Научная статья на тему 'MUSIQANING INSON RUXIYATIGA TA’SIRI'

MUSIQANING INSON RUXIYATIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
200
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
musiqa / Betxoven / Cho‘li Iroq / Chorgoh / emotsional / psixologik / V.I.Petrushin / Dugoh / Segoh / estetik / san’at / his-tuyg‘u / mashshoq

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Iqbol Sobirjonovna Toshpo‘latova

Mazkur maqola musiqaning inson sog‘ligiga va ruhiyatiga qanday ta’sir qilishi xususida insonning fe’l-atvori, xatti-harakati, kayfiyati o‘zini yurishturishi uning qanday muhitda bo‘lishligi musiqaning ta’siri ostida bo‘ladi. Zero, san’at insonni qalbini go‘zallikka chorlaydi, nozik his-tuyg‘ularni uyg‘otadi va ma’naviy dunyosini boyitadi. Xalqimiz va millatimizning rivojlanish davrida qo‘shiq bilan bir qatorda tanbur, dutor, nay, g‘ijjak, ud, rubob, qonun kabi milliy cholg‘ularimiz ko‘ngil davosi sifatida bebaho, ma’naviy ozuqa bo‘lib xizmat qilgan. “Musiqa bilan davolash ilmi” keng tarqalgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSIQANING INSON RUXIYATIGA TA’SIRI»

MUSIQANING INSON RUXIYATIGA TA'SIRI

Iqbol Sobirjonovna Toshpo'latova Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti

Annotatsiya: Mazkur maqola musiqaning inson sog'ligiga va ruhiyatiga qanday ta'sir qilishi xususida insonning fe'l-atvori, xatti-harakati, kayfiyati o'zini yurish-turishi uning qanday muhitda bo'lishligi musiqaning ta'siri ostida bo'ladi. Zero, san'at insonni qalbini go'zallikka chorlaydi, nozik his-tuyg'ularni uyg'otadi va ma'naviy dunyosini boyitadi. Xalqimiz va millatimizning rivojlanish davrida qo'shiq bilan bir qatorda tanbur, dutor, nay, g'ijjak, ud, rubob, qonun kabi milliy cholg'ularimiz ko'ngil davosi sifatida bebaho, ma'naviy ozuqa bo'lib xizmat qilgan. "Musiqa bilan davolash ilmi" keng tarqalgan.

Kalit so'zlar: musiqa, Betxoven, Cho'li Iroq, Chorgoh, emotsional, psixologik, V.I.Petrushin, Dugoh, Segoh, estetik, san'at, his-tuyg'u, mashshoq

THE INFLUENCE OF MUSIC ON HUMAN MIND

Iqbal Sobirjonovna Toshpolatova Uzbek National Music Art Institute named after Yunus Rajabi

Abstract: This article is about the effect of music on human health and psyche. A person's character, behavior, mood, behavior, and the environment he is in are influenced by music. After all, art invites a person's heart to beauty, awakens delicate feelings and enriches his spiritual world. During the development of our people and nation, along with songs, our national musical instruments such as tanbur, dutor, flute, gijjak, oud, rubob, and ganon served as priceless soul medicine and spiritual nourishment. The "science of music healing" is widespread.

Keywords: music, Beethoven, Choli Iraq, Chorgoh, emotional, psychological, V.I. Petrushin, Dugoh, Segoh, aesthetic, art, feeling, mashshaq

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro maqom san'ati anjumanining ochilish marosimida: "Sharq mumtoz adabiyoti, tasviriy san'ati, ilmu ma'rifat, islomiy qadriyatlardan oziqlangan maqom san'atiga - ana shunday buyuk madaniy meros rivojiga o'zbek xalqi ham munosib hissa qo'shgani bilan biz haqli ravishda faxrlanamiz." - dedi[1.]

