Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
DOI : 10.24412/2992-9024-2024-1-25-33
© J.T.Yarashev 1B_
1Buxoro davlat pedagogika instituti, Buxoro
Annotatsiya
KIRISH: mazkur maqolada islomda musiqa va tarbiya, musiqaning jumladan maqomlarimizning inson ongiga ta'siri, tarbiya kuchi haqida ma'lumot berib o'tiladi. Sharq allomalarimiz hamda islom dini targ'ibotchilari musiqa va musiqaning tarbiyaviy ahamiyati haqidagi fikrlari tahlil qilingan.
MAQSAD: ulg'ayib kelayotgan yosh avlodni milliy kuy-qo'shiqlarimiz yordamida tarbiyalash, ularning islomiy dunyo qarashida musiqaning ahamiyati hamda tarbiyashdir.
MATERIALLAR VA METODLAR: musiqa ilmida yosh avlodni musiqaga o'rgatish bilan bir qatorda islom dinida musiqaning o'rni, bugungi kunda maqomlarimizning ilohiy kuchga ega ekanligi hamda maqomlarda ta'lim, tarbiya, ollohga muhabbat g'oyalari mujassamligi, olib borilgan ilmiy tadqiqot davomida musiqa hamda islomning umume'tirof etilgan qonuniyatlari, prinsiplariga asoslanganligi, buyuk allomalarimizning manbalarining tahlillari asosida aniqlanishi hamda bu jarayonning mazmuni, amaliy asoslari, ularning samaradorlik darajalari eksperimental tadqiqotlar natijalariga asoslangan ilmiy xulosalar ishlab chiqilganligi bilan ta'minlangan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: islomda musiqa va tarbiyaga oid musiqiy risolalar yozgan Ularni Kindiy, Forobiy, Ibn Sino, Urmaviy, Marog'iy, Jomiy, Husayniy, Kavkabiy, Darvesh Ali Changiy kabi ma'lum va mashhur olimlar musiqa - ilohiy ne'matdir, uning yaralishi - inson ruhidagi harakatning namoyon bo'lish hodisasi to'g'risida fikrlar, o'quvchilarda musiqa orqali ta'lim-tarbiyaning shakllantirish, musiqaga bo'lgan munosabat masalasida musulmonlar orasida ayrim ixtiloflar mavjudligi, bu borada islom olimlarining xulosalari, o'quvchilarni maqom kuy-ashulalarini o'rgatish orqali ularda musiqiy didni shakllantirish doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqilganligi bilan belgilanadi.
XULOSA: Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki musiqa haqidagi ushbu da'volarni hamma holatlar uchun mutlaq deb bilmaslik kerak. Musiqa tinglash umumiy holda muboh. Lekin u gunoh amallar, faxsh ishlarga ibtido, vosita qilinsa - haromdir.
Kalit so'zlar: Avesto, musiqa, din, ijmo, qiyos, san'at, madaniyat, shaxs, nafislik, badiiy did, milliy g'urur.
Iqtibos uchun: Yarashev J. T. Islomda musiqa va tarbiya// Inter education & global study. 2024. № 1. Б. 25-33.
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal
Научно-теоретический и методический журнал ISSN 2992-9024 (online)
Scientific theoretical and methodical journal
2024, №1
Original paper INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
МУЗЫКА И ВОСПИТАНИЕ В ИСЛАМЕ_
© Ж.Т. Ярашев 1Н
1 Бухарский государственный педагогический институт, Бухара_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье представлена представлена информация о музыке и образовании в исламе, влиянии музыки, включая наши статусы, на человеческое сознание, а также о силе образования. Проанализированы мнения наших восточных учёных и пропагандистов ислама о музыке и воспитательном значении музыки.
