DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-433-437
TASAVVUF TARIXI, MAXMUD ASAD JO'SHON HAYOTI VA TASAVVUFIY QARASHLARI
Sevara Hamidullayevna Po'latxodjayeva
O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafa yo'nalishi I bosqich
magistranti sevara29@mail.ru
Mazkur maqolada Tasavvuf tushunchasi, uning mohiyati, tasavvufning yirik namoyondasi Maxmud Asad Jo'shon hayoti va tasavvufiy qarashlari, tariqat yo'nalishlari o'rganilgan. Bundan tashqari, maqolada "komillik" tushunchasining tasavvuf tariqatlaridagi ahamiyati qiyosiy tahlil etilgan.
Kalit so'zlar: So'fiylik, Zuhd, Zoxidlik, Zikr, Vird, Qutb, Avtod, Murid, Pir, Aqtob, Chilton, Shayx.
This article examines the concept of Sufism, its essence, the life and mystical views of the great representative of Sufism, Mahmoud Assad Joshan, and the directions of the sect. In addition, the article provides a comparative analysis of the importance of the concept of "perfection" in mystical teachings.
Keywords: Sufism, Zuhd, Asceticism, Zikr, Vird, Qutb, Avtod, Murid, Pir, Aktab, Chilton, Sheikh.
Tasavvuf, so'fiylik - islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yo'llovchi ta'limot. Tasavvuf so'zining o'zagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb e'tirof etilgan. U "Muqaddima" asarida tasavvuf "suvf' - "jun", "po'stin" so'zidan olingan bo'lishi kerak, zero qadimdan tarki dunyo qilgan zohidlar jundan to'qilgan kiyim yoki po'stin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi ahli dunyolardan farqli hayot tarzini o'zlarida namoyon etganlar.[1]. Tasavvuf va "so'fiy" so'zlari IX asrning boshlarida yashagan Abu Hoshim So'fiydan boshlab joriy etilgan. Undan oldingi davrlarda bu atama o'rnida "zuhd" ("zohidlik", "tarkidunyochilik"), "taqvodorlik", "parhezkorlik" kabi so'zlar ishlatilgan. Ibn Xaldunning fikriga ko'ra, sahobalar, tobeinlar va
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
ulardan keyingi asr kishilarida hidoyat, ibodat, taqvo va zohidlik
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-433-437
kabi his-tuyg'ular mujassam bo'lgan. Lekin hijratning II asri va undan keyingi davrga kelib, odamlarning ko'pchiligida mazkur xususiyatlar o'rnida dunyoparastlik, din ishlariga beparvolik, kibr va riyokorlik kabi salbiy xususiyatlar paydo bo'la boshlagandan keyin obidlik va zohidlikni ixtiyor qilgan bir guruh kishilar tasavvuf va so'fiylik nomi bilan ajralib chiqqanlar. Tasavvuf turli davrlarda turlicha talqin qilingan. Masalan: Ma'ruf al Karxiy (815 y.v.e.) fikricha, "tasavvuf - haqiqat sari intilish, odamlardan ta'magirlik qilmaslik va faqirlikni ixtiyor etishdir". Zunnuni Misriy (859 y.v.e.), "So'fiy boylik istab o'zini charchatmas va yo'qotgan boyligiga achinib, bezovta bo'lmas", desa, Junayd al BagModiy (909 y.v.e.) "tasavvuf - qalbni sof tutmoq, tug'ma zaiflik va noxush axloqlardan forig' bo'lib, hayvoniy va nafsoniy tuyg'ular ustidan g'alaba qilmoq", deb ta'rif bergan. Shuningdek "tasavvuf bir uy bo'lsa, shariat unga kiradigan eshikdir", deb ham tarif berilgan. [2]. So'fi Olloyor bu ta'rifni quvvatlab: Shariatsiz kishi uchsa havog'a, Ko'ngil berma aningdek xudnamog'a, deb yozadi. Misirlik olim Ibrohim Basyuniy "Islomda Tasavvufning paydo bo'lishi" kitobida