Научная статья на тему 'ANKE FON KYUGELGEN – MARKAZIY OSIYO TARIXI TADQIQOTCHISI'

ANKE FON KYUGELGEN – MARKAZIY OSIYO TARIXI TADQIQOTCHISI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
122
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Markaziy Osiyo tarixi / Yevropa tadqiqot markazlari / tarixiy manbalar / tarixchi-muarrix / mang’itlarning hokimiyatga kelishi / legitim asoslanishi / hukmdor portretlari va sifatlari / sulolalar tarixi / history of Central Asia / European research centers / historical sources / historian / the rise of the Manghits to power / their legitimacy / the portraits and attributes of the ruler / the history of the dynasties.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — To’Rayeva Nafosat Shuhrat Qizi

Ushbu maqolada Yevropa tadqiqot markazlarida Markaziy Osiyo tarixini o’rganilishi masalasiga e’tibor qaratilgan. Nemiszabon olima Anke fon Kyugelgen tomonidan nashr etilgan “Legitimatsiya sredneaziatskoy dinastii Mangitov v proizvedeniyax istorikov (XVIII-XIX vv.)” asari tarixiy jihatdan tahlil qilingan. Buxoro amirligi tarixida hokimiyatga kelishning qonuniy asoslari olti xil shaklda ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANKE VON KUGELGEN – EXPLORER THE HISTORY OF CENTRAL ASIA

This article focuses on the study of Central Asian history in European research centers. The work "Die Legitimierung der mittelasiatischen Mangitendynastie in den Werken ihrer Historiker (18-19 Jahrhundert)", published by the german-speaking scholar Anke von Kügelgen, is historically analyzed. In the history of the Bukhara Emirate, the legal basis for coming to power is revealed in six different forms.

Текст научной работы на тему «ANKE FON KYUGELGEN – MARKAZIY OSIYO TARIXI TADQIQOTCHISI»

ANKE FON KYUGELGEN - MARKAZIY OSIYO TARIXI TADQIQOTCHISI

To'rayeva Nafosat Shuhrat qizi

Gul DU talabasi https://doi.org/ 10.5281/zenodo.6753277 Annotatsiya. Ushbu maqolada Yevropa tadqiqot markazlarida Markaziy Osiyo tarixini o'rganilishi masalasiga e 'tibor qaratilgan. Nemiszabon olima Anke fon Kyugelgen tomonidan nashr etilgan "Legitimatsiya sredneaziatskoy dinastii Mangitov v proizvedeniyax istorikov (XVIII-XIX vv.)" asari tarixiy jihatdan tahlil qilingan. Buxoro amirligi tarixida hokimiyatga kelishning qonuniy asoslari olti xil shaklda ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Markaziy Osiyo tarixi, Yevropa tadqiqot markazlari, tarixiy manbalar, tarixchi-muarrix, mang'itlarning hokimiyatga kelishi, legitim asoslanishi, hukmdor portretlari va sifatlari, sulolalar tarixi

АНКЕ ФОН КЮГЕЛЬГЕН - ИССЛЕДОВАТЕЛЬ ИСТОРИИ ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ Аннотация. Данная статья посвящена изучению истории Центральной Азии в европейских исследовательских центрах. Исторически анализируется работа «Die Legitimierung der mittelasiatischen Mangitendynastie in den Werken ihrer Historiker (18-19 — Jahrhundert)», изданная немецкоязычным ученым Анке фон Кюгельген. В истории Бухарского эмирата правовая основа прихода к власти раскрывается в шести различных формах.

Ключевые слова: история Средней Азии, европейские исследовательские центры, исторические источники, историк, приход мангытов к власти, их легитимность, портреты и атрибуты правителя, история династий.

ANKE VON KUGELGEN - EXPLORER THE HISTORY OF CENTRAL ASIA Abstract. This article focuses on the study of Central Asian history in European research centers. The work "Die Legitimierung der mittelasiatischen Mangitendynastie in den Werken ihrer Historiker (18-19 - Jahrhundert)", published by the german-speaking scholar Anke von Kügelgen, is historically analyzed. In the history of the Bukhara Emirate, the legal basis for coming to power is revealed in six different forms.

