JADID MA'RIFATPARVARLARI: ABDULLA AVLONIY, FITRAT VA BEHBUDIYNING TARBIYAVIY QARASHLARI 1U.B.Nigmanova, 2D.Jalolova
1TDPU Tarix fakulteti "Ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" kafedrasi dotsenti
2 "Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" yo'nalishi 4- kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10802347
Annotatsiya. Maqolada atoqli ma'rifatparvar jadidlarning tarbiyaga oid qarashlari, fikrlari va bu fikrlarning ijtimoiy pedagogik-psixologik xususiyatlar bilan bog'liq masalalari ko'rib chiqildi. Jadid ma'rifatparvarlarining asarlarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida axloqiy jihatdan kuchli qilib tarbiyalashda tarbiya masalalariga alohida e 'tibor qaratildi.
Аннотация. В статье рассматриваются взгляды видных просвещенных джадидов на образование и вопросы, связанные с социально-педагогическими и психологическими особенностями этих взглядов. В трудах современных просветителей особое внимание уделялось вопросам воспитания молодежи в духе патриотизма.
Abstract. The article discusses the views of prominent enlightened Jadids on education and issues related to the socio-pedagogical and psychological features of these views. In the works of modern enlighteners, special attention was paid to the issues of educating young people in the spirit of patriotism.
Jadidchilik ma'rifatparvarlik harakati XIX asrda vujudga kelgan ommaviy ma'rafiy harakat hisoblanadi. Jadid so'zi arabcha "yangi" degan ma'noni anglatadi. Jadidchilik harakatining bosh g'oyasi xalqni ma'rifatli qilish orqali mustamlaka zulmidan ozod qilishga qaratilgan ma'rifatparvarlik harakatidir.Bu harakatning yorqin namoyondalari Mahmudxo'ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Isoqxon Ibrat, Sadriddiy Ayniy, Abdurauf Fitrat va boshqa bir qator ziyolilar hisoblanadi.
Jadidlar o'z milliy dasturlarida tarbiya masalalariga keng o'rin beradi. O'zlari ochgan yangi usul jadid maktablarida ham o'quvchilar tarbiyasiga alohida e'tibor qaratishgan. Jadidlar maktabni tarbiya maskani deb hisoblashgan. Tarbiya inson dunyoga kelgan kunidan to umrining oxirigacha davom etadiga uzluksiz jarayondir. Jadidlar tom ma'noda ma'naviy, ma'rifiy tarbiya g'oyasining targ'ibotchilaridir. Ularning asarlarida ilgari surilgan ta'lim-tarbiyaga oid fikrlar milliy ma'naviyatimizning rivojlanishida qimmatli manbalar sanaladi. Jadidlar asarlari bugungi kun yoshlari uchun ibrat maktabi desak adashmaymiz.
Taniqli jadid marifatparvari, birinchi o'zbek pedagogi Abdulla Avloniyning tarbiyaga bergan ta'rifi jadidchilik faoliyatida tarbiya masalalari nechog'liq yuksak o'rin tutganidan dalolat beradi " Alhosil tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot,yo najot yo halokat, yo saodat yo falokat masalasidir". Tarbiya masalasi bugungi kunda ham dolzarb masala hisoblanadi. Jadidchilar orasida A.Avloniy o'z faoliyati davomida tarbiya masalariga juda keng o'rin ajratadi. Avloniy o'zi yaratgan asarlarda ta'lim bilan bir qatorda tarbiyaga ham alohida e'tibor qaratish lozimligini ta'kidlaydi. Uning " Turkiy guliston yoxud Axloq" asari aynan tarbiya masalalariga bag'ishlangan. A. Avloniy tarbiya doirasini keng ma'noda tushunadi, uni faqat axloq bilan chegaralab qo'ymaydi, balki tarbiya vatanga sadoqat, el-yurtga hurmat kabi insoniy fazilatni ham o'zida mujassamlashtiradi, degan g'oyani ilgari suradi. Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda 4 bo'limga ajratadi:
