Научная статья на тему 'MUHAMMAD YUSUF SHE’RLARIDA VATAN TASVIRI'

MUHAMMAD YUSUF SHE’RLARIDA VATAN TASVIRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
6721
450
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shoir ijodi / mahorat / qo‘shiq / insoniylik / fazilat / Vatanparvarlik xissi / namuna / Poet's work / skill / song / humanity / virtue / sense of patriotism / example

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rahimov, Erkin

Bu maqolada Muhammad Yusuf hayoti va ijodi, u haqidagi yozuvchilar e’tirofi va vatan mavzusidagi she’rlari bilan tanishishingiz mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMAGE OF THE MOTHERLAND IN THE POEMS OF MUHAMMAD YUSUF

In this article you can get acquainted with the life and work of Muhammad Yusuf, the recognition of writers about him and poems on the theme of the homeland.

Текст научной работы на тему «MUHAMMAD YUSUF SHE’RLARIDA VATAN TASVIRI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(6), June, 2023

MUHAMMAD YUSUF SHE 'RLARIDA VATAN TASVIRI

Erkin Rahimov

O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist, O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti "Vokal" kofedrasi dotsenti

ANNOTATSIYA

Bu maqolada Muhammad Yusuf hayoti va ijodi, u haqidagi yozuvchilar e'tirofi va vatan mavzusidagi she'rlari bilan tanishishingiz mumkin.

Kalit so'zlar: Shoir ijodi, mahorat, qo'shiq, insoniylik, fazilat, Vatanparvarlik xissi, namuna

АННОТАЦИЯ

В данной статье вы можете познакомиться с жизнью и творчеством Мухаммада Юсуфа, признаниями писательей о нем и стихами о Родине.

Ключевые слова: Творчество поэта, мастерство, песня, человечность, добродетель, чувство патриотизма, пример.

ABSTRACT

In this article you can get acquainted with the life and work of Muhammad Yusuf, the recognition of writers about him and poems on the theme of the homeland.

Keywords: Poet's work, skill, song, humanity, virtue, sense of patriotism, example

KIRISH

Bugun biz she'rlari kabi sodda va samimiy inson, o'z she'rlarida vatan, ona, do'stlik va muhabbat haqida kuylagan inson o'zbekning otashqalb farzandi Muhammad Yusuf haqida so'zlashamiz. U ijod maydoniga o'zbek do'ppisi bilan kirib keldi. U nima uchun o'zbeklar do'ppi kiymay qo'yganidan hayratlandi. Axir kiyaman desa bizda do'ppilarning turli xillari bor-ku. Yoki u bugunga kelib boshimizga og'irlik qilib qoldimi? Yo bo'lmasa hech o'zimizga mos do'ppi topolmayapmizmi? Xulosa esa quvonarli emas - hamma gap mos do'ppi yo'qligida emas, hamma gap uni kiyishga loyiq inson qolmaganidadir. Ha, Muhammad Yusuf shunday yozar edi. Oqni oq, qorani qora, uning sherlarida zo'rma-zo'rakilik, yolg'on, laganbardorlik yo'q edi. U o'zinig qisqa hayoti davomida ko'plab she'rlar yaratdi. Uning bu hayot yo'lini Pushkinning Bayron haqidagi so'zlari bilan izohlash mumkin; " U o'z she'rlarida ixtiyorsiz tarzda she'riyatning zavqi-shavqi ila iqrorlik bildirgan".

Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog'ida dehqon oilasida tug'ilgan. O'rta maktabni tugatgach, Respublika Rus tili va adabiyoti institutida o'qib, uni 1978-yilda bitirdi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Shoir 1978-1980 yillarda Kitobsevarlar respublika jamiyatida, 1980-1986 yillarda "Toshkent oqshomi" gazetasida, 1986-1992 yillarda G'. G'ulom nomidagi Adabiyot va san'at nashriyotida, 1992-1995 yillarda "O'zbekiston ovozi" gazetasida, O'zbekiston Axborot agentligida ishladi, 1995-1996 yillarda Davlat va jamiyat qurilish akademiyasida o'qidi. 1997 yildan boshlab O'zbekiston Yozuvchilar Uyushmasi raisi o'rinbosari lavozimida ishladi. Muhammad Yusuf O'zbekistondagi eng yosh xalq shoiri (1998-yil) hisoblanadi.