hijriy III va IV asrlarda yashab o'tgan olimlarning tasavvuf haqidagi 40 ta ta'rifini keltiradi[3]. Tasavvufda tasavvufning o'ziga xos istilohi mavjud. Masalan, tasavvuf ilmidan saboq beruvchi shaxs - shayx, murshid, pir, eshon, xoja, mavlo, mavlono, maxdum kabi unvonlar bilan tanilgan. Tasavvufdan saboq oluvchi shaxs - murid, solik, ahli dil, ahli hol, mutasavvif kabi nomlar bilan atalgan. Tasavvuf bo'yicha oliy maqomlarga erishgan sohibkaromat pirlar - valiy, avliyo, qutb, aqtob, avtod, chilton, abdol, abror, ahror, nujabo, nuqabo, siddiq, g'avs kabi so'zlar bilan ifodalangan. Tasavvuf ahli ba'zan oshiq, faqir, haqir, darvesh, qalandar, zohid, orif, devona, ahli muhabbat, ahli suluk, rijolul g'ayb, savdoyi, gado kabi atamalar bilan ham ifoda etilgan. Tasavvuf istilohi asosida ijod etgan shoirlar majoz uslubini tanlashgan. Shuning uchun haqiqat, majoz, tashbeh, istiora kabi mantiqiy qoidalardan boxabar bo'lmagan kitobxon Navoiy, Fuzuliy, Atoyi, Umar Xayyom kabi mumtoz adabiyot namoyandalarining she'rlarini to'la anglashi qiyin kechadi. [4]. Tasavvuf tarixida ko'p olimlar tasavvufga doir so'zlar izohiga bag'ishlangan lug'at va qomuslarni yozib qoldirishgan. Tasavvuf ta'limotining markazida Inson turadi, aslida buni inson ruhiyati haqidagi fan desa ham bo'ladi. Mutafakkir ajdodlarimizni qiziqtirgan asosiy masala insonni uning o'ziga anglatish, insonni tushunish edi. Inson kim, uning buyukligi nimada, inson o'z faoliyatida ozodmi yoki qul, agar qul - banda bo'lsa, kimga banda, uning erki nimala-yu erksizligi nimada? insonni qanday qilib qutqarish kerakligi, ushbu savollar har doim kun tartibida bo'lib kelgan va shu bois tasavvuf
ahli axloqiy tarbiyaga juda katga ahamiyat bergan. Aynan
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-433-437
shunday ilm savollariga javob topishda Naqshbandiya tariqati orqali javob topishimiz mumkin. Aynan Bahovuddin Naqshbandga ta'lim berishda ham ustozlaгi ikki toifaga bo'linib ta'lim beгishgan. [5] Shu o'rinda shuni alohida aytishimiz mumkinki I.A.Karimov o'zining "Yuksak ma'navyat yengilmas kuch" asaгida ham aytilganidek haг bittta ilm vakiligiga ham ta'lim hamda tartiya olishi keгak, zeгo taTbiyani qushning ikki qanotiga o'xshatish mumkin deb bejizga takidlamaganlar. Inson oreularining intihosi yo'q. Mana shuning uchun tasavvuf ahli insonni moddiy e^^oj^^an g'olib kelishga, o'zining ilohiyligiga qarab boгish , muqaddasligini o'ylash, ulug'ligiga munosib harakatlar qilishga undagan. Buning uchun vujudni unutish, foniylik nazariyasi, tariqat g'oyalaгi yuzaga keldi. Tasavvuf ahli shu g'oya^ asosida insokda manmanlikni yengish, odamning ruhini chiniqtirish, ma'naviyatini yuksaltirish bilan kuchaytirishga harakat qiladi. Maxmud Asad Jo'shon asli ota bobolari Buxoradan bo'lib, bu buyuk tasavvuf olimi 1938-yilda Turkiyaning Chanoqal'a shahrida tavallud topgan va 2001-yilda umrining oxirigi yillarida makon topgan Avstralyada vafot etgan. Bu buyuk tasavvuf ilmi vakili nafaqat tasavvuf bo'yicha balki, aynan tariqatlaMan Naqshbandiya tariqati bo'yicha ham katta ilmiy yo'l ochgan buyuk olim hisoblanadi. Aynan bu tasavvuf vakili orqali Naqshbandiya tariqati qadimgi Turan, hoziïgi O'zbekiston hududidan butun olamga yoyildi.
