoniyat tarixida katta ahamiyat kasb etgan tasavvuf falsafasining ma'naviy qadriyatlardan biri екап^, xususan Kubroviya, Yassaviya, Naqshbandiya tariqatlarining o'ziga xosligi, umumiy hamda и1аг ma'naviy qadriyatlarining bir-biridan farqli jihatlari mazmun mohiyati ilmiy-falsafiy jihatdan о'^ат^ад.

Kalit so'zlar: Insoniyat, ma'naviy qadriyatlar, tasavvuf falsafasi, tariqat, shariyat, ma'rifat, haqiqat, о1ат1 kabir, olami sag'ir, Naqshbandiya tariqati, Kubrobiya tariqati, Yassaviya tariqati.

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассматривается тот факт, что философия суфизма, получившая большое значение в истории человечества, является одной из духовных ценностей, в частности, уникальность сект Кубровия, Яссавия и Накшбанди, общие и различные аспекты их духовных ценностей, научно и философски различны.

Ключевые слова: Человечество, духовные ценности, философия суфизма, порядок, шариат, просвещение, истина, мир огромен, мир прекрасен, секта Накшбандия, секта Кубробия, секта Яссавия.

ANNOTATION

This article discusses the fact that the philosophy of Sufism, which has gained great importance in the history of mankind, is one of the spiritual values, in particular, the uniqueness of the Kubroviya, Yassawi and Naqshbandi sects, the general and various aspects of their spiritual values, scientifically and philosophically different.

Keywords: Humanity, spiritual values, philosophy of Sufism, order, Sharia, enlightenment, truth, the world is huge, the world is beautiful, Naqshbandiya sect, Kurobiya sect, Yassawiya sect.

726

April 24, 2024

Insoniyat tarixida katta ahamiyat kasb etgan ma'naviy qadriyatlardan biri Markaziy Osiyoda XI-XVII asrlarda keng rivojlangan tasavvuf falsafasidir. Tasavvuf o'zining X asrdan ortiq taraqqiyoti davomida tarixiy davrlarning ijtimoiy, madan iy, g'oyaviy, axloqiy talablariga mos holda turli shakl va yo'nalishlarda rivojlanib keldi. Biroq shuni takid etish kerakki, bundan bir necha yillar ilgari tasavvuf talimotiga bir yoqlama qarab kelindi. Uni "diniy-mistik" ta'limot deb uqtirib kelindi. Istiqlol quyoshining nurlaridan bahramand bo'lib, biz o'tmish qadriyatlarimizga, jumladan tasavvuf ta'limotiga munosabatimiz o'zgarib, uni to'g'ri, xolisona tahlil qilish imkoniyatiga ega bo'ldik.

Yani, 1993-yili vatandoshlarimiz, musulmon Sharqidagi buyuk tasavvuf namoyondalari - yassaviya tariqatining asoschisi, turkiy mumtoz sheriyatining atoqli vakili Xoja Axmad Yassaviyning 900-yillik va Xoja Baxouddin Naqshband hazratlarining 675-yillik mavludi shariflari nishonlandi. Bular o'tmish merosimizga, qadriyatlarimizga bo'lgan munosabatning tubdan o'zgarganligining yorqin nishonasidir.

O'tmish merosimizni chuqur o'rganish, qimmatli qadriyatlarimizni qayta tiklash, ma'rifiy, tarbiyaviy ishlarimizning benihoyat katta ahamiyatliligidan dalolatdir. Respublikamiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlab o'tganidek: "Xalq orzusi Aziziddin Nasafiy, Abu Muin Nasafiy, Abduxoliq G'ijduvoniy, Xoja Ahmad Yassaviy, Zangi ota, Baxouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy kabi aziz-avliyo bobolarimizni tarbiyaladi, ularning kamoloti va ezgu faoliyatida o'ziga xos ma'naviy tayanch bo'ldi" [1,17].

IX asr boshlariga kelib, tasavvufning nazariy asoslari ishlab chiqildi, so'fiylarning amaliy- psixologik mashqlari, o'z-o'zini tarbiyalash va chiniqtirish tadbir usullari shakllandi, tariqat, shariat, ma'rifat, haqiqat degan tushunchalar yuzaga kelib, tasavvufning ushbu to'rt qismiga oid qarashlar majmui tuzildi, tasavvuf alohida ilm sifatida qaror topdi.