"Qachonki, so'z beoqibat qoladigan bo'lsa, har tomonlama ta'sir etadigan vosita musiqadir." - P.I.Chaykovskiy. Tarixdan ma'lumki, ilm-fan, san'at, madaniyat, adabiyot o'z'aro bir-biri bilan bog'liq tushunchadir. Sharqda ham san'at va adabiyotni

ITFVE^^Hl 473 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

ma'naviyatidan, iymonu-e'tiqodan ayirmagan holda tasavvur etib bo'lmaydi. O'zbek xalqining ma'naviy merosi-hech qachon o'imaydi. Shu merosning mazmunida musiqa san'ati alohida o'rin egallaydi. Zero, san'at insonni qalbini go'zallikka chorlaydi, nozik clarni uyg'otadi va ma'naviy dunyosini boyitadi.

Milliy musiqa merosimiz xususan, milliy cholg'u ijrochiligi eramizdan bir necha asr oldingi davrlarga borib taqaladi. Buni bir arxeologik qazilmalaridan ko'rishimiz mumkin. Xalqimiz va millatimizning rivojlanish davrida qo'shiq bilan bir qatorda tanbur, dutor, nay, g'ijjak, ud, rubob, qonun kabi milliy cholg'ularimiz ko'ngil davosi sifatida bebaho, ma'naviy ozuqa bo'lib xizmat qilgan.

Qadimgi Yunonistonda "Musiqa bilan davolash ilmi" keng tarqalgan ekan. Matematik va faylasuf Pifagor musiqaning kishi ruhiga va tanasiga va har tomonlama davo bo'ladigan vosita sifatida tavsiya etgan. Aytishlaricha Iskandar Zulqarnayn ham ko'p ishlarni musiqa sadolari ostida bajargan ekan. Abu Ali Ibn Sino orombaxsh musiqa sadolarini sevgan, xatto o'zi ham g'ijjak yasab chalgan ekan.

Inson kayfiyatni chog' qilaigan ohanglarni tinglaganida ko'ngli tog'dek ko'tariladi. Yurak jo'shqin va dadil uradi, chehra ochiladi, asab va tomirlar yoziladi. Xuddi shunday his-tuyg'ular tabiatda sodir bo'ladigan holatlar, ko'klam fasli, daryolar, gul va bulbullar sayrashi inson kayfiyatiga o'z tasirini ko'rsatib kelgan.

Olimlar musiqani chinakam kuch manbai, deb hisoblashadi. Musiqa haqiqatdan ham kishiga hayotiy quvvat, ma'naviy zavq baxsh etadi. Abdulla Qodiriyning "O'tgan kunlar" romanini yodingizga keltiring. Otabek Marg'ilondan quvg'inga uchrab, Toshkentga keladi. U bir bo'zxonaga kiradi. U ko'nglimga mas'ul bo'ladigan kuyni tinglash uchun mashshoqqa iltijo qiladi. Otabek dutorning mungli tovushiga beriladi. Dutordan chiqayotgan mungli sadolar o'zining bir hasratini so'zlayotgandek eshitilar edi. Dutordan taralayotgan kuy butun koinotni "zir" etib va xasta yuraklarni "dir-dir" silkitib yig'latar edi. Otabek ortiq chidab tura olmadida ro'moli bilan ko'zini yashirib yig'lamoqqa kirishdi. U ko'z yoshlarini to'xtatmoqchi bo'lar edi, biroq ixtiyori o'zida emas edi. Hamma ixtiyor dutorning hazin "Navo"sida, toqatsiz yig'isida edi. Otabek "Navo"dan so'ng "Savt" kuyini tinglab o'ziga keladi. Darhaqiqat, musiqaning sehri eshitish qobilyatiga ham bog'liq.