U kishi - 30 dan ortiq ma'rifiy, fiqhiy va tasavvufiy kitoblar, 400 dan ziyod maqola muallifi. Arab, fors, ingliz, olmon (nemis), tillarini yaxshi bilgan olim Markaziy Osiyo, Sharq mamlakatlari, AQSh, Yaponiya, Olmoniya, Daniya, Avsfraliya, Gollandiya kabi o'lkalami kezib, islomiy tasavvuf mavzuida jonli suhbatla^ ma^uzato qilganlar Tafsñ, hadis, fiqh, e'tiqod va tasavvuf ilmida yetuk bo'lgan bu alloma tegrasidagi talab ahlining ma'naviy kamolotiga ko'ra, «Shayxi valitarosh», ya'ni avliyolaг yetishtiгuvchi shayx deb atalmoqdalar Qo'lingizdagi kitob Mahmud As'ad Jo'shon hazratlarining biг nechta asariaridan saralab olingan muhabbat saboqlaridir. Unda Islomning asl mohiyati ixtiloflar, janjallar va nizolar emas, balki ezgulik va mehr-muhabbat ekanligi uqdirilgan, qanday qilib Allohning sevikli bandasi bo'lish yo'llari, ma'naviy kamolot asoslaгi bayon etilgan. Maxmud Asad Jo'shonning "Haqiqiy sevgi" asari tasavvuf g'oyalaгi, uning tariqatlari, taгiqatlaгdagi g'oyalaг va fa^li jihatlaгi alohida tasvrlangan buyuk asari hisoblanadi. [6]. Bu asarning eng asosiy jihati Muhabbat yo'li-muvaffaqiyat yo'lidri deb nomlangan va unda, alloh muhabbatiga erishish uchun insonlarning qanday tareda hayot yo'lini tanlasЫaгi ke^ligi ko'гsatilgan. Sevgilaming eng oldinda keladigani, eng keгaklisi, eng go'zali,
eng yuksagi alloh sevgisidir Inson yaxshiraq va teгanгoq o'ylasa,
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-433-437
o'zi sevgan barcha go'zalHklarning ortida mulkning mutlaq sohibi, butun olamlarning Rabbisi - Parvardigori - Zul-jaloli val-jamol hazratlarini ko'rgay deb, ya'ni alloh muhabbati eng oliy muhabbat bolioshi kerak deb tasvirlangan. Alloh muhabbatiga erishish yo'li insonning engbasosiy yo'lidir, bu yo'l aynan naqshbandiya yo'li hisoblanadi. Aynan tasavvufning yirik vakillaridan biri bo'lgan Bahouviddin Naqshband tariqatida ham juda ko'p shogirdlari bu ilm salohiyatiga juda katta hissa qo'shgan.
Maxmud Asad Jo'shon asarlarida alloh muhabbati banda uchun har turli xayrning, yaxshilikning va go'zallikning asli, bosh manba'i, bitmas-tuganmas shavq, zavq va kuch-quvvat omili bo'ladi. Alloh muhabbatiga erishish yo'lida qul va ishq so'zlari alohida tasvirlangan. Bu tasavvufda alloh muhabbatiga erishsa qul deb ataladi.
Alloh sevgisiga erishmagan qul ham bo'ladi, ammo bemaza bo'ladi, qabih bo'ladi, qo'rs- qo'pol bo'ladi, buzg'unchi bo'ladi, osiy bo'ladi, deyiladi yanikim allohni tanimagan, bilmagan har qanday odam hech qanday muvaffaqiyatga erishmaydi deb tasavvuf olamida tarif beriladi.
Islomning mohiyati Alloh sevgisidir, shundan Rasululloh sevgisi, Qur'on sevgisi, iymon sevgisi, ibodat sevgisi, xayrot va hasanot sevgisi, musulmon sevgisi, ixvon -qardoshlik, birodarlik sevgisi, inson sevgisi, san'at sevgisi kabi turlari mavjud.
