Научная статья на тему 'MUHAMMAD YUSUF IJODIDA VATAN TAVSIFI'

MUHAMMAD YUSUF IJODIDA VATAN TAVSIFI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
369
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shoir / she’riyat / Vatan mavzusi / poetik mahorat / vatanparvarlik / soddalik / soddadillik / istiqlol / “O‘zbekiston” / tarix / kelajak / ohangdorlik / talmeh san’ati / lirik qahramon / qismat

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Raxmonova Donaxon Ruzimatovna

Ushbu maqolada o‘zbek xalqining buyuk farzandi, O‘zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf boy ijodiy merosi hamda uning Vatan, yurt, millat haqidagi she’rlari talqini, ularning tarbiyaviy ahamiyati haqida firk-mulohazalar yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUHAMMAD YUSUF IJODIDA VATAN TAVSIFI»

MUHAMMAD YUSUF IJODIDA VATAN TAVSIFI

Raxmonova Donaxon Ruzimatovna O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Abstract: Ushbu maqolada o'zbek xalqining buyuk farzandi, O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf boy ijodiy merosi hamda uning Vatan, yurt, millat haqidagi she'rlari talqini, ularning tarbiyaviy ahamiyati haqida firk-mulohazalar yuritiladi.

Kalit so'zlar: Shoir, she'riyat, Vatan mavzusi, poetik mahorat, vatanparvarlik, soddalik, soddadillik, istiqlol, "O'zbekiston", tarix, kelajak, ohangdorlik, talmeh san'ati, lirik qahramon, qismat.

DESCRIPTION OF THE FATHERLAND IN THE CREATION OF

MUHAMMAD YUSUF

Rakhmonova Donakhon Ruzimatovna Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture

Abstract: This article discusses the rich creative legacy of the great son of the Uzbek people, the national poet of Uzbekistan Muhammad Yusuf, the interpretation of his poems about the Motherland, country, nation, and their educational significance.

Keywords: Poet, poetry, theme of the Motherland, poetic skill, patriotism, simplicity, simplicity, independence, "Uzbekistan", history, future, melody, art of talmeh, lyrical hero, fate.

Vatan - bu insonning tug'ilib o'sgan yeri, uning go'daklik chog'idanoq mehr qo'ygan o'chog'i, mahallasi va qishlog'i bilan ta'riflanadi. Vatan so'zi arab tilida tug'ilib o'sgan joy, ona yurt ma'nosini anglatadi. Vatanga muhabbat yuksak insoniy fazilat. Bu borada: "Vatanni sevmoq imondandir" hikmatini esga olishning o'zi kifoyadir.

Bizga ma'lumki, Vatanga bo'lgan muhabbat joy, makon va vaqt tanlamaydi. Vatan muzliklarda, sahrolarda, changalzorlarda bo'lishi mumkin. Bu tuyg'u inson tug'ilishi bilan vujudga kelib, vafot etishi bilan o'z poyoniga yetadi. Vatanga mehr esa, ona suti bilan qalbga singadi.

Ona-Vatanni ulug'lash, madh etish o'zbek adabiyotida ham azaliy odat sanaladi. Adabiyotimizning Usmon Nosir, Cho'lpon, Hamid Olimjon, Abdulla Oripov, Erkin Vohidov, Zulfiya, Halima Xudoyberdiyeva singari zabardast shoir va shoiralari ijodida Vatanga muhabbat, sadoqat, uni ulug'lash kabi his-tuyg'ular yetakchi rol o'ynaydi. Keyingi avlod vakillari ijodida ham bu an'ana davom etganligini ko'rishimiz mumkin.

Ayniqsa, O'zbek xalqining sevimli shoiri Muhammad Yusuf she'riyatidagi davr ruhi, Vatan madhi, tanti xalqimizning sodda tabiati, bag'rikengligi maromiga yetkazib ta'riflanadi. Shoirning "O'zbekiston", "O'zbek", "O'zbekning ayollari", "O'zbekmomo", "O'zbek qizlari", "Vatan", "Vatan madhi", "Vatan, yagonasan", "Vatanni seving", "Mening Vatanim". "Men nechun sevaman O'zbekistonni" kabi she'rlari aynan Vatan mavzusida yozilgandir.

