Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYO TARIXINI O‘RGANISHDA XORAZM TARIXNAVISLIGINING O‘RNI'

MARKAZIY OSIYO TARIXINI O‘RGANISHDA XORAZM TARIXNAVISLIGINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
271
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Munis / Og‘axiy / mirob / Sayyid Eshonxo‘ja / tarjimon / tarixchi / shoir / Kiyot / Abulg‘ozi Bahodirxon / “Shajarai turk”. / Munis / Ogahi / mirab / Sayyid Eshankhoja / translation / historian / poet / Qiyot / Abulgazi Bahodirkhan / "Turkish Shajarayi".

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Pirmamatov, Ramziddin Husniddin O‘g‘li

Maqolada xorazmlik tarixchilarning Markaziy Osiyo tarixshunosligidagi faoliyati misolida ilmiy dalillar ochib berilgan. Xorazm tarixnavisligining yirik namoyandalari Shermuhammad ibn Amir Avazbiy-Munis, Muhammadrizo ibn Erniezbek-Og‘axiy va Xorazm tarixnavislik maktabining asoschisi Shajarai Turk Abulg‘ozi Bahodirxonning ilmiy ishlari ushbu maqolaning asosiy tadqiqot mavzulari hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF KHORAZM'S HISTORIOLOGY IN THE STUDY OF CENTRAL ASIA'S HISTORY

The article presents scientific evidence on the example of the activities of Khorezm historians in Central Asian historiography. The main research topics of this article are the scientific work of Shermuhammad ibn Amir Avazbi-Munis, Muhammadrizo ibn Erniyozbek-Ogahi, the great representatives of Khorezm historiography, and Abulgazy Bahodirkhan's ";Shajarai turk", the founder of the Khorezm school of historiography.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYO TARIXINI O‘RGANISHDA XORAZM TARIXNAVISLIGINING O‘RNI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

MARKAZIY OSIYO TARIXINI O'RGANISHDA XORAZM TARIXNAVISLIGINING O'RNI

Pirmamatov Ramziddin Husniddin o'g'li

SamDU, tarix fakulteti 2-bosqich talabasi.

ANNOTATSIYA

Maqolada xorazmlik tarixchilarning Markaziy Osiyo tarixshunosligidagi faoliyati misolida ilmiy dalillar ochib berilgan. Xorazm tarixnavisligining yirik namoyandalari Shermuhammad ibn Amir Avazbiy-Munis, Muhammadrizo ibn Erniezbek-Og'axiy va Xorazm tarixnavislik maktabining asoschisi Shajarai Turk Abulg 'ozi Bahodirxonning ilmiy ishlari ushbu maqolaning asosiy tadqiqot mavzulari hisoblanadi.

Kalit so'zlar: Munis, Og'axiy, mirob, Sayyid Eshonxo'ja, tarjimon, tarixchi, shoir, Kiyot, Abulg'ozi Bahodirxon, "Shajarai turk".

В статье раскрыто научные доказательства на примере деятельности хорезмских историков в среднеазиатской историографии. Основными исследовательскими темами данной статьи являются научные труды великих представителей хорезмской историографии Шермухаммада ибн Амира Авазби-Муниса, Мухаммадризо ибн Эрниезбек-Огахи и «Шаджараи тюрк» Абулгазы Баходирхана, основателя хорезмской школы историографии.

Ключевые слова: Мунис, Огахи, мираб, Сайид Эшанходжа, переводчик, историк, поэт, Кийот, Абулгази Баходирхан, «Шаджараи тюрк».

The article presents scientific evidence on the example of the activities of Khorezm historians in Central Asian historiography. The main research topics of this article are the scientific work of Shermuhammad ibn Amir Avazbi-Munis, Muhammadrizo ibn Erniyozbek-Ogahi, the great representatives of Khorezm historiography, and Abulgazy Bahodirkhan's "Shajarai turk", the founder of the Khorezm school of historiography.

Keywords: Munis, Ogahi, mirab, Sayyid Eshankhoja, translation, historian, poet, Qiyot, Abulgazi Bahodirkhan, "Turkish Shajarayi".

