Научная статья на тему 'MUSIQANING INSON KAMOLOTIDAGI O‘RNI'

MUSIQANING INSON KAMOLOTIDAGI O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
875
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa / madaniyat / ijodiy faoliyat / milliy va umuminsoniy qadriyatlar / ijrochilik san’ati / an’ana / ma’naviy meros / hofiz / sozanda va bastakor

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Jamila Rasulova

Mazkur maqolada musiqa san’atining inson kamolotida tutgan o‘rni, о‘tmishda va hozirgi kunda xalqimizning ma’naviy saviyasini oshirishdagi ahamiyati hamda yangi О‘zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida musiqa san’ati yetakchi omillardan biri ekanligi haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQANING INSON KAMOLOTIDAGI O‘RNI»

MUSIQANING INSON KAMOLOTIDAGI O'RNI

Jamila Rasulova Qo'qon shahar, 5-BSMI

Annotatsiya: Mazkur maqolada musiqa san'atining inson kamolotida tutgan o'rni, o'tmishda va hozirgi kunda xalqimizning ma'naviy saviyasini oshirishdagi ahamiyati hamda yangi O'zbekistonning ijtimoiy taraqqiyotida musiqa san'ati yetakchi omillardan biri ekanligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: musiqa, madaniyat, ijodiy faoliyat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ijrochilik san'ati, an'ana, ma'naviy meros, hofiz, sozanda va bastakor.

THE ROLE OF MUSIC IN HUMAN DEVELOPMENT

Jamila Rasulova Kokan city, 5-CAMBS

Abstract: This article talks about the role of music in human development, its importance in the past and present in raising the spiritual level of our people, and the fact that music is one of the leading factors in the social development of the new Uzbekistan.

Keywords: music, culture, creative activity, national and universal values, performance art, tradition, spiritual heritage, hafiz, musician and composer.

Musiqa madaniy hayotimizda keng o'rin tutgan bo'lib, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san'at turidir. Har bir insonning ma'naviy shakllanishida oila, maktab va uni o'rab turgan jamiyatning ahamiyati katta. Chunki insonning insoniylik xususiyatlari: oliyjanoblik, rostgo'ylik, merh-shavqat, muhabbat, kechirimlilik kabi hislatlar jamiyatda tarkib topadi. Yosh avlodni kamolot sari yetaklashda tarbiyaning ko'plab omillari qatori musiqa tarbiyasi alohida o'rin tutadi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo'lib, insonni atrofidagi go'zalliklarni to'g'ri idrok etishga va qadrlashga o'rgatadi. Musiqa inson ruhiyatiga kuchli ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'lib, uni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy g'oyaviy tarbiyalashni muhim vositasidir. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va unga ma'naviy ozuqa beradi.

Maktabda musiqa o'qitishning asosiy maqsadi o'quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirish ularni zamon talabiga javob bera oladigan barkamol inson qilib voyaga yetkazish. Maktabda musiqa darslarini o'qitishning asosiy vazifaiari quyidagtlardan iborat:

I icclT^^^^H 471 http://oac.dsmi-qf.uz

- o'quvchilami musiqa san'atiga bo'lgan qiziqishi va mehr-muhabbatini oshirish;

- musiqiy faoliyatlar jarayonida o'quvchilami musiqiy qobiliyatlari musiqiy o'quvi, ovozi, diqqat-e'tibori va ijodkorlik his-tuyg'ularini o'stirish;

- musiqiy asarlarni badiiy-g'oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik ruhda tarbiyalash;

- musiqa darslarida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish, mehnatga muhabbat, Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat tuyg'ularini shakllantirish.

Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirish o'qituvchining kasbiy va pedagogik mahoratlariga bog'liq. Har qanday san'atkor ham, maktabda musiqa madaniyati darslarini olib bora olmaydi. Buning uchun musiqa o'qituvchisi pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, musiqa o'qitish va metodikasi hamda musiqiy kasbiy fanlarni puxta o'zlashtirgan bo'lishi kerak. Musiqa o'qituvchisi o'z kasbiga va bolalarga mehr qo'ygan, yuksak madaniyatli, keng dunyoqarashga ega bo'lgan shaxs bo'lishi lozim.

Donishmand xalqimiz azaldan kuy va qo'shiqni bola qalbiga tez yo'l topa olishi, uning ruhiyatga ijobiy ta'sir ko'rsatishi, yaxshi xulq va odob, mehr-oqibat, sabr-toqat, kattalarga hurmat fazilatlarini musiqa orqali tarkib topishini anglab yetganlar. Oilada farzandni qo'shiq aytishga, soz chalishga o'rgatish ota-ona orzusi hisoblangan. Bola ilk musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, musiqadan umrbod ozuqa oladi. Chunki bola hali yurishni, so'zlashni bilmay turib, musiqani eshitib, turli qo'l harakatlari bilan musiqaga munosabatini bildiradi. Shuning uchun azaldan har bir oilada musiqa cholg'u asboblaridan dutor, doira, rubob saqlash urf-odat bo'lib qolgan. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson sof qalb egasi, yuksak ma'naviyatli, go'zallikni his eta oladigan inson bo'lishi kerak. "Har qanday jamiyatning kelajagi yoshlar ekan, kelajagi buyuk davlatni barpo etilishi, ulami qanday tarbiya olishiga bog'liq. Chunki ma'naviy jihatdan qudratli davlat, ijtimoiy jihatdan kuchli bo'ladi",1- deb takidlaydi o'z asarlarida birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov.

