Научная статья на тему 'JADIDCHILIK HARAKATLARIDA MA’RIFATPARVAR AYOLLARNING HISSASI'

JADIDCHILIK HARAKATLARIDA MA’RIFATPARVAR AYOLLARNING HISSASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jadidchilik / g’oya va maqsadlari / milliy ziyolilar / qatag’on davri / hukumat / jamiyat / surgun / Germaniyada ta’lim.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Turayeva Dilafruz, Abduqodirova Mahliyo, Shovkatjanova Irodaxon

Ushbu maqolada jadidchilikning kelib chiqishi, g’oya va maqsadlari, ziyoli jadidchilarning yoshlarni chet davlatlarda xususan Germaniyada o’qitish maqsadida qilgan say-harakatlari yoritib berilgan. Undan tashqari, yurtga taniqli bo’lmagan jadidchilik harakatidagi ayollar haqida ham ma’lumot berilgan. Hukumat tomonidan milliy ziyolilarga qo’yilgan taqiqlar va ularning mashaqqatli hayot yo’li yoritilgan. Ayollarning yurt ravnaqi uchun kurashi, qatag’on davrida qiyinchiliklarga uchragan, surgunda qolgan ayollar tarixi haqida ham ma’lumot berilgan. Shu davrda nafaqat erkaklar, balki ayollarning ham jamiyatda o’z o’rni borligi, bilim olishi, madaniy va ma’rifiy ishlarda muvaffaqiyatli bo’lishi ko’rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JADIDCHILIK HARAKATLARIDA MA’RIFATPARVAR AYOLLARNING HISSASI»

JADIDCHILIK HARAKATLARIDA MA'RIFATPARVAR AYOLLARNING

HISSASI

Turayeva Dilafruz Rustamboyevna

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti

Abduqodirova Mahliyo Shovkatjanova Irodaxon

Toshkent Kimyo xalqaro universiteti 3-bosqich talabalari

Annotatsiya: Ushbu maqolada jadidchilikning kelib chiqishi, g'oya va maqsadlari, ziyoli jadidchilarning yoshlarni chet davlatlarda xususan Germaniyada o'qitish maqsadida qilgan say-harakatlari yoritib berilgan. Undan tashqari, yurtga taniqli bo'lmagan jadidchilik harakatidagi ayollar haqida ham ma'lumot berilgan. Hukumat tomonidan milliy ziyolilarga qo'yilgan taqiqlar va ularning mashaqqatli hayot yo'li yoritilgan. Ayollarning yurt ravnaqi uchun kurashi, qatag'on davrida qiyinchiliklarga uchragan, surgunda qolgan ayollar tarixi haqida ham ma'lumot berilgan. Shu davrda nafaqat erkaklar, balki ayollarning ham jamiyatda o'z o'rni borligi, bilim olishi, madaniy va ma'rifiy ishlarda muvaffaqiyatli bo'lishi ko'rsatilgan.

Kalit so'zlar: Jadidchilik, g'oya va maqsadlari, milliy ziyolilar, qatag'on davri, hukumat, jamiyat, surgun, Germaniyada ta'lim.

Abstract: This article describes the origin, ideas and goals of Jadidism, the efforts of intellectual Jadidists to educate young people in foreign countries, especially in Germany. In addition, information is also given about women in the Jadidist movement, who are not well-known in the country. The prohibitions imposed by the government on national intellectuals and their difficult life path are highlighted. Information is also given about the struggle of women for the development of the country, the history of women who faced difficulties during the repressions and remained in exile. During this period, it was shown that not only

men, but also women have their place in society, acquire knowledge, and succeed in cultural and educational activities.

Key words: Jadidism, ideas and goals, national intellectuals, period of repression, government, society, exile, education in Germany.

Аннотация: В данной статье описываются зарождение, идеи и цели джадидизма, усилия интеллектуальных джадидистов по обучению молодежи в зарубежных странах, особенно в Германии. Кроме того, приводятся сведения о малоизвестных в стране женщинах-джадидистках. Освещены запреты, налагаемые правительством на национальных интеллектуалов, и их трудный жизненный путь. Также даны сведения о борьбе женщин за развитие страны, истории женщин, столкнувшихся с трудностями во время репрессий и оставшихся в изгнании. За этот период было показано, что не только мужчины, но и женщины занимают свое место в обществе, приобретают знания, добиваются успехов в культурно-просветительской деятельности.

Ключевые слова: Джадидизм, идеи и цели, национальная интеллигенция, период репрессий, правительство, общество, изгнание, образование в Германии.