METODLAR

Muhammad Yusuf oddiy yozar edi. Lekin shu oddiylikda butun bir go'zallik , she'r jozibasi, insonlar taqdiri va hayot yo'llari bor edi. Shu oddiyligi bilan ham u boshqlardan ajralib turar edi. Uning she'rlarida ortiqcha tashbehlar, mubolag'alar yo'q. Shunchaki hayotiy va samimiy she'rlardir.

Muhammad Yusuf haqida O'zbekiston Qaxramoni Ozod Sharafîddinov shunday degan edi: "Muhammadjon kamdan-kam tug'iladigan iste'dod egasi bo'lishi bilan birga, kamdan-kam shoirda uchraydigan xislat egasi - shuhratdan qochadigan kamsuqum inson edi. U shuhratning emas, shuhrat uning orqasidan quvib yurardi"

Muhammad Yusuf o'zidan she'r qanday yaraladi dep so'rashgandalarida esa shunday javob bergan edi: "Haqiqiy she'rlar odamlar orasida." Quyida esa biz Muhammad Yusufning Xalq shoiri unvonini olganlaridan keyingi suhbatini havola etamiz.

O'zbekiston Xalq shoiri Muhammad Yusuf bilan suhbat:

- Muhammad aka, yaqinda Prezidentimizning qo'llaridan Xalq shoiri unvonini oldingiz, avvalambor, yuksak unvon bilan tabriklaymiz. Agar istasangiz, suhbatimizni keyingi ko'ngil kechinmalaringiz bilan boshlasak...

- Bilasizmi, qaysi sohada bo'lmasin, mehnatingizni ozgina bo'lsa-da qadrlab, barakalla deb yelkangizga urib qo'yishsa, bu - katta bir dalda bo'lishi turgan gap. Mening ham kimgadir keragim bor ekan, deb ko'ngildan o'tkazasiz, ruhlanasiz-da! Kamtarin ijodimni shu qadar yuksak unvon bilan taqdirlaganlari uchun juda minnatdorman. Mening yutug'imdan faxrlanib, ko'ngli osmon bo'lib yurgan yaqinlarim, birodarlarimni ko'rib yanada shodlanaman.

Yuzga kirgan momom bor.Uning quvonganini ko'rsangiz edi. Ko'zlariga yosh olib qutladi. Nuroniy yuzlaridan mingdan ming rozi ekanliklariyu yangi-yangi tilaklar ni uqib olish oson edi.

- O'zbekiston Xalq shoiri degan unvon sizga yanada katta mas'uliyatlar yuklasa kerak?..

- Albatta. Bu bildirilgan ishonch demakdir. Bundan keyin yana ham qattiqroq ishlashga undaydigan "og'ayni, endi bo'sh kelmagin" deyish bilan barobar.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

- She'rni har kim har xil talqin etadi. Sizningcha, she'r nima?

- She'r, bu - shirin dard, azob. Shoir shu dard bemori. Yurakdagi o'sha she'r qog'ozga tushmaguncha ba'zida uyqu kelmaydi. Uni yozib bitirganingdan keyingi rohat boshqacha bo'ladi. Yaxshi kitob o'qisangiz mazza qilasiz-ku! Endi bir iliq jumla topib olishni tasavvur qilib ko'ring. Katta-katta asarlarning yaratilishiga ham birgina jumla sabab bo'lishi tabiiy. Bir she'rni qog'ozga tushira olmay oylab qiynalib yurish mumkin, lekin bir kuni, "ajoyib kunlarning birida" maqsad ro'yobga chiqadi va o'qib turib quvonib ketasiz. Ba'zilar borki, men yozolmay qolyapman, majburan bo'lsa-da, yozib turmasam, "qo'lim chiqib ketadi" deyishadi. Men bunga aslo qo'shilmayman. O'zim ko'nglim buyurmaguncha yozmayman ham.

- Nasrga qo'l urib ko'rganmisiz?

