Научная статья на тему 'JADIDCHILIKNING IJTIMOIY-MA’RIFIY HARAKAT SIFATIDA PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI'

JADIDCHILIKNING IJTIMOIY-MA’RIFIY HARAKAT SIFATIDA PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
15
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jadidizm / globallashuv / inson kapitali / sekulyaristik gʻoyalar / madrasa / poraxo‘rlik / konservator.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Xaydarova Dilorom

Ushbu maqolada jadidizm tushunchaning maʼnosi, ushbu tushuncha bilan aloqador boʻlgan tadqiqotlarning ilmiy-nazariy manbalar koʻrib chiqilgan. Jadidchilikning ijtimoiy-ma’rifiy harakat sifatida paydo bo‘lishi va rivojlanishi, bosqichlari bugungi kundagi jamiyatning global transformatsiyalashuvi davrda ma’rifatli jamiyat va insonlar ta’lim-tarbiya masalasi avvalambor davlat tomonidan tizimli boshqaruv bunda diniy va dunyoviy qadriyatlarning ajratilishi (sekulyaristik gʻoyalar), shuningdek inson kapitalini rivojlantirish bilan bogʻliq islohotlar zarurligi ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JADIDCHILIKNING IJTIMOIY-MA’RIFIY HARAKAT SIFATIDA PAYDO BO‘LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI»

International scientific journal "Interpretation and researches"

Volume 2 issue 21 (43) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

JADIDCHILIKNING IJTIMOIY-MA'RIFIY HARAKAT SIFATIDA PAYDO BO'LISHI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI

Xaydarova Dilorom Abduxamidovna

Namangan davlat universiteti ilmiy tadqiqotchisi xaydarovad2112@gmail. com

ВОЗНИКНОВЕНИЕ И ЭТАПЫ РАЗВИТИЯ ДЖАДИДИЗМА КАК ОБЩЕСТВЕННО-ПРОСВЕТИТЕЛЬСКОГО ДВИЖЕНИЯ

Хайдарова Дилором Абдухамидовна,

Научный сотрудник Наманганского государственного университета

[email protected]

EMERGENCE AND STAGES OF DEVELOPMENT OF JADIDISM AS A

SOCIO-EDUCATIONAL MOVEMENT

Khaidarova Dilorom Abdukhamidovna,

Scientific researcher of Namangan State University khaydarovad2112@gmail .com

Annotatsiya: Ushbu maqolada jadidizm tushunchaning ma'nosi, ushbu tushuncha bilan aloqador bo'lgan tadqiqotlarning ilmiy-nazariy manbalar ko'rib chiqilgan. Jadidchilikning ijtimoiy-ma'rifiy harakat sifatida paydo bo'lishi va rivojlanishi, bosqichlari bugungi kundagi jamiyatning global transformatsiyalashuvi davrda ma'rifatli jamiyat va insonlar ta'lim-tarbiya masalasi avvalambor davlat tomonidan tizimli boshqaruv bunda diniy va dunyoviy qadriyatlarning ajratilishi (sekulyaristik g'oyalar), shuningdek inson kapitalini rivojlantirish bilan bog'liq islohotlar zarurligi ochib berilgan.

Kalit so'zlar: jadidizm, globallashuv, inson kapitali, sekulyaristik g'oyalar, madrasa, poraxo'rlik, konservator.

Аннотация: В данной статье рассматривается значение понятия джадидизм, научные и теоретические источники исследования, связанные с этим понятием. Возникновение и развитие джадидизма как общественно-просветительского движения, его этапы, в ходе глобальной трансформации современного общества, проблемой просвещенного общества и образования народа является, прежде всего, системное управление государством, разделение религиозного и мирского. ценностей (светские идеи), выявлена необходимость реформ, связанных с развитием человеческого капитала.

Ключевые слова: джадидизм, глобализация, человеческий капитал, секуляристские идеи, медресе, взяточничество, консерватор

Abstract: In this article, the meaning of the concept of jadidism, scientific and theoretical sources of research related to this concept are considered. The emergence and development of modernism as a socio-educational movement, its stages, during the global transformation of today's society, the issue of enlightened society and people's education is, first of all, systematic management by the state, the separation of religious and worldly values (secularist ideas), and the need for reforms related to the development of human capital has been revealed.

Key words: Jadidism, globalization, human capital, secularist ideas, madrasah, bribery, conservative.

