Научная статья на тему 'JADIDLAR FAOLIYATIDA AYOLLARNI SAVODLI QILISH MASALASI'

JADIDLAR FAOLIYATIDA AYOLLARNI SAVODLI QILISH MASALASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
15
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jadid / ma’rifatparvar / Jadidizm / tuzum / “Usuli qadim” / ma’rifat / Ayollar huquqi / gender tenglik / maorif

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sevara Yo‘ldashova Nuraddinovna

Ushbu maqolada Turkistondagi jadidchilik harakati XIX asrning boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar, ma‘rifatchilarining Turkiston o‘lkasida ma‘rifatparvarlik g‘oyalari shuningdek,ayollarni savodli qilish borasida olib borilgan islohatlar, gender tenglik masalalari qanday targ‘ib etilganligi yoritib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JADIDLAR FAOLIYATIDA AYOLLARNI SAVODLI QILISH MASALASI»

JADIDLAR FAOLIYATIDA AYOLLARNI SAVODLI QILISH

MASALASI

Sevara Yo'ldashova Nuraddinovna

UrDPI talabasi Telefon raqam:+998919175771 E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.14185525

ARTICLE INFO

KEYWORDS

ABSTRACT

Qabul qilindi: 10-Noyabr 2024 yil Ma'qullandi: 15-Noyabr 2024 yil Nashr qilindi: 19-Noyabr 2024 yil

Jadid, ma'rifatparvar, Jadidizm, tuzum, "Usuli qadim", ma'rifat, Ayollar huquqi, gender tenglik, maorif

Ushbu maqolada Turkistondagi jadidchilik harakati XIX asrning boshlaridagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar, ma'rifatchilarining Turkiston o'lkasida ma'rifatparvarlik g'oyalari shuningdekayollarnisavodli qilish borasida olib borilgan islohatlar, gender tenglik masalalari qanday targ'ib etilganligiyoritib berilgan.

Turkistondagi jadidchilik harakati bu bir tasodif xodisa bo'lmay, balki hayotimizdagi ijtimoiy-siyosiy ziddiyatlar maxsuldir. XIX asrning boshlaridan Buxorodagi ma'rifatparvar musulmon ruhoniylari va ziyolilari orasida madrasa va maktablar tizimiga hamda islom diniga kirib qolgan bid'atlarni isloh qilish fikri paydo bo'la boshlaydi. Shunday islohot tarafdorlarini jadidchilar, ya'ni yangilik tarafdorlari deb atay boshlaydilar. Jadidizm (arabcha "jadid" so'zidan olingan bo'lib "yangi" degan ma'noni bildiradi). O'sha davrlardan boshlab bunga qarama-qarshi turgan oqim, ya'ni feodal-o'rta asrchilik, diniy fanatizm ruhida bo'lgan kishilarni esa qadimistlar, deb atay boshladilar. XIX asr oxiri-XX asrning boshlarida Turkistonda chor mustamlakachiligining kuchayishi natijasida Markaziy Osiyoning ko'p joylarida jadidchilik harakati kuchayib ketdi. Bu harakat mavjud jamiyatning ijtimoiy-madaniy asoslarini qayta qurishga qaratilgani sababli eski tuzum, eski turmush, eski maktab tarafdorlarining kuchli qarshiligiga duch keldi . Bu qarshi kuch vakillari qadim yo qadimchilar deb atalgan bo'lsa, yangi hayot shabadalarini olib kelishga uringan kishilar esa jadid yoki jadidchilar degan nom oldilar. Shu tarzda asrimiz boshlarida jadidlar va jadidchilik harakati yuzaga keldi. Turkiston xalqining boy ijtimoiy-falsafiy, diniy-axloqiy, madaniy taraqqiyotida XIX asrning birinchi choragidagi davr o'zining nihoyatda sermazmun va inqilobiy suronliligi, g'oyaviy-nazariy va mafkuraviy harakat shakllarining xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Bu holat ijtimoiy taraqqiyotning o'ziga xos yo'nalishi edi. Turkiston XIX asrning ikkinchi yarmida Rossiya tomonidan bosib olindi va mustamlakaga aylantirildi. Jadidchilikning asosiy g'oya va maqsadlari Turkistonni o'rta asrchilik, feodal qoloqlik, xurofotlardan ozod qilish, "Usuli qadim" ni inkor etgan holda o'lkani, xalqni, millatni zamonaviy taraqqiy yo'lga olib chiqish, milliy davlat bunyod etish, konstitutsion, parlament va prezident idora usulidagi ozod va farovon jamiyat ko'rish, turkiy tillarga davlat tili maqomini berish, milliy pul birligi, milliy qo'shin tuzish rus taraqqiyparvarlari, ma'rifatchilarining Turkiston o'lkasida ma'rifatparvarlik g'oyalarini tarqatish uchun imkoniyatlar yaratish edi. Demak, Turkistonda jadidchilik harakatining vujudga kelishi asta-