- To'g'risi, yozsam, qo'limdan keladigan ish. Lekin men uchun eng muhimi -she'r, uni qizg'anaman. Agar nasrga o'tib, ko'p o'ralashib qolsam, she'r mendan o'ch oladi. Chunki u - mening jon do'stim. Xiyonatni kechirmaydi. Nasr bo'lsa, ulfatim...

Ana ko'rdingizmi U she'rni hammadan qizg'anardi, faqat dilidan chiqsagina yozardi ozini majburlab sher yozmagan, balkim uning she'rlarining go'zalligi ham siri ham shundandir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Muhammad Yusuf she'rlarida o'lmas mavzulardan bir bo'lgan vatan mavzusi asosiy o'rinni egalagan bo'lib. U vatanni qanday qilib balandparvoz gaplariz sevish mumkinligini sherlari orqali ko'rsatib berdi. Yusuf ijodida bu mavzusidagi she'rlar o'zgacha ohang va takrorlanmas misralarda jo bo'lganligi sababli yorqin va ta'sirchan deyishimiz mumkin. YA'ni shoir lirikasida hech kim tasavvur qilmagan lekin mos keladigan tashbehlarni, o'xshatishlarni ko'ramiz. Bunday o'xshatishlar boshqa hech bir ijodkor she'riyatida uchramasligini shoir asarlarning o'ziga xos baddiy tili deyishimiz mumkin. Masalan, vatan haqida yozgan shoirlarning hech biri hali vatanni onaga, singilga o'xshatgan emas yoki vatanning tol beshikdan boshlanishini faqat shu ijodkorgina o'z asarida ilk bor qo'llagan. Vatanning bog' -rog'larini, so'lim go'shalarini tarannum etganlar ko'pdir. Lekin hech kim vatanni " yuragimning olampanohi" deb uning "bukri bir jiydasining shoxi" ni kuylagan emas. Va yoki "tilimning ostida navvot - zarimsan, sen mening yagona payg'ambarimsan" degan tashbehlarini Muhammad Yusuf she'riyatidagina ko'rishimiz mumkin.

Ko'hna tol beshikdan boshlangan olam, Senga iddaolar qilmay sevaman. Bir kuni singlim deb, Bir kuni onam - Vatan,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Kimligingni bilmay sevaman.

Muhammad Yusuf vatan haqidagi she'rlarining ko'pchiligida vatanni onaga, singilga va opaga mengzadi. Masalan, "Vatanim" she'rida:

Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga, Singlim deymi, Onam deymi, Hamdardu - hamxonam deymi, Oftobdan ham o'zing mehri, Ilig'imsan vatanim.

Darhaqiqat, bolaning ilk qadamini ko'rgan ona uchun bundanda ortiq quvonch bo'lmaydi. Ona kabi vatan ham bag'rida yashayotgan xalqining yutuqlaridan, shodon kunlaridan sevinadi. Uning yo'llariga gul - u maysalar tutadi. Opa - singil kabi ko'ngli xira vaqtlarda hamdardu - hamroh bo'ladi. Ko'rinib turibdiki, shoir oddiy hayotiy voqealar asosida ajoyib o'xshatishlar va teran falsafiy mushohadaga ega bo'lgan misralar yaratgan.

Shoir vatanni qanday sevishini "Izhori dil" she'rida shunday izohlaydi: Cho'ksang, tur singlim deb, Soching silayman. So'ksang opam deyman, Umring tilayman. Sendan ranjimayman, Gina qilmayman Xoh xo'mray, xoh jilmay, Birday sevaman.

Xalqimizda haqiqiy er yigit onasi va opa - singlini himoya qilishi , ularga tog'dek suyanch bo'lishi kabi hislatlar border. Opa - singil kabi vatan ham himoyaga, tog'dek suyanch bo'ladigan er yigitlarga tayanadi. Shoir ushbu tushunchalarni teran anglab, vatanni singilga va opaga mengzagan bo'lsa ne ajab. Shoir she'rlarini tahlil qilar ekanmiz misralardagi emotsionallikni tasirchanlikni yuzaga chiqarishda badiiy san'at turlaridan ham keng foydalangan.Masalan, o'zbek xalqining turmush tarzini ko'rsatib beruvchu "Qora qumg'on" she'rida apostrofa san'ati she'rning emotsianalligini vujudga keltirgan:

Momom senga olov yoqqan, Qora qumg'on, qora qumg'on. Bobomni ham o'zing boqqan,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Qora qumg'on, qora qumg'on. Muhammad Yusuf ijodida "O'zbekiston" she'ri o'zining hissiy bo'yoqdorligi, jozibadorligi bilan va ko'plab insonlarning vatanga bo'lgan cheksiz muhabbatini ifoda etib kelganligi bilan alohida o'rin tutadi. Jumladan:

O, ota makonim, Onajon o'lkam

O'zbekiston, jonim to'shay soyangga Senday mehribon yo'q, Seningdek ko'rkam, Rimni alishmasman beda poyangga.

- Deb boshlanuvchi bu she'r satrma - satr, bandma - band ta'sirchanligini oshirib boradi.Guvohi bo'lganingizdek birinchi bandda insoniyat sivilizatsiyasining birinchi durdonasi bo'lmish Rimni o'zining keng beda poyasiga teng ko'rmagan shoir ikkinchi bandda yurtining serjilo tabiatini tarannum etib,

Qayga borsam suyab boshni tik tut deb, Tog'laring izimdan ergashib yurar

- deya kuylaydi. Uchinchi bandda esa shoir bir o'zbek farzandi sifatida undan ko'rk - hasham, dabdaba begonaligini, uning uchun oilasi bag'ri hammasidan ustunligini quydagicha ta'riflaydi:

Ko'rdim suluvlarning eng faranglarin, YO xudbinman yo sodda kasman men - Parijning eng go'zal restoranlarin, Bitta tandiringga alishmasman men.

To'rtinchi bandda yurtidan hech qachon ko'ngil uzib ketolmasligini, sal uzoqlashsa ko'zdan uyqu, dildan halovat qochishiga iqror bo'ladi. Keyingi bandda esa:

Bildimki baridan ulug'im o'zing, Bildimki, yaqini shu tuproq menga Bahorda bahmalda tug'ilgan qo'zing, Arab ohusidan azizroq menga

- deya vataniga bo'lgan cheksiz muhabbatini, dunyodagi jamiki boylik vatanning bir siqim tuprog'idan aziz emasligini takidlab, oxirgi bandda yurtiga bo'lgan muhabbatiga tugal fikr aytadi:

Sen bilan o'tgan har kun bayram - bazm, Sensiz bir on qolsam vaxmim keladi, Seni bilganlarga qilaman ta'zim, Seni bilmaslarga rahmim keladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Ko'rib o'tganimizdek Muhammad Yusuf ijodidagi vatan mavzusidagi she'rlar o'zini teranligi va ohangraboligi bilan ajralib turadi. Bunday she'rlar esa o'z -o'zidan , oddiy so'zlarning ketma - ket saf tortishidan yuzaga kelmaydi. Balki, vatanga bo'lgan mehr - muhabbat mevasi sifatida qalbdan to'kiladi. Shoir vatanini kuylar ekan uni o'zligidan ajratib, maddohlik bilan kuylamadi. YA'ni uning faqatgina yaxshi tomonlarini ko'rib, og'riqli nuqtalariga qo'l siltab ketmadi. Uni boricha sevdi, ardoqladi uni yuksaltirishga intildi. Zero, haqiqiy vatanparvarlik ham shunday bo'ladi. Haqiqiy vatanparvar inson o'zi tug'ilib o'sgan joyni xalqini bor - yo'g'i bilan sevadi. Bu haqda Abdulla Oripov shunday degan edi: Vatanlar, vatanlar mayli gullasin, Bog' unsin, mangulik muzda ham ammo, Xalqim seni faqat boyliklaring uchun, Sevgan farzand bo'lsa kechirma also.

Muhammad Yusuf she'riyatini kuzatsak "Vatan ostonadan boshlanadi" degan naqlning naqadar rost ekanligiga guvoh bo'lamiz. Chunki vatan mavzusidagi she'rlarining boshi o'zi tug'ilib o'sgan Andijonga, Qovunchi qishlog'iga uning o'ziga xos udum va an'analariga bag'ishlangan. Masalan, "Nechun" she'ri fikrimiz dalilidir:

Nechun qulluq qilmay Andijonga men, Shu yurtda tug'ildim, shu yurtda o'sdim, Agar do'stim bo'lsa, bitta u do'stim - Nechun qulluq qilmay Andijonga men! Shu aziz tuproqdir, shu qadim qo'rg'on, Dunyoga Boburdek shohlarni bergan, Mohlaroyimlarning sochlarin o'rgan, Nechun qulluq qilmay Andijonga men.

