FAROSAT ILMI: FALSAFIY TAHLIL
Gulchehra Ne'matovna Navro'zova
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti professori premium.pro [email protected]
ANNOTATSIYA
Maqolada farosat ilmi haqidagi qarashlar falsafiy tahlil etilgan. Farosat haqida Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Kalobodiy, Abdulqodir Giloniy, Bahouddin Naqshband, Muhammad Porso, YA'qubi Charxiy asarlarida keltirilgan ta'riflar va hozirgi zamon olimi M. Bekmurodovning bu ilmga doir g'oyalari keltirilgan. Farosat ilmi zohirga qarab botinni anglash, ichki tuyg'ularni mohiyatini fahmlash ekanligi asoslangan va uning hozirgi kun uchun ahamyati ko'rsatilib, uni joriy etish bo'yicha takliflar berilgan.
Kalit so'zlar: Farosat ilmi, anglash, fahmlash, bilish, zohir, botin, imoniy farosat.
ABSTRACT
The article philosophically analyzes the views on the science of farosat. The definitions given in the works of Farabi, Abu Ali ibn Sina, Kalabadi, Abdul Qadir Gilani, Bahauddin Naqshband, Muhammad Porso, Yakubi Charkhi and the modern scientist M. Bekmurodov are presented about this science. The science of farosat is based on understanding the internal, understanding the essence of internal feelings through a look at the external, its significance for today is shown, and proposals for its implementation are given.
Keywords: science of wisdom, consciousness, perception, cognition, external, internal, religious insight.
KIRISH
Tasavvufning zamonaviy ilm-fandagi eng ko'p o'rganilayotgan tomonlari axloqiy-irfoniy jihatlaridir. Chunki tasavvuf ta'limoti inson ma'naviyati va ma'rifati mukammal bo'lishi yo'llarini o'rgatadi. Hozirgi jamiyatimizda eng qadrlanadigan kishilar fahm-farosatli insonlardir. Ammo ular kundan-kunga kamayib bormoqda. Bunga sabab ta'lim va tarbiya jarayonida farosat ilmini o'qitish va shu ruhda tarbiyalash masalalari e'tibordan tashqariga qolmoqda.
Mutafakkirlar va tasavvuf ahli ma'naviy merosida farosat ilmiga maxsus e'tibor berilgan. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy,
April, 2023
97
ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1
Kalobodiy, Abduqodir Giloniy, Bahouddin Naqshband, Xoja Muhammad Porso, YA'qubi Charxiy, va boshqalarning ma'naviy merosidagi farosatli bo'lish, chiroyli xulqli bo'lish, o'zlikni anglash, ichki, botiniy poklik, qalb pokizaligi, nafs tarbiyasi kabi tushunchalar inson tushunchasi bilan uyg'unlik kasb etadi. Shu ma'noda ham ularning irfoniy, axloqiy,ma'naviy va ma'rifiy mohiyatini o'rganish, o'sib kelayotgan yosh avlod tarbiyasida foydalanish yo'llarini ishlab chiqish bugungi kunda dolazarb masalalardan biridir.
Yangilanish, ma'naviy islohotlar davrida farosat ilmi haqidagi konseptual g'oyalarni kompleks tadqiqotlarga tortish muhimdir. Globallashuvning salbiy ta'siri natijasida axloqsizlik, ma'naviy qashshoqlik insonni insonga qarshi qilib qo'yayotgani, insonni nafs girdobiga tortayotgani bunday qarashlar tizimini yanada chuqurroq o'rganishni taqazo etadi. Tasavvuf ta'limoti inson botinni poklash, qalbning, ruhning sharaflanishiga erishish yo'llarini tadqiq etadi. Chunki inson qalbi Allohning jilvagohi, manzil-makoni, u ko'zgu kabi toza va musaffo bo'lsa, Alloh nuri, Alloh ilmu hikmati unda shuncha tiniq aks etadi. Farosat ilmi kabi ilohiyot ruhi bilan sug'orilgan tasavvufiy ta'limotlarda zohiriy va botiniy olam uyg'unlashib, Alloh, tabiat va insonning yagonaligi haqidagi dunyoqarash yuzaga chiqadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Naqshbandiylikka oid manbalarda laduniy [12:301], ya'ni ilohiy ilm quyidagi uch yo'l bilan: 1.Vahiy orqali payg'ambarlarga; 2.Ilhom orqali muqaddas shaxslar -valiylarga; 3.Intuitsiya (farosat) orqali so'fiylarga berilishi ko'rsatilgan. Laduniy ilm hol ilmining eng yuksagidir. U barcha botindagi mohiyatlarning asl ma'nosiga yetishga yordam beradi.