ЦЕЛЬ: воспитание подрастающего молодого поколения с помощью наших национальных песен - это важность музыки и образования в их исламском мировоззрении.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в музыкальной науке, помимо обучения молодому поколению музыке, роль музыки в исламской религии, то, что наши макамы обладают божественной силой и в макамах воплощены идеи образования, воспитания, любви к Богу, во времена проводимые научные исследования, музыка и ислам в целом основаны на признанных законах и принципах, определенных на основе анализа источников наших великих ученых, а содержание, практические основы и уровни эффективности этого процесса обеспечиваются выработка научных выводов на основе результатов экспериментальных исследований.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: известные ученые, такие как Кинди, Фараби, Ибн Сина, Урмави, Мароги, Джами, Хусайни, Кавкаби, Дарвеш Али Чанги написали музыкальные трактаты о музыке и образовании в исламе.Музыка - это божественное благословение, ее создание происходит в мыслях человеческого духа о проявление движения, формирование воспитания и обучения у учащихся посредством музыки, наличие некоторых разногласий среди мусульман по поводу отношения к музыке, выводы исламских учёных по этому поводу, обучение учащихся исполнению песен макама. предложения и рекомендации по формированию у них музыкального вкуса посредством обучения.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: В заключение, эти утверждения о музыке не следует воспринимать как абсолютные для всех ситуаций. Прослушивание музыки в целом разрешено. Но если оно используется как инструмент для греховных поступков, безнравственных поступков, то это запрещено.
Ключевые слова: Авеста, музыка, религия, иджма, сравнение, искусство, культура, личность, элегантность, художественный вкус, национальная гордость.
Для цитирования: Ярашев Ж.Т. Музыка и воспитание в исламе. // Inter education & global study. 2024. № 1.С. 25-33.
MUSIC AND EDUCATION IN ISLAM_
© Jurabek. T. Yarashev1® 1 Bukhara State Pedagogical Institute, Bukhara
© https://iegs-scientificjournal.vercel.app/ 2024, EDITION 1
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Annotation
INTRODUCTION: the article provides information about music and education in Islam, the influence of music, including our statuses, on human consciousness, as well as the power of education. The opinions of our Eastern scientists and propagandists of Islam about music and the educational value of music are analyzed.
AIM: educating the rising young generation through our national songs is the importance of music and education in their Islamic worldview.
MATERIALS AND METHODS in musical science, in addition to teaching music to the younger generation, the role of music in the Islamic religion, the fact that our maqams have divine power and the maqams embodied the ideas of education, upbringing, love of God, in times of scientific research, music and Islam in general are based on recognized laws and principles, determined on the basis of an analysis of the sources of our great scientists, and the content, practical basis and levels of effectiveness of this process are ensured by the development of scientific conclusions based on the results of experimental research.
DISCUSSION AND RESULTS: famous scholars such as Kindi, Farabi, Ibn Sina, Urmavi, Marogi, Jami, Husaini, Kawkabi, Darvesh Ali Changi wrote musical treatises on music and education in Islam. Music is a divine blessing, its creation occurs in the thoughts of the human spirit about the manifestation movements, the formation of education and training in students through music, the presence of some disagreements among Muslims regarding the attitude towards music, the conclusions of Islamic scholars on this matter, teaching students to perform maqam songs. suggestions and recommendations for developing their musical taste through training.
CONCLUSION: In conclusion, these statements about music should not be taken as absolute for all situations. Listening to music is generally permitted. But if it is used as a tool for sinful acts, immoral acts, then it is prohibited.
Key words: Avesta, music, religion, ijma, comparison, art, culture, personality, elegance, artistic taste, national pride.
Insoniyat paydo bo'lganidan e'tiboran uning tarixiy jarayoni doimiy ravishda tarbiya muammosini hal qilish bilan bog'liq ekaniga guvohlik beradi. Chunki, inson hayoti, mazmuni, turmush tarzi, madaniy farovonligi tarkibiga Vatan ravnaqi, jamiyat taraqqiyoti asosida tarbiya turadi.
Ulg'ayib kelayotgan yosh avlodni milliy kuy-qo'shiqlarimiz yordamida tarbiyalash, ularning islomiy dunyo qarashida musiqaning ahamiyati hamda tarbiyashdir.