Shoir o'zi tug'ilib o'sgan joyini kuylar ekan also "mahalliychilikga" bormaydi. Balki, O'zbekiston yaxlit bir vatan bo'lsa Andijon uning bir bo'lagi ekanligini ta'kidlaydi. Bu haqida quyidagi misralar keltiriladi:

Keyingi misrada esa shoir o'zi tug'ilib o'sgan joyning bir vakili ekanlgini, uning uchun jonini ham ayamasligini keltiradi:

Saylab yurt ajratmoq fe'limga yiroq, Buxor minorlari ko'nglim etar tog', Menga Samarqand ham azizdir biroq, Nechun qulluq qilmay Andjonga men.

Tuprog'i jannatdek qilguvchi g'amza, Men o'sha yam - yashil vodiydan maysa. Ming jonim sadag'a, bitta jilmaysa ,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Nechun qulluq qilmay Andijonga men.

Shoirning "Qora quyosh" dostoni xalq vatan mavzusidagi asarlar orasida eng o'ychanligi, achchiq alam va armonlarga to'laligi bilan ajralib turadi. Chunki bu doston mustabid tuzum davrida xalqimiz boshiga tushgan musibatlar xalqning asl , iste'dodli farzandlarining xalq dushmani sifatida yo'q qilinganligi , aslida kim dushman ekanligini bilmasdan, xalq boshiga qora kunlar solgan " vallomat" larni e'zozlab kelgan sodda xalqimizga achinish qabilida yozilgan asardir. Qolaversa, bu dostonda shoir qalbining mustabid tuzumga bo'lgan cheksiz isyoni aks etgandir. Dostonning ayniqsa oxirga bandlari yuragi uyg'oq o'quvchini yig'latmasdan, o'ylantirmasdan qo'ymaydi:

Tushumga kiradi Qodiriy bobom: Bolam oqibating yo'q ekan bolam, Bo'lsa agar mening go'rimni top, der, Kelib ochiq qolgan ko'zimni yop, der

Yoki. . .

Yotar alp qomatli bahodirlar qator, Akmallar, Qodirlar, Shokirlar yotar, Yotar Fayzullolar , Yotar Ahmadlar, Xudo raxmat qilgan, xudo raxmatlar.

Muhammad Yusuf vatanimiz mustaqillikka erishgan chog'da eng quvongan, buday dorilomon kunlar kelganiga shukronalar aytgan insonlardan bo'lsa kerak. Zero, shoirning ijodi istiqlolga erishilgach keng quloch yoydi, ovozi baralla yangradi. Dilida qotib qolgan orzu - armonlarini she'rlarida to'kib soldi. Uning vatan haqida yozgan har bir she'ri xalqimizning diliga kirib bordi va xuddi ularning dilidagi gaplardek yangradi. She'rlari qo'shiq bo'lib el orasida eng zo'r madhiyaga aylandi. Chunki, Muhammad Yusufgina "Hech kimga bermaymiz, seni O'zbekiston" deb mustaqillikning ilk ayozli davrlaridayoq barilla aytolgan edi" . Uning " Xalq bo'l, elim" she'rini o'qisak, shoir qalbida kechgan jo'shqinlikni, shukronalik va faxr -iftixor tuyg'ularini sezamiz. She'rning birinchi bandida o'tgan buyuk ajdodlarga munosib bo'lish uchun birlashishga - xalq bo'lishga chorlanadi: Qadim yurtga qaytsin qadim navolarim, Qumlar bosib qurimasin daryolarim, Alpomishga alla aytgan momolarim. Ruhini shod etay desang xalq bo'l elim.

