Научная статья на тему 'YOSHLARNI TARBIYALASHDA MUSIQA TA’LIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI'

YOSHLARNI TARBIYALASHDA MUSIQA TA’LIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
100
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa / maqom / alla / tarbiya / maktab / sehrli kuch

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Malikaxon Qaxramon Qizi Ashiraliyeva, Moʻminmirzo Zokir Oʻg‘li Xolmoʻminov

Ushbu maqolada musiqaning inson hayotidan olgan ajralmas o‘rni va hozirgi yoshlar va musiaqa o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida gap boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YOSHLARNI TARBIYALASHDA MUSIQA TA’LIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI»

YOSHLARNI TARBIYALASHDA MUSIQA TA'LIMINING MAQSAD VA

VAZIFALARI

Malikaxon Qaxramon qizi Ashiraliyeva Ilmiy rahbar: Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov [email protected]

Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqaning inson hayotidan olgan ajralmas o'rni va hozirgi yoshlar va musiaqa o'rtasidagi bog'liqlik haqida gap boradi.

Kalit so'zlar: musiqa, maqom, alla, tarbiya, maktab, sehrli kuch

GOALS AND TASKS OF MUSIC EDUCATION IN EDUCATION OF YOUTH

Malikakhon Khahramon kizi Ashiralieva Research advisor: Muminmirzo Zokir oglu Xolmuminov mominmirzoxolmominov@gmail .com

Abstract: This article talks about the indispensable role of music in human life and the connection between today's youth and music.

Keywords: music, status, alla, education, school, magical power

Atrofimiz musiqa bilan to'la: mayin esayotgan shamol ovozi, uzoqlardan kelayotgan suv shildirashi, ko'klardagi baxtiyor qushlar xonishi, balki yo'lda tirbandlikda qolgan mashina signali... Darhaqiqatdan, hayotimiz musiqadan yaralgan, biror bir musiqaga qulog'imiz chalinmagan, beixtiyor uni xirgoyi qilmagan kunimiz bo'lmasa kerak. Inson musiqa tinglarkan, o'zining hayol ummoniga sho'ng'ishi ham, dard ko'chalarida kezishi ham, ilhom bog'larida gul terishi ham mumkin. Chunki musiqa hammaga ham ta'sir kuchini birdek o'tkazmaydi. Kimdir undan faqat pozitiv kayfiyat uchun foydalanadi, yana kimdir ko'ngil dog'larini yuvish uchun. Har qanday yashi musiqaning tagida, albatta, kuchli ma'noga ega she'r yotadi. Bundan kelib chiqadiki, musiqa she'rsiz, shoirlarsiz yarala olmaydi.

Biz musiqaning ilmiy yaratilishi, kim tomonidan, qanday vujudga kelganini emas, uning qay tarzda odamlar qalb to'ridan, so'zlar bilan ta'riflab bo'lmaydigan joylarga qanday qilib singib borishi haqida o'rtoqlashamiz. Uncha uzoq bo'lmagan o'tmishga qaytamiz:

"O'rtoqlarim, qo'lga olsam torimni,

Beixtiyor yodlaydirman yorimni!

Ikkinchi qaytarib aytishda unga Xonimbibi qo'shilishdi. Bir turlik, bir ohanglik nafis, musiqaviy tovushlar kishining borliq vujudiga, qon tomirlariga ajoyib bir

I ihSi^^Bl ^74 http://oac.dsmi-qf.uz

o'zgarish bergan edilar. Shu choqqacha mo'ltayib, xayol ichida sho'ng'ib o'lturg'an Kumushbibi bir seskandida, qo'shiqchi qizlarg'a qaradi"

Ha! To'g'ri xotirladingiz, bu albatta, Qodiriyning o'chmas asaridan parcha. Ayni chog'da Kumushning holiga musiqadan boshqa nima ham davo bo'la olardi, deysiz?! Buni yozuvchi ham juda chiroyli tarzda ko'rsatgan.

Donishmand xalqimiz azaldan kuy va qo'shiqni bola qalbiga tez yo'l topa olishi, uning ruhiyatga ijobiy ta'sir ko'rsatishi, yaxshi xulq va odob, mehr oqibat, sabr-toqat, kattalarga hurmat fazilatlarini musiqa orqali tarkib topishini azaldan anglab yetgan. Oilada farzandni qo'shiq aytishga, soz chalishga o'rgatish ota-ona orzusi hisoblangan. Bola musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, musiqadan umrbod ozuqa oladi. Chunki bola hali yurishni, so'zlashni bilmay turib, musiqani eshitib, turli qo'l harakatlari bilan musiqaga munosabatini bildiradi. Shuning uchun azaldan har bir oilada musiqa cholg'u asboblaridan dutor, doira, rubob saqlash urf-odat bo'lib qolgan. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson sof qalb egasi, yuksak ma'naviyatli, go'zallikni his eta oladigan inson bolishi kerak.