Keywords: history of Central Asia, European research centers, historical sources, historian, the rise of the Manghits to power, their legitimacy, the portraits and attributes of the ruler, the history of the dynasties.

KIRISH

Yevropada Markaziy Osiyo tarixiga qiziqish va o'rganish bo'yicha 1973- yil iyul oyida Yuneskoning Parijdagi bosh qarorgohida bo'lgan xalqaro uchrashuvda sharqshunoslarning yangi tashkiloti - Markaziy Osiyo madaniyatlarini o'rganish xalqaro Assotsiatsiyasining tashkil etildi. Uning tashkil etilishi natijasida xalqaro rivojlanishning yangi bosqichda, ya'ni O'rta Osiyo sivilizatsiyalarini o'rganishda hamkorlik masalasi muhim masala bo'lib ko'tarildi. Loyihani amalga oshirish davomida ayrim aks ettirish va umumlashtirishni talab qiladigan xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish bo'yicha tajriba to'plangan. Tadqiqot ishlarni amaliyotga tatbiq etishga ko'maklashish maqsadida bir qator yirik xalqaro ilmiy anjumanlar va simpoziumlar o'tkazildi hamda yirik tadqiqot markazlarida juda ko'plab ilmiy asarlar yaratildi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Markaziy Osiyo tarixini o'rganish nemiszabon tadqiqotchilarida ham alohida qiziqish uyg'otgan. Shunday olimalardan biri Anke fon Kyugelgenning ilmiy ishlari Markaziy Osiyo tarixi tadqiqotlari sirasiga kiradi. Uning asosiy tadqiqot yo'nalishlari dastlab yaqin Sharq davridagi falsafa, Islom dunyosidagi falsafa va din (X-XIV asrlar), so'fiylik, Islom tarixshunosligi va Islom madaniyati tarixi bo'lgan.

1990-yilda Germaniyaning Berlin shahri Erkin universiteti (FU) da islom tadqiqoti bo'yicha "Muhammad Arkun va islom falsafasi" bo'yicha magistrlik ishini amalga oshirgan. 1992- yilda "Arab averroizmi: XX asrda arab dunyosida Ibn Rushdning idrok etilishi" mavzusida yana bir tadqiqot ishi amalga keng ilmiy jamoaga ma'lum qilindi. Shu yili Ernsta Reyter mukofatiga sazovor bo'lgan.

Olima "XVIII asrdan XX asr boshlarigacha Rossiya va Markaziy Osiyoda musulmon madaniyati" nomli asarini Dmitriy Yermakov bilan hamkorlikda yaratdi (Berlin: Klaus Shvarts Verlag, 1996).

1998-yilda "XVIII - XX asr boshlarida Rossiya va Markaziy Osiyoda musulmon madaniyati" nomli jild tayyorlangan unda mintaqalararo va millatlararo munosabatlar aks ettirilgan. (Berlin: Klaus Shvarts Verlag).

Anke fon Kyugelgen "Rossiya va Markaziy Osiyodagi musulmon madaniyati" mavzusida arab, fors va turkiy qo'lyozmalar asosida jildni Ashirbek Mo'minov va Maykl Kemper muallifligida tayyorlangan (Berlin: Klaus Schwarz Verlag, 2000) .

Anke fon Kyugelgen arab, chex, ingliz, frantsuz, italyan, lotin, fors, rus, ispan, turk tillarini yaxshi o'zlashtirgan. Uning keyingi yillarda aynan Markaziy Osiyo tarixi xususan, Buxoro tarixini o'rganishga jiddiy e'tibor bilan kirishib, 2000 - yilda Inszenierung einer Dynastie: Geschichtsschreibung unter den frühen Mangiten Bucharas (1747-1826) ya'ni «Sulolaning orkestratsiyasi: dastlabki Buxoro amirligi tarixshunosligi (1747-1826)» asarini yozdi.

Olima o'zbek va qozoq olimlari bilan hamkorlikda ilmiy ishlarini davom ettirib, "Спор мусульманских религиозных авторитетов в Центральной Aзии в XX веке." asarini Olma-otada "Dayk Press" nashriyotida 2007- yil nashrdan chiqardi. Shu tariqa olima Markaziy Osiyo tarixni tadqiq etishda samarali ijod qilishga erishdi.

