Научная статья на тему 'XVI ASR MA’NAVIY HAYOTIDA YASSAVIYA TARIQATI ALLОMALARI'

XVI ASR MA’NAVIY HAYOTIDA YASSAVIYA TARIQATI ALLОMALARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Quvоnоv S.Z.

E’tiqod va din ijtimoiy hodisa sifatida tarixdan inson, jamiyat va davlat hayotida muhum o’ringa ega hodisa sifatida o’z tasirni ko’rsatib kelgan. Islоm dinining ajralmas qismi sanalgan tasavvuf ta’limоti jamiyat hayоtida dinni mustahkamlash, targ‘ib еtish, islоmiy ilmlarni rivоjlantirishda о‘ziga xоs mavqеiga еga bо‘ldi. XVI asrga kеlib, tasavvuf ta’limоti butun islоm оlamida, ayniqsa, Markaziy Оsiyоda yuksak darajada rivоjlandi va mamlakat ijtimоiy-siyоsiy va ma’naviy hayоtida muhim ahamiyat kasb еta bоshladi. Markaziy Оsiyоda vujudga kеlgan Yassaviya (XII asr), kubrоviya (XIII asr) va xоjagоn-naqshbandiya (XII asr) tariqatlari vakillari ijtimоiy-siyоsiy hayоtda faоl ishtirоk еtib xalqning, millatning ma’naviy qiyofasining shakllanishining asosi bo’lib keldi. Bu tariqatlar о‘z taraqqiyоti davоmida mahalliy urf-оdat va madaniyatga islоmiy an’analarni mоslashtirish hamda siyоsiy hayоtda yеtakchilik qilishga intilganliklari bilan ajralib turishlarini alоhida qayd еtib о‘tish lоzim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XVI ASR MA’NAVIY HAYOTIDA YASSAVIYA TARIQATI ALLОMALARI»

XVI ASR MA'NAVIY HAYOTIDA YASSAVIYA TARIQATI

ALLOMALARI

Quvonov S.Z.

NavDPI mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11175022 E'tiqod va din ijtimoiy hodisa sifatida tarixdan inson, jamiyat va davlat hayotida muhum o'ringa ega hodisa sifatida o'z tasirni ko'rsatib kelgan. Islom dinining ajralmas qismi sanalgan tasavvuf ta'limoti jamiyat hayotida dinni mustahkamlash, targ'ib etish, islomiy ilmlarni rivojlantirishda o'ziga xos mavqeiga ega bo'ldi. XVI asrga kelib, tasavvuf ta'limoti butun islom olamida, ayniqsa, Mar-kaziy Osiyoda yuksak darajada rivojlandi va mamlakat ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy hayotida muhim ahamiyat kasb eta boshladi. Markaziy Osiyoda vujudga kelgan Yassaviya (XII asr), kubroviya (XIII asr) va xojagon-naqshbandiya (XII asr) tari-qatlari vakillari ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirok etib xalqning, millatning ma'naviy qiyofasining shakllanishining asosi bo'lib keldi. Bu tariqatlar o'z taraqqiyoti davomida mahalliy urf-odat va madaniyatga islomiy an'analarni moslashtirish hamda siyosiy hayotda yetakchilik qilishga intilganliklari bilan ajralib turishlarini alohida qayd etib o'tish lozim.

