Научная статья на тему 'JADID ADABIYOTIDA AYOLLAR TIMSOLI'

JADID ADABIYOTIDA AYOLLAR TIMSOLI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

693
106
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Jadid / islohot / islohotchilik / taraqqiyot / ziyoli / maydon / demokratiya / taqdir / tarix / muhit / davr / jaholat / ma‟rifat / mustamlaka / ilmsizlik / bosqinchilik / erk / erksizlik / hurriyat / Jadid / reform / reform / development / enlightenment / field / democracy / destiny / history / environment / period / ignorance / enlightenment / colonialism / ignorance / aggression / freedom / liberty / liberty.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы —

Ushbu maqolada jadid adabiyoti davrlari, bosqichlari va tuzum nuqtayi nazaridan kelib chiqqan mafkuraviy g„oyalar va ularda ayollarning o„rni ilmiyfalsafiy, didaktik tahlil etiladi. Jadid adabiyoti namoyondalarining dramalarida asosida ayollar obrazini alohida bir timsol, alohida bir mavzu sifatida ko„tarish sabablari yoritib, misollar tariqasida ochib berishga harakat qilinadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article is a scientific-philosophical, didactic analysis of ideological ideas from the point of view of the periods, stages and systems of modern literature and the role of women in them. Attempts are made to illustrate the reasons for raising the image of women in Jadid literature as a separate symbol, a separate topic, as examples

Текст научной работы на тему «JADID ADABIYOTIDA AYOLLAR TIMSOLI»

JADID ADABIYOTIDA AYOLLAR TIMSOLI

Gulshodaxon Abdumannob qizi Tojiboyeva

Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada jadid adabiyoti davrlari, bosqichlari va tuzum nuqtayi nazaridan kelib chiqqan mafkuraviy g'oyalar va ularda ayollarning o'rni ilmiy-falsafiy, didaktik tahlil etiladi. Jadid adabiyoti namoyondalarining dramalarida asosida ayollar obrazini alohida bir timsol, alohida bir mavzu sifatida ko'tarish sabablari yoritib, misollar tariqasida ochib berishga harakat qilinadi.

Kalit so'zlar: Jadid, islohot, islohotchilik, taraqqiyot, ziyoli, maydon, demokratiya, taqdir, tarix, muhit, davr, jaholat, ma'rifat, mustamlaka, ilmsizlik, bosqinchilik, erk, erksizlik, hurriyat.

ABSTRACT

This article is a scientific-philosophical, didactic analysis of ideological ideas from the point of view of the periods, stages and systems of modern literature and the role of women in them. Attempts are made to illustrate the reasons for raising the image of women in Jadid literature as a separate symbol, a separate topic, as examples.

Keywords: Jadid, reform, reform, development, enlightenment, field, democracy, destiny, history, environment, period, ignorance, enlightenment, colonialism, ignorance, aggression, freedom, liberty, liberty.

KIRISH

"Jadid" arabcha so'z bo'lib, "yangi" degan ma'noni anglatadi. Shuning uchun ham yangilik va islohotchilikka intiluvchi, yangilik yaratuvchi faoliyat bilan mashg'ul bo'lgan taraqqiyparvar, ilg'or ruhdagi milliy ziyolilar tarixda "jadid" degan nomga musharraf bo'ldilar. Ularning harakati esa jadidchilik deb nomlandi. Bu harakatning paydo bo'lishi bevosita o'sha davrdagi ichki muhit hamda tashqi xalqaro maydondagi ijtimoiy-siyosiy va demokratik yangilanishlar bilan bog'liq bo'ldi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

XIX asr oxiri - XX asr boshlariga kelib, Turkistonda millat taqdiriga tahdid soluvchi o'ta qaltis va og'ir ichki tarixiy muhit paydo bo'ldi. Bir tomondan, Rossiya imperiyasi