Shariyatga ko'ra, tasavvuf ahli, avvalo, shariatning barcha talablariga bo'ysunishi kerak. Faqat shundan keyingina tariqatga ko'tarilish mumkin. Bunda muridlar o'z pirlariga itoat etishlari, o'z shaxsiy istaklaridan voz kechishlari shart hisoblangan. Bu bosqichlardan o'tganlar ma'rifatga ko'tariladilar. Bunda so'fiylar koinotning birligi Xudoda mujassam bo'lishini (olam - Xudoning emanatsiyasi ekanligini), ya'ni u Xudodan bosqichma-bosqich kelib chiqqanligini, yaxshilik va yomonlikning nisbiyligini aql bilan emas, qalb bilan anglashlari kerak. To'rtinchi bosqich haqiqat deyiladi. «Haqiqatga erishuv» so'fiyning «shaxs sifatida tugab» Xudoga yetishishi, unga singib ketishi va natijada abadiylikka erishishi, deb qayd etiladi.

727

April 24, 2024

Tasavvufning ilk davrida maqomat va tariqat asoslarini ishlab chiqish, so'fiylik yo'riqlarini, vazifalarini belgilash va ilohiy haqiqatlarni el orasiga yoyishda Zunun Misriy (796-861 yy.), Boyazid Bistomiy (vafoti 875 y.), Xunayd Bag'dodiy (vafoti 910 y.), Hakim Termiziy (vafoti IX asrning oxiri) va Mansur Xalloj (858-922 yy.) laming xizmati katta bo'lgan.

Keyinchalik Abusaid Abulxayr (967-1049 yy.), Abdulloh Ansoriy (10061089 yy.), Ahmad Yassaviy (vafoti 1166 y.), Yahyo Suhravardiy (1155-1199 yy.), Ibnal Arabiy (1165-1240 yy.), Naqmiddin Kubro (1145-1221 yy.), Bahouddin Naqshband (1318-1389 yy.) kabi shayx-ul mashoyiqlar tasavvuf ilmini yangi fikrlar, qarashlar bilan boyitdilar, yangi oqim silsilasini vujudga keltirdilar. Tasavvuf haqida bir qancha risola va kitoblar yozildi. Tasavvuf g'oyalarini targ'ib etuvchi ulkan she'riyat vujudga keldi. Tasavvufga oid nazariy kitoblardan va qo'llanmalardan Abunasr Sarrojning (vafoti 988 yil) «Kitobal luma'», Al Kalaboziyning (vafoti 990 yil) "Kitobat ta'arruf), Abu Tolip Makkiyning (vafoti 998 yil), «Qutal qulub», Sulamiyning (vafoti 1021yil) «Risolatal malomatiya», Kushayriyning (vafoti 1072 yil) «Risola fit tasavvuf», Al Xujviriyning (vafoti 1076 yil) «Kashfal mahqub», Abdulloh Ansoriyning (vafoti 1089 yil) «Manozil as-soirin», Fariddin Atorning (1119-1222 yy.) «Gazkiratul avliyo» asarlarini ko'rsatish mumkin.

XII-XIII asrlarga kelib tasavvufda bir qancha tariqatlar kelib chiqadi. Ular Tayfuriya, Junaydiya, Kubroviya, Kassoriya, Malomatiya, Movlaviya, Sayyoriya, Nuriya, Qodiriya, Saxliy, Suxravardiy, Ne'matullohi, Bektoshiya, Yassaviya va Bahouddin Naqshband tariqatlaridir.

Ushbu tariqatlarning barchasini ko'rib chiqish imkoniyatiga ega bo'lmaganligimiz uchun Vatanimizda tarkib topgan keyinchalik musulmon olamiga keng tarqalgan tariqatlar ustida to'xtalib o'tamiz.

