SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
RAUF PARFI LIRIKASIDA MUALLIF OBRAZI
Tog'aymurodov Malik Tog'aymurodovich,
Qarshi davlat universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
XX asrning 60-yillarida o'zbek she'riyatining yangi avlodi ijod maydoniga chiqdi. Bu - Abdulla Oripov, Erkin Vohidov va Rauf Parfilar avlodi edi. Bu avlod ijodi o 'zbek adabiyotiga hissiyot jilvalari aks etgan she'riyatni qaytardi. "O 'zbek xalqini tuyg'ulari quruqlashib qolishdan asrab qoldi". She'riyatimizga yangicha she 'riy shakllar, yangicha mazmun, xullas, ko 'ngil she'riyatini olib kirdi. Bu avlod vakillari orasida zamondoshlar ta'biri bilan aytganda "Parfizm" oqimiga asos solgan Rauf Parfining o 'rni beqiyos. Ushbu maqolada shoir Rauf Parfi lirikasida muallif obrazi talqini masalasi tadqiqqa tortilgan.
Kalit so'zlar: muallif obrazi, lirika, poetika, Rauf Parfi, simvol, adabiyot.
В 60-х годах 20 века в поле творчества вышло новое поколение узбекской поэзии. Это было поколение Абдуллы Орипова, Эркина Вахидова и Рауфа Парфи. Творчество этого поколения вернуло в узбекскую литературу поэзию с отражением эмоций. «Он спас узбекский народ от иссушения его чувств». Он привнес в нашу поэзию новые поэтические формы, новое содержание, конспект, душевную поэзию. Среди представителей этого поколения несравнимо место Рауфа Парфи, основавшего, по выражению современников, движение «парфизм». В данной статье исследуется вопрос интерпретации образа автора в лирике поэта Рауфа Парфи.
Ключевые слова: образ автора, лирика, поэтика, Рауф Парфи, символ, литература.
Rauf Parfi O'zturk asli nasabi farg'onalik (Vodildan) bo'lib, 1943-yilning 27-sentabrida Toshkent viloyati, Yangiyo'l tumani Sho'ralisoy qishlog'ida Parfi Muhammad Amin (1893-1955) va Sakina Isabek (1913-1995) oilasida dunyoga keldi. Boshlang'ich va o'rta ta'limni "Sharq yulduzi" (1-7 sinflar), Sho'ralisoy (53-maktab, 8-9-sinflar), Yangiyo'l shahridagi Alisher Navoiy (10-11 sinflar, kechki) maktablarida oldi. 1960-1965-yillarda Toshkent Davlat Dorilfununining (hozirgi O'zMU) jurnalistika fakultetida o'qidi. U o'zining "Eng uzoq yozilgan tarjimayi holim" she'rida shunday yozadi:
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Tavalludim: 43, mezonningyigirma yettisi, Otam bog 'bon. Savodsiz, bizningcha,
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
Onam pillakor. Savodsiz, bizningcha. Ilm olishga vaqtlari bo 'Imagan ularning. Qishloq maktabi. Shahar maktabi. Kechki. So 'ngra barcha tirikchilik maktablari. Balog 'at guvohnomasi. Toshkent Dorilfununi. Talabalikning yakuni. Talabachilikning boshlanishi. Kasbim: har qanday maktab. Ilova: Sevaman she 'rni. She'riyat...
She'r deb atash mumkin bo 'lsa birinchisin yozgan kunim: 53. 5-mart.
Dars: Alisher Navoiydan to Abdulla Orif. Aleksandr Pushkindan to Viktor Sosnora. Keyin,
Men bilgan shoirlar.
Men bilgan achchiq-chuchuk besanoq saboq. Qo 'limdan kelmaydigan ish: she 'r yozmaslik. Niyatim:
Tinish belgilari singari sodiq bo 'lmoq - kasbimga, darslarga va orzularga. O'lim?.. Darvoqe...
O 'lim bilan chiqisholmayman. Ammo Alloh - O 'zi bilgichdir1!
