PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS ANO SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in-academy.uz
ISLOM MA'NAVIYATINING TARBIYAVIY AHAMIYATI
1Hasanov Raximjon Inamovich
Toshkent amalliy fanlar universiteti,Ijtimiy fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.13269255 Annotatsiya: O'zbekiston o'zining ichki va tashqi siyosatida islom dini qobig'ida ifoda etilgan umuminsoniy qadriyatlarga katta e'tibor berib, ularga muhim o'rin ajratmoqda. Buning boyisi shundaki, islom dini, uning qadriyatlari xalqimizning moddiy va ma'naviy hayotining shakllanishida, yurtimizning jahon madaniyatining yirik maskaniga aylanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mana shu jihatlar milliy g'oya tarixini o'rganishning muhim vazifalarini belgilaydi. "Mamlakatimizda "jaholatga qarshi-ma'rifat" degan ezgu g'oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do'stlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishini targ'ib etish kun tartibimizