Научная статья на тему 'MILLIY OZODLIK HARAKATLARIDA JADIDCHILIK FAOLIYATI'

MILLIY OZODLIK HARAKATLARIDA JADIDCHILIK FAOLIYATI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
414
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Jadidchilik / milliy ozodlik harakatlari / Turkiston / Behbudiy / Cho’lpon / Abdulla Avloniy / ma’naviy axloqiy / diniy axloqiy / g’oya / ozodlik / ma’rifat.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Temirqulova Sarvinoz Ilhomovna

Ushbu maqolada Jadidchilik faoliyatiga ta’rif, milliy ozodlikka erishish uchun qilingan sa’y-harakatlar haqida fikr hamda mulohazalar yuritiladi.XX asrdagi Jadidchilik harakati g’oyalari va ijtimoiy-siyosiy ahvol yoritib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY OZODLIK HARAKATLARIDA JADIDCHILIK FAOLIYATI»

MILLIY OZODLIK HARAKATLARIDA JADIDCHILIK FAOLIYATI Temirqulova Sarvinoz Ilhomovna

Nizomiy nomidagi TDPU Maxsus pedagogika va inklyuziv ta'lim fakulteti Surdopedagogika

yo'nalishi 202-guruh talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10805056

Annotatsiya. Ushbu maqolada Jadidchilik faoliyatiga ta'rif, milliy ozodlikka erishish uchun qilingan sa'y-harakatlar haqida fikr hamda mulohazalar yuritiladi.XX asrdagi Jadidchilik harakati g'oyalari va ijtimoiy-siyosiy ahvol yoritib beriladi.

Kalit so'zlar: Jadidchilik, milliy ozodlik harakatlari, Turkiston, Behbudiy, Cho'lpon, Abdulla Avloniy, ma'naviy axloqiy, diniy axloqiy, g'oya, ozodlik, ma'rifat.

O'zbekistonda Jadidchilik harakati, 19-asrning oxirida O'zbekiston bo'ylab keng qamrovli rivojlanuvchi ijtimoiyo-siyosiy g'oyalar taraqqiy etdi. Bu harakat ma'naviy, madaniyat va siyosiy yangilanishlarga qarshi turadigan, 19-asrning oxiridan 20-asr boshlarigacha O'zbekistonning modernizatsiyasi, rivojlanishi va demokratik islohotlarni o'z ichiga olgan ijtimoiy guruh edi. Jadidchilik harakati O'zbekistonning xalqaro aloqalari, ilmiy hayot kengaytirish va yangi madaniy qadriyatlarni qabul qilishga qaratilgan islohotlar haqida tahqiqotlar olib boradi. Bu harakatning muhim maqsadi o'zaro aloqalar o'rnatish, yangi texnologiyalarni yaratish va o'zaro samarali munosabatlarni rivojlantirish edi. Jadidchilik taraqqi va rivojlanishning sabablaridan biri bo'lgan millatlararo munosabatlari, ilmiy madaniyat yondoshi va ijtimoiy qadriyatlar asosida o'zining o'ziga xos texnologiyasini o'zlashtiradi. Jadidchilik harakati O'zbekistonning eng ko'p talab qilini organlari, ilmiy va ijtimoiy yo'nalishlari rivojlanishida eng muhim ahamiyatga ega edi va bu harakatning samaralari hozirda ham hisobga olindi. Bu harakatning o'ziga xos kuchli muhit, jamiyat tashkiloti va ilmiy salohiyatli a'zolariga, qo'llariga va fikrlariga hammasiga aloqasi bo'lgan jigarrangili qo'llangan maqbuliyatda rivojlandi.

Bilamizki, kishining jamiyat hayotida tutgan o'rni, roli uning erishgan yutuqlari, davlat va jamiyat rivojiga qo'shgan hissasi bilan belgilanadi. O'tgan davr Chor Rossiyasi bosqini davrida Turkiston hududida milliy ozodlik harakatlarini olib borgan ijtimoiy guruhlarning yagona bir maqsad yo'lida birlashishi jadidlar faoliyatini keltirib chiqardi. XX asrning boshlarida O'rta Osiyo hududida jumladan; Turkiston, Buxoro, Samarqand, Xiva va boshqa shaharlarda milliy ozodlik harakatlarining milliy mafkura va ijtimoiy savodxonlik darajasi bilan amalga oshirilishi lozim ekanligi anglashilgach, Turkiston bo'ylab yangi usul maktablarining ochilishiga keng e'tibor qaratildi. Milliy ozodlik harakatlarida asosan ijtimoiy xalq vakillarining hamda ziyolilar qatlami, diniy mutaassiblar, dehqon va mayda hunarmandlarning ishtirok etishi Jadidlar faoliyatining keng tarzda ommalashuviga olib keldi, deyish mumkin. Ushbu vazifalarning keng va strukturali tarzda bajarilishini yo'lga qo'yish va bu kutilgan natijalarni egallashda, asosan, uchta hududiy birlashmalar rol o'ynaydi. Ular quyidagicha:

