JADID MA'RIFATPARVARLARI PEDAGOGIK MEROSINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI VA QARASHLARI MAZMUNI
Yorqinjon Yoqub o'g'li Turobov
Renessans ta'lim universiteti katta o'qituvchisi
ANNOTASIYA
Jadid ma'rifatparvarlari pedagogik merosining ilmiy-nazariy asoslari mazmuni bilan bog'liq jihatlari, komil inson na'munasini tarbiyalashda zamonaviy pedagogikada jadid ma'rifatparvarlari pedagogik merosining ilmiy-nazariy asoslari va qarashlari mazmuni jihatlari haqida fikir mulohaza yuritamiz.
Kalit so'zlar: Jadidchilik, milliy, davlat va jamiyat, jadidlar harakati, ma'rifatparvar.
ABSTRACT
Aspects related to the content of the scientific-theoretical foundations of the pedagogical heritage of the modern enlighteners, we will consider the aspects of the content of the scientific-theoretical foundations and views of the pedagogical heritage of the modern enlighteners in modern pedagogy in raising a perfect human model.
Keywords: Jadidism, national, state and society, Jadid movement, enlightenment.
АННОТАЦИЯ
Аспекты, связанные с содержанием научно-теоретических основ педагогического наследия современных просветителей, рассмотрим аспекты содержания научно-теоретических основ и взглядов на педагогическое наследие современных просветителей в современной педагогике в воспитании идеальная модель человека.
Ключевые слова: жадидизм, национальность, государство и общество, джадидское движение, просветительство.
"Jadidlar g'oyalari yangi O'zbekiston strategiyasi bilan uyg'un va hamohangdir"
Sh.M.Mirziyoyev
Jadidchilik XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllanib, qisqa muddatda ijtimoiy turmushning barcha jabhalarini qamrab ola bilgan ijtimoiy harakatga
314
aylanadi. Turkistonda milliy mustaqillik uchun kurash yo'liga kirgan dastlabki ijtimoiy-siyosiy oqim jadidlar harakati edi. Jadidchilik harakati namoyandalari o'z pedagogik g'oyalari mezonini ijtimoiy adolat, milliy farovonlik, turkchilik, milliy mustaqillik va shu kabilar asosida shakllantirgan edilar. Shu bilan birga, ular madaniy-axloqiy va ma'rifatparvarlik ishlarini yangilashga, yevropacha ilmiy-texnika tafakkurini targ'ib qilishga, diniy mutaassiblik, aqidaparastlik va nodonlikka barham berishga, yot axloqiy ideallarning kirib kelishiga qarshi islom tarixiga qiziqish uyg'otishga harakat qildilar. Jadidlar mafkurasi ham o'ziga xos edi. Ular o'sha paytlarda butun dunyoga keng tarqalishga ulgurgan Yevropa madaniyati va rivojlanish g'oyalarini rad qilar, shu bilan birga yangi paydo bo'lgan sotsializm va sotsial-demokratik qarashlarga qo'shilmas, bu oqimlar Turkistonning kelajagi uchun xavfli ekanligini isbotlashga harakat qilar edi. Ular o'z mafkuralari asosiy mezonlarini ijtimoiy adolat, milliy meros, turkchilik va milliy mustaqillik kabi qadriyatlar asosida shakllantirdilar. Shu bilan birga ular ma 'naviy-madaniy va ma'rifiy hayotni yangilashga, xalq turmush tarziga fan va texnika yutuqlarini olib kirishga, diniy jaholat, bid'at va mutaassiblikka, shuningdek, qoloqlikka barham berishga intilar edilar. XX asrning dastlabki 10-15 yilida Turkistonda yangi "usuli jadid" yoki "usuli savtiya" maktablari ochildi, milliy matbuot va teatrlar tashkil etildi. Turli uyushmalar, harakatlar va xayriya jamiyatlari shakllandi. Jadidlarning xalqning milliy uyg'onishi, mustaqillik uchun kurash g'oyalarining shakllanishida, shuningdek, uning madaniy-ma'rifiy qarashlarini boyitishda Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulhamid Cho'lpon, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev kabi taniqli kishilarning faoliyati katta ahamiyatga ega bo'ldi. Mahmudxo'ja Behbudiy Turkiston xalqlari orasida ilm-ma'rifatni rivojlantirish ularning milliy-davlat manfaatlarini himoya qilish uchun zarur, degan fikrga keladi.
