JADID MA'RIFATPARLARI FAOLIYATIDA YOSHLARGA OID HUQUQIY VA
AXLOQIY QARASHLAR Shaturayeva Sevara Tashmuratovna
Nizomiy nomidagi TDPU 1-kurs tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10885721
Annotatsiya. Maqolada ta lim - tarbiya tizimini tashkil etish jarayonidapedagogik axloqiy tarbiyalashda jadid marifatparlik harakati namoyondalaridan biri Abdulla Avloniyning pedagogik ilmiy merosining o'rni va ahamiyati masalasi yoritib berilgan. Abdulla Avloniyning ko'plab talim - tarbiyaga oid asarlaridagi qarashlari va ulardan hozirgi globallashuv davrida yosh avlodi tarbiyalashdagi ta'sir etish imkoniyatlari o'rganildi.
Kalit so'zlar: Jadid, dars mashg'ulot, salohiyat, natija, ta 'lim - tarbiya, Abdulla Avloniy, "Turkiy gulistonyoxud axloq" asari, "Adibi soniy ", ilm-u ma'rifatga da'vat qiluvchi hikoyalar, "Hajjoj ila darvesh", "Baxilning bog'i ko'karmas".
Аннотация. В статье освещается рол и значение педагогического научного наследия Абдуллы Авлони, одного из представителей современного просветительского движения, педагогическом нравственном воспитании в процессе организации образовательной системы. Изучены взгляды Абдуллы Авлони во многих работах на образование молодого поколения в современную эпоху глобализации.
Abstract. In the article, the role and importance of the pedagogical scientific heritage of Abdulla Avloni, one of the representatives of the modern enlightenment movement, in pedagogical moral education in the process of organizing the educational system is highlighted. Abdulla Avloni s views in many works on educationsand their influence on the education of the young generation in the current era of globalization were studied.
KIRISH
XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida dunyo sivilizatsiya tarixiy taraqqiyotida keskin burilish yuz berdi. Bu davrda jahon taraqqiyotiga ta'sir etgan voqealar va chuqur islohatlar yuz berishiga zamin yaratdi.Butun bashariyat boshidan o'tkazgan I-II jahon urushi natijasi sababli dunyoni manzarasi o'zgardi, ilm-fan tarraqiyotiga ta' sir etgan tub islohatlar sodir bo'ldi. Bir millat va jamiyatning o'ziga va mentalitetiga xos bo'lmagan yot g'oyalari ta sida qolishi nafaqat insonlar hayotiga balki, kishik jamiyati falsafiy dunyoqarashida inqilob yuz berishiga olib keldi. XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida Markaziy Osiyo va boshqa turli mintaqa hududlarida bo'lganidek, boshqalarga nisbatatan davr taqozosini anglagan holda o'zgacha fikrlovchi, yangicha dunyoqarashga ega ziyolilar qatlami shakllanib bordi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Markaziyo Osiyoda mavjud xonlik va amirlik hayotiga nazar solsak, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumi qoloqligi, istiqomat qiluvchi aholinig turmush tarzi juda pastligini, ma'naviy-madaniy hayotida islom dini din peshvolarining ta'sir kuchi juda yo'qori bo'lganini ko'rishimiz mumkin.Bu davrda istiqomat qilayotgan odamlar dunyoqarashida tasavvuf ilmi falsafasi an'analarini tiklash intilish oshib borayotgan bir davrda, bu ta'limotga qarshi kuchlar bilan qarashlarda tafovutlar kelib chiqdi.
"XIX asr ijtimoiy - falsafiy, diniy-ahloqiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotda so'nggi va keyingi yuz yillikning boshlanish davri bo'lib, g'oyaviy - nazariy va mafkuraviy qarashlarning shakllanish xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Jadidlar harakati vujudga kelguniga qadar Turkistonda turli ma'naviy - g'oyaviy va mafkuraviy oqimlar qadimchilar, islohatchilar,
bedilchilar, mashrabxonlar, shuningdeK, Markaziyo Osiyo, umuman turkiy xalqlarga taalluqli bo'lgan tafakkurning turli shakllari, ijtimoiy - falsafiy mazmun va yo'nalishga ega bo'lgan marifiy talimotlar va nazariyalar mavjud edi " [1:155].