Ma'lumki, Markaziy Osiyoda XI-XVI asrlarda keng rivojlangan ma'naviy qadriyatlardan biri bu tasavvuf falsafasidir. Tasavvuf falsafasi ko'rinishlarida inson ruhiy olamini tahlil etuvchi, uning ma'naviy kamoloti yangi yo'llarini ko'rsatib beruvchi g'oyalar ustunlik qiladi. Bu ta'limotning tarkibiy qismi bo'lmish, Kubroviya, Yassaviya, Naqshbandiya tariqatlarining umumjihatlar bilan birga ularni bir-biridan farqlovchi g'oyalar ustunlik qiladi. Lekin bu tafovutlar ularni qarama-qarshi qo'yishga, birini yaxshi, boshqasini undan ustunroq baholashga olib kelmasligi kerak. Tasavvuf tariqatining har bir shakli, o'z davrining mahsuli, muayyan sharoitlardagi talab, ehtiyoj va imkoniyatlarning ifodasidir.

Kubroviya tariqati buyuk Xorazm davlati asta-sekin inqirozga yuz tutayotgan davrda yuzaga keldi. Kubroviya tariqatiga asos solgan Najmiddin Kubro hisoblanib, uning to'la ismi Ahmad ibn Umar Abdul Jannob Najmiddin al-Xevaqiy al-

April 24, 2024

728

Xorazmiydir. Najmiddin Kubro yirik olim, zabardast faylasuf, mutafakkirdir. Uning nomiga qo'shib yoziladigan «Najmiddin», «Kubro» so'zlari ham asli olimning olamshumul katta iste'dodi hisobiga olinib, unga berilgan yuksak ilmiy darajalardir. Najmiddin Kubro tariqatining alohida o'ziga xosligi, odamlarni ruhiy poklanishga, hayotni sevishga, dunyoviy muhabbatni ulug'lashga chorlaydi.

Najmiddin Kubro «Risolat min Muallif ani Shayx-ul millat va Al-din, al-Kubro», «Sharhi risolai odob az-zikr», «Risolai Shayx Najmiddin» singari asarlarning muallifidir.

Najmiddin Kubro dastlabki bilimlarni o'z vatanida Xorazmda oldi. Va keyinchalik Misrlik mashhur donishmand Ro'zbexon Vazzom al-Misriy qo'lida ta'lim olgan. O'sha davrda Misr musulmon olamidagi tasavvuf ilmi ancha rivojlangan mamlakatlardan biri edi. Najmiddin Kubro tasavvuf falsafasi haqidagi turli qarashlarini, haqiqqatni bilish jarayoniga yondoshishning o'sha davrlarda hukmron bo'lgan shakllarini chuqur o'rgangan. Lekin bu bilimlar bilan qanoatlanmasdan, ularni boyitish, tasavvuf tariqatiga yangi qirralar kiritishga ko'p harakat qildi. O'z ustozi Bobo Farajning g'oyalarini chuqur o'rgansa ham, ular bilan to'la qanoatlanmagan. Bu borada Najmiddin Kubro oldinga surgan g'oya-ilohiy va dunyoviy haqiqatlarning birligi va o'zaro bog'liqligini tan olishdan iborat edi.

Tarki dunyo qilib, xilvatda o'tirib haqiqatni bilishga intilish so'fiylik falsafasining asosiy yo'nalishidir. Boshqa bir narsaga e'tibor bermay, murosa yo'li bilan ilohiyotga yaqinlashishga harakat qilish, tasavvuf ilmida ham haqiqatni bilishning yagona yo'li deb tan olingan edi. Zikr qilish bilan inson behush holatga keladi, shunday vaziyatda Xudoning vasliga yetishishi mumkin.

Najmiddin Kubro yuksak iste'dodli, tariqat yo'lini izlashda o'z ustozidan farq qiladigan yol tanlagan allomadir.

Olim N.Komilovning ko'rsatishicha, "Kubroning bu xislatlari olami Kabir va olami Sag'ir o'rtasidagi munosabatlarni izohlashda yaqqol ko'zga tashlanadi. Olami Kabir-ilohiy olam, olami Sag'ir esa inson. Haqiqatni bilishda olami Kabirning o'rni, ahamiyati katta. Inson ichki ruhiy kechinmalar, toat-ibodat yo'li bilan olami Kabirdagi ilohiy haqiqatni izlaydi, unga dili va iymoni bilan asta-sekin yaqinlashadi. Xudoni bilish, uning birligini tan olish ilohiy qudratning mohiyatini dii bilan anglashga intilish ham olami Kabirni bilish yo'lidir. Bu haqiqatga asosan zikr, intuitsiya, ichki ruhiy tahlil bilan erishiladi. Inson Xudoni ko'zi bilan ko'rib, quloq'i bilan eshitmasa ham, unga ichki ruhiy tahlil orqali yetishadi. Shu jihatdan olib qaraganda, Najmiddin Kubro intuitiv tafakkurning olam haqiqatini bilishdagi ahamiyatini aslo inkor etimaydi. Lekin haqiqatni bilish olami Sag'irni to'g'ri, chuqur anglash, tahlil qilish bilan bog'liqdir. Inson olami Kabirning bir qismidir. Demak