Markaziy Osiyoda Jadidchilik ma'rifatparvar harakati dastavval Qrim yarim orolida XIX asrning oxirlarida Ismoilbek Gasprinskiy7 tomonidan ilgari surilgan bo'lib, mahalliy qrimtatarlar davrasida keng yyoildi. Jadidchilik harakati namoyandalari ko'pincha o'zlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. O'sha davrning ilg'or taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik mohiyat e'tibori bilan avvalo siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va mag'lubiyatga uchrash davrlari bo'lib, ularni shartli ravishda to'rtga bo'lish mumkin.

Birinchi davrda Turkistonda Chor Rossiyasining mustahkam o'rnashib olishi kuzatiladi. U o'z siyosiy agentlari (vakillari) yordamida mahalliy xon va amir vakolatlarini cheklabgina qolmay, ularni qo'g'irchoqqa aylantirib, rus va g'arb sarmoyadorlarining ishlashi va yashashi uchun sharoit yaratadi, turli kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari manfaatini ko'zlaydi. Ayni chog'da mahalliy aholining talab va ehtiyojlari nazarga olinmay qo'yildi, diniy e'tiqodlari, urf-odatlari bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslik kuchaydi. Hayotiy, ilmiy saviyasi yuqori bo'lgan qozilar tajribasiz kishilar bilan almashtirildi, poraxo'rlik, ijtimoiy-siyosiy adolatsizlik avj oldi. Madrasa va maktablar faoliyatini cheklash, mahalliy joy nomlarini ruscha atamalar bilan almashtirish, hatto mahkama jarayonida qozilar bo'yniga xoch taqtirishgacha borildi. O'sha davr ahvolini Muhammadali xalfa Sobir o'g'li (Dukchi eshon) xalqqa qarata o'z "Xitobnoma"si (1898)da yaxshi bayon qilgan. Millat istiqbolini o'ylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari - hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Ziyolilar dastlab chorizmga qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uyg'otish -siyosiy-ma'rifiy jabhadan boshlashga qaror qildilar. Jadidchilik harakati ana shunday tarixiy bir sharoitda Turkiston mintaqasida rivojlanish uchun o'ziga qulay zamin

7 https://oliymahad.uz/36485?ysclid=m012km47cv291093998

topdi. Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va o'z vatanlarini mustaqil ko'rishni orzu qildilar va shu yo'lda kurashdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun kurashida asosan quyidagi yo'nalishlar ustuvor edi: yangi usul maktablari tarmog'ini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga o'qishga yuborish; turli ma'rifiy jamiyatlar va teatr truppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish. Jadid ziyolilarining kuchli partiyasi tashkil qilingan taqdirdagina bu ishlarni amalga oshirish mumkin edi.

Turkistonda jadidchilik harakatini vujudga keltiruvchilar tepasida Mahmudxo'ja Behbudiy, Abduqodir Shukuriy (Shakuriy), Ajziy (Samarqand), Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Majid Qori Qodiriy, Ubaydullaxo'ja. Asadullaxo'jayev (Ubaydulla Xo'jayev), Toshpo'latbek Norbo'tabekov (Toshkent), Fitrat, Fayzulla Xo'jayev, Usmonxo'ja Po'latxo'jayev, Abdulvohid Burhonov, Sadriddin Ayniy, Abdulqodir Muhiddinov (Buxoro), Obidjon Mahmudov, Hamza, Cho'lpon, Is'hoqxon Ibrat, Muhammadsharif So'fizoda (Farg'ona vodiysi), Boltihoji Sultonov, Rahmonberdi, Madazimov, Fozilbek Qosimbekov (O'sh uyezdi), Polvonniyoz hoji Yusupov, Bobooxun Salimov (Xorazm) turardi.

