Научная статья на тему 'BO’LAJAK O’QITUVCHILARGA JADID MA’RIFATPARVARLARINING TA’LIMIY G‘OYALARINI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI VA SHART-SHAROITLARI'

BO’LAJAK O’QITUVCHILARGA JADID MA’RIFATPARVARLARINING TA’LIMIY G‘OYALARINI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI VA SHART-SHAROITLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
0
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Jadidlar / ta’limiy g’oyalar / pedagogik qarash / madaniyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tursunboyeva Xandona Sobirjon Qizi

Yangi O’zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo’liga kirishi keng jamoatchilikning tarixga, jumladan, yaqin o’tmish Turkistonda sodir bo’lgan XX asr boshlaridagi hodisalarga qiziqishini kuchaytirib kelmoqda. Ushbu maqolada Turkiston jadid taraqqiyparvarlarining ta’limiy g’oyalari, xususan, jamiyat hayotida ta’limtarbiyaning o’rni va ahamiyati, yoshlarning savodxonlik darajasi hamda bu maqsad sari jadidlarning olib borgan sa’y-harakatlari, yoshlarni bilimli qilish, yangi usul maktablariga ularni jalb etishlari haqida so’z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK O’QITUVCHILARGA JADID MA’RIFATPARVARLARINING TA’LIMIY G‘OYALARINI O‘QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI VA SHART-SHAROITLARI»

BO'LAJAK O'QITUVCHILARGA JADID MA'RIFATPARVARLARINING TA'LIMIY G'OYALARINI O'QITISH METODIKASINI TAKOMILLASHTIRISHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI VA SHART-SHAROITLARI

Tursunboyeva Xandona Sobirjon qizi

Toshkent davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti. https://doi.org/10.5281/zenodo.13897387

Annotatsiya. Yangi O'zbekistonning mustaqil taraqqiyot yo'liga kirishi keng jamoatchilikning tarixga, jumladan, yaqin o'tmish Turkistonda sodir bo'lgan XXasr boshlaridagi hodisalarga qiziqishini kuchaytirib kelmoqda. Ushbu maqolada Turkiston jadid taraqqiyparvarlarining ta'limiy g'oyalari, xususan, jamiyat hayotida ta'lim- tarbiyaning o'rni va ahamiyati, yoshlarning savodxonlik darajasi hamda bu maqsad sari jadidlarning olib borgan sa'y-harakatlari, yoshlarni bilimli qilish, yangi usul maktablariga ularni jalb etishlari haqida so'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: Jadidlar, ta'limiy g'oyalar, pedagogik qarash, madaniyat.

Abstract. The new Uzbekistan's entry into the path of independent development has been increasing the public's interest in history, including the events of the early 20 th century that took place in Turkestan in the recent past. In this article, the educational ideas of the modern progressives of Turkestan, in particular, the role and importance of education in the life of society, the level of literacy of young people and the efforts made by the Jadids towards this goal, educating young people, introducing new method schools it is said that they will attract them.

Keywords: jadids, educational ideas, pedagogical vision, culture.

Аннотация. Вступление нового Узбекистана на путь независимого развития усиливает интерес общественности к истории, в том числе к событиям начала ХХ века, происходившим в Туркестане в недавнем прошлом. В данной статье рассматриваются просветительские идеи современных прогрессистов Туркестана, в частности, роль и значение образования в жизни общества, уровень грамотности молодежи и усилия, предпринимаемые джадидами в направлении этой цели, воспитания молодежи, вводя школы новой методики, говорят, что они их привлекут.

Ключевые слова: джадиды, образовательные идеи, педагогическое видение, культура.