Laduniy ilmning payg'ambarlarga beriladigan vahiy ko'rinishi payg'ambarlik Muhammad s.a.v. vafotlari bilan to'xtagan. Avliyolarga ilhom orqali beriladigan nuru fayz ham xos kishilargagina nasib qiladi.Ammo laduniy ilmning farosat ko'rinishi hozirgi kunda ham sog'lom, poklangan, halol luqma iste'mol qiladigan, imonli, mehnatsevar, ilmu ma'rifatli kishilarga berilishi va tarbiyalanishi mumkin.
Farosat arab tilidagi firosat so'zidan olingan "Farhangi zaboni tojik" da bu so'zga quyidagicha ta'rif berilgan: "tezii fahm, idrok, ziraky, hush zehny" [10:434] mazmuni fahmlashninig tezligi, idrok, ziyraklik, zehnning o'tkirligi. lj i" "firosat" [11:247], farosat, idrok narsalarning mohiyatini anglash degan mazmundagi ta'rif ham bor. Manbalar tahlilidan ma'lum bo'ladiki, farosat zohiriy ishlar bilan botiniy ishlarga hujjat qilish, dalil keltirishga aytiladi. Shuningdek
farosat qaramasdan, hujjat ko'rmasdan turib, qalbda voqe'
April, 2023
bo'ladigan ma'lumotdir. Ma'lum bo'ladiki, farosat botinni idrok etishdir.
Tarixiy manbalarda farosat ilmini egallagan shaxslarga sohibi tadbir, donishmand hamda "Ilmi simiyo", ya'ni botiniy ilmlardan Ollohning so'zlari, go'zal ismlarining sirlarini ochishni puxta biladigan inson deb ta'riflangan. Buyuk mutafakkir Abu Nasr Forobiy ham shunday insonlardan biri bo'lib, farosat ilmini yaxshi fazilat sifatida ta'riflagan va uni ikki turga: fikriy va xulqiy toifalarga ajratib, quyidagicha tasniflagan: "Fikriy fazilat aqliy quvvatga kirib, aqllilik, donolik, fahm-farosatlilik, zehnlilikni yuzaga keltiradi. Xulqiy fazilat esa intiluvchi quvvatga kirib, iffat, shijoat, saxiylik va adolatlilikni o'z ichiga oladi" [5:399].