Agar bunday qarashlar debochasini XIX asrda Ahmad Donish kabi ma'rifatparvarlar boshlab bergan bo'lsa, ularning g'oya va qarashlarini Sadriddin Ayniy, Abdulvohid Munzim, Mirkomil Burxonov, Usmonxo'ja Po'latxo'jaev, Xolidxoji Mehri, Mulla Vafo, Abdurauf Fitrat kabi millatparvar ziyolilar rivojlantirdi. Jadidlarning bunday qarashlari hozirgi jamiyat uchun ham dolzarb sanaladi. To'y -hashamlarda ortiqcha dabdababozlik natijasida oilalar moddiy qiyinchilklar girdobiga tushib borayotganligi hechkimga sir emas. Bunday odatlarni imkon darajada cheklash hukumatning siyosiy irodasi bilan bo'lishi zarurdir.
XIX asr oxiri-XX asr boshlarida yuzaga chiqqan Jadidlarlarning pedagogik qarashlarini o'rganar ekanmiz, Turkiston tarixida davlat va jamiyat boshqaruvi qay darajada shakllanganligiga, uning pedagogik qadriyatlarga sodiqligi muammolariga,
315
unda ijtimoiy-ma'naviy ziddiyatlarning kelib chiqish sabablariga, xalqning ma'rifatsiz va o'quvsizligi oqibatida mustamlakachilik asoratiga tushib qolishi kabi savollariga javob topamiz. Bu davrga kelib o'zbek xalqi milliy ruhiyatining o'sishi sustlashgani, o'lkaning har bir jihatdan orqada qolib, kishilarimizda norozilik, kemtiklik, o'z millati va milliy tiliga nisbatan befarqlik his-tuyg'ulari xalqimizning ongiga, turmush tarziga, fikr yuritish va sa'y-harakatlarining miqyosi va sur'atlariga chuqur salbiy ta'sir ko'rsatishiga sabab bo'ldi. [1] Jamiyatda shariat va milliy axloqning zaiflashuvi, xonlarning nafs va hirsga berilishi, munofiqligi, riyokorlik, xoinlik, tovlamachilik kabi axloqsiz illatlarning jamiyat ijtimoiy turmushiga kirib olishi davlatchilik asoslarini yemirishga olib keladi. Bunday sharoitda chet yurtlarning ko'z olaytirishi, o'zga yerlarning tabiiy resurslariga egalik qilish istagi tug'ilishi tarixda isbot talab qilmas aksiomadir. Shunday niyati tug'ilgan Chor Rossiyasining mustabid siyosati Turkiston xalqlarining siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy hayot jabhalarini birday tobe qilib olishga qaratilgan edi. Turkiston milliy davlatchik himoyasi uchun olib borilgan kurashda milliy - ozodlik harakatining o'ziga xos xususiyatlari hamda shart-sharoitlarining vujudga kelishini o'rganish jadidchilik va jadidlar harakati bilan bevosita bog'liq.