"Jadid" atamasi Turkiya turklarida ilk marta Sulton Salim III hukmronligi (1739-1802) davrida paydo bo'ldi. Avstriyaga elchi qilib yuborilgan Abubakr Ratib afandi shohga yozgan bildirishnomalarida u yerda ko'rgan idora tizimini "Nizomi jadid" deb tushuntiradi. 1789 yilgi Fransuz inqilobidan keyin qurilgan yangi tizimni esa "Fransiya nizomi jadidi" deyila boshlandi. Shu yillari "Nizomi jadid" tor ma'noda askariy tizimni yevropalashtirishni, keng ma'noda ilm-fan, maorif, sanoat va qishloq xo'jaligini zamonaviylashtirishni ko'zda tutar edi. Demak, jadid atamasi yangilik tarafdorlarini, yangilik g'oyalarini ifoda etuvchi tushuncha sifatida qo'llanilgan. Jadidizm8, XX asrning birinchi yarmigacha Markaziy Osiyo mahalliy ziyolilari o'rtasida keng yyoyilgan ma'rifatparvarlik harakati hisoblanadi. U o'z nomini oulul-e jadid (yangi usul) dan olgan bo'lib, u islohotchilar "eski" (kadim) maktablar o'rniga himoya qilgan zamonaviy maktablarga nisbatan qo'llanilgan: an'anaviy maktab va madrasalar. "Jadid" yoki "jadidchi", "islohotchi" bilan sinonimga aylandi, "kadim" yoki "kadimchi" esa o'zgarishga qarshi bo'lgan konservatorni anglatadi. Ushbu atamalar, shuningdek, avlodlarga bo'linishni nazarda tutgan: jadidlar umuman yosh va kelajakka qarashgan, etakchi kadimlar esa yoshi kattaroq va an'analarga sodiq edilar (Xolid, 93-bet)9.

8 https://old.bigenc.ru/religious_studies/text/1951072

9 https ://iranicaonline.org/articles/jadidism

XIX asrning oxirlarida dunyo tamaddunida bo'layotgan ulkan madaniy -ma'rifiy, ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlar, yangi munosobatlar u yoki bu tarzda sekinlik bilan bo'lsada, Turkiston o'lkalariga kirib kela boshladi. Yangilik tarafdorlarini Abdulla Avloniy so'zi bilan aytganda, "gazeta o'quvchilarni" mullalar "jadidchi" nomi bilan atar edilar. Jadidlar Usmonli Turkiyadagi "Ganch (yosh) turk"lar tashkilotlari tasirida "Yosh buxoroliklar", "Yosh xivaliklar", "Yosh turkistonliklar" degan nomlarda faoliyat olib borishgan.

Jadidchilik harakatining faoliyati maktabdan, maorifdan boshlangan, so'ng matbuot, san'at va siyosatga o'tgan. Rossiya va uning mustamlakalarida jadidchilik harakatiga Ismoilbek Gasprinskiy (1851-1914) asos soldi. U Boqchasaroyda dastlabki "usuli jadid" (yangi usul) maktabini 1884 yilda ochadi. Ismoilbek Gasprinskiyning eng katta xizmati Rossiya sarhadlarida yashab turgan, lekin zamonning zayli bilan bir-biridan uzoqlashib, begonalashish darajasiga yetgan turkiy xalqlarni bir-biriga tanitdi, yaqinlashtirdi. Butun boshli ilg'or marifatparvar, ziyoliliar qatlamini yetishtirdi. Sharq xalqlari ma'naviy hayotida, xususan, maktab-maorifda chinakam inqilob yasadi.

Gaspirinskiyning o'lka ziyolilariga bergan ta'siri haqida Toshkent jadidchilarining otasi deb tan olingan Munavvarqori 1927 yil Toshkent okrug maorif xodimlari qurultoyida so'zlagan nutqida shunday degan edi: "Jadid maktabi tashkil qilg'onlar ham eski maktab, madrasa va qorixonalarning yetishtirgan kishilari edi. Ular yolg'iz Bog'chasaroyda chiqadurg'on Ismoil Gaspirinskiy gazetasini o'qiydilar va shu orqali maktabni yaxshi tushunib, kitoblar oldirar edilar"10. Shunday qilib o'lkada yangi maktablar ochishga Ismoil Gaspirinskiy va tatar ziyolilari, muallimlarinining ibrati, yordami katta bo'ldi.

XX asr boshlariga kelib Chor Rossiyasi ta'siri ostida qolgan O'rta Osiyo xududidagi mahalliy xalq ziyoliy va vatanparvar vakillari tomonidan tarqalgan ma'rififatparvarlik harakat, ya'ni - jadidchilik g'oyalarining rivojlanishida sifatida izohlana.

Jadidchilik harakati qoloqlik va jaholat, o'lka aholisining ayanchli ahvoli, Turkistonning Yevropa va jahon sivilizatsiyasidan orqada qolib ketishi, islom va shariatning oyoq osti qilinishi va bunday og'ir hayotdan qutulish, erk va ozodlikka erishish uchun o'z zamonasining ilg'or ziyoli qatlamlari qarashlarida vujudga keldi. Jaholat uyqusidan uyg'onish, tarixiy zaruratga aylangan edi. Boshqacha qilib aytganda, jadidchilik harakati ijtimoiy rivojlantirishning, tarixiy taraqqiyotning talab va ehtiyojlariga javob sifatida maydonga kelgan ulkan ijtimoiy - siyosiy harakat edi. O'lkada millatning dard-alamlarini, butun ayanchli, mudhish, fojiali og'ir qismatini o'z qalbi va vujudidan o'tkazib, o'zining butun borlig'ini, aql-zakovatini, ongini, hayotini erk, ozodlik, taraqqiyot uchun safarbar etgan ziyolilarning butun bir yangi