sekin bo'lsada milliy ozodlik mafkurasiga asoslanib bordi. Bu jarayon o'ikadagi maxalliy xalqning ongiga o'z ta'sirini o'tkaza boshladi. Natijada ular Turkistonda mustaqillik, milliy taraqqiyot uchun, xalqning manfaatlari uchun kurash olib borishga milliy-ozodlik harakati uchun zamin tayyorlashga muvaffak bo'ldilar. Yerli xalqlar orasida mustamlakachilikka qarshi ma'rifatchilik g'oyalari tarkala boshladi, yangi ta'lim-tarbiya shaxobchalari, yangi maktab, maorif, madaniy targibot, jadidchilik harakati rivoj topdi. Mana shunday sharoitda Turkistonda ko'plab ma'rifatchilar yetishib chiqdi. Turkistonda jadidchilik harakati uch soha orqali faoliyat ko'rsatdi. Bular : maorif (yangicha maktablar ochish, ta'lim usulini yangilash), san'at (badiiy adabiyot, teatr) matbuot. (gazeta jurnallar) Asosiy maqsad millatni, bir tomondan, ilm-ma'rifatli qilish bo'lsa, ikkinchi tomondan uning axloqiy darajasini yuksaltirish va ana shu ikki jihatning uyg'unlashuvi natijasida, uzligini, o'z qadrini anglagan bilimli shaxsni voyaga yetkazish edi.

