Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za
ISTIQLOL DAVRI O'ZBEK SHE'RIYATIDAGI YANGI LIRIK JANRLAR
Nafisa Azatbekovna Raxmanova
ChDPU o'qituvchisi (nafisa @cspi.uz) https://orcid.org/0009-0002-9793-3415
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Erkin Vohidov, Anvar Obidjon, Mahmud Toir, Azim Suyun, Farida Afro'z, Go'zal Begim kabi shoirlar ijodida uchraydigan "ignabarg", "ikkilik", "sachratqi", "uchchanoq", "qayirma", "fiqra", "tasbeh" kabi yangi lirik janrlar tadqiq etiladi. Istiqlol davri o'zbek she'riyatidagi shakliy izlanishlar va ijodkor individualligi masalasiga alohida e'tibor qaratiladi. Ayrim tadqiqqotchilar tomonidan yangi lirik janr ekanligi inkor qilinayotgan, ijtimoiy, psixologik jarayonlarda badiiy modifikatsiyaga uchragan she'rlar sifatida e'tirof etilayotgan ignabrg, uchchanoq, fiqra kabi yangi lirik janrlar haqida nazariy ma'lumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: shakl, mazmun, janr, ignabarg, ikkilik, sachratqi, uchchanoq, qayirma, fiqra, tasbeh .
ABSTRACT
This article provides information on particular genres in Uzbek literature during independence period. Genres such as "ignabarg", ikkilik", "sachratqi", "uchchanoq", "qayirma", "fiqra", "tasbeh" found in the works of Erkin Vahidov, Anvar Abidjan, Mahmud Tair, Azim Suyun, Farida Afruz and Guzal Begim were considered. Particular attention is paid to the issue of formal research and the individuality of the creator in Uzbek poetry of the period of independence. Theoretical information is provided about new lyrical genres, such as "ignabarg", "uchchanoq", "qayirma", which some researchers reject as new lyrical genres and are recognized as poems that have undergone artistic modification in social and psychological processes.
Keywords: form, content, genre, ignabarg, ikkilik, sachratqi, uchchanoq, qayirma, fiqra, tasbeh.
Adabiyotshunoslikda lirik asarlar janrini belgilash turli davrlarda turli mezonlarga bo'ysundirilgan. Antik davrlarda she'r mazmuniga qarab lirik janrlar belgilangan bo'lsa, she'riyatda kanonik janrlar hukm surgan davrlarda, janrni belgilashda shakliy xususiyatlar hal qiluvchi ahamiyat kasb etgan (7, 275). XX asrga kelib yana mazmun birinchi planga chiqadi, dunyo she'riyatida turg'un shakllarni
April 23-24, 2024
831
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
inkor qilish, qat'iy ramkalar doirasidan erkinlik tomon intilish, ijodiy laboratoriyada yangi lirik janrlarni yaratish yoki an'anaviy janrlarga qo'rqmasdan o'zgartirishlar kiritish kabi umumiy tendensiya kuzatiladi. O'zbek shoirlari ham xorijiy adabiyotdan sonet, xokku, tanka, oktava, epigramma, epitafiya, rondo kabi lirik janrlarni o'zlashtirdilar va bu janrlarning mazmunini to'ldirib, ularning qurilishiga o'zgartirishlar kiritdilar.
Bugungi kunga kelib shoirlar laboratoriyasidan chiqqan lirik asarlarning janrini aniqlash murakkab muammoga aylandi. Janr - muayyan mazmunni shakllantirsh va ifodalashga xizmat qiluvchi shakliy hodisa hisoblanadi. Janr o'zgarmaydigan yoki manguga shakllangan hodisa emas. U o'sib va o'zgarib, nafaqat mazmunni to'ldirib, balki o'z strukturasini ham o'zgartirib boradi. Bir janrdan ikkinchi janrning o'sib chiqishi tabiiy holatdir. Bunga misol qilib qit'a - g'azal - mustazod taraqqiyotini olishimiz mumkin.