Jadidlar o'z harakatlarini uchta frontda olib borishadi. Birinchisi siyosiy jabhada, ikkinchisi ma'naviy-falsafiy jabha, uchinchisi shu maqsadlarni amalga oshrishiga qaratilgan harakatlar bilan ifodalaniladi. Birinchisi mustamlaka hokimiyat qiyofasini o'zgartirishga qaratilgan bo'lsa, ikkinchisi milliy ong va tafakkurni o'zgartirishga qaratiladi. Uchinchisi, mahalliy hukmdorlar va ulamolarning qattiq qarshiligi sharoitida ma'rifatni amalga oshirish borasida ular yangi usuldagi maktablar quradi, kutubxonalar, qiroatxonalar ochadi, darsliklar, gazetalar chop etadi, teatr tashkil etadi, bularning barchasi ziyolilar va ularga hayrixoh insonlar ishtirokida amalga oshirilgan. Bular o'z davrida millat uchun ulkan o'zgarishlarga daxldor islohotlarga tenglashtirish mumkin. Bu jarayon ham katta kurashlar va bosimlar ostida amalga oshirilgan. Kurashning keng qamrovli mashaqqati ham ana shunday obyektiv va subyektiv omillarga borib tutashadi. Ma'rifatparvarlar shu tarzda nafaqat tashqi dushman bilan kurash olib borishadi, balki ichki milliy jaholat bilan ham kurash olib borishlariga to'g'ri keladi. Muammoning og'ir nuqtasi ham shu oxirgisining yuki bilan belgilanadi.
Jadidlar o'z davrining yoshlar harakati edi, deydi professor D. Alimova. Olimaning ma'lumotlariga ko'ra, Cho'lpon 1910 -yilda 13 yoshda, Behbudiyning yoshi esa 30 dan oshiqroq bo'lgan ekan. O'sha harakatning boshqa ishtirokchilari faqat yoshlardan iborat ekani ma'lum bo'lyapti. Yoshlar intellektual jihatdan rivojlangan va Turkistonning jahon taraqqiyotidan orqada qolayotgani sabablarini
316
tushunar edi. Shu o'rinda qayd etish joizki, ma'rifatparvarlikning chuqur ildizlari bo'lib, faqat jadidchilik ko'rinishida zuhur bo'lgani yo'q. Uning ma'rifatparvarlik ildizlari ham bor edi va jadidchilik ushbu harakatning akkumulyatori - quvvat yig'uvchisi bo'ldi. Albatta, u oldingi adabiyot, oldingi falsafa yutuqlariga asoslangan. Jadidlar o'zini ushbu falsafaning tahlilchilari sifatida ham namoyon qildi. Bilamizki, mashhur ma'rifatparvar Ahmad Donish, shoirlar Muqimiy, Furqat, Hamza, Ubaydulla Zavqiy, Muhammad Bayoniy, Abay Qo'nonboyev va olim Cho'qon Valixonov islohotning hassos tarafdorlari bo'lgan, ular boshi berk ko'chadan chiqishni nafaqat ma'rifatda, qolaversa, turkiy xalqlar birligida ko'rgan. O'tmishdoshlaridan ancha oldinlab ketgan va ma'rifatparvarlikdan siyosatga o'tgan jadidlar shu zaminda unib chiqqan[2]. Jadidchilar siyosiy-ijtimoiy tizimni o'zgartirish vazifalarini, avvalo, ma'naviyat sohasini rivojlantirish orqali amalga oshirishga e'tibor qaratadilar. Buning uchun ular yangi usuldagi maktablarni tashkil etish, gazetalar chiqarish, darslik va o'quv qo'llanmalarni nashr etishni, g'arbning yangi madaniyat va texnologiya uslubiyatlarini o'rganish zaruriyatini, uni Turkistonda targ'ib etish orqali milliy-dunyoviy ta'limni yuzaga keltirishni, ma'naviy hayotni yangilash va boyitish, milliy o'zlikni anglashni yuksaltirishga zamin yaratishga intilganlar. Jumladan, Munavvarqori Abdurashidxon o'g'lining "Xotiralarim"[3] , Behbudiy[4], Fitrat[5] , Avloniy[6] va boshqa milliy istiqlol qahramonlari asarlarida O'rta Osiyo xalqlari hayotida mustamlakachilik siyosatining asorati, ma'naviy-ma'rifiy va siyosiy qoloqlik, diniy hurofot hamda milliy istiqbolga erishish muammolari ko'tarilgan.