April 24, 2024

729

olami Sag'ir haqidagi bilimlarsiz olami Kabir haqidagi qarashlarni ham to'la deb bo'lmaydi". [2]

Tasavvufga inson muammosini olib kirish ham Najmiddin Kubroning buyuk xizmatlaridan biridir. Tasavvuf mavhum tafakkur, tarkidunyochilik doirasidan chiqib, haqiqiy inson muammosini ham o'rgana boshlagach falsafaga aylanadi. Kubroviya tariqati o'zidan oldingi tasavvuf ta'limotlaridan inson muammosini ko'proq o'rtaga qo'yishi bilan ajralib turadi. Unda inson faqat ilohiyotga intiluvchi, o'zini butunlay unutib yuborgan mavjudod emas, balki ijtimoiy imkoniyatlari bor bo'lgan kuch sifatida ham talqin etiladi.

Kubroning bizga qadar yetib kelgan ayrim ruboyilarida ham ilohiy muhabbat dunyoviy muhabbat bilan bog'liq ravishda talqin etiladi. Bu jihatdan ham Kubroviya tariqati tasavvufning boshqa shakllaridan farq qiladi.

Najmiddin Kubro boshlab bergan Kubroviya ta'limoti tasavvuf falsafasining boshqa tariqatlaridan nafaqat insonni ruhiy ma'naviy kamolotiga olib boruvchi yangicha o'ziga xos yol, o'ziga xos yo'nalish va usul ekanligi bilan, balki ruhiy ma'naviy olamining shakllanish jarayonini bilishga e'tiborini qaratgani bilan ham farq qilib, ajralib turadi.

Unga, «Najmiddin Kubroga inson faqat ilohiyot sirlarini bilishga intiluvchi, o'zini butunlay unutib qo'ygan mavjudod emas, balki o'zini qayta qurish uchun real ijtimoiy imkoniyatlarga ega bo'lgan bunyodkor sifatida talqin qilinadi». [3,227]

Kubroning deyarli barcha asarlarida inson, insonparvarlik masalasi bosh masaladir.

Najmiddin Kubroning «Usuli ashara» (O'n usul) asarida inson ma'naviy kamolotining bosqichlarini ko'rsatib bergan. Ular quyidagilardan iborat: tavba, zuhd, tavakkul, qanoat, uzlat, davomli zikr, tavojjux, sabr, muroqaba, rizo.[4]

Ushbu o'nta usuldan chiqariladigan xulosa shuki, iymon nuri va marifati bilan bezatilgan odamni ma'naviy kamolotga erishgan shaxsni tarbiyalab yetkazishdir. Kubroning insonparvarligi, avvalo, o'z-o'zini tarbiya etmoq'idandir, deb bilish kerak. U odamgarchilik va inson qadr-qimmatini, o'zini hech qachon maqtamay aksincha malomat qila-qila yetishganida deb biladi.

Demakki, Najmiddin Kubro Hazratlarining odamiyligi, insoniyligi va albatta, insonparvarligi, eng avvalo, o'z-o'zini tarbiya eta bilganidandir. Najmiddin Kubro tasavvuf tarixida o'z o'rniga ega bo'lgan tasavvufiy olim. Kubro silsilasiga mansub bo'lgan tasavvufiylar orasida Sayfiddin Sa'yid al-Boxarziy, Najmiddin al-Bag'doliy, Baxriddin Firdavsiy as-Samarqandiy, Rabiddin Ali Lolo, Ahmad al-Turkoniy, Nuriddin Abdurahmon al-Isfaroniy kabilarni ko'rsatish mumkin.