November, 2022

184

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

musatamlakachiligi siyosiy jihatdan mustahkamlandi. Mustamalka va zo'ravonlikka mukkasidan ketgan rus bosqinchilari esa, endi o'z mafkurasini singdirish orqali ma'naviy ustunlikka ham ega bo'lishi uchun mahalliy xalqni ruslashtirish, uning g'ururini sindirish, o'zligini yo'qotishdek, o'ta razil shovinistik siyosatni kuchaytirdilar. Ikkinchi tomondan esa, millat va xalqimiz o'z siyosiy, ma'naviy huquqlari, erki va hohish-irodasini yo'qotdi. Uchinchidan, umuman musulmon mutaassibligi (konservatizm va bid'at) kuchaydi. Millatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy ahvoli hamda ma'naviyati tubanlashdi. Buning ustiga ustak, din peshvolari orasidagi mutaassiblarda yangilikka, dunyoviy ma'rifat va taraqqiyotga qarshilik ham avj oldi. Bu esa, Islom dini hamda shariatiga mutlaqo zid ravishda avj oldi.

Mutaassiblar bid'at botqog'iga botgan holatda, ijtimoiy majhul (noaniq)likdagi g'aflat uyqusiga mast bo'lib, aql va fahm-farosatlari ojizligi evaziga, o'zlari sezmagan holda mustamlakachilar manfaati (mafkurasi)ga xizmat qila boshlaydilar.

Millat va xalqimiz mana shunday ikki tomonlama o'ta ayanchli va havfli ijtimoiy-siyosiy muhit hamda vaziyatga duch kelgan bir paytda musulmon ziyolilar din homiylari orasidan yangi bir taraqqiyparvar guruhning harakati paydo bo'ldi. Ular «jadid» (yangi) degan ulug' nomga muyassar bo'lgan holda, Millat va Vatan, musulmon xalqlari uchun ma'naviy qalqon bo'lib, kurash maydoniga otildilar. Jadidlar millatni bo'yin egishi va tanama-taqdir qilish havfidan qutqarishning birdan-bir to'g'ri yo'li avval tarbiya va ma'rifat, so'ng islohot ekanligini juda to'g'ri anglab yetdilar.

1. Agar mumtoz adabiyotda dunyoviylikka nisbatan diniy jihat ustunroq bo'lgan bo'lsa, jadid adabiyotida bularning o'rtasida o'zaro tenglik ya'ni diniy-dunyoviylik qaror topdi.

2. Jadid adabiyoti mumtoz adabiyotdan farqli ravishda g'arb adabiyotidagi roman, drama, esse, hikoya va barmoq vazniga asoslangan she'riyat (poetika) kabi badiiy janrlar ko'rinishiga ega bo'ldi. Proza va publitsistika paydo bo'ldi.

3. Jadid adabiyoti bevosita ijtimoiy-siyosiy va ma'rifatchilik mafkurasi, milliy -ozodlik xususiyatiga ega bo'ldi. Unda mazlum xalq hayoti bevosita o'z ifodasini topdi. Badiiy asarlar jonli xalq tilida yozildi. Ijtimoiy faollik va milliy ruh bu yangi adabiyotning eng muhim xususiyatiga aylandi.

4. Jadid adabiyotidagi badiiy-lirik qahramon qiyofasi mumtoz adabiyotdagi qahramon qiyofasidan tubdan o'zgardi. U endi an'anaviy oshiq yohud ma'rifatparvargina emas, balki mavjud mustamlaka jamiyati tartib-qoidalari hamda milliy tengsizlik bilan kelisha olmaydigan, shu bilan birga

yangicha o'z ijtimoiy-siyosiy va ahloqiy qarashiga ega bo'lgan

shaxsdir.

November, 2022

Jadidchilik harakati jadid adabiyotining asoschilari bo'lgan yirik iste'dod egalari-jadid adibi, shoiri, dramaturgi va san'ati arboblarini ham tarbiyaladi.[1] Jadidshunos, taniqli olim, professor Begali Qosimovning ta'kidlashicha, ularning 1905-1917-yillarda adabiy-madaniy harakatchilikda qizg'in faoliyat ko'rsatganlari saksondan ortiq bo'lgan. Mahmudxo'ja Behbudiy (1875-1919), Sayidahmad Siddiqiy Ajziy (1864-1927), Vasliy Samarqandiy (1869-1925), Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931), Abdulla Avloniy (1878-1934), To'lagan Xo'jamyorov-Tavallo (1882-1939), Sidqiy Xondayliqiy (1884-1934), Avaz O'tar o'g'li (1884-1919), Muhammadsharif So'fizoda (1869-1937), Abdurauf Fitrat (18861938), Sadriddin Ayniy (1878-1954), Abdulvohid Burxonov (1875-1934), Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929), Abdulla Qodiriy (1894-1938), Abdulhamid Cho'lpon (1897-1938) va boshqalar shular jumlasidandir.