1. Tarbiyaning zamoni;
2. Badan tarbiyasi;
3. Fikr tarbiyasi;
4. Axloq tarbiyasi va uning ahamiyati haqida so'z yuritadi.
"Tarbiyaning zamoni" bo'limida tarbiyani yoshlikdan berish zarurligini, bu ishga hammani, ota-ona, muallim, hukumat va boshqalarning kirishishi kerakligini ta'kidlaydi. Avloniy bolalarda axloqiy xislatlarning tarkib topishida ijtimoiy muhit, oilaviy sharoit va atofidagi kishilar muhim omil bo'lib xizmat qilishini aytib o'tadi. Shuningdek, Avloniy tarbiya masalasida so'z yuritib, " Agar bir kishi yoshligida nafsi buzilib, tarbiyasiz, axloqsiz bo'lib o'sdimi, bunday kishilardan yaxshilik kutmoq, yerda turib yulduzlarga qo'l uzatmak kabidir" ,-deydi.
" Turkiy guliston yoxud axloq" asari axloqiy, ta'limiy va tarbiyaviy asardir. Avloniyning fikricha, "Tarbiya xususiy ish emas, milliy, ijtimoiy ishdir. Har bir xalqning taraqqiy qilishi, davlatlarning qudratli bo'lishi avlodlar tarbiyasiga ko'p jihatdan bog'liq".
Jadidlarning yana bir yorqin vakili Abdurauf Fitrat xalqni ma'rifatli qilishda ta'lim-tarbiya masalari juda muhim deb hisoblagan. Fitrat o'z asarlarida Buxorodagi barcha maktablarni keltirib o'tadi, ammo ta'lim-tarbiya berish axloqiy sifatlarni shakllantirishda hech qanday ahamiyati qolmaganini aytib o'tgan . Fitrat maktabni tarbiya o'chog'i deb hisoblagan, maktabni jamiyat hayotini rivojini ta'minlovchi asosiy manbalardan biri ekanligini ta'kidlagan.
Maktab bolalarga tarbiya berib, jamiyatdagi buzuqliklar, o'g'irlik, razolatni yo'qotishi lozim deb biladi. Fitrat darsliklarida ko'plab hikoyalar keltiradi, bu hikoyalarda axloqiy tarbiya berishga va turli axloqiy xislatlarni singdirishga harakat qiladi. Fitrat inson shaxsini tarbiyalash uchun kurashgan mohir pedagogdir. U millatparvarlik va vatanparvarlik haqidagi qadriyatlarga tayanib, shunday ta'limot yaratdiki, bu ta'limot bugungi kunimizda vatanparvarlik mafkurasini yaratish va yoshlarni vatanni, millatni sevishga o'rgatishda muhim qo'llanma bo'la oladi. Fitrat vatan, vatanparvarlik va insonparvarlikni eng yuksak axloqiy xislat deb bilib, kishilarni uni asrashga, unga sidqidildan xizmat qilishga chaqiradi. Fitrat ijodiyotidagi eng muhim masalalardan biri uning islom dini g'oyalarini har taraflama chuqur o'rganib, tahlil etib, ulardan komil insonni imon- e'tiqod va insofli qilib tarbiyalashda foydalanishni targ'ib qilganligidir. Fitrat barkamol inson tarbiyasida axloqiy tarbiyaning o'rni juda katta deb biladi. Uning fikricha, axloqiy tarbiyaning vazifasi insonni axloqiy barkamol, barchaga foydali inson qilib tarbiyalashdan iborat. U hikmat, iffat, shijoat va adolatni asosiy axloqiy sifatlar deb hisoblaydi.
Fitrat oila tarbiyasi va jamiyatda ayollarning o'rni , masalalariga ham alohida to'xtaladi. Bola tarbiyasida onaning o'rni juda kattaligini ko'rsatadi. Shu bilan birga tarbiyada oila, maktab va davlat hamkorligining zarurligini asoslaydi. Fitratning "Rahbari najot"asari to'la ravishda ta'lim va tarbiya masalariga bag'ishlangan. Ushbu asarning "Bola tarbiyasi masalalari" bobida "Oila vazifalaridan biri avlodni tarbiyalashdan iboratdur",- deya ta'kidlaydi. Bundan tashqari, u bola tarbiyasi faqat oiladangina olib borilmasdan bu ish bilan keng jamoatchilik, davlat ham shug'ullanishi kerak ekanligini, chunki davlatning kelajagi ana shunday yoshlar qo'lida bo'lishini aytib o'tadi.
