JADIDCHILIK TA'LIMOTINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI
AHAMIYATI
Go'zal Sherboboevna Tosheva
Toshkent kimyo texnologiya instituti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA:
Mazkur maqolada jadidchilik ta'limotining yoshlar ijtimoiy tafakkuriga ta'siri, ijtimoiy-madaniy komil inson sifatida shakllantirish masalalariga e'tibor qaratilgan
Tayanch so'zlar: yoshlar, tarbiya, ma'naviy tarbiya, millat, barkamol avlod tarbiyasi, inson, millat manfaatlari
АННОТАЦИЯ:
Данная статья посвящена влиянию учения джадидизма на социальное мышление молодежи, на вопросы формирования социально и культурно совершенной личности.
Ключевые слова: Молодежь, образование, духовное воспитание, нация, воспитание зрелого поколения, интересы человека
ANNOTATION:
This article focuses on the impact of the Jadidism doctrine on the social thinking of young people, on the issues of forming a socially and culturally perfect person.
Keywords: youth, education, spiritual education, nation, education of a mature generation, interests of man
O'rta Osiyodagi jadidchilik harakati murakkab, tarixiy jihatdan serqirra yo'lni bosib o'tdi. Jadidlar turli mamlakatlardagi taraqqiyot, islohotlar uchun olib borilgan harakatlarning falsafiy tajribasiga tayanib, bu tajribani milliy asosda qayta ishlashga intildi, ayni paytda ijtimoiy taraqqiyot yo'llari haqidagi turli qarashlarning to'qnashuv maydoni ham bo'ldi. Mustamlakachilikka qarshi kurashning bosh g'oyasi ana shu murakkab yo'lda shakllanib yetildi.
O'zbek olimlari jadid ma'rifatparvarlik harakatining turli tomonlarini o'rganishda katta yutuqlarni qo'lga kiritdilar. Qariyb barcha jadid yozuvchilarining asarlari nashr etilib, xalqqa taqdim etildi. Yangi usul maktabi, milliy matbuot, adabiyot va teatr tarixini o'rganishga bag'ishlangan ko'plab asarlar maydonga keldi.
497
May 2024
Jadidchilik harakatini ob'ektiv, xolisona falsafiy nazardan tadqiq qilish va uning nazariy amaliy ahamiyatini baholash yurtimizda olib borilayotgan mustaqillik sharofati bilan boshlandi.
Jadidchilik - murakkab rivojlanish yo'lini ya'ni ma'rifatparvarlikdan boshlab intellektual siyosiy imkoniyatlarga ega bo'lgan harakatgacha bo'lgan bosqichni zabt etgan. Turkiston o'ikasining o'sha davrda iqtisodiy taraqqiy etgan davlatlarlardan ortda qolishi va mustamlakachilikdan aziyat chekayotgan xalqining og'ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli kabi holatlar Turkiston jadidlarini ijtimoiy taraqqiyot yo'lini kashf etishga undagan. Aynan ma'rifatsizlik sabab yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etishda maorif va ma'rifat yo'li bexato tanlanib, natijada jadidchilik harakati yo'lboshchilari asosiy e'tiborni maorifni isloh qilishga qaratganlar. Ushbu islohotlarni amalga oshirishda yangi usulda o'qitiladigan maktablar, kutubxonalar, qiroatxonalar barpo etib, ularni o'quv darsliklari va qo'llanmalar bilan ta'minlash bilan birga ma'rifatparvarlik g'oyalarini chuqur singdirish uchun faoliyat olib borganlar.
Jadidlar boshqa millatlarning, ayniqsa, rivojlangan Yevropa xalqlari tili, madaniyati, fan-texnikasi yutuqlarini o'rganish, ibrat olish, maktab-maorif ishlarida ularning tartiblarini joriy etishni o'zlarining maqsadlari deb bilganlar. Jadidlar ilgari surgan g'oyalarida Turkiston xalqlarining o'zligini tanishi va milliy qadriyatlarini saqlashi, taraqqiy etishi, o'zini himoya qila bilish tuyg'usining uyg'onishi yo'lida turli-tuman jamiyat va uyushmalarni tuzishni asosiy vazifalari qatoriga qo'shganlar.