Ikkinchi bandida esa shoir o'zbek xalqining shonli o'tmishiga ishora qilinib g'ururlanadi:

Dunyoga boq, qaddi sendek kim bor yana,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Dovrug'i ham dardi sendek kim bor yana, Xalq bo'lishga haddi sendek kim bor yana, Moziyni yod etay desang xalq bo'l, elim

Keyingi bandda ham aynan shu fikr asosli dalillar bilan yanada kuchaytiriladi:

To'rtinchi bandda esa shoir O'zbekistonning istiqlolga erishganindan boshi ko'kka yetib, quvonchini yashirmasdan yozadi:

So'nggi bandda ham bu tuyg'ular yanada jo'sh urib yoziladi va birdamlikka, sobitlikka chaqiradi:

Muhammad Yusuf o'z sherlarida vatanni shunchalik oddiy taranum etdiki, u har bir qalblarga kirib bordi. Bejizga aytishmagan bo'lsa kerak; " barcha go'zalliklar oddiylikdadir " - deb.

Shuning uchun ham uning she'rlari xalqimizning ardoqli mulkiga aylangan, she'rlari asosida yaratilgan qo'shiqlar bugungacha har bir xonadonda yangrab turibdi. Shoirning bevaqt o'limi, hali-hanuz yuraklarni iztirobga soladi. Ustoz Said Ahmad shunday yozgan edi: "Muhammad Yusuf tez og'izga tushdi. Biror shoir uningdek tez nom chiqarmagan, nomdor bo'lmagan. Ochig'ini aytsam Muhammadga ko'z tegdi. Aslini olganda shoirlar uzoq yashamaydilar. Ammo ortidan abadiy yashaydigan meros qoldirib ketadilar. U mana shunday o'lmas meros qoldirdi. Muhammad she'r muxlislarining yuragini o'rtab ketdi. Endi shoirning o'zi yo'q. Ammo Muhammad Yusuf atalmish she'riyat bor. Bu sheriyat aslo zavol topmaydi".

Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkin, Muhammad Yusuf she'rlari insoni vattani sevishga, sevganda ham yurakdan sevishga o'rgatadi. Shuning uchun ham biz uning she'rlarini o'rganishdan, yod olishdan hech charmayamiz, toki bashar bor ekan uning she'rlari asosida yaratilgan kuylar yangrayveradi va shu ohanglar kabi

Sen tebratgan beshigini Sohibqiron, Sening bolang yulduzlarga qo'ygan Narvon, Bir mayizni qirqqa bo'lgan bir tanu - jon, Kunlaringga qaytay desang xalq bo'l, elim.

Daryo bo'lib jo'shgin endi zavqi ulug', Bayramingda sevinch ko'z yoshingga qulluq, Yurtim degan ja'sur Yurtboshingga qulluq, Unga qanot bo'lay desang xalq bo'l, elim.

Bo'lar elning bolalari bir - birin der, Bo'lmas elning bolalari bir - birin yer, Bir bo'l endi , qadri baland qadringni ker, Xalq bo'l elim, xalq bo'l elim, xalq bo'l elim!

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

qalblarda mangu barhayot qoladi. Biz yoshlar esa hech qachon izlanishdan, ilm olishdan to'xtamaymiz va buyuk ajdodlarimizga va yaqin o'tmishdoshlarimizga munosib avlod bo'lishga doimo harakat qilamiz. So'zimni ustoz Erkin Vohidovning quyidagi so'zlari bilan yakunlamoqchiman: "Muhammadjon bugun oramizda yo'q. Ammo ustozlari, yaqinlari, farzandlari xotirasida yaxshi ishlari, hokisorligi, mehrliligi bilan muhrlanib qolgan bo'lsa, shaxsan tanigan-tanimagan muxlislari tasavvurida yig'latadigan, o'ylatadigan, ezgulikka yetaklaydigan she'ru qo'shiqlari bilan yashab qoladi."

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Озод Шарафиддинов "Ижодни англаш бахти"., Тошкент., 2002й

2. Хотам Умиров "Адабиёт коидалари", Тошкент., 1996

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

3. Шукур бурбон "Мухдммад Юсуф ёки устоздан узган шогирд." Тошкент.,

4. Мухаммад Юсуф "Улугимсан ватаним" шеърий туплами.Тошкент, 2000й.

5. Мухаммад Юсуф "Сайланма" шеърий туплами 2014.

6. Мухдммад Юсуф "Шоир севгиси" шеърий туплами 2014.

2007 й.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.