Bugungi kunda mushtarak tariximizni yorqin sahifalarini tashkil etadigan ma'rifatparvar ajdodlarimizning ibratli faoliyatini, ularning o'z qimmati va ahamiyatini yo'qotmasdan kelayotgan boy merosini teran tadqiq va targ'ib etish bizning ustivor vazifamiz hisoblanadi. Tarixan ma'lum, zaminimiz allomalar yurti hisoblanib, bunday zamin, albatta, o'zining madaniy yodgarliklari, bebaho asarlariga boy sanaladi. Mazkur madaniy me'ros yosh avlodni barkamol etib voyaga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, rivojlanib, taraqqiy topib borayotgan jamiyatimiz ma'naviyatini yanada yuksaltirishda millatimiz tarixini o'zida badiiy aks ettirgan tarixiy, badiiy hamda ilmiy asarlarni alohida o'rganishga e'tibor yanada kuchaytirilmoqda. Jahon ta'lim va ilmiy - tadqiqot muassasalarida pedagogika oliy ta'lim tashkilotlari talabalarining bilish faoliyatini takomillashtirish, raqobatdosh kadrlar tayyorlash orqali davlat va jamiyatni iqtisodiy jihatdan taraqqiy ettirish, o'z o'tmishi va tarixiga xolisona yondasha oladigan, iste'dodli shaxslarni tarbiyalash bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Bu borada Sharq mutafakkirlari va

ma'rifatparvarlari, xususan, jadidlar ilmiy merosida o'z aksini topgan xalq farovonligini ta'minlashga yo'naltirilgan ilg'or pedagogik g'oyalar asosida pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalarining bilim va ko'nikmalarini rivojlantirish, ta'lim shakllari, metodlari va vositalari, ta'lim subyektlari faoliyatini tashkil etishda foydalanishga doir ilmiy tadqiqotlarga alohida e'tibor qaratilmoqda. Respublikamizda so'nggi yillarda milliy qadriyatlar, ma'rifatparvar siymolar merosi asosida ta'limni takomillashtirish, yosh avlodni vatanparvarlikda tarbiyalash, milliy g'urur tuyg'ularini shakllantirish, bo'lajak mutaxassislarning kasbiy-ijtimoiy tayyorgarligini rivojlantirish bo'yicha me'yoriy asoslar yaratilmoqda. Shu boisdan ham O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi PQ-5040-son "Ma'naviy-marifiy" ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risidagi Qarorida: "Jadid ma'rifatparvarlari g'oyalaridan yosh avlod tarbiyasida foydalanish hamda innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish" ustivor yo'nalish etib belgilangan. Natijada, pedagogika oliy ta'lim muassasalari talabalariga jadidchilik harakati vakillarining pedagogik merosini o'rganishning pedagogik imkoniyatlarini kengaytirishga erishiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev o'zlarining "Jadidlar: milliy o'zlik, istiqlol va davlatchilik g'oyalari" mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga tabrigida: "Tilda, fikrda , ishda birlik" degan ezgu g'oya bilan maydonga chiqqan jadid bobolarimiz xalqlarimizni jaholat va qoloqlikdan olib chiqish, ularni g'aflat borqog'idan qutqarishning asosiy yo'li - bilim va ma'rifatda, dunyoviy taraqqiyotni egallashda, deb bildilar. Ular shu yo'lda fidoyilik ko'rsatib, yangi usul maktablari, teatr va kutubxonalar , nashriyotlar ochdilar. Jamiyat a'zolarining dunyoqarashi va turmush tarzini o'zgartirish maqsadida gazeta va jurnallar nashr etdilar. Yoshlarni ilg'or davlatlarga o'qishga yubordilar. Bir so'z bilan aytganda, ular milliy uyg'onish, milliy taraqqiyot g'oyasini ro'yobga chiqarish uchun bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etdilar" - deya Jadidlar haqida shunday fikrlarni bildirganlar. Bugungi kunda Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayoni O'zbekistonda milliy o'quv dasturi qabul qilinishi va amaliyotga joriy qilinishini ta'lim va tarbiya uzluksizligining asosiy bo'g'ini sifatida qarash mumkin. Oliy ta'lim tizimida ta'lim va tarbiya takomillashuvi jarayoni tarixi va taraqqiyoti o'tmishdagi boy meroslarni targ'ib qilish, amalda qo'llash biz yoshlarning zimmasiga ulkan vazifalarni yuklaydi. Zero, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: Jadidlarning ma'rifatparvarlik faoliyati haqida: "Jadidlarning g'oyalari yangi O'zbekiston strategiyasi bilan har tomonlama uyg'un va hamohangdir" , - deya ta'kidlaydilar.