Biz ushbu maqolada o'zbek shoirlarining ijodxonasida yaratilgan, tajribadan o'tib, ommalashgan ignabarg, ikkilik, uchchanoq (Anvar Obidjon), sachratqi (Go'zal Begim), fiqra, tasbeh (Farida Afro'z), qayirma (Azim Suyun) kabi yangi she'riy shakllar haqida fikr yuritmoqchimiz, chunki bugungu kunga kelib adabiyotshunosligimizda bir misralik, ikki misralik, uch misralik, besh misralik she'rlarga ham alohida janr sifatida qarash mavjud. Tadqiqotchi Q.Yo'lchiyev o'zining "O'zbek she'riyatida birlik va uchlik she'r poetikasi" mavzusidagi tadqiqotida ignabarg, uchchanoq., fiqra kabi she'r shakllarini janr sifatida tahlil qilib bergan.[5]
IGNABARG janri bir misrali she'rdir. Bu janr qadimiy bo'lib, ingliz adabiyotshunosi Ben Jonson XVI asrda bir misrali she'r mavjud ekanligini ta'kidlagan edi [1, 182]. Tadqiqotchi Qahhor Yo'lchiyev bir qatordan iborat she'rlarni lirik janr sifatida e'tirof etadi, lekin ayrim adabiyotshunoslar esa bir misrali she'rni "nasriy she'r" deb ataydilar. Rus olimi, V. P. Burich bir qatorli she'rlarni nasr ham emas, nazm ham emas, balki ikkalasining o'rtasidagi modifikatsion hodisadir, deb yozadi va bunday she'rlarni "udeteron" (yunon: unisi ham, bunisi ham emas) deb nomlaydi. Turk olimi Mehmet Kaplan esa "birlef'ni (bir misrali she'rlarni) mumtoz adabiyotimizning mufradlariga o'xshatadi, ifoda tarzi bilan "hikmatlaf'ga ham yaqin turadi, deb hisoblaydi [3].
Ignabarg she'rlarda ohang, pafos va falsafa bo'ladi. Farida Afro'z, Faxriyor, Ulug'bek Hamdam, Shermurod Subhon, Go'zal Begim kabi ijodkorlar bir misrali she'rlar yozganlar, ammo maxsus nom bilan atamaganlar. Anvar Obidjon esa bunday she'rlarini "ignabarg" deb nomladi.
832
April 23-24, 2024
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Anvar Obidjonning ignabarg she'rlari o'quvchining qalbiga, tafakkuriga ignadek sanchiladi, qalbimiz, ongimiz sergaklashadi, juda qisqa she'rga yuklangan juda katta falsafani tafakkur qilishga majbur qiladi. Masalan, "Omin!. G'arbga yiqil, terakjon!" yoki "Qarmoq solsam, kulfat ilindi". Shoirning barcha ignabarg she'rlari 9 bo'g'inli barmoq vazniga tushadi, lekin turoqlari har xil: 4+5, 4+2+3 va 4+3+2. Turoqlardagi bo'g'inlarning turlichaligi o'ziga xos musiqiylikni ta'minlagan. Ignabarglarda she'riy nutqning hissiy-ekspressivlik, musiqiylik, badiiy obraz, vazn, badiiy tasvir vositalari kabi barcha xususiyatlari mavjud. Masalan, "Bu qiz go'yo muzda o'sgan gul"; "Oshpichoq bu... juda imonli..."; "Bas qil!" dedi. Baliq gapirdi!", "Sham ham shohdir Quyosh chiqquncha" she'rlarida antiteza yetakchi uslubiy vosita hisoblanadi. Shoir so'z, so'z birikmasi, iboralar yordamida turli fikr va timsollarni qarama-qarshi qo'yadi. Ikki qutb o'rtasidagi ziddiyat lirik qahramon holatini ochishga xizmat qiladi. Bir misrali she'rlarda gradatsiyadan ham unumli foydalaniladi. Qahhor Yo'lchiyev e'tirof etganidek, Anvar Obidjon so'z ma'nolarini biridan ikkinchisiga kuchaytirib boradi yoki aksincha kuchsizlantiradi. Masalan, "O'lma! Senda o'chim bor axir!" she'rida ma'no kuchayishi "o'lma - o'chim bor" tarzda berilsa, "Qullik o„zi go'rkov, o„zi go'r!" she'rida ma'no tizimining kuchsizlanib borishi "go'rkov - go'r" tushunchalari orqali yuzaga chiqqan. [6,9]