Ulug' vatan urushida vaqtida gospitalda yotgan kassalarga Betxovenning 5-chi simfoniyasi eshitirilganda kassalarda kelajakka bo'lgan ishonch, g'alaba tuyg'usi ularni ruhiyatiga o'z ta'sirini o'tkazganligini bilamiz. Inson safarga chiqqan chog'ida o'ziga ma'qul bo'lgan qo'shiq yoki kuy tinglaganida manzilini uzoqligiga qaramay yo'li qisqarib, charchamasdan borib qolganini ham sezmaydi. T.Alimatov sato sozida ijro qilgan "Cho'li Iroq", "Navo" "Chorgoh" kuylari kishini chuqur xayol surishga majbur qiladi.

Habiba Oxunova ijrosidagi "Alla"... Bu qo'shiq chunonam asabni tinchlantiradiki, uni eshitganda faqat go'dakning emas, xatto kattalarning qalbi ham

fîcïV^^^BI 474 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

orom topadi. "Alla'lar bolalarning musiqaviy-estetik tarbiyasida muhim o'rin tutadi. O'tmishdan meros bo'lib kelgan maqomlarimizga nazar soladigan bo'lsak, har bir maqom o'z xarakteriga egadir.

Buzruk maqomi insonni ulug'laydi, kelajakka ishonch bildiradi. Rost maqomi o'zini ulug'vorligi bilan insonni ichki kechinmalarini bildiradi. Navo maqomi insonni kayfiyatini ko'taradi ruhini tetiklaydi. Dugoh, Segoh, Iroq maqomlari insonni ruhiga, kayfiyatiga ta'sir etib, ko'ngilda kechadigan dardu-alamlari, tushkunlikka tushib qolganlarga, ko'nglini taskin topishida o'z kuchi ta'sirini o'tkazadi.

V.I.Petrushin "Musiqiy psixologiya"[2.] asarida musiqaning psixologik xususiyatlari haqida to'xtalar ekan, musiqa ijrosiga ham to'xtalib o'tadi. Uning fikricha, tinglovchi biror-bir kuyni tinglaganida, o'sha asar insonning hayoti davomida orttirgan taassurotlari, kechinmalarini uyg'otadi. Lekin tinglovchi musiqiy asarni tinglaganda o'zining emas balki kompozitorning kayfiyati, his-tuyg'usini musiqaning ijro vositalari orqali anglashi kerak. V.I.Petrushinning fíkricha musiqiy idrokni shakllantirish bu musiqiy eshitish qobilyatini shakllantirishga bog'liq ekan. Yana u shuni ta'kidlaydiki, kishining tarbiya ko'rgan muhiti, bilimi, yoshi ham uni musiqiy idrokiga sezilarli ta'sir ko'rsatar ekan. Har kimning musiqiy didi uning yashash muhiti, turar joyiga va uni o'rab turgan ijtimoiy holat bilan chambarchas bog'liq deb hisoblaydi.

O'zbekiston Davlat konservatoriyasi professor-o'qituvchilarini bir guruhi hamda "Maqom markazi" xodimlari tomonidan dastur ishlab chiqildi. Unda ko'rsatilishicha bog'cha va o'rta maktab o'quvchilarini musiqa mashg'ulotlarida o'tiladigan dasturlari ko'rib chiqildi. Bog'chadagi jajji bolajon hayotga endi kirib kelayotgan vaqtida uni musiqaning oliyjanob asarlar tinglashiga o'rgatmog'imiz lozim. Shuning uchun uning o'ynab yurgan chog'ida mumtoz maqom kuylarini kuylab eshittirmog'imiz kerak.

Bunday kuylar uning ruhiyatiga o'z ta'sirini ko'rsatadi albatta, har tomonlama tarbiyasiga, sog'ligiga, fikr yuritishiga undaydi. Maktabda o'quvchilarga har xil mavzudagi qo'shiqlarni tinglatar ekanmiz, tinglash jarayonini tashkil etish va uni samarali usullarini ishlab chiqish joizdir. Bu borada Yunus Rajabiy nomidagi O'zbek milliy musiqa san'ati instituti "Maqom cholg'u ijrochiligi" kafedrasi, O'zbek tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchilari o'rta maktab o'quvchilari bilan birgalikda ma'ruza-konsert ishlarini yaxshi yo'lga qo'yishgan. O'quvchilar bilan jonli muloqot o'tkazib, ularga yoqadigan qo'shiq va musiqalarni ijro etib, tarbiyaviy ishlarni amalga oshirib kelishlik yo'lga qo'yilgan.