Qomusiy mutafakkir Abu Ali ibn Sino farosat ilmiga quyidagi ta'rifni bergan: "Farosat ilmi foydasi naqd bo'lgan ilmlardandir. Sen bu ilmni bilib olsang, u senga kishilarning o'zlari yashirib yurgan fe'l- atvorlarini bildiradi. Mana shu farosatning bildirilishi natijasida o'z bilishing bilan unga bog'lanib qolarsan yo undan yuz o'girarsan. Farosat ilmi sening o'zingni aslingda bor bo'lgan instiktiv yaratilmalarning, o'zgartirilmagan tabiatlaringni ko'z o'ngingda keltirib qo'yadidi. Agar senga farosatning tuzatuvchi qo'li tegsa, sen juda o'tkir bo'lib ketasan" [2:219]. Abu Ali ibn Sinoning farosat ilmiga berilgan yana quyidagi ta'rifi ham mavjud: "Farosat deb, sezgidan keladigan ishoraning asl ma'nosiga tezda yetishmoqqa aytiladi" [2:219]. Agar seni bir kishi aldoqchi yo'ldan ozdirib, tuzog'iga tushira olsa, aldanasan. Ibn Sino farosat-mantiq ilmi mohiyati haqida fikr yuritayotganligini tushunish qiyin emas. U bilishda faqat hissiy bilish bosqichi emas, balki aqliy bilish bosqichida to'la bilimga ega bo'lishiga ishora qiladi. U o'z davrida inson nafsini tiyganda, har qanday xayol, hissiyotlarga berilmaganda, inson ilm bilan shug'ullanishi mumkin, degan xulosaga keladi.
Vatandoshimiz Abu Bakr Kalobodiy "at-Taarruf ' asarining oltmish oltinchi bobida "farosat" [8:40] (sezish, his qilish) haqida fikr yuritib, basiratni (ichki ko'ngil ko'zi) ushbu tushuncha orqali tahlil qilishga harakat qiladi. Abu Bakr Kalobodiy qarashlarida "Farosat"- basirat ko'zi bilan g'aybni ko'rish, pinhoniy kashf qilishdir. Boshqacha aytganda, ruhning ilohiy bir quvvat bilan anglab tafakkur etishi tufayli g'aybiy ma'nolarni bilish, bunga farosati aqliya, kashf qilishlik yoki sirning oshkor bo'lishi ham deyish mumkin.
Qodiriya tariqati asoschisi Abdulqodir Giyloniyning fikrlari ham farosat tushunchasining mohiyatini tushuntirishda muhimdir.U "Futuhul g'ayb" asarida shunday yozadi: "...Farosat ilmi bu Alloh bergan qalb ko'zi bilan nima to'g'ri va nima egriligini, nima yaxshi va nima yomonligini ilg'ay olish ilmidir. Bu ilmni Alloh taolo o'zi suygan bandalariga bergay. Binobarin, senga biror yumush topshirilsa bu ishni qanchalik
April, 2023
99
to'g'ri ekanligini obdon mushohada qil, so'ngra xulosa chiqar! Yoxud o'zingga shunday savol ber: "Bu Allohning buyurganimi?!" Darhaqiqat, bu Parvardigorning sinovi va qudratining nishonasidir. Sen bu savdoda ziyrak tur va atrofingda nimalar bo'layotganini bilishga intil. Darhaqiqat, bu dunyo ishlarini hammayam tushunavermaydi, hamma bandasigayam ayon emas. Bu savdoning mohiyati va ma'nosi faqat U tanlagan va saralagan ma'rifat sohiblarigagina - Avliyo va Abdollarga ayondir. Shunday ekan, kayfiyatingni shu yo'sin mosla, zero sinov qayda-yu, buning ajri qayda bilmaysan, shunchaki Alloh taoloning puxta o'ylagan va bir tizimga solingan rejasi asosida tegirmon aylanmoqda..." [1:172]. Demak, farosat tushunchasining axloqiy va irfoniy jihatdan tushunish, halol va haromni fahmlash, yaxshlik va yomonlikni bilish ma'nosida tushunish ham mumkin. Biroq, insonning bilimlari, martabalari oshib borgan sari farosat nima ekanligini anglay boradi. Giyloniy fikricha, farosatning haqiqati va ma'rifatini valiylar, abdollar yaxshiroq tushunadilar.