Jadidchilik O'rta Osiyoda , jumladan, hozirgi O'zbekiston hududiga kirib kelgan ijtimoiy-madaniy va ma'rifiy oqim bo'lgan. Bu harakat ta'lim tizimini yangilash va musulmon maktablarida o'qitish usullarini takomillashtirishga xizmat qilgan. Turkistonda ta'lim sohasiga jadidchilikning ta'siri katta bo'lgan bo'lib, bu zamonaviy maktab tizimini rivojlantirish, o'qitishning yangi uslublarini joriy etish va aholi o'rtasida savodxonlikni oshirishga xizmat qilgan. Pedagogik metodlarni rivojlantirish va o'qituvchilar malakasini oshirishga ham e'tibor qaratilgan hamda jadidchilik aholi, jumladan, xotin-qizlar o'rtasida ta'limning keng tarqalishiga yordam bergan, bu esa mintaqada bilim olish va savodxonlikni oshirishga olib kelgan edi. Xususan, vujudga kelgan ushbu jadidchilik harakati XX asrning boshlariga kelganda o'z cho'qqisiga yetadi. Yillar davomida bir-biridan farq qiluvchi rivojlanish boshqichlarini bosib o'tadi. Vatan va millat taraqqiyoti uchun jadidlar turli xil yo'nalishlarda faoliyat ko'rsatdilar. Ushbu harakat vakilllari jamiyatda ijtimoiy - siyosiy islohotlar o'tkazish uchun kurashni muhim masala deb bilganlari holda, ta'lim-tarbiya uchun kurash jadidlar faoliyatining asosiy diqqat markazida turgan edi. Jadidlar mamlakat istiqloli va istiqboli ma'rifat bilan bog'liqligini chuqur anglab yetganlar. O'zbekistonda XIX asrdan boshlab milliy vatanparvar ziyolilar tomonidan istiqlol harakatlari va

modernizatsiya ishlari olib borilgan. Bu harakatlar natijasida jadidlar ta'sirida, aytish mumkinki, innovatsion harakat vujudga kelgan bo'lib, Jadidchilik harakati tarafdorlarining yirik namoyondalari: Mahmudxo'ja Behbudiy (1878-1919), Fayzullo Xo'jayev (1896-1937), Munavvarqori Abdurashidxonov (1878-1931), Abdurauf Fitrat(1884-1939) , Is'hoqxon Ibrat (1862-1937), Saidrasul Aziziy(1866-1933), Abdulla Avloniy (1875-1943), Sadriddin Ayniy (18781962), Saidahmad Siddiqiy (1864-1927), Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929), Abduqodir Shakuriy(1875-1943), Ismatulla Rahmatullaev (1883-1962) kabi ma'rifatparvarlar yangi usuldagi maktablar ochish bilan birga o'lka ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida faol ishtirok etib, ma'rifatparvarlik sohasidagi ishlarni amalga oshirganlar. O'sha davr talabiga javob bera oladigan darsliklar kitoblarini yozib, nashr qildirganlar, o'z hisoblaridan bosmaxonalar tashkil qilib Turkiston xalqlarining siyosiy ongini oshirishga o'lkaning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol ishtirok etishga undash uchun bir qator gazeta va jurnallar chop etganlar hamda "Jamiyati xayriya" kabi xayriyalar tashkil qilganlar.