Turkiston jadidchilari tomonidan ana shu maqsadni amalga oshirish yo'lida katta ishlar qilindi. Turkistonda jadidchilik harakatining yuzaga kelishida tarixiy sharoit bilan birga, XIX asrning so'nggi choragida uyg'ongan ma'rifatchilik, ma'rifatparvarlik qarashlarining ta'siri katta bo'ldi. XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi Turkistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga e'tibor bersak, marifatparvarlik mafkurasi demokratik va milliy-vatanparvarlik harakatlarining g'oyaviy mazmunini tashkil etganligini ko'ramiz. Mamlakatimizda marifatparvarlik g'oyasining kelib chiqishiga asosiy sabab, birinchidan, rus istilochilik siyosatining chuqurlashib borishi natijasida paydo bo'lgan milliy ozodlik harakatlari, ikkinchidan, g'arbdan kirib kelayotgan demokratik harakatlarning istilochilar tomonidan bo'gib qo'yilishi, uchinchidan, millatparvar - fidoiy kishilarning qattiq takib ostiga olinganligi va xatto ularning qatl etila boshlaganligi edi. Jadidchilik harakati vakillari o'zlarining ma'rifatparvarlik mafkurasiga bir tomondan o'sha davr uchun dolzarb bo'lgan demokratik g'oyalarni: ilm o'rganish, fan va texnika yutuqlaridan baxramand bo'lish, ilmiy-tabiiy fanlarni rivojlantirish, so'z va fikr erkinligini joriy qilish, demokratik davlat qurilishiga asoslangan milliy davlatchilikni vujudga keltirish, milliy g'oyalar qatlamini shakllantirish, adabiyot va san'atning zamonaviy janrlarini rivojlantirish, ikkinchi tomondan mustamlakachilik siyosati ta'siri ostida o'z milliy qiyofasini yo'qotayotgan turkiy til va milliy qadriyatlarni tiklash, milliy ma'naviy-axlokiy takomillarni yanada kuchaytirish, milliy o'zligini anglash, milliy ong, milliy tafakkurni va diniy e'tiqodlarni mustaxkamlash kabi g'oyalarni asos qilib oladilar. Albatta bu vazifalarni amalga oshirishda an'anaviy islom dini, shariat asoslari va xadislar ham o'z ta'sir kuchini saqlab turgan ta'limotga suyanadilar. Jadidchilar o'zlarining ilg'or g'oyalarini Xalq o'rtasida tarqatish uchun milliy matbaachilikni rivojlantirish orqali, zamonaviy ta'lim sistemasini joriy qilish, ilg'or g'arb mamlakatlariga mahalliy yoshlarni o'qishga jo'natish yo'li bilan amalga oshirishga harakat qildilar. Turkiston ma'rifatchiligining dastlabki bosqichlarida axloqiy g'oyalar asosan badiiy va didaktik shakllarda o'z aksini topdi. Shu jihatdan o'zbek, va tojik xalqlarining mutafakkirlari Ahmad Donishning (1827 - 1897) «Navodir ul - vaqoe» asari diqqatga sazovor. Ahmad Donish o'z asarlarida Buxoro amirligi davlat tuzumini Rossiya davlat tuzumi bilan solishtirib, uni isloh qilish lozimligini ta'kidlaydi. Ayni paytda, an'anaviy axloqiy tushunchalar bilan fikr yuritar ekan, u adolatni ham podsho - hukmdor shaxsiga, ham davlat tizimiga xos fazilat sifatida olib qaraydi. Agar hukmdor adolatli siyosat yurgizsa, mamlakat hayotining hamma sohasi uchun adolatni mezon qilib olsa, san'atning gullab yashnashiga yo'l ochib bersa - xalq hayoti farovon bo'ladi, fazilatlar kuchayib, illatlar zaiflashadi.

Ma'rifatning lug'aviy ma'nosi bilish, tanish, bilim demakdir. Boshqacha aytganda ma'rifat bilmoq, kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta'lim-tarbiya jarayonidir. Ma'rifat so'zining ko'pchilikdagi ma'nosi maorifdir. Ma'rifat atama sifatida - tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar, ma'lumotlar majmuasini bildiradi. Ma'rifatli degani - bilimli, muayyan sohada ma'lumoti bor, demakdir. Fanlar chuqur va keng rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bilim va ilmga intilgan har bir kishi, talaba, fan namoyondasi ilmning, ya'ni ma'rifatning ma'lum sohasinigina egallashga erisha oladi. Masalan, kimyoning ma'lum sohasini, xuddi shuningdek matematika, fizika, biologiya, medisina va boshqalarning ham ma'lum yo'nalishlarini egallaydilar. Ma'rifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Demak ma'rifat - bilim va madaniyatning qo'shma mazmuni bo'lib, maorif esa ana shu mazmunni yoyish quroli, vositasidir. Ma'rifat asosan umumiy va o'rta maxsus bilim beruvchi maktab va o'quv yurtlarida tarqatiladi. Ma'rifat tushunchasi maorif tushunchasidan keng bo'lib, bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari, shakllari va sohalarini o'z ichiga oladi. Jamiyatda ma'rifat, ya'ni bilim ma'rifatparvarlar orqali yoyiladi. Ma'rifatparvar - ma'rifat uchun ko'rashuvchi; ilm, bilim chirog'ini yoquvchi; ma'rifat homiysi va tarafdori demakdir. Insoniyatning bir jamiyatdan ikkinchi jamiyatga bir tarixiy davrdan ikkinchi bir tarixiy davrga o'tishi ma'rifatparvarlikdan boshlanadi. Zamonaning eng yetuk, ongli, oq-qorani tanigan, fidoyi, elim, yurtim deb yashovchi, uzoqni ko'zlovchi ma'naviyatli kishilari ma'rifatparvarlik bilan shug'ullanadilar. Ma'rifatparvarlar odatda davr uchun, jamiyatninng, mamlakatning, xalqning buguni va kelajagi uchun muhim g'oyalarni ilgari suradilar, shu g'oyalarni amalga oshirish uchun kurash olib boradilar.