Bahouddin Naqqshbandning "Maqomot"da farosat haqida aytgan fikrlari keltirilgan. U kishi aytgan edilar: "Murshid har kuni tolibning holidan xabardor bo'lishi, farosat yoki so'rab surishtirish bilan uning ahvolini bilib turishi zarur" [3:122]. Bahouddin: "O'zgalarning ko'nglini bilib olish darveshlarga qayerdan paydo bo'ladi?" degan savolga quyidagicha javob berganlar: "Ko'zi ochiqlik va anglab olish farosat nuri orqali bo'lib, Haq suhonahu buni darveshlarga ato qiladi" [3:139]. "Maqomot"da Bahouddin Naqshband hayotidan keltirilgan naqllarda u kishining botin ilmidan xabardorliklari ma'lum bo'ladi. Naql qilinishicha, kunlarning birida Bahouddin ko'ngillarida ustozlari Sayyid Amir Kulolga mayl paydo bo'lganini sezadilar. Botinlardagi bu hissiyotni farosat ila anglab, ustozlarini xizmatlariga boradilar. Darhaqiqat, Amir Kulol xumdonga olov qo'yish uchun o'tin terishlari kerak bo'lgan. Bahouddin vaqtida ustozlarini xizmatlariga borganlar va buning shukronasini qilganlar.
Xoja Muhammad Porso o'zining "Tahqiqot" asarida tasavvufning kategoriyalari xususida to'xtalib, farosat haqida ham yozgan. Muhammad Porso farosatni ziyraklik, sezgirlik, "topqirlik" mazmunida ishlatadi. Xoja Muhammad Porso asaridagi farosat tushunchasining tahlili ko'rsatidiki, farosat deganda u quyidagi ikki ma'noni anglagan: 1) biror narsaning tashqi ko'rinishi, shakli, zohiri va belgilariga qarab, ichkarisi, ichki xususiyati, mohiyatini bilish, zohirga qarab botinni bilish; 2) g'aybiy ishlarni tafarrus, ya'ni fahm, idrok, ichki sezgi va topqirlik bilan kashf etish haqidagi qarashlarini bayon qiladi.
Xoja Muhammad Porsoning fikriga ko'ra, "farosat bu-qalb ko'zi, qalb nazari, qalb nigohi bo'lib, uch turlidir: Birinchisi:
April, 2023
100
"farosati bahriya", uni ajratuvchi yoki aqliy farosat, deb uqtiradi.Chunki, inson farosati bilan oq va qorani, yaxshi va yomonni ajratib oladi. O'zini qanday tutishni, xatti harakatlarini tartibga soladi. Ikkinchisi: "farosati istedloliy" bu inson fikrini hodisalarning sabablari va umumiy qonuniyatlari asosida dalilovchi farosat. Uchinchisi: "farosati qalbiy", qalbiy farosat, bu qalb nazari bilan ko'rish, tanish, bilishdir.
Muhammad Porso "Faslul-xitob" asarida shunday yozadi: "Farosat ilmi shuki o'tganlar shamollaridan bir shamol va karam jazabalaridan bir jazaba, yo'l yuruvchiga qabul yuzasidan yetadi. G'aflat pardasi haqiqat ko'zi bilan o'rtadan ko'tariladi. Uning diydasi Ahadiyat nuri bilan surmalanadi. Bunday ilm g'oyat izzatli bo'lib, ulug'ligidan faqat "xitob" ("qat'iy qaror") yo'li bilan hosil qilinadi va harflaru kalimalar kiyimiga sig'maydi. Kim Allohni tanisa tili aylanmay qoladi. Orif o'z ma'lumotlari mohiyatidan ibora topa olmay qoladi. Kim buni zavqini topmas ekan, bilmaydi" [6:238]. Xoja Muhammad Porsoning ma'naviy merosida "Farosat" axloqiy barkamollikning eng yuqori darajasi sifatida talqin qilinadi. Albatta, so'fiyona kamolot anglash, bilish, irfon tarzida ichki intuitiv bilish o'ziga xos ramz, ishorat, holatlar bilan ifodalanadi. Solikning haqiqatdan g'aflatda qolmasligi uning farosatiga bog'liq bo'ladi. Biroq uning ma'naviy-axloqiy mohiyati inson borlig'ining tub negizlarini ko'rsatib beruvchi omil bo'la oladi. Inson bilimli, aqlli, hamma narsani tushinadigan sifatlarga ega bo'lishi mumkin, lekin farosati bo'lmasa hammasi bekor.
