Научная статья на тему 'NAQSHBANDIYA TASAVVUFIY TA’LIMOTINING VUJUDGA KELISHI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

NAQSHBANDIYA TASAVVUFIY TA’LIMOTINING VUJUDGA KELISHI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
7
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tasavvuf / tariqat / naqshbandiya / rashha xojagon.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Ravshanov Akmal Maxmudovich

Mazkur maqolada naqshbandiya tasavvufiy ta’limotining vujudga kelishi va uning o‘ziga xos xususiyatlari aks ettirilgan. Xojai Jahon nomi bilan mashhur Abdulxoliq Gʻijduvoniy asoslagan xojagon va Bahouddin Naqshband tomonidan rivojlantirilgan. Naqshbandiya tariqati xalqni tenglikka, birlikka, intizomga, diyonatga, ilmga intilishga va harakatchan bo‘lishga chaqiradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NAQSHBANDIYA TASAVVUFIY TA’LIMOTINING VUJUDGA KELISHI VA UNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

International scientific and practical conference "Methodology of teaching foreign languages - innovations, traditions, problems and their

solutions" March 15, 2024

NAQSHBANDIYA TASAVVUFIY TA'LIMOTINING VUJUDGA KELISHI VA UNING

O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Ravshanov Akmal Maxmudovich

Samarqand davlat chet tillar instituti erkin tadqiqotchisi +998995910787 https://doi.org/10.5281/zenodo.10820423

Annotasiya. Mazkur maqolada naqshbandiya tasavvufiy ta'limotining vujudga kelishi va uning o'ziga xos xususiyatlari aks ettirilgan. Xojai Jahon nomi bilan mashhur Abdulxoliq G'ijduvoniy asoslagan xojagon va Bahouddin Naqshband tomonidan rivojlantirilgan. Naqshbandiya tariqati xalqni tenglikka, birlikka, intizomga, diyonatga, ilmga intilishga va harakatchan bo'lishga chaqiradi.

Kalit so'zlar: tasavvuf, tariqat, naqshbandiya, rashha xojagon.

Buyuk allomalarmizning ilmiy-nazariy merosini har tomonlama chuqur o'rganish va targ'ib etish, yoshlarni yetuk shaxs sifatida shakllanishida hamda ajdodlarimizning ezgu an'analari ruhida tarbiyalanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun "Biz ajdodlarimizning donishmandlik an'analariga amal qilib, ularning g'oyalarini teran anglagan holda, qat'iy islohotlarni amalga oshirmoqdamiz, mamlakatimizning yangi qiyofasini shakllantirish yo'lidan bormoqdamiz" [1].

Hozirgi kunda olimlar tomonidan, milliy qadriyatlarimiz, ma'naviy merosimizni o'rganish bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Mutafakkir, mutasavvif va muhaddislarimizning qabrlari izlanib, obod va ziyoratgohlarga aylantirilmoqda. Tadqiqotchilarimiz tomonidan ularning bebaho asarlari tarjima va tahlil etilib kelinmoqda. Jumladan, Naqshbandiya ta'limoti namyondalariga ham katta e'tibor qaratildi.

Tasavvuf, bir tomondan, din va shariat, ikkinchi tomondan, falsafa va hikmat ilmi bilan bog'liq holda rivojlanib kelgan o'ziga xos ta'limotdir. So'fiylar tasavvufning islom shariatiga asoslanganligiga urg'u berib, tariqat yo'lidan oldin shariat bosqichidan o'tilishini ta'kidlab o'tganlar.

Xojai Jahon nomi bilan mashhur Abdulxoliq G'ijduvoniy asoslagan xojagon va Bahouddin Naqshband tomonidan rivojlantirilib, asoslagan naqshbandiya tasavvufiy tariqatlari ilk ta'limotlarini Yusuf Hamadoniy irfoniy maktabidan olganlar. Buxoroi Sharifda mavjud bo'lgan bu maktabda yassaviya tariqati asoschisi Ahmad Yassaviy ham ta'lim olgan. Markaziy Osiyoda vujudga kelib, jahonga yoyilgan Xojagon, Naqshbandiya va Yassaviya tariqatlari o'z piru ustozlari Yusuf Hamadoniyning g'oyalarini rivojlantirganlar.

Xoja Yusuf Hamadoniy 440-hijriy (1048-milodiy) yili Hamadon shahrining Buzanjird qishlog'ida tavallud topdi. U 535-hijriy (1141-milodiy) yili Afg'onistonning Bomiyon shahrida vafot etgan. Qabrlari Mavr shahrida Sulton Sanjar maqbarasiga yaqindir. Undan boy ma'naviy meros qolgan [2. B. 45].

Hamadoniy ta'limotida halol mehnat qilib, kun kechirish birinchi o'rinda turadi. Uning o'zi ham hunarmandlik va etikdo'zlik bilan shug'ullangan. Shuning uchun ham mazkur ta'limot hunarmandlar orasida tez tarqalgan.