IKKILIKLAR (Mahmud Toir) yoki SOCHILGAN BAYTLAR (Erkin Vohidov) - o'zaro qofiyalanadigan ikki misra she'r. Agar fard aruz vaznida yozilsa, ikkiliklar barmoqda yoziladi. Bunday qisqa she'rlarda hikmatomuz fikrlar, olam va odamning yaratilishi haqida tasavvurlar, falsafiy mushohadalar qalamga olinadi. Qofiyalanishi: a-a. Masalan:
Erinchoq kam yashar nimaga desak, ( 6+5)
Yashashi uchun ham hafsala kerak. (E.Vohidov) ( 6+5)
***
Shohona kiyinib shoh bo 'lolmaysan, (6+5)
Tunda jilva qilib moh bo „lolmaysan. (Mahmud Toir) ( 6+5) SACHRATQI (Go'zal Begim) - o'zaro qofiyalanmaydigan ikki misra she'r. Bu she'riy shakl ixcham "oq she'r" dir, ya'ni barmoq vazniga xos bo'g'inlar tengligi, turoqlar bor, lekin qofiyadosh so'zlar qo'llanmaydi. Modern she'riyat ko'rinishlariga o'xshab tinish belgi ishlatilmaydi, chunki tinish belgi xayolning sarhadsiz maydoniga to'siq bo'ladi. Sachratqida ruhiyatning oniy holati qalamga olinadi. Qofiyalanishi: ab. Masalan, Go'zal Begimning bir sachratqisini e'tiboringizga havola qilamiz: O'tayotib daraxt tagidan (4+5)
Osmon haqda o'yladim birpas (4+5)
833
April 23-24, 2024
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
Bu she'rning asosida "Nega daraxt osmonga talpinib o'sadi?" degan falsafiy savol yotibdi.
UCHCHANOQ (Anvar Obidjon) - barmoq vaznida yoziladigan uch misrali she'r. Qofiyalanishi: a-a-b. Anvar Obidjonning uchchanoqlari asosan 7 bo'g'inli barmoq vazniga tushadi. Turoqlari: 4+3, 2+2+3. Ularda falsafiy, majoziy, ijtimoiy, psixologik tasvirlar o'ziga xos tarzda ifodalangan:
Eng g „ururli bug'ular Garchi jarda tug'ilar,
Halok bo'lar cho „qqida. * * *
Yor quchib, may ichgan payt, El dardidan kechgan payt
Qilichingni yechib qo „y. * * *
Yotga pastlik qilmadi Va nokaslik qilmadi,
0 „g „lim mag'ruryursin deb. (Anvar Obidjon)
Uchchanoqlarda ichki kechinma ba'zan ochiq, ba'zan yashirin ifodalanadi. Lirik qahramon o'z fikrini, his-tuyg'ularini shiddat bilan tasvirlaydi yoki o'z kechinmalarini turli ifoda vositalari, ko'chim, ohang va tinish belgilari ortiga yashiradi.
FIQRA yoki TASBEH she'rlar (Farida Afro'z ) - erkin vaznda yoki barmoqda yoziladigan, qofiyasiz uchliklar. Fiqra - arabcha "qism, bo'lak" ma'nolarini anglatadi. Fiqralarda diniy mulohazalar, tasavvufiy qarashlar va qalb kechinmalari yetakchilik qiladi. Adabiyotshunos olim, professor Qozoqboy Yo'ldoshev shoira Farida Afro'zning "Tasbeh" kitobiga yozgan so'zboshida shoiraning "fiqra'lari haqida shunday deydi: "Fiqra" so'zi, garchi adabiyotimiz tarixida "fiqrai rangin" yo'sinida birikmali qo'llangan bo'lsa-da, u adabiy janr emas, balki asarlardan olingan go'zal parchalarni anglatadi. Farida Afro'z fiqrani janr maqomiga chiqarib, bu nom ostidagi bitiklarda o'z ruhiyatining parchalarini ifodalashga uringan. Shoira fiqraning shakliy xususiyatlarini qat'iylashtirishga, undagi so'zlar miqdori va bitik kompozitsiyasini tayin qilishni maqsad etmagan" [2,4] Quyida ba'zi fiqralarni ko'rib o'tamiz: Sen unchalar badbaxt emassan Tanimaysan Baxtingni xolos.
