Научная статья на тему 'ABDULLA ORIPOV - BETAKROR, SERQIRRA IJODKOR SIFATIDA'

ABDULLA ORIPOV - BETAKROR, SERQIRRA IJODKOR SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
415
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
SHOIR MAHORATI / "OBRAZ" / "AKS" / "UCHINCHI ODAM" / "NOMA'LUM ODAM" / ONA TABIAT / “KO’ZLARIM YO’LINGDA” / DILI OROM

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Аbduvalieva M. N.

Ushbu maqola Abdulla Oripov - betakror, serqirra ijodkor sifatida o‘rganilgan. She’riy ijodi tahlil qilingan.O‘zbek adabiyotida tutgan o‘rni haqida tushunchalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABDULLA ORIPOV IS A UNIQUE CREATOR

This article examines Abdulla Oripov as a unique, versatile artist. His poetic work is analyzed. Concepts about his place in Uzbek literature are presented.

Текст научной работы на тему «ABDULLA ORIPOV - BETAKROR, SERQIRRA IJODKOR SIFATIDA»

Abduvalieva M.N.

Andijon davlatpedagogika instituti magistranti

ABDULLA ORIPOV - BETAKROR, SERQIRRA IJODKOR SIFATIDA

Annotatsiya. Ushbu maqola Abdulla Oripov - betakror, serqirra ijodkor sifatida o 'rganilgan. She 'riy ijodi tahlil qilingan.O'zbek adabiyotida tutgan o 'rni haqida tushunchalar keltirilgan.

Tayanch so'zlar: shoir mahorati, "Obraz", "aks", "Uchinchi odam", "Noma'lum odam ", ona tabiat, "Ko'zlarim yo'lingda", dili orom.

Abduvalieva M.N. graduate student Andijan State Pedagogical Institute

ABDULLA ORIPOV IS A UNIQUE CREATOR

Annotation. This article examines Abdulla Oripov as a unique, versatile artist. His poetic work is analyzed. Concepts about his place in Uzbek literature are presented.

Key words: poet's skill, "Image", "image", "Third man", "Unknown man", mother nature, "My eyes are on your way", calm language.

Badiiy asarning bosh unsuri so'z, umuman, til ekan, ana shu asarning chinakam san'at darajasiga ko'tarila olishida uning tili muallifning til vositalarini qay dajada qo'llay olishi asosiy omildir. Adabiyotimizda iz qoldirgan har qanday ijodkor asarlarining tilini o'rganish, birinchidan, adibning mahoratini o'rganish, shu bilan birga tilimiz rivojiga uning asarlari tili ta'sirini, tadqiqotning esa tilshunosligimiz taraqqiyotiga qay darajada ta'sir ko'rsatayotganini aniq belgilash ehtiyojidan kelib chiqadi.

Hozirgi o'zbek adabiyoti, xususan, she'riyat jamiyatimizning ma'naviy-ma'rifiy jihatidan yuksalishiga ham sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: "Biz ma'naviy qadriyatlarni tiklashni milliy o'zlikni anglashning o'sishidan, xalqning ma'naviy sarchashmalariga, uning ildizlariga qaytishdan iborat uzviy, tabiiy jarayon deb hisoblaymiz"1 O'zbek she'riyati tarixidan bizga shu narsa ma'lumki, har bir shoir ijodi o'ziga xos mahorat maktabi sanaladi.

Har qanday yozuvchi yoki shoirning ijodiy kamolotga erishuvi, eng avvalo, uning milliy g'oya va qadriyatlarga sadoqati hamda ularni o'z ijodida poetik jihatidan nechog'lik mahorat bilan yuksak darajada ifodalay olish imkoniyaiga bog'liq. O'zbekiston Qahramoni, xalq shoiri, Navoiy mukofoti sovrindori Abdulla Oripovning el qalbiga yo'l topib uning mehru muhabbatiga sazovor bo'lganligining ham sababi shunda. Abdulla Oripov ijodi nafaqat o'zbek

adabiyotida, balki umumturkiy adabiyot kontekstida o'ziga xos mavqega ega. Mazkur tadqiqot ichida ana shu betakrorlikni, o'ziga xoslikni, shoir mahoratini namoyon qiluvchi, yuzaga chiqaruvchi til vositalarining qay dajada qo'llanganligini yuzaga chiqaruvchi til vositalarininh qay darajada tadqiq etishga harakat qilingani uning dolzarbligini ifodalaydi.