10 Munavvarqori A. "Qizil O'zbekiston" 1927 yil, 7 iyun. Ziyo uz. Com

avlodi shakllana boshladi. Jadidchilikning asosiy g'oya va maqsadlari (davr voqealiklaridan kelib chiqib, ba'zan o'zgarib turgan bo'lsa-da)quyidagilar edi: Turkistonni o'rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish, shariatni isloh qilish, xalqqa ma'rifat tarqatish, Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash, Buxoro va Xivada konstitusion monarxiya va parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini o'rnatish orqali ozod va farovon jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qo'shin tuzish.Toshkent, Farg'ona, Buxoro, Samarqand va Xivada hur fikrli va taraqqiyotparvar kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-ma'rifiy yo'nalishdagi jamiyat va uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi. Harakat faoliyati osonlik bilan kechmadi. Professor Begali Qosimov fikri bilan aytganda, Turkiston, Buxoro va Xorazm munavvarlarining yangilikka intilishi, Rossiyada, xususan Kavkaz, Volgabuyida yashovchi turkiy xalqlar bilan yaqinlashishga, hamkorlikka intilish kuchaydi. Panislomizm (islomchilik) va panturkizm(turkchilik) kabi g'oyalar paydo bo'ldiki, Rossiya ichki ishlar vazirligi bunga jim qarab tura olmasdi. Jadidlarning maktablar ochib, gazetalar chiqarishi hampanislomizmga xizmat qilayapdi deb tushunildi va xokimiyat bu boradagi faoliyatlarga qarshilik ko'rsatishga xarakat qila boshladi.

Jadidchilik umummilliy harakat sifatida:

1. Jamiyatning barcha qatlamlarini jalb eta oldi. Uyg'onish mafkurasi bo'lib xizmat qildi.

2. Maorif va madaniyatni, matbuotni ijtimoiy-siyosiy maqsadlarga moslab chiqardi.

3. Mustaqillik uchun kurash olib bordi. Uning g'ayrat va tashabbusi bilan dunyo yuzini ko'rgan "Turkiston muxtoriyati" bu yo'ldagi amaliy harakatlarning dastlabki natijasi edi.

Madaniyatlararo muloqotni yo'lga qo'yish, tarbiyalash bag'rikenglik ruhidagi odamlar davlatlar, diniy birlashmalar va milliy ta'lim tizimlarining birgalikdagi vazifasidir11.

Prezident ma'ruzasida bugungi kunda jadidlar merosi va jadidchilik harakatining falsafiy masalalariga doir keng qamrovli tadqiqotlar olib borish, maxsus ilmiy izlanishlarni tizimli yo'lga qo'yish zarurligiga alohida ahamiyat berilgani bejiz emas. Xolbuki, ushbu sohada izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar ma'lumotlariga ko'ra, dunyoning etakchi ilmiy markazlari va oliy ta'lim muassasalari jadid falsafasi, adabiyoti va maorif tizimini atroflicha o'rganmoqda, bobolarimiz merosi tadqiqiga alohida e'tibor bilan qaramoqda.

11 Медведев Д.А. Религия - мощная объединяющая сила // Маглюмат аль-Булгар (Вестник аль-Булгар). - 2008. -№ 10.

AQSh Prezidentining vakili Uilyam Bullitt 1919 yilgi Rossiya to'g'risidagi hisobotida yangi maktablarni ochishda Sovet hukumati bir yarim yil ichida xalqni ma'rifat qilish uchun 50 yil ichida chorizmga qaraganda ko'proq ish qilganini ta'kidlagan12.

Bu borada AQShning Kolumbiya, Michigan universitetlarida, Evroosiyo milliy universiteti, Turkman jahon tillari milliy institutida jadid adabiyoti namoyandalari, adabiy siymolari hayoti va ijldi, jadidchilik harakatining g'oyaviy asoslarini aniqlash va ularning o'zbek jadid Nasri, dramaturgiyasi, she'riyatida aks etishi, o'zbek jadid she'riyati morfologiyasi masalalari tadqiqi yo'lga qo'yilgan.

