КЯХ1ШОУ - Вихого daylat pedagogika instituti "Musiqa уа tasviriy san'at" kafedrasi dotsenti
Лппо1а1э1уа. Mazkur maqolada yurtimizda musiqa madaniyati ta'limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmun-mohiyati, umumta'lim maktablarida musiqa ta'lim-tarbiyasini takomillashtirish, zamonaviy darslarni tashkil etishning pedagogik shart-sharoitlari, musiqa madaniyati o'qituvchisiga qo'yiladigan talablar, kasbiy kompetentligi, metod, usul va vositalari, maktabda musiqa darslarini о^^Ъш^ asosiy vazifalari, hamda sharq mutafakkirlarining shaxs tarbiyasida musiqaning o'mi va ahamiyati haqidagi qarashlari xususida Акт yuritilgan.
Kalit so'zlar: pedagogika, psixologiya, informatika, kompyuter slayd, musiqa, estetik zavq, mutafakkir, tarbiya, madaniyat, qobiliyat, musiqiy o'quv, ovoz, diqqat-e'tibor, г^^Нк, his-tuyg'u.
ЗНАЧЕНИЕ МУЗЫКИ ДЛЯ ЛИЧНОСТНОГО ВОСПИТАНИЯ Рахимов Р.Н. - доцент кафедры музыка и изобразительное искусство Бухарского государственного педагогического института
Аннотация. В данной статье рассматривается содержание проводимых в нашей стране реформ в области образования музыкальной культуры, совершенствование музыкального образования в общеобразовательных школах, педагогические условия организации современных занятий, требования к учителю музыкальной культуры, профессиональная компетентность, методы, приемы и средства обучения, основные задачи преподавания музыки в школе, а также роль музыки в воспитании личности восточных мыслителей. и его взгляды на важность.
Ключевые слова: педагогика, психология, информатика, компьютерный слайд, музыка, эстетическое удовольствие, мыслитель,
воспитание, культура, способности, музыкальное воспитание, внимание, творчество, эмоции.
THE IMPORTANCE OF MUSIC FOR PERSONAL EDUCATION
Rakhimov R.N. - associate professor of the department of music and fine arts of the Bukhara state pedagogical institute
Annotation. This article examines the content of the reforms carried out in our country in the field of music culture education, the improvement of music education in secondary schools, the pedagogical conditions for the organization of modern classes, the requirements for a music culture teacher, professional competence, methods, techniques and means of teaching, the main tasks of music teaching at school, as well as the role of music in the education of the personality of Oriental thinkers and his views on importance.
Keywords: pedagogy, psychology, computer science, computer slide, music, aesthetic pleasure, thinker, education, culture, abilities, musical education, voice, attention, creativity, emotions
Yosh avlodni kamolot sari yetaklashda tarbiyaning ko'plab omillari qatori musiqa tarbiyasi alohida o'rin tutadi. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va unga ma'naviy ozuqa beradi. Musiqa - inson ruhiyatiga kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lib, uni nafosat olamiga olib kiradi. Musiqa madaniy hayotimizda keng o'rin tutgan, insonni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san'at turidir. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo'lib, insonni atrofdagi go'zal narsalarni to'g'ri idrok etishga va qadrlashga o'rgatadi. Har bir insonni ma'naviy shakllanishida oila, jamiyat, maktab, san'atning ahamiyati katta. Maktabda musiqa o'qitishning asosiy maqsadi o'quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirish, ularni zamon talabiga javob bera oladigan, yuksak ma'naviyat sohibi, insonparvar, vatanparvar, estetik zavq ola biladigan qadrlaydigan har tomonlama barkamol inson qilib voyaga yetkazishdir.