Shundan xulosa chiqarish mumkinki, bu davrda nafaqat jadid marifatparvarlari harakati balki, boshqa g'oyaviy talimotlari ham shakllangani ko'rish mumkin. Bu davrda insonlarning dunuoqarashida tasavvuf falasafiy talimoti ananalarini tiklashga qaratilgan harakatlar kuchayib borayotgandi. Masalan, O'rta asr sharq musulmon mutafakkirlari ijodiy me'rosi namunalarini qayta nashr qilish ishlari avj oldi. Kalom falsafiy talimoti va shariat ahloqiga doir mumtoz arab-fors tilidan turkiy tilga tarjima qilinib nashrdan chiqarildi. Masjid va madrasalarda Bedilxonlik, diniy ulamolar tomonidan qadimchilik harakatlari, sherxonliklar avj oldi. Bu Markaziy Osiyoda jadidchilik harakati namondalarining ilm - fan rivojiga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy- g'oyaviy, manaviy- madaniy qoloqlikni bartaraf etish borasidagi olib borilgan islohatlar natijasi edi. Jadidlar turli davlatlardagi taraqqiyot va ularda amalga oshirilgan islohatlar uchun olib borilgan harakatlarning amaliy tajribasini milliy asosda qayta ishlab chiqishga intildilar. Mustamlakachilikka qarshi milliy istiqlolchilik harakatining bosh g'oyasi ana shunday bir murakkab vaziyatda shakllandi. Bu davr haqida shunday deyilgan: "Tarixdan shu narsa malumki, har bir kichik harakat ertangi katta harakatning zamini vazifasini o'taydi. Bu kungi mag'lubiyat ertangi g'alabaning amalga oshuvida ozmi - ko'pmi rol o'ynaydi Busiz jamiyatning rivojini tasavvur etish qiyin. [2:4]".
Jadidchilik Turkistonda XIX asrning oxirlarida vujudga kelgan jarayon bo'lib, XX asrning boshlarida shakllanib, qisqa davrda o'zining yuksak cho'qqisiga ko'tarilgan harakatdir. y3HHHHr nyKKHCHra KyrapH.nraH. Jadidchilik harakat 1917 yildagi bolsheviklar hokimiyati to'ntarishidan keyin ham sotsialistik diktatura tizimi o'rnatilgunga qadar o'z mavqeyi va yo'nalishini saqlab qola olgan ijtimoiy haraktdir. Turli manbalarda jadidchilik oqim deb atalsa, ayrimlarida harakat deb keltirilgan.
Jadidchilik oqim emas, harakat deb ta'kidlaydi B.Qosimov [3:61]. Ijtimoiy - siyosiy, marifiy harakat yaqingacha ham marifatchilik harakati deb kelindi. Maqsad jadidchilikning doirasini toraytirish, sotsialistik - kommunistik xalq mafkuradan boshqasi keng xalq ongini qamrab olishi, egallashi mumkin emas, degan soxta tushunchaning asorati edi. Jadidshunos olim B.Qosimov jadidchilik harakatining harakter va maqsad muddaosini quyidagi 3 turga bo'lib izohlaganlar:
• Jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi va Uyg'oniy davri mafkurasi bo'lib xizmat qildi.
• Milliy mustaqillik uchun kurash olib bordi. Uning g'ayrat va tashabbusi bilan o'rnatilgan Turkiston muhtoriyati bu yo'ldagi amaliy harakatning natijasi edi..
• Maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy -siyosiy maqsadlarga moslab chiqdi
Bu jadidchilik harakter va yo'nalishlarini bir qator jadidshunos olimlar tomonidan etirof
etildi. Bugungi kunda jadidlarni olib brogan faoliyati keng jamoatchilik tomonidan turli muhokama va bahslarni vujudga kelishiga sabab bo'lmoqda. Aslida jadidchilik harakati faqatgina Turkistonda vujudga kelmagan. Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga kelishi XIX asrning 80 yillarida Russiya musulmonlari, Kavkaz va Volga bo'yida yoyilgan shu nomdagi taraqqiyparvarlik harakatining bevosita ta siri va samarasi natijasida dunyoga kelgan harakatdir.