Abdulla Oripov ijodi ham o'zbek she'riyati tarixida o'ziga xos o'rin tutibgina qolmay, balki XX asr 60 yillarida adabiyotimiz tarixida yangi bir bosqichni boshlab berdi.

XX asr boshida xalqimiz boshiga inqilob niqobi ostida solingan zo'ravonlik, adabiyotda sinfiylik yondashuvining kuchayishi, ura-urachilik, madhiyabozlikning avj olishi XX asr adabiyotiga tamal toshini qo'yayotgan Cho'lpon, Usmon Nosir, Abdulla Qodiriy, Fitrat singarilar qatag'on qurboning aylanishlarining ma'naviy-ma'rifiy hayotga salbiy ta'siri 60-yillarda hamon sezilib turardi. Turg'unlik davri davom etayotgan bir pallada Erkin Vohidov, Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Omon Matjon singari yangi avlod vakillari davr haqiqatlarini o'ziga xos yo'sinda ayta boshladilar. Abdulla Oripov ana shu mas'uliyatli davrda o'zbek adabiyotiga chaqmoqdek yarqirab paydo bo'ldi.

Abdulla Oripov she'riyati jamiyatni tutib turgan barcha qonun-qoidalar, zamondoshlarining muammolari turli obraz va badiiy san'atlar vositasida mohirona aks ettirgan.

"Abdulla Oripov o'zbek adabiyotini yangi bosqichga ko'targan nodir iste'dod sohibi edi. Uning yuksak badiiy, teran falsafiy she'rlari xalqimiz ko'nglidan chuqur joy olgan. Dramatik va publitsistik asarlari, doston va tajribalari adabiyotimiz rivojiga ulkan hissa bo'lib qo'shilgan. Abdulla Oripov O'zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasining muallifi sifatida xalqimiz qalbimida mangu yashaydi" 1 . Avvalo, A. Oripov ijodiga to'xtalsak, shoir she'rlarini shunchaki o'qib, tahlil qilib bo'lmaydi. Uning she'rlarini dastlab o'qiganimizda oddiy, jo'n ma'no anglasak, qayta o'qish natijasida she'rlardagi falsafiylik va "qog'ozga o'ralgan" achchiq haqiqatlarning badiiy talqinini anglaymiz. Uning she'rlarining aksar qismida badiiy obrazning maromiga yetkizilgan o'rinlarini ko'rishimiz mumkin.

"Obraz" "aks" degan ma'noni ifodalaydi. Lekin badiiy adabiyotda esa, adabiyot va san'atning tafakkur shakli bo'lmish badiiy adabiyotni nazarda tutamiz. "Gegel o'z estetik qarashlarida san'at haqida fikr yuritar ekan, "san'at - obrazlar orqali fikrlash" demakdir, deb ta'kidlagan"2. Bu fikrga tayanadigan bo'lsak, biz Abdulla Oripovni chin ma'noda nihoyatda didli va ta'bi nozik san'atkor desak, o'ylaymanki, aslo mubolag'a bo'lmaydi. Lekin shoirning "Uchinchi odam" va "Noma'lum odam" va umuman odam haqida o'ylar, uning badiiy-estetik talqinlari haqida fikr yuritmoqchiman. Dastlab, "Uchinchi odam" haqida so'zlashsak3.

1 O'z. Resp. Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev Odamlar yaxshi yashashi uchun zarur sharoit yaratish - barcha rahbarlarning asosiy vazifasidir. "Xalq so'zi" gazetasi, 2017-yil 28-fevral.

2 To'xta Boboyev. "Adabiyotshunoslikka kirish asoslari", 41-bet.

3 Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar, Birinchi jild, 319-bet.