Markaziy Osiyo tarixini o'rganishda Xorazm milliy tarixnavisligining o'rni muhim sanaladi. Zero, Xorazmda dunyo-ilm faniga hissa qo'shgan olimlar, shoirlar va ijodkorlar yetishib chiqqan. Аyniqsa, so'nggi o'rta asrlarda bu zaminda yetishib chiqqan ilm ahli tufayli, milliy tarixnavislik maktabi shakllandi. Abulg'ozi

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Bahodurxon, Shermuhammad Munis, Ogahiy va boshqalar shular jumlasidan sanalib, ular yaratgan asarlar orqali mintaqa davlatlari, xalqlari hayoti, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti to'g'risida qimmatli ma'lumotlar beriladi.

Xorazm tarixnavislik makatabining asoschisi hamda Markaziy Osiyo tarixshunosligi uchun muhim va mashxur bo'lgan asarlar, shu jumladan, "Shajarayi turk" asari va uning muallifi Xorazm hukmdori Abulg'oziy Bahodirxon ham nafaqat Xorazm, balki Markaziy Osiyo tarixida muhim shaxs hisoblanadi. Uning "Shajarayi turk" asari esa, tarixning ijtimoiy, iqtisodiy, etnik, siyosiy, madaniy va boshqa ko'plab sohallarini o'z ichiga olgan beqiyos manbadir.

Abulg'oziy Bahodirxon 1603-yilning 23-avgustida dunyoga keldi. U o'sha kezlarda sohibi toj bo'lmish Arab Muhammadxon (1602-1623) ning to'rtinchi o'g'li edi. Abulg'oziy Bahodirxon oily nasab va toj taxt sohibi bo'lgan. U qariyb 20 yil (1644-1664) Xorazmni idora qildi. Hukmdor bo'lish bilan birga u tarixda ko'proq ilm-ma'rifat sohibi, olim sifatida nom qozondi. Darhaqiqat, Abulg'oziy Bahodirxon keng va chuqur ma'lumotli kishi edi. "Bu faqirg'a,- deb yozgan edi uning o'zi, -xudoyi taolo inoyat qilib ko'p nimarsa bergan turur"

Abulg'oziy Bahodirxondan ikki yirik tarixiy asar qoldi. Biri "Shajarayi tarokima" (1658-1661-yillarda yozilgan deb tahmin qilinadi) deb atalib, turkey xalqlarning, xususan turkman xalqining kelib chiqishi to'g'risida qimmatli ma'lumotlar beradi. Abulg'oziy Bahodirxonning ikkinchi asari "Shajarayi turk' nomi bilan mashxur. Asarning asosiy qismi 1663-1664-yillarda yozilgan. Unda Xorazmning XVI-XVII asrning birinchi yarmidagi ijtimoiy siyosiy-tarixi bayon etiladi.

"Shajarayi turk" ning yozilishi sabablari haqida muallifning o'zi shunday deydi: "Ammo bizning ota-aqalarimizning beparvoliqi va Xorazm xalqining bevuquflig'i, bu ikki sababdin, bizning jamoatimizning Abdullaxonning otalari bilan bizning otalarimizning ayrilgan yeridin to bizga kelguncha tarixlarini bitmay erdilar. Bu tarixni bir kishiga taklif qilali deb fikr qilduq, hech munosib kishi topmaduq, zarur bo'ldi ul sababdin o'zimiz aytduq.

Asar Muqaddima va ushbu to'qqiz bobdan iborat: 1) Odam Atodan to turklarning qadimgi xonlaridan Mo'g'ulxongacha kechgan hodisalar zikri; 2) Mo'g'ulxondan- Chingizxongacha bo'lgan tarix; 3) Chingizxonning tug'ilganidan to vafotigacha tarixi; 4) Chingizxonning uchinchi o'g'li O'gaday qoon va avlodi, Chingizxonning boshqa o'g'illari naslidin bo'lgan va Mo'g'ulistonda podsholik qilg'anlar zikrida; 5) Chingizxonning ikkinchi o'g'li Chig'atoyxon avlodidan Movoraunnahr va Qoshg'arda podsholik qilg'an avlodining zikri; 6) Chingizxonning kenja o'g'li Tuluyxon avlodidan Eronda podsholik qilg'anlar zikri; 7)