Jadid adabiyotida dramaturgiya ya'ni jadid dramasi eng sermahsul va ommabop janr sifatida alohida ko'zga tashlanadi. Jadid g'oyalarining xalqqa yoyilishi, singishi va amaliy natijalar berishida dramaturgiya va teatr san'atining ta'sir ko'rsatishi kuchli bo'ldi. Shuning uchun ham jadid adiblarining aksariyat yirik nomayondalari o'z ijodiy-amaliy faoliyatini drama yozish va teatr bilan bog'liq holda olib bordilar.

Mutaxassislarning aniqlashicha, 1917-yil oktabr to'ntarilishigacha dramaturgiya sohasida o'ttizdan ortiq drama, tragediya, komediya asarlari yozilgan va ularning ko'pchiligi teatrlarda sahnalashtirilgan. O'zbek jadid dramaturgiyasi va teatriga ilk bor asos solgan Mahmudxo'ja Behbudiy bo'ldi. Uning "Padarkush" dramasi birinchi bor 1914-yil 27-fevralda Toshkentdagi "Kolizey" teatrida qo'yilishi juda katta madaniy-ma'rifiy voqea bo'ldi.[2] Bu kun o'zbek teatriga asos solingan sana sifatida tarixga kirdi. Shunday qilib, milliy jadid adabiyoti dramaturgiyasi va teatri paydo bo'ldi. Adabiy tanqidchilik va badiiy tarjimonchilik ham shakllandi.Shuning uchun ham jadidlar millat va xalqni g'alayon va qo'zg'olonga, inqilobiy buzg'unchilik kabi yovvoyilikka da'vat etmadi. Aksincha, ularni diniy-dunyoviy ma'rifat, ilm-fan, madaniyat va yangiliklar bilan qurollantirib tarbiyalash, o'zligini anglatish, ijtimoiy-ma'anviy g'aflat uyqusidan uyg'otib, turmush tarzi, tafakkuri, ma'naviyati, madaniyati, adabiyoti va maorifini o'zgartirishga bel bog'ladilar.

Jadid adabiyotida dramaturgiya ya'ni jadid dramasi eng sermahsul va ommabop janr sifatida alohida ko'zga tashlanadi. Jadid g'oyalarining xalqqa yoyilishi, singishi va amaliy natijalar berishida dramaturgiya va teatr san'atining ta'sir ko'rsatishi kuchli bo'ldi. Shuning uchun ham jadid adiblarining aksariyat yirik nomayondalari o'z ijodiy-

November, 2022

186

amaliy faoliyatini drama yozish va teatr bilan bog'liq holda olib bordilar.

Jadid adabiyotida ayollar timsoli o'ziga xos hisoblanadi. Bunda o'sha davr tuzumi qattiq qoralanib, ayollarni ilm-ma'rifatga, jaholat botqog'idan chiqishga qaratiladi. Xususan, Cho'lponning "Kecha va kunduz" asarida Zebi timsoli orqali oydinlashtiramiz. Zebining ilojsizligi o'sha davr ayollari erksizligi sifatida ochib beriladi. Zebi-hurkak ohu kabi go'zal va ilojsiz. Uning qalbi shu qadar tozaki, yomonlik haqida o'ylash nima ekanligini ham tushunib yetmaydi. U insonlarni sevib yashaydi. Razolat to'lib yotgan dunyoga muhabbat ko'zi bilan boqadi, biroq jaholat tozalik va go'zallik bilan kelishmaydi, go'dakday beg'ubor bo'lgani uchun ham bag'ri ifloslik va kirga to'la hayot uni sig'dirmaydi, shudringday toza va chechakday pokiza bo'lgani uchun hayotning shafqatsiz va badbo'y havosida nafasi bo'g'iladi. Zebi ketma-ket baxtsizliklarga uchrasa ham romanga qanday kirib kelgan bo'lsa, shundayligicha qoladi. Zebuning bu holatiga biz taqdirdosh, qismatdosh, darddosh bo'lib, xavotir bilan kuzatamiz. Zebining baxtsiz bo'lishiga mamlakatdagi zulm-zo'rovonlik ustuvor ekanligidadir. Cho'lponning asosiy maqsadi ham mavjud tuzimni tag-tomiri bilan o'zgartirish edi. Zebi faqat ayollik latofati va olijanob insoniy fazilatlari bilangina emas , ayni paytda xush ovozi bilan barchaning e'tiborini tortadi. Ammo ijtimoiy tengsizlik hukumron bo'lgan va ayollar qadr-qimmati oyoq osti qilingan jamiyatda Zebining orzu-havaslari yanchiladi.[5] Ajdodlarimiz asrlar davomida ana shu tengsizlikka qarshi ma'rifat bilan kurashdilar. 1920-1930-yillarda avj olib ketgan siyosiy taqib, o'zbek xalqining boshiga og'ir kunlarni soldi. Ota-bobolarimiz udumlariga eskilik sarqitlari deb, momolarimiz o'gitlariga bepisandlik, muqaddas qadriyatlarimizga qurol ko'tarishdek nafrat tuyg'ulari har bitta o'zbek xalqini majburan o'ziga tortqilardi.

