Научная статья на тему 'ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATI ABADIYDIR'

ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATI ABADIYDIR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

100
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Inson / ruhiy olam / qadriyatlar / tuyg'ular / falsafiy / ijodkor / insoniy / san'at / mehmondo'st.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nuriniso Rahimovna Umarova

Ushbu maqolada o'zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri Abdulla Oripovning vafotidan so'ng chop etilgan “Shoirning tug‟ilishi” she'riy to'plamiga kiritilgan “Onamga”, “Cho'pon”, “Mehmondo'st chol” kabi she'rlarida odamlarga mehrimuhabbati, e'zozi yoxud insongagina xos bo'lgan qadriyatlar rangli bo'yoqlarda chizilgan. Ushbu to„plamdagi har bir she‟r mutolaasi orqali shoirning ijodkor “men”ini va insoniy “men”ini kitobxon beixtiyor his qiladi va g'oyibona Abdula Oripov yashagan davrga, tuygan tuyg'ularga oshno bo'ladi. Uning falsafiy she‟riyatida doimo inson ruhiyati va faoliyati manzaralari o'z aksini topganligi haqida so'z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABDULLA ORIPOV SHE’RIYATI ABADIYDIR»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

ABDULLA ORIPOV - SHE'RIYATI ABADIYDIR

Nuriniso Rahimovna Umarova

Mustaqil tadqiqotchi, Jizzax DPI

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek adabiyotining zabardast vakillaridan biri Abdulla Oripovning vafotidan so'ng chop etilgan "Shoirning tug'ilishi" she'riy to'plamiga kiritilgan "Onamga", "Cho'pon", "Mehmondo'st chol" kabi she'rlarida odamlarga mehri-muhabbati, e'zozi yoxud insongagina xos bo'lgan qadriyatlar rangli bo'yoqlarda chizilgan. Ushbu to'plamdagi har bir she'r mutolaasi orqali shoirning ijodkor "men"ini va insoniy "men"ini kitobxon beixtiyor his qiladi va g'oyibona Abdula Oripov yashagan davrga, tuygan tuyg'ularga oshno bo'ladi. Uning falsafiy she'riyatida doimo inson ruhiyati va faoliyati manzaralari o'z aksini topganligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Inson, ruhiy olam, qadriyatlar, tuyg'ular, falsafiy, ijodkor, insoniy, san'at, mehmondo'st.

ABDULLA ORIPOV - HIS POETRY IS ETERNAL

ABSTRACT

In this article, one of the leading representatives of Uzbek literature, Abdulla Oripov, includes poems such as "Onamga", "Cho'pon", "Mehmondo'st chol" included in the poetry collection "Shoirning tug'ilishi", published after his death. love for people, dignity or values unique to humans are drawn in colored paints. By reading each poem in this collection, the reader involuntarily feels the creative "I" and the human "I" of the poet and becomes familiar with the feelings of Abdula Oripov. In his philosophical poetry, it is always said that the scenes of human psyche and activity have found their reflection.

Keywords: Man, spiritual world, values, feelings, philosophical, creative, humane, art, hospitable.

Abdulla Oripov o'z she'riyati bilan xalq hayotining, inson ichki olamining turfa manzaralarini aks ettira oldi. O'zbek poeziyasida inson ruhiy olamini badiiy aks ettirish ko'lamini kengaytirdi: inson umri, yashashdan maqsadi, insonning ichki va tashqi olami, tirikligining ijtimoiy asoslarini poetik tadqiq etdi va faylasufona umumlashmalar, kashfiyotlar bilan boyitdi. Uning dastlabki she'rlaridanoq sohirovozli adabiyot pahlavoni ijod maydoniga kirib kelganligi va buyuk ijodkorlar nazariga tushganligi, ( Abdulla Qahhor, Maqsud Shayxzoda, Ozod Sharaffidinov), ijod pillapoyalaridan o'ktam va dadil qadamlar bilan ko'tarilganligi, qolaversa, faqat va faqat xalqning dardini, davr muammolarini qalban his qilib shoirona tafakkur va falsafiy dunyoqarash bilan tasvirlaganligi shoirning bosh tamoyili edi. Shoir vafotidan keyin 1957-1965-yillar oralig'idagi she'rlari jamlanib

April 23-24, 2024

971

https://cspu.uz/ International Scientific and Practical Conference

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

"Shoiming tug'ilishi" nomi ostida she'riy to'plami chop etildi. To' plamga kiritilgan she'rlar vatan va vatanparvarlik, ishq, ishqqa sadoqat, go' zal va betakror qishloq tabiati, nabotati, odamlari , yurt , ona madhi, ulkan orzu-umidlar qilayotgan va kurashayotgan navqironning ruhiy kechinmalari jonli va ta'sirli tasvirlangan. Ushbu to'plamdagi har bir she'r mutoalasi orqali shoirning ijodkor "men"ini va insoniy "men"ini kitobxon beixtiyor his qiladi va g'oyibona Abdula Oripov yashagan davrga, tuygan tuyg'ularga oshno bo'ladi, qolaversa, odamlarning qayg'u va shodliklariga sherik lirik qahramoni ham shu qadar samimiydir . Uning falsafiy she'riyatida doimo inson ruhiyati va faoliyati manzaralari o'z aksini topdi. "Tabiat qanchalik go'zal bo'lmasin, har holda u san'atda ikkinchi darajali hisoblanadi. San'atning bosh predmeti inson bo'lishi kerak", 1degan qarash she'riyatning bosh qarashiga aylandi. "Shoirning tug'ilishi" to'plamiga kiritilgan "Onamga", "Cho'pon", "Sinfdosh", "Mehmondo'st chol", "Ukamga" kabi she'rlarida insonga mehri-muhabbati, e'zozi yoxud insongagina xos bo'lgan qadriyatlar rangli bo'yoqlarda chizilgan."Onamga" she'riga nazar tashlaylik,

Tunlari uyqusiz, murg'ak boshimni Allalab, ulg'aytgan sensan, onajon! Ilk bor yurganimda qo'limdan tutib, Shodlik chamaniga eltgan mehribon. "Maktub" she'rida ham onani sog'ingan farzand qushlarga onaizoriga salomini yetkazishni so'raydi:

Sho'x-sho'x parvoz etgan qushlar, Quloq soling kuyimga.