1. Turkiston hududi;

2. Buxoro hududi;

3. Xiva hududi.

Turkiston ziyolilarining birlashgan holda dunyo hamjamiyatida amalga oshirilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlardan voqif bo'lish, shu bilan birgalikda, ijtimoiy hayotga ham tatbiq etish maqsadga muvofiq ekanligi anglashildi. Shundan so'ng 1908- yilda Buxoroyi sharif shirkatining tashkil etilishi hamda ushbu shirkat tasarrufida yangi usul maktablari uchun darsliklar va kitoblarning chop etilishi o'sha davr siyosiy hayotida katta voqealardan biri bo'lib xizmat qildi,

deyish mumkin. Umumiy qilib olganda, jadidlarning o'zaro hududlar kesimida muntazam aloqada yagona bir maqsadga birikkan holatda faoliyat olib borishlari ham ahamiyatlidir. "Usuli Jadid" harakati vaqt o'tishi bilan o'z mevalarini bera boshladi. 1904-yilga kelib Rossiyaning o'zida besh mingga yaqin "Usuli jadid" maktablari ochildi. So'ngra, bu harakat Turkistonga ham yoyila boshlandi. XX asrning boshlarida, Buxoro jamiyatida jadidlar faoliyati ikki rahbar ostidagi faoliyatga birikkan bo'lib, ulardan biri, Ikrom domla rahbarligidagi taraqqqiyparvar kuchlar ekanligi, ikkinchi guruh rahbari sifatida mulla Abdurazzoq boshchiligidagi qadimchilar jamoasi edi. Jadidlar faoliyatida bosmaxonaning ochilishi katta voqealardan biri bo'lib, Toshkent, Samarqand, Xiva kabi shaharlarda yangi usul makatablari asosida ta'lim berish yo'lga qo'yila boshlandi. Bundan ko'zlangan maqsad shuki, milliy mafkura teran va aniq bo'lsa ko'zlangan maqsadga yetish osonlashadi. Ko'zlangan maqsad esa, mustaqillik edi. Shuning uchun ham, jadidlar dunyo hamjamiyatida bo'layotgan yangiliklar va islohotlarni Turkiston hududiga targ'ib qilish, ulardan foydalangan holatda yangi avlodni savodli qilish yuzasidan turli ishlarni amalga oshirishni o'zlarining asosiy maqsadlari deb bilardilar. Mahmudxoja Behbudiy aytganlaridek, "Haq olinur, berilmas" va buni jadidchilar yaxshi anglardilar. Milliy mustaqillikning qo'lga kiritish uchun esa dunyo standartlariga javob beruvchi kadrlar tayyorlash, yangicha milliy dunyoqarash ostida voyaga yetgan avlodlarni tarbiyalash katta ahamiyat kasb etar edi. 1909-yilda tashkil etilgan Tarbiyayi atvol jamiyati faollari:Ahmadjon Abusaidov, Usmonxoja