730

April 24, 2024

Yassaviya tariqati. Turkiy-islom dunyosida buyuk mutasavvuf olim, Sharq tasavvufida chuqur iz qoldirgan, «Yassaviya» tariqati asoschisi va turkiy klassik she'riyatining ulug' vakillaridan biri bo'lgan Xoja Ahmad Yassaviy XII asrda yashab ijod etgan. Xasan Andoqiy, Abdullo Barqiy, Abduxoliq G'ijduvoniy va Ahmad Yassaviy, Yusuf Homadoniyning eng mashhur e'tiborli va ishongan shogirdlaridan va o'rinbosarlaridan hisoblangan. Ahmad Yassaviy XII asrning eng ko'zga ko'ringan so'fiylardan biri bo'lgan. Uning shuhrati butun Turkistonni, Movoraunnahr Xorazmni Xurosonga yoyilgan. Yassaviyning muridlari ham son-sanoqsiz bo'lgan.

Yassaviy g'oyalarida kishilarning diqqatini ilohiyotga qaratishgan, shu yo'l bilan ularga hayotga ishonch, umid kayfiyatini shakllantirishga harakat qilgan. Bu tariqat kishilarda ishonch va umidvorlikni shakllantirishni o'sha davrga xos bo'lgan ma'naviy yo'llaridan biri sifatida o'rtaga tashlangan edi.

Yassaviy yaratgan ta'limotga ko'ra, inson qonun-qoidalari (shariat), tasavvuf maslagi (tariqat), ishqi ilohiy (ma'rifat), Olloh visoliga erishish (haqiqat) tamoyillarining har biri alohida bosqich bo'lsada, o'zaro chambarchas bog'liq bo'lib, bir-birini taqozo qiladi, to'ldiradi va mukammallashtiradi. Shu ma'noda shariatsiz tariqat, tariqatsiz ma'rifat, ma'rifatsiz esa haqiqatni tasavvur etib bo'lmaydi. Yassaviy tariqati nazmida ilm-ma'rifat egallash, nafsga berilmaslik, oliyhimmatli va saxovatli bo'lish, halol mehnat bilan kun kechirish har bir kishi uchun muhim xususiyatlar bo'lib hisoblanadi.

Haziniyning «Javohir al-abror» asarida ta'kidlangani kabi, tavhitga asoslangan tasavvufiy tushunchalar, shariat va payg'ambar sunnatiga tayanish, shariatga asoslangan tariqat, riyozot va mushohada, xilvat va zikr yassaviylikning asosidir. Shu bilan birga Ahmad Yassaviy «Devoni hikmat» asarida ma'naviy qadriyatlarning asosiy shakllari - poklik, hayo, bardosh va sabr-qanoat, chidam, xushxulqlik, hokisorlik kabi xislatlarga ta'rif bergan. Ahmad Yassaviy 63 yoshdan boshlab qolgan umrini shu yer ostida qurilgan xonaqohda o'tkazadi. Bu odamlardan, xalqdan, dunyo tashvishlari, jumboqlaridan o'zini olib qochish emas balki, o'sha davrdagi haqsizlik, buzuqlik, adolatsizliklarni rad etish, butun borlig'i bilan haq yo'liga o'zini baxsh etishning ramzi bo'lgan. Ahmad Yassaviyning diniy-axloqiy falsafasidan dunyodan butunlay yuz o'girilmaydi, balki insonni asl komillikka eltadigan iymon va sobitlik, halollik va komillik, umr kechirishdan asl maqsad- haqqa erishish yo'lida mashaqqat, riyozat chekish, har bir kishi hayotining ustuvor tamoyillari bo'lmog'i lozim, degan ezgu g'oya mujassamlashgan.

Alohida aytish kerakki, alloma yuksak ma'naviyat va ma'rifatni egallash to'g'risida kelajak avlodlar uchun ham o'git bo'ladigan ezgu fikrlarni bayon etgan o'zi ham ularga og'ishmay amal qilgan. Ahmad Yassaviy o'z ona tilini tariqat tiliga

April 24, 2024

731

aylantira olgan, halqchil she'riyati va hikmatlari bilan milliy falsafa taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan mutafakkirdir. Agar Farobiy davridan boshlab Sharqda «Falsafa hikmatni qadrlash ilmi» sifatida tushinilganligini e'tiborga olsak, Yassaviy devonining «Hikmat» deb atalishidan ham ulkan ahamiyatga molik ramziy falsafiy ma'no borligini anglash mumkin. Bu asar nafaqat g'oyaviy jihatdan, balki badiiy nuqtai nazardan ham tasavvuf sheriyatining mumtoz namunasi bo'lib, g'oyatda ravon va jonli xalq tilida yozilgan.