Ushbu she'rda shoirning nafaqat hayot yo'li, balki ijod, e'tiqod yo'li ham aks etib turadi. She'rning har bir misrasidan shoir hayoti haqidagi ma'lum bir haqiqatlarni anglash mumkin:
Shoirning boshqa ko'pgina she'rlari kabi ushbu misralari ham achchiq kinoya bilan bitilgan. Unda sho'ro siyosati qurboni bo'lgan mazlum xalqimizning taqdiri aks
1 Pay$ nap$H. TypKHCTOH py^n: CaräaHMa. TomRem: "Sharq", 2013. - E. 20
Tavalludim: 43, mezonningyigirma yettisi, Otam bog 'bon. Savodsiz, bizningcha, Onam pillakor. Savodsiz, bizningcha. Ilm olishga vaqtlari bo 'Imagan ularning.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
etib turadi. Sababi aksariyat hollarda bosqinchilar "savodsiz"ga chiqargan ota-bobolarimiz Navoiyni o'qib tushunadigan darajada "savodsiz" bo'lishgan. Jumladan, Rauf Parfining ajdodlari ham Turkistonning ma'rifatli kishilaridan edilar. Otasi Parfi Muhammad Aminning ham eskicha, ham yangicha ma'lumoti bo'lib, fors-tojik, usmonli turkcha va rus tillarini yaxshi bilgan. Rus bosqiniga qadar, undan keyin ham bir muddat turli mahkamalarda tarjimonlik-tilmochlik qilgan. Keyinroq bolshevizmning qonli qatag'onidan jon saqlash uchun umrining oxirigacha barcha hujjatlarda o'zini "savodsiz", deb yozdirgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
"Tavalludim: 43, mezonning yigirma yettisi" deb yozgan Rauf Parfining tug'ilgan yili va ismi aslida turli hujjatlarda turlicha yozilgan. Shu sababdan ko'pchilik shoirdan necha yoshga qadam bosganini so'rashgan, u kishi esa har gal: "Yigirma besh yoshda to'xtab qolganman..." - deya javob bergan. Birgina ishonchli hujjat jamoa raisi Hamroqul Tursunqulovning kotibi Hamid Azimboyevning uyida saqlangan katta xo'jalik daftari bo'lib, unda "...Tursunali Parpiboy o'g'li Madaminov 1943-yil 27-sentabrda tug'ilgan." deb yozilgan. Garchi, otasi yolg'iz o'g'liga Abdurauf deb ism qo'ygan esa-da, qarindosh-urug'lar, shu bola o'lmasin, tursin deb, Allohdan so'rab, irim qilishib Tursun Ali otini qo'yganlar. Xuddi shu ma'noda boshida ikki kokil ham o'stirib, birini O'shpirga, birini Shohimardon pirga bag'ishlaganlar.
1945-yili Parfi Muhammad Amin oilasining boshida alg'ov-dalg'ov mojarolar ko'p bo'lib o'tadi. Bu mojarolarga ota-onasining kelib chiqishi boylardan bo'lganligi asosiy sabab bo'ladi. Parfining otasi - Muhammad Amin, uning otasi Muhammad Siddiq Norquchoq, uning otasi Muhammad Rasul Farg'oniy, uning otasi Muhammad Rahim Farg'oniy. Ota tomondan momosi Josiyat bibi, uning onasi Xosiyat bibi, uning onasi Maryam bibi. Katta bobosi Muhammad Rasul Farg'oniy Dog'istonga Imom Shomil qo'shiniga yordamga borayotgan turkistonlik mujohidlar bilan chor bosqiniga qarshi jangga ketgan ekan. Dog'istondan turkiycha so'zlashadigan Maryam degan qizni olib kelib, to'y qilib uylangan ekan.Ona tomondan bobosi Isabek, uning otasi Musabek. Uning otasi Tolibbek, uning otasi Olimbek... Ona tomondan momosi Qumriniso, uning onasi Chaman beka... Onasining katta momosi Huvaydo pirning nabirasi bo'lgan.
Urushdan keyingi ilik qurigan yillarda "Birlashuv" jamoa xo'jaligida otasi bog'bon, onasi pillakor bo'lib ishlaydilar. Otasi musallas qilib, o'rislardan bug'doyga, karislardan guruchga almashtirib, ocharchilikdan oilasini saqlab qoladi. 1947-yili ota-onasi bilan Vodil, Shohimardon, Jalolobodga boradi. Keyin O'shga o'tishadi. O'shpirga bag'ishlangan kokilini 1948-yili oldiradi. Birinchi sinfga boradi.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
1950-yili ikkinchi sinfga o'tadi. Darsliklardan tashqari badiiy kitoblarni chanqoqlik bilan o'qiy boshlaydi. Ota-onasi bilan Shohimardonga boradi. Shohimardon pirga bag'ishlangan ikkinchi kokilini oldiradi.
Rauf Parfi O'zturk 1953-yildan e'tiboran birinchi ustozi (otasining do'sti) shoir Abdurahmon Vodiliy tarbiyasida bo'ladi. 5-mart kuni ilk she'rini yozadi. Bu haqda u shunday deydi:
She'riyat...
