Научная статья на тему 'ABULG‘OZI BAHODIRXON ILMIY FAOLIYATINING O‘RGANILISHI'

ABULG‘OZI BAHODIRXON ILMIY FAOLIYATINING O‘RGANILISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2268
366
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Abulg‘ozi Bahodirxon / Shajarai turk / Shajarai tarokima / Manofe ul-inson / Shermuhammad Munis / Ogahiy / Bayoniy.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Quranboyeva Sevinchoy Maqsud Qizi

Ushbu maqolada Abulg‘ozi Bahodirxon yozgan asarlari, ularning tarixiy ahamiyati va o‘rganilish darajasi to‘g‘risida fikr va mulohazalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ABULG‘OZI BAHODIRXON ILMIY FAOLIYATINING O‘RGANILISHI»

ABULG'OZI BAHODIRXON ILMIY FAOLIYATINING O'RGANILISHI

Quranboyeva Sevinchoy Maqsud qizi

Urganch Davlat Universiteti tarix fakulteti 2-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7589664

Annotatsiya: Ushbu maqolada Abulg'ozi Bahodirxon yozgan asarían, ularning tarixiy ahamiyati va o'rganilish darajasi to'g'risida fikr va mulohazalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Abulg'ozi Bahodirxon, Shajarai turk, Shajarai tarokima, Manofe ul-inson, Shermuhammad Munis, Ogahiy, Bayoniy.

XVI asrda yashab ijod qilgan Xiva xoni Abulg'ozi Bahodirxon oliy nasab, toj-u taxt sohibi, o'z sulolasining shonu shuhrati uchun kurash olib borgan, ayni chog'da parchalanib ketayotgan xonlikni kuchli markazlashgan davlatga aylantirish uchun ham qurol bilan, ham qalam bilan kurash olib borib nisbiy osoyishtalik o'rnatishdek ezgu niyatni amalga oshirishga intilgan hukmdor bo'lgan. Abulg'ozi Bahodirxon barcha sharq hukmdorlari kabi o'z saltanatini mustahkamlash, Xorazmda ilm fan va madaniyatni rivojlantirish maqsadida o'z saroyiga ilg'or fikrli olim-u fuzalolar, shoir-u bastakorlar, me'morn naqqoshlar, tabiblar, tarixnavislar, xattotlar va boshqa kasb egalarini to'plab samarali ijod qilishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berish bilan birga ijodkor sifatida o'zi ham "Shajarai turk", "Shajarai tarokima", "Manofe ul-inson" (Kishilarning sihat salomatliklari yo'lida) kabi siyosiy, huquqiy asarlarni yozdi [1]. Bu asarlar Abulg'ozi Bahodirhonning tarixiy, huquqiy, siyosiy qarashlarini o'rganishda asosiy manba bo'lib xizmat qilmoqda. Uning bu asarlarda ilgari surilgan kuchli markazlashgan davlat tuzish, mustahkamlash, xonliklar va bekliklar o'rtasidagi o'zaro urushlarga barham berish, davlat va fuqarolar manfatlarini himoya qilish, davlatni adolatli qonunlar asosida tadbirkorlik bilan boshqarish, el-yurt tinchligi, fan va madaniyatni rivojlantirish singari ijtimoiy siyosiy va huquqiy qarashlari o'zbek xalqining siyosiy, huquqiy tarixiga qo'shilgan katta hissadir. Abulg'ozixonning yozgan dastlabki tarixiy asari "Shajarai tarokima" deb nomlanib

unda o'g'uz qabilalarining xususan turkman xalqlarining kelib chiqishi haqida qimmatli ma'lumotlar berilgan. Abulg'ozixon turkmanlarni o'ziga bo'ysundirish maqsadida ularning ustiga ko'p marotaba yurish qilgan va bu yurishlari tufayli 20 mingdan ortiq turkmanlarning halok bo'lishiga sabab bo'ladi. Muallifiiing yozishicha: "Bir karat Xurosonda Durunga taalluq Beurma tegan suvning yaqosinda bizning birlan saf tortib urushtilar. Avoldin to oxirgacha biz sababli yigirma ming choqlik kishilati o'ldi. Aning ichinda gunohkorlari ham bor erdi va begunohlari ham bor erdi" [2]. Bunda o'zini aybdor deb biladi va o'zida turkmanlar tarixini aks ettiruvchi "Shajarai tarokima" asarini yozadi. Abulg'ozixon haqiqatdan ham bu asarini omma tushunib yetadigan sodda va ommabop usulda yozishga alohida e'tibor bergan. Mualifning aytishicha: "Barcha bilingkim bizdan burun turkey tarix ayqonlar arabiy lug'atlarni qo'shib tururlar va forsiyni ham qo'shib tururlar va turkiyni ham sajh qilib tururlar. O'zlarining hunarlari va va ustozliklarini xalqqa ma'lum qilmoq uchun. Biz munlarning hech qaysinisini qilmadik, aning uchunkum bu kitobni o'quvchi va tinglovchi albatta turk bo'lg'usi turur, bas, turklarga turkona aytmoq kerakki to ularning barchasi fahm qilg'aylar [3].

