Научная статья на тему 'DINIY-MA’RIFIY SHE’RLARNING JANR TAVSIFIGA DOIR'

DINIY-MA’RIFIY SHE’RLARNING JANR TAVSIFIGA DOIR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
768
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
diniy ma’rifiy she’rlar / arba’in an’analari / qayirma / ignabarg / uchchanoq / fiqra / arba’innamo / qit’aiy / religious-enlightenment poems / forty hadith traditions / qayirma / ignabarg / uchchanoq / fiqra. arbainnamo / qitayi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Raimova, Sayyora Zaitovna

Ushbu maqolada istiqlol davridagi diniy-ma’rifiy mavzuda yaratilgan ayrim she’rlar tahlilga tortilgan. Mazkur she’rlarning janr tavsifiga e’tibor qaratilgan. Shuningdek, shoirlarning so‘z qo‘llashdagi badiiy mahorati, lirik qahramon tabiatini ochib berish masalalariga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ON THE GENRE DESCRIPTION OF RELIGIOUS EDUCATIONAL POEMS

This article analyzes some poems created on the religious-enlightenment theme of the independence period. The focus is on the genre description of these poems. As well as the poets artistic skill in word usage, with a focus on revealing the nature of the lyrical protagonist.

Текст научной работы на тему «DINIY-MA’RIFIY SHE’RLARNING JANR TAVSIFIGA DOIR»

DINIY-MA'RIFIY SHE'RLARNING JANR TAVSIFIGA DOIR

Sayyora Zaitovna Raimova,

o'qituvchi, Termiz davlat universiteti Termiz, O'zbekiston [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada istiqlol davridagi diniy-ma 'rifiy mavzuda yaratilgan ayrim she 'rlar tahlilga tortilgan. Mazkur she'rlarning janr tavsifiga e'tibor qaratilgan. Shuningdek, shoirlarning so 'z qo 'llashdagi badiiy mahorati, lirik qahramon tabiatini ochib berish masalalariga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar.diniy ma 'rifiy she'rlar, arba 'in an 'analari,qayirma, ignabarg, uchchanoq, fiqra, arba 'innamo, qit 'aiy.

ABSTRACT

This article analyzes some poems created on the religious-enlightenment theme of the independence period. The focus is on the genre description of these poems. As well as the poets artistic skill in word usage, with a focus on revealing the nature of the lyrical protagonist.

Key words: religious-enlightenment poems, forty hadith traditions, qayirma, ignabarg, uchchanoq, fiqra. arbainnamo, qitayi.

АННОТАЦИЯ

В данной статье анализируется некоторые стихи, созданные на религиозно- просветительскую тему периода независимости. Основное внимание уделяется жанровому описанию этих стихотворений. А также художественное мастерство поэтов в употреблении слов направлено на раскрытие характера лирического героя

Ключевые слова: религиозное просвещение стихов, традиции арбаина, кайирма, игнабарг, уччанок, фикра, арбаъиннамо, китъаий.

KIRISH

Ma'lumki, adabiyotshunos mutaxassislar tomonidan o'zbek mumtoz adabiyotidagi katta va kichik janrlar masalasiga aniqlik kiritilgan. Xususan, ilmi bade, ilmi qofiya va ilmi aruz mumtoz poetikaning asos-negizini tashkil etishini ko'pchilik yaxshi biladi. Zotan, aruz she'riy tizimiga ko'ra har bir mumtoz she'riy