For citation: Jurabek. T. Yarashev. (2024) 'Music and education in islam', Inter education & global study, (1), pp. 25-33. (In Uzbek).
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Eramizgacha bo'lgan 589-512 yillarda Zardushtiylar tomonidan yozilgan pandnoma - "Avesto"da shunday nasihat qilinadi: "Tarbiya hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo'lib hisoblanishi lozim".1
Barchamizga ma'lumku musulmonlarning muqaddas kitobi bo'lmish Qur'oni Karim va Hadislarda barkamol inson tarbiyasiga katta e'tibor berilgan. Tarixiy manbalardagi dalillardan yana shuni anglash mumkinki, tarbiya masalasi insoniyatning umri davomida asosiy falsafiy-axloqiy, madaniy-ma'rifiy burch hamda vazifa bo'lib kelgan va shunday bo'lib qolmoqda. Zero, tarbiyasiz hech qanday rivojlanish va taraqqiyotni tasavvur qilib bo'lmaydi.
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng prezidentimiz, hukumatimiz, jamiyatimiz ziyolilari va olimlarining diqqat-e'tibori milliy qadriyatlar hamda madaniyatni qayta tiklash, ta'lim-tarbiya tizimini isloh qilish, milliy tarbiyani tog'ri yo'lga qo'yishga qaratildi.
Darhaqiqat, tarbiya milliy qadriyatlarimiz, madaniyatimiz va xalq an'analari ta'siri ostida samarali bo'ladi, ma'naviy-axloqiy barkamollikka erishiladi. Mamlakatimiz mustaqilligi yillarida siyosiy, ijtimoiy va ma'naviy sohalarda tub islohotlar amalga oshirila boshlandi. Xalqimiz hayotining yangi bosqichi olamshumul o'zgarishlari, muvaffaqiyatlari, o'zining g'oyalari bilan dunyo xalqlari tomonidan hanuzgacha yuksak baholanib kelinmoqda.
Islomda san'atga, musiqaga nisbatan munosabat haqida fikr yuritishda qalamkash Nafas Shodmonovning "Tafakkur" jurnalida e'lon qilingan "Musiqa - uyg'onish demak" nomli maqolasini to'laligicha keltirishni, lozim deb bildik. Zero maqolada biz ko'targan mavzu xolisona ham ijobiy, ham salbiy munosabatlar mushtarakligida asosli bayon etilgan.
Milliy madaniyatimiz islomiy g'oyalar bilan chambarchas bog'lanib ketgani sir emas. Binobarin, uning muhim bir qirrasi - musiqa hamda musiqa ilmining qadimiy an'analarini bor jozibasi, bo'y-basti bilan tiklashda islomni chetlab o'tib bo'lmaydi.
Istiqlol sharofati bois diniy erkinliklardan bahramand bo'layotgan xalqimiz endi musiqaga nisbatan qanday munosabatda bo'lish lozimligini ham bilishi darkor. Bu ma'lum ma'noda islomiy ta'lim ko'rgan yoki shu dinga e'tiqod qo'ygan ba'zi yoshlarimiz tarbiyasida ayniqsa, zo'r ahamiyat kasb etadi.
Ma'lumki, tarixda musiqaga munosabat masalasida musulmonlar orasida ayrim ixtiloflar mavjud bo'lgan. Bu borada islom olimlarining xulosalari taxminan quyidagicha: a) har qanday musiqaning ijrosi va istimosi (tinglanishi) mutlaqan harom hukmida; b) qurollar bilan kuylash va o'ynash (raqsga tushish) harom qolganlari muboh2 hukmida; v) mutlaqo muboh;
g) mubohgina emas, balki mustaxab hukmida.