Anqara va Eje universitetlari, Qozon federal universiteti, xakas davlat universiteti, Boku davlat universiteti, jadidchilik falsafasi va mafkurasi, uning tarixiy va siyosiy masalalariga e'tibor qaratilmoqda. Anqaradagi Hoji bayram valiy universiteti va Ozarboyjon Fanlar akademiyasi adabiyot institutida jadid matbuoti va noshirlik faoliyati, jadid atamashunosligi masalalariga doir tadqiqotlar olib borilgan va bir qator ijobiy natijalarga erishilgan.

Kaliforniya universiteti va Karlton kollejida jadidlar davrida yangi maktablar ochilishi, gazeta-jurnallar chop etilishi bilan bog'liq mavzularga ko'proq diqqat qilingan. Tokio xorijiy tadqiqotlar universtiteti, Michigan va Eje universitetlarida jadidlarning teatr san'ati orqali xalqni uyg'otish, ma'rifatli qilish, sahna orqali mavjud muammolarni gavdalantirish, jadid teatri va san'ati, o'zbek jadid dramasi va she'riyatiga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlar olib borilgan.

Istiqlol sharofati bilan mustaqillik yillarida O'zbekiston Fanlar akademiyasining falsafa va huquq instituti "falsafa tarixi" bo'limida, O'zFAning til va adabiyot institutida, O'zbekiston Milliy universitetining "falsafa tarixi" kafedrasida bu borada ilmiy izlanishlar olib borilgan. Hozirgi davrda O'zbekiston milliy uniaersiteti, Samarqand, Buxoro va Xorazmda faoliyat ko'rsatayotgan universitetlarda, O'zFAning til va adabiyot institutida ushbu yo'nalishda tadqiqotlar davom etmoqda, dissertasiyalar himoya qilinmoqda.

Ayni paytda, hozirgi davr jadid falsafasidek milliy asosdagi yaxlit g'oyalar tizimining ilmiy, metodologik va amaliy jihatlarini, zamonaviy ta'sirini har tomonlama tahlil qilish, uning bugungi kundagi ahamiyati va undan foydalanish imkoniyatlarini to'la-to'kis ochib berish nihoyatda muhim bo'lib, bunday tadqiqotlarga e'tibor va ehtiyoj tobora ortib bormoqda.

Bugungi kunda ayni shu ehtiyoj:

birinchidan, jadid bobolarimiz falsafiy merosini ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan har tomonlama va chuqur o'rganish, ayni shu asosda o'zbek falsafasini yangi davr talablari darajasiga chiqishiga erishish;

12 https://kibalchish75.livejournal.com/362456.html?ysclid=m018rhmtxr738428694

ikkinchidan, shu asosda yangi O'zbekistonni barpo etish jarayonida xalqimizning jadidlar orzu qilgan zamonaviy dunyoqarashi va islohotchilik tafakkurini shakllantirish;

uchinchidan, yangiliklarga labbay deb javob beradigan yangi jadidlar avlodini tarbiyalash va islohotchi ziyolilar safini yanada kengaytirish, shu asosda yangi islohotchi yoshlar avlodini voyaga etkazish;

to'rtinchidan, ushbu jarayonning kreativ va sosionik tamoyillarini ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish yo'llari va imkoniyatlari to'g'risida taklif va tavsiyalar tayyorlashni tizimli yo'lga qo'yish zaruratini davr talabiga aylantirdi.

Ta'kidlash lozimki, yangi O'zbekiston barpo etilayotgan hozirgi davrda, milliy taraqqiyot uchun kurashgan, istiqlolimizning g'oyaviy va amaliy manbalarini yaratishda eng samarali bosqich bo'lgan jadidchilikning falsafiy asoslarini xolisona tahlil qilish, o'rganish va xalqimizga etkazib berish mutaxassislar oldida turgan eng muhim vazifalardan biriga aylandi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-avgustdagi "Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori // "Xalq so'zi" 2018-yil 15-avgust.

2. Mirziyoyev Sh. M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz.-Toshkent: O'zbekiston, 2017. - 591 b.

3. Mirziyoyev SH.M. Xalqimizning roziligi bizning faolyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2 jild. - Toshkent: "O'zbekiston", 2019. - B. 508.

4. Mirziyoyev SH.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2021. - B. 215

5. Медведев Д.А. Религия - мощная объединяющая сила // Маглюмат аль-Булгар (Вестник аль-Булгар). - 2008. - № 10.

б.Абдуразакова М. Эволюция секуляризма в Индии. - Т.: УМЭД, 2004. - С.

19

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.