Научная статья на тему 'ABDURAHMON JOMIY GUMANISTIK QARASHLARINING YOSH AVLODNI TARBIYALASHDAGI O‘RNI'

ABDURAHMON JOMIY GUMANISTIK QARASHLARINING YOSH AVLODNI TARBIYALASHDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
1354
155
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Insonparvarlik / tasavvuf / tarbiya / altruizm / komil inson. / Humanism / Sufism / education / altruism / perfect man.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Karimova, Lola Muzafarovna

Maqolada hozirgi globallashuv jarayonida ma’naviy tarbiyaning dolzarbligi, shuningdek yoshlar tarbiyasida Abdurahmon Jomiy qarashlarining o‘rni tahlil qilingan. Tasavvuf ta’limotining muhim jihatlariga e’tibor qaratilib, mutafakkir asarlaridagi insonparvarlik g‘oyasi tarixiy-falsafiy tadqiq etilgan. Muallif madaniy va tarixiy meros xususida to‘xtalib, hozirgi zamonning eng dolzarb masalalaridan biri ekanligini, shuningdek ta’limning umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan bo‘lishini ta’kidlaydi. Mutafakkir ijodiy merosidagi insonparvarlik g‘oyasining yangi O‘zbekiston sharoitida barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati ko‘rsatib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF HUMANISTIC VIEWS OF ABDURAHMAN JAMI IN THE RAISING OF YOUNG GENERATION

The article analyzes the relevance of spiritual education in the modern process of globalization, as well as the role of the views of Abdurahman Jami in the education of young people. Special attention is paid to the important aspects of Sufism, the philosophical interpretation of the idea of humanism in the works of the thinker is revealed. The author takes into account that one of the most pressing problems of our time is the revival of the cultural and historical heritage of the past, education should be based on universal values and at the same time be built in accordance with the values and norms of national culture and regional traditions. The importance of humanism in the creative heritage of the thinker in the upbringing of a harmoniously developed generation in the conditions of New Uzbekistan is analyzed.

Текст научной работы на тему «ABDURAHMON JOMIY GUMANISTIK QARASHLARINING YOSH AVLODNI TARBIYALASHDAGI O‘RNI»

Scientific Journal Impact Factor

ABDURAHMON JOMIY GUMANISTIK QARASHLARINING YOSH AVLODNI TARBIYALASHDAGI O'RNI

Lola Muzaffarovna Karimova

Buxoro muhandislik texnologiya instituti mustaqil tadqiqotchisi

Maqolada hozirgi globallashuv jarayonida ma'naviy tarbiyaning dolzarbligi, shuningdek yoshlar tarbiyasida Abdurahmon Jomiy qarashlarining o'rni tahlil qilingan. Tasavvuf ta'limotining muhim jihatlariga e'tibor qaratilib, mutafakkir asarlaridagi insonparvarlik g'oyasi tarixiy-falsafiy tadqiq etilgan. Muallif madaniy va tarixiy meros xususida to 'xtalib, hozirgi zamonning eng dolzarb masalalaridan biri ekanligini, shuningdek ta'limning umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan bo 'lishini ta'kidlaydi. Mutafakkir ijodiy merosidagi insonparvarlikg'oyasiningyangi O'zbekiston sharoitida barkamol avlodni tarbiyalashdagi ahamiyati ko'rsatib berilgan.

Kalit so'zlar. Insonparvarlik, tasavvuf, tarbiya, altruizm, komil inson.

РОЛЬ ГУМАНИСТИЧЕСКИХ ВЗГЛЯДОВ АБДУРАХМАНА ДЖАМИ В

ВОСПИТАНИИ МОЛОДОГО ПОКОЛЕНИЯ

Каримова Лола Музаффаровна

Независимый исследователь Бухарского инженерно технологического института

АННОТАЦИЯ

В статье анализируется актуальность духовного воспитания в современном процессе глобализации, а также роль взглядов Абдурахмана Джами в воспитании молодежи. Уделяется особое внимание на важных аспектах суфизма, раскрывается философская трактовка идеи гуманизма в произведениях мыслителя. Автор учитывает, что одной из актуальнейших проблем современности становится возрождение культурно-исторического наследия прошлого, воспитание должно основываться на общечеловеческих ценностях и одновременно строиться в соответствии с ценностями и нормами национальной культуры и региональными традициями. Анализируется значение гуманизма в творческом наследии мыслителя в воспитании гармонично развитого поколения в условиях Нового Узбекистана.