"Shajarai tarokima" 1893-yilda A.G.Tumanskiy tomonidan ruschaga tarjima qilinadi. Keyinroq esa bu asarning to'liq tarjimasi A.N.Kononov tomonidan amalga oshiriladi. Asarning tili, fonetik, morfologik, sintaktik jihatdan chuqur tahlil etilib izohlar ham berilgan.Akademik A.N.Kononov shunday deydi: "Shajarai tarokima" asari faqatgina tarixiy manba bo'libgina qolmasdan balki adabiy yodgorlik sifatida ham ahamiyatli bo'lgan,chunki unda xalq afsonalari, xalq etimologiyasi, maqollar va masallari mohirona tasvirlangan. Shajarai tarokimaning ruscha tarjimasi va tanqidiy matni 1958-yili A.N.Kononov tomonidan Sank-Peterburgda chop etilgan. Mazkur asarning 7 ta nushasi saqlanib qolgan. Ularning 2 tasi Rossiyada [4] va qolgan 5 ta nushasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutida saqlanadi. Ular turli hil davrlarda ko'chirilgan bo'lib faqat 2 tasidagina kotiblarning nomi yozilgan. Bularning bin Mirzo Amon ibn Eson Xuzoriy bo'lib nushani rajab oyi 1341/17-fevral, 9-mart 1923-yili Buxoroda ko'chirgan(nusxa raqamil223). 2-kotib

Muhammadsharifxo'ja Muhammad o'g'li Mulla Bekjon Rahmon o'g'li iltimosi bilan rabi al awal 1344/19-sentabr-19-oktabr 1925-yili ko'chirilgani ma'lum bo'ldi.

Abulg'ozi Bahodirxonning asarlari sharq tarixchilari va olimlarininggina emas, balki rus va boshqa chet el olimlarining ham diqqat e'tiborini o'ziga torta boshladi. Abulg'ozixonning madaniy ilmiy merosini tadqiq etish ancha ilgari boshlangan. Rus tarixiy adabiyotlarida xorijiy tillardan tarjima qilingan asarlar qatoriga 1770-yildan "Shajarai turk" asari qo'shildi. Abulg'ozihonning fikrlari, ularning turkona aytmoqqa harakat qilishi tarixiy memuar asari "Shajarai turk" da ham o'z ifodasini topgan. Muallif asarning yozilishi haqida shunday deydi: 'Turkiy bilan aytdum. Turkiyni hamondek aytubmankim besh yoshli o'g'lon tushunur' [5] deydi. "Shajarai turk" asarining matni 1824-yil Qozon shahrida akademik Fren tomonidan nashr etilgan. 1854-yilda G.S.Sablukov bu asarni rus tiliga taijima qilib Qozonda nashr ettirgan. 1871-yilda P,I,Demezonlar tomonidan ham nashr qilingan. "Shajarai tarokima" asari esa 1898-1966-yillarda bir necha marotaba rus tilida nashr etildi. "Shajarai turk" ning rus tiliga taijimasi Rossiya oliygohlarida Sharq xalqlari tarixi va tilini o'qitish ishiga ham ijobiy tasir etgan. Masalan, Qozon davlat dorilfununining professori I.N.Berezin turkiy xalqlar tarihini o'qitishda Abulg'oziyning asarlariga ham tayangan. "Turk xrestomatiyasi" nomli kitobi va dorilfunun talabalariga o'qigan maruzalarida "Shajarai turk" tayanch manba bo'lib xizmat qilganligini olimning o'zi takidlaydi.

Abulg'ozixonning Xorazm tarixi bo'yicha o'zbek tilida asarlar yozish an'anasi keyingi davrlarda atoqli tarixnavis olimlar ayni vaqtda ajoyib shoirlar Shermuhammad Munis, Muhammad rizo Ogahiylar tomonidan davom ettiriladi. Munis tomonidan boshlanib, Muhammad Rizo Ogahiy yozib tamomlagan "Firdavs ul iqbol" [6] shubhasiz Abulg'ozixonning asarlarining tasiri ostida va undan foydalanib yozilgan tarixiy asar bo'ldi. Bu mualliflar o'zlarigacha bo'lgan tarixiy davrni yoritishda ko'p o'rinda Abulg'ozining asarlariga murojat qilganlar va asosiy manba sifatida tayanganlar.

Bundan tashqari S.P.Tolstovni "Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab" [7] nomli kitobida, Ya.G'.G'ulomovning "Xorazmning sug'orilish tarixi" [8] asari, Bayoniyning "Shajarai Xorazmshohiy" kitobida nihoyatda yaxshi fikrlar keltirilgan.

