Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYO TASAVVUF TARIQATI ALLOMASI BAHOUDDIN NAQSHBAND VA UNING ILMIY MEROSI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT BERUVCHI MANBALAR TAHLILI'

MARKAZIY OSIYO TASAVVUF TARIQATI ALLOMASI BAHOUDDIN NAQSHBAND VA UNING ILMIY MEROSI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT BERUVCHI MANBALAR TAHLILI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
119
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘rta Osiyo / manbalar / islom / tasavvuf / tariqatlar / Bahouddin Naqshband / Xoja Ahror Valiy / Abdurahmon Jomiyning “Nafahot ul uns” asari / Alisher Navoiyning “Nasoim ul-muhabbat” asari / Muhammad Porso. / Central Asia / sources / Islam / Sufism / orders / Bahauddin Naqshband / Khwaja Ahrar Vali / Abdurrahman Jami's work "Nafahot ul uns" / Alisher Navoi's work "Nasayim ul-Muhabbat" / Muhammad Porso.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Abdurasulov, Shahzod

Ushbu maqolada Oʻrta Osiyolik soʻfiy olim Bahouddin Naqshband haqidagi koʻplab manbalardagi muhim maʼlumotlar va uning ilmiy merosi tahlil qilinadi. Bu manbalar Xojagon Naqshbandiy tasavvufini chuqur tahlil qilishda katta yordam beradi. Bundan tashqari, ushbu manbalar orqali naqshbandiya tariqatining jamiyat ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotiga ta’siri o‘rganiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF INFORMATION SOURCES ABOUT BAHOUDDIN NAQSHBAND, THE MASTER OF THE CENTRAL ASIAN MYSTIC SECRET AND HIS SCIENTIFIC HERITAGE

This article analyzes important information from many sources about Bahauddin Naqshband, a scholar of Sufism from Central Asia and his scientific heritage. Such sources are of great help in the in-depth analysis of Khojagon Naqshbandi mysticism. In addition, through these sources, the impact of the Naqshbandi order on the social, political and cultural life of the society is considered.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYO TASAVVUF TARIQATI ALLOMASI BAHOUDDIN NAQSHBAND VA UNING ILMIY MEROSI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT BERUVCHI MANBALAR TAHLILI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

MARKAZIY OSIYO TASAVVUF TARIQATI ALLOMASI BAHOUDDIN NAQSHBAND VA UNING ILMIY MEROSI TO'G'RISIDA MA'LUMOT

BERUVCHI MANBALAR TAHLILI

Abdurasulov Shahzod

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti "Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari" mutaxassisligi 2-kurs magistranti [email protected] 94 602 2399

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'rta Osiyolik so'fiy olim Bahouddin Naqshband haqidagi ko plab manbalardagi muhim ma 'lumotlar va uning ilmiy merosi tahlil qilinadi. Bu manbalar Xojagon Naqshbandiy tasavvufini chuqur tahlil qilishda katta yordam beradi. Bundan tashqari, ushbu manbalar orqali naqshbandiya tariqatining jamiyat ijtimoiy, siyosiy va madaniy hayotiga ta 'siri o 'rganiladi.

Kalit so'zlar: O'rta Osiyo, manbalar, islom, tasavvuf, tariqatlar, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Abdurahmon Jomiyning "Nafahot ul uns" asari, Alisher Navoiyning "Nasoim ul-muhabbat" asari, MuhammadPorso.

АННОТАЦИЯ

В данной статье анализируются важные сведения из многих источников о Бахауддине Накшбанде, исследователе суфизма из Центральной Азии, и его научном наследии. Эти источники оказывают большую помощь в углубленном анализе мистицизма Ходжагона Накшбанди. Кроме того, через эти источники рассматривается влияние порядка Накшбанди на социальную, политическую и культурную жизнь общества.

Ключевые слова: Центральная Азия, источники, ислам, суфизм, секты, Бахауддин Накшбанд, Ходжа Ахрар Вали, произведение Абдуррахмана Джами «Нафахот ул унс», произведение Алишера Навои «Насаим уль-Мухаббат», Мухаммад Порсо.

ABSTRACT

This article analyzes important information from many sources about Bahauddin Naqshband, a scholar of Sufism from Central Asia and his scientific heritage. Such sources are of great help in the in-depth analysis of Khojagon Naqshbandi mysticism. In addition, through these sources, the impact of the Naqshbandi order on the social, political and cultural life of the society is considered.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Key words: Central Asia, sources, Islam, Sufism, orders, Bahauddin Naqshband, Khwaja Ahrar Vali, Abdurrahman Jami's work "Nafahot ul uns", Alisher Navoi's work "Nasayim ul-Muhabbat", MuhammadPorso.