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor

Ключевые слова. Гуманизм, суфизм, воспитания, альтруизм, совершенный человек.

THE ROLE OF HUMANISTIC VIEWS OF ABDURAHMAN JAMI IN THE RAISING OF YOUNG GENERATION

The article analyzes the relevance of spiritual education in the modern process of globalization, as well as the role of the views of Abdurahman Jami in the education of young people. Special attention is paid to the important aspects of Sufism, the philosophical interpretation of the idea of humanism in the works of the thinker is revealed. The author takes into account that one of the most pressing problems of our time is the revival of the cultural and historical heritage of the past, education should be based on universal values and at the same time be built in accordance with the values and norms of national culture and regional traditions. The importance of humanism in the creative heritage of the thinker in the upbringing of a harmoniously developed generation in the conditions of New Uzbekistan is analyzed.

Keywords. Humanism, Sufism, education, altruism, perfect man.

Mustaqillikni qo'lga kiritgan ilk kunlardan boshlab mamlakatimizda Ыг yuz o'ttizdan ortiq millat va elat vakillari bir butun oiladek ahil va farovon yashab kelmoqda. Ana shunday ko'p sonli millat va elat vakillarining birgalikda hamkor va hamjihat bo'lib umT kechirishi natijasida ulaming haг biгi ma'naviy va madaniy jihatdan boyib, o'zaгo munosabatlaг ta'sirida ko'p millatli xalqimizning tuгmush tarn yanada yuksalmoqda. Bu yuгtimizda o'ziga xos tarzda e'tiboг beгilayotgan insonparvarlik siyosatining yuksak namunasidir. Ayni paytda turli millat va elat vakillariga nisbatan g'amxo'гlik qilish, ulaming jamiyatda o'z o'mini topishga ko'maklashish, o'zgalaming milliy an'ana va qadгiyatlaгini asrab-avaylash, ularni yanada гivojlantiгish, boyitish masalasi davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishiga aylangan.

Karimova Lola Muzafarovna

Independent researcher Bukhara Engineering Technological Institute

ANNOTATION

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA.

Tadqiqot manbalarini ajdodlarimizning boy madaniy merosi, Sharq mutafakkirlari asarlari, tazkira va maqomatlar tashkil qiladi.

Tadqiqot usullari: tadqiqot muammosiga doir Sharq mutafakkirlari asarlarini o'rganish va tahlil qilish.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev tomonidan BMTning 72-sessiyasi qatnashchilariga "Ma'rifat va diniy bag'rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyusiyani qabul qilish to'g'risidagi taklifi uning jahon miqyosida "jaholatga barham berish, bag'rikenglik va o'zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinliklarni ta'minlash, e'tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo'l qo'ymaslikka ko'maklashishga qaratilgan" [1] bo'lib, tasavvuf ta'limotining eng muhim tamoyillaridan birini hayotga tatbiq etishga yo'naltirilgan.