janr ma'lum bir qoliplar, mezonlarga bo'ysunadi. Ammo, XX asr boshlariga kelib, aruz sistemasi o'rnini sillabik she'r tizimi egallay boshladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Istiqlol davridagi adabiyot, xususan, she'riyat jahon adabiyotining ilg'or namunalarini puxta ijodiy o'zlashtirish, janrlararo badiiy uyg'unlashuv hodisasining kuchayishi natijasida yuzaga keldi. Dunyo adabiyotshunosligi tajribalari ta'sirida zamonaviy o'zbek adiblari ijodida yangicha qorishiq usuldagi janrlar yuzaga kelayotganligi borasida olimlarimizning fikrlari e'tiborlidir. Adabiyotshunos olim D. Quronovning fikrlariga ko'ra, jahon adabiyotidan o'zlashgan turg'un she'riy shakllar sonet, rondo, xokku, tanka kabi janrlar bilan birga an'anaviy mumtoz janrlar g'azal, ruboiy, qasida hamda xalq og'zaki ijodiga xos lirik janrlar yor-yor, aytishuv, alla kabi janrlar bugungi o'zbek she'riyatida qo'llanib kelmoqda. Olim ushbu janrlarni shartli ravishda besh asosiy qismga bo'lib tasniflaydi[1,392]. Mazkur tasnifning beshinchisi so'nggi davr ijodkorlari ijodida yuzaga kelgan "individual ijodiy eksperiment tarzida maydonga kelgan janrlar: qayirma (A. Suyun), ignabarg, uchchanoq (A.Obidjon), fiqra (F.Afro'z) va b."[1,393]. Bundan shu narsani anglash mumkinki, globallashuv davridagi mustaqillik davri o'zbek she'riyati sinkretik holatda ravnaq topdi. Bu davrdagi diniy-ma'rifiy mavzudagi she'rlarning janr tavsifi turlichalik kasb etadi. "Mustaqillik davrida she'riyatimizda janr, til va uslub jihatidan ham qator yangil iklar sodir bo'ldi"[2,79]. Avvalo, istiqlol davri o'zbek diniy-ma'rifiy she'riyatini mazmun va shakl mutanosibligida quyidagi ikki turga ajratib olish bir yo'la uning janr tavsifini belgilashda qulaylik tug'diradi:

1.Qirqhadis an'analari aks etgan she'rlar.

2.Diniy-ma'rifiy ruhdagi falsafiy she'rlar.

Dastlabki qirqhadis an'analari aks etgan she'rlar toifasiga Jamol Kamolning "Qirqhadis ilhomi"(2018)turkumi, Abdulla Oripovning "Haj daftari"(1992) turkumi, Shukur Qurbonning "Hikmatlar anjumani" (2016), Anvar Hojiahmadning "Jannat kaliti" (1994), Sirojiddin Sayyidning "Yaxshilik eskirmagay. Qirqhadis" (2008), A'zam O'ktamning "Ikki dunyo saodati"(1998), Nodira Afoqovaning "Muhammad (s.a.v.) dedilar...Arba'in turkumi" (2015), Orif Hojining "Qirqhadis va bir rivoyat"(2008) kabi asarlarini kiritish maqsadga muvofiqdir. Garchi, bu ijod namunalarining ayrimlari shakl jihatidan aynan arba'in an'analariga mos kelmasa-da, hadis mazmunini o'zida mujassam etganligi bilan ahamiyatlidir.

Diniy-ma'rifiy mavzuda yozilgan falsafiy ruhdagi she'rlar sirasiga esa Fozil Zohidning "Sabr guli" (2013) , Mirza Kenjabekning "Xushxabar" (2018), Asqar Mahkamning "Haq" (1998), Abdul Jalilning "Muborak mujdalar" (2004) kabi