Ushbu nuqtai-nazarlar sohiblarining har biri fikrining isbotu dalillarini aytadi va muxoliflari keltirgan gaplarni rad etadi. Albatta, bahsda taraflar nima qilib bo'lsa ham yutib chiqishga urinadilar, bu urinishlar ko'pincha hayajon, jazava bilan uyg'unlashadi va
1 O'zbek pedagogikasi antalogiyasi. 1-jild, (tuzuvchi-mualliflar: K.Hoshimov va S.Ochil). -T., "O'qituvchi", 1995 yil. 30-35 betlar.
2 https://uz.wikipedia.org/wiki/IVI uboh
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
shubhali asoslarning ham dalillar sirasiga kirib kelishiga sharoit tug'diradi. Shuning uchun ham bu masalaga jiddiy yondashish, dalillarni tahlil etishda ularning eng ishonchlilarini asos qilib olish lozim. Shuning uchun, ba'zi olimlarning aqli asoslangan ijtixodiga, xususiy fikrlariga tayanib, jami islom ahli bilan muxolifatga borishi xayrli oqibat emas. Olloh har bir xilqatni yaratar ekan, uning sirli botinidan albatta, zoxirida nishonalar bergan. Bu nishonalar uning quvvati, qobiliyati, ehtiyoji kabi ma'naviy omillardan dalolatdir. Inson ana shunday nishonalaridan ba'zilarini hamisha bo'rttirib ko'rsatishga, ayrimlarini esa pinhon tutishga intiladi. Musiqa ana shunday sirli nishonalardan biridir. Uni bo'rttirish yoki pinxon tutishda ham shubhasizki, qandaydir hikmatbor.
Mashhur adib Chingiz Aytmatov musiqaga bunday ta'rif beradi: "Hayot, o'lim, muhabbat, shavqat va ilhom - hammasini musiqa aytadi, zotan, biz musiqa vositasida eng oliy hurlikka erishamiz, bu hurlik uchun esa ongimiz yorishgan zamonlardan to hozirgacha - butun tariximiz davomida kurashganmiz, lekin unga faqat musiqa vositasidagina yetishganmiz. Fakat musiqagina zamonlarga xos aqidalarni yengib o'tib, mudom kelajak sari intiladi...". Bu ta'rif Jaloliddin Rumiy asos slogan mavlaviya taraqqiyoti g'oyalarini to'ldirgandek bo'ladi: "Dunyoda hech narsa musiqiy va raqs yanglig' inson ruhining yashirin quvvatlarini oshkor etolmas, musiqiychalik uni mayda-chuyda turmush tashvishlaridan xalos etib, o'z ruhiy olami sari boshlay olmas... Musiqa xotin kishiga o'xshaydi. Uni cho'ri deb istefoda etarkansiz, o'zingizda insonni uxlatib, hayvonni uyg'otasiz. Lekin uni sevishingiz, unga birikib, bir to'lqinda oqishingiz, shu yo'sinda ruhiyatingizdagi chin insoniy mohiyatni uyg'otish uchun ilk qadam qo'yishingiz ham mumkin... Samo-uyg'onish...".
Bu iqtiboslar islomiy hukmlar uchun yetarli darajada ishonchli hujjat hisoblanmasa-da, inson xilqatiga xos xususiyatlarni oydinlashtirish nuqtai-nazarida qimmatlidir. Asosiy hujjat sifatida esa, Qur'oni Karim oyatlari, hadis, ijmo va qiyosni tan olamiz. Mabodo ulardan birida dalolat mavjud bo'lmasa, ikinchisida bo'lmasa, uchinchisidan izlanadi. Qur'oni Karimda musiqani eshitish mumkin yoki mumkin emas degan oyat yo'q. Ba'zi olimlar mutashobix oyatlardan xulosa chiqarmoqchi bo'ladilar. Ammo bu maqbul ish emas. Chunki, "Oliy Imron" surasining 7-oyatida bunday deyiladi: "U sizga kitob nozil qilgan zotdirki, u (kitobdan) shu kitobning asl mohiyati bo'lgan muxkam aniq-ravshan oyatlar ham va boshqa (qiyomat, jannat, do'zax va hokazolar haqidagi) mutashobix - tushunish qiyin bo'lgan oyatlar ham o'rin olgandir. Endi dillardagi haq yo'ldan og'ish hissi bo'lgan kimsalar odamlarni aldab fitnaga solish va o'z havoyi nafslariga muvofiq tavil-tavsir qilish uchun uning mutashobix oyatlariga ergashadilar. Holbuki, unday oyatlarning tavilini yolg'iz olloh bilur...".
