Научная статья на тему 'SHOIR SHE’RLARINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

SHOIR SHE’RLARINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
4154
150
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
men nechun sevaman O’zbekistonni / Vatan mehri / yuzma-yuz. / why I love Uzbekistan / love of country / face to face.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Raupova Orasta Ikrom Qizi

Ushbu maqolada shoir Abdulla Oripovning she’rlarining mavzu ko’lami, obrazlari betakrorligi, ijodidagi vatan talqini tahlil qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FEATURES OF THE POET'S POEMS

This article analyzes the scope of the poet Abdulla Aripov, the uniqueness of the images, the interpretation of the homeland in his work.

Текст научной работы на тему «SHOIR SHE’RLARINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

SHOIR SHE'RLARINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Raupova Orasta Ikrom qizi

TIQXMMI Milliy tadqiqodlar universitetining Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6564764

Annotatsiya. Ushbu maqolada shoir Abdulla Oripovning she 'rlarining mavzu ko'lami, obrazlari betakrorligi, ijodidagi vatan talqini tahlil qilinadi.

Kalit so'zlar: men nechun sevaman O 'zbekistonni, Vatan mehri, yuzma-yuz. ОСОБЕННОСТИ СТИХОВ ПОЭТА

Аннотация. В данной статье анализируются масштабность стихотворений поета Абдулла Арипова, своеобразие образов, трактовка Родины в его творчестве.

Ключевые: почему я люблю узбекистан, любовъ к стране лицом к лийу.

FEATURES OF THE POET'S POEMS

Abstract. This article analyzes the scope of the poet Abdulla Aripov, the uniqueness of the images, the interpretation of the homeland in his work.

Keywords: why I love Uzbekistan, love of country, face to face.

KIRISH. Abdulla Oripov-ardoqli o'zbek shoiri va jamoat arbobi. Zamonaviy o'zbek she'riyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy o'ziga hos betakror kuylagan taniqli ijodkor. Abdulla Oripov hozirgi o'zbek she'riyatiga yangicha badiiy tafakkur yo'sinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, cho'lpon, G'afur G'ulom singari ijodkorlar badiiy an'analarining davomchisi hisoblanadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Abdulla Oripovning talabalik yillarida yaratilgan she'rlari Respublika vaqtli matbuotida bosilib chiqdi. 1965-yili birinchi she'riy to'plami "Mitti yulduz" chop etildi, shundan buyon shoirning "Ko'zlarim yo'lingda"(1967), "Onajon" (1969), "Ruhim" (1971), "O'zbekiston","Qasida" (1972), "Xotirod" (1974), "Yurtim shamoli" "yillar armoni" (1983), she'riy to'plamlari bosilib chiqdi.Mazkur to'plamga kirgan she'rlarni ko'zdan kechirar ekanmiz, unda shoirning she'rdan-she'rga, to'plamdan-to'plamga, yildan-yilga o'sib, ijodiy barkamollashib borayotganiga guvoh bo'lamiz. Ayniqsa, 60-yillardan keyingi asarlarida hayot va odamlar haqidagi jamiyat va tabiat haqidagi falsafiy mushohadalarning tobora chuqur olayotganligi seziladi. Kuchli extirosli tuyg'ular bilan badiiy talqin bir-biriga uyg'unlashib boradi. Bu, bora-bora teran fikrlash bilan yuksak badiiylikning omuxtasiga aylanadi, shoirning kamolotidan darak beradi.

Darhaqiqat, bu yurt o'zining shoir o'g'lini bexad sevadi. Uning she'rlarini o'qiydi,yodlaydi. Biz dalada kolxozchilar tushlik payti Abdulla Oripov she'r o'qiganlarini bola emizib o'tirgan ayollar masrur bir hayol bilan tinglayotganini ko'rganmiz. Uning she'rlarini tinglagach chollar,umring uzoq bo'lsin, o'g'lim, deb aytganini eshitganmiz. Olis safarlarga yo'l olganda faqat Abdulla Oripovning she'rlarini xamrox qilib olib ketgan shafyorlarni, uning she'rlarini qo'lidan qo'ymay yurgan quruvchilarni ham ko'rganmiz.

Bizni pisand qilganlarga ming bora qulluq...

Paxtakorlar va ishchilar pisand qildilar,

Ziyolilar, yumushchilar pisand qildilar,

Studentlar, tuquvchilar pisand qildilar, Maktabdagi o'quvchilar pisand qildilar, TADQIQOT NATIJALARI

Xalqning o'z shoiriga bo'lgan bu muhabbati Abdulla Oripov o'zi orzu qilgandek "bizniki" bo'lib qolganligini bildiradi:

Koshkiydi axli yurt turib tepamda -U bizniki edi-desalar

-deb yozgan shoir o'sha olis yillar ortidagi "Mitti yulduz" to'plamidan boshlab xalqning o'ziniki bo'lib qolgan.