Farosat ilmdan yuqori turadigan ne'matdir. Hamma ham ilmdan nasiba olishi mumkin ammo, farosat Allohdan bandalarga beriladigan lutfdir. YA'qubi Charxiy "Risolai unsiya" asarida Bahouddin Naqshband ilmni ikki xil qalb ilmi va til ilmiga tavsiflaganini yozgan [13:13]. Qalb ilmi botin ilmi bo'lib, farosat uning bir ko'rinishidir. YA'qubi Charxiyning "Risola dar manoqib va aqoid" asarida podshohlarning davlatni boshqarishiga oid o'nta shartni yozganligini faylasuf olim Zoirov Erkin aniqlagan. Manbaning tarjimasi asosida yozilishicha: "O'ninchi shart farosatdirki, uning podshoh va hukmdorlarga bo'lishi vojibdir. Bo'layotgan har bir hodisaning hadiga, voqealarning ma'nolariga nazar qilsin, har bir hukmning fahm va aqliga hozir qilib, basirat orqali haqiqatni ajrata olsin. Lozim narsalarga, kerakli hatlarga va sabablarga boqsin. Mohiyatni tushunsin. Xufiya ishlarning sirlarini farosat nuri bilan anglasin. Bu ma'noda har kimning gap-so'zlariga ishonmasin, chunki hodisalar benihoyadir" [14:233]. Asarda YA'qubi Charxiyni farosat ilmini ikkiga shar'iy va hukmiyga bo'lganligi yozilgan. Shar'iy farosat nafsni yoqimsiz xulqlardan tozalash, qalbni esa yaramas sifatlardan poklashdir. Bunday kishida yaqin nuri paydo bo'lishi, uning basirat ko'zidan jaholat va g'aflat pardalari ko'tarilishi, har bir narsaning zamiriga
April, 2023
101
Alloh nuri orqali qarashi imkoniyati paydo bo'ladi. Bu oliy darajaga yetgan kishi nokas va nojins insonlardan yuksakda turadi. Hukmiy farosat odamlar bo'lgan muloqotda uning kimligini ko'zi bilan mushohada qilishdir. Chunki insonning har bir a'zosi uning botin holatidan ma'lumot beradi.
Farosat ilmi haqida M. Bekmurodovning o'quv qo'llanmalari nashrdan chiqdi. Unda M. Bekmuradov Farosat ilmiga quyidagicha ta'rifni berganlar: "Farosat ilmi insonning tashqi ko'rinishga qarab uning ichki dunyosida yuz berayotgan jaryonlar qanday fikr- qarashlarga egaligi, nimani va qanday narsalarni o'ylayotganini anglashga qaratilgan, bir so'z bilan aytganda, odamni zohiriga qarab botinini o'rganuvchi yuz berayotgan jarayonlar qanday o'zgarishlarshga olib kelishini asosli bashorat qiladigan fandir" [4:12,13]. Bekmuradov M. Fikricha, farosat ilmi o'z rivojida sotsiollgiya, psixlolgiya, falsafa, pedagogika, xiromantiya, frenologiya, semiotika, iqlim, rang, tovush, hid bilan bog'liq hodisalarni maxsus o'rganuvchi fanlarga tayanadi. Asarda farosat ilmi shaxsning ma'naviy, ijtimoiy-intellektual taraqqiy etganlik darajasi, insonning o'zidagi hayotiy ehtiyojlarini qondirish ko'lamini aniq belgilay olish mezoni va nihoyat hayotda yashash va faoliyat yuritish sifatining eng muxim ko'rsatkichi sifatida namoyon bo'lishi va bu ilmning markazida anglash yotishi haqidagi g'oyalari juda ham to'g'ridir.