KIRISH

XI- XII asrlarga kelib, Markaziy Osiyoda butun islom olami miqyosida umume'tirof etilgan Yassaviya, Kubraviya, Xojagon Naqshbandiya kabi nufuzli mustaqil tariqatlar vujudga kelgan. Markaziy Osiyodagi tasavvuf tariqatlari shayxlarining faoliyati mintaqaning ijtimoiy, siyosiy va diniy holatiga katta ta' sir ko'rsatgan. Bahouddin Naqshband va uning ilmiy merosi haqida ko'plab manbalarda ahamiyatga molik bo'lgan ma'lumotlarni uchratish mumkin.

Naqshbandiya tariqatiga oid ma'lumotlar avvalo Bahouddin Naqshbandning shogirdi Muhammad Porsoning "Qudsiya"1, Abul Muhsin Muhammad Baqir ibn Muhammad Alining "Maqomoti hazrati Bahouddin Naqshband"2 asarlari hamda o'z davri uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan asarlar Abdurahmon Jomiyning "Nafahot al-uns va hazorot al-quds"3, Sayyid Sharifning "Tarixi Rokimiy', Amir Hamzaning "Maqomoti Amir Sayyid Kulol", Salohiddin ibn Muborak al-Buxoriyning "Anisul-tolibin va uddatus-solikin"4 , «Risolai hazrat Mavlavi Jomi», Husayn Voiz Koshifiyning "Futuvatnoma", Sayfiddin Ali Safiyning "Rashaxot-ul-ayn-ul hayot"5, Ahmad Sirxindiyning "Maktuboti Imom Rabboniy", "Panj latoifai Nodirai muazzama" va Alisher Navoiyning "Nasoyim ul-muhabbat min shamoyimul futuvvat"6 kabi manbalarga asoslangan.

Bu manbalar bilan birga yana quyidagi manbalarda: Xo'ja Ahrorning "Anfosi Nafisa", Abdurahmon Naqshbandi Laxuri Pokistoniyning "Shajarai tayyiba", Jalol Xiraviyning "Risolai digar mansub ba Sohibzoda", Ahmad G'uriyning "Kanzal-ibod fi sharx al-avrod", Irbiliy shayx Muhammadning "Al ijobatul rabboniya li sharx va manofe", Virdi Naqshbandi Shayxul Akbaril Sayyid Muhammad Bahouddin al Husaynining "al-Hasani al-Uvaysi al-Buxoriy Naqshband" va Ahmad al Naqshbandi

1 Muhammad Porso. Qudsiya. O'zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida 6546\2 raqami ostida saqlanmoqda.

2 Abul Muhsin Muhammad Boqir ibn Muhammad Ali Bahouddin Balogardon /Tahrir hay'ati: A. Rustam va boshq; forsiydan tarj, so'zboshi va lug'at muallifi Mahmudxon Maxdum Xasanxon Maxdum o'g'li. - Toshkent: Yozuvchi, 1993. - 208 b.

3 Жомий А. Нафа^отул-унс / таржима кулёзма маини кулёзма УзРФА ШИ Кулёзмалар фондида 7286 раками остида сакланади.

4 Salohiddin ibn Muborak al-Buxoriyning "Anisul-tolibin va uddatus-solikin. O'zRFA SHI Qo'lyozmalar fondida 2520/I raqami ostida saqlanadi.

5 Фахруддин Али Сафий. Раша^оту айнил-^аёт ( CiUi^j jjle CiL^Jl). / Форс тилидан Худойберган ибн Бекму^аммад таржимаси / Нашрга тайёрловчилар: М. Х,асаний ва Б. Умрзок. - Тошкент, 2004. - 536 б.

6 Алишер Навоий. Хожа Ба^оуддин Накшбанд к.т.с. / Насойим ул-му^аббат. Мукаммал асарлар туплами. Ун еттинчи том. - Тошкент: «ФАН», 2001. -553 b. 133-б.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Xolidiyning "Jami' al-usul fi al-avliya" naqshbandiylikka oid ma'lumolar borligi aniqlangan.