Yana bir misol tariqasida Hamza Hakimzoda Niyoziy (Nihoniy taxallusi bilan ijod qilgan)ning "Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari" asari qahramoni Maryam timsolida ham ko'rishimiz mumkin. Maryam ilmga tashna ayol timsoli. "Yangi saodat" asarida Olimjonning m a'rifat tufayli baxtli hayotga erishuvi va uning o 'z baxtidan boshqa kishiiam ing ham bahramand bo'lishini tasviriagan bo'lsa, "Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari" fojiasida m a'rifatli insonning jaholat va g'aflat zindonidagi fojiali taqdirini ko'rsatishni maiqsad qilib olgan. Ushbu asar janrini Hamza " Turkiston maishatidan olingan qiz va kuyov fojiasi" deb ataydi. Dramaturg pyesaning dastlabki sahnasidayoq qahramonlaR ing o'zlariga munosib bo'lm agan, ular qalbidagi muhabbat gullarini xazon qilishga tayyor bir muhitda yashayotganini ko'rsatadi. Shu tarzda pyesaning avvalidayoq eskicha qarashlar ta'siridagi ota-onalar bilan ulardan ilgarilab ketgan va o 'z zamoniga sig'm ay qolgan yoshlar

November, 2022

18?

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,12 j ASI-Factor: 1,3 j SJIF: 5,? j UIF: 6,1

o'rtasidagi ziddiyat nish uradi. Voqealar rivojlanishi bilan bu konflikt taranglashib, oxirida kamonning tortilgan voyidek uchib boradi-da. har ikkala qahramonni - Mahmudxon bilan Maryamxonni halok qiladi.

Mahmudxo'ja Behbudiy o'zbek adabiyoti tarixida birinchilardan bo'lib dramatik asar yozdi va u Turkistonning barcha shaharlarida namoyish etildi. Bu bilan Behbudiy o'zbek teatrining tamal toshini qo'ydi. Dramada jaholat, ilmsizlik, tarbiyasizlikka qarshi ma'rifat ulug'lanadi. Muallif «o'qimagan bolaning holi»ni, ayanchli oqibatlaгini bayon etishni maqsad qilib oladi. Behbudiy yoshlar ta'lim olishi va kamolga yetishida ijtimoiy va oilaviy muhit alohida o'rin tutishini «Padarkush» dramasi negiziga joylashtiradi. Unda qahramonlaгdan birining tilidan o'z g'oyasini: «Bizlami xonavayron... bevatan va bandi qilg'on tarbiyasizlik va jaholatdiг, bevatanlik, darbadarlik, asorat, faqirlik, zarurat va xorliqlar... hammasi ilmsizlik va betarbiyalikning mevasi va natijasidir...», degan yo'sinda bayon qiladi.

Drama o'qish davomida shu narsa anglashiladiki, ikki ayol obrazi Ыг-biriga qarama-qarshi tarzda dramani yoritgan. Liza obrazi butun jamiyatga kushnadalik qilayotgan buzuqlik timsoli, Boybuchcha timsoli esa ana shu Lizadek ayol kasofatiga jabrlangan jabгdiyda ayol sifatida yoгitib o'tilmoqda. Lizadek ayollar jamiyatdan ketmas ekan, Boybuchchadek ayollar jabrlanaveradilar, jamiyat ham ilmsizlikdan, ham fahshdan azoblanib, taraqqiyotdan ortda qolaveradi.