Tasavvufning asosi - qullarga Allohni, Allohga qullarni sevdirmoqdir. Tasavvuf buni juda zarif, juda nozik, juda teran usullar bilan ta'minlagay; qulni oshig'i sodiq va muhibbi Xoliq holiga keltirgay. Mavlono Jaloliddin Rumiyning «Masnaviy»si ishqdir, nayning navosi ishqdir, Fuzuliyning she'ri ishqdir, Yassaviyning «Hikmat»i ishqdir, Ibrohim Haqqiyning «Ma'rifatnoma»si ishqdir, Yunusning «Ilohiy»lari ishqdir, Itriyning bastalari ishqdir, obidning xilvati ishqdir, darvishning zikri ishqdir, mujohidning jihodi ishqdir, muhoribning «Alloh, Alloh», deb yovga qarshi qilgan hamlasi ishqdir, shahidning jon bermog'i ishqdir, g'oziyning g'azo rutbasi - g'oziylik martabasi ishqdir. [7].
Yuqoridagi fikrlardan shuni xulosa qilish mumkinki, tasavvuf islom shariati talablarini ham ixlos bilan bajargan holda zuhd, taqvo, kamtarlik kabi oliyjanob fazilatlarni o'zida mujassam etib, nafsni poklash yo'li bilan komil inson darajasiga erishishga harakat qilishdan iborat. tasavvuf
XULOSA
tariqatlari axloqiy Naqshbandiya ta'limoti g'oyalari insoniyatni
April, 2022
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-2-433-437
kamolotga yetaklaydi va tanazzuldan asraydi. Olib borilgan tadqiqot natijalarining ko'rsatishicha, Maxmud Asad Jo'shonning tasavvuf tarixi bo'yicha, tariqatlar bo'yicha juda katta ilmiy ilmiy qoldirgan. Bahouddin Naqshbandning ta'limiy-axloqiy merosidan maqsadga muvofiq hamda samarali foydalanish, alloma g'oyalarini o'rganish jarayonida o'quvchi va talabalarning yosh psixologik xususiyatlarini hamda qiziqish va ehtiyojlarini inobatga olish, alloma qarashlari mohiyatidan to'laqonli xabardor bo'lishlari o'rganilayotgan muammoning ijobiy yechimga ega bo'lishini ta'minlaydi. Bahouddin Naqshband ta'limiy-axloqiy merosi g'oyaviy diniy, falsafiy, madaniy ta'lim-tarbiya ildizidir va milliy istiqlol mafkurasining bosh g'oyasi ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayotni ta'minlashga xizmat qiladi. Tasavvuf v auning tariqatlarini o'rganish orqali biz, jamiyatda komil inson g'oyasini shakllantiramiz, shuningdek alloh muhabbatiga erishish uchun inson qaysi tariqatdan borishi kerakligi ham aynan shu bilimlar orqali tanlanadi. Zero har bir insonda komillik ilmi shakllansa uning jamiyatga ma'naviy tasiri ijobiy holda bo'ladigan bo'lsa, mamalakatning ham ilm va salohiyat bo'yicha va diniy va dunyoviylik bo'yicha yuksak salohiyatli kadrlari yetishib chiqadi.
REFERENCES
1. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasavvur. Toshkent. Hilol, 2019. - B 4.
2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasavvur. Toshkent. Hilol, 2019. - B 5.
3. A. Sh. Juzjoniy. Tasavvuf va inson. Toshkent. 2001. - B. 9.
4. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tasavvuf haqida tasavvur. Toshkent. Hilol, 2019. - B 7.
5. Buxoriy Sadriddin Salim. Bahouddin Naqshband yoki yetti pir. Buxoro. 2006.
6. Voxidov R., Maxmudov M, Azimov Yu. Ulug„ Xojaning ibrat va hikmatlari. Pedagogik mahorat, 2005. 1-son. -B.
7. Мухамеджанова Л.А. (2021). РОЛЬ НРАВСТВЕННОГО ВОСПИТАНИЯ В РАЗВИТИИ ЛИЧНОСТИ. Вестник Евразийского национального университета имени Л. Н. Гумилева. Серия: Исторические науки. Философия. Религиоведение, (2 (135)), 123-133.
8. 2. Qaxxarova, M. (2021). SOCIAL-SPIRITUAL ENVIRONMENT OF SOCIETY AND SPIRITUAL IDEAL. Oriental Journal of Social Sciences, 30-36.
9.Мухамеджанова, Лалихон Ашуралиевна (2019) «РОЛЬ НРАВСТВЕННОСТИ В ОБЩЕСТВЕННОМ СОЗНАНИИ», Научный вестник Наманганского государственного университета : Вып. 1: Вып.
B. 14.
9 , статья 17.
April, 2022