Tasavvuf uzoq asrlar davomida xalq ma'naviy tarbiyasining darajasini oshirish uchun xizmat qilib kelgan. Insonning ruhiy-ahloqiy poklanishi, ilohiy muhabbat bilan yuksalib borishi bu ta'limotning asosiy g'oyasidir. Shu bois tasavvuf o'zida insonparvarlik g'oyalarini jamlagan holda haqiqat talabida yurgan odamlar qalbiga yo'l topdi, odamlarning poklik, abadiy hayot, ko'ngil hurriyati haqidagi orzularini ifodalab keldi. Xalqimiz so'fiy darveshlarga hurmat-ehtirom orqali Alloh taologa, uning insonni ulug'lagan qudrati va fayzu futuhiga e'tiqodlarini izhor etganlar. Shayxlarning karomatlari, so'zlari va siyratu suratlari yuksak ahloq va ilohiy muqad-daslik namunasi sifatida qabul qilingan. Tasavvuf Shayxlari xalqning ma'naviy va ruhiy madadkori sifatida maydonga chiqib, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy hayotni rivojlantirishga munosib hissa qo'shgan. Ushbu ta'limotni tarixiy nuqtai nazardan o'rganish, mashhur Shayxlari hayoti va faoliyatini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgacha mavjud bo'lgan nazariy qarashlarning o'zi ham Shayxlar haqidagi xotiralar, rivoyat va hikoyalar asosida umumlashtirilgan.

O'rta Osiyo jamiyatida tasavvuf tariqatlari o'ziga xos mafkuraviy omil sifatida namoyon bo'lib, an'ana va udumlarga kuchli ta'sir o'tkazib kelgan. Shu bilan birga bu ta'limot o'ta murakkab va ko'pqirrali bo'lib, turli davrlar ijtimoiy-siyosiy qarashlar natijasida ma'lum bir o'zgarishlarga uchragan.

Tasavvufning kelib chiqishi haqida turli qarashlar mavjud. Xususan, Usmon Turar tadqiqotlarida, tasavvufning kelib chiqishi tarixi va tasavvuf ahliga nima uchun "so'fiy" deb nom berilganligi to'g'risidagi turli xil qarashlar izohlab beriladi [1, 54.]. Ingliz sharqshunosi Martin Lings esa "Tasavvuf nima?", "So'fiylar nimaga e'tiqod qilishadi yoki ishonishadi?", "So'fiylarga nima kerak va nima ish qilishadi?" degan savollarga javob topishga harakat qiladi va "Tasavvuf bu- Ollohga o'zini topshirish va e'tiqod dengiziga g'arq bo'lishdir" [2, 12. ]- deb ta'rif beradi.

N.Komilovning ta'kidlashicha, tasavvuf tadrijiy taraqqiyotga ega bir ta'limot bo'lib, islom olamida VIII asrning o'rtalarida paydo bo'lib, dastlab zohidlik (tarkidunyolik, taqvodor) ko'rinishiga ega bo'lgan [3, 35]. Xususan, Muhammad (s.a.v) vafotlaridan keyin musulmonlar jamoasi ichida bo'linish yuz beradi va xalifa Usmon (646-656) zamoniga kelib, boylikka ruju qo'yish avj oladi. Ummaviy xalifaligi davriga kelib esa, saroy hashamlari, dabdabali bezaklar, oltin-kumushga berilish, xazina to'plashga intilish kuchayadi. Ya'ni, bu hol diniy farzlarni ado etishni har qanday dunyoviy ishlar, boyliklardan ustun qo'ygan e'tiqodli kishilarning noroziligiga sabab bo'ladi. Ular orasida hadis to'plovchi muhaddislar, ilgaridan qashshoq bo'lib, uy-joy, mol-mulkka e'tibor qilmagan sahobalar ham bor edi. Bularning bir qismi dinni himoya qilib, ochiq kurashga otlangan bo'lsalar, ikkinchi qismi esa, qanoat va zuhdni ("zohid" so'zidan) asosiy maqsad qilib olib, saroy ahli va sarvatdorlar, boylar ahloqiga qarshi norozilik belgisi sifatida tarkidunyochilik g'oyasini targ'ib etib, ijtimoiy faoliyatdan butunlay chetlashib, surunkali toat-ibodat bilan shug'ullandilar. Tasavvuf dastlab VIII asrda Iroqda, Kufa, Bag'dod, Basra, Misr kabi islom dini keng tarqalgan hududlarda paydo bo'ldi va XI-XII asrlarga kelib Markaziy Osiyoda mustaqil Yassaviya, kubraviya, xojagon-naqshbandiya tariqatlari vujudga keldi [4, 124]. Tasavvuf din va e'tiqoddagi adashishlarni oldini olish haqiqiy e'tiqod bilan soxta davat va targ'iblarni farqlashdagi eng muhum hodisa bo'lib xizmat qildi.