Xojagonlar tariqatini davom ettirgan Abdulholiq G'ijduvoniy Xoja Yusuf Hamadoniyning to'rtinchi xalifalari bo'lgan. Tariqatni Orif Revgariy, Mahmud Anjir Fag'naviy, Xoja Ali Romitaniy, Muhammad Boboi Samosiy, Hazrat Amir Kulol davom ettirganlar. Bahouddin

International scientific and practical conference "Methodology of teaching foreign languages - innovations, traditions, problems and their

solutions" March 15, 2024

Naqshband ushbu ta'limotni har jihatdan mukammallashtirib, naqshbandiya tariqatiga asos soldi [3. B. 45]. Mazkur ta'limot XIV asrdan to shu kunlargacha tasavvuf ahli orasida hukm surib kelmoqda.

Naqshbandiya ta'limoti mavjud bo'lgan jamoa ma'lum makon va zamonda o'z ta'sirini qoldirgan. Naqshbandlar jamoasi iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotga, madaniyat va san'atga, arxitektura va hunarmandchilik taraqqiyotiga ta'sir o'tkazgani tabiiy.

Naqshbandiya tariqati ahli ijtimoiy hayotdan uzoq turgan emas. Tariximizdan ma'lumki, o'tmish xon va sultonlari aziz-avliyolarga e'tibor nazari bilan qarashgan. Xonlarning maslahat va duo oladigan avliyo pirlari bo'lishgan. Shu pirlarining duosi barokotidan xalqqa tinchlik-osudalik va farovonlik ato etilgan, kezi kelganda ulug' zotlarning tavajjuhi (yuzlanish, zehnni diqqat bilan biron narsaga qaratish) bilan dushmanlarni mag'lubiyatga uchratgan.

Naqshbandiya tariqatining tarmog'lari shakllanishida ko'plab tasavvuf namoyandalari tariqatning asl holatini saqlab qolish, yangilash borasida ko'plab amaliy ishlarni amalga oshirganlar. Natijada, yurtimiz madaniyati, ilmiy-merosi, diniy an'analarini o'zida aks ettirgan naqshbandiya tariqatini mazmunan boyitib, dunyo xalqlari ma'naviy hayotiga kirib borishidaga zamin yaratilgan. Shu nuqtai nazardan, mutasavviflarning tasavvufiy merosi zamonaviy jamiyatda ixtilofli muammolarni bartaraf etish, shuningdek, naqshbandiya tariqatining shakllanishi, rivojlanishi, uning tarixi, irfoniy, ruhiy tarbiyaviy masalalarini rivojlantirish bo'yicha tadqiqotlar olib borganlar. Tadrijiy rivojlanish natijasida vujudga kelgan naqshbandiya tariqati shaxobchalarida irfoniy qarashlar, tasavvufiy tamoyillar va ularda ilgari surilgan diniy bag'rikenglik, yangilanish, adolat, ruhiy-ma'naviy uyg'unlik, o'z-o'zini takomillashtirish, axloqini isloh qilishda zohiriy hamda botiniy ilmlar zaruratini asoslash kabi qoidalar takomillashtirilib borilgan.

Naqshbandiya tariqati namoyandalari ilmiy merosidagi irfoniy-falsafiy qarashlarni zamonaviy bilimlar bilan uyg'unlashtirish, tariqatning keng miqiyosda yoyilishiga hamda insonparvarlik, o'zaro hamjihatlik, halol mehnat qilish, insonni ma'naviy va jismoniy kamolot sari yetaklash kabi ijtimoiy-axloqiy tarbiya tamoyillarining rivojlanib borishiga zamin yaratgan.

Naqshbandiya tariqati xalqni tenglikka, birlikka, intizomga, diyonatga, ilmga intilishga va harakatchan bo'lishga, islom diniga bo'lgan e'tiqodini kuchaytirishga chaqiradi. Shuning uchun ham Bahouddin Naqshband majmuasini obod etish va diniy-axloqiy qarashlarini targ'ib qilish uchun hukumatimiz rahbarlari alohida e'tibor berib kelishmoqda. Komil insonni tarbiyalashdagi o'rni bilan bu tariqat olim va fozillarni voyaga yetkazgan. Jumladan Bahouddin Naqshband, Alouddin Attor, Muhammad Porso, Ya'qubi Charxiy, Xoja Ahrori Valiy, Muhammad Qozi, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Maxdumi A'zam Kosoniy- Dahbediy va hokazo.

REFERENCES

1. Мирзиёев Ш.М. БМТ Бош Ассамблеясининг 72-сессиясида сузлаган нутки // - Тошкент, 2017. Халк сузи. № 196 (6860).

2. Наврузова Г.Н., Зоиров Э.Х., Юнусова Г.С. Тасаввуфда инсон ва унинг камолоти масаласи. - Тошкент: Фалсафа ва хукук, 2006. - Б.45.

3. Наврузова Г.Н., Зоиров Э.Х. Бухорои шарифнинг етти пири. -Тошкент: Muharrir, 2018. - Б.80.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.