Ayniqsa bunga Ismoil Gaspiralining "Tarjimon" gazetasi (1883) va u tomonidan asos solingan "usuli jadid" (ikkinchi nomi "usuli savtiya") maktabi (1884) muhim rol o'ynadi. Bu
harakatning jadid deb nomlanishi haqida buyuk marifatparvar pedagog, olim, davlat arbobi Abdulla Avloniy "Shul zamonda (1В94-19С4 yillar) yerli xalqlar orasida eskilik - yangilik (qadim - jadid) janjali boshlandi. G'azot o'qituvchilarni mullalar "jadidchi" nom bilan atar edi [3:61], degan fikrni keltiradi.
Jadidchilikni poydevori, tamal toshi usuli jadid maktablarining tashkil qilinishi edi. Hamonki, maqsad jamiyatni yangilash ekan, uni yangi o'sib kelayotgan barkamol avlodgina qilishi mumkin edi. Buning uchun esa zamon talabiga mos yoshlarni tarbiyalash masalasi jadid mutafakkirlarining oldiga qo'yilgan dolzarb masala bo'ldi. 19СС-1925 yillar "жадидчилик" tushunchasining paydo bo'lishi o'z davrining eng peshqadam, tashabbuslar davridir [3:10].
O'zbek davlatchiligining ijtimoiy - iqtisodiy, falsafiy, diniy- ahloqiy, siyosiy va madaniy tarqqiyotida "XIX asrning so'nggi va keying asrning boshlanish davri g'oyaviy- nazariy va mafkuraviy shakllanishining xima- xilligi bilan alohida ajralib turadi. Turkistonda o'sha paytda turli manaviy - g'oyaviy va mafkuraviy oqimlar - qadimchilar, jadidchilar, islohatchilar, bedilchilar, mashrabxonlar, shuningdek, Markaziy Osiyo, umuman turkey xalqlarga taalluqli bo'lgan tafakkurning turli shakllari hamda ijtimoiy- falsafiy mazmun va yo'nalishga ega bo'lgan "Chig'atoy gurungi" kabi ancha yetuk yig'inlar, ular ilgari surgan marifiy talimotlar, nazariyalar mavjud edi"[1: 155]. Xulosa shuki, bu davrda nafaqat jadidchilik harakati, balki boshqa harakatlar ham shakllangan.
XIX asrning II yarmidan ilg'or fikrlovchi jadid namoyondalari mamlakat mustaqilligini yo'qotilishiga asosiy omil shu davrda hukmron xonlik va amrlik tuzumi siyosiy, ijtimoiy -iqtisodiy va madaniy jihatdan taraqqiyotdan orqada qolib, qoloqlik botg'ogiga botishi ekanligida ekanini juda yaxshi anglaganlar. Ular aholining turli ijtimoiy qatlami vakillaridan yetishib chiqib, eng asosiysi zehn va zakovatli, ilg'or ziyolilar qatlaming birinchi avlodi sifatida maydonga chiqdilar. Ushbu avlod negizida keyinchalik jadidlar yetishib chiqib, ularning g'oyalarini rivojlantirdi va marifatdan siyosatga qarab ilk qadamlar bilan yo'l oldi.
Yangi ziyolilar toifasining qarashlarida eng avvalo, aholining barcha ijtimoiy qatlamini hukm surgan savodsizligini tugatish va savodini chiqarish, eslik talim soha tizimini tubdan isloh etish, qoloq, eskilik sarqiti bo'lgan behuda rasm-rusum va odatlardan voz kechish va ularga chek qo'yish kabi maqsadlarni o'z oldilariga qo'yib, ilgari surganlar. Ilmiy tadqiqotchilarning fikriga ko'ra ular, ayniqsa dimiy mutaassiblik, behuda sarf -harajatlarga olib keladigan an'anaga aylangan rasm-rusum va odatlarga tanqidiy yondashganlar. Bunday qarashdagi yondashuvni ilk debochasini davlat arbobi, pedagog, mutafakkir Ahmad Donish kabi ma rifatparvar jadid bobolarimiz shakllantirib boshlab bergan bo'lsa, ularning bu faoliyatidagi goya va qarashlarini Sadriddin Ayniy, Abdulvohid Munzim, Mirkomil Burxonov Usmonxo'ja Po'latxo'jayev, Xolidxoji Mehri, Mulla Vafo, Abdurauf Fitratlar rivojlantirib davom ettirdi. ривожлантирди.