Musiqa ohanggini tinglash harom degan davoni aql bilan isbot qilib bo'ladimi? Yoki, bunga shariy dalil bormi? Fatvo kitoblarida keltirilgan fikrlar sira dalil bo'lolmaydi. Shuning uchun taxmin yoki "falon olim unday degan" kabi naqllar, rivoyatlar kofiy emas. Yuqorida aytganimizdek, oyat yoki hadis kabi qat'iy dalil keltirmas ekan, nimaga asoslanib musiqani harom deyish mumkin?
Masruh, Ibrohim, Nax'iy, Solim ibn Abdulloh, Hasan Basriy, Umar ibn Shu'ayb, Abdulloh ibn Umar, Sa'd ibn Abu Vaqqos, Abdulloh ibn Mas'ud kabi olimlar she'r va musiqani makruh deb takidlagan bo'lsalar, Imom Buxoriy, At-Termiziy va Abu Muslimning
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
saxix hadislarida, Omir ibn Sa'd, Abu Xanifa, Molik, Shofi'iy, Ahmad, Sa'iyd ibn al-Musiyb, Abu Yusuf, Abu Ubayd, Rizouddin ibn Faxriddin kabi bir talay allomalar asarlarida musiqa ohangini tinglash bezararligi aytib o'tilgan.
Imom Buxoriyning "Al-Jomi' as-Saxix" (Ishonchli to'plam) kitobining 3-jildida quyidagi ikkita hadis bor: "Rabi' binti Muavviz ibn Afro' (payg'ambarimizning zavjai poklaridan) rivoyat qiladilar: "Janob Rasululloh menga qo'shilmoq bo'lib huzurimga kirganlarida, hozir sen o'tirganingdek to'shagimga o'tirdilar. Joriya qizlarimiz doira chalib, Badr g'azotidan shaxid bo'lgan ota-bobolarim haqida, yig'lab kuylay boshladi". Ulardan biri: "Bizning oramizda payg'ambar hozirlar, u zot ertangi kundan boxabarlar", - deya, kuylar edi. Shunda u zot: "Bu qo'shig'ingni bas qilgin, avvalgi qo'shig'ingni aytavergil!", - dedilar. Hishom ibn Urva rivoyat qiladilar: "Oysha Roziyallohu anho bir kelinni bir ansoriy kuyovning huzuriga kuzatib qo'ydilar". Janob Rasululloh: "Ey Oysha, musiqa chalib o'yin-kulgi bilan kuzatib qo'ydinglarmi? Ansorlar musiqa chalib o'yin-kulgi qilishni xush ko'radilar", - dedilar.
Bu ikki hadisda musiqa tinglash man qilinmaydigina emas, balki o'yin-kulgiga targ'ib ma'nosi bor. Rasulullohning iyd kuni Oysha onamizga musiqa tinglashni man qilmaganlari to'g'risida ham hadis borligi ma'lum. Xo'sh, unda musiqani harom deyishga sabab nima? Bunga hajv, hazil hamda sharmsiz so'zlarni so'zlashga musiqa bir vosita bo'lish mumkinligi, musiqa mavzun va sajli bo'lib, unda lazzatbaxshlik xususiyati mavjudligi, aksar san'atkorlar davosida bo'lgan kishilarning tarjimai hollarida ko'pincha qusirlar bo'rtib turishi kabi ehtimollar asos bo'lgan.
Keling, endi ushbu ehtimollarni tahlil qilib ko'raylik.