Fitrat bolalar tarbiyani o'zi yashayotga atrof-muhit va atrofidagi bolalardan olishlarini ta'kidlaydi. U ijtimoiy muhitning bola tarbiyasiga katta ta'sir o'tkazishini isbotlab beradi. Fitrat o'zining asarida: "Dunyoda izzat va saodat tolibi bo'lmagan birorta qavm yo'q. Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog'liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi",- deya yozadi
Fitrat inson kamolotga yetishishi uchun doimo intilishi, harakat qilishi lozimligi, doim oldiga maqsadlar qo'yishi va unga erishish uchun kurashishi kerakligini uqtiradi.
Fitrat axloqi buzuq kishilarni maktabda muallimlik vazifasidagina emas, balki maktab qorovulligiga ham yaqinlashtirmaslikni juda to'g'ri harakat deb biladi.U o'z asarlarida vatanparvarlik, insonparvarlik, ozodlik, mehnatsevarlik, maqsad sari intilish, insonlarga mehr-shafqatli bo'lish, o'z manfaatidan xalq manfaatini ustun qo'yish g'oyalarini ulug'laydi.
Abdurauf Fitrat o'zining butun hayoti davomida milliy mustaqillikka erishish va mustamlakachilikka qarshi kurash, Yevropa davlatlari ilmi, texnikasi madaniyatidan o'rganish muammolarini tinimsiz targ'ib qilgan siymolardan biri sifatida barchaga, eng avvalo yoshlarga katta ibratdir.
Mahmudxoja Behbudiy Turkiston jadidlari otasi , jadidchilikning yana bir yorqin vakilidir. Jadidshunos Begali Qosimovning ta'kidlashicha: "Mahmudxo'ja Behbudiy XX asr bo'sag'asidagi Turkiston orzu-armonlaridan biri sifatida maydonga keldi. U o'z davrining ijtimoiy-siyosiy harakatlarda faol qatnashgan yirik namoyondasi, yangi zamon o'zbek madaniyatining asoschisi edi. Turkiston jadidlarining tan olingan rahnamosi. Mustaqil jumhuriyat g'oyasining yalovbardori, yangi maktab g'oyasining nashriyotchisi va amalyotchisi, o'zbek dramachiligini boshlab bergan birinchi dramaturg, teatrchi, noshir, jurnalist edi." Behbudiy yangicha ta'lim tarbiyani afzalliklarini isbotlashda ko'proq o'zi erishgan yutuqlarga, o'zi amaliyotga tatbiq qilgan yangi tartiblarga tayanadi. Behbudiy axloq va tarbiyaning asosi- maktab, barcha ilmlarning boshi-maktab, saodatning, fozil insonning ma'naviy chashmasi-maktab degan aqidaga qat'iy amal qilgan.
Mahmudxo'ja Behbudiy uchun milliy g'oya-millatni taraqqiyotga olib chiqish g'oyasi edi. Bugunda ma'rifarparvar jadidlarning bebaho asarlari, ilmiy, nazmiy va nasriy meroslari, ijtimoiy-falsafiy va axloqiy g'oyalari o'zbek xalqining ma'naviy ma'rifatini, milliy tarbiya, milliy qadriyatlar va milliy ongni yuksaltirish yo'lida xizmat qilib, yoshlar qalbida vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'ularini tarbiyalab kelmoqda.Mustaqillik tufayli ma'rifatpar jadidlarning nomlari tiklanib, tavvallud kunlari tantanali nishonlandi, ularning pok nomi oqlandi, asarlari qayta-qayta chop etildi. Ularning dunyoqarashlarida bayon etilgan falsafiy-axloqiy fikrlari xalqimizning madaniy-ma'naviy qadriyatlar sifatida hanuzgacha saqlanib kelmoqda.