Aslida jadidchilik rasman XIX asrning oxirida o'z amaliy faoliyatini boshlagan bo'lsada, ularning g'oyalari shu asrning boshidayoq (o'n to'qqizinchi asrning boshida) o'z ta'sirini namoyon qilayotgan edi [4:99]. "turkistonda ilk bor Ovro'pa texnikasini o'rganish kerakligi masalasini Qo'qon xoni Sayyid Muhammad Hakimxon (Olimxonning ukasi) Rossiya, Turkiya, Eron va boshqa mamlakatlarga sayohat qilib qaytgach, 1В43 yilda birinchi bo'lib o'rtagaqo'ygan "[5:39]. Tashqi dunyo bilan tanishish orqali Turkiston aholisining orasida falsafiy mushohada qila oladigan yoshlarni tarbilay boshladi. Shundan ko'rinib turibdiki, tashqi dunyoda yuz berayotgan yangiliklardan xabardor bo'lish orqali boshqa millat va mamlakatlar tarixi,madaniyati, Turkiston mintaqasi yoshlarining tafakkurini o'zgartirishga sabab bo'lgan ilk omillardan biridir. Tarixiy
taraqqiyotdan ma'lumki, hamma davrlarda globallashuv jarayoni sodir bo'lgan, lekin bu jarayon o'zini sekinlik bilan namoyon etgan.Ana shunday jarayonlar natijasi o'laroq jadidchilik harakati o'zini turli yo'llar va yo'nalishlar bilan namoyon qila boshladi. Turkiston zaminida jadidchilik ijtimoiy harakatning g'oyalari va harakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy - madaniy asosi XIX asrning so'nggi choragiga kelib, to'liq shakllandi.
Chor Rossiya hukumati o'lkada xalqni asta - sekin ruslashtirishga qaratilgan siyosatini amalga oshira boshladi 187G yilda Chor Rossiya hukumati xalq ma'orif vazirligi ma'orifning maqsadi pirovardida barcha mahalliy aholini ruslashtirishdan iborat bo'lishi haqida qaror qabul qilgan. Shunga o'xshashmulohazani N.O.Ostroumov ham aytgan, u: "Rus hukumati mahalliy aholini rus xalqi bilan aralashtirishga harakat qilish kerak. Shu yo'nalishda mahalliy aholining ma'orifini ma'lum darajada rivojlantirish lozim" [6:18], degan edi.
Turkistonning Rossiyaga qo'shib olinishi natijasida o'lka iqtisodiyotining yuksaltirish siyosatida xonlik tuzumiga nisbatan birmuncha qulay sharoit yaratdi. O'lkada yashovchi mahalliy aholi turmuz tarzini o'zgartirish maqsadida bank, vokzal, bosmaxona, zavod, kabi yangiliklar kirib kela boshladi. Temir yo'llar tarmog'i qurildi, yangi iqtisodiy aloqalar o'rnatildi, litografiyalar tashkil etildi. Turkiston o'lkasida jadidchilik harakati ma'rifatparvar vakillari tomonidan "Tarbiyati atfol", "Umid", "Nashri ma'orif', "Barakat", "G'ayrat", "Taraqqiyparvar" kabi bir qator dastlabki ijtimoy- siyosiy, ilmiy jamiyatlar tuzilib faoliyat yuritdi. Bu jamiyatlar faoliyati davomida gazeta va jurnallar chop etib, o'lka mahalliy aholisining ma'naviy ongini oshirishga va mafkuraviy salohiyatini ko'tarishga harakat qilganlar. Jadidchilik harakati namoyondalari rahbarligida Toshkentda "Taraqqiy", "Shuhrat", "Xurshid", "Sadoyi Turkiston", Samarqandda "Samarqand", "Oyna", "Hurriyat", "Shu'lai Inqilob", "Mehnatkashlar tovushi", "Bolalar yo'ldoshi", "Tayoq majmuasi", davriy "Sharq", "Yosh kuch", "Zarafshon", Buxoroda "Turon", "Buxoroi Sharif', Qo'qonda "Sadoiy Farg'ona" kabi o'nlab gazetalar va jurnallar nashr etila boshlandi. Shundan