143

kitoblaridagi asarlarini kiritish mumkin. Zero har ikkala tasnifning ham o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Qirqhadis an'analari sharq mumtoz adabiyotiga xos an'anaviy arba'inlar asosidagi, aksariyati shakl jihatidan ham barmoq vaznining to'rtlik janrida vujudga kelgan badiiyat namunalaridir.Ular mazmuniy jihatdan, ya'ni aniq bir hadisni she'rga solingani e'tiboridan mumtoz she'riyatdagi arbain janriga yaqin turadi. Ammo shakliga ko'ra ba'zan to'rtlik, oltilik, sakkizlik va undan ham kattaroqhajmga ham ega. Deylik, Abdulla Oripovning "Haj daftari" turkumiga kirgan ko'pgina she'rlar uchta to'rtlikdan tarkib topgan o'n ikki misralik she'rlar ekani kuzatiladi. Diniy-falsafiy ruhda yozilgan ikkinchi toifa she'rlar, asosan, manzumalar va boshqa ijtimoiy-tarixiy, axloqiy-didaktikmazmuni bilan alohida ajralib turadi. Bu tip she'rlarda voqeabandlik ham ko'rinadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Birinchi toifa she'rlarini arbainnamo deb atash maqbulroq holat, negaki bu she'rlar aynan arba'in janriga da'vo qilmaydi. Shu o'rinda adabiyotshunos Tohir Shermurodovning bu boradagi fikrlari o'rinlidir: "Ma'lumki, hadislarning kimdan, qachon marviy bo'lganligi, qanday sharoitda aytilganligi so'zlarning ketma-ketligiga, umuman, matnning qat'iyligi, aynanligi va o'zgarishsizligiga o'ta jiddiy ahamiyat berib kelingan. Xotirasi sustroq, zehni pastroq kishilarning rivoyat qilganlari sahihhadislar tarkibiga qabul qilinmagan.Islom ahli hadislarni so'zma-so'z o'rgangan va yod olgan. Buzib talqin qilishga yo'l qo'yilmagan. Vaholanki bu singari fazilat-taqozolarning barchasini she'rda mukammal qamrab olib, saqlab qolib bo'lmaydi. Ularni atroflicha o'zida mujassamlay olgan she'rning ham "hadis" maqomini ololmasligi aniq. Demakkim, ayni yo'nalishdagi she'rlarimiz turkumini "hadis" deb atamog'imiz erish, g'alati tuyuladi. Go'yo she'rlarning hadislikka da'vogarl igidek noxushroq taassurot uyg'otadi, nokamtarlikdek ko'rinadi"[3,36].

Tadqiqot ob'ekti sifatida olingan shoirlardan birinchi toifaga mansublari ichida faqat Abdulla Oripov, Sirojiddin Sayyid va A'zam O'ktam ijodidagi hadis ma'nolari singdirilgan she'rlar janr tavsifi nuqta'i nazaridan to'rtlikdan katta hajmda yozilgan. Jamol Kamol, Shukur Qurbon, Anvar Hojiahmad, Nodira Afoqova, Orif Hojilar esa to'rtlik janrida ijod qilishgan.

Mustaqillik davridagi irfoniy mavzudagi she'riyat takomilida Shukur Qurbonning o'rni beqiyos. "Hadislar asosidagi qirq she'rini Shukur Qurbon barmoq vaznining to'rtlik janrida yozdi"[3,35]. Uning ijodida to'rtlikning rang-barang qofiyalanish turlarini uchratish mumkin:

Ey musulmon, istasang gar sog'lik-omonlik,

Sadaqa qil, kamroq kelur rangi somonlik.

144

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

Turlari ko'p sadaqaning, savob-ajming, Hech bo'lmasa odamlarga qilma yomonlik[4,32].

Agar inson yaxshilik qilolmasa, yomonlik qilmasligi ham sadaqaning bir turi ekanligini uqtirgan ushbu to'rtlik "omonlik", "somonlik", "yomonlik"kabiohangdosh so'zlari orqali a-a-b-a tarzida qofiyalangan. Shoir to'rtlikning yana bir a-b-a-b tarzidagi qofiyalanish tartibidan ham unumli foydalanadi: Yig'ilgan ilmni yashirmak - xato, Chatoq erur xasis olim ishlari: La'natlaydi uni har narsa, hatto Dengiz baliqlari, osmon qushlari[4,35].

Dinimizda olimning ilmni tolibga berolmagani fosiqlik va g'ofillikka tenglashtiriladi.

Anvar Hojiahmadning "Jannat kaliti" she'riy to'plami turli mavzulardagi hadislarning to'rtlik shakliga solingan badiiy talqinlaridan tarkib topgan. Shoir ushbu hadislarning "Muhammad payg'ambar qissasi, hadislar"(1991) kitobidan olinganini va bu iqtiboslarning shu kitobdagi joylashish raqamini, deylik "Balo gapirilgan so'zga bog'liqdir (337)" tarzida keltiradi: So'z borki, dardlarga shifo keltirur, So'z borki, boshlarga balo keltirur. So'zingni o'ylamay so'zlama hargiz, Yomon so'z oxiri jazo keltirur[5,40].