Insonparvarlik tushunchasi lug'atlarda insonning qadri, erkinligi, baxt-saodati, teng huquqliligi, insoniylikning barcha tamoyillarini yuzaga chiqarish uchun shart-sharoitlar yaratib berish haqida g'amxo'rlik qilishni ifodalovchi tushuncha sifatida namoyon bo'ladi. Unga ko'ra, dunyoda eng qimmatli narsa insondir, butun mavjudot, borliq insonga, uning baxt-saodatiga xizmat qilishi lozim. Inson taqdiri, xalq manfaatlari, mamlakat kishilari haqida g'amxo'rlik insonparvarlikning asosiy masalasidir. Insonparvarlik g'oyalari o'zining uzoq tarixiga ega bo'lib, odamlarning baxt-saodat va adolatga erishish orzulari tarzida qadimdan xalq og'zaki ijodida, adabiyotda, diniy va falsafiy ta'limotlarda o'z aksini topib kelgan. Umuman olganda, islom dinidagi insonparvarlik insonni axloqiy jihatdan kamol toptirish lozimligini ta'kidlab, unga aniq ko'rsatmalar beradi. Ko'pgina adabiyotlarda insonparvarlik tushunchasi va uning asosiy g'oyalari altruizm atamasi orqali ifodalanadi.

Altruizm (frans. altruisme, lot. alter - boshqadan) - axloqiy tushuncha, uning negizida boshqa kishilarga xolis xizmat qilish, ularning baxt-saodati uchun o'z shaxsiy manfaatlarini qurbon qilish yotadi. Altruizm tushunchasi falsafaga egoizm tushunchasining ziddi sifatida fransuz faylasufi va sotsiologi O. Kont tomonidan kiritilgan.

IX-XII asrlarda Markaziy Osiyodagi tasavvuf tariqatlari g'oyalarida ham futuvvat, javonmardlik, insonparvarlik, jamiyatni insonparvarlashtirish masalasi asosiy yo'nalish sifatida qayd etilgan. Qadimiy Xuroson va Movarounnahr shaharlarida X asrdan boshlab javonmardlik harakati va futuvvat g'oyalari ancha keng yoyilgan. Javonmardlar muayyan qoida-talablarga rioya etar, ma'naviy va

Scientific Journal Impact Factor

jismoniy yetuklikka intilib, qaerda bo'lmasinlar va qanday amal bilan mashg'ul bo'lmasinlar, o'zlarida mardlik va oliyjanoblik namunasini ko'rsatar, zulm va haqsizlikka qarshi kurashar, xo'rlanganlar va tahqir etilganlarni himoya qilardilar. Ular nazdida dunyo boyligi emas, balki inson qadri ustun turgan, javonmardlar oltin-kumushni nazar-pisand qilmaganlar, balki uni ma'naviy taraqqiyot uchun bir vosita deb qarashgan. Islom dinida Haqqa xizmat qilishning asosiy yo'li sifatida amaliy, faol insonparvarlikka e'tibor qaratilgan.

Tasavvuf ta'limotida ma'naviy-axloqiy fikrlar, umuminsoniy qadriyatlar va insonparvarlik g'oyalari keng o'rin olgan. Tasavvuf ta'limoti insonparvarlik g'oyalarini asosiy o'ringa qo'yuvchi va targ'ib etuvchi falsafiy ta'limotlar bilan aloqadorlikda rivojlangan. Insonparvarlik tushunchasi tasavvufga oid birlamchi manbalar va asarlarda to'g'ridan-to'g'ri uchramasa-da, futuvvat, javonmardlik, saxiylik kabi turli ma'nolarda qo'llanilgan. Futuvvat, javonmardlik g'oyasi bugungi kun kontekstida ishlatiladigan insonparvarlik tushunchasining mazmunini to'liq qamrab olmasa-da, o'z davrida tasavvuf tariqatlarida mardlik, javonmardlik, saxovat, barcha insoniy fazilatlarni o'zida mujassam etgan xos ahli (so'fiylar)ning axloqi bo'lgan.

Abdurahmon Jomiyning insonparvarlikka oid qarashlari mutafakkirning qator asarlarida o'z ifodasini topgan. Allomaning "Bahoriston" asari uning boshqa asarlaridan farqli ravishda umuminsoniy aqidalar va insonparvarlik g'oyalarining ko'pligi bilan ajralib turadi. "Bahoriston"ni Abdurahmon Jomiy Sa'diy Sheroziyning "Guliston" asariga o'xshatib juda go'zal tarzda tartibga keltirgan. Jomiy o'zining insonparvarlik g'oyalarini obrazlar orqali ham, (zarur bo'lganda) asosiy syujet chizig'idan tashqarida qoladigan chetga chiqishlar va muayyan boblarda ham ifodalab bergan. Aniqrog'i, shoir o'z fikrlarini ham she'riy, ham mavhum shaklda ifodalab berishga erishgan.