834
April 23-24, 2024
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
^hirchiq^avlat^edagogika^niversite^
Shohimardonni sel bosgach, Bir masjid omon qoldi. Masjidda hech kim yo „q edi, afsus..
"Tasbeh" Xudoning nomini zikr etib sanaladigan munchoq shodasi bo'lib, shoira mana shu diniy atamani maxsus she'riy janrga nom qilib bergan. "Tasbeh" to'plamining tuzilishi ham o'ziga xos. 231 tasbeh donasi yetti shodaga teng taqsimlangan: har bir shodada 33 tadan tasbeh donasi, ya'ni 33 ta uchlik bor. Fiqralar soni esa 99 ta, xuddi Allohning ismlari kabi... Ularda bandasining Yaratganga munojoti yaqqol aks etadi.
Qo „zichoqni suyib, erkalab Kaftingda non berib, so'ng So'yib yeganing qiziq
Bu tasbehda odamzod tabiatiga xos bo'lgan xudbinlik, nafs ifodalangan. Insonning barcha xatti-harakatlari zamirida uning manfaati yotishini hayotiy manzaralar orqali eslatadi. Umuman, barcha tasbehlarda hamma biladigan, lekin tan olinmaydigan oddiy haqiqatlar aks etadi:
Do „sting qo „lingga Yoring husningga
Onang seningyo „lingga qaraydi ***
Tulki-ku tumshug„dan ilinar, shaksiz, Bo „rining og „zi qon, yesa-yemasa, Tegirmondan butun chiqar Bu Odam! (Farida Afro 'z) Ushbu tasbehda shoira qilgan gunohlari uchun oxirida tulki ham, bo'ri ham qanday jazo olishini aytadi, ammo so'ngi misrada Odamning bunday holatlarga ham chap bera olishi, tegirmonga tushsa-da, butun chiqa olishi tasvirlangan. Tasbeh 11 bo'g'inli barmoq vaznida yozilgan bo'lib, 6+5 tarzda turoqlangan. Ammo she'rda qoyifa mavjud emas.
QAYIRMA - besh misrali barmoq vaznida yoziladigan she'r bo'lib, birinchi misrasi "Ey do'st!" undalmasi bilan boshlanishi shart. Qofiyalanishi har xil bo'ladi. Azim Suyunning qayirmalari asosan barmoqning 11 bo'g'inida yozilgan: Ey do „st!
Bir to „g 'ri o „q bo „lsang, yoyda erursan, Munosib kuy bo „lsang, nayda erursan. Qoya qatorida sen ham bir qoya, Mayda tosh ichida mayda erursan.
April 23-24, 2024
835
Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics
Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
"Qayirma" so'zi ko'p ma'noli bo'lib, uning "egilgan, bukilgan", "tepki", "pishiq, puxta", "obdon yetilgan, tobiga kelgan narsa, ish-harakat" kabi ma'nolari mavjud. "Qayirma" atamasiga aynan "puxtalik", "pishiqlik" ma'nolari asos bo'lgan. Abdulla Oripov shoirning 2018-yilda nashr etilgan "Ey do'st yoxud Azimnoma" to'plamiga "Qayirma - mustaqil janr" sarlavhali so'zboshi yozib, Azim Suyunning she'riyatda yangi shakl yaratish borasidagi izlanishlarini alohida ta'kidlagan edilar: ruboiy, tuyuq, fard degan janrlar qatoriga qayirma degan janr qo'shildi. Bu janr donolik, ixchamlik va lo'ndalikka asoslanadi. Shakldagi yangiligi shundan iboratki, ijtimoiy-siyosiy, falsafiy, odob-axloq va ishqiy mavzuda yozilgan besh misrali she'r "Ey do'st!" murojaati bilan boshlanadi. U turli o'rinlarda turlicha ohang va ma'no kasb etadi. Nido san'atiga asoslanuvchi "Ey do'st!" undalmasi gohida Yaratganga, gohida Vatanga, xalqqa, do'stga, yorga, gohida lirik qahramonning o'ziga murojaatni ifodalaydi.