Shuningdek ma'rifatparvarlarimiz cheklanib qolgan ayollarimizning huquqlarini tiklab, millat kelajagi aynan ayollarni savodli qilish ekanligini tushunib yetishgan va ularni bilimli qilishga kirishishgan hatto, chet davlatlarida o'qib, yanada yaxshi mutaxassis bo'lishlarini ta'minlashgan.

O'zbekistonning mustaqillikka erishishi ona yurtimiz tarixini yoritishda, shuningdek mustamlaka Turkiston sharoitida milliy ma'rifatparvarlikning ahvoli, jadidlar faoliyatida ta'lim, ayollar ta'limi, matbuot masalalarini baholashda tub burilish yasadi. Turkistonda jadidchilik harakati o'z-o'zidan paydo bo'lgani yo'q. Mahalliy ziyolilar, xotin-qiz islohotchilar Chor Rossiyasining musulmon hududlarida ayollarning haqiqiy emansipatsiyasiga uchta yo'l bilan erishish mumkinligiga qat'iy ishonishgan. Ya'ni o'sha davrdagi zamonaviy maktablarda erkaklar va ayollarning ta'limini bosqichma-bosqich takomillashtirish orqali (jadid maktablari misolida), Chor Rossiyasi Buxoro va Xiva hududlarida (1883-1917 yillarda) musulmonlar uchun soni va tarqalishi ortib borayotgan taraqqiyparvar gazeta va jurnallar orqali islohotchilik g'oyalarini musulmon xalqlari o'rtasida targ'ib qilishni maqsad qilishdi. Turkistonda ayollarning zamonaviy ta'lim va ma'rifatparvarlikning ildizlari XIX asrning ikkinchi yarmida ma'rifatparvarlik g'oyalarini modernizatsiya qilish harakati boshlanishi bilan bog'liq. Dastlab Turkiston xalqlari o'rtasidagi islohotchilik harakati, bir tomondan, ularning Chor Rossiyasi hukmronligiga qarshiligi, ikkinchi tomondan, Usmonlilar imperiyasidagi islohotchilik harakatlari bilan tanishish bilan bog'liq edi. Lekin jadidchilik harakati dastlab Volgabo'yi, O'ralbo'yi (Qozon, Ufa), Qrim va Ozarbayjonda boshlanib, keyinchalik dasht viloyatlari va Turkiston, Buxoro amirligi va Xiva xonligi hududlariga tarqaldi. Jadichilik harakati matbuot va maorif orqali rivojlandi. Matbuot ta'siri nuqtai nazaridan, 1883-1918 yillarda Qrim tatar va rus tillarida ikki tilda nashr etilgan "Tercüman/Perevodchik" (Tarjumon) gazetasi sovet davrigacha