Tasavvufning barcha tariqatlarida bo'lgani kabi, Ahmad Yassaviyning «Hikmatlari»da ham insonning o'zligini bilib olishi barcha masalalardan ustun turadi. Buning boisi shundaki, Ahmad Yassaviyning ta'biricha «O'zini bilsa erdi, xalqni biladi, Xudodan qo'rqadiyu insofga keladi».[4,51] Lekin haqqa etishish oson ish emas, chunki uning o'ziga xos qiyinchiliklari hal etilishi zarur bo'lgan jihatlari mavjuddir.

Yassaviy fikricha, Olloh jamoliga musharraflik faqat uzlat-xilvatda, zikru samodadir. Olloh ishqida yonish va pirovard natijada u bilan qo'shilishga intilish har bir so'fiyning oliy maqsadi bo'lganligi uchun Ahmad Yassaviy o'zining «Matvu qibla anta mavtu», «o'lishingizdan burun o'lingiz», «o'zligingizdan kechingiz» shiorini ilgari suradi. Shu sababli bo'lsa kerak, hazrat Navoiy Ahmad Yassaviyning «Turkiston mulkining shayx-ul mashoihidir» deb atagan.

Ahmad Yassaviyning nazarida nafs insonni narsa ashyolar dunyosiga bog'laydigan zanjirdir. U insonni haqiqatdan yiroqlashtiradi. Shuning uchun nafsga hokim bo'lmoq uning kirdikorlariga qul bo'lmaslik lozim. Uning o'rinsiz talablarini rad etish, injiqliklarini pisand qilmaslik, yengmoq uchun shijoatli bo'lish zarurdir. Bu muammoni hal etishda Ollohning lutfi-karamiga tayanmoq shartdir.

Ahmad Yassaviyning diniy- tasavvufiy, axloqiy qarashlari tizimida gunoh dardi orqali haqqa yetishish uchun ko'ngilni keng tutish, dilozorlikni gunohi azim deb talqin etish xosdir. Uning komil ishonch bilan ta'kidlashicha «Sunnat ermish kofir bo'lsa berma ozor, ko'ngli qattiq dilozordan Xudo bezor».[4,52]

Faqirlikni o'ziga kundalik odat qilib olish inson zotining ko'rki bo'lib, uning axloq-odobi, xulq-atvorini g'uborsiz gul bo'lib bezash turadi. Yassaviya tariqatining qoidalari Ahmad Yassaviyning «Hikmatlar» asarida o'z ifodasini topgan. Unda inson mehr-shavqat, xalol-pok, halol mehnati bilan kun kechirishi orqali Olloh visoliga yetishishi mumkin. Yana u molu dunyo to'plashga harakat qilmagan, faqirlikda kun kechirgan, oxiratni o'ylaydiganlar haqida Ahmad Yassaviy shunday deb yozadi: Demak biling, bu dunyo barcha xalqdan o'taro, Ishonmagin molingga, bir kun qo'ldan ketaro, Ota, ona, qarindosh qayon ketdi, fikr qil, To'rt oyoqli cho'bin ot bir kun sango yetaro.[4,52]

April 24, 2024

732

National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences

Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук

^'zbekiston^illiy

Demak, Yassaviy tariqati chuqur insonparvarlik, adolatparvarlik, mehnatkashlarga raxm-shavqat ruhi bilan sug'orilgan. Buni uning she'riyati tasdiq etadi. Orifiy yo'lni tutgan Ahmad Yassaviy tasavvuf tarixida munosib o'ringa ega bo'ladi. Unga «Sulton-ul-orifiy» ya'ni oriflar sultoni nomi berlgan.