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Chingizxonning ulug' o'g'li Jo'chixon avlodidan Dashti Qipchoqda podshoh bo'lganlar zikri; 8) Jo'chixonning beshinchi o'g'li Shaybon avlodidan Movoraunnahr, Qrim, Qozoq va Turonda xonlik qilganlar, shuningdek, Jo'chixonning o'n uchinchi o'g'li To'qay Temur naslidan Qrim, Qozoq va Movoraunnahrda podsholik qilg'anlar zikri; 9) Shaybon avlodidan Xorazm mamlakatida podsholik qilganlar zikri bayon etiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Xorazmning zabardast tarixchilaridan biri - Shermuhammad Amir Avazbiy o'g'li Munis bo'lib, 1778-yilda Xiva shahri yaqinidagi Qiyot qishlog'ida mirob oilasida tug'ilgan. Bu haqda o'zi: "Men, Munis Xivada yashovchi yuz urug'idan bo'lgan Amir Eshimbiyning avlodidandirman", deb yozgan edi. Boshlang'ich ta'limni Qiyotda oladi va ta'limni Xiva madrasalarida davom ettiradi va ustozlari Sayyid Eshonxo'ja va Sayyid Muzaffarxo'ja mutavvalilardan saboq oladi. Uning otasi Avazbiy vafot etgach, 1800-yilda Avaz Muhammad inoq (1790-1804) 22 yoshli Shermuhammadni saroyga taklif qilib, uni qazuv va qachuv ishlari bo'yicha kotib, 1806-yil Munis akasi Muhammadniyoz mirob vafot etgach esa xon Muhammad Rahimxon I (1806-1825) uni mamlakat bosh mirobi etib tayinlaydi. She'riyat olamida uning taxalusi Munis bo'lib, ma'nosi "ulfat", "hamdam", "do'st" demakdir. 1804-yilda shoir alifbo sifatida foydalanish uchun "Savodi ta'lim" kitobini yozib tugatadi. Qolaversa, shu yili ijodi namunalarini "Munis ul-ushshoq" ("Oshiqlar do'sti") nomi bilan to'play boshlaydi va uni 1813-yilda 16 892 misradan iborat katta devonga aylantiradi. Shermuhammad Amir Avazbiy o'g'lining "Ornalar" nomli risolasi otameros kasbi miroblik kasbi haqida bo'lib, shu bilan birga bu davr olkaning suv ta'minoti masalalari ham yoritilgan.

Munisning tarixnavislik sohasidagi xizmatlari beqiyosdir. Xiva xoni Eltuzarxon (1804-1806) Munisga Xorazm tarixini bitishni topshiradi ( o'z vaqtida Muhammad Rahimga ham nadim bo'lib, undan ham moddiy yordam ham haq olib turgan). Munis ushbu asarga "Firdavs ul-iqbol" ("Jannat bog'i") deya nom beradi. Ushbu asarning tarixiy ahamiyati shundaki, unda Xorazmning qariyb 300 yillik tarixi (1572-1825) yaxlit, tarixiy ketma-ketlikda bayon etilgan. Eltuzar vafotidan so'ng asar yozilishi bir muddat to'xtab qoldi va Muhammad Rahimxon I buyrug'i bilan yana davom ettirildi. Keyingi tanaffus 1819-yil o'rtalarida boshlandi. Bunga sabab Muhammad Rahimxon I Munisga Mirxondning "Ravzat us-safo" asarini tarjima qilishni buyuradi. Munis mazkur asarning birinchi daftarini va ikkinchi daftarining bir qismini Badr yurishlariga qadar tarjima qilishga ulguradi.