Bugungi kunda hayotimizda o'zining muhim o'rniga ega bo'lgan jadidchilik harakati dastlab XIX asr oxiri XX asr boshlarida juda katta e'tiborga sabab bo'lgan siyosiy ma'rifiy harakat edi. Jadidchilik XIX asrda vujudga kelsa-da, yillar o'tib uning tarqalishi O'rta Osiyoda yuz beradi. Dastlab faoliyatini madaniyat sohasida boshlab, turkiy tillarni o'qitish va rivojlantirish, adabiyotlarini boyitish, diniy va dunyoviy ilmlarini o'rgatish shu bilan birga ayollar va erkaklarning tengligi uchun kurashishga da'vat etishgan. Bu harakat qatnashchilari o'zlarini taraqqiyparvar, jadidlar deb atashgan. Turkistonda o'z hukmronligini yaratgan podsho Rossiyasi o'zining siyosiy vakillari yordamida xonliklar, amirliklar vakolatlarini cheklab, ularga bo'ysungan tarafdorlarga sharoit yaratgan edi. Hayotiy ilmlari yuqori bo'lgan qozilar tajribasiz insonlar bilan almashtirildi, natijada poraxo'rlik, adolatsizlik kuchaydi. Butun madrasa va maktablar faoliyati cheklanib, turar joy nomlari ruscha

atamalar bilan almashtirildi. Mamlakatda butunlay Rus sovet tuzumi mustahkam o'rnashib oldi.

Jadidchilik harakatida ma'rifatparvar ayollarning hissasi muhim va ahamiyatli bo'lgan. Ular nafaqat o'zlari bilim olishga intilib, ta'lim-tarbiyaga ahamiyat berganlar, balki butun jamiyatni, ayniqsa ayollarni o'qitish, ularni ma'rifatli va madaniyatli qilish yo'lida faoliyat yuritganlar. Ushbu ayollar millatning kelajagi uchun mas'uliyatni his etib, ayollarning o'z huquqlarini tan olishiga, ularning jamiyatda teng huquqli o'rin egallashiga intilishgan. Jadidchilikning asosiy go'ya va maqsadlari Turkistonni qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish bo'lib, mamlakat aholisini ilmsizlikdan qutqarish, diniy va dunyoviy bilimlarni teng olib borishni tashkil etish, keyinchalik demokratik Respublika tuzumini o'rnatish orqali ozod va farovon jamiyatni yaratish edi. Taraqqiyparvar kishilar tomonidan ochilgan madaniy-ma'rifiy yo'nalishdagi jamiyatda jadidchilik harakati shakllandi.

Jadidchilik harakatidagi ma'rifatparvar ayollar ta'lim va tarbiyaning ayollar hayotidagi rolini chuqur anglagan va bu orqali o'z millatining rivojlanishi uchun hissa qo'shganlar. Ular ilm-ma'rifat orqali jamiyatni yangilashni va ayollarning ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishini ta'minlashni maqsad qilganlar. Jadidchilik harakati rivojlanib ketgandan so'ng, xalqni qoloqlikdan butunlay qutqarish maqsadida bir qator milliy ziyolilar yoshlarni Germaniyaga o'qishga yuborishni boshlashdi. Germaniyaga Buxoro Xalq Sovet respublikasi tomonidan o'qishga yuborilgan talabalardan kitobchilik palatasida ilmiy hodim va shifokor Bahoviddin Aminjonov, birinchi o'zbek agranomi, o'qituvchi va olim Abduvahob Murodiylar Germaniyada o'qish davomida yurt uchun, boshqa talabalar uchun yordam qo'lini uzatishgan edi. Albatta, shunday o'z yurtiga fidokor erkaklar bilan bir qatorda ziyoli ayollar ham xalqni qaramlikdan qutqarish balki, o'z jonlarini ham xatarga qo'yishdi.

Germaniyada tahsil olgan ayollarga misol qilib, 1905-yil 13-fevral Xivada tug'ilgan Maryam Sultonmurodovani aytishimiz mumkin. Maryam ilk ta'limini 1911-yil Urganchdagi yangi usul tatar maktabida oldi, keyinchalik To'rtko'ldagi jadid maktabida davom ettirdi. Undan so'ng, Toshkentdagi maorif maktabi gimnaziyasida, oliy ma'lumot olish maqsadida esa Orenburg tatar pedagogika institutida o'qidi.