Farosat ilmi madrasa ta'limining integrativ funksiyasini bajargan, ya'ni, o'rganilayotgan turli yo'nalishdagi darslar mazmunini uyg'unlashtiruvchi fan sifatida alohida o'rin tutgan. Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent, Balx, Qo'qon, Hirot va Bag'dod oliy madrasalarida Farosat ilmi talabalarga to'rt yil mobaynida o'tilib, ikki vazifa ijrosi, ya'ni ilmiy hamda hayotiy masalalar bo'yicha nostandart holatlarga eng maqbul yechimlar topa olish va o'tilgan fanlarning o'zlashtirilganlik darajasini aniqlovchi imtihon tarzida, ya'ni yakuniy davlat va jamiyat sinovi shaklida tashkil etilgan. Farosat ilmi fanidan muvaffaqiyatli o'ta olmagan bitiruvchi o'z hisobidan yana bir yil madrasada qolib alohida dastur asosida tahsil olishga majbur bo'lgan. Mabodo talaba ikkinchi marotaba ham Farosat ilmidan yetarli darajada salohiyat namoyon eta olmasa, unga qayta imtihon topshirish huquqi berilmagan va umumiy ma'rifati nisbatan sust deb hisoblangan chekka qishloq maschidiga sufi lavozimiga tayinlanib jo'natilgan. Sufi lavozimida faoliyat yuritgan shaxsga esa masjid imomi lavozimiga kutarilish huquqi berilmagan. Shu tariqa Farosati sust xodimning yuqoriroq lavozimga ko'tarilib, jamiyatga keltirishi mumkin bo'lgan zararning oldi olinishi uchun ma'naviy huquqiy asos yaratilgan [4:8,9].
Farosat uch turga bo'linadi: iymoniy farosat, kasbiy farosat, xilqiy farosat. Iymoniy farosat faqat mo'min bandalarda bo'ladi. Mo'minlarning ichidan ham Allohning nuriga musharraf
April, 2023
102
bo'lganlargina sazovordirlar. Imon qancha kuchli bo'lsa, farosat ham shu darajada o'tkir bo'ladi. Qalb - mo'minning ko'zgusidir. Zero, Giyloniy o'z asarlarida Payg'ambarimiz alayhissalomning "Mo'minning farosatidan qo'rqing, chunki u Allohning nazari bilan boqadi" [7:31] degan hadisni misol keltirganlar. Bu holatda qalb o'zida hamma narsaning to'liq va haqiqiy aksini ko'rsatadigan ko'zguga aylanadi. Ular Allohning nuri ila haq va botilni, halol va haromni, toat bilan ma'siyatni farqlaydilar. Alloh man etgan chegaralarni aslo buzmaydilar. Payg'ambarlar, avliyolar va solih bandalar iymoniy farosat sohibidirlar. Odamlar Alloh nuri bilan qaraydigan mo'minlarga ozor berishdan saqlanmoqlari kerak.
Kasbiy farosat "Muktasab", ya'ni kasb qilib erishiladigan farosat nafaqat mo'minlar balki, boshqalarda ham bo'ladi. U imonni taqozo etmaydi. Ko'p o'qib-o'rganish, mashq qilish va riyozat bilan yuzaga chiqadi. Buni ko'proq kashfiyotchilar, daholar, mashhur siyosatdonlar hayotini va ular amalga oshirgan ishlarda kuzatsa bo'ladi.
Xilqiy farosat inson miyasi katta yoki kichik bo'lishi, burmalarining qay darajada ko'p bo'lishi uning aqlli va salohiyatli ekanligini ko'p jihatdan belgilab beradi. Inson miyasining og'irligi taxminan 1400 gramm va undagi neyron hujayralar 16 milliardga yaqindir. Odam zoti boshqa jonzotlardan miyasining hajmi va og'irligi borasidan farq qiladi, ajralib turadi. Demak, inson farosatli yoki farosatsiz bo'lishi mumkin ekan. Shuning uchun tariqatlar, tasavvuf allomalari farosatning inson ma'naviy olamining asosi sifatida ko'ra olganlar.Uning mavjudligi insonda zehn o'tkirligi, sezgirlik, ziyraklikni oshirar ekan. Farosat axloqiy komillik, ma'nvaiy yetuklik asosi sifatida talqin etiladi.