"Millat ozod bo'lib, o'zining mustaqil davlatini o'rnatmaguncha, ijtimoiy adolatni tiklab bo'lmasligi, Behbudiy kelgan birinchi xulosalardan edi" [7] - deydi B. Qosimov. Darhaqiqat, bunday g'oya milliy istiqlolchilik harakatining o'zagini tashkil etgan. XX asr boshlarida butun Turkistonda yangi kuchga kira boshlagan jadidchilik harakati o'lkadagi barcha sohalar ishlarining kelajagini belgilab berdi. Jumladan, yangi adabiyot, publitsistika, siyosat kabilar ham shu sohalar tarkibida edi. Davr ushbu yo'nalishlarning xususiyatlarini aniqlab bergan namoyandalarini ham maydonga chiqardi. Ular orasida Abdurauf Fitrat alohida o'rin tutadi. Uning "Munozara" va "Bayonoti sayyohi Hindiy" kabi dastlabki nasriy asarlari nafaqat Buxoro, balki butun Turkiston jadidlarini yanada kuchlantirdi[8] . Fitrat 1916-yildan boshlab yaratgan "Begijon", "Qon", "Abu Muslim", "Temur sag'anasi", "O'g'uzxon" kabi dramalarida tarixga murojaat etganiga qaramay, bolsheviklarning Turkistonda olib borgan g'ayrimilliy siyosatiga faol munosabat bildirib, zulm va zo'ravonlikka asoslangan "yangi tuzum"ni keskin qoralagan. Mutafakkir bolsheviklar tuzumiga qarshi istiqlol uchun kurash g'oyasini "Chin sevish"(1920) va "Hind
317
ixtilolchilari"(1923) asarlarida yorqin ifodalagan. U Turkistonda sovet hokimiyati yillarida sodir bo'layotgan fojiali voqealarni Angliyaning mustamlakasi bo'lgan Hindistonga misolida, ingliz mustamlakachilariga qarshi kurashayotgan hind ixtilochi (istiqlolchi)lari siymosida, ma'lum ma'noda, o'z vatandoshlari timsolini yaratdi.
Jadidlar o'z oldiga qo'ygan maqsadlari yo'lida jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi, mustaqillik uchun kurash olib bordi. Ularning g'ayrat va tashabbusi bilan dunyo ko'rgan Turkiston muxtoriyati bu yo'ldagi amaliy harakatning dastlabki natijasi edi. Maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab chiqdi. Ammo milliy istiqlol uchun kurash yo'llari va shu yo'ldagi maqsad mushtaraklikda bo'lgan emas. Mustaqillikka erishish kurashlari afsuski, turlicha anglangan va yondashilgan[9] .