Turkistonda mahalliy matbuotning rivojlanishida eng muhim rol o'ynadi. Qrim tatar ma'rifatparvari Ismoil Gaspirinskiy ham 1906 yilda birinchi ayollar jurnali "Alem-i Nisvan" (Ayollar dunyosi)ni tashkil qiladi va qizi Shefika Xonimni unga muharrir etib belgilaydi. idaparastlikka singdirilgan deb gumon qilganlar. Jadid ziyolilari, ayniqsa, o'zlarining nutqlarida va faoliyatida musulmon ayollarni ozod qilishga e'tibor qaratdilar, chunki ular gender tengligi va ozodliksiz ularning yangilanish harakati muvaffaqiyatli bo'lmasligini tushunishadi. Bu harakat 1913 yilda Ozarbayjonning Boku shahrida istiqlolchilarning quyidagi maqolasi mahalliy jurnallardan birida o'z aksini topgan: "Kimki o'z xalqini sevsa va uning kelajagi buyuk bo'lishini istasa, o'z ayollarining ma'rifati va tarbiyasi haqida o'ylashi, ozodlik va mustaqillikni tiklashi kerak. Ularning aqli va qobiliyatlarini rivojlantirishga keng imkoniyatlar yaratishi kerak" deb yozadi . Ma'rifatparning bu chaqirig'i 1913 yilda Qrimdagi "Tercuman/Perevodchik" (Tarjumon) gazetasida Hariye Hanim Machabilining muharrirga yo'llagan maktubida yanada ochiqroq o'z aksini topgan: "Bizning huquqlarimiz Qur'onda va payg'ambarning so'zlarida aniq belgilab berilgan. Lekin sizlar (erkaklar), din nomidan bizga zulm qilyapsizlar, shariat (islom qonuni) nomi bilan bizni halok qilyapsizlar. Buning uchun kim azob chekadi va yutqazadi? Yana siz (erkaklar) bo'lasiz". Adib Xolid o'zining Turkistondagi musulmon istiqlolchilik (jadidchilik) siyosatiga oid mukammal tadqiqotida sovet tuzumidan oldingi davrda jadidlar yozgan asosiy yo'nalishni quyidagicha e'tirof etadi. Jadidlar ayollarga nisbatan katta hamdardlik va o'z mavqeini yaxshilash uchun ajralib turadi. Gaspirinskiyning qizi Shefika Xonim tomonidan Bog'chasaroyda tahrir qilingan "Alem-i Nisvan" ("Ayollar dunyosi") va 1913-1917 yillarda Qozonda chiqqan "Suyum Bike" kabi jurnallar ayollarning yangi nutqlarida ayol ovozini yaratgan edi. Ammo keyinroq Adib Xolid "Turkistonda 1917 yilgacha paranjini tashlash hech qachon ochiqoydin ko'tarilmagan va gender masalalariga jadidlarning munosabati konservativ bo'lib qolgan deb ta'kidlaydi. XIX asr oxiri - XX asr boshlarida yashagan va o'zining adolatparvarlik g'oyalari bilan mashur bo'lgan Anbar otin o'z ijodida ayollarning ahvoli, yashash sharoiti, oila va jamiyatdagi o'rnini aks ettirishga harakat qiladi. Chunki o'rganilayotgan davr manbalarida yozilishicha, "... bizda xotin-qizlar masalasi eng ayanchli masaladir. Xatto mashrug' bo'lgan hurriyat va maorif hali bular orasig'a kira olmasdan turadir, kirsa ham tor doiraginadur. Bunga sabab umuman musulmon dunyosini necha asrlar bo'yicha o'rab olgan hurofot va diniyotga taassubdir, nodonlikdur, ongsizlikdur"

A.Fitrat ham o'zining "Munozara" asarida bu haqda fikr yuritib, aksariyat mudarrislarning Turkiston ayollari tahsil olishi "behuda va ayollarning yaratilishidagi hikmat tavolud va tanosul (tug'ish va nasl qoldirish)dir" degan fikriga farangining unga qarshi fikr mulohazalarini keltiradi . A.Fitrat kelajak avlodlarning ongsiz, irodasiz, tarbiyasiz, nodon va johil bo'lmasliklari uchun xotin-qizlar o'qimishli, sog'liqni saqlash va bolalar tarbiyasidan xabardor bo'lishlari kelrakligini zarur deb biladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, Jadid ziyolilarining ijtimoiiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy qarashlarida ta'lim jarayoniga, ayollar ta'limiga alohida e'tibor berganliklari jadidchilik harakatining Turkistonni ravnaq ettirish yo'lidagi, xalq ta'limi va pedagogikasini rivojlantirishdagi intilishlarini yaqqol ko'rsatib berdi. Bu qarashlar jadid ziyolilarining quyidagi g'oyalarining hayotga tadbiq etilishi bilan namoyon bo'ldi: oilada ayollarning o'rnini belgilsh orqali ularning jamiyatdagi mavqeini oshirish; xotin-qizlar o'qimishli, sog'liqni saqlash va bolalar tarbiyasidan xabardor bo'lishlari kerakligini; ma'rifatli oilaning yosh avlodni ijtimoiy, axloqiy va mehnat tarbiyasidagi o'rnini ko'rsatish va hokazo. Turkiston jadidlari ma'rifiy qarashlarida yangi usul maktablari ochish, yoshlarga