Muhammad Yusuf she'riyatining eng oliy fazilati, bu uning sof va pok samimiyatida mujassamdir. Samimiyat, xalqona ruh uning she'rlarini jilolantirib, bezab, ularga betakror ko'rku tarovat bag'ishlaydi. Shoir ijodida bo'y cho'zib turgan muhtasham obraz - bu, albatta, Vatan obrazi, O'zbekiston timsoli. Uning Vatanga muhabbati juda g'aroyib... Muhammad Yusuf «yuragining Olampanohi bo'lgan» Vatan haqida hamisha jo'shib yozadi. U tom ma'noda Vatan kuychisi. Shoir nazarida, Vatanga muhabbat - Vatan uchun fido bo'lmoqqa tayyor turish, o'ziga hech narsa tilamaslik, buyuk sadoqat, ixlosdan iborat. Do 'stlar, og 'iz to 'Idirib Vatan

Deya olmoq o 'zi baxt ekan! - deya hayqiradi "Hur o'lkam" she'rida. Bu yorug' olamning jannatlari borligini, ko'pligini aytib, ammo Vatandan bo'lagi bari minnat ekanini ta'kidlaydi. Bunda teran falsafa mujassam. Vatan, bu - "toy qoqilib, ot bo'lguvchi yaylovdir", deydi. "Yurtning etagini o'pishga (hatto! - M.A.) osmon engashgan..." ini ko'rib g'ururlanadi shoir. Bu Vatanda "kulgichida oftob chiqib, oftob botgan" go'zallar yashaydi, deya shavqu sururga to'ladi shoir qalbi. "Izhori dil" she'rida shunday satrlar bor: Ko 'hna tol beilikdan Boishanar olam, Senga iddaolar Qilmay sevaman. Bir kuni singlim, deb, Bir kuni onam -Vatan, Kimligingni Bilmay sevaman.

Shoirning Vatanga muhabbati g'aroyibligi xuddi ana shunda, ya'ni: "...iddaolar qilmay sevaman!" deyishida! Bu, ayniqsa, yoshlar uchun katta ibrat namunasidir. Muhammad Yusuf she'riyatining xususiyatlaridan biri uning mavzuni o'ylab chiqarmasligida, balki bevosita hayotning o'zidan olishida ko'rinadi.

Muhammad Yusuf she'rlarining yana bir fazilati uning soddaligidadir. U o'z she'rlari uchun har xil shakllar ham qidirib yurmaydi, xalq qo'shiqlari yo'lida, gohida murabba shaklida qalam tebratishni xush ko'radi. Shunda she'rlar qog'ozga ravon va

sodda tushadi, ma'nosini tushunish ham oson kechadi. Chunonchi, "O'zbek" she'rida shunday satrlar bor:

Ehtirom etganga ehromlari bor, Kekkayganga bo'yin egmaydi zinhor. Beshik to'la jajji islomlari bor, Tosh o'tmas qo'rg'onga o'xshaydi O'zbek! Qiyosin topdingmi aytgin Muhammad? O'xshasa o'ziga o'xshaydi O'zbek. Yomon she'r yozsang ham, betingdan o 'pib, Kam bo 'lma, bolam, deb yashaydi o 'zbek...

Bunda xalqimizning kengfe'l, kechirimli,bolajonligi, tanti va jo'mardligi juda chiroyli aks etdirilgan.

Shuningdek, Muhammad Yusuf ijodida tashbeh, talmeh, tazod singari badiiy san'at vositalardan juda o'rinli va oqilona foydalangan. Bu esa shoir she'rilarini jozibali va ta'sirchanligini yanada oshiradi.

Tashbeh hozirgi adabiyotshunoslikda o'xshatish deb yuritiladi. U shunday san'atki, unda so'zlarda ifodalangan ikki yoki undan ortiq narsa va hodisa, xususiyatlar o'rtasida mavjud bo'lgan o'xshashlik, sifat va belgidagi umumiylik qiyoslanadi, o'zaro solishtiriladi, tasvirlanayotgan narsa-hodisaning ayrim xususiyati yorqin, chuqurroq va ta'sirliroq ochib beriladi.

Vatanga muhabbat, onaga muhabbat kabi muqaddas va buyuk tuyg'u. Olloh insonga Vatanni muzliklarda ham, sahrolarda ham, changalzorlarda ham ato etishi mumkin. Lekin yaratgan bizga O'zbekiston deb atalgan tuprog'ida oltin bor, har tongda bulbullar madhini o'qib tugatmaydigan bir yurtni Vatan qilib bergan. Ya'ni shoir lirikasida hech kim tasavvur qilmagan lekin mos keladigan tashbehlarni, o'xshatishlarni ko'ramiz. Bunday o'xshatishlar boshqa hech bir ijodkor she'riyatida uchramasligini shoir asarlarning o'ziga xos badiiy tili deyishimiz mumkin.

Shoir Vatan haqidagi she'rlarining ko'pchiligida Vatanni onaga, singilga va opaga mengzadi. Masalan, "Vatanim" she'rida: Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga, Singlim deymi, Onam deymi,

Hamdard-u hamhonam deymi, Oftobdan ham o 'zing mehri, Ilig'imsan Vatanim.