Hajv, hazil yoki sharmsiz so'zlarni so'zlashga musiqa vosita bo'lmasligi ham mumkin. Shuning uchun hajv va hazilni sharmsiz so'zlar qatorida tushunish unchalik to'g'ri emas. Rizouddin ibn Fazriddin: "Javomi' ul-Kalim sharxi"da "Inna minal-bayoni sehran va inna mina-sh-she'ri xikaman" (ma'nosi: ba'zi bayonda (nutqda) sehr (jalb etish) va ba'zi she'rda hikmat bor) hadisni sharhlar ekan, she'rdan ko'ra nasrda hajv, faxsh so'zlarning ko'pligi, agar bunday so'zlar sababli she'r harom bo'lsa, yaxshisi, gapirmay jim turish lozimligini ta'kidlagan.
Mavzun va sajli narsalarni ham harom deyishga asos yo'q. Mavzun va sajli she'rlar Rasululloh huzurida ko'p bor o'qilgan. Rizouddin ibn Faxriddin Termiziy bunday rivoyat qiladi: "Rasululloh majlislarida yuz martadan ziyod ishtirok etdim. Bu majislarda sahobalar she'r o'qib, joxiliyat davridagi voqealardan muzokara qilardilar. Rasululloh ularni tinglar va ko'pincha tabassum qilib o'tirar edilar". Sadxixi Buxoriydan ko'chirilganligiga ko'ra, Rasululloh Xison ismli shoirga: "Yana o'qi, Jabroil farishta sening birla barobardur", - degan ekanlar. Muhammad Alayxissalomning bir shoirni Jabroildek ulug' farishtaga tenglashtirishlari hazil gap emas.
She'r - boshqa, kuy - boshqa degan fikrda yurgan kishilar mumtoz arab she'riyatining salmoqli qismi aruz vaznida yozilganidan, ehtimol bexabardirlar. Aruz vaznida bitilgan she'rlar misralardagi hijolarning miqdori bilangina emas, balki ularning sifati, ya'ni cho'ziq va qisqaligi bilan ham xoslanadi. Cho'ziq-qisqa xijolarning bir xilda - muayyan nizom asosida takrorlanishi ohangdorlikni vujudga keltiradi.
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Ko'p asrlar mobaynida she'riyatimizni aruz vazni yetakchi o'rin tutib keldi. O'tgan asrlarda, hatto yaqin o'n yilliklargacha bu vaznda yozilgan bayozlarning o'ziga xos o'qilishi an'anasi mavjud edi. 70-yillarning boshlarida anashunday an'anaga muvofiq she'rxonliklar o'tkazilgan bo'lib g'azallar, masnaviylar, murabba va muxammaslar shunday jozib ohanglar bilan o'qilardiki, muhlislar ko'zda yosh bilan tinglar edi. Ular she'rxonlikdan keyin ham allaqanday kuylarni emas, purma'no baytlarni xirgoyi qilib yurardilar. Bunday she'rxonliklarning ildizi Rasululloh davrlaridan boshlanmaganmikan? Axir, bizning mumtoz she'riyatimiz arab she'riyati ta'sirida vujudga kelganiga shubha yo'q-ku!
Demak, she'r ham, kuy ham mavzun (muayyan vaznli) ularning biri harom, biri mubox bo'lishi mumkin emas. Qolaversa, Olloh taolo bir talay parrandalarni ham mavzun va sajli kuylaydigan qilib yaratgan.
Lazzatbaxshlik haqida shuni aytish mumkinki, islom dini hamma lazzatli narsalarn harom qilmagan. Masalan: uyqu kishiga lazzat baxsh etib, ruxni ma'lum vaqt g'aflatga tutadi. Lekin inson uyqusiz yashay olmaydi. Boshqa ba'zi lazzatbaxsh holatlar ham shunday. Binobarin, ularning barchasi birday harom emas. Demak, bu boradagi da'volar ham asossizdir.