ko'rinib turibdiki, bu nashrlar o'z davrining ijtimoy- falsafiy tafakkur g'oyalari bilan yo'grilgan milliy ozodlik harakteri ega bo'lgan. Ana shunday bir davrda yuzaga kelgan Turkistondagi ijtimoiy harakatlardan biri bo'lgan Jadidchilikning asosiy g'oyalari negizini o'lkani mustaqillikka olib chiqish va milliy o'zlikni anglatishdan iborat edi.. Bizga ma'lumki, milliy o'zlini anglash muayyan bir jamiyat, millatning ijtimoiy- tarixiy, ma'naviy- madaniy hayotini, azaldan qadrlanib kelayotgan milliy va umuminsoniy qadriyatlarini, shuning birga tabiatni anglash va bilishdir. Bu harakat mana shunday maqsadlarni ro'yobga chiqarishni ko'zlagan holda shakllandi va rivojlanib bordi.
XIX asrning oxiri - XX asrning boshlarida Turkistondagi ijtimoiy - siyosiy va falsafiy dunyorashlarning shakllanishida eng avvalo, kelajak millat yoshlarini tarbiyalash va yangi usuldagi ta'lim sohasidan foydalanish masalasi maqsad qilgan. Dastlab ular xususiy jadid maktablarini ochib, ta'lim berishgan bo'lsalar, keyinchalik bunday jadid maktablari o'lka bo'ylab keng quloch ochib yoyila boshladi. Минтаканинг турли худудларида узига хос тарзда бундай мактаблар очила бошлади. Mana shu o'rinda yangi usulda tshkil etilgan jadid maktablari faoliyati haqidagi quyidagi fikrga e'tibor qaratsak, "Biz turkistonliklar ham 15 yil bolladirki, bu dunyoda o'zgalardek taraqqiy va toliy etmak orzusi bilan yangi maktablar ocha boshladik. Yolg' iz erkak bolalarimizni tarbiya etarg'a kirishdik, ammo qizlarimizning tarbiyasiga hozirgacha hech bir ahamiyat bermadik" [7:4]. 191G yilga kelib, "usuli jadid", ya'ni jadid maktablari yopildi. Ammo hukumat tomonidan olib borilgan jadidchilik harakatini susaytirish maqsadida olib brogan bunday siyosati o'zini oqlamadi, maktablar yopilishi bu harakatni susaytirolmadi, aksincha yanada
rivojlanishiga turtki bo'lib xizmat qildi. Bundan ko'rinib turibdiki, "jadidchilik keng ijtimoiy masalalar va marifatparlik g'oyalarini ilgari surish maqsadida shakllangan ijtimoiy - falsafiy yo'nalish bo'lgan" [В:2С]. Ammo jadidchilik harakatiga nisbatan munosobat mustaqillikka erishganimizdan keyingi yillarda o'z mavqeini tiklab bordi.
Jadidchilik harakati namoyondalarining asosiy maqsadi dunyoviy ilmlarni egallagan barkamol yosh avlodni tarbiyalash va ularning manaviy onginini oshirish, o'z vazifasini o'tay olmay qolgan eskicha talim tizimi sohasiga yangicha yangi ijodiy g'oyalarni sindirish edi. Bundan tashqari bu harakat vakillari aholining ijtimoiy hayot tarzini zamonaviy hayotga moslashtirish, milliy - zamonaviy armiyani joriy etish, diniy, dunyoviy, ahloqiy normalarni hisobga olgan holda yangi qonunchilik konsepsiyasini ishlab chiqish va joriy etish, mamlakatning boshqaruv tizimi isloh qilish, hududiy tarqoqlikning oldini olish chora- tadbirlarini ishlab chiqish, jamiyat rivohlanishining barcha sohalariuchun zarur bo'lgan milliy kadrlarni tayyorlash, mamlakatlar bilan diplomatik aloqalar o'rnatish va tashqi siyosat konsepsiyasini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish borasida bir qator g'oyalarni ilgari surdilar.