Hozirgi davrimizda musiqa tinglashni har xil usullari paydo bo'ldi. Yoshlarimiz qalbiga ta'sir ko'rsatishning ko'plab vositalari orqali musiqa katta o'rin egallaydi. Ahloqiy va estetik tarbiya ko'rgan kishiga xos bo'lgan zavq-shavq shunda ifodalanadiki, kishi qalbi quvonchga yaxshi so'z, nasihat, maslahat kabi ezgu niyatlarga ta'sirchan bo'lib qoladi.

HcTrni^^H] 475 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

Musiqiy tarbiya va axloq bu juda o'rganilishi, tadbiq etilishi zarur bo'lgan masaladir. Musiqa san'ati go'zallikka ta'sir etuvchi, jalb etishning eng nozik vositasi hisoblanadi. Inson kuy qo'shiq tinglar ekan, o'z o'zligini anglaydi, o'zida qandaydir salbiy jihatlar bo'lsa yo'qotishga harakat qiladi. Musiqa insonni o'zini-o'zi tarbiyalashga o'rgatadi.

Sharq xalqlarining an'anadagi cholg'u musiqasi tabiiy fanlardek muhim o'rinlardan birini egallaydi. Ayniqsa, o'zbek xalq va og'zaki an'anadagi professional musiqasi juda katta ahamiyat kasb etadi. Muhtaram Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev bejiz maqom san'atini rivojlantirish [3.] uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish masalasini qo'yganlari yo'q, bishta muhim tashabbus ilgari surildi. Yoshlarimizni ma'nan va jismonan shakllanib jamiyatda o'z o'rnini munosib egallashida biz pedagoglar vijdonan o'z kasbimizga yondashishimiz lozim. Bolalar musiqa maktablarida qolaversa mahalalarda bunday ezgu amallarni bajarib borsak maqsadga muvofiq bo'lar edi.

Shuni aytish mumkin-ki, yoshlarda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish va ma'naviy-tarbiyaviy ishlarda xalq ijodiyoti, xususan, musiqiy folklor janrlari muhim ahamiyat kasb etadi. Bu maqsadga erishishda ayniqsa an'anaviy xalq musiqasining o'rni katta. Shunday ekan, boy va serko'lam musiqiy merosni asrab avaylab, kelajak avlodlar qalbiga singdirishda san'atkorlarimizning faoliyatini o'rganish muhim ilmiy-ijodiy, uslubiy-tarbiyaviy ma'no kasb etadi.

Musiqaning inson ruhiyatiga, uning salomatligiga va emotsional holatiga ta'sir etish imkoniyati, musiqani tinglash va ijro etish jarayonidagi ijobiy ta'siri - tibbiyotda ham, musiqada ham ilmiy ishlar olib borish uchun muhim asosdir. Kuy kishini beixtiyor o'ziga ergashtirib, fikrlar, hissiyotlarga boshlab kiradi. Odam bolasining ongiga, saviyasiga qarab, fikr yuritishga, idrok etishga chorlaydi. Kuy va qo'shiqdan zavq olish, undan hayajonlanishni bilish - katta baxtdir. Shuning uchun yosh avlodga musiqiy bilim berish haqida g'amxo'rlik qilish juda ham zarur. Zero, har tomonlama kamol topadigan kelajak avlod musiqadan ham yaxshigina xabardor bo'lmog'i darkor.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. 6.09.2018 Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro maqom san'ati anjumanining ochilish marosimidagi nutqi.

2. Petrushin V.I. Musiqiy psixologiya. - M., 1997.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori, 17.11.2017 yildagi PQ-3391-

son

476

ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.