Naqshbandiya tariqati. Bu tariqatga Bahouddin ibn Muhammad al-Buxoriy Naqshband (1318-1389 yy.) asos solgan. Bahouddin (dinning nuri, shulasi, ravshanligi) unga keyinchalik berilgan faxriy nomdir. Naqshband (naqsh soluvchi) uning otasi va o'zining kasb-hunari bo'lgani uchun, unga shunday laqab berilgan. Yurtimizda paydo bo'lgan tariqatlar orasida naqshbandiya alohida o'rin egallaydi. Bu ta'limotning mohiyati, «Dil ba yoru, dast ba kor» shiorida yaqqol ifodasini topgan. Hazratning «Dil ba yoru dast ba kor» - «Qalbing Olloh zikri bilan, qo'ling esa halol mehnat bilan band bo'lsin» degan ma'noni anglatadi.

Bahouddin Naqshband Abduxoliq G'ijduvoniy asos solgan Xojagon tariqati yo'lidan bordi va shu yo'lda borgan jamoaga rahnamolik qilish bilan, o'zining yangi Naqshbandiya tariqatining tashkiliy asosini ko'rdi va tasavvufiy tariqat uning xalifa vorislari tomonidan to'la shakllantirildi. Bahouddin Abduxoliq G'ijduvoniy an'ana va g'oyalarini qayta tiklab, takomillashtirdi va davom ettirdi. Bu bilan u Markaziy Osiyo tasavvufining ikkita yirik namoyondasi Ahmad Yassaviy va Abduxoliq G'ijduvoniy suluki, qonun qoidalari va usullarini o'z ta'limotiga qo'shdi. Naqshbandiyaning suluk, ya'ni Xudoga yaqinlashish yo'li uchta maqom (daraja) dan iborat. Bu maqomga tariqat a'zosi uning o'n bitta axloqiy qoidalariga to'la amal qilgan holdagina yetishi mumkin. So'fiy Xudoga yetishish darajasi ma'naviy ruhiy murabbiy orqali amalga oshadi. Bu murabbiy shayx, murshid (yo'lga soluvchi) va pir nomlari bilan yuritiladi.

Naqshbandiya amaliyotining asosiy qismid ichida, ya'ni qalb bilan maxfiy zikr qilish (Olloh nomini eslash, takrorlash)dir. Bu tariqatning ko'pchiligi afzal hisoblaydigan ovoz chiqarib (jaxriy) zikr qilishdan farq qiladi.

Maxfiy zikrni Payg'ambar (s.a.v) g'orda birga bo'lganlarida Abu Bakrga o'rgatganlar, ovoz chiqarib zikr qilinishi esa hazrati Aliga aytganlar, shuning uchun Naqshbandiyaning ba'zi jamoalarida bu keyingisiga ham yol qo'yiladi. Naqshbandiya ta'limotining boshqa bir tarkibiy qismi suhbat - murshid bilan murid o'rtasidagi yaqin munosabat tavajjuh - murshidning muridga nazar tashlanishi, har ikki tomon fikrlarining birlashishi bilan namoyon bo'ladi. Bu avvalo ular orasidagi ma'naviy-ruhiy aloqani, keyin esa murshid va muridning ma'naviy qo'shilib ketishini vujudga keltiradi.

Naqshbandiyaning asosiy yo'li jon, jaxd bilan haqqa yetishishga intilish, ichida xufya zikr qilish (Olloh nomini eslashni qalbga muhrlab, qalbda ifoda etish).