Yosh avlodni komil inson ruhida tarbiyalashda ma'naviy merosimizdagi bunyodkor g'oyalarning o'rni kattadir. Ayniqsa Sharq adabiyotining zabardast vakillari mavlono Abdurahmon Jomiy va hazrat Alisher Navoiyning ma'naviy merosi, undagi komil inson g'oyasi bugungi kun tarbiyasida muhim ahamiyatga ega bo'lgan ma'naviy manbalardan biridir.

Abdurahmon Jomiyning qimmatli ma'naviy xazina bo'lgan hikmatli fikrlari to'plangan "Bahoriston" asaridagi g'oyalarining ham sog'lom avlodni tarbiyalashda o'rni katta bo'lib, mutafakkir tomonidan o'z o'g'lining ta'lim-tarbiyasi maqsadida yozilgan bu asar butun insoniyat uchun juda keraklidir [9-10].

Scientific Journal Impact Factor

"Bahoriston" asarini ezgu g'oyalar to'plangan, hikoyat, naql, go'zal baytlar jamlangan sakkiz jannat ravzasi bilan qiyoslash mumkin. Bu asaridagi bunyodkor g'oyalardan biri do'stlik, kechirimlilik, murosa va adolatdir. "Bahoriston" asarida Iskandar obrazi orqali adolatli shoh tasvirlangan. Jomiy asarda yozadiki, Iskandardan so'rabdilar: "Nima sababdan bu davlatu saltanatni egallading va undan nima topding?" U javob berdi: "Dushmanlikni yo'qotish, dushmanlarni do'stga aylantirish va do'stlikni mustahkamlash".

Boyadat mulki Sikandar, chun vay az husni siyar, Dushmanonro do'st gardon, do'stonro do'sttar [2]. Mazmuni:

Iskandarning mulkida shunday go'zal raftor bo'lishi kerakki, Unda dushmanlar bir-biriga do'st bo'lsinlar va do'stlarning do'stligi yanada mustahkamroq bo'lsin.

Mutafakkir o'z rashhalarining birida "Aytib edilarkim, javonmardlik ul tururkim, kishi doimo mahzun va anduhlig' bo'lsa, korxonayi ilohiyda forig' o'lturmoq yaxshi ermasdur. Kishikim, onda huzn va anduh bo'lsa, ondin huzuri jam'iyatning isi kelur. Xojagon q.s.ning nisbatlari huznu andug' suvratida zohir bo'lur" [3]. Bu rashhada Abduxoliq G'ijduvoniy tomonidan asoslangan Xojagon yo'lining namoyondalari uchun javonmardlik, ya'ni futuvvat ahlining xususiyatlari xos bo'lib, ular mudom xalqning og'irini yengil qilish g'amida, qayg'usida bo'lganlar. Jomiy "korxonayi ilohiy" tushunchasi bilan borliq olamini tushunib inson bu olamda yashar ekan "forig' o'lturmoq" - g'aflatda bo'lmoq "yaxshi ermasdur" deb, "Dil ba yorlik"ni "Dast ba korlik" bilan birga uyg'un, mutanosib, mustahkam aloqada bo'lishi lozimligi va bu yo'ldagi insonlar birovni og'irini yengil qilish g'amida yurishi kerakligini ta'kidlagan. Bu rashha orqali ham Abdurahmon Jomiy insonlarni butun olamni keng va chuqur tafakkur etib, o'z hayotlarining mazmun mohiyatini anglashga chaqiradi. U har bir insonni g'aflat uyqusidan uyg'onib, hushyor va ogoh bo'lib, jamiyatda o'z o'rnini topib butun insoniyatning baxt saodati va farovon yashashi uchun o'z vazifasini halol bajarish bilan mashg'ul bo'lishiga chaqiradi.