Abdulla Qodiriyning ijodidagi ayollar obrazidan Ra'no obraziga to'xtaladigan bo'lsak, Qodiгiy ushbu ayol siymosi orqali o'zbeklaming oгzusidagi qizni gavdalantiradi. Uning ko'plab asaгlaгida ayollaг obrazi o'ziga xoslikni kasb etgan Uning asarlari oгqali biz o'sha davr taгixini, ijtimoiy ahvolini, siyosiy jarayonlardan toгtib eng kichik jabhalaгgacha ko'ra olamiz. Uning asaгlaгi shu qadar keng qamrovliki, uni o'qigan oddiy xalq ham, ziyoli qatlam ham o'ziga nimadir ololadi. Uning shunday yetuk asarlaridan biri "Diyori bakr" asari hisoblanadi. Mazkur asardan o'rin olgan kichik maqola va hikoyachalarda Qodiriyning ichki dunyosi, xolis so'zi, jur'ati va insoniy burchi kabilar aks etadiki, buni ziyrak kitobxon satrlardagi yozuvchining qalb og'riqlari orqali his qiladi. Davr va turmush talabi, bu jarayonda inson ehtiyoji, qarashlari hamda manfaati ekanligini ijodkorning kichik asarlari asosida kuzatishimiz mumkin. Ushbu asar 1910-20, 30-yillardagi matbuot matni asosida tayyorlandi. Unda ayollar timsoli ham o'ziga xos. Asarda o'sha davr nafasi ufurib turadi. Xususan, "Juvonboz" asarida keltirilgan Soliha obrazi eriga vafodor ayol timsolini ko'zimiz oldida gavdalantiradi. U erining maktubini kutadi, maktub kelgach, o'zida yo'q suyunib ketadi. Lekin uning eri

yaxshi, samimiy inson bo'lgani bilan Solihaning farzandi

November, 2022

besoqolboz bo'lib, taqdir uni farzandidan kuydiradi. Demak, o'sha davrda besoqolbozlik jamiyat kushandasiga aylangan.

"Baxtsiz kuyov" asaridagi Rahima obrazi yorga vafodor, yori uchun o'z jonini fido qiluvchi ayollar timsolini gavdalantiradi. U yorining qiyin ahvolini ko'rib yuragi achishadi, yori uchun hatto o'z jonini fido qiladi. Bu asar qahramoni Rahimaning eri to'y orqasidan katta qarzga botib qoladi va qiyinchiliklar girdobida qoladi. Ana shu holat asarning asosini tashkil etadi. Undan tashqari, asarda "Jinlar bazmi", "Uloqda" hikoyalarida ham ayollar obrazi uchraydi. Undagi ayollar sho'x, dard-g'amdan yiroqroq ayol obrazi sifatida gavdalanadi.

"Advokatlik osonmi" dramasi bir pardalik kulgi hisoblanadi. Asar qatnashchilari sakkiz kishi. Asar 24 yoshli advokat Davronbek turadi. Mehriniso jabrdiyda ayollar timsoli sifatida markazida gavdalanadi. Mehriniso yordamga muhtoj ayol va u yordam so'rab, Davronbekka murojaat qiladi. Mehriniso - 32 yoshli ayol. Eridan jabrlangan ayol obrazi. Mehriniso jabrdiyda ayollar timsoli. Mehriniso eridan jabrlangan ayollarning ma'naviy timsoli sifatida yoritiladi. U yordam so'rab Davronbekning yoniga keladi. O'n besh yildan beri zolim qo'lida majruhga aylangan ayol o'z haq-huquqi uchun, shu insondan ajrash uchun harakat qiladi.