Shuni ta'kidlash joizki, ilg'or ziyolilar - ilm taraqqiyotning asosi ekanligini anglagan holda, avvalo qoloqlikdan qutilishning haq yo'li deb, ma'rifatni tanlaydilar. Bu maqsad yo'lida XIX asrning so'nggi choragida Turkistonda dastlabki yangi usul maktablari tashkil etila boshlaydi. Jadidchilik harakati mintaqaning markaziy hududlarida jadal rivojlanadi. Xususan, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Xorazm bu borada ancha faolroq bo'lgan bo'lib, shu bilan birga vodiy, viloyatlar ham jadidchilik harakatining foal harakatlari olib borilgan qaynoq joylardan edi. 1983-yilda Buxoro amirligida "birinchi" rasmiy yangi usul maktabi faoliyat ko'rsata boshladi. Turkiston hududida tashkil topgan jadid maktablaridan - Qo'qonda 1898-yilda Salohiddin domla tomonidan ochilgan maktabni ko'rsatish mumkin. To'raqo'rg'onda 1886-yilda yangi maktabni jadidchilik harakatining nufuzli vakillaridan bo'lgan Is'hoqxon Ibrat Qo'qon shahrida madrasa tahsilini olgach ochadi, ammo u ma'lum sabablarga ko'ra tezda yopiladi. Mazkur voqeadan keyin Ibrat 1887- 1895-yillari Yevropa va Osiyoning bir qator mamlakatlarida bo'lib, o'ndan ortiq chet tillarini o'rganishga kirishadi. Xorijiy ilm-fan yutuqlari va texnika mo'jizasi bilan yaqindan tanishib , 1907-yilda yangidan "usuli savriya" maktabini ochadi. Bu maktabda 25 nafar qishloq bolalarini o'qitadi. Xorijiy safardan qaytib, yurt taraqqiyoti uchun jadal faoliyatga o'tib jadidchilik harakatining a'zosiga aylanadi. Ta'limni o'zi tomonidan ishlab chiqilgan dastur asosida tashkil etadi. U olgan tajribalari asosida o'z maktablarida haftalik dars jadvalini joriy etishga erishadi.

O'sha kezlarda Jadidlarning e'tibor markazida bo'lgan, aytish mumkinki, faoliyatining asosini tashkil qilgan faoliyat bu nashriyotchilik bo'lgan. Ular faol ravishda ommaviy maqolalar yozganlar va shu orqali aholini savodli qilishga bel bog'laganlar. Bu esa o'z natijasini ko'rsatganligini yangi usuldagi maktablarda ta'lim olishni istovchi talabgorlarning soni ortib borganligidan ham ko'rish mumkin. Maktablarda yoshi katta insonlar ham savod chiqarish uchun qatnagani, aholining bilim olishga ishtiyoqi ortib ketganligi bilan izohlanadi. Ularning yana bir e'tibor qaratgan sohalari bu teatr sohasi bo'lib, mamlakatda esa o'ta mashhurlikka erishgan edi. Bu san'atning joriy qilinishidan ko'zlangan asosiy maqsad xalqni ma'rifatli qilish edi. Moddiy manfaatdorlik mutlaqo ko'zda tutilmagan jadidlarning mana shunday faoliyati ham har taraflama tahsinga sazovor.

Shu nuqtayi nazardan, jadidlarning harakati tufayli XX asr boshlariga kelib o'nlab yangi usul maktablari faoliyat ko'rsatgan edi. Turkistonlik jadidlar faolligi yanada oshgan hamda jadidchilik harakati ushbu jarayonlar ta'sirida siyosiy tus ola boshlagan. Musulmon madrasalarida talabalarning siyosiy faolligi ham sezilarli darajada oshgan edi. 1908-yilda Qo'qon shahridagi bir guruh ilg'or fikrli madrasa talabalari "Shamsinur" jamiyatini tuzdilar. Bu jamiyat a'zolari o'zlarining asosiy vazifalari deb , aholini bilimli va ma'rifatli qilish hamda madrasalarda tabiiy va