She'r deb atash mumkin bo 'lsa birinchisin yozgan kunim:
53. 5 mart.
Dars: Alisher Navoiydan to Abdulla Orif.
Aleksandr Pushkindan to Viktor Sosnora.
Keyin,
Men bilgan shoirlar.
Men bilgan achchiq-chuchuk besanoq saboq.
Qo 'limdan kelmaydigan ish:
she 'r yozmaslik.
U yozgan ilk she'r Stalin vafotiga bag'ishlangan "Endi qanday yashaymiz?!" degan marsiya edi. Ilk she'rini insoniyat tarixidagi eng zolim shaxsga bag'ishlagan shoir keyinchalik zo'rovonlikka qarshi kurashchi, inson huquqlari va erkining himoyachisi bo'lib yetishdi. Yosh Abdurauf maktab kutubxonasida mavjud bo'lgan o'zbek xalq dostonlarining hammasini o'qib chiqadi. Ammasi Xosiyatbibidan (ertakchi) xalq dostonlarini yozib ola boshlaydi.
1965-yildayoq hayot va abadiyat yo'lidagi o'z e'tiqodini bayon etib yozgandi: "Hayot - juda oddiy, go'yo bir bosh uzumni yeb bitirmak kabi gap, umrning shoh tomirini shart kesmak kabi murakkab, bilasanki, so'nggi soat bor, bilasanki, send a abadiyat kabi yashamakka qanoat bor, tiriklik mevasi - Men va Sen, aytmakchimanki, onamning qoshida bo'lay doim, aytmakchimanki, gullar o'ssin, aytmakchimanki, Turkistonim bir butun bo'lsin, do'stlarimdan maktublar olayin, jirkanaman aslini yo'qotgan oltindan, olmosdan, sotilgan xotindan, pulga chayib olingan nafasdan..." [ffl.KypöoH. Pay$ nap^H caöoK^apu. - TomKeHT: Anumep HaBOHH HOMugaru Y3ÖeKHCTOH Munnufi KyTyöxoHacu HampueTH, 2014. - E. 90.]
Rauf Parfi qo'liga qalam tutgan asnolardan e'tiboran she'r - uning uchun qismatga, bir umrlik taqdirga aylangan edi. Adabiyotshunos N.Rahimjonovning fikricha: "Aslida, O'zbekning shoiri bo'lish nihoyatda mas'uliyatli. Va lekin, nihoyatda sharafli. Boisi, o'zbek chaqaloqlarining qulog'iga aytilgan azon ham she'rdir. Hatto yaqinlarini, qarindosh-urug'larini so'nggi manzilga ham yig'i-yo'qlovlar, marsiyalar aytib kuzatadi" Rauf Parfinining nazdidagi shoir "jafokash
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
shu xilqat aro qora qalamga hamnishin tutingan", "g'amgusor va motamsaro fikr sochayotgan" insondir, norizo odamdir. Ammo uning norizoligi avvalo o'ziga qaratilgan. Insonning "qafas ichra uyg'ongan navo", "toshloqlarda qon yutgan lola" singari ilojsizligi, "havosi so'rib olingan havo"dagi hayoti uni qiynaydi. Shoir 70 -yillardayoq yozgani kabi: "Yuzma-yuz kelgandek go'yo o't va suv, Yuzma-yuz keladir shoir va zamon". Zero, "buyuk e'tiqoddir muborak ilhom" va shoirning yuragida qasos yashaydi, unda "sobit intiqom".
Yuksak ideallarga intilgan Rauf Parfining sevib ergashgan shoiri Blok she'rni tushuntirish imkonsizligini ta'kidlab "dotsentning dastidan dodlagan" satrlarni bitgandi.
U o'zbek she'riy madaniyatidagi sarbast she'r tuzilishini o'zbek xalqining nafaqat orzu armonlari, dard-u alamlari, shu bilan barobar yana tafakkur madaniyati, qalb zarblari, o'zbekona milliy ruhi bilan boyitdi, raufona oksimoron timsollar tizimini yaratdi. Hislar oqimi she'r musiqiyligini hosil etishi - yolg'iz Rauf Parfi ijodiy izlanishlari uchun xos bo'lgan betakror samaradir. Satrlardagi ichki qofiyalanish, alliteratsiya - ohangdosh so'zlar bilan boyitilish she'rning tafakkur to'lqinining ong-shuurlarda mixlanib qolishini ta'minladi. "Taxayyul mayiga termulaman jim" deya zorlangan shoirning taxayyullar asosiga qurilgan majoziy obrazlilik, bu - voqelikni, insonni, ruhoniy hayotni haqqoniy idrok etish yo'llaridan biri.