Mehriniso o'sha davr ayollar timsolini boshqa asarlarda ham uchratishimiz tabiiy. Zebi timsolini keltirsak ham bunga dalil bo'la oladi. Mehrinisodan ham Zebidan ham ixtiyor so'ralmay turmushga berib yuboriladi. Bunda ularni xuddi bir hayvondek, quldek sotib yuborishgani inson qalbida g'alat hissiyot paydo qiladi. Zebidan ham, Mehrinisodan ham so'ramay taqdirini hal qilshadi. Va ular tanlagan taqdirda bu mushtiparlar jabr tortadi. Bu asarlar orqali ayollar erkinligi uchun harakat jadidlar tomonidan ilgari surilyapti. Ularning erkinligi, ixtiyorini o'ziga berish lozimligi ilgari surilmoqda.

XULOSA

Shunday qilib, jadid adabiyotida ayollar timsoli o'ziga xos tarzda namoyon bo'ldi. Ayollarning erk-ozodligi, ilm-ma'rifatga qiziqishi, ota-onasi ra'yidan chiqolmay taqdir hukmiga bo'yin egishi asarlarda bir-biriga qarama-qarshi konflikt tarzda jadid adabiyoti mafkurasini yoritib bera oldi. Jadidchilarning kichik-kichik hikoyalaridan tortib, katta janrdagi barcha asarlarida, barcha-barcha ma'rifatparvar ijodkorlar ijodida ayollar timsoli o'ziga xos mavzuga aylana oldi. o'sha davr nuqtayi nazaridan kelib chiqib, ayollarni qul sifatida baholash, ayollarni nazir sifatida taqdim etish, ularni o'z erkidan, ilm-ma'rifatdan yiroq qilish holatlari ko'plab uchrab turishi jadid adabiyotida chinakam mavzuga aylandi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

November, 2022

189

REFERENCES

1. ACHILOVA, E. (2021). O'TKIR HOSHIMOV ASARLARIDA BADIIY PSIXOLOGIZM MUAMMOSI. "XALQ TA'LIMI", 5(1), 88-91.

2. Achilova, E. (2022). O'tkir Hoshimovning "Urushning so'nggi qurboni" hikoyasidagi psixologik tasvir. Til va adabiyot ta'limi, 1(1), 40-42.

3. ACHILOVA, E. (2022). SUJET, OBRAZ, USLUB XUSUSIYATLARI. Til va adabiyot ta'limi, 3(1), 26-27.

4. Achilova, E. S. (2022). ARTISTIC PSYCHOLOGY ON THE EXAMPLE OF THE WORK "SPRING DOES NOT RETURN". A n I n t e r n a t i o n a l M u 11 i d i s c ip l i n a r y R e s e a r c h J o u r n a l, 11(10), 1991-1994.

5. Atadjanov, G. (2020). FRIENDSHIP OF LITERATURE - FRIENDSHIP OF NATIONS. International Scientific Journal Theoretical & Applied Science, 10(90), 201203.

6. Atajanov, G. (2020). ASLIYATNI QAYTA YARATISH MUAMMOSI. UzACADEMIA, 1(1), 72-75.

7. Davlatova, A. R. (2021). IMAGE OF MENTALITY IN ABDULLA ORIPOV'S LYRICS. International Scientific Journal Theoretical & Applied Science, 11(103), 904908.

8. Davlatova, A. R. (2022). PHILOSOPHY OF ABDULLA ORIPOV'S LYRIC. International Journal of Advanced Research in Management and Social Sciences, 10(11), 259-264.

9. Davlatova, A. R. (2022). THE ROLE OF WORLD LITERATURE IN THE DEVELOPMENT OF ABDULLA ORIPOV'S POETIC THINKING. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(10), 1027-1032.

10. Murodova, R. (2022). Ona tili darslarida nostandart testlardan foydalanish usullari. Til

va adabiyot ta'limi, 1(1), 11-12.

11. Murodova, R. (2022). TIL VA MADANIYATNING TALQINI ZAMONAVIY TILSHUNOSLIK NIGOHIDA. CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH, 2(5), 895-903.

12. Murodova, R. I. (2022). NON-STANDARD TESTS IN MOTHER TONGUE EDUCATION AND IMPROVEMENT OF METHODOLOGY OF THEIR USE. GALAXY INTERNATIONAL INTERDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL (GIIRJ), 10(5), 21-36.

13. Rahmanova, N. A. (2022). CHIN ELIDEK BODAPARAST ET MENI..." YOKI TASAVVUFIY CHIN MAVZUSI HAQIDA. "FILOLOGIYA MASALALARI, 1(1), 224227.