Farosat fitriy, ya'ni tug'ma bo'ladi. Shuningdek ota-ona, ustoz tarbiyasi bilan kasbiy farosat hosil bo'ladi.
Manbalarda farosatni ziyoda qiladigan quyidagi amallar ko'rsatilgan: 1.Zohirni sunnatga ergashishi;2.Botinni Allohni muroqabasi, ya'ni Allohni nazoratini yodda tutishni davomiy etishi; 3.Ko'zni haromdan to'sish; 4.Nafsni ortiqcha istaklardan tiyish; 5.0'zini halol yeyishga odadlantirish.
Naqshbandiya ta'limotida "Dil ba Yoru, dast ba kor" - "Qalb Olloh bilan, qo'l ishda" shiori asosida amal qilinishi insonni imonli va halol mehnatga o'rgatadi. Farosat haqidagi yuqorida keltirilgan fikrlardan ma'lum bo'ladiki, insonni imoni qancha mustahkam bo'lsa, fahmu farosati ham shuncha kuchli bo'ladi. Halol mehnat jarayonida kasbiy farosat yuksaladi. Naqshbandiya ta'limotidagi 11 rashhaga amal qilish natijasida inson hushyor, ogoh, ziyrak bo'lib, botiniy quvvatlarni idora qila oladi. Ular ham insonni fahmu farosatli bo'lishiga yordam beradi.
April, 2023
103
Farosat ilmi insonga haqiqatni anglash uchun zarurdir. Bu ilm insonni haqiqtni anglashiga to'sqinlik qiluvchi hijoblar, pardalarni ko'tarilishiga yordam beradi [9:122,127]. Hijoblar ko'tarilishi natijasida inson g'aflatdan chiqib, mushohada maydoniga kiradi, hushyor bo'ladi. Hijoblar haqida Hujviriy "Kashf-ul-mahjub" asarida batafsil yozgan. Bahouddin Naqshband ham hijoblarni bartaraf etish yo'llarini ko'rsatgan.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa qilib quyidagilarni ta'kidlash mumkin:
1. Farosat ilmi hol ilmining yuksak ko'rinishi bo'lgan laduniy, ya'ni ilohiy ilmning vahiy va ilhomdan keyingi bosqichidir. Inson holati poklanib, ilohiylik sifatlarini egallaganda farosat ilmi namoyon bo'ladi.
2. Farosat ilmi botin ilmi bo'lishi bilan birga zohir ilmiga juda bog'langan. Bu ilm zohirni ko'rib, anglash, fahmlash va xulosalash ilimidir.
3. Farosat ilmi intuitiv bilish jarayonining maxsuli bo'lib, hissiy va aqliy bilish bosqichlarining mahsuli va ular bilan mustahkam o'zaro aloqadorlikdadir.
4. Farosat ilmi zohirni ko'rib botinni anglash, shaklga qarab, mazmunni bilish hodisani kuzatib mohiyatni fahmlash bilan birga inson botinidagi his tuyg'ularning anglashga aytiladi.
5. Tasavvuf ta'limotlari xususan Naqshbandiya kamolot yo'li nazarya va amaliyoti insonni farosat ilmidan bahramand qilish nazarya amaliyotini yaratgan va u hozirgi kungacha zaruriydir.
6. Farosat ilmi haqidagi mutafakkirlar va tasavvuf ahli ilm va amalini mukammal o'rganib, ta'lim tarbiya tizimiga joriy etish yaxshi natija beradi.