Ahmadxo'jayev, Hamidxoja Mehriy, Abduvohid Burxonov, Abdulqodir Muhitdinov, Sadriddin Ayniy, Abdurahmon Sa'diy va boshqalar shirkatning rivoji yo'lida katta hissa qo'shganlar. Ushbu shirkatning vazifasi diplomatik immunitetni oshirish yuzasida Turkiyaning Istambul shahriga talabalarni o'qishga jo'natish maqsad qilib qo'yilgan bo'lib ushbu vazifalar bajarilib, o'z natijasini ko'rsata boshladi. "Mahmudxo'ja Behbudiy 1893- yildan Rossiya va xorijiy mamlakatlarda nashr etiluvchi turkiy va forsiy matbuot bilan tanishib borgan. Zamon ahvoli, bo'lib turgan ijtimoiy va siyosiy voqealar, turli yangiliklarni kuzatadi". Jadidlar faoliyati hududlar kesimida baholanib, amalga oshirilayotgan islohotlar o'znatijalarini ko'rsatishi bilan ajratib turgan. Xiva hududida faoliyat yuritgan jadidlarning tarixiy shart-sharoitdan kelib chiqqan holatda, o'zaro ikki oqim asosida faoliyat olib borishlari ham o'sha davr muhitining jadidlarga nisbatan ikki xil qarashni yuzaga keltirgan ekanligini ochib beruvchi manba vazifasini bajaradi.Ulardan biri, bosh vazir Islomxo'ja boshchiligidagi jadidchilik faoliyatini qo'llab -quvvatlaydigan guruh bo'lib, ular xon hokimiyatining saqlanib qolgan holatda islohotlarning amalga oshirilishini yoqlab chiqqan bo'lishsa, ikkinchi guruh rahbari Bobooxun Salimov edi. Bobooxun Salimov boshchiligidagi jadidlar nisbatan farqli dunyoqarashga ega bo'lib, yangi usul maktablarining tarafdori edi. Jadidlar faoliyatining asosiy qismi muatassiblik, loqaydlik hamda qoloqlikka qarshi kurash bo'lib, yangi usul maktablarida ta'lim olgan kishilarning yangicha dunyoqarashga ega bo'lishi, rus hamjamiyatida faoliyat yurita olishi va kelajakda milliy ozodlikning qo'lga kiritilishii asosiy bosh g'oyalardan biri edi, deya olish mumkin. Ushbu davrda Rus hamjamiyatining o'zaro ahvoli va boshqa hududlarda olib borayotgan keng islohotlari qo'l kelib, jadidlar faoliyatining yalpi tarzda amalga oshuvi hamda rivojlanishga turtki berdi, deyish mumkin. Jadidlar o'z saflarini yanada kengaytirish, dunyo tajribasidan unumli foyadalanish va amaliyotga tatbiq qilishni yaxshi anglaganlar. Shu boisdan ham, Ismoil Gaspirali bilan aloqalarning o'rnatilishi natijasida erishilgan yutuqlar kishilarning e'tirofiga sazovor bo'lgan. "Tarixiy islohotlarning teran tarzda tadqiq etilishi va ko'zlangan maqsadlarning amalga oshirilishida nafaqat yangi usul maktablari, darsliklari balki, badiiy ijod, adabiyot teatr truppalari ham katta ahamiyat kasb etishi anglashiladi". Shu sababli ham, Samarqandda Mahmudxo'ja