Bahouddin Naqshbandning "Tuxfatul ansob"7 kitobida Bahouddin nasablari haqida ma'lumot berilgan. Hazrat Bahouddin ota tomondan hazrat Ali ibn Abu Tolibga, ona tomonidan esa sidqiydurlar, ya'ni nasablari Abu Bakr Siddiqa borib taqaladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Manbalarning guvohlik berishicha, Bahouddin Naqshbandning shogirdlari Muhammad Porso va Alouddin Attorlar uning nutqlari, hikmatli so'zlarini yozib, to'plab yurgan. O'tmishda yaratilgan "Hazrati Bahovuddin Naqshband maqomotlari"ga kirgan barcha gaplar, ustozning fikrlari, uning dahosi xususidagi ko'plab mahobatli afsonalar ana shu manbalardan olingan yoki ularga suyanib yozilgan. Xususan, Muhammad Porsoning "Risolai qudsiya" asari Xoja Bahouddin Naqshband qudsiy kalimalarining sharhi hisoblanadi. Bu kalimalar Bahouddin Naqshbandning o'z og'zidan eshitilgan bo'lib, Muhammad Porso ularni jamlab yurgan. Bu haqda uning o'zi shunday deydi: "Bu so'zlar (ularning) muborak og'izlaridan chiqqan so'zlardan bir tomchisigina bo'lib, bu zaif banda... bu qudsiy kalimalardan ba'zilarini sadoqat va irodat yuzasidan tabarrukona va irshod sifatida qalamga olib yurardi"8. Muhammad Porso o'zining bu asarida ustozining qudsiy kalimlarini keltiribgina qolmay, ularni sharhlab ham beradi. Asar Bahouddin Naqshband hayoti, uning xizmatlari va ma'naviy olamini ochib berish hamda Naqshbandiya sulukining asoslari haqida chuqur ma'lumotlarni o'z ichiga olganligi bilan nihoyatda qimmatlidir.

Bahouddin Nashqbandning zikri holi, sarguzashti va ta'limotiga oid asosiy ma'lumotlar "Maqomati hazrati Bahouddin Nashqband" 9 kitobida keltirilgan. Muhammad Boqirning bu kitobi Sharq xalqlari tafakkuri taraqqiyotiga katta hissa qo'shgan Bahouddin Naqshbandning hayoti va bosib o'tgan yo'lini mukammal bayon qiluvchi yagona manbadir. Asarda naqshbandiya sulukining asoslari va uning rivojlanishiga hissa qo'shgan kishilarning faoliyati hikoyalar orqali bayon qilib berilgan. Mazkur asar Bahouddin Naqshbandning 1993-yilda nishonlangan 675-yillik yubileyi munosabati bilan "Bahouddin Balogardon" nomi ostida nashr qilindi.

7 Elektron manba: https://kh-davron.uz/kutubxona/islomiy-adabiyot/tasavvuf/sadriddin-salim-buxoriy-hazrat-bahouddin-naqshband. html

8 Muhammad Porso. Qudsiya. O'zbekiston FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida 6546\2 raqami ostida saqlanmoqda.

9 Abul Muhsin Muhammad Boqir ibn Muhammad Ali Bahouddin Balogardon /Tahrir hay'ati: A. Rustam va boshq; Forsiydan tarj, so'zboshi va lug'at muallifi Mahmudxon Maxdum Xasanxon Maxdum o'g'li. - Toshkent: Yozuvchi,

1993. - 208 b.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

"Maqomoti hazrati Bahouddin Naqshband" kitobida naql etilishicha, Sayyid Amir Kuloldan dars olishi tugagach, amakisi Bahouddinni Samarqandga eltadi va mashhur darveshlar huzuriga qo'yib, ulardan ta'lim oldirtiradi. Kunlardan bir kun Bahouddinning tushiga hazrati Hizr kirib "agar sen haqiqiy so'fi bo'lishni istasang, xotining bilan aloqani uzishing kerak" deydi10. Shundan so'ng Bahouddin oilasi bilan ajrashadi. Bu kabi afsonaviy hikoyalar "Maqomoti hazrati Bahouddin Naqshband" kitobida ko'plab uchraydi. "Maqomoti Xoja Bahouddin Naqshband" asaridagi naqllarda Bahouddinning Buxoro xalqini tashqi dushman hujumlari, hokimlar zulmi, tabiat ofatlari, hayvonlar hujumi, Qarshi aholisini qurg'oqchilik ofati va balolardan asraganlari yozilgan. Eng asosiysi Bahouddin Naqshband xalqni nafsi ammora balosidan qutilib, tinch-totuv va baxtli yashashlariga yordam berganlar.