Eng birinchi eshitgan musiqamiz bu - alla. Bolalikdan hamma voqealar ham yodimizda qolavermaydi. Lekin onamizning allasi, uning ohangi, onamizning ovozi mayinligi barchamizning hali hanuz esimizda. Bu kuy shu qadar quloqqa yoqadiki, shu sabab ko'zlar uyquga ketadi. Katta ukam bilan oramiz 2 yoshgina, shuning uchun unga aytilgan allalarni eslay olmayman, ammo kichik ukamga o'zim alla aytardim: esimda u juda harakatchan, hammaga ham ko'nmaydigan chaqaloq edi.

Bejizga, buyuk mutaffakkir shoir Alisher Navoiy o'z asarlarida musiqa tarbiyasining qirralarini chuqur o'rganib, shunday demagan: "Musiqa jamiyat hayotining muhim negizidir. Faqat musiqagina odamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va o'z-o'zidan qanot tuyg'usini olib kiradi va uni baxtiyor qiladi".

Musiqiy ta'lim nafaqat, bola tarbiyasida, balki butun jamiyat, xalq tarixi oynasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday tarixga ega bo'lgan xalq, albatta, madaniyati kuchli xalq sanaladi. Har bir inson qalbining tub-tubida bo'lsa ham musiqaga oshno bo'ladi. Ammo uni eshita olganlargina buyuk san'atkor bo'la oladi. Musiqaga sevgi, unga o'zgacha muhabbatni uyg'ota olish - ustozning ham harakatlari tufayli bo'ladi, albatta.

O'qituvchilik kasbi sharafli, lekin juda murakkab kasbdir, o'qituvchi musiqa nazariyasini egallashi bilan birga, bolalarni sevishi, pedagogik amaliyotni ham o'tgan bo'lishi kerak. Chunki, maktab hayotidagi pedagogik jarayon juda xilma-xildir. Bu esa musiqa o'qituvchisidan puxta bilim, amaliy tayyorgarlikni, yuksak pedagogik mahorat va ijodkorlikni talab etadi. Bo'lajak musiqa o'qituvchisi kiyinish madaniyati va nutq madaniyatiga ega bo'lishi kerak. U o'qituvchilik kasbini va bolalarni yaxshi ko'rishi hamda ularni barkamol inson sifatida kamol topishiga ko'maklashishi, har bir darsni o'quvchilarni hayot tajribasiga bog'lagan holda olib borishi, xilma-xil

I ícclT^^^^H 375 http://oac.dsmi-qf.uz

metodlar, innovatsion texnologiyalar, ko'rgazmali qurollar, kompyuter slayd, tarqatma materiallaridan foydalanishi kerak. O'z kasbiy mutaxassisligini puxta egallagan bo'lishi, bolalar ovoziga o'zining ovozini moslab kuylay olishi, ijrochilik mahoratiga ega bo'lishi, sinfdan tashqari to'g'araklarga o'quvchilarni jalb etish bilan turli tanlovlarda, tadbirlarda o'quvchilar faol ishtirok etishi kerak[1:7].

O'zbek xalqi o'z ildizlari bilan qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi, xilma-xil musiqa janrlari hamda boy tasvir vositalari bilan bizning davrimizgacha yetib kelgan. Bundan tarixiy manbalar, boy va betakror qadimiy obidalar xabar beradi.

O'zbek xalq musiqasi yillar davomida o'rganilib kelinmoqda. Masalan, o'zbek musiqa merosini to'plash va nota vositasida nashr etilishida V.M.Uspenskiy, Yunus Rajabiy, Ilyos Akbarov, M.Yusupovlaming mehnatlari beqiyosdir[2:5].

Yurtimiz mustaqillikka erishganidan so'ng ko'pgina sohalarda islohotlar, rivojlanishlar olib bordi. Musiqa ham chetda qolgani yo'q. Bunga, jumladan, mumtoz musiqaning yuksak namunasi bo'lmish maqom san'ati yorqin misoldir. Bugungi kunda jahon tamaddunida ham munosib o'rin egallayotganbu hayratomuz mumtoz musiqa san'atini yangi tarixiy shart-sharoitlardanamoyon bo'lish shakllari hamda rivojlanish istiqbollari e'tiborni o'ziga tortadi. Bu borada muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning "O'zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tog'risida"gi (2017-yil 17-noyabr) qarori madaniy hayotimizda muhim voqea bo'ldi[3:17].

Haqiqatdan ham, oxirgi yillarda bu borada aytarli juda ko'p malasalar o'z yechimini topdi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Bugungi kunda Madaniyat vazirligi tizimida 323 ta bolalar musiqa va san'at maktablari faoliyat yuritadilar. Ularda jami 14 ta yo'nalish bo'yicha 86015 nafar o'quvchi ta'lim oladilar[4:58].