Shoir Vatan timsolini singlisida, onasida ko'radi. Ona - buyuklarning eng buyugi, ulug'larning eng ulug'i, suyukli zotlarning eng suyuklisidir. Bazan bu so'zga ta'rif berishga ojiz qolasan kishi. Bu nomga shoir-u yozuvchilarimiz o'z ijod namunalarida munosib baho aytgan allalarchalik, ular bedor o'tkazgan tunlarchalik nazm bitmasligi mumkin, biroq imkon qadar onani vasf etadi.

Shoir Muhammad Yusufning Vatan mavzusidagi she'rlarida badiiy san'at vositalardan biri - talmeh san'atidan ham oqilona foydalangan.

Talmeh arabcha so'z bo'lib, ma'nosi "chaqmoq chaqilishi", "bir nazar tashlash" demakdir. Badiiy san'at sifatida u tarixiy va afsonaviy voqea, masal, shaxs, mashhur asar va qahramonlar nomiga ishora qilish vositasida fikrni qisqa, ixcham tasvirlashdir. Sen Mashrabsan, Xalqda tumor, Balhda dorga osilgan. Navoiysan, shoh yonida Faqirni duo qilgan. Yassaviysan, meniki deb, Ko 'ringan da 'vo qilgan, Ming bir yog 'i ochilmagan Qo'rig'imsan, Vatanim.

Shoirning "Vatanim" she'ridagi ushbu misralarda Mashrab, Yassaviy, Navoy singari buyuk tarixiy shaxslar hamda qadimgi Blah (hozirgi Eron) shahri nomlari keltirilgan. Ona-yurt fazilatlarini shunday buyuk zotlarning olijanob sifatlariga tenglashtiryapti.

Iste'dodli shoir Muhammad Yusufning iste'dodi, betakror ijodi haqida qancha gapirsak shuncha kam. Xususan, shoirning o'z Vatanini yonib, jo'shib kuylashi, shoir ijodining alohida jihatlari haqida uning ijodkor zamondoshlari bir qator esdaliklar, maqola va esselar yozishgan. Jumladan, O'zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva o'z zamondoshi bo'lgan iste'dodli shoir Muhammad Yusuf ijodiga, xususan, uning she'rlarida vatan obrazi aks etgan jihatlariga baho berar ekan: "Axir kim Sizday mustaqillikning ilk ayozli davrlaridayoq "Hech kimga bermaymiz seni O'zbekiston", deb kurash maydonlariga tusha olgan edi. Kim elga, yurtga mehru muhabbatini shu qadar sodda, shu qadar suyukli ayta olgan edi. Men agar biz Sizdek Vatanni sevishni, yorin sevishni, ardoqlashni, asrashni o'rgandik desam, bu so'zimda qilcha mubolag'a yo'q!", deb yozgan edi.

Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, hamma inson ham vatan, ona deya kuylashi mumkin-u, ammo ona yurtni maromiga yetkazib, yurakdan kuylay oladigan, xalq dilini biladigan ijodkorgina chin shoir bo'la oladi! Muhammad Yusuf bunga yorqin timsol bo'la oladi deb o'ylayman. Shoir she'rlari orqali odamlarning unitayozgan qadriyatlarimizni, millatimizni asrab avaylashga chorlaydi. Uning

she'rlaridagi oddiy obrazlari, ayni paytda munis va qadrdon, tub mohiyati yani ular timsolida shu ona vatan, muqaddas tuproq, shu vatanning azizligi, mo'tabarligi aks ettirilgan. Shoir ijodi o'zining rang-barang mavzularga boyligi, mazmunan betakrorligi bilan har bir she'riyat shaydolarini o'ziga rom eta oladi.

O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning Vatan ishqini yuragiga joylab yozgan satrlari xalqimizning esini tanigan eng kichik vakilidan eng nuroniy qatlamiga qadar yod bo'lib ketgan, qalbidan chuqur o'rin egallagan.

Hech bir kitobxon yo'q-ki, uning javonidan Muhammad Yusufning kitobi topilmaydigan, hech bir inson yo'q-ki, uning misralaridan mehr, muhabbat hissin tuymagan! U shunday iste'dotli shoir-ki, uning har bir she'rida xalqning quvonch-u iztiroblari, orzu va armonlarini madh ettirgan. Shoirning dilga yoqar misralarini hirgoyi qilamagan bironta o'zbek farzandi topilmasa kerak.

Foydalanilagan adabiyotlar

1. Mirvaliyev S., Shokirov R. O'zbek adiblari. - Toshkent, 2007. - B. 240. 10.

2. Muhammad Yusuf. Saylanma. - Toshkent: Sharq, 2005. - B. 12.

3. Boltaboyev. So'z sehri. - Toshkent, 2006. - B. 98.

4. Muhammad Yusuf. Ulug'imsan Vatanim. - Toshkent: O'zbekiston, 2010.-B.

9.

5. Muhammad Yusuf. Saylanma. - Toshkent: Sharq, 2005. - B. 275.

6. Manba https://tafakkur.net/muhammad-yusuf.haqida

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.