A.Avloniy o'z asarlarida millatning turmush tarzi, uning dunyoqarashi, tafakkuri hamda madaniyatining darajasini ifoda qilib, shu davrdagi milliy ruhiyatning nechog'li darajada nochor bo'lganligini ifodalab beradi. Jumladan, u, shunday yozadi: "... Ehtimol, bizning xalq ilmu ma'rifatni, tarbiya va ta'limni, hunar va sanoatni yaxshi ko'rar, deb o'ylaydurg'ondursan? Yo'q, bu fikringiz yonglish.. Eshonlarimiz toat va ibodat, pandu nasihat, zikru tasbeh o'rniga to'ylarida to'n kiyub ko'p oshab, ko'p uxlashni yaxshi ko'rurlar. Ulamolarimiz darsu ta'lim o'rnig'a, bir-birilari ila o'rin talashib mukarrir va mudarris bo'lishni, o'zlari bo'lalmay qolsalar, eshikma-eshik yurub saylovni buzushni yaxshi ko'rurlar. Imomlarimiz, xaloyiqg'a va'z va nasihat o'rnig'a, to'y va janozalarda yurub, joma kiyishni yaxshi ko'rurlar. Boylarimiz orqa-o'nglariga qaramasdan, foyda va zararlarini oyirmasdan bir-birlarig'a raqobat qilaman, deb "bonka" va "kridit"larini ko'payturub, do'ffilari tor kelganda rus va yahudiylarning bukib-sinishini yaxshi ko'rurlar. Mo'ysafidlarimiz namoz va niyoz o'rniga, masjid eshigiga yig'ilib o'turib, har kimni g'iybat va shikoyat qilishni yaxshi ko'rurlar. Muallimlarimiz bir-birlaridan qizg'onishub, bolalarni arzon o'qitaman deb, bir o'zlariga yuz, yuzdan ortiq bola yig'ub, o'zlari to'y va ma'rakalarda bolalarning umrini bekor o'tkarishni yaxshi ko'rarlar. Ammo men bo'lsam, hozirgi zamonda indamasdan turishni yaxshi ko'rurman"[10]. Agar Abdulla Avloniyning aytganlarini tahlil qiladigan bo'lsak, unda millatning g'ayriaxloqiy ruhiy holati bilan bog'liq barcha illatlar mohiyati ochiladi.
Jadidlar tomonidan Turkistonda uzoq yillar mustamlakachilikka qarshi olib borilgan ma'naviy-mafkuraviy, siyosiy kurashlar milliy davlatchiligimiz tarixida o'chmas iz qoldiradi. Asrlar davomida jaholat va tubanlik bilan ro'baru yashagan xalqlarning qismat taqdiri bobolarimiz ogoh etganlaridek ayanchli mustalaka o'pqonida qolishligini yana bir bora tasdiqladi. Va bu tarixiy voqeliklar yangi avlod olishi lozim bo'lgan birinchi saboq. Ikkinchi saboq, Jadid bobolarimiz qoldirgan
318
siyosiy va ma'naviy tajribalar amaliyoti bugunda ham dolzarbdir. Muxtaram Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek: "Ma'rifatparvar ajdodlarimizning merosi bugun biz qurayotgan huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati uchun poydevor bo'lib xizmat qilishi tabiiy"[11]. Zotan, erk, milliy g'urur, sha'n va qadr-qimmatni himoya etish milliy ruhiyatning ma'rifatidan hosil bo'ladi.
REFERENCES
1. Abdurashidxonov M. Xotiralarim. -T.: Sharq. 2001.
2. Ахророва, З. Б. (2023). МА^МУДХУЖА БЕ^БУДИЙНИНГ МАЪНАВИЙАХЛОКИЙ ТАРБИЯГА ОИД ^АРАШЛАРИ. Academic research in educational sciences, 5(NUU Conference 2), 201-206.
3. Behbudiy M. Tanlangan asarlar. / / To'plovchi, so'zboshi va izohlar; B. Qosimov. - 2-nashri, tuzatilgan va to'ldirilgan.—T.: "Ma'naviyat", 1999.
4. Fitrat A. Tanlangan asarlar. I jild, nasriy, nasriy asarlar, dramalar. T.: «Ma'naviyat» 2000.
5. Avloniy A. Tanlangan asarlar 1, 2 jildlar. -T.: Ma'naviyat. 1998;
6. Qosimov B. Milliy uyg'onish. -T.: Ma'naviyat. 2002. 8 b.
7. Хамрокулова, Ш. Э., & Тулишов, F. Р. (2022). АБДУРАУФ ФИТРАТ АСАРЛАРИДА ИЖТИМОИЙ ТАРБИЯ МАСАЛАЛАРИНИНГ ЁРИТИЛИШИ. ZAMONAVIY TARAQQIYOTDA ILM-FAN VA MADANIYATNING O 'RNI, 2(24), 123-126.
319