San'atkorlik da'vosida bo'lgan aksariyat kishilarning tarjmai hollarida qusur bo'lishi ham musiqani harom deyishga sabab bo'lolmaydi. To'g'ri, bu qavm orasida hayotga yengil qarovchilar boshqa kasbdagilarga nisbatan ko'proq uchrab turadi. Biroq buni xudosizlik tarbiyasi oqibatidagi bir hol deb qarash joiz. Ayni paytda iymonli, ilmli musiqashunoslar ham ko'pligini unutmasligimiz lozim.
Islom hukmron bo'lgan Sharq mamlakatlarida bir necha asr davomida yuzlab musiqiy risolalar yozildi. Ularni Kindiy, Forobiy, Ibn Sino, Urmaviy, Marog'iy, Jomiy, Husayniy, Kavkabiy, Darvesh Ali Changiy kabi ma'lum va mashhur olimlar yaratdilar. Ularning ta'kidlashicha, musiqa - ilohiy ne'matdir, uning yaralishi - inson ruhidagi harakatning namoyon bo'lish hodisasidir. Hali hech narsaga aqli yetmaydigan go'dakka alla eshitishga moyillik bo'lishi yoki musiqa eshitishi bilan oyoq-qo'llarini silkita boshlashi o'sha hodisadan darak.
Shu o'rinda taniqli olim Isxoq Rajabovga shoir Zokirjon Habibiy so'zlab bergan bir rivoyat esga tushadi.
Qadim zamonlarda bir podshoning merosxo'ri bo'lmagan ekan. Lekin dono vaziri bor ekan. U yangi podshoning taxtiga o'tirishi saroyda katta janjalga sabab bo'lishini bilar ekan. Shuning uchun shaharga jarchi qo'ydirib, podsho o'lgan kuni tug'ilgan o'g'il bolalarni saroyga yig'diribdi. So'ngra huzuriga sozandalarni chorlashni buyuribdi. Bolalar yig'lay boshlagan onda musiqa chaldirib, mulozimlarga yig'idan birinchi to'xtagan bolani tanlab berishni so'rabdi. Taklif ado etilibdi. Vazir ayonlarga murojaat etib: "Shu go'dak podsho bo'ladi. Chunki bu bolada tug'ma his-tuyg'u bor. Bola ulg'aygach, aqlli, xalq ahvolini, uning arzu dodini ziyraklik bilan his qiladigan odil podsho bo'ladi", - debdi. Yana ayrim bir rivoyatlarga qaraganda, inson tanasiga jon musiqa sadolari vositasida jo etilgan ekan. Albatta, bir qarashda bu gapga ishonish qiyinroqdek tuyuladi. Lekin qiyomat kuni barcha o'lik maxluqlar Isrofil farishta suri sasi ostida qayta tirilishiga hujjat bor: "Va nufixa fis-suri faizaxum mina-l-ajdasi ila robbixim yansilun". (Ma'nosi: qiyomat soati kelib farishta
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Isrofilning suri chalinishi bilan banogox ular, qabrlaridan parvardigorlari (huzuriga hisob-kitob uchun) sug'urilib chiqurlar). "Yosin" surasi, 51-oyat. Oyatdagi "Nufixa" kalimasi majxul nisbatdagi "puflanmoq" ma'nosini bildiradi. Puflab chalinadigan asboblar qadimda "zavotu-n-nafx" deb atalgan. Mantiqan ma'lum bo'ladiki, surga puflab o'lik tanlarga jon ato qilinar ekan.
Abduraxmon Jomiy musiqani man etuvchilarga aynan shuni ishora qiladi: Ma'ni samo'ki mikunad-faqih, G'ofil az sur va nufixat fih.
Ma'nosi: Ey fahih, samoni man qiluvchilar sur va unga puflanishidan g'ofildir.
Darhaqiqat, musiqaning harom qilingani to'g'risida Qur'on yoki hadisda dalil yo'q. Mashhur mazhablarning peshvolari ham bunga qat'iy hukm aytmaganlar.