Ko'rib turganimizdek, to'rtlikning qofiyalanish tartibi a-a-b-a tarzida, biroq 333 hadis ma'nosi singdirilgan to'rtliklarning barchasi ham bir xil qofiyalanish tartibiga ega emas. To'plamda a-b-a-b tarzidagi qofiyalanish tartibiga ega she'rlar ham uchraydi.

"Yolg'on guvohlik beruvchi kishini qadami qo'zg'almasidan avval Alloh unga do'zax o'tini vojib qiladi" (4,97)

Yolg'on guvohlikdan azim gunoh yo'q, Kimki jur'at etsa, joyi do'zaxdir. Yolg'onchi - hayotdan benasib mahluq, Qilmishi jirkanchu chehrasi yaxdir[5,46].

Anvar Hojiahmad yozgan to'rtliklarda Rasululloh (s.a.v.) hadislarining mohiyati qisqa va lo'nda o'z ifodasini topgani bilan diqqatga sazovor, albatta.Nodira Afoqovaning "Muhammad (s.a.v.) dedilar...Arba'in turkumi" hammumtoz sharq she'riyatidagi arba'inchilik an'analari asosida yozilgan to'rtliklar tarzida tuzilgan 40 hadisni sharhlagan ijod namunalaridir. O'n bir bo'g'inli barmoq

Scientific Journal Impact Factor

vaznida yozilgan, a-b-a-b qofiyalanish tartibiga ega quyidagi to'rtlik "Yaxshilikni qalbi qattiq kimsalardan kutmaslik" haqida: Biz-ku yaxshilikka zormiz erta-kech, Balki, biror holdan zada edilar. Shundanmi, "Ummatim, yaxshilikni hech Qalbi qattiqlardan kutmang" dedilar[6]. Yoki:

Yomonlikni qaytar qo'l bilan, derlar, Imkoni bo'lmasa - til bilan, derlar. Tahlika ostida qolsa hayoting, Qarshi tur, hech yo'qsa, dil bilan derlar[6].

"Yomonlikni qaytarmoq shart" hadisining mazmuni bilan sug'orilgan yuqoridagi to'rtlik ham o'n bir bo'g'inli barmoq vaznidagi "qo'l", "til", "dil" kabi so'zlar vositasidagi a-a-b-a tarzidagi qofiyalanish tartibiga ega she'rdir. Shuni ta'kidlash lozimki, Nodira Afoqova ijodidagi qirqhadis mazmuni bilan sug'orilgan, ixcham janrda yaratilgan bu to'rt misrali she'rlarning barchasi o'n bir bo'g'inli bo'lib, 6+5 turoqlanish tartibiga ega.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Umuman olganda, diniy-ma'rifiy mavzuda yozilgan she'rlarning janriy xususiyatlariga baho berishda g'arb va sharq she'riy shakllarining o'ziga xos ilmiy-nazariy asoslari bilan yondashish yaxshi samara beradi.To'rtliklar, sakkizliklar bu mavzuda yozilgan she'rlarning janriy xususiyatlariga ko'proq mos kelishi kuzatildi.

REFERENCES

1. Куронов Дилмурод. Адабиёт назарияси асослари. - Т.: "Академнашр", 2018.

2. Сайдулла Мирзаев. ХХ аср узбек адабиёти. - Т.: "Янги аср авлоди", 2005.

3. Шермуродов Т. Жозиб изхор излаб. -Т.: Алишер Навоий номидаги Узбекистан миллий кутубхонаси нашриёти, 2009.

Шукур Курбон. Х,икматлар анжумани. - Т.: "Мовороуннахр", 2016.

4. Хржиахмад, Анвар. Жаннат калити: Мухаммад алайхиссаломнинг 33 масаладаги 333 хадисларига 333 шеърий иктибос. .- Т.: "Чулпон" 1994.

5.Афокова Нодира. Мухаммад (с.а.в.)дедилар...Арбаъин туркуми www.ziyouz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.