XIX asrning II yarmida Turkistonda vujudga kelgan jadidchilik harakatining ijtimoi -falsafiy tafakkur taraqqiyotining o'ziga xosxususiyati shundan iboratki, A.Donish, Furqat, Muqimiy singari mutafakkirlar Ibrohim Mo'minov aytganidek, adolatning va inson aqlining tantanasiga qarshi tanqid bayrog'ini ko'tarib chiqdi. Bu bayroqni keyinchalik Behbudiy, Fitrat, Munavvar qori, Abdulla Avloniy, Hamza va Cho'lpon kabilar yangi bosqichga ko'tardilar. "XX asrning avvalida jahon miqyosida yuz bergan ijtimoiy - siyosiy jarayondagi voqealar, 19С5 yilgi rus revolyutsiyasi, Turkiston xalqlarining ongida demokratik tushunchalarning shakllanishi va rivojlanishiga turtki bo'ldi. Bunday siyosiy va iqtisodiy o'zgarishlar ijtimoiy tafakkur taraqqiyotiga ta'sir etmay qolmadi. Yashirin bildirilgan demokratik talablar, marifatparvarlik va vatanparvarlik g'oyalari tobora oshkora bayon etiladigan va ayrim kishilarning hayot tarzi va maqsadlariga aylangan edi. Ana shu davrda shakllangan jadidlar ikki tomonlama tanqid ostida bo'lgan bo'lsa, keyinchalik Oktyabr to'ntarishidan so'ng сунг jadidlar «qizil zambaraklar»dan o'qqa tutildi" [8:33], Shundan ko'rish mumkinki, ilg'or fikrlaydigan ziyoli qatlami jadid bobolarimiz o'z davrining qurboniga aylandi.
Turkiston o'lkasida faoliyat yuritgan jadid marifatparvarlarining tarixiga nazar soladigan bo'lsak, turli tarixiy manbalarda ularga zamon muhitiga qarab tarif berishgan. Masalan, jadidchilik harakati namoyondalari haqida Fayzulla Xo'jayev birinchilardan bo'lib, jadidchilik harakatini ikki yo'nalishda bo'lganligini ochib bergan: «Shunday qilib, sentyabr revolyutsiyasi boshlanguncha Oktyabr va uning oqibatlari tufayli vujudga kelgan jadidlar tashkilotlarining tabaqalanishi uzil - kesil rasmiylashdi, bu harakat bir - biridan butunlay boshqa bo'lgan ikki qismga bo'lindi: Uning birinchi qismi Buxoro Kommunistik partiyasiga kirib, o'z taqdirini Oktyabr revolyutsiyasi va jahon kommunistik harakatining taqdirini bilan , jahon sotsial revolyutsiyasi uchun kurash bilan qo'shdi va birlashtirdi. Jadidlarning Oktyabrgacha bo'lgan qismi esa fevralgachadagi pozitsiyalarda qolib o'zining millatchilik idealogiyasini tark etmadi." [9:190].
Turkiston o'lkasida faoliyatini olib borgan jadidlarning hududiy qatlamiga ko'ra ham farqlangan.
Bular: 1. Turkiston jadidlari;