"...Narsalarga erkimizni bog'lab qo'yganmiz, moddiyatning qulimiz, - deb yozgan edi Rauf Parfi. - Bu "ayyor" aqlning xulosalari, oqil aqlniki emas. Ollohni tanigan banda moddiyatga bog'lanib qolmaydi, u o'zining qorovuli emas. U -O'zining egasi, o'zligini izlayotgan inson". "San'atning vazifasi insonga o'limni anglatishdir... Inson doimo o'lim bilan yonma-yon yuradi. Toshbaqa kosasini bir umr ortib yurganidek, o'z o'limini doimo ko'tarib yurishga mahkum. Menimcha, o'z o'limini ko'tarib yurgan odam Allohga, O'ziga, birovga xiyonat qilmaydi. Xiyonat yolg'onlardan tug'iladi" ("Suhbatdosh" gazetasi, 1999-yil, 2-son, fevral).
"San'atkorning miyasida olam fojeasi aylanadi. She'riyat Alloh odamni yer uchun yaratgani kabi qadimiydir. Yorug' dunyoga kelgan inson bor ekan, inson bo'lib tug'ilgan ekan - Inson haqlari, inson huquqi bordir. Inson Huquqi - She'riyat huquqi. Inson va Tabiat uyg'unligi abadiy, tabiat tartiboti o'zgarmas, ammo inson tabiati o'zgaruvchandir. Muvozanat buzilgan joyda jaholatning qora quyoshi yonib fikr olamini zulmatga chulg'aydi, qonga bulg'aydi. Muborak uyg'unlik yo'lida jafo chekkanlarning karvonboshilari shoirlardir, ehtimol. She'riyat cheksizlikdir, ammo she'riyatning osmoniga boqib cheksizlikning ham cheki bor, deb o'ylaysiz. She'riyat insonning ilkin nafasidir, poyonsiz nafasning moddiylikka aylanishidir, balki.
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
Shoir haqiqatni gapirmay turolmaydi. Endi shoirning haqgo'yligini ulkan-ulkan yolg'onlar orasida o'ylab ko'ring. Zamonning zayliga boq, kimning aravasiga chiqsang o'shaning qo'shig'ini ayt, deydilar. Shoir yolg'ondan, yuzaki, soxta qo'shiq aytishdan qo'rqadi. Aniqrog'i, shoirning ichidagi iste'dod qo'rqadi yolg'ondan. Chunki yolg'on iste'dodning kushandasi.
Yolg'on yozgan shoirning ruhi o'ladi. San'at, mahorat boy berilmaydi. San'at -o'rganiladigan, mashq bilan hosil qilinadigan narsa. Lekin ruh o'lgan bo'ladi. Shoir sinadi. Buni singan shoirning o'zi ham bilmasligi, to'xtovsiz quloch-quloch she'rlar yozaverishi mumkin. Keyin biladi. O'shanda kech bo'ladi. Balki keyinchalik hushyor o'quvchilar shoir she'rlarining ruhi o'lik ekanligini payqaydilar".
Rauf Parfi she'riyat haqida shunday deydi: "She'riyat cheksizlikdir, ammo she'riyatning osmoniga boqib cheksizlikning ham cheki bor, deb o'ylaysiz" [ШДурбон. Рауф Парфи сабоклари. - Тошкент: Алишер Навоий номидаги Узбекистан Миллий кутубхонаси нашриёти, 2014. - Б. 18.] Ushbu fikrlar Parfi she'riyati bilan bog'liq achchiq haqiqatlar natijasidir. Shoirning quyidagi satrlari ko'ngil she'riyatining hammaga ham yoqavermasligi haqidagi ushbu achchiq haqiqatni o'quvchiga tushuntirib qo'yadi:
- Bir she'rimning, qarang, boshi yo 'q, Kesilgan-ku, qarang, oyog'i. Muharrirga boqdim, ko 'zim lo 'q,
Axir, qandoq bo 'lar buyog'i?!
- Tilingni tiy, - dedi muharrir, -Yaxshilikni bilmagan hamak!
- Kechiringiz... lekin ko 'p og'ir Yolg'iz qorin bilan yashamak...