Xalqimiz kelajagi mustaqil O'zbekistonning istiqboli ko'p jihatdan o'qituvchiga uning dunyoqarashiga, tayyorgarligi, fidoyiligiga, yosh avlodni o'qitish va tarbiyalash ishiga bo'lgan munosabatiga bog'liq. Bo'lajak musiqa o'qituvchilarining kasbiy tayyorgarligini kuchaytirish, ixtisoslarga doir fanlarni o'qitish va pedagogik mahoratni egallash, nazariy bilimlarni amaliyotda qo'llashga o'rgatish bugungi kun talabidir. Uzluksiz pedagogik ta'lim tizimini amalga oshirilishi munosabati bilan o'qituvchilami malakasini oshirish va ulami qayta tayyorlash ishlari diqqat markazidadir. O'qituvchilik kasbi sharafli, lekin juda murakkab kasbdir, o'qituvchi musiqa nazariyasini egallashi bilan birga, bolalami sevishi, pedagogik amaliyotni ham o'tgan bo'lishi kerak. Chunki, maktab hayotidagi pedagogik jarayon juda xilma-xildir. Bu esa musiqa o'qituvchisidan puxta bilim, amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat

1 I.A.Karimov. 1 I.A. Karimov "Yuksak ma'naviyat yengilmas kuch", - T.: "M a'naviyat nashriyoti", 2008-yil. I icclT^^^^H 472 http://oac.dsmi-qf.uz

va ijodkorlikni talab etadi. Bo'lajak musiqa o'qituvchisi kiyinish madaniyati va nutq madaniyatiga ega bo'lishi kerak. U o'qituvchilik kasbini va bolalami yaxshi ko'rishi hamda ularni barkamol inson sifatida kamol topishiga ko'maklashishi, har bir darsni o'quvchilarni qiziqishlari bilan bog'lagan holda olib borishi, hilma-xil metodlar, innovatsion texnologiyalar, ko'rgazmali qurollar, slayd, tarqatma materiallaridan foydalanishi kerak.

O'qituvchi kasbiy mutaxassisligini puxta egallagan bo'lishi, bolalar ovoziga o'zining ovozini moslab kuylay olishi, ijrochilik mahoratiga ega bo'lishi, sinfdan tashqari to'g'araklarga o'quvchilarni jalb etish bilan turli tanlovlarda, tadbirlarda o'quvchi!ar faol ishtirok etishi kerak, O'qituvchi har bir darsini senariy muallifi, artisti, ijrochisi hamda rejissori bo'lishi bilan birga zamon bilan hamnafas qadam tashlashi muhim ahamiyat kasb etadi. Q'qituvchilik kasbini egallash uchun albatta kasbiy qobiliyatlar bilan birga jismoniy va ruhiy sog'lom bo'lishi darkor. Sog'lom kishi deganda faqat jismoniy sog'lomlikni emas, balki sog'lom ruhiy xislatlarni, sharqona axloq-odob va umumbashariy g'oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz". Buyuk pedagog A.Avloniy shunday degan edilar:- "Tarbiya qiluvchilar tabib kabidirlar, tabib hastani badanidagi kasallikka davo qilgani kabi, o'qituvchi ham bolani musiqa orqali, aqliy rivojiga diqqat markaziga ta'sir etib, ularda poklik, vijdon, sadoqat, mehr, kattalarga hurmat, Vatanga muhabbat kabi tuyg'ulami tarbiyalaydi" "Tarbiya biz uchun yo hayot yo momot, yo najot-yo halokat. Yo saodat-yo falokat masalasidir" deb yozgan edi. Buyuk mutaffakkir shoir A.Navoiy o'z asarlarida musiqa tarbiyasining qirralarini chuqur o'rganib, shunday dedi: "Musiqa jamiyat hayotining muhim negizidir. Faqat musiqagina odamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va o'z-o'zidan qanoat tuyg'usini olib kiradi va uni baxtiyor qiladi" Forobiy fikricha: "Musiqa - nodir san'at, ezgulikka yetaklovchi kuchdir". "Kimki ilm xikmat o'rganmoqchi bo'lsa, avvalo o'zi ma'naviy barkamollikka erishmog'i lozim"- deydi Abu Rayxon Beruniy.

Shunday ekan, hozirgi davrda, musiqa o'qituvchisidan mas'uliyat, fanga yangicha yondashuv uning metodologiyasini chuqur o'rganish talab etadi. Umumta'lim maktablarida esa, musiqa madaniyati darslarning asosiy maqsadi, o'quvchilarda musiqaga qiziqish uyg'otish vositasida musiqiy madaniyatini tarkib toptirish. Zero kuy va ohang ta'sirida inson ezgulikka intilish, go'zallikni asrash, ona tabiatga, ona Vatanga muhabbat his tuyg'ularini shakllantirib, ma'naviy dunyosini boyitadi.

Foydalanilga adabiyotlar

1. I.A.Karimov. 1 I.A. Karimov "Yuksak m a'naviyat yengilm as kuch", - T.: "M a'naviyat nashriyoti", 2008-yil.

473

http://oac.dsmi-qf.uz

2. Ziyayeva D. X. O'zbekiston shaharlari XIX asr ikkinchi yarmi -XX asr boshlarida: shahar madaniyati va urbanizatsiya jarayonlari. - Toshkent: Yangi nashr, 201- y.

474

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.