Xijriy 1244-yil, milodiy 1829-yil iyunida Munis Olloqulixon qo'shini bilan Xuroson yurishida qatnashib undan qaytayotganda Lutfobod shahri yaqinida bezgak

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

kasalligi oqibatida vafot etadi. Shu tufayli "Ravzat us-safo" asarining tarjimasi va "Firdavs ul-iqbol" asari tugallanmay qoldi. Uning ishlarini Munisning shogirdi va jiyani (ukasining o'g'li) Muhammadrizo ibn Erniyozbek- Ogahiy davom ettiradi. Hozirgi vaqtda Munisning qabri Xiva yaqinidagi Shayx Mavlon bobo qabristonida bo'lib, maqbarasi avlodlar tomonidan e'zozlanib kelinmoqda.

Muhammad Rizo ibn Erniyozbek - Ogahiy 1809-yilda Xiva shahri yaqinidagi qiyot qishlog'ida tug'ilgan. Uning bolaligi Qiyot qishlog'ida o'tdi va madrasa ta'limini Xivada oldi. Yuqorida ta'kidlanganidek, 1812-yilda Erniyozbek mirob vafot etgach, uni amakisi Munis o'z qaramog'iga oladi. 1829-yilda Munis vafot etadi. Xiva xoni Olloqulixon (1825-1842) Ogahiyni Munisning o'rniga Miroblik vazifasiga tayinlaydi. Muhammad Rizo ibn Erniyozbekning taxallusi Ogahiy bo'lib, uning lug'aviy ma'nosi "Ogohman", "Sergakman" demakdir. O'zidan boy madaniy, ma'naviy meros qoldirish bilan birgalikda Ogahiy jahon adabiyoti, madaniyatining nodir durdonalari sanalgan 20 dan ortiq asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilib, tarjimonlik maktabiga asos soldi.

Ogahiy o'z hayoti davomida Xiva xonlari Muhammad Rahimxon I (1806-1825), Olloqulixon (1825-1842), Rahimqulixon (1842-1845), Muhammad Aminxon (18451855), Qutlug' Murodxon (1855, to'rt yarim oy), Said Muhammadxon (1856-1864), Muhammad Rahimxon (Fero'z) (1864-1910) davrlarida yashab ijod qilgan.

Ogahiyning O'zbek tilida yozilgan "Ta'viz ul-oshiqin" ("Oshiqlar tumori") devoni mavjud bo'lib, unda shoir yashagan muhitning amaldorlaridan qattiq shikoyat qilib yozgan she'rlarini ko'proq uchratamiz. Ogahiy she'rlari orasida hukmdorlarga atab yozilgan qasidalar ham bor. Devonda 18 ming misra she'r 83 muxammas jam qilingan. Muhammad Rizo ibn Erniyozbek tarixnavislikka oid quyidagi noyob asarlar muallifi: "Riyoz ud-davla" (" Davlatning jannat bog'i") asarida 1825-yildan 1842-yilgacha, "Zubdat ut-tavorix" ( "Tarixlar sarasi") 1843-1846-yillargacha, "Jomi ul-voqeati sultoniy" ( "Sulton voqealaring majmuasi") asarida 1846-1855-yilgacha Xorazm tarixi bayon etilgan. Bundan tashqari, "Gulshani davlat" ("Davlat gulshani"), "Shohidi iqbol" asarlari ham muhim tarixiy manbalar sanaladi.

Mohir tarjimon sifatida Ogahiy Munis tugallashga ulgurmagan "Ravzat us-safo asarlarining 2-3-jildlarini, Muhammad Mahdixonning "Nodirnoma" ( 5 jild), Sharafiddin Ali Yazdiyning "Zafarnoma", Muhammad Yusuf Munshiyning "Tazkirai Muqimxoniy", Nizomiddin Ahmad Haraviyning "Taboqati Akbarshohiy", Rizoqulixon Hidoyatning "Ravzat us-safoi Noziriy", nomli asarlari, Nizomiy Ganjaviyning "Haft paykar", Sa'diy Sheroziyning "Guliston", Husrav Dehlaviyning "Haft Bihisht", Muhammad Vorisning "Zubdat ul-hikoyat", Abdurahmon Jomiyning "Yusuf va Zulayho", "Salomon va Ibsol", "Bahoriston", "Xaft avrang" asarlarlari,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Badriddin Hiloliyning "Shohu gado", Vosifiyning "Bado'e ul-voqoe" kitoblarini, Kaykovusning falsafa va ahloq masalalariga bag'ishlangan "Qobusnoma" asarini, Husayn Voiz Koshifiyning "Ahloqi Muhsiniy", Imomiddin G'ijduvoniyning "Mifot ut-tolibin" asarlarini fors tilidan mahorat bilan tarjima qilgan.

