Научная статья на тему 'UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABLARIDA MUSIQA DARSINING AHAMIYATI'

UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABLARIDA MUSIQA DARSINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
578
81
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
MUSIQA / MUSIQA O'QITUVCHISI / OVOZ SOZLASH / MUSIQA MADANIYATI / CHAPAK CHALISH / PEDAGOGIK MAVQE / QO'L HARAKATI BILAN IMITATSIYA QILISH

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Xalilova M.M.

Ushbu maqola o`rta ta`limda musiqa fani haqida yozilgan bo`lib unda maktablarda musiqa darslarining nechog`lik muhim va o`quvchilarga musiqa darsini o`tilishining maqsadi tog`risida yozilgan. Maktab o`quvchilariga musiqaning ta`siri va foydasi hamda musiqa o`qituvchilariga tavsiyalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF MUSIC LESSONS IN SECONDARY SCHOOLS

The article deals with the science of music in education, how important music lessons are in schools and the purpose of teaching music to students. The impact and benefits of music for schoolchildren and recommendations for music teachers.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O`RTA TA`LIM MAKTABLARIDA MUSIQA DARSINING AHAMIYATI»

Xalilova M.M.

Toshkent viloyati Chirchiq davlatpedagogika instituti musiqa talimi kafedrasi o^qituvchisi

O'zbekiston

UMUMIY O RTA TA LIM MAKTABLARIDA MUSIQA DARSINING

AHAMIYATI

Annotatsiya: Ushbu maqola o^rta talimda musiqa fani haqida yozilgan bolib unda maktablarda musiqa darslarining nechoglik muhim va o^quvchilarga musiqa darsini olilishining maqsadi tog^risida yozilgan. Maktab o^quvchilariga musiqaning ta^siri va foydasi hamda musiqa o^qituvchilariga tavsiyalar keltirilgan.

Tayanch so^z: Musiqa, musiqa o^qituvchisi, ovoz sozlash, musiqa madaniyati, chapak chalish, Pedagogik mavqe, qol harakati bilan imitatsiya qilish.

Xalilova M.M. lecturer

department of music education Chirchik State Pedagogical Institute Uzbekistan, Tashkent Region

THE IMPORTANCE OF MUSIC LESSONS IN SECONDARY SCHOOLS

Annotation: The article deals with the science of music in education, how important music lessons are in schools and the purpose of teaching music to students. The impact and benefits of music for schoolchildren and recommendations for music teachers.

Keywords Music, music teacher, voting, music culture, applause, pedagogical position, imitation of hand movements.

Musiqa madaniy hayotimizda keng o'rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan sanat turidir. Yosh avlodni kamolot sari yetaklashda tarbiyaning ko'plab omillari qatori musiqa tarbiyasi alohida o'rin tutadi. Musiqa tarbiyasi nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo'lib, insonni atrofdagi go'zal narsalarni to'g'ri idrok etishga va qadrlashga o'rgatadi.

Umumiy o'rta ta'lim maktablarida musiqa fanini o'qitishning asosiy maqsadi oquvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirish ularni zamon talabiga javob bera oladigan barkamol inson qilib voyaga yetkazishdir. Maktabda musiqa darslarini o'qitishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- Oquvchilarning musiqa sanatiga bo'lgan qiziqishi va mehr-muhabbatini oshirish;

- musiqiy faoliyatlar jarayonida o'quvchilarni musiqiy qobiliyatlari musiqiy uquvi, ovozi, diqqat-e'tibori va ijodkorlik his-tuyg'ularini o'stirish;

-musiqiy asarlarning badiiy g'oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik ruhda tarbiyalash;

-musiqa darslarida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish, mehnatga muhabbat, vatanga muhabbat, kattalarga hurmat tuygularini shakllantirish.

Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirish o'qituvchining kasbiy va pedagogik mahoratlariga bog'liq. Har qanday sanatkor ham, maktabda musiqa madaniyati darslarini olib borolmaydi. Buning uchun musiqa o'qituvchisi avvalo bolalarni sevishi, pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, musiqa o'qitish metodikasi hamda oz musiqiy kasbiy fanlarini puxta o'zlashtirgan bo'lishi kerak.

Musiqa o'qituvchisi oz kasbiga va bolalarga mehr qo'ygan, yuksak madaniyatli, keng dunyoqarashga ega bo'lgan, zamon bilan hamnafas inson bo'lishi lozim.

Donishmand xalqimiz azaldan kuy va qoshiqni bola qalbiga tez yol topa olishi, uning ruhiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi, yaxshi xulq va odob, mehr oqibat, sabr-toqat, kattalarga hurmat fazilatlarini musiqa orqali tarkib topishini azaldan anglab yetgan. Oilada farzandni qo'shiq aytishga, soz chalishga o'rgatish ota-onaning orzusi bo'lgan. Bola musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, musiqadan umrbod ozuqa oladi. Chunki bola hali yurishni, so'zlashni bilmay turib, musiqani eshitib, turli qo'l harakatlari bilan musiqaga munosabatini bildiradi. Shuning uchun azaldan har bir oilada musiqa cholgu asboblaridan dutor, doira, rubob saqlash urf-odat bo'lib qolgan. Musiqadan ozuqa olish uchun esa, inson sof qalb egasi, yuksak manaviyatli, go'zallikni his eta oladigan inson bo'lishi kerak.,,Har qanday jamiyatning kelajagi yoshlar ekan, kelajagi buyuk davlatning barpo etilishi, ularni qanday tarbiya olishiga bog'liq. Chunki manaviy jihatdan qudratli davlat, ijtimoiy jihatdan kuchli bo'ladi." deb takidlaydi oz asarlarida yurtboshimiz I.A.Karimov.