aniq fanlar ham o'qitilishining joriy qilinishini belgilab olgan edilar. O'lkadagi ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy masalalar ham jamiyat yig'ilishlarida muhokama qilinib borildi. 1874-yilda Xiva xonligida matbaachilikning paydo bo'lishi, toshbosma usulida kitoblar chop etishning yo'lga qo'yilishi natijasida maktab o'quvchilari va madrasa talabalarining ta'lim olish imkoniyatlari bir qancha kengaydi. Yangi usul maktablari va ular negizida vujudga kelgan jadidchilik harakatini yoshlar ongiga singdirishda "Yosh xivaliklar" harakati a'zolari faol ishtirok etdilar. Shu bilan birgalikda , 1912-yil 20-iyulda Qo'qon shahrida "Qo'qon artistlar to'garagi " tashkil etilgan bo'lib, Hamza uning asoschilaridan biri edi. To'garakning maqsadi dramatik asarlarni o'rganish va ularni sahnalashtirish hamda san'at havaskorlarini unga jalb etishdan iborat edi. Bu davrda Hamzaning faoliyati , asosan, yangi o'zbek drama teatrini vujudga keltirishdan iborat bo'lgan. 1914-1916- yillar mobaynida u 18 dan ortiq adabiy -publistik asarlar yaratdi. Garchi o'sha davrda birinchi jahon urushi borayotgan bir jarayon bo'lishiga qaramasdan, hudud ma'rifatparvarlari faoliyatlari jadallashdi. Mazkur faollik natijasida , Turkistonda mahalliy yillarda gazeta-jurnallar va turli uyushmalar adadi ko'payib bordi va ilmsizlik, xurofot , dogmatik qarashlardan chekinib, rivojlanish, ma'rifat sari ishonchli odimlar tashlandi.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, Jadidlar faoliyatining kichik bir tarmog'ini tahlil qilish bilan, bugungi kunda ta'lim jarayonida qo'llanilishi mumkin bo'lgan juda katta ma'lumotlar bazasiga ega bo'lishimiz mumkin hamda fan tarmog'ining barcha sohalarida foydalansa bo'ladigan amaliy ko'nikmalar yaratish mumkin. Avvalo muayyan xalq o'tmishga nazar solishi undan namuna olishi lozim, qolaversa, jadidchilik harakati ilm va g'oyalarni tarqatishda matbuotning ahamiyatini ta'kidlagan, gazeta va jurnallarni chiqarish orqali jadidlar o'z tarbiyaviy g'oyalarini keng ommaga yetkaza olganlar. Jadidlarning maktab, madrasa, matbuot, teatr san'ati kabi turli platformalar orqali olib borgan ilmiy-pedagogik faoliyati katta ijtimoiy-ma'rifiy ahamiyatga ega bo'lgan, ularning zamonaviy va ilg'or g'oyalarga urg'u berishlari, shuningdek, an'anaviy islom ta'limoti va zamonaviy ta'lim o'rtasidagi tafovutni betaraf etishga qaratilgan sa'y-harakatlari Markaziy Osiyo jamiyatlarining intellektual va ma'rifiy rivojlanishida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Jadidlar matbuotdan o'z g'oyalarini targ'ib qilish va kengroq auditoriyani qamrab olish uchun kuchli vosita sifatida foydalanganlar. Ular gazeta, jurnal va kitoblar orqali ta'lim-tarbiyaning ahamiyatini, taraqqiyotning qadrini, ijtimoiy islohotlar zarurligini keng ommaga yetkazib turganlar. Bu esa kitobxonlik madaniyati va intellektual faollikni rag'batlantirish bilan birga, aholi o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy yuksalishga xizmat qilgan.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev, (2023) Jadidlar, milliy o'zlik, istiqlol va davlatchilik g'oyalari " mavzusidagi xalqaro konferensiyasi ishtirokchilariga tabrigi// (https://president.uz/uz/lists/view/6919)

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyev, (2G21) PQ-5G4G-son "Ma'naviy-marifiy" ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risidagi Qarori

3. M.Jumayev, (2024) Jadidchilik merosining munosib vorislari// Pedagog gazetasi №5.

4. D.Alimova, (2G22) Jadidchilik fenomeni // Toshkent Akademnashr

5. Xasanov, Baxtiyor, & Irzayev, Baxrom (2G22). Millatimiz fidoyilari (Ilmiy-ommabop maqolalar to'plami) Tashkent

6. D.U.Djurayev, (2G19) Turkiston xalq ta'limining tashkil etilishi va boshqarilishi nazariy asoslari (XIX-asr ikkinchi yarmi-XX-asr boshlari)//fan d.(DSc) diss T.

7. Egamberdiyev, Mirzahan & Turgunbayev, Yerlan & Baigarayev, Nurlan (2014). Jadid movement in Turkistan in the late 19th and early 20th centuries. World Applied Sciences Journal, 29(9), 0.5829/idosi.wasj.2014.29.09.13953

8. Kaldybekovich, B. K., Hazret, T., & Raikhan, S. (2012). Jadidism as an educational system and a political movement in Turkestan (Central Asia).

9. M.Abdurashidxonov. (2001) Xotiralarimdan (Jadidchilik tarixidan lavhalar). // Sharq

10. M.Behbudiy. (1917) Bizga isloh kerak// Najot,

11. M,Behbudiy. (1914) Sayohat xotiralari// Oina, №48. Elektron resurslar:

12. https://president.uz

13. https://natlib.diss.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.