qisman diniy va dunyoviy bilimlar berish bilan cheklanmadilar. Bu yo'lda jadidlar xotin-qizlar masalasiga alohida e'tibor berib, dunyoviy ishlarni bajarishda xotin-qizlar ham erkaklar qatorida teng bo'ishlari kerakligini ta'kidlaganlar.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz lozimki, jadidchilik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida milliy uyg'onish va milliy ong yuksalishida katta ro'l o'ynagan. Jadidchilik g'oyalarini uning yorqin vakillaridan Behbudiy, Fitrat, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Fayzullo Xo'jayev, So'fizoda, Tavallo, Ishoqjon Ibrat kabilar g'oyat og'ir sharoitlarda targ'ib etishga harakat qilganlar. Ular millatning kamolotini yuksaltirish, uning qadr-qimmatini yerga urishga yo'l qo'ymaslik borasida katta ishlar qilganlar. Ma'rifatchi jadidchilar og'ir moddiy qiyinchiliklar, g'oyaviy-siyosiy tazyiqlarga qaramay, millatning ma'naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar. Tarixning murakkab, mas'uliyatli burilish davrlarida millatning milliy ongini yuksaltirish, milliy iftixor tuyg'usini kuchaytirish birinchi darajali vazifalardan ekanligini anglab yetganliklari uchun ham bu boradagi barcha ishlarni o'z zimmalariga oldilar. Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori va boshqa millat uchun jonkuyar jadidlar maktablar ochar, ularda o'zlari dars berar, o'quv qo'llanmalari yozar, nashr etar va bu yo'lda jonbozlik ko'rsatar edilar. Bu yo'lda hatto o'z mablag'larini ayamaganlar. Bunday saxovatpeshalik, savobtalablik kabi ezgu ishlar bizning hozirgi mustaqil rivojlanishimiz uchun ham nihoyatda zarur. Bugunda ma'rifatparvar-jadidchilarning bebaho asarlari, ilmiy, nazmiy va nasriy meroslari ijtimoiy-falsafiy va axloqiy g'oyalari o'zbek xalqining ma'naviyat va ma'rifatini, milliy qadriyatlar va ongini yuksaltirish yo'lida xizmat qilib, avlodlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'ularini tarbiyalab kelmoqda. Mustaqillik tufayli ma'rifatchi-jadidlarning nomlari tiklanayapti, tavallud topgan kunlari tantanali nishonlanayapti, asarlari qayta-qayta chop etilayapti. Ularning dunyoqarashlarida bayon etilgan falsafiy-axloqiy fikrlari xalqimizning madaniy-ma'naviy, qadriyatlar sifatida xanuzgacha saqlanib kelmoqda.

References:

1. "Bukhara Inqilabi Tarikhi Uchun Materiallar" (Materials for the 206 TIMUR KOCAOGLU history of Bukharan revolution). In Asarlar, 1: 3-260. Tashkent:

2. Jadid mutafakkirlarining axloqiy qarashlari. -T.: O'zMU. 2007. Mahmudova G. Jadidizm va Turkistonda axloqiy-estetik fikr taraqqiyoti.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 24 maydagi "Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ'ib qilish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida"gi PQ-2995 - sonli Qarori.

4. Jadid mutafakkirlarining axloqiy qarashlari. -T.: O'zMU. 2007.

5. Jadidizm va Turkistonda axloqiy-estetik fikr taraqqiyoti. -T.: Davr-press, 2006.

6. Sharq allomalari va ma'rifatparvar adiblarining barkamol avlod tarbiyasiga oid ma'naviy-axloqiy qarashlari. G. Niyozov, Q. Axmedov, Q. Tojiboev O'zbekiston 2010 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.