Yoshlikda berilgan ilm - toshga o'yilgan naqsh. Shuning uchun bola nimaga qiziqsa, nimaga o'zgacha mehr bersa, xoh rassomlik xoh biror musiqa asbobini chalish bo'lsin, uning orzulariga qarshi chiqmaslik, qaytaga uni qo'llab - quvvatlash, farzandiga tayanch bo'lish - ota-onaning vazifasidir. Hozirgi kunda juda ko'pchilik bolalar musiqa ta'limiga qiziqadilar. Ularni hech bo'lmasa, ta'til paytlari shunday foydali to'garaklarga jalb qilish zarur. Buning ikkita foydali tarafi mavjud: biri bo'sh vaqti bor bola keraksiz o'yin va telefonga berilib ketmasligi: ikkinchisi o'rganadigan yangi mashg'uloti, balki kelajakdagi sevimli kasbi.

Buyuk kompozitor Volfgan Amadey Motsart o'zining qisqa, ammo ajoyib hayoti davomida turli janrlarda 600 ga yaqin musiqa asarlari yaratdi. Hayotimizda deyarli har kuni Motsart yaratgan asarlar bilan to'qnash kelamiz. Bu musiqa radio orqali jaranglaydi, uni televideniye orqali namoyish qilishadi. Yengil, quvnoq, xushchaqchaq musiqa kayfiyatni ko'taradi, atrof dunyoni boshqacha ko'z bilan ko'rishga yordam beradi[5:97].

I icclT^^^^H 376 http://oac.dsmi-qf.uz

Motsart haqida ko'pimiz bilamiz, u 4 yoshida o'zining birinchi musiqa notalarini yaratgan. Umrini ana shu musiqaga sarf etgan, undagi is'tedod, mu siqaga bo'lgan sevgi shu qadar kuchli edi.

Agar so'z yoshlarga keladigan bo'lsa, ozroq o'ylanib qolishimiz mumkin. To'g'ri, ular milliy maqom san'atiga qiziqmasligi mumkin, lekin bu degani, ular san'atdan uzoq degani emas. Ayni damda har bir yoshda telefoni va unda o'zlari sevib tinglaydigan musiqalari ham mavjud, albatta. Ko'p hollarda odamlarni kuzatishni yoqtiraman, bu menga ancha narsa o'rgatadi. Uzoq yo'lga yurganda musiqa bilan do'st tutinadilar ba'zilari, quloqchinlarini taqadilar-da go'yo boshqa bir olamga, o'zlari yaratgan olamiga, sho'ng'ib ketadilar. Hatto, ovozlarini baland qo'yib ham musiqa so'zlarini aytib yuborganlarini o'zlari sezmay qoladilar. Boshqa tildagi musiqa sevuvchilarga ham topiladi. Nega aynan bunday qo'shiq, deya bir nechtasidan so'rab ham ko'rganman. Ularning javobi - bir xil: qandaydir dardni, qalbni o'ziga rom qilar ekan... Ko'rdingizmi musiqaning sehrli kuchini?!

Musiqaning yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatiga keladigan bo'lsak, to'g'ri, hamma narsanni ham o'z qonun-qoidasi bor: jamoat joylarida baland qilib musiqa eshitmaslik kabi. Fikrimcha, bu tarbiyani har kim o'zi shakllantiradi, u ota-ona yoki kattalar tomonidan singdirilishi shart emas. Inson o'z ichki dunyosini qurishida musiqa ham bir darajada ro'l bajaradi. Aynan shu daraja qanday yuksakligiga hech kim daxl o'tkaza olmaydi. Uni bu musiqani sev bunisini sevma deya, buyruq ham bera olmaydi. Yana har kimning o'zi yoqtiradigan yo'nalishlari, sozanda, xonandalari ham bor.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlamoqchimanki, bolalar, yoshlar, umuman hammaning, hayoti musiqadan ayri holda yashay olmaydi, chunki musiqa bir hayotdir. Uning jozibador va sehrli kuchi davolovchi xususiyatga egaligi bilan va buni tez kechishi bilan boshqa turli dorilardan farq qiladi. Yana eng qulay tarafi ushbu malham mutlaqo bepul hamdir. Hayotimizga rang beruvchi bu doridan to'g'ri va unumli foydalanaylik, qadrdonlar.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. G.M.Sharipova, D.F.Asamova, Z.L.Xodjayeva. Musiqa o'qitish nazariyasi, metodikasi va maktab repertuari. Toshkent-2014. 108-b.

2. H. Nurmatov, N.Yo'ldosheva. O'zbek xalq musiqa ijodi. Toshkent - 2007. 112-b.

3. Masul muharrirlar: A.Xaydarov, I.Yuldashev. "Yagilanayotgan O'zbekiston taraqqiyotida madaniyat va san'atning o'rni" mavzusida maqolalar to'plami. Toshkent - 2020. 447 b.

4. O'sha manbaa. 58-bet.

377

http://oac.dsmi-qf.uz

5. A.X.Trigulova. Xorijiy musiqa adabiyoti. Toshkent - "ILM-ZIYO" -2009. 145-b.

378

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.