Behbudiy, Shakuriy, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Buxoroda Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniylar keng tarzda faoliyat yuritganlar. Kishilik jamiyatda istiqomat qilayotgan kishilarni savodli qilish orqaligina, milliy ozodlikka erishish mumkin ekanligi, har qachongidan ham yuksak ahamiyat kasb etishini yaxshi bilgan Jadidlar endilikda teatr truppalari, oliy savodxonlik, ijtimoiy dunyoqarash kabilarga atroflicha e'tibor qarata boshladilar. Turkistonda jadidchilik harakati uch soha orqali faoliyat ko'rsatdi. Bular : maorif (yangicha maktablar ochish, ta'lim usulini yangilash), san'at (badiiy adabiyot, teatr) matbuot. (gazeta jurnallar). Asosiy maqsad millatni, bir tomondan, ilm-ma'rifatli qilish bo'lsa, ikkinchi tomondan uning axloqiy darajasini yuksaltirish va ana shu ikki jihatning uyg'unlashuvi natijasida, uzligini, o'z qadrini anglagan bilimli shaxsni voyaga yetkazish edi. Turkiston jadidchilari tomonidan ana shu maqsadni amalga oshirish yo'lida katta ishlar qilindi. Turkistonda jadidchilik harakatining yuzaga kelishida tarixiy sharoit bilan birga, XIX asrning so'nggi choragida uyg'ongan ma'rifatchilik, ma'rifatparvarlik qarashlarining ta'siri katta bo'ldi. XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi Turkistonning ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotiga e'tibor bersak, marifatparvarlik mafkurasi demokratik va milliy-vatanparvarlik harakatlarining g'oyaviy mazmunini tashkil etganligini ko'ramiz. Mamlakatimizda marifatparvarlik g'oyasining kelib chiqishiga asosiy sabab, birinchidan, rus istilochilik siyosatining chuqurlashib borishi natijasida paydo bo'lgan milliy ozodlik harakatlari, ikkinchidan, g'arbdan kirib kelayotgan demokratik harakatlarning istilochilar tomonidan bo'gib qo'yilishi, uchinchidan, millatparvar - fidoiy kishilarning qattiq takib ostiga olinganligi va xatto ularning qatl etila boshlaganligi edi. Jadidchilik harakati vakillari o'zlarining ma'rifatparvarlik mafkurasiga bir tomondan o'sha davr uchun dolzarb bo'lgan demokratik g'oyalarni: ilm o'rganish, fan va texnika yutuqlaridan baxramand bo'lish, ilmiy-tabiiy fanlarni rivojlantirish, so'z va fikr erkinligini joriy qilish, demokratik davlat q'urilishiga asoslangan milliy davlatchilikni vujudga keltirish, milliy g'oyalar qatlamini shakllantirish, adabiyot va san'atning zamonaviy janrlarini rivojlantirish, ikkinchi tomondan mustamlakachilik siyosati ta'siri ostida o'z milliy qiyofasini yo'qotayotgan turkiy til va milliy qadriyatlarni tiklash, milliy ma'naviy-axlokiy takomillarni yanada kuchaytirish, milliy o'zligini anglash, milliy ong, milliy tafakkurni va diniy e'tiqodlarni mustaxkamlash kabi g'oyalarni asos qilib oladilar. Albatta bu vazifalarni amalga oshirishda an'anaviy islom dini, shariat asoslari va xadislar ham o'z ta'sir kuchini saqlab turgan ta'limotga suyanadilar. Jadidchilar o'zlarining ilg'or g'oyalarini Xalq o'rtasida tarqatish uchun milliy matbaachilikni rivojlantirish orqali, zamonaviy ta'lim sistemasini joriy qilish, ilg'or g'arb mamlakatlariga maxalliy yoshlarni o'qishga junatish yo'li bilan amalga oshirishga harakat qildilar. Turkiston ma'rifatchiligining dastlabki bosqichlarida axloqiy g'oyalar asosan badiiy va didaktik shakllarda o'z aksini topdi. Shu jihatdan o'zbek, va tojik xalqlarining mutafakkirlari Ahmad Donishning (1827 - 1897) «Navodir ul - vaqoe» asari diqqatga sazovor. Ahmad Donish o'z asarlarida Buxoro amirligi davlat tuzumini Rossiya davlat tuzumi bilan solishtirib, uni isloh qilish lozimligini ta'kidlaydi. Ayni paytda, an'anaviy axloqiy tushunchalar bilan fikr yuritar ekan, u adolatni ham podsho - hukmdor shaxsiga, ham davlat tizimiga xos fazilat sifatida olib qaraydi. Agar hukmdor adolatli siyosat yurgizsa, mamlakat hayotining hamma sohasi uchun adolatni mezon qilib olsa, san'atning gullab yashnashiga yo'l ochib bersa - xalq hayoti farovon bo'ladi, fazilatlar kuchayib, illatlar zaiflashadi. U, hukmdor donishmandlik fazilatiga albatta ega bo'lishi lozim, davlatning mohiyatini aql belgilaydi, degan xulosaga keladi: oqilona boshqarilgan mamlakat aholisigina ma'rifatli va yuksak axloq egalari bo'la oladi. Jadidchilik aslida ma'rifatparvarlik harakatining ko'rinishidir. Shuning uchun biz bu o'rinda masala bayonini ma'rifat va ma'rifatparvarlik tushunchalari va uning ahamiyatini izohlashdan boshlashni lozim topdik. Ma'rifatning lug'aviy ma'nosi bilish, tanish,

bilim demakdir. Boshqacha aytganda ma'rifat bilmoq, kishilarning ong-bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta'lim- tarbiya jarayonidir. Ma'rifat so'zining ko'pchilikdagi ma'nosi maorifdir. Ma'rifat atama sifatida - tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar, ma'lumotlar majmuasini bildiradi. Ma'rifatli degani - bilimli, muayyan sohada ma'lumoti bor, demakdir. Fanlar chuqur va keng rivojlanib borayotgan hozirgi davrda bilim va ilmga intilgan har bir kishi, talaba, fan namoyondasi ilmning, ya'ni ma'rifatning ma'lum sohasinigina egallashga erisha oladi. Masalan, kimyoning ma'lum sohasini, xuddi shuningdek matematika, fizika, biologiya, medisina va boshqalarning ham ma'lum yo'nalishlarini egallaydilar. Ma'rifatni hayotga singdirish maorif tizimi orqali amalga oshiriladi. Demak ma'rifat - bilim va madaniyatning qo'shma mazmuni bo'lib, maorif esa ana shu mazmunni yoyish quroli, vositasidir. Ma'rifat asosan umumiy va o'rta maxsus bilim beruvchi maktab va o'quv yurtlarida tarqatiladi. Ma'rifat tushunchasi maorif tushunchasidan keng bo'lib, bilim va madaniyatni yoyish va yuksaltirishning hamma turlari, shakllari va sohalarini o'z ichiga oladi. Jamiyatda ma'rifat, ya'ni bilim ma'rifatparvarlar orqali yoyiladi. Ma'rifatparvar - ma'rifat uchun ko'rashuvchi; ilm, bilim chirog'ini yoquvchi; ma'rifat homiysi va tarafdori demakdir.