"Bir kishi ulardan so'radikim: "Nisbat ne tururkim, siz Hazrat tasavvufni kam aytursiz?"Aytdilar: "Bu ishkim bir - birovga bir zamon bozi erduk" [4]. "Boz" forscha so'z bo'lib, tasavvufda o'z borlig'ini mahv etuvchi, hamma narsadan kechuvchi ma'nosini anglatadi [5]. Bu rashha orqali Abdurahmon Jomiy to o'zini to'la mahv etib, hamma narsadan kechish darajasiga yetguncha holati boshqa bo'lgan va tasavvuf haqida ko'p gapira olgan. Tasavvufiy holatga kirgan Jomiy endi o'z

Scientific Journal Impact Factor

holatini so'z bilan oshkora etolmas edi. Bu ko'rsatadiki On chiz, ki ayon ast hojati bayon nes -"Ul narsakim ayondir, uni bayon etishga hojat yo'qdur.

"Bahoriston" asaridagi bunyodkor g'oyalardan yana biri saxiylik, ochiqko'ngilli bo'lish va o'zaro yordamdir. Asarning to'rtinchi ravzasida himmat va saxovat egasi bo'lgan Hotam haqida hikoyat keltiriladi. Hotamdan so'raydilar: "O'zingdan ham karamliroq, ya'ni kerakli paytda yordamga tayyor bo'lgan biron kishini uchratdingmi?" U javob berdi: "Ha ko'rdim bu yetim g'ulom edi. Uning beshta qo'yi bor edi. Men uning mehmoni bo'lganimda men uchun barcha qo'ylarini ham so'yib mehmon qildi". Hotamdan bu voqeaga guvoh bo'lganidan keyin nima qilganligini so'radilar. U uch yuz qizil tuya va besh yuz qo'y berganini aytdi. Unda sen undan ko'ra karamliroq ekansan deganlariga javoban, Hotam shunday dedi: "Hayhot, u nimasi bo'lsa hammasini berdi, men bo'lsam mendagi bor narsalardan ozgina qismini berdim xolos" Hikoyat oxirida Abdurahmon Jomiy quyidagi qit'ani yozadi:

Chun gadoe, ki nimi non dorad, Va tamomi dihad zi xonai xesh. Behtar z-on buvad, ki shohi jahon, Bidihad nime az xazonai xesh [6]. Mazmuni:

Gadoykim, uyida yarimta noni bo'lsa, Uyidagi bor narsani gar bersa u. Xazinasidagi yarmini bergan bo'lsa-da, Jahon shohidan ko'ra afzalroqdir u.

Abdurahmon Jomiy bu hikoyat orqali yoshlarni, va butun insoniyatni saxovatpesha, muruvvatli bo'lishga undaydi va o'zida bo'lgan bor narsalarni o'zgalarning baxt-saodati uchun ehson qilish karamlilik fazilati ekanligini aytadi. U ehson va saxovatning qay miqdorda ekanligi emas, balki iqtisodi og'ir bo'lsa ham, o'zidagi bor narsasini berishga tayyor bo'lish ezgu fazilat ekanligini uqtirmoqda.

Abdurahmon Jomiy asarlarining g'oyaviy mazmunini tashkil etgan Naqshbandiya ta'limotining asoschisi Bahouddin Naqshband hayotiga oid manbalarning guvohlik berishicha, bu ulug' zot hayotida nimagaki erishgan bo'lsalar kuchli himmat asosida erishganliklarini ta'kidlagan va bu mazmunda shunday baytni keltirgan:

Mardoni rahash rasidaan az himmat, Z-on dar rahi o' nishoni bepaydo nest [7].

Scientific Journal Impact Factor

Mazmuni:

Himmat bilan yetdilar bu yo'lga mardlar,

Himmat bilan topursan uning nishoni.