1845-yilda Ogahiy miroblik vazifasi bilan safarda yurganda otdan yiqilib oyog 'i sinadi. Oradan ko'p vaqt o'tgach, u butunlay yura olmay qoladi. Uzoq vaqt xasatalikni boshdan kechirishi, yolg'izlik va muhtojlikda yashash shoirning hayotdan erta ko'z yumishiga olib keldi. Ogahiy xonlikda ulkan o'zgarishlar bo'layotgan bir vaqtda, 1874-yilda 65 yoshida vafot etdi. 1999-yilda shoirning 190 yilligi Respublikmizda ko'tarinki ruhda nishonlandi va Ogahiyning hayoti, ijodiga bag'ishlangan ko'plab risolalar nashr qilindi hamda o'zi tug'ilgan qishloqda "Ogahiy uy muzeyi" ochildi.

Markaziy Osiyo tarixnavisligida Xorazm tarixnavisligining muhim va betakror o'rni bor. Yuqori to'xtalgan muhim tarxixy shaxslar Munis va uning jiyani Ogahiy hamda ularning yirik ilmiy merosini tashkil etuvchi "Firdavs ul-iqbol" asari va boshqa tarixiy asarlari, qolaversa, ko'plab tarjimalari, bunda tashqari, Xorazm tarixnavislik maktabining asoschisi Abulg'oziy Bahodirxon va uning mashxur "Shajarayi turk" asari fikrimiz dalili hisoblanadi. Xorazm tarixnavislik mktabi vakillarining ilmiy faoaliyatini xorijiy olimlar ham e 'tirof etadilar. Mashxur venger sharqshunosi X.Vamberi: "Abulg'oziyxonning "Shajarayi turk"i uchun butun dunyo undan minnatdor",- deb yozgan edi.

Ushbu tarixiy asarlar ko'plab tadqiqod mavzulariga asos bo'ladi, negaki bu asarlar so'z yuritilayotgan davr voqealarini o'zida mujassam etib bugungi kunda fan oldidagi turli masalalarga yechim bo'la oladi. Qolaversa, Xorazm tarixnavisligiga oid ushbu yirik ilmiy meros bugungi kudagi ijtimoiy muammolarga ham yechim topishi mumkin.

REFERENCES

1. Yunusov M. "Munis Xorazmiy", Toshkent, 1953.

2. Karimov G'. "O'zbek adabiyoti tarixi", 3-kitob, Toshkent, 1966.

3. R.Majidiy. "Munis Xorazmiy". Jurnal „Guliston", 1935, № 3.

4. V.Zohidov. "O'zbek adabiyoti tarixidan" — Toshkent, 1961.

5. N.Jumaev. "Munis g'azaliyoti" -Toshkent, 1991.

6. S.Dolimov. "Ogahiyning hayoti va ijodi", Toshkent, 1963.

7. Q.Munirov. "Munis, Ogahiy va Bayoniyning tarixiy asarlari". — Toshkent,

XULОSА

1961.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

8. A.Abdug'afurov. "Muhammad Rizo Ogahiy" -Toshkent, "Meros" nashriyoti, 1999.

9. Q.Sultonova. "Ogahiyning „Gulshani davlat" asari adabiy manba sifatida" -Toshkent, 2000.

10. "Ma'naviyat yulduzlari", "Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti", Toshkent, 1999.

11. Abulg'oziy Baxodirxon "Shajarayi turk", -"Cho'lpon" nashriyoti, Toshkent,

12. Munis va Ogahiy. "Firdavs ul-iqbol", - "Yangi asr avlodi" nashriyoti, Toshkent,

1992.

2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.