Ko'rinib turibdiki, bu she'rni bir o'qishda tahlil qilib, sharhlash mushkul yumush. Bu she'rda shoir har qanday holat Alloh tomonidan bo'lshini ta'kidlamoqchidek, nazarimda. Ya'ni, ikki insonning munosabatlari o'zaro yaxshi va samimiy bo'lishi uchun Uchinchi odamni Allohim ularga yordam qilib yuborishi yoki aksincha, Uchinchi odamni sinov, vaholanki, jazo qilib jo'natilishiham Allohdandir, degan g'oya singdirilgan. Dunyoga bir inson (chaqaloq) keldimi, u kim uchundir ne'mat, kim uchundir baxt, yana kim uchundir sinov bo'lib keladi.

Endi, "Noma'lum odam" she'ri xususida fikr yuritsak. Shoir she'rlarining ko'pida bo'lgani kabi bu she'rida ham katta falsafa yotibdi. Bunda insonning mol-dunyo, mansab-amal va dunyoning ne'matlariga bo'lgan qiziqishi, ularga intilishi yoritilgan. Birinchi misraga qarasak:

U na shoir edi va na mashhur zot,

Lekin dunyo bilan bir edi dardi4.

Ayni haqiqat. Chunki bu dunyoda qaysi kasb yoki sohada faoliyat olib boruvchi inson yo'qki, dunyo dardini o'ylamasa. Har qanday inson ham juda kam miqdorda bo'lsa ham o'z manfaati va dunyo dardini albatta o'ylaydi. Bu she'rdagi noma'lum odam esa, aslida yo'q odam. Bunday insonning o'zi yo'q dunyoda.

O'lim bu - nishonga borib tekkan o'q,

Tug'ilish - shiddat-la tortilgan kamon. Bu baytda shoir umrning naqadar qisqa ekanligini, tug'ilish - tortilgan kamon uchidagi o'q bo'lsa, o'lim - o'sha o'qning nishonga borib tegishidir. Qarang, bu yerda shoir umrning ko'z ochib yumgunchalik fursat ekanligini naqadar chiroyli topilma bilan isbotlab bergan. Endi she'r so'ngidagi 4 misraga e'tibor qaratsak:

Qaydan kelgandi u? Bilmadi kimsa,

Qabrga jimgina kirib ketdi u.

Menimcha, dunyoning ustidan rosa

Miriqib qahqaha urib ketdi u.(Abdulla Oripov, 202-bet) Yuqorida ta'kidlab o'tkanimizdek, aslida, she'rdagi noma'lum odamning o'zi yo'q. Uning kimligi-yu, qayerdan kelganligi hech kimga ma'lum emas. Boshqa dunyodan o'tganlar kabi uning qabri ustida insonlar maqtab, va'zxonlik qilmadi. Aksincha, "u" bu dunyodagi qabihliklar va chirkinliklarni ko'rib, bu dunyodagi "insonlar"ning ustidan kulib ketdi. "Komil inson shaxsini shakllantirish masalasi bugungi she'riyatimizdagi diniy mavzularda yaratilayotgan asarlarning ham mehvarini tashkil etayapti. Shaxsning o'z "men"ini anglab yetishi tiriklikning bebaho qadriyati sifatida baholanadi. Abdulla Oripov she'riyatidagi komil inson konsepsiyasi keying davrda ham izchil rivojlantirilgan"5.

Shoir bu she'rlari orqali kitobxonga nimani anglatmoqchi? Chinakam odam (inson) bo'lish, birovning dardini his qila olish hammaga ham emas. Ba'zilar butun boshli hayotida nima uchun dunyoga kelganligi-yu, yashashdan maqsadi nima ekanligini anglamay o'tib ketadi. Shoir esa yuqoridagi she'rlarida odamga turli

4 Abdulla Oripov Tanlangan asarlar. 200-bet.

5 Ра^имжонов H. "Мустакиллик даври узбек шеърияти". Т.: "Фан". 2007. - 260 б.

nuqtalardan baho berish orqali orqali insonning yashashdan maqsadi nima ekanligini shoirona anglatishga harakat qilgan. Shoir ijodiy konsepsiyasida Odam haqida turli davrda yaratgan she'rlari har safar yangicha ma'no qirralari bilan ajralib turadi hamda milliy o'zbek she'riyatida o'ziga xos yangi sahifa bo'lib qoladi.