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz lozimki, jadidchilik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida milliy uyg'onish va milliy ong yuksalishida katta rol o'ynagan. Jadidchilik g'oyalarini uning yorqin vakillaridan Behbudiy, Fitrat, Cho'lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori, Fayzullo Xo'jayev, So'fizoda, Tavallo, Ishoqjon Ibrat kabilar g'oyat og'ir sharoitlarda targ'ib etishga harakat qilganlar. Ular millatning kamolotini yuksaltirish, uning qadr-qimmatini yerga urishga yo'l qo'ymaslik borasida katta ishlar qilganlar. Ma'rifatchi jadidchilar og'ir moddiy qiyinchiliklar, g'oyaviy- siyosiy tazyiqlarga qaramay, millatning ma'naviy yuksalishi uchun imkoniyatlar yaratishga harakat qildilar. Tarixning murakkab, mas'uliyatli burilish davrlarida millatning milliy ongini yuksaltirish, milliy iftixor to'yg'usini kuchaytirish birinchi darajali vazifalardan ekanligini anglab yetganliklari uchun ham bu boradagi barcha ishlarni o'z zimmalariga oldilar. Behbudiy, Fitrat, Munavvarqori va boshqa millat uchun jonkuyar jadidlar maktablar ochar, ularda o'zlari dars berar, o'quv qo'llanmalari yozar, nashr etar va bu yo'lda jonbozlik ko'rsatar edilar. Bu yo'lda hatto o'z mablag'larini ayamaganlar. Bunday saxovatpeshalik, savobtalablik kabi ezgu ishlar bizning hozirgi mustaqil rivojlanishimiz uchun ham nihoyatda zarur. Bugunda ma'rifatparvar-jadidchilarning bebaho asarlari, ilmiy, nazmiy va nasriy meroslari ijtimoiy-falsafiy va axloqiy g'oyalari o'zbek xalqining ma'naviyat va ma'rifatini, milliy qadriyatlar va ongini yuksaltirish yo'lida xizmat qilib, avlodlar qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'ularini tarbiyalab kelmoqda. Mustaqillik tufayli ma'rifatchi-jadidlarning nomlari tiklanayapti, tavallud topgan kunlari tantanali nishonlanayapti, asarlari qayta-qayta chop etilayapti. Ularning dunyoqarashlarida bayon etilgan falsafiy-axloqiy fikrlari xalqimizning madaniy-ma'naviy, qadriyatlar sifatida xanuzgacha saqlanib kelmoqda.

REFERENCES

1. Rustam Sharipov O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat Yuridik instituti. "TURKISTON JADIDCHILIK HARAKATI TARIXIDAN". TOSHKENT:. "O'QITUVCHF' 2GG2.

2. Yoshlar ishlari agentligi "Jadidlar. Mahmudxo'ja Behbudiy". Toshkent:. Yoshlar nashriyot uyi- 2G22.

3. "MILLIY OZODLIK HARAKATLARIDA JADIDCHILIK FAOLIYATINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI" Gulboyev Husan Shokir og'li.

4. Muhammadjonova L., Jadid mutafakkirlarining axloqiy qarashlari. -T.: O'zMU. 2007.

5. Mahmudova G. Jadidizm va Turkistonda axloqiy-estetik fikr taraqqiyoti. -T.: Davr-press, 2006.

6. Sharq allomalari va ma'rifatparvar adiblarining barkamol avlod tarbiyasiga oid ma'naviy-axloqiy qarashlari. G. Niyozov, Q. Axmedov, Q. Tojiboev O'zbekiston 2010 yil.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.