O qituvchilik kasbi sharafli, lekin juda murakkab kasbdir. O qituvchi musiqa nazariyasini egallashi bilan birga, bolalarni sevishi, pedagogik amaliyotni ham o'tgan bo'lishi kerak. Chunki maktab hayotidagi pedagogik jarayon juda xilma-xildir. Bu esa musiqa o'qituvchisidan puxta bilim, amaliy tayyorgarlikni talab etadi.

,,Biz soglom avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishimiz kerak" deb takidlagan edi yurtboshimiz I.A.Karimov. Sog'lom kishi deganda, faqat jismoniy sog'lomlikni emas, balki sog'lom ruhiy hislatlarni, sharqona axloq odob va umumbashariy g'oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz.

Buyuk pedagog A.Avloniy shunday degan edi:,,Tarbiya qiluvchilar tabib kabidirlar, tabib hastani badanidagi kasallikka davo qilgani kabi, Oqituvchi ham bolani musiqa orqali, aqliy rivojiga diqqat markaziga ta'sir etib, ularda

poklik, vijdon, sadoqat, mehr, kattalarga hurmat, Vatanga muhabbat kabi tuyg'ularni tarbiyalaydi".,,Tarbiya biz uchun yo hayot-yo mamot, yo najot- yo halokat, yo saodat -yo falokat masalasidir" deb yozgan edi.

Buyuk mutafakkir shoir A.Navoiy oz asarlarida musiqa tarbiyasining qirralarini chuqur o'rganib shunday dedi:,,Musiqa jamiyat hayotining muhim negizidir. Faqat musiqagina odamning qalbiga tiniqlik, mutanosiblik va oz-ozidan qanoat tuyg'usini olib kiradi va uni baxtiyor qiladi"

Al Farobiy fikricha:,,Musiqa-nodir sanat, ezgulikka yetaklovchi kuchdir".

-,,Kimki ilm hikmat o'rganmoqchi bo'lsa, avvalo o'zi manaviy barkamollikka erishmog'i lozim" -deydi -Abu Rayhon Beruniy. Shunday ekan, hozirgi davrda musiqa o'qituvchisidan mas'uliyat, fanga yangicha yondoshuv uning metodologiyasini chuqur o'rganish talab etadi.

Oqituvchi darslarda o'quvchilarga bo'lgan talabchanlikni bolalarga hurmat, ziyraklik, pedagogik mavqe, obro'sini saqlagan holda yondoshishni namoyon etish bilan muvofiqlashtirgan holda olib borishi lozim. Musiqa madaniyati darslarining yutugi va natijalari nafaqat o'qituvchining tayyorgarligiga, balki o'quvchilarning tayyorgarliklariga ham bog'liq bo'ladi. Afsuski, bu masalaga ko'pgina yosh o'qituvchilar o'zlarining amaliy ishlarida yetarli darajada e'tibor bermayaptilar.

Yetti yillik o'qish davrida musiqa sohasida muntazam suratda ish olib borilishi natijasida o'quvchilar musiqa savodiga ega bo'lib, musiqani sevadigan, yirik musiqa asarlarini, shuningdek, konsertlarni, radio va televideniye orqali beriladigan musiqali eshttirishlarni mehr qo'yib tinglaydigan, badiiy havaskorlik to'garaklarida yetarli tayyorgarlik bilan faol qatnashadigan kishilar bo'lib voyaga yetishlari kerak. Bu tadbirlarni amalga oshirishda sinf rahbarlari va ota-onalar musiqa o'qituvchisiga yaqindan yordam berishlari lozim, yani ular bu borada ham hamkorlik qilishlari zarur.

Bolalarda musiqaga mehr va havas uyg'otish, maktab o'quvchilarining musiqiy saviyasini oshirish uchun ashula va musiqa sohasida olib boriladigan sinfdan tashqari ishlarni har tomonlama kuchaytirish lozim. Boshlang ich va 9 yillik maktablarning har birida xor to'garaklari, sharoiti bor bo'lgan maktablarda cholg'u asboblari bo'lishi kerak. Ayni vaqtda o'quvchilarga yakka tartibda musiqa o'rgatish ishini uyushtirishga e'tibor berish, bu ishga ota-onalar jamoatchiligini jalb etish yaxshi samara beradi, degan fikrlar mavjud.