Barkamol inson uchun xalqqa naf keltirish, birovlarning mushkulini yengillashtirishdan boshqa muddao bo'lmaydi. Barkamol insonning butun sa'y-harakati halollikka, rostgo'ylikka, ezgulikka qaratilgan bo'lib, odamlarni mehribon bo'lishga, bir-biriga ozor bermaslikka, hamdard bo'lishga, ijtimoiy masalalar yechishda suyanishga chorlaydi. Aziziddin Nasafiy falsafiy qarashlarida barkamol inson boshqalardan yaxshilig-u yomonlikni zukkolik ila bilib olish qobiliyati bilan ajralib turadi, ya'ni ijtimoiy o'zgarishlar bunday kishilar qalbida boshqalardan avvalroq o'z aksini topadi deb tushuntiradi. Shunday ekan, olamdagi mavjudotlar orasida barkamol insondan ulug'roq, donoroq kishi yo'q, chunki mavjudotning eng pastidan eng a'losigacha bo'lgan martabalar barkamol inson martabalaridir, barkamol inson mavjudot xulosasi va qaymog'idir[7,149].
Barkamollikning oliy belgisi - Haq yo'lidan borib, xalqqa foyda keltirishdir. Inson o'zining kundalik faoliyati bilan boshqalarga qancha foyda keltirsa, yomonlarni to'g'ri yo'lga boshlasa, Haq yo'lida fidoiylik qilsa, shunchalik yuksaklikka -barkamollikka ko'tariladi. Barkamol inson o'zining kamoloti va ulug'ligi, ya'ni barkamol inson o'zining hokisorligi, nomurodligi bilan ajralib turadi. Ilm, odob-axloq jihatdan qudratli bo'lgan kishi, o'zi istagan barcha orzu - umidlarini ro'yobga chiqara
May 2024
498
oladi. Yaxshilik - ezgulikni qaror toptirishga kuch - qudrati yetganligi uchun ham bunday kishi barcha imkoniyatlarini voqelikka aylantiradi.
Komillikka eltuvchi yo'l barcha illatlardan forig' bo'lish, ezgu fikrlarga va ezgu amallarga tayanish, haq yo'lida ilm - ma'rifatga intilish orqali boradi. Barcha fazilatlar manbaini o'qish, o'rganish va ma'rifat tashkil etadi. Shu o'rinda Abu Rayxon Beruniyning quyidagi hikmatini keltirmoq o'rinlidir: "Ilm olish dastlab axloqiy poklikni talab qiladi. Shuningdek, ta'lim va tarbiya bir butunlikni ko'rsatadi, faqat shu borliqqa amal qilgan shogirdlar kamolot sari bora oladi" [17, 36].
Jadidchilik falsafasi va uning ijtimoiy mohiyati bilan bog'liq mas alalar asosan va ko'p jihatdan ma'rifatchilikka yo'g'rilganligi bilan izohlanib kelingan. Garchand Turkiston jadidlarining falsafiy qarashlarida ontologiya va gnoseologiyaning umumnazariy masalalari kamroq uchrasa-da, lekin o'sha davr ijtimoiy hayoti va millat taqdiri bilan bog'liq falsafiy muammolar jadidlarning diqqat markazida turgan, ular bu borada muayyan fikrlarni bayon qilganlar [13, 98].
Jadidlar faoliyatidagi tashabbuskorlik, tadbirkorlik, siyosiy harakatchanlik, hurfikrlilik, hamjihatlilik, bag'rikenglik, murosasozlik tamoyillari ularning ijtimoiy taraqqiyotning asosi sifatida g'oyaviy jihatdan ifodalanib kelingan. Zerokim, mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investisiyasini kiritish, shu bilan birga ma'naviy va moddiy jihatdan millatni ichidan yemirish, o'zligini yo'qotish, pirovard natijada sho'ro davridagi ruslashtirishga qaratilgan reaksion kosmopolit g'oyalarga nisbatan ijtimoiy - falsafiy qarashlar ularning asarlari bayon etilgan bo'lib, ma'rifatparvarlik g'oyalari bilan uyg'un ravishda tushunilardi.