Takliflar
1. Yosh avlodni ma'naviyatli va ma'rifatli qilib tarbiyalash uchun ta'lim sifatini yuksak darajaga ko'tarish kerak. Buning uchun maktabgacha ta'lim muassasalaridan oliy ta'limgacha bo'lgan barcha bosqichlarda Farosat ilmini o'qitishni fan sifatida kiritish lozim.
2. Farosat ilmiga oid madrasalarda bo'lgan fan dasturlarini olib ular asosida har bir ta'lim bosqichiga mos dasturlar tayyorlash kerak.
3. Farosat ilmini egallay olmagan kishilarga shu sohada ishlash huquqi berilmasligini joriy etish lozim.
Umumiy xulosa qilib aytganimizda, Yangi O'zbekistonda Uchinchi Rennessans poydevorini qurish uchun fahmu farosatli ilmu ma'rifatli yosh avlodni tarbiyalash zarur. Bu vazifani amalga
April, 2023
104
ISSN: 2181-1385 ISI: G,967 j Cite-Factor: G,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1
oshirishda Bahouddin Naqshbandning ilm haqidagi g'oyalarining ahamyati kattadir. REFERENCES
1. Abdulqodir Giloniy. Futuh al-g'ayb. Arab tilidan ingliz tiliga Oftob -ad-din Ahmad tarjimasi. Muharrir prof S. M.Sayyid. Hindiston. Bxavan nashriyoti. 2002. 275 b.
2. Abu Ali ibn Sino. Men anglagan dunyo. T.: "Sharq" nashriyoti, 2012 yil. 219 b.
3. Abul Muhsin Muhammad Boqir ibn Muhammad Ali. Maqomoti Xoja Bahouddin Naqshband / Forsiydan tarjimon, so'z boshi, izoh va lug'at muallifi Mahmud Hasaniy. - Toshkent: O'zbekiston, 2019. - 335 b.
4. Bekmurodov M. Farosat ilmi. -T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot - matbaa ijodiy uyi, 2022. 192 b.
5. Ma'naviy tarbiya: XrestomatiY. T.: Turon zamin ziyo. 2014. 402-bet.
6. Muhammad Porso. Faslu-l-xitob. Qo'lyozma. Tarjimon Namozov Bobir. -Buxoro: Kogon, Naqshbandiya tariqati muzeyi fondi. Inv. 42. 268- b.
7. Muhyiddin Abu Muhammad Abdulqodir Giloniy. Rabboniylikni anglash. Tarjimon: To'lqin Iyso o'g'li T.: "Sharq" nashriyot - matbaa -aksiyadorlik kompaniyasi, 2015.368 b.
8. Namozov B. Abu Bakr Kalobodiy tasavvufiy qarashlarining falsafiy asoslari. T.: "Fan", 2009. 78- b.
9. Navro'zova G.N. Xoja Bahouddin Naqshband hayoti va ma'naviy merosi. - T.: Fan, 2021. - 244 b.
10. Фарханги забoни тожики. Жилд 2. MocKBa: Нашриёти "^вет^ая Энциклoпeдия", 1969. 949 с .
11. Фархднги тафсири зaбoни тожики. Душанбе: Дoниш, 2008. 247 с.
12. Faxruddin Ali Safiy. "Rashahot" (Obi hayot tomchilari). Tabdil va so'ng so'z muallifi: Mahmud Hasaniy. T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashr., 2003. 536 b.
13. Яъкуб Чархий. Ришлаи унция (Дустона сухбат). Тaржимoн ва шархлар муаллифи С. Рaхмoнoв. - Самарканд: "Самарканд давлат чет тиллар университета" нашриёти, 2022. 78 б.
14. Яъкуби Чархий. Ришла дар машкиб ва акрид. Уз.Р. ФА. Шаркшушслик институти кулёзмалар фoнди. № 54-78 / ВИИ-45 в.
April, 2023