Xulosa qilib aytganda R.Parfi biografiyasini chetdan izlashga ehtiyoj yo'q. Sababi uning har bir she'ri o'zi, hayoti yoki ijodi, ijod va ko'ngil olami, hayot va adabiyot haqidagi dunyoqarashidan so'zlab turadi.
REFERENCES
1. АВАЗНАЗАРОВ, О. (2022). АЛИШЕР НАВОИЙ ДОСТОНЛАРИДАГИ ЙУЛ, ЙУЛОВЧИ, САФАР ВА МАНЗИЛ ТАЛ^ИНЛАРИДА БАДИИЙ ТУШЛАРНИНГ РОЛИ. ALISHER NAVOIY XALQARO JURNALI, 2(3).
2. Avaznazarov, O. R. (2020). THE ROLE OF THE IMAGE OF SAKI IN THE NAVOI'S LITERARY AND HISTORICAL MISSION. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 9(3), 1-17.
3. Авазназаров, О. (2023). ALISHER NAVOIY-ULUG 'YO 'LBOSHCHI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4/2), April, 2023
муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(S/1), 76-82.
4. Авазназаров, О. Р. (2019). Сокий образи генезиси. Урганч: Ilm sarchashmalari, 11, 71-75.
5. АВАЗНАЗАРОВ, О. Р. (2019). IMAGE OF WINE IN LYRICS OF NAVOI. Иностранные языки в Узбекистане, (1), 150-162.
6. AVAZNAZAROV, O. (2021). Yo'l obrazi tadqiqiga doir ba'zi mulohazalar.
7. AVAZNAZAROV, O. (2021). ТЕМУРИЙЛАР ДАВРИ АДАБИЁТИДА СО^ИЙ ТИМСОЛИНИНГ УРНИ.
8. AVAZNAZAROV, O. (2020). "Лайли ва Мажнун" достонида сокий образи.
9. AVAZNAZAROV, O. (2020). "Фавойиду-л-кибар"да сокий образидан фойдаланиш усуллари.
10. AVAZNAZAROV, O. (2020). "Saddi Iskandariy" dostonida soqiy obrazi.
11. Авазназаров, О. (2018). Абдулла Орипов ижодида най тимсоли.
12. Avaznazarov, O. (2019). " Lison ut-tayr" da tush motivi. " Yoshlik"jurnali.
13. AVAZNAZAROV, O. (2019). THE ROLE OF THE IMAGE OF SAKI IN THE POEM "HAYRAT UL-ABROR".
14. Нуриддинов, Ш. Б., & Авазназаров, О. Р. (2015). Эпизоды сна в поэме Алишера Навои «Семь планет». Молодой ученый, (12), 942-944.
15. Tog'aymurodovich, T. A. M., & Rahmatulloyevich, A. O. (2023). RAUF PARFI SHE'RIYATIDA RADD BADIIY SAN'ATI. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 3(2), 217-221.
16. Tog'aymurodovich, T. A. M., & Rahmatulloyevich, A. O. (2023). ALISHER NAVOIY BOLA TARBIYASI XUSUSIDA. Journal of new century innovations, 23(1), 184-187.
17. Inoqova, N., & Avaznazarov, O. (2023). ONA TILI HAQIDAGI SHE'RLARDA TARIXIY XOTIRA TALQINI (ISTIQLOL DAVRI SHE'RIYATI MISOLIDA). Наука и технология в современном мире, 2(9), 58-62.
18. Axadova, H. (2023). ALISHER NAVOIY IJODIDA ODOB KONSEPSIYASI. PROSPECTS OF DEVELOPMENT OF SCIENCE AND EDUCATION, 1(6), 15-18.
19. Shermamatova, S., & Shodmonov, G. (2023). AVAZ O'TAR IJODIDA MA'RIFATPARVARLIK. Talqin va tadqiqotlar, 1(21).
20. Shermamatova, S., & Shodmonov, G. I. (2023). MUQIMIY G'AZALINING DARSLIKLARDAGI TALQINLARI TAHLILI. Наука и технология в современном мире, 2(11), 28-33.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4/2), April, 2023
21. Ziyayeva, A., & Shodmonov, G. (2023). "DUNYONING ISHLARI" QISSASIDA ONA TIMSOLI. Наука и технология в современном мире, 2(14), 4245.
22. Рауф Парфи. Туркистон рух,и: Сайланма. Тошкент: "Sharq", 2013. - Б. 20.
23. ШДурбон. Рауф Парфи сабоклари. - Тошкент: Алишер Навоий номидаги Узбекистон Миллий кутубхонаси нашриёти, 2014. - Б. 90.