Jadidlarning konseptual ijtimoiy-falsafiy g'oyalari hozirgi innovasion o'zgarishlarning darakchisi, bugungi kundagi strategiya yo'nalishdagi demokratik islohotlarning genetik asosi bo'lib xizmat qilmoqda. Chunki ularning siyosiy dasturlari umuminsoniy xususiyatlarni asosan erk, ozodlik, adolat, mustaqillik kabi g'oyalarni tarannum etadi. Bu esa o'z navbatida jadidchilik harakati mustaqillikka g'oyaviy asos bo'ladigan nazariyalarni ilgari surganligidan dalolatdir.
Ma'rifatparvar Turkiston jadidlarning xalq va millat uchun amalga oshirgan eng katta xizmatlari shunda ediki, ma'rifatparvarlar og'ir ijtimoiy muammolarni ijobiy hal qilish asoslarini islohot orqali evalyusion yo'l bilan hal qilish asosini ishlab chiqdilar hamda ijtimoiy iqtisodiy o'zgarishining maksimal samarali yo'lini ilgari surib, mustamlakachilikka barham berishni talab qildilar.
Ma'rifatparvar jadidlar qismati qanchalik ayanchli bo'lmasin, ularning millat ongining shakllanishidagi buyuk xizmatlarini e'tirof etmog'imiz kerak. Jadidlar mafkurasining milliy tafakkurining shakllanishidagi ahamiyati shunchalik ulug'vor bo'lganki, uning ta'sirini XX asrning yigirmanchi-o'ttizinchi yillarida yetishgan har bir ziyoli timsolida ko'rishimiz mumkin.
May 2024
499
Jadidlar yoshlarga murojaat qilib, ularni millatning taraqqiyoti uchun kurashishga chaqiradi va bu qatlamni millat taraqqiyotining poydevorlari, deb tushunadi. Turkiston o'lkasining ravnaqi va taraqqiyoti g'ayratli yoshlarni zamonaviy ta'lim beradigan maktablar va oliy dargohlarda ta'lim olish tartibini yo'lga qo'yish orqali amalga oshiriladi degan fikr jadidlar falsafasida namoyon bo'ladi. Shuning uchun ular mavjud bo'lgan mushkul ishlarda bajarishda yolg'iz yoshlarimizning ilm salohiyatiga suyanamiz deb yozadilar. Ma'rifatparvarlik asosiga qurilgan jadidlar maktabi zamonaviy ilmning beshigi sanalib, ushbu beshikdan so'ng o'rta maxsus va oliy o'quv yurtlarida yoshlarning ta'limni zanjirsimon davom ettirishi kerakligini targ'ib qilganlar.
Jadid ma'rifatparvarligi bashariyat sivilizasiyasi yutuqlari, asosan, ilg'or ilmfan, ma'naviyatga, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga asoslangan jamiyatni qurish, qoloqlikka qarshi kurash, mustamlakachilikka qarshi, milliy mustaqillikni qaror toptirishga qaratilgan, demokratiyaga asoslangan harakat bo'lganligi shubhasizdir.
Ma'rifatparvar Mahmudxo'ja Behbudiy fuqarolar milliy ongini o'stirish va jamiyat hayotini insonparvarlashtirish uchun, omma o'z milliy o'zligini teran anglamog'i darkor deb ta'kidlagan. Maorif bu milliy g'ururni shakllantirishning dastlabki vositasi ekanligini e'tirof etadi. Shunday ekan maorifni isloh qilmay turib jamiyatni gumanizm bilan sug'orib bo'lmaydi deb ta'kidlagan.
Shu bilan birga ma'rifatparvar Mahmudxo'ja Behbudiyning fikricha jamiyatni inson qadriga e'tibor millatning ma'naviy saviyasi bilan bog'liqligini e'tirof etib, fuqarolarning ma'naviy saviyasini oshirishning eng muhim omili bu faqatgina dunyoviy va zamonaviy fanlarni o'qib o'rganish ekanligini ta'kidlagan. Aynan shu sabab bo'lsa kerak Samarqandda mahalliy aholi uchun yangi kutubxona va qiroatxona faoliyat yuritgan. Behbudiyning fikriga ko'ra, jamiyatni inson qadrining eng muhim omillardan biri xalqlar o'rtasidagi do'stlik-birodarlik, madaniy-ma'rifiy aloqalarni rivojlantirishdir. Ayniqsa, ko'p millatli mamlakat sharoitida turli millat vakillarining yakdil bo'lishi, inoq yashashi, ishlashi demokratik jarayonlarni amalga oshirish garovi ekanligini uqtiradi. Jamiyat hayotini demokratlashtirishning eng muhim sharti milliy mustaqil davlat va milliy armiyani shakllantirishdan iborat bo'lmog'i lozim [17, 117].