April 24, 2024

733

Manbalarda qayd etilishicha, Naqshband ozga qanoat qilish va o'z xohishi bilan kambag'al hayot kechirish, dunyo, mol-mulki, dabdabali hayotdan voz kechishni targ'ib qiladi. U kundalik tirikchiligi uchun bir parcha nonni o'z mehnati bilan ishlab topgan, eski bo'yra ustida darz ko'zadan suv ichib hayot kechirgan va so'fiy uchun xizmatkor va qullar ushlashni gunoh deb bilgan. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, Naqshbandiya tariqatining bosh shiori «Dil ba yoru dast ba kor». Bu demak, solih ichida hamisha Xudoga ko'ngil qo'yishi shart. Tashqi tomondan uning qo'li doimo ish bilan band bo'lsin, buning mohiyatga ziyoni yo'q. Yoki mavjud o'n bir aqidadan biri «Xilvat dar anjuman»ga diqqat qilaylik. Ma'lumki, tasavvufda xilvat bosh masalalardan biri. Chunki, inson jamiyatdan uzilib yolg'iz holda Ollohni o'ylasa, naf ko'proq uning fikri chalg'imaydi, boshqa xavoyu-havaslarga berilmaydi. Naqshban buni hech qachon inkor etmaydi. Biroq tashqi tarafdan anjuman: ya'ni odamlar davrasida bo'laverish kerak. Chunki haqiqiy Olloh yo'lida kirgan solih ana shu jamiyat ichida ham xilvat qilayveradi. Chunki xilvatga chekinish insonning qalbida kechadigan hodisa. Masalalarni zohir va botinga bo'lish Naqshbandiyga, Ollohga yetish yo'lining qalbda kechadigan jihatlarini birlamchi qilib qo'yish imkonini berdi. Nega deganda oshkora xilvat ham solihning o'zini ko'z-ko'z qilishi, shu tariqa boshqalardan ajralib turishi uchun intilish bo'lib qoladi. Bu haqida Bahouddin Naqshbandning o'z so'zlarini olaylik: «Va der ermishlarki, bizning tariqimiz suhbatdur va xilvatda shuhrattur va shuhratta ofat, xayriyat jamiyatdadur va jamiyat suhbatda, bu shart bilaki, bir-biriga naf bo'ling'ay va unga ul buyurib turki... Agar jami bu yo'l solihlari bir-biri bila suhbat tutsalar yanada ko'p xayru barokat».

Demak, naqshbandiya tariqatida suhbat - muhim shartlardandir. Chunki xilvatda shuhrat bor, ya'ni xilvatga chekingan odam eldan ajraladi, so'fiyligini oshkora ko'z-ko'z qiladi, uning so'fiy ekani haqidagi gap hammaga ayon bo'ladi, shunday qilib u shuhrat qozonadi. Shuhrat qozonilgan yerda esa ofat bor. Demak, jamiyat ya'ni ko'pchilik ichida xayriyat, xayru baraka bor. Jamiyat esa suhbat orqali paydo qilinadi. Xilvat tasavvuf uchun o'ta muhim masalalardan, ammo shaharlik kosib yo savdogar, qishloqlik bu aqidaga qanday amal qilsin? Ular xilvatga mashg'ul bo'lish uchun kasbining bahridan o'tishi kerak. Bu mumkin emas. Chunki tirikchilik masalasi bor. Demak, shunday yo'l izlash kerakki, har kuni ish bilan mashg'ul odamlar ham ya'ni dehqon, kosib, savdogar ham bu tariqatni qabul etsin. «Dil ba yoru dast ba kor» shiori tasavvufni ayni ana shunday ijtimoiy tabaqalar uchun ham mos tariqatga aylantiradi. Xilvat masalasi ham Naqshbandda boshqacha- xuddi shu «Dil ba yoru dast ba kor» aqidasidan kelib chiqib hal qilinadi.

734

April 24, 2024

National University of Uzbekistan Current Issues and Modern Trends of Social and Humanitarian Sciences

Национальный университет Узбекистана Современные тенденции и актуальные вопросы социально-гуманитарных наук

^'zbekiston^iiiiyumverMteji^^^^^^^^^^^itmoiy-sumanitarfnlan

Naqshband ta'limotida, shariat-axdga vafo, islomning beshta asosiy talabiga rioya qilish, dil va til birligi: tariqat esa o'zidan kechish, fano bo'lish; haqiqat-behuda ishlardan uzoqlashish, haq ishlarga bog'lanish, sharia t- qonun, taqiat - yo'l, qonun vujud va qalbni tarbiyalaydi, yo'l esa ko'ngilni poklab, ruhni ilohiy quvvatdan bahramand qiladi.

Umuman olganda, Yassaviya, Kubroviya va Naqshbandiya ta'limotlari o'zbek falsafasi ma'naviy taraqqiyotining barhayot ta'limotlaridandir.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. To'ldirilgan ikkinchi nashri. - Toshkent: O'zbekiston, 2022.

2. Komilov N. Najmiddin Kubro. - Toshkent: O'zbekiston, 1995.

3. Choriyev A. Inson falsafasi - Toshkent: O'zbekiston milliy faylasuflar jamiyati. 2007.

4. Ahmad Yassaviy Hikmatlar - Toshkent: Meros, 1991.

735

April 24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.