So'ngra yillar o'tib, Buxoro hukumati tomonidan Germaniyaga o'qish uchun yuborilayotgan talabalar safiga qo'shildi. Avvaliga Berlin universitetida olti oylik tayyorlov kursida so'ngra, Viktoriya o'qituvchilar seminariyasida ikki yil o'qidi. Undan so'ng ayollar maktabida amaliyot o'tadi. 1927-yil Maryam yozgi ta'tilga chiqib, dugonasi Xayrinisa Majidxonova bilan Parijda sayohat qilar chog'ida Parij opera teatri oshxonasida Ovropada tahsil olish uchun kelgan Ahmad Naim va Mustafo Cho'qaylar bilan ikki daqiqalik tasodofiy uchrashuvi hayotining tubdan o'zgarishiga, hatto keyinchalik qatag'on etilishiga asosiy sabab bo'ldi. Maryam uchun xorijda o'qish oson bo'lmadi. Moddiy tomonlama yaxshi ta'minlanmagani uchun ko'p qiyinchiliklarga duch keldi. Turkistonda qolgan opa-singillar kelajagi uchun qahramonlik qilgan vatanparvar qizga Xorazmliklarning shunday sovuqqonlik bilan qarashiga Turkiston yoshlari ko'z yumib turolmagan edi. Maktabdagi amaliyotidan so'ng hamshiralik kursini ham o'qib bitirdi. Germaniyada kechgan bir necha yillik umridab so'ng Maryam Sultonmurodova SSSR ga qaytishi bilan so'rov ta'qiblarga uchrab, ancha muddat ish topa olmadi. Uning hamshiralik kursini o'qigani foyda berib, bolalik va onalikni asrash institutiga ishga qabul qilindi. Maryam Sultonmurodovaning hayoti va faoliyati tarixiy fojialarning ko'zgusidir. Uning Germaniyada tahsil olgan ziyoli ayol sifatida Vataniga qaytishi qiyinchiliklar bilan kechgan. Hamshiralik kursini tugatib, bolalik va onalikni asrash institutiga ishga kirgan bo'lsa ham, 1937-yilda unga qarshi begunoh ayblovlar qo'yilishi ayanchli taqdirining boshlanishi bo'ldi. Sovet tuzumi davridagi siyosiy repressiyalar tufayli, ilg'or ziyoli sifatida faoliyat yuritgan Maryamning "Turkiston" josuslik tashkiloti a'zosi deb topilishi bu davrda minglab ayollar va erkaklar kabi uning ham adolatsiz qamoqqa hukm qilinishiga sabab bo'ldi. Bu hodisa nafaqat uning shaxsiy fojiasi, balki o'sha davr ziyolilari boshidan kechirgan murakkab va qahrli voqeliklarning yaqqol namunasi sanaladi. Qamoq jazosini o'tab chiqqandan so'ng, yana hamshiralik ishini davom ettirdi, biroq xursandchiligi uzoqqa bormadi, yana shu ayblovlar bilan Krosnoyarsk o'lkasiga surgun qilindi. SSSR oliy sudi komissiyasi tomonidan 1957-yil ikki surgunda omon qolgan Maryam oqlandi. Lekin, oqlanib chiqqan bo'lsa ham, atrofdagi insonlar gap so'z tuhmatlaridan qutila olmadi. Shu qadar haqsizliklar ham

Maryamning irodasini sindira olmadi, haqiqatga ishondi, o'zini aybdor hisoblamadi va bu bilan sho'rolar tuzumining tarixida matonatli ayol sifatida qoldi. Ta'qiblar va tuhmatlarga to'la Maryam Sultonmurodovaning umri 1971-yilda yakun topdi. Afsuski, u bilan bir qatorda vatan osoyishtaligi uchun kurashgan, tuhmatlarga qolgan boshqa ko'plab ayollarning umri ham shunday ayanchli nihoya topdi.

Jadidchilik harakatida ayollarning tutgan o'rni shundan dalolat beradiki, ular ma'rifatga intilish va shijoatkorlik borasida kuchli ruhiyatga ega bo'lgan. Ular erkaklar bilan teng ravishda jamiyatning taraqqiy etishida hissalarini qo'shishni istashgan va o'zlari ham ilm-fan, ma'rifat bilan shug'ullanishga haqqi bor deb bilganlar. Jadid ayollarning tashabbuskorligi natijasida ko'plab boshqa ayol-qizlar ta'lim olish imkoniyatiga ega bo'lib, madaniy va ma'rifiy sohalarda rivojlanishgan. Shu asosda aytish mumkinki, jamiyat rivojida ayollarning o'rni ham o'tmishda, ham bugungi kunda alohida ahamiyat kasb etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Shirinov M.K. "Umumiy pedagogika tarixi" Yashil yaproq nashriyoti, Toshkent 2024.

2. Zunnunov A. "Pedagogika tarixi" Sharq NMU, 2004

3. https : //uz.wikipedia. org/wiki/Jadidchilik#

4. https : //uz.wikipedia. org/wiki/Jadidchilik#Kelib chiqishi

5. https://uz.wikipedia.org/wiki/Jadidchilik#G%CA%BBoya va maqsadlar

i

6. https://uz.wikipedia.org/wiki/Abduvahob Murodiy

7. Irzayev B. "Qatag'on qurbonlari muzeyi" ilmiy hodimi Toshkent 2024

8. https://www.bbc.com/uzbek/uzbekistan-45436594

9. Rasulov A. Namangan davlat universiteti tarix fanlari doktori Toshkent

2016

10. Nasriddinova D. Namangan muhandislik texnologiya institute tarix fanlari nomzodi

11. file:///C:/Users/STUDENT.A-LIBRARY-25/Downloads/Jadid ma'rifatparvarlik harakatining g'oyaviy asoslari%20(3).pdf

12. https://yuz.uz/uz/news/xoriida-oqigan-ozbek-iadid-ayollarining-aybi-nima-edi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.