So'ngra uchib, yeting tezda,

Mening ona uyimga. Salomimni elting qushlar, Shoir o'g'ling omon, deng, Erta-indin kelib qolar, Sog'ingan ko'pyomon, deng. Badiiy adabiyotda azal-azaldan qushlar obrazi darakchi, xabarchi vazifasini bajarishgan. Jumladan " Ravshan" dostonidagi mayna Hasanxonning maktubini Xon Dalliga yetkazadi. Abdulla Oripov ham lirik qahramon ruhiyati qirralarini ochib berishda qushlar obrazidan ustalik bilan foydalangan va qushlarga dardlarini, xayollarini so'zlagan va onasiga salomini yetkazishini so'ragan.

"Mehmondo'st chol" she'rida esa o'zbek xalqining naqadar mehmon do'stligi , mehmonni naqadar e'zozlashi , "Mehmon - otangdek ulug'" maqolini dasturilamal qilib olganligi tasvirlangan:

Qishloq ko 'chasidan mehmon yetaklab

Erix From. Psixoanaliz i etika. - M.: 1993. - S. 151. ! Abdulla Oripov "Shoirning tug'ilishi" .- Toshkent: Adabiyot, 2021. - B.94.

https://cspu.uz/

April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference

972

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Keksa chol kelardi uyiga tomon.

O'tdi-ku mashina, chang, tuproq tuflab, Mehmon tomoq qirdi ranjigansimon.

So'ngra chetlandi-da qoqdi kiyimin,

Ota mehmoniga tikilib birpas, Deydi: - Chang kiyimni tozlash oson, Mehmonjon, yuraging chang bo'lmasa bas!

Darhaqiqat, she'rda bayon etilgandek, chang kiyimni tozlash oson, ko'ngil, qalb changi bir umrlik, o'chmas garddir. Shoir ijodida mehnatkash va bag'ri keng, "mehmonni qalb to'riga joylaydigan", " mehmon joy so'rasa" unga jonini ham beradigan, "o'zi yemay" mehmonga yediradigan, mehmondo'stligi bilan mashhur ona xalqidan faxrlanish tuyg'usi bag'oyat kuchli. Abdulla Oripov lirikasida o'zbek xalqi, O'zbekiston o'ziga xos, hech kimnikiga o'xshamagan nazar bilan kuzatiladi va talqin etiladi. "Shoir sun'iy mafkura hokim bo'lgan va ko'pgina shoirlarni ma'lum andozalar asosida fikr aytishga o'rgatib qo'ygan bir davrda ham umuminsoniy, xalq manfaatiga mos keladigan fikr va mushohadalar aytishni o'z burchi deb bildi".4 "Darhaqiqat, shoirning ilk she'rlariyoq u she'riyatni mafkura tashviqotchisi emas, inson ruhiyati tadqiqotchisi deb bilishdan darak berar edi. U hurfikrga, yuksak obrazlilikka , insonparvarlik va ezgulikka asoslangan sharq she'riyatining yangi bir shakl va mazmundagi ko'rinishi sifatida namoyon bo'lgan she'rlari bilan o'zbek milliy adabiyotining yirik siymolari qatoridan o'rin oldi".5

Xulosa o'rnida, Abdulla Oripov teran tafakkur egasi sifatida doimo izlanishda bo'lgan, xalq amaliy hayotini sinchliklab kuzatuvchi, o'rganuvchi, tevarak-atrofga o'zgacha nigoh bilan qaraydigan, hech kim ko'ra olmagan , sezmagan, payqamagan, his qilmagan jihatlarni ham aqlan, ham qalban bila oladigan , anglashlaridan insoniyat uchun ahamiyatli xulosa yasay bilish qudratiga ega kashfiyotchidir. Ijodkor she'riyati xalqchilligi, insonparvarligi, chuqur va bertakror mushohada, anglashlar, fikrlarga boyligi bilan ham she'rxonni mahliyo etib kelmoqda, zero Abdulla Oripov she'riyati - abadiyatdir.

REFERENCES

1. Erix From. Psixoanaliz i etika. - M.: 1993. - S. 151.

2. Abdulla Oripov "Shoirning tug'ilishi" .- Toshkent: Adabiyot, 2021.

3. Qo'shjonov M.Benazir iste'dod // Sovet O'zbekistoni. - 1991. - 29-mart.

1 O'sha kitob

' Qo'shjonov M.Benazir iste'dod // Sovet O'zbekistoni. - 1991. - 29-mart.

Ernazarova Gulnoza Hamroevna XX asr o'zbek poeziyasida milliy tafakkur va uning badiiy talqini. nom... dis. - Toshkent. 2001. B.109.

':Filil. Fan.

https://cspu.uz/

April 23-24, 2024 International Scientific and Practical Conference

973

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.