Nashqbandning o'z zamoniga eng yaqin ishonarli ma'lumotni biz Navoiyning "Nasoyim ul muhabbat" 11idan topamiz. Bu ma'lumot haqiqiy, ishonarli dalillar asosida bo'lishi bilan birga, unda ulug' shoir biror narsani qo'shmasdan Nashqbandning boshqa shayxlardan farqli o'laroq asl siymosini ko'rsatadi va naqshbandiylik nazariyasini qiyosiy tarzda aniq va ravshan belgilaydi. Shu bois bugungi kundagi Nashqbandiya haqidagi fikrlar asosan Navoiy ma'lumotiga tayanadi.

Navoiyning xoja Bahouddin xususidagi mazkur so'zi "Nasoyim ul muhabbat"ida shunday keltirilgan. Ulug' shoir xoja Bahouddinni pirsiz ustozlik maqomini topgan zot deydi va XII asrda yashagan xoja Abdulxoliq G'ijduvoniyning muborak ruhini ilhomlanishiga sabab qilib ko'rsatadiki, bu mazkur uvaysiylik g'oyasiga asoslangan tushuncha edi. Shu tariqa, Navoiy ko'rsatgan xoja Bahouddinning manoqiblariga va Navoiyning ilmiy xulosalariga tayanib shu natijaga kelish mumkinki, xoja Bahouddin har holda uvaysiylik tariqatining shayxlaridandir, ya'ni pirsiz, xoja Abdulxoliq ruhiyatida tarbiya topgan zot edi. Ammo amalda xoja Muhammad Boboyi Samosiy va Amir Sayid Kulol tarbiyasini ham ko'rganlar.

Naqshbandiya tariqatining zikr usullaridan yana bittasi suhbat vositasi edi. Bu haqida Navoiy tariqat rahbari tilidan keltiradi: "Va der ermishlarki, bizning tariqatimiz suhbatdur... va xayriyat jamiyatdadur va jamiyat suhbatda bu shart bilaki bir-biriga naf bo'lurg'ay va ulcha ul buzurg buyurubturki... agar jam'i bu yo'l solihlari bir-biri bila suhbat tutsalar, anda ko'p xayr-u barakat bo'lur"12. Suhbat usuli Navoiyning ta'kidlashicha, jamoa bilan birga bo'lish, fikr almashish va hamroh

10 Abul Muhsin Muhammad Boqir ibn Muhammad Ali Bahouddin Balogardon /Tahrir hay'ati: A. Rustam va boshq; Forsiydan tarj, so'zboshi va lug'at muallifi Mahmudxon Maxdum Xasanxon Maxdum o'g'li. - Toshkent: Yozuvchi, 1993. - - 208 b. 123-bet.

11 Алишер Навоий. Хожа Ба^оуддин На^шбанд к.т.с. / Насойим ул-му^аббат. Мукаммал асарлар туплами. Ун еттинчи том. - Тошкент: ФАН, 2001. 133-б.

12 Алишер Навоий. Хожа Ба^оуддин На^шбанд к.т.с. / Насойим ул-му^аббат. Мукаммал асарлар туплами. Ун еттинчи том. - Тошкент: ФАН, 2001. -553 b. 134-б.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

tutinishni taqozo etadi va bundan insonga "ko'p nafi va ko'p xayr-u barakat bo'lg'ay". Bu usul esa yolg'izlik va xilvatnishinlikni yoqtirmaydi va insonni hamjihatlikka da'vat etadi, unga yaxshilik, naf va manfaat keltiradi.

Bundan tashqari, "Latoif ut-tavoif' muallifi Mavlono Ali Safiyning "Rashahot" kitobida Nashqband hayoti, ijodi hamda faoliyatiga oid qimmatli dalillarni uchratishimiz mumkin. Xususan, bu manbada "anjumanda xilvat" iborasining mohiyatini naqshbandiylikning navbatdagi zikr usuli «dast ba kor-u dil ba yor» (qo'l ishda-yu ko'ngil yorda) iborasi bilan ko'rish mumkin. Bu ibora ilk bor «Latoif ut-tavoif» muallifi Mavlono Ali Safiyning "Rashahot" 13 kitobida tilga olingan va haligacha ishlatiladi va barcha davr uchun o'z ahamiyatini saqlab qoladi. Ushbu zikrda to'g'ridan to'g'ri mehnat manbai tashviq etiladi, uning ahamiyati ta'kidlanadi, inson uchun rizq vositasi deb bilinadi.