Markaziy Osiyo tasavvuf ta'limoti bevosita mashhur mutasavvuf Shayx Xoja Yusuf Hamadoniy (1048-1141) nomi bilan bog'liq. Uning shogirdlari Xoja Ahmad Yassaviy va Abduxoliq G'ijduvoniy (vafoti 1179)lar keyinchalik ikki mustaqil tariqat: Yassaviya-jahriya va xojagon - naqshbandiya tariqatlariga asos soldi. Xorazmda esa "Valiytarosh" unvoni bilan mashhur bo'lgan Najmiddin Kubro (1145-1221)ning mustaqil ravishda kubroviya tariqati paydo bo'ldi [5. 211]. Shayx Najmiddin Kubro va kubroviyya tariqati g'oyalari, mohiyati xususida Z.Ishoqovaning tadqiqotlaridan batafsil ma'lumotga ega bo'lish mumkin [6. 23].

Ushbu tariqatlar Markaziy Osiyoda keng tarqaldi va mustahkam maqomga ega bo'ldi. Bundan tashqari qodiriya tariqatiga mansub Shayxlar ham Markaziy Osiyoda faoliyat yuritganligiga oid ma'lumotlar tasavvuf tariqatlariga bag'ishlangan ko'plab

olimlarning tadqiqotlari va asarlarida aytib o'tiladi [7, 38]. Bu so'fiylik tariqatiga XII asrda Iroqda Abdulqodir Giloniy (1077-1166) tomonidan asos solingan bo'lib, ushbu tariqatga ko'ra murshidlari uchun majburiy hisoblangan alohida yo'l belgi-lanmagan. Qarashlari jihatdan sunniylikka mansub va ular oyat hamda suralarning o'qilish tartibi, zikrlar adadi, piru murshidga qaratilgan madhiyalardan iborat.

Fikr yuritilayotgan mavzu bevosita Yassaviya tariqatiga mansub karmanalik Shayxlar faoliyati bilan bog'liq bo'lganligi bois, asosiy e'tibor ushbu tariqatga qaratildi. Ma'lumki Yassaviya tariqati murshidlari barcha tariqatlarga xos umumiy maqom (daraja)larni (shariat, tariqat, ma'rifat, haqiqat) bosib o'tish bilan birgalikda o'ziga xos qonun-qoidalarga ham amal qilgan. Ayniqsa, ushbu tariqat amaliyotida kalima va duolarni baland ovozda, ya'ni jahriy uslubda aytish muhim o'rin tutgan. Shuning uchun bu ta'limot "Yassaviya-jahriya" deb ataladi.

Boshqa tariqatlarda bo'lgani kabi, Yassaviya tariqatida ham uning asoslarini ishlab chiqish, pir-murshidlik vazifalarini belgilash hamda ilohiy haqiqatlarni el orasida yoyish maqsadida tariqat peshvolari tomonidan bir qancha risola va tazkiralar yozildi. Ana shunday nodir manbalardan biri "Lamahot min nafahot ul-quds" (Muqaddas hushbo'yliklardan lahzalar) asari bo'lib, uning bir qancha qo'lyozma nusxalari hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti qo'lyozmalar fondida saqlanadi [8, 47].