"Buxoro amirligining tashkil topishi va siyosiy tarixi" mavzusida "O'zbekiston tarixi" (II kurs) fanidan dars jarayonida Anke fon Kyugelgenning "Legitimatsiya sredneaziatskoy dinastii Mangitov v proizvedeniyax istorikov (XVIII-XIX vv.)" "O'rta Osiyo Mang'it sulolasining tarixchilar asarlarida legitimlashtirilishi (XVIII-XIX asrlar)" asari bilan ilk bora tanishildi. Tarix fanlari nomzodi, dotsent D.X.Sangirova tomonidan ashtarxoniy va mang'it hukmdorlari hayotiga tegishli adabiyotlar tavsiya qilingan bo'lib, xorijiy adabiyotlar tarkibida Anke fon Kyugelgen asari davrni o'rganishda muhim adabiyot ekanligi ma'lum qilindi. Asarning Buxoro tarixini o'rganishda ahamiyati mustaqil topshiriq sifatida berildi.

TADQIQOT NATIJALARI

Nemiszabon tadqiqotchi Anke fon Kyugelgenning "Legitimatsiya sredneaziatskoy dinastii Mangitov v proizvedeniyax istorikov (XVIII-XIX vv.)" ning asari kirish, VI bob va xulosa qismidan tashkil topgan. Asarning birinchi bobi chingiziylar, temuriylar, shayboniylar, ashtarxoniylar va mang'itlar davri tarixiga sayohat uyushtirilgan. Har bir tarixiy davr asosiy birlamchi manbalar asosida yozilgan. Mang'itlarning dastlabki to'rt hukmdorlari Muhammad

Rahim otaliq (1756-1759), Muhammad Doniyolbiy (1759-1785), Shoh Murod (1785-1800), amir Haydar (1800-1826) hukmronligi faoliyatiga baho berib o'tilgan.

Asarning ikkinchi bobida Mang'itlar davri tarixchi muarrixlari va ularning asarlarini haqida ma'lumot berishga e'tibor qaratilgan. Asarda o'nga yaqin asar va uning mualliflari hamda davrni yoritishilishida manba sifatida ahamiyati ko'rsatib berilgan.

Uchinchi bob tarixiy zamonga: hozir va o'tmish hamda abadiylik talqinida yondoshilgan. Shuningdek, tarixda hukmronlik huquqini mustahkamlash masalalari bo'yicha fikr yuritilgan. Shu jihatdan asar tarixchilarga zamon va makon tushunchalari haqida ma'lumotlarning qiziqarli berilganligi bilan ham qimmatlidir.

To'rtinchi bob hukmdorlarning hokimiyatga kelishining huquiy normalari, rasmiy hujjatlar va titul tan olinishi masalalari berilgan. Unda tarixiy manbalarda "xon", "xalifa" hamda mujaddid atamalari berilishi xususida izoh berilgan.

Tadqiqot ishining beshinchi bobida dastlabki mang'it hukmdorlari "zamondosh tarixchilar nigohida ularning portretlari" ning chizgilari haqida so'z boradi. Muhammad Rahim-"zafarnishon sarkarda", Muhammad Doniyolbiy -"shon-shuhratsiz hukmdor", Shoh Murod-taxtdagi so'fi", amir Haydar- "olim hukmdor" sifatlari bilan tarixiy manbalarda qayd etilgani ma'lum qilingan.

MUHOKAMA

"Kelajakdan qarash: birinchi to'rt mang'it hukmlorlarining keyingi davr tarixchilari tomonidan qarashlari" deb nomlangan oltinchi bobida saroy tarixchilari va undan keyingi mustamlaka davri tarixchilari tomonidan yoritilgani xususida ma'lumotlar berilgan. Anke fon Kyugelgenning xizmatlari shunda ediki, tarixiy davrni o'z ko'zi bilan ko'rgan yoki ishonchli manbalarga tayangan muallif ma'lumotlari asosida yozadi. Tarixiy voqealarga o'z talqinida baho berib, tarixchi-muarrixlar faoliyati yoritib beradi.