Har qanday musiqachi ham maktabda musiqa madaniyati darslarini olib borolmaydi. Buning uchun musiqa o'qituvchisi o'z kasbiga va bolalarga mehr qo'ygan, yuksak madaniyatli, keng dunyoqarashga ega bo'lgan shaxs bo'lishi lozim. Musiqa o'qituvchisi bolalarni sevadigan, pedagogika, psixologiya, informatika, bolalar fiziologiyasi, musiqa o'qitish metodikasi hamda o'z musiqiy kasbiy fanlarini puxta o'zlashtirgan inson bo'lishi kerak.
Xalqimizning kelajagi, mustaqil o'zbekistonning istiqboli ko'p jihatdan o'qituvchiga, uning dunyoqarashiga, fidoyiligiga, yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash ishiga bo'lgan munosabatiga bog'liq. Bo'lajak musiqa o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish, ixtisoslarga doir fanlarni o'qitish va pedagogik mahoratni egallash, nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llashga o'rgatish bugungi kun talabidir. Maktabda musiqa darslarini
o'qitishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: - o'quvchilarni musiqa san'atiga bo'lgan qiziqishi va mehr-muhabbatini oshirish; - musiqiy faoliyatlar jarayonida o'quvchilarni musiqiy qobiliyatlari, musiqiy o'quvi, ovozi, diqqat-e'tibori va ijodkorlik his tuyg'ularini o'stirish; - musiqiy asarlarni badiiy-g'oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik ruhda tarbiyalash;
- musiqa darslarida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish, mehnatga, tabiatga muhabbat, Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat tuyg'ularini shakllantirish. Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirish o'qituvchining kasbiy va pedagogik mahoratiga bog'liq. "Har qanday jamiyatning kelajagi yoshlar ekan, kelajagi buyuk davlatni barpo etilishi, ularni qanday tarbiya olishiga bog'liq. Chunki ma'naviy jihatdan qudratli davlat, ijtimoiy jihatdan kuchli bo'ladi" deb ta'kidlaydi o'z asarlarida Birinchi Prezidentimiz I.Karimov.
Donishmand xalqimiz azal-azaldan kuy va qo'shiqni bola qalbiga tez yo'l topa olishi, uning ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi, yaxshi xulq va odob, mehr -oqibat, sabr-toqat, kattalarga hurmat fazilatlarini musiqa orqali tarkib topishini anglab yetgan. Oilada farzandni qo'shiq aytishga, soz chalishga o'rgatish ota-ona orzusi hisoblangan. Bola musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, musiqadan umrbod ozuqa oladi. Chunki bola ilk yoshidan hali yurishni, so'zl ashni bilmay turib, musiqani eshitib, turli qo'l harakatlari bilan musiqaga munosabatini bildiradi. Shuning uchun azaldan har bir oilada musiqa cholg'u asboblaridan dutor, doira, rubob saqlash urf-odat bo'lib qolgan. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson sof qalb egasi, yuksak ma'naviyatli, go'zallikni his eta oladigan inson bo'lishi kerak. Bo'lajak musiqa o'qituvchisi kiyinish madaniyati va nutq madaniyatiga ega bo'lishi kerak. U o'qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko'rishi hamda ularni barkamol inson sifatida kamol topishiga ko'maklashishi, har bir darsni o'quvchilarni hayot tajribasiga bog'lagan holda olib borishi, turli musiqa o'qitish metodlaridan, innovatsion texnologiyalar, ko'rgazmali qurollar, kompyuter slayd, tarqatma materiallaridan foydalanishi kerak. O'z kasbiy mutaxassisligini puxta egallagan musiqa o'qituvchisi, bolalar ovoziga o'zining ovozini moslab kuylay olishi, ijrochilik mahoratiga ega bo'lishi, sinfdan tashqari to'g'araklarga o'quvchilarni jalb etish bilan turli tanlovlarda, tadbirlarda o'quvchilar bilan faol ishtirok etishi lozim. O'qituvchi har bir darsini senariy muallifi, ijrochisi, rejissori bo'lish bilan birga zamon bilan hamnafas qadam tashlashi kerak. O'qituvchilik kasbini egallash uchun albatta kasbiy qobiliyatlar bilan birga jismoniy va ruhiy sog'lom bo'lishi darkor. "Biz sog'lom avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishimiz kerak" deb ta'kidlaydi Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov. Sog'lom kishi deganda faqat jismoniy sog'lomlikni emas, balki sog'lom ruhiy xislatlarni, sharqona axloq-odob va umumbashariy g'oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz.
Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy o'z asarlarida musiqa tarbiyasining qirralarini chuqur o'rganib, shunday degan edi: "Musiqa jamiyat hayotining muhim negizidir. Faqat musiqagina odamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va o'z-o'zidan qanoat tuyg'usini olib kiradi va uni baxtiyor qiladi".
Buyuk mutafakkirlardan Abu Nasr al Forobiyning fikricha, "Musiqa -nodir san'at, ezgulikka yetaklovchi kuchdir" "Kimki ilm, hikmat o'rganmoqchi bo'lsa, avvalo o'zi ma'naviy barkamollikka erishmog'i lozim'' degan edi.
Buyuk astronom olim Abu Rayxon Beruniy. "Har kimki hikmat o'rganaman desa, yoshlikdan bolasini ilmli va dono kishilardan saboq olishiga harakat qilsin. Shundagina u komillik darajasiga yetadi", shunday ekan, hozirgi davrda musiqa o'qituvchisidan mas'uliyat, fanga yangicha yondashuv, uning metodologiyasini chuqur o'rganish talab etiladi. Umumta'lim maktablarida esa musiqa madaniyati darslarining asosiy maqsadi, o'quvchilarda musiqaga qiziqish uyg'otish orqali musiqiy madaniyatini tarkib toptirish. Zero, kuy va ohang ta'sirida inson ezgulikka intilish, go'zallikni asrash, ona tabiatga, ona-vatanga muhabbat histuyg'ularini shakllantirib, ma'naviy dunyosini boyitadi.
Buyuk pedagog olim A.Avloniy shunday degan edilar "Tarbiya qiluvchilar tabib kabidirlar, tabib xastani badanidagi kasallikka davo qilgani kabi, o'qituvchi ham bolani musiqa orqali aqliy rivojiga, diqqat markaziga ta'sir etib, ularda poklik, sadoqat, mehr, kattalarga hurmat, Vatanga muhabbat kabi tuyg'ularni tarbiyalaydi". "Tarbiya biz uchun yo hayot yo momot, yo najot - yo halokat. Yo saodat - yo falokat masalasidir" deb yozgan edi.
Xulosa qilib aytganda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar, yangicha ijodiy yondashuvlar bo'lajak musiqa o'qituvchilariga kasbiy faoliyatlarini puxta o'rganishlari, o'sib kelayotgan yosh avlodni yuksak ma'naviyatli, go'zal xulq -atvorli, yetuk madaniyatli, buyuk qadriyatlarimizni qadrlovchi, teran mazmunli fikrlovchi, blimli va albatta har tomonlama komil inson bo'lib ulg'ayadi.
Adabiyotlar
1.G. Sharipova, G'. Najmetdinov, Z. Xodjayeva "Musiqa o'qitish metodikasi va maktab repertuari". Darslik. Andijon-2020 9-12
2.R.R. Naimovich Methods of using interactive methods in preschool educational organizations, conducting music classes Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching 10, 29-32
2. R Ravshan Reforms of Music Culture Education центр научных публикаций (buxdu. uz) 23 (23)
3. Р.Н. Рахимов Капелла, а капелла, хоровой коллектив. Вокал и вокальная музыка Science and Education 3 (4), 1576-1581
4. РН Рахимов О дидактических функциях сольфеджио при обучении теории музыки Science and Education 3 (11), 776-781
5. Р.Н. Рахимов Роль музыкального образования в развитии личности Проблемы науки 60 (1), 46-48
6. Р.Н.. Рахимов Музыка как наука для формирования личности и основа организации музыкального образования и воспитания
Science and Education 3 (4), 1588-1593