Ushbu asarning ilmiy qiymati shundaki, asar karmanalik Yassaviy Shayxlarining hayoti va faoliyati to'g'risida keng va batafsil ma'lumot beruvchi asosiy manba bo'lib, unda Qosim Shayx Azizon hamda Shayx Xudoydodning avlod-lari, hayoti va faoliyati bilan bog'liq boshqa manbalarda uchramaydigan ma'lumotlar aks ettirilgan. Asar muallifi Shayx Xudoydodning yaqin xalifalaridan biri bo'lib, unga qarindoshlik rishtalari bilan bog'langani uchun ham bu manbani Shayx Xudoydod hayoti va faoliyati to'g'risida ishonchli manba deb ayta olamiz. Shuningdek, Sharafuddin Roqimiyning "Tarixi tom" asarida ham bu manbaning ishonchli ekanligini ta'kidlab: "Olim Shayx (quddisa sirruhu) o'z tasniflari "Kitobi lamahot"da ul zot (Shayx Xudoydod) maqomatlarini to'g'ri yozganlar", deb aytib o'tadi [9, 32].

Asar keng ilmiy jamoatchilik orasida qisqacha "Lamahot" degan nom bilan mashhur. Manba taniqli Yassaviya Shayxlaridan biri Muhammad Olim Shayx Azizon ibn Mo'min Shayx ibn Darvesh Shayx Azizon qalamiga mansubdir. Asarda tasavvufning asosiy tushuncha va shartlari bo'lgan faqr, tavakkul, tafakkur, irodat, futuvvat, ishq, tasfiya, zikr, riyozat, ilmi laduniy, fano, tavhid, baqo kabi tushunchalar keng talqin qilinib, tariqat pirlarining fikrlaridan iqtiboslar keltiradi.

Xulosa Markaziy Osiyo tarixidagi har uchala mashhur tariqatning kelib chiqishi tarixan, sufiylari targ'ib qilgan ta'limotlar, tarixda insonni o'zligini

anglashda to'g'ri yo'lni ko'rsatgan bo'lsa bugun ham xuddi shunday bu ta'limotlarga inson, jamiyat va davlat hayotida ma'naviy tarbiyaga erishishda ayni ehtiyoj borligini hayotning o'zi ko'rsatib turibdi. Bugunda inson va jamiyat hayotidagi ma'naviy tarbiya borasida Yassaviy tariqatida ibratni, Naqishbandiya tariqatilarini targ'ib qilgan sufiylar hayotida esa marhamatning yaqqol namunasini ko'rish mumkin bo'ladi. Qosim Shayx Azizon hamda Shayx Xudoydodning ma'naviy meroslarida jamiyat hayotida eng muhum sanalgan ijtimoiy odob masalalariga ham katta e'tibor bilan qaraldi.

Adabiyotlar:

1. Ycmoh Typap. TacaBBy^ Tapuxu. T.: Hcra^on, 1999.

2. Martin Lings. What is sufism? Pakistan, Lahore. 1999.

3. Komhhob H. TacaBBy^. T.: MoBapoyHHaxp, 2009.

4. O.Ycmoh. Eyxopou mapu^Hum erra nupu. - T.: Tom ^fflH HampueTu, 2003.

5. fflaftx Ha^MugguH Ky6po. TacaBBy^uft xaeT. Tap^HMOH Ba Hampra TanepnoBHunap: H.XaKKyn Ba A.EeKTom. T.: MoBapoyHHaxp, 2004.

6. HcxpspBa 3. fflafix Ha^MugguH Ky6po. T.: Y36eKHCToH, 2013. 136 E.; ^Ha KapaHr: HcxpKpBa 3. TacaBBy^ TatnuMoTuga BanufinuK TymyHHacuHHHr guHHH-^anca^HH TanKHHH(Anumep HaBouHHHHr "HacoHuM yn-Myx,a66aT" acapu acocuga). Oan.^aH.HoM. ...aBTope^. T.: 2007.

7. fflapa^ygguH Pokumuh. Tapuxu tomm. T.: MatHaBuaT, 1998.

8. Kandaharov, A. (2018). The Khanate of Bukhara and the activities of the Karmana Sheikhs. T.: Tafakkur qanoti, 2018.

9. Kandakharov, A. K. (2017). Analysis of sufism mission representatives activity of central asia in the xvi century by the sample of work" Lamahot". Социос$ера, (3), 25-32.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.