Anke fon Kyugelbgenning "Legitimatsiya sredneaziatskoy dinastii Mangitov v proizvedeniyax istorikov (XVIII-XIX vv.)" ("O'rta Osiyo Mangit sulolasining tarixchilar asarlarida legitimlashtirilishi (XVIII-XIX asrlar) asari o'z nomi bilan hukmronlik asoslarining qonuniylashtirilishiga e'tibor qaratilgan bo'lib, ilmiy maqsadini yuqorida keltirilgan barcha bob va paragraflarda faktlar bilan asoslashga erishgan.

Nemiszabon olima hukmronlikni qonuniylashtirishning olti printsipi bo'yicha aniqlashga erishib, ularni ilohiy legitimatsiya, genealogik legitimatsiya, saylovlarni qonuniylashtirish,rolga yo'naltirish orqali qonuniylashtirish, ustun kuchni qonuniylashtirish va normalarni saqlash orqali qonuniylashtirish bo'yicha o'z g'oyalarini amalga oshirgan.

2000 - yildan beri Bern universitetida Islomshunoslik va eng yangi Sharq filologiyasi institutida professor bo'lib, 2000 -yilda Bohumdagi Ruhr universitetida qonuniylik bo'yicha o'rta Osiyoda o'qishni tugatgandan so'ng, Gamburgda taklif etilgan professor va Berlin ilmiy kollejida tahsil olib, 2000 yildan 2021 yilgacha faxriy unvoniga sazovor bo'lgan. Bern universitetining Islomshunoslik va eng yangi Sharq filologiyasi instituti professori bo'lib faoliyat olib borayotgan Anke fon Kyugelbgen Markaziy Osiyo hamda Buxoro xonligi tarixi tadqiqotchisi va yetuk mutaxassisi sifatida "Legitimatsiya sredneaziatskoy dinastii Mangitov v proizvedeniyax istorikov (XVIII-XIX vv.)" ("O'rta Osiyo Mangit sulolasining tarixchilar asarlarida legitimlashtirilishi (XVIII-XIX asrlar) asari yozgan. O'zining yangicha qarashlari bilan tarixga

qiziquvchi keng kitobxon uchun yozilgan tadqiqot ishi uchun muallifga minnatdorchilik bildiraman.

XULOSA

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, Markaziy Osiyo tarixi nemiszabon tarixchilar tomonidan o'rganilganligi tahsinga loyiq. Muallifning yangicha talqin va tadqiqotlari tarixchilarni mutaxassis sifatida shakllanishida muhim o'rin tutadi.Yurtimiz va Yevropa olimlarining ilm-fan yo'lida hamkorligi xalqlar o'rtasida madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.Tavsiya o'rnida Anke fon Kyugelgenning "Legitimatsiya sredneaziatskoy dinastii Mangitov v proizvedeniyax istorikov (XVIII-XIX vv.)" asari rus tilida nashr qilingan bo'lib, keng kitobxon uchun o'zbek tiliga tarjima qilinib nashr etilsa maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Гафуров.Б.Г., Мирошников Л. И.. Изучение цивилизаций Центральной Азии. -Москва. Наука, 126 с.

2. Анке фон Кюгельген. "Легитимация среднеазиатской династии Мангитов в произведениях историков (XVIII-XIX вв.)". Алматы: Издательство «Дрейк-Пресс», 2004 -516 с.

3. Сангирова Д.Х. Бухоро тарихини урганишда A.A. Семёнов тадкикотларининг ахдмияти. // Марказий Осиёда интеллектуал мерос : Анъаналар ва инновациялар. Илмий туплам. - Тошкент, 2018. - Б. 271-274; Уша муаллиф, Аштархонийлар тарихини персонографик жихдтдан урганиш хдкида. Тарих тафаккури. Тарихчи олимларнинг илмий-амалий маколалар туплами. VII жилд. -Тошкент: Янги аср авлоди, 2015. - Б.171-177; Бир сулола шажараси хдкида. Sharq mash'ali. Toshkent davlat Sharqshunoslk instituti ilmiy-uslubiy, ma'rifiy jurnali. -Toshkent, 2018. №2. - B.33-39

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.