Bahouddin Naqshband kamol topishlarida ustozlarining o'rni kattadir. Naqshbandga ilk saboq berib, zohiriy va botiniy ilmlardan xabardor etgan muborak zot Muhammad Boboyi Samosiydir (vafoti 1336). Muhammad Boqirning "Maqomoti Xoja Bahouddin Naqshband" asarida yozilishicha, Bahouddin Naqshbandning birinchi shogirdlari Xoja Alouddin Attor naql qiladiki, Bahouddin Naqshband shunday aytganlar: "Hazrat Haq Subhanahu taoloning bu faqirga nisbatan qilgan mehribonliklaridan biri shu ediki, bolalik chog'larimdan buzrugvor shayx Xoja Muhammad Boboyi Samosiy quddisa sirrihuning nazari muboraklariga musharraf bo'ldim va ular meni farzandlikka qabul qildilar"14.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES):

1. Abul Muhsin Muhammad Boqir ibn Muhammad Ali Bahouddin Balogardon /Tahrir hay'ati: A. Rustam va boshq; forsiydan tarj, so'zboshi va lug'at muallifi Mahmudxon Maxdum Xasanxon Maxdum o'g'li. — Toshkent: Yozuvchi, 1993.208 b.

2. Абдулхай ибн Абдулфатх ал-Хусайний. Х,азрати Хожа Ахрори Валий насабномаси. - Тошкент: Янги аср авлоди, 2004. - 152 б.

3. Абдулкарим ас-Самоний. Насабнома / Форс тилидан А. Раззоков таржимаси. - Бухоро, 1999. - 48 б.

13 Фахруддин Али Сафий. Раша^оту айнил-^аёт ( ^IàLùIj jjb ¿ipJI). / Форс тилидан Худойберган ибн Бекму^аммад таржимаси / Нашрга тайёрловчилар: М. Дасаний ва Б. Умрзок. - Тошкент, 2004. - 536 б. 117-120 бетлар.

14 Abul Muhsin Muhammad Boqir ibn Muhammad Ali Bahouddin Balogardon /Tahrir hay'ati: A. Rustam va boshq; Forsiydan tarj, so'zboshi va lug'at muallifi Mahmudxon Maxdum Xasanxon Maxdum o'g'li. - T.: Yozuvchi, 1993. -208 b.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

4. Agumep HaBOHH. HacoHuM yg-Myx,a66ar. MyKaMMag acapgap TyngaMH. Yh errHHHH Tom. - TomKeHT: OAH, 2001. - 534 b.

5. OaxpygguH Agu Ca^ufi. PamaxpTy aÔHHg-x,aëT ( ^UA^Ij ù^ ^¿^JI). / Oopc TugugaH XygoHöepraH höh EeKMyxaMMag Tap^HMacu / Hampra TafiëpgoBHHgap: M. X,acaHHH Ba E. YMp3OK. - TomKeHT, 2004. - 536 6.

6. X,acaHxo^:a HucopuH. My3aKKup yg-ax,6o6 ( j^jj* JI ^^I) (^ycraap ëgHOMacu) / Oopc TugugaH Hcmohh EeK^OH Tap^HMacu. - T.: A6gygga Kogupufi HOMugaru XagK Mepocu HampuëTH, 1993 h, - 320 6.

7. Mup3O YnyröeK. TypT ygyc Tapuxu. $opc TugugaH E. AxMegoB, H. HopKygoB, M. X,acaHHfigap Tap^HMacu. - TomKeHT: "^ygnoH" HampuëTH, 1994. - 353 6.

8. 3aHHHgguH My^aMMag Boch^hh. Eagoetyg BaKoet (Hogup BOKeagap) / OopcnagaH H. HopKygoB Tap^HMacu. - TomKeHT: Fa^yp FygoM HOMugaru Aga6uëT Ba caHtar HampuëTH, 1979. - 108 6.

9. ^OMHH A. Ha$axpTyg-yHc / Tap^HMa Kygë3Ma MauHH Kygë3Ma Y3POA fflH Kygë3Magap ^OHguga 7286 paKaMH ocTuga caKgaHagu.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.