Musiqa madaniyati darsining har bir faoliyat turida shaqildoqlar, uchburchaklar, metallofon, doirachalar kabi turli bolalar musiqa asboblarida chalish, kuy va qo'shiqlarga mos raqs elementlarini bajarish, musiqa asboblarini chalishni qo'l harakati bilan imitatsiya qilish, chapak chalish va dirijorlik qilish kabi elementardan keng foydalanish darslarni yanada qiziqarli va jozibali bo'lishini taminlaydi. Musiqa darsi boshqa darslardan o'zining badiiyligi, qiziqarliligi, va bolalarga ko'proq ijodiy zavq, emotsional tuyg'ular va obrazli kechinmalar uyg'otishi bilan ajralib turadi.

мЭкономнка h ^uyM" №11(90)-2 2021

www.iupr.ru

868

Ma'lumki,,Musiqa madaniyati" darslari quyidagi o'ziga hos jihatlar bilan boshqa darslardan farq qilib turadi:

1.Masalan, musiqa san'ati boshqa san'at turlaridan idrok etilishiga ko'ra farq qiladi, ya'ni u boshqa san'at turlaridan o'zining ifoda vositalari, ya'ni,,tiïi" bilan farq qiladi. Agar badiiy adabiyot so'z bilan, tasviriy sanat ranglar bilan, raqs sanati harakat bilan ifodalansa, musiqa esa musiqiy tovushlarda vujudga kelgan ohang vositasida ifodalanadi.Yuqoridagi san'at turlarini ko'rish va eshitish orqali idrok qilsak, musiqani faqatgina diqqat bilan tinglabgina ifoda etamiz. Shuning uchun, ko'zi ojiz kishilardan ham yetuk musiqachilar yetishib chiqqanligi bizga tarixdan ma'lum bo'ladi.

2.Musiqa san'ati aniq vaqt o'lchovi bilan bog'langan san'atdir. Shuning uchun, ijro etilayotgan musiqa tempiga sozlanib, uning har bir elementini diqqat bilan tinglamasak, asarni mukammal idrok eta olmaymiz.

3.Musiqa madaniyati darslari musiqa nazariyasi va ijrochiligiga doir turli faoliyatlardan: vokal-xor mashg'ulotlari, musiqa savodi, musiqa tinglash, bolalar cholg'u asbobida chalish, ritmik harakatlar bajarish elementlaridan iborat.

4.Musiqa darsi o'zining aralash-integral dars tipi bilan boshqa fanlardan farq qiladi.

5.Musiqa san'ati bolalarga aktiv emotsional ta'sir ko'rsatadi, quvontiradi hamda ijodiy kechinmalar uyg'otadi. Yaxshi, mazmunli, qiziqarli musiqa darsidan bolalar xordiq chiqarib, badiiy ozuqa oladilar, quvnoq, xursand bo'lib chiqadilar.

Barcha fikrlarimizni umumlashtiradigan bo'lsak, musiqa darsi o'zining aktiv psixologik ta'siri bilan boshqa fanlardan farq qiladi. Shuningdek, musiqa darsi boshqa fanlar bilan chambarchas bog'liqdir. Tasviriy san'at, adabiyot, ona tili, matematika, tarix, pedagogika, psixologiya, vokal, ritmika va boshqalar musiqa darsini hayot bilan bog'lashga, mazmunli, qiziqarli qilib darsni olib borishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

l.G.M.Sharipova, D.F.Asamova, Z.I.Xodjayeva,,Musiqa o'qitish nazariyasimetodikasi va maktab repertuari".Toshkent-2014. 2.O'zME Birinchi jild.Toshkent-2000.

3.Hasanov A.,,Musiqa va tarbiya"-T.O'qituvchi 1993.

4.Yusupova N.,,Musiqa savodi, metodika va ritmika"Toshkent 2010.Musiqanashriyoti.

5. M.S. Muxiddinova "Мактабгача таълим ташкилотларида ахборот-компьютер технологияларини мусика тарбияси воситаси сифатида куллашнинг хусусиятлари" 2020 yil

6. Sh.R.Mahkamova "Имконияти чекланган болалар ва хар томонлама етук авлодни тарбиялашда мусиканинг урни" 2020

7. Mahkamova Sh.R. Таълим жараёнида укувчи ва талабалар билимини бахолаш усуллари ва методикаси // "Экономика и социум" №11(90) 2021//

8. Икрамов А.И. ва бошкалар. "Таълим самарадорлигини ошириш йуллари" мавзусидаги семинар тренинг материаллари. /Тренинглар учун кулланма. - Т.: УМКДТМ, 2002. -184б.

9. Нишонов А. ва бошкалар. Бахрлаш методлари. Укув -услубий кулланма. - Т.: УМКДТРИ, 2003. - 156 б

10. Сарсенбаева Р.М. Тарбиявий ишлар методикаси. Укув кулланма. -Т.:"Молия-иктисод", 2019. - 388 б.

11. Сарсенбаева Р.М. Иктисодий фанларни укитишда кулланиладиган интерактив методлар. Укув-услубий кулланма. - Т.: ТМИ, 2015. - 152 б.

12. Сарсенбаева Р.М. "Касбий педагогика" укув фанини урганиш учун ишчи дафтар. Услубий кулланма. -Т.: ТМИ, 2019. - 112 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.