Rasulullohning to'y va iydlarda musiqani man etmay, uni targ'ib etgani haqiqat ekan, uni harom deyishga asos yo'q. Islom dini peshvolari ham musiqaga hayrihoh bildirganlar. Ulardan Abdulloh Dehlaviyning faoliyati, ayniqsa, ul zotning "Taxiku-s-samo'" asari bilan musiqa homiysi sifatida namoyon bo'lishi diqqatga loyiq. To'g'ri, u musiqaning hamma turini yoqlamaydi. Olimning fikricha, musiqa dunyoviy ayshu ishratlar doirasida bo'lar ekan, u haqiqatdan inson ruhini g'aflat va befarqlikka cho'lg'aydi. Ogohlikdan benasib etadi. Dehlaviyga ergashgan ulamolar nazdida "ayshu ishrat sozi - shaytonning namozidir".
Samarqandda dinning ustunlaridan biri deb nom olgan mashhur so'fiy Xoja Ubaydulloh Axror dargohida bir talay musiqa ixlosmandlari bo'lgani tarixdan ma'lum. Darvesh Ali Changiy o'zining "Tuxfatus-surur" deb nomlangan risolasida bir necha musiqashunoslar, jumladan, Darvesh Axmad Qonuniy, Sulton Axmad, Mavlono Xisobiy kabi zotlar Xoja Ubaydulloh Axror dargoxida Jaloliddin Rumiy, Qosim Anvar singari shoirlarning she'rlariga kuy bastalab, nash'u namo topgani haqida to'xtaladi.
Bahouddin Naqshband tariqatida bo'lgan ba'zi olimlar, masalan, So'fi Ollohyor "Quloq bergan tag'anniyu navoga, ko'ngil bergay havas birlan havoga" deya samoga muxtalif so'z aytsa ham, mashhur mutasavvufning o'zi kuy tinglagani zikr etilgan manbalar anchagina. Alisher Navoiy "Nasoyim-ul muhabbat" asarida zikr qilinishicha, avliyo Xirmoniy: "Rubob uni - bexisht eshigining kaliti", - degan ekanlar.
Xoja Axmad Yassaviyning zikrlari haqida ham shunday fikrlar aytish mumkin.
Genri Jorj Farmer "Arab musiqasi manbalari", - degan kitobida arab musiqasi iborasini, islom musiqasi iborasi bilan birga ishlatadi. Demak, xalqaro tushunchalarda ham islom musiqaga qarshi deb qaralmaydi.
Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki musiqa haqidagi ushbu da'volarni hamma holatlar uchun mutlaq deb bilmaslik kerak. Musiqa tinglash umumiy holda muboh. Lekin u gunoh amallar, faxsh ishlarga ibtido, vosita qilinsa - haromdir. Bu - gunoh ish qildirish uchun birovga halol luqma yedirib, gunohkor bo'lishdek gap.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. O'zbek pedagogikasi antalogiyasi. 1-jild, (tuzuvchi-mualliflar: K.Hoshimov va S.Ochil). -T., "O'qituvchi", 1995 yil. 30-35betlar.
Original paper
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
2. R.Mavlonova. Pedagogika. — Milliy tarbiyaning o'ziga xosligi va me'zonlarill Toshkent, 2001 yil.
3. Musiqa darslari, musiqa savodxonligi jarayonida bastakorlar va xalq hofizlari ijodiyotini o'rganish metodlari (muhaz.org)
4. https://uz.wikipedia.org/wiki/Muboh
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
HYarashev Jo'rabek To'rayevich, PhD, dotsent [Ярашев Журабек Тураевич, PhD, доцент], [Jo'rabek T. Yarashev, PhD, Associate Professor]; manzil: O'zbekiston, 200100, Buxoro tuman, Udurg'u 84; [адрес:Удургу 84, район Бухара, Узбекистан, 200100]; [address: Udurg'u 84, Bukhara, Uzbekistan, 200100]; ORCID: https://orcid.org/0000-0002-4437-5707; [email protected]