Adib ijodida eng ko'p tasvir vositalari bu tabiat tasviridir. Shoir ijodiga nazar tashlasak tabiatga oshuftalik, tabiat bag'rida voyaga yetgan inson ruhiyati, ko'ngli va xayoliy mavjlanishlarga guvoh bo'lamiz. Shoirning she'rlarida tabiat lirikasi shu qadar jonli ifoda etiladiki, o'quvchi o'zini xuddi ana shu tabiat qo'ynidagidek tasavvur eta boshlaydi. Bu xislatlar balki, shoirning tog'lar, keng vodiylar bag'rida tug'lib ulg'aygani uchundir. Uning tabiat haqidagi quyidagi she'rida tabiatga murojaat qilganini ko'ramiz: Buyuk ona tabiat, Tilsimlaring juda mo'l. Bizlarga berib sabot, Ko'rsatasan to'g'ri yo'l. Ezson kutmaymiz Aksincha kashfiyotni, Yaratamiz o'zimiz!

Shoir ushbu she'rda tabiatga murojaat etib, uning mo'jizalarga boyligi unda turli xil ajoyibotlar yashiringanini aytib o'tagan. Tabiat -onaga qiyoslanishi, ona qanday buyuk va farzandiga to'g'ri yo'l ko'rsatishini tabiatga ko'chirgan. Tabiatda qanday voqealar, hodisalar: yaxshiliklar-u, yomonliklar insoniyat tomonidan yetkazilishi haqida aytib o'tagan. Abdulla oripovning "Bahor shamoli " she'rida tabiatning eng nafis, nozik kelinchagi bahorning tasviri nihoyatda badiiy mahorat bilan kitobxon ko'z o'ngida jonlantirganini ko'rishimiz mumkin: Bahor kelayotir, toza, musaffo. Moviy kengliklarda o'ynaydi shamol. Daralar qo'ynida zangor bir havo, Tumanli shaharsa yotmoqlik malol.

Bu muvashshah O'zbekiston xalq qahramoni adabiyotshunos -tanqidchi shoirning ustozi Ozod Sharafiddinovga bag'ishlangan edi. Bu misralardan kelib chiqqan so'z "Ozod akam " so'zidir. Bu ustozga bo'lgan hurmati va minnatdorchiligidir. Lekin shoirning o'zi bu haqida hech qayerda e'lon qilmaganligi buni Ozod Sharafiddinovning o'zi e'lon qilganligi haqida ustoz shoir aytib o'tganlar.Ustoz shoir "Ko'zlarim yo'lingda " kitobidagi to'plami haqida "Shoirning o'zi harchand bu to'plamdagi she'rlariga talabchanlik bilan yondashgan bo'lsa-da, ular XX asr she'riyatining eng nafis, eng jo'shqin, eng dilrabo namunalari bo'lib qolgan" deb ta'rif bergan edi. Bugungi kunda xalqimizning sevimli shoiri Abdulla Oripovni XX asr sheriyatining qaynar bulog'i sifatida yodga olamiz.

Shoir ijodi serqirraligi, mavzularining xilma -xilligi, she'rlardagi mavzularning bugungi kun hayotimizga ham dolzarbligi bilan ahamyatlidir.

Tabiat oshnosi, daralardagidek keng qalb egasi, bahor havosidek musaffo tuyg'ular sohibi Abdulla Avloniy vatanni, muhabbatni kuylagan shoir doim qalbimizda, mangu yashaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yhati:

1. O'z. Resp. Prezidenti Sh. M. Mirziyoyev Odamlar yaxshi yashashi uchun zarur sharoit yaratish - barcha rahbarlarning asosiy vazifasidir. "Xalq so'zi" gazetasi, 2017-yil 28-fevral.

2. To'xta Boboyev. "Adabiyotshunoslikka kirish asoslari", 41-bet.

3. Я.Умаpова, Д.Неъматова «Умумтаълим мактаблаpидаги yкyвчилаp тил компетентлигининг жоpий хрлати тахлили» Илмий хабаpнома Педагогик тадкикотлаp Жypнал 2020/6 (50).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.