2. Buxoro jadidlari;
3. Xiva jadidlari.
Hududiy faoliyat ko'rsatayotgan jadidlarning faoliyatini tahlil etish asnosida shu fikrga kelish mumkinki, asosiy pirovard maqsadi ozodlik pozitsiyasiga asoslangan bo'lsada, ichki tuzilish faoliyatida ayrim farqlarni ham ko'rish mumkin. "Turkiston jadidlari ham Buxoro jadidlari singari tabaqalanish yo'lidan bordi. Turkiston jadidlarining katta qismi revolyutsiyani tushunmadi va uning milliy burjua idealogiyasida qolaverdi» [8:192]. Shundan xulosa chiqarish kerakki, jadid bobolarimiz faoliyatini revolyutsiyadan oldingi va revolyutsiyadan keyingi bosqichlarga bo'lingan. Masalan, Farg'ona vodiysidagi milliy harakatlar, Yosh buxoroliklar, Yosh xivaliklar, Toshkentdagi ziyolilarning faoliyatlaridagi o'zaro birlik va o'ziga xoslik holatlarini ham ko'rishimiz mumkin. Samarqandda vujudga kelgan ma'rifatparvarlik harakati ijtimoiy rivojlanishi natijasida jadidchilikning siyosiy bosqichiga ko'tarildi. O'z davrining ko'zga ko'ringan ijtimoiy -siyosiy oqimi sifatida jadidchilik milliy o'z -o'zini anglashning o'sishiga va milliy ozodlik mafkurasini shakllanishi va taraqqiyotiga juda katta xizmat qildi. [10:4].
Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, Turkiston o'lkasida vujudga kelgan jadidchilik harakatining asosiy bosh maqsadi jamiyat taraqqiyotiga kamarbasta bo'ladigan yosh avlodni tarbiyalash orqali barcha jabhalarda innovatsion yangi g'oyalarbilan sug'orilgan islohatlarni joriy qilishdan iborat bo'lgan. Bu ishlarni amalga oshirish orqali jadidlar o'lka aholisining turmush tarzini tubdan o'zgartirish orqali ularning ma'naviy ongini rivojlantirishni o'zlarining asosiy dolzarb masala aylantirgan. Jadid ma'rifatparvarlarimiz Turkiston mintaqasida milliy - ozodlik harakatini ro'yobga chiqarish va rivojlantirish pozitsiyasining negizida jamiyatning siyosiy, ijtimoiy- iqtisodiy, ma'naviy- madaniy taraqqiyotini ta'minlash g'oyasini olib chiqdi. Ular o'z siyosiy faoliyatlarida milliy - istiqlolchilik g'oyalarini ilgari surdi. Bu jadidchilik harakati orqali biz jadid bobolarimizning Chor Rossiyasi hukumatining tajovuziga qarshi qaratilgan milliy -istiqlolchilik harakteridagi kurashida ham ko'rishimiz mumkin. Ma'rifatparvar bobolarimiz milliy rivojlanish bilan qaramlikka qarshi kurashmoq lozimligini o'z vaqtida anglay oldilar. Bunday g'oyalar bu harakat siyosiy faoliyatida qatnashgan jadidlar uchun muhim faoliyat vositasi bo'lib xizmat qildi. Shu sababli taraqqiyparvar jadid bobolarimiz ezilgan, haq huquqlar poymol etilgan Turkiston o'lkasi xalqlarini milliy ozodlik kurashiga chorlashda yalovbardor bo'ldilar.
REFERENCES
1. Q.Nazarov. O'zbek falsafasi. -T., 2003.
2. Tulak. I. XX asr o'zbek adabiyoti. -Andijon, 1993.
3. B.Qosimov. Milliy uyg'onish: Jasorat, ma'rifat, fidoiylik. -T., Ma'naviyat, 2002.
4. Sh.G'affarov. Istibdod davrida Turkistondagi Ta'lim Tizimi. - Samarqand.: SamDU nashr, 2000.
5. E.Tog'yev. va boshqalar. Darsda jadidchilik va uning mohiyatini o'rganish .// «Xalq Ta'limi», 1993, 1-son.
6. Jadidchilik: islohat, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash. -T.: Universitet, 1999.
7. Hoji Muin. Oila tarbiyasi. «Mehnatkashlar tovushi» gazetasi, 1918 yil 9 iyul.
8. Guli Mahmudova. Jadidizm va Turkistonda ahloqiy-estetik fikr Taraqqiyoti. -T., 2006.
9. F.Xo'jayev. Tanlangan asarlar: uch Tomlik. -T.: Fan, 1976. 1-tom.
10. O'zbekiston tarixi: Yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka qadar. Davra suhbati materiallari. 1998 yil 9 oktyabr. -T.: Eldinur nashriyot uyi, 1998.