Yoshlar tarbiyasida ma'naviy- mafkuraviy jarayonlarning ilmiy-nazariy va amaliy jihatlarini ishlab chiqish, unda jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish, milliy ma'naviyat va umuminsoniy qadriyatlarini milliy g'oyada uyg'unlashtiruvchi faoliyatiga zaruriyatini kuchaytirishga, shuningdek, oliy ta'lim muassasalarining ma'naviyat va ma'rifat sohasidagi ishlarini «Ma'naviyat va ma'rifat» jamoatchilik markazlari, uning qoshidagi bo'limlari bilan uzviy aloqalarini tiklagan holda, ma'rifiy targ'ibot kengashlarini tuzish tashabbusini
May 2024
500
o'rtaga tashlamoqdamiz. Intellektual yoshlarning shakllanishiga yo'naltirilgan milliy g'oyaning bosh maqsadi qabul qilinajak qarorlaning strategik g'oyalar va talablarga mosligiga erishishdir. Milliy modelning asl maqsad-mohiyati esa yoshlarga shunchaki ta'lim berish emas, balki ularni komil inson sifatida shakllantirishdir.
Xulosa qilib aytganda, Behbudiy, Munavvar qori, Abdurauf Fitrat kabi ko'pgina millatimiz daholarining, buyuk murabbiylarning qarashlarida yurtning kelajagi, din va qadriyatlar, ayniqsa farzandlar ta'limi, muallim va mudarrislarning saviyasi, kasbiy salohiyati va tarbiya usullari to'g'risidagi ko'plab g'oyalar Turkiston xalqi uchun katta ta'sir kuchiga ega bo'lgan.
Jadidlar ta'limoti yoshlarni zamonaviy ilmlar, savodxonlik asosida tarbiyalash muammosi turli davrlarda dolzarb bo'lgan kabi, jadid namoyondalari tomonidan o'ziga xos talqin qilingan bo'lib, bugungi kunda ham bu muammo o'zining nazariy va amaliy ahamiyatini yo'qotmagan.
Jadidlarning bu boradagi fikr-mulohazalari hozirgi globallashuv jarayoni shiddat bilan ilgarilab borayotgan bugungi davrda ham jamiyatimiz taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi.
REFERENCES:
1. Mirziyoev Sh.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. -Toshkent.: "O'zbekiston", 2021-yil, 464 -bet
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi // Xalq so'zi, 2020, 25-yanvar, №19 (7521) soni.
3. Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent.: "O'zbekiston", 2017. 178-bet.
4. AxpapoBa, 3. E. (2021). Y3.HYKCH3 TAL^HM^A nE^ATOrHK TEXHO^OrH^^APHH KyftHAm ^APAEH^APH. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 190-194.
5. AxpapoBa, 3. E. (2021). TA^AEA^APHH HnMHH-H^OflHH OAO^H^TrA HYHA^THPHm^A OAH TyTAPAKnAPHHHHT YPHH. In Academic research in educational sciences, 2 (NUU Conference 1) (pp. 315-317).
6. Edward A. Allworth. Evading Reality: The Devices of 'Abdalrauf Fitrat, Modern Central Asian Reformist. Boston.: Brill Leiden. 367 paGES.
7. Baldauf Ingeborg. Jadidism in Central Asia within Reformism and Modernism in the Muslim World // Die Welt des Islams, New Ser. Vol.41, Issue 1. (Mar., 2001).
8. Ergashev B.X. Iz istorii stanovleniya i razvitiya ob^estvenno-politicheskix idey djadidizma. Ideologiya molodobuxarsev: diss. na sois.uch.st.dok. fil.nauk. - Buxara. 1993.- S. 314.
May 2024
501
9. Amridinova D.T. Maxmudxo'ja Bexbudiy va Abduqodir Shakuriy ijodida til, tarbiya va jamiyat islohati masalalari.// Xozirgi dunyo lisoniy kiyofasi va tilshunoslikning metodologik asoslari. //Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari.- Samarqand. 2007. -B. 71-72
502
May 2024