Ma'lum bo'ladiki, kuchli himmat va mukammal harakat Bahouddin Naqshbanddek tabarruk insonni kamolotga erishish mezoni bo'lgan ekan yoshlarimizni bu tabarruk zotlar kabi mehnatsevar, doimo harakatda bo'lish ruhida tarbiyalash Jomiy hikoyatining asl g'oyasidir [11-13].

"Bahoriston" asarini barhayot bahorga qiyoslab, A'loxon Afsahzod uni yoshlar tarbiyasi uchun katta ahamiyatga ega ekanligini ta'kidlagan [8].

Jomiyning "Bahoriston" asarida bayon etilgan insonparvarlik g'oyalari boshqa asarlarda ham aks etgan va ular o'zaro bog'langan.

Umumiy xulosa qilib aytganimizda "Bahoriston" asaridagi insonparvarlik, do'stlik, ahillik, adolat, tinchliksevarlik, mehnatsevarlik, saxovatpeshalik, kuchli himmat, rostlik va halollik kabi bunyodkor g'oyalar yoshlarni barkamol inson qilib tarbiyalashda juda katta ahamiyatga egadir.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M. Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasining 72-sessiyasida so'zlagan nutqi. / Xalq so'zi, -Toshkent: 2017. 20 sentabr.

2. Abdurahmon Jomiy. Bahoriston. - Dushanbe: "Adib", 1987. B.160.

3. Faxruddin Ali Safiy.Rashahot: (Obi hayot tomchilari): Tarixiy-ma'rifiy asar (Tabdil va so'ngso'z muallifi: M.Hasaniy, lug'at, so'ngso'z muallifi va mas'ul muharrir: B.Umrzoq; O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti. - T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashr., 2003. - B. 205.

4. Faxruddin Ali Safiy.Rashahot: (Obi hayot tomchilari): Tarixiy-ma'rifiy asar (Tabdil va so'ngso'z muallifi: M.Hasaniy, lug'at, so'ngso'z muallifi va mas'ul muharrir: B.Umrzoq; O'zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti. - T.: Abu Ali ibn Sino nomidagi tibbiyot nashr., 2003. 206 bet

5. Navoiy asarlar lug'ati. Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1972. 124-bet.

6. Abdurahmon Jomiy. Bahoriston. -Dushanbe: "Adib", 1987y. B.67.

7. Abulmuhsin Muhammad Boqir ibn Muhammad Ali. Maqomoti xoja Bahouddin Naqshband. Forsiydan tarjima, so'zboshi, izoh va lug'at muallifi Mahmud Hasaniy. -Toshkent: "O'zbekiston" NMIU, 2019. B.49.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

8. A'loxon Afsahzod. Bahoristoni bexazon /Abdurahmon Jomiy. Bahoriston. -Dushanbe: "Adib", 1987y.B. 34.

9. Кенжаева, Х. П., & Каримова, Л. М. (2019). ТАРИХИЙ ХОТИРА-ХАЛ^

КУЛЬТУРЫ,, 7(3).

10. Кенжаева, Х. (2021). Миллий маънавий меросимизда таълим-тарбия масалалари. Общество и инновации, 2(6/8), 18-24.

11. Хусейнова, А. А. (2017). ФИЛОСОФСКОЕ МИРОПОНИМАНИЯ АБДУРАХМАНА ДЖАМИ. Ученый XXI века, 88.

12. Хусейнова, А. А. (2016). СРЕДНЕАЗИАТСКИЙ РЕНЕССАНС И АБДУРАХМАН ДЖАМИ. ББК 65.34. 13 (2Рос-4Кем), 355.

13. Хусейнова, А. А. (2017). О СУЩНОСТИ ФИЛОСОФСКОГО МИРОПОНИМАНИЯ АБДУРАХМАНА ДЖАМИ. 1п Инновации в технологиях и образовании (рр. 74-78).

МАЪНАВИЯТИНИНГ

ТАРКИБИЙ

^ИСМИ. ПЕРЕКРЕСТОК

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.