Abulg'ozi haqida biografik malumotlar K.Yusupovning dissertatasiya ishida (Abukgazi I Xivinskoye xanstvo v pervoy poloviniye XVII veka) va A.Yu.Yakubovskiyning "Очерки по истории Туркменского народа и Туркменистана VIII-XIX вв" 9216-233с) nomli asarida ham keltirilgan. [9]

G'arbiy Yevropada esa asar nemis, ingliz, fransuz tillarida, hatto Amerikada ham taijima qilinib nashr ettirildi. Yevropa bu asar bilan o'tgan asrning ikkinchi choragida tanishdi. Poltav yaqinidagi g'alabadan so'ng Sibirga jo'natilgan shved ofiserlari Tobolskda Abulg'ozixonning qo'lyozmasi va uning mundarijasi bilan tanishgach bu asar tarjimasi ustida ishlay boshladilar. Bu ilmiy tadqiqotning asosiy tashabbuskori Filipp Ioann Tabbert Shtralenberg edi. Rus tilini yaxshi bilgan buxorolik oxund Abulg'ozixon asarining taijimasini rus yozuvchisiga bayon qilgan. O'z navbatida shved Shenstrem rus tilidagi tarjimadan foydalanib asarni nemis tiliga taijima qilishga muvaffaq bo'ladi. Bu taijima 1780- yilda —Abulgasi Bahadur Chan'S Geschlecht buchder Mungalischen Chanen, auseiner türkischen Handschrift udersetzt von Dr.D.G.Messerschmid, 1780 Messershmidt tahriri ostida chop etilgan. Asar nemis tiliga taijima qilinishidan oldin fransuz tilida 1726-yil Bryusselda «Histoire genealogique des Tatars, traduite du manuscript tartare d'Abulgasi -Bahadur - Chan, et enrichie d'un grand nombre de remarques et très curieusus sur le veritable estât present de l'Asie septentrionale cartes géographiques necessaries. ParD.» nomi ostida nashr qilingan. Bu nashrga Bendik tomonidan izoh qilingan. Ushbu fransuz tilidagi taijima o'z navbatida asarning ingliz tilidagi taijimasi (1780) uchun ham asos bo'lib xizmat qildi. Rus olimi Trediakovskiy asarni fransuz tilidan rus tiliga «Родословная история о татарах, переведенная на французкий язык с рукописныя татарской книги, сочинения Абулгачи-Баядур-Хана... а с французкого на Российской в Академии наук» (1770) nomi bilan ikki tomda nashr qildiriladi.

Vengriya fanlar akademiyasining haqiqiy a'zosi, mashhur sharqshunos olim G.Vamberi 1863 yilda Tehrondan chiqib Kaspiy dengizining sharqiy qirg'og'i bo'ylab sayohat qiladi. Ana shu sayohat davomida Abulg'ozining «Shajarai turk» kitobini qo'lga kiritadi va u bilan mukammal tanishadi. Kitob sharqshunos olimga

kuchli ta'sir etadi. Shu boisdan ham u «Shajarai turk» asariga yuksak baho bergan edi. «O'rta Osiyo bo'ylab sayohat» (1865) nomli kitobida Abulg'ozining ijodi bilan 1870 yillardan boshlab qiziqib kelgan P.N.Demezon 1871-1874 yillar orasida «Shajarai turk»ni fransuz tiliga taijima qiladi. "Shajarai turk" tarjimasi unga katta shuhrat keltiradi.

Abulg'ozi Bahodirxon faqat tarixiy asarlar yozish bilan cheklanmadi. Tabobatga oid «Manofe ul-inson» (Inson uchun foydali tadbirlar) nomli asar ham ijod etdi. Asar taxminan 1657-yilda yozilgan. Asarida tibbiyotning 120 ga yaqin soxalarida kasallikni davolash va emlash usulini bayon etgan. Shunday qilib Abulg'ozi Bahodirxon qator tarixiy asarlar yozgan o'z davrining yetuk tarixnavis olimi davlat arbobi va lashkarboshisi edi. Abulg'ozixonning turli ma'lumotlarga boy tarixiy asarlari Xorazm tarixini va umuman aytganda turkiy xalqlar tarixini o'rganishda muhim manbalardan biri hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Худойназаров X,. Абулгози Баходирхон тарихчи ва адиб. Т.: «Узбекистан», 1994. - 66.

2. Абулгози Баходирхон. Шажараи тарокима. Toshkent.Cho'lpon nashriyoti 1995.-56.

3. Абулгози Баходирхон. Шажараи тарокима. Toshkent.Cho'lpon nashriyoti 1995.-6 6.

4. Россиядаги нусхалари тавсифига ^аранг: Дмитриева Л.В., Мугинов А.М., Муратов С.Н. Описание тюркских рукописей Инстиута Народов Азии. I. История. / Род ред. А.Н. Кононова. -МОСКВА: Наука. 1965. - С. 92-94.

5. Абулгози Баходирхон Шажараи тарокима. Toshkent.Cho'lpon nashriyoti 1995.-3 6.

6. Шермухдммад Мунис. Мухдммадризо Огах,ий. Фирдавс у ул-щбол. Т.: 2010.-382 б.

7. С.П.Толстов. Кдцимги Хоразм маданиятини излаб. Т.: 1964. -4376.

8. Я.Г.Туломов. Хоразмнинг сугорилиш тарихи. Т.: 1959. -3236.

9. Худойназаров X. « Шажараи турк» ва унинг урганилиши. Т.: 1994.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.