Ey do „st!
Bu zaminga sig'may qoldik, ketamiz, O'zga bir olamni makon etamiz. Unda biz orzular qilgan Jannat bor, Lekin yor bo „lmasa, aytgil, netamiz?
Azim Suyun mingdan oshiq qayirmalar yozdi. Mo'jaz hajmli she'rga katta ma'noni yukladi. Bu she'rlar o'quvchini o'ylashga, tafakkur qilishga undaydi:
Ey do „st!
Ishq-vafo, ishq-jafo, jondin kechasiz, Hilol u, Oy bo„lib to „la - to„lguncha. Ishq - chashma, ishq - sharob, har kun ichasiz Va lekin to „ymaysiz o „la-o„lguncha. (Azim Suyun)
Bugungi kunda o'zbek adabiyotshunosligi oldida turgan muhim vazifalardan biri Istiqlol davri o'zbek she'riyatidagi shakliy izlanishlar va ijodkor individualligi masalasiga alohida e'tibor qaratish va yagona to'xtamga kelishdir. Shoirlarnng o'zlari yangi janr deb e'tirof etgan she'riy shakllarni o'quvchilarga ijodkor ustaxonasidan chiqqan yangi lirik janr deb taqdim qilish kerakmi yoki, ayrim tadqiqqotchilarga ergashib, individual janrlarni ijtimoiy, psixologik jarayonlarda badiiy modifikatsiyaga uchragan she'rlar sifatida o'rgatishimiz kerakmi? [4] Bizningcha, ignabarg, ikkilik, sachratqi, uchchanoq, qayirma, fiqra, tasbehlarda janrga xos belgilar - muayyan mazmunni shakllantirsh va ifodalashga xizmat qiluvchi shakllarning mavjudligi ularni yangi lirik janrlar deb o'rganishimizga asos bo'la oladi.
836
April 23-24, 2024
Chirchik State Pedagogical University Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Chirchiq davlat pedagogika universiteti
qdavMpdagog
Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari
Я
REFERENCES
1. Ben Jonson. Qaydlar yoki kuzatishlar // G'arb adabiy-tanqidiy tafakkuri tarixi ocherklari. — T.: Fan, 2008. — 209-221 b.
2. Farida Afro'z. Tasbeh. Chetki, Posary. So'zboshi muallifi Q. Yo'ldoshev. — T.: Sharq, 2007. — 218 b.
3. Mehmet Kaplan. Cumhuriyet devri turk §iiri. — Ankara: Ba§bakanlik Basimevi, 1990. — 535 s.
4. Mamiraliyev K.K. O'zbek she'riyatida shakliy izlanishlar va individuallik. Literature and Culture DOI: 10.36078/1673348607 205 O'zbekistonda xorijiy tillar, 2022, № 5 (46) - 201-218 b.
5. Yo'lchiyev Q. O'zbek she'riyatida birlik va uchlik she'r poetikasi. Fil.fan.bo'yicha.falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi. — Farg'ona, 2017. — 128 b.
6. Йулчиев Поэтик олам сирлари (Анвар Обиджоннинг игнабарг ва уччаноклари мисолида). - Тошкент: Akademnashr, 2012. 96 б.
7. Quronov, D. Adabiyot nazariyasi asoslari. Darslik. - T.: "Noshir", 2019.- 336 b.
837
April 23-24, 2024