Ma'lumki, Abdulla Oripov ijodi deyarli barcha munaqqidlarimiz e'tiborini tortgan. Shoir olam bilan yuzma yuz

Abdulla Oripov ijtimoiy mazmunda davrimizning katta gaplarini ajib misralarda ayta olgan shoirdir. Uning "Yuzma-yuz", "Temir odam", "Uyqu", "Dengizga", kabi she'rlarida davrimizning dolzarb masalalari ko'tarilgan.Bu she'rlar xususida munozaralar bo'lib o'tgan. Katta munaqqidlar bu she'rlarni har tomonlama sharxlab, yuksak baho berishgan. Biz bu o'rinda bir narsanigina aytib o'tmoqchimiz. Norboy Xudoyberganov "Yuzma-yuz" she'riga "Yuzma-yuz" deb nom berishiga o'zini oqlamaydigan taassurot qoldiradi. Nega yuzma-yuz, kim bilan yuzma-yuz? Bu muommoligicha qolib ketgan",-deydi. Bizningcha, shoir siz bilan yuzma yuz, she'rxon bilan yuzma-yuz, qo'yingchi butun olam bilan yuzma-yuz! Bu olamning barcha dardlari, orzu va armonlari shoir qalbida aks-sado beradi. Shuning uchun ham shoir o'zining "So'ngi urush" she'rida yozadi:

Bir qadam qo'ysang bas-naryog'I o'lim, Bir qadam qo'ysang bas-shaksiz halokat. Odamzod boshida turibdi bu zum Qazoyi muallaq, mudhish halokat. Insoniyatning o'z qo'li bilan yaratgan bu "mudhish falokat"ni, "qazoyi muallaq"ni shoir yanada aniq va ravshan tasvirlar bilan ko'z oldimizga olib keladi. Bari bari-asrimiz kashf etgan balo, Bu-yovuz sarmoya, hamisha basir. Boshimiz ustida turibdi go'yo Bir soch tolasiga bog'langan shamshir. Shoirning bezovta qalbidan siltib chiqqan bu misralar insoniyatni hamisha qalbi, iymoni, vijdoni bilan uyg'oq bo'lishiga chorlaydi. MUHOKAMA

Yurtimizda har tong xalqimiz qalbida bunyodkorlik,Vatanga muhabbat, yangrar ekan, albatta, uning muallofi atoqli shoir Abdulla Oripovni yodga olamiz. Ustoz shoir umr bo'yi Vatanni xalqni kuyladi va boshqalarni ham "O'zbekiston"-yagona Vatan uchun yashaylik, Vatan ijra bu go'zal chamon uchun yashaylik" deya fidoiylarcha yashashga davat etdi. Men nechun sevaman O'zbekistonni Tuprog'in ko'zimga aylab to'tiyo. Nechun Vatan, deya yeru osmonni, Muqaddas atayman, atayman tanxo -deya yozadi o'z satrlarida.

XULOSA

Abdulla Oripov she'riyati, xalq va adabiyotshunoslik bir ovozdan e'tirof etganidek, o'zbek poeziyasida muhim o'ringa, katta salmoqqa ega bo'lgan she'riyatdir.

Uning she'riyatidagi xalq qalbiga yaqinlik, xalq dilidagi quvonch va shodlik, armon va dardlarni topib so'ylash, insonning rangin tuyg'ularini rassomona ko'z bilan ilg'ab, musiqiy misralarda ifodalash, uning she'riyatidagi badiiy haqqoniyat uyg'unligi-shoir she'rlarining takrorlanmas, o'ziga xos xususiyatlaridandir.

Abdulla Oripovdek shoirning qalbi ona zamin yanglig' saxovatlidir. Zamin bag'rida turf axil gullar ochiladi, tikanlar o'sadi. Shu kabi shoirning qalbi ham o'z tuyg'ularidan turf axil gullar-she'riyat gullarini armug'on etadi.

Adabiyotlar

1. Shavkat Mirziyoyev: "Erkin Vohidov, Abdulla Oripovning o'rni bilinayotganini xis qildim" nutqi-2018

2. Abdulla Oripov. Mitti yulduz.-Toshkent 1965

3. Abdulla Oripov. Yuzma-yuz.-Toshkent 1979

4. "Oltin-nashr" nashriyoti.2021

5. O'zbekiston adabiyot va san'at gazetasi.2021-yil 10-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.