14. Raxmanova, N. (2022). ALISHER NAVOIYNING EPIZODIK OBRAZLAR YARATISH MAHORATI. International Conference on Developments in Education, 1(1), 114-118.

15. Usmanova, Z. I. (2022). FURQATNING ALISHER NAVOIY G AZALIGA BOGLAGAN TATABBUSI. CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH, 2(1), 221-225.

16. Tojiboyeva, G. A. (2021). JADID ADABIYOTIDA AYOLLAR TIMSOLI. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 1495-1502.

17. Tojiboyeva, G. A. (2022). MAHMUDXO'JA BEHBUDIYNING "PADARKUSH" DRAMASIDA AYOLLAR OBRAZI. Oriental

November, 2022

190

Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 7(11), 66-70.

18. Tojiboyeva, G. A. (2022). XX ASR BIRINCHI CHORAGIDA BUXORODA IJTIMOIY-IQTISODIY, SIYOSIY MADANIY HAYOT, JADIDCHILARGA QARSHI MA'NAVIY HAMDA JISMONIY KURASH. Academic Research in Educational Sciences, 3(5), 590-593.

19. Usmanova, Z. I. (2021). Она тили дарсликлари такомиллашмовда. Экономика и социум, 4(83), 521-525.

20. Usmonova, Z. (2022). Zamonaviy ta'limning negizi. Til va adabiyot ta'limi, 2(1), 1517.

21. Usmonova, Z. I. (2021). YANGI DAVR DARSLIKLARI. Academic Research in Educational Sciences, 2(11), 282-287.

22. Атаджанов, F. (2022). ШАКЛАН УХШАШ ВА АЛДО^ЧИ СУЗЛАР МУАММОСИ. "УЗБЕК ФИЛОЛОГИЯСИНИНГ ДОЛЗАРБ МАСАЛАЛАРИ ВА УНИ УЩТИШМЕТОДИКАСИМУАММОЛАРИ, 7(1), 561-564.

23. Ачилова, Э. С. (2021). РОЛЬ УРОКОВ ЛИТЕРАТУРЫ В ФОРМИРОВАНИИ КЛЮЧЕВЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ УЧАЩИХСЯ. Научные исследования, 2(3), 46-49.

24. Усманова, З. И. (2022). ОНА ТИЛИ ТАЪЛИМИДА ГРАММАТИК ТУШУНЧА, МАШЦ, САВОЛ ВА ТОПШИРЩЛАРНИНГ БЕРИЛИШИГА ОИД УЦУВ МАТЕРИАЛЛАРИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ ПЕДАГОГИК МУАММО СИФАТИДА. CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCH, 2(1), 251-259.

25. Муйдинова, А. (2022). МУВАШША^ЧИЛИК АНЪАНАСИ. Academic Research in Educational Sciences, 3(3), 1042-1046.

26. Муйдинова, А. У. (2022). МИЛЛИЙ УЙFОНИШ ДАВРИ УЗБЕК АДАБИЁТИДА МУВАШШАХ,ЛАРГА ДОИР АДАБИЙ МУНОЗАРАЛАР. "Экономика и социум, 6(97), 1-7.

27. Muydinova, A. (2022). A LOOK AT THE HISTORICAL ROOTS OF MUVASHSHAH ART. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 72(05), 358-361.

28. Muydinova, A. (2022). Muavashshaxchilikda an'ana va individuallik. TiL VA

ADABIYOT TA'LIMI, 4(1), 47-48.

29. Х,икматов, Х. С. (2021). МУЛОХ,ИЗАХ,О ПЕРОМУНИ ТАРЗИ ТАЪЛИМИ ИБОРА. Academic Research in Educational Sciences, 2(12), 307-314.

30. Х,икматов, Х. С. (2022). ТАФСИРИ МУХТАСАР МЕБОЯД. Academic Research in Educational Sciences, 2(10), 1008-1013

31. Hikmatov, H. S. (2022). Recomendations for writing test speaker in the 9 class.

Экономика и социум, 3(94), 48-52.

32. Hikmatov, H. S. (2022). SOME COMMENTS ON THE METHODOLOGY OF TEACHING THE TAJIK LANGUAGE IN PRIMARY SCHOOL. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 72(05), 349-354.

November, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

191

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.