REFERENCES
1. Abdurauf Fitrat "Tanlangan asarlar" "Oila yoki oila boshqarish tartiblari".Toshkent. "Ma'naviyat" nashriyoti. 2009 yil.
2. K. Hoshimov, S.Nishoinova "Pedagogika Tarixi" Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti.Toshkent. 2005-yil.
3. B.Qosimov Karvonboshi-Mahmudxo'ja Behbudiy "Tanlangan asarlar".Toshkent."Ma'naviyat" nashriyoti 2006-yil.
4. A.Avloniy "Turkiy guliston yoxud axloq" Toshkent yoshlar nashriyoti. 2019-yil.
5. Abdug'aniev O. TA'LIM JARAYoNIDA MODELLAShTIRISh ORQALI TALABALARDA IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENSIYaNI RIVOJLANTIRISh //Innovations in Technology and Science Education. - 2022. - T. 1. - №. 5. - S. 161-168.
6. Abduganiyev O. T. DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCIES IN STUDENTS-AS A SOCIAL PEDAGOGICAL NEED //PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION. - 2022. - T. 1. - №. 5. - S. 78-83.
7. Tursunboyevich A. O. Development of socially active citizenship competence in students and youth in continuous education. - 2022.
8. Tursunboyevich O. A. Pedagogical and psychological opportunities for the development of social active civil competences in students //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - №. 3. - S. 1888-1897.
9. Abduganiyev O. Formation of legal training aimed at competitiveness in pupils of secondary schools //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. - 2019. - T. 9. - №. 7.
10. Tursunboyevich O. A. Pedagogical and psychological opportunities for the development of social active civil competences in students //ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal. - 2021. - T. 11. - №. 3. - S. 1888-1897.
11. Abduganiyev O. T. FACTORS AFFECTING THE DEVELOPMENT OF SOCIALLY ACTIVE CITIZENSHIP COMPETENCE IN STUDENTS //E Conference Zone. - 2022. - S. 10-13.
12. Oglu A. O. T. Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students //Turkish Journal of Computer and Mathematics Education. -2021. - T. 12. - №. 7. - S. 433-442.
13. Abdug'Aniyev O. MADANIYATSHUNO SLIK YONDASHUVI ASOSIDA TALABALARDA UMUMINSONIY QADRIYATLARGA OID KOMPETENTLILIKNI RIVOJLANTIRISH//Science and innovation. - 2023. - Т. 2. - №. Special Issue 9. - С. 316319.
14. AбдyFаниев, Озод. "ТAЪЛИМ ЖAPAËHИДA МОДЕЛЛAШТИPИШ ОР^ЛИ ТAЛAБAЛAPДA ИЖТИМОИЙ ФAОЛ ФУ^APОЛИК КОМПЕТЕНЦИЯНИ PИВОЖЛAHТИPИШ." Innovations in Technology and Science Education 1.5 (2022): 161168.
15. O'G, Abdug'Aniev Ozod Tursunboy. "TALABALARDA IJTIMOIY FAOL FUQAROLIK KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK IMKONIYATLARI." Science and innovation 2.Special Issue 5 (2023): 708-713.
16. Tursunboyevich, Abduganiyev Ozod. "Development of socially active citizenship competence in students and youth in continuous education." (2022).
17. O'G, Abdug'Aniyev Ozod Tursunboy. "TALABALAR IJTIMOIY TASHABBUSKORLIGINI RIVOJLANTTIRISHDA TA'LIM MUASSASASINING IJTIMOIY-MADANIY MUHITI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK." Science and innovation 2.Special Issue 4 (2023): 150-154.
18. Jumaniyozov, X. S., Nigmanova, U. B., Rasulova, A. M., & Abdug'aniyev, O. T. (2022). The essence of the phenomena of extremism and terrorism in the context of globalization and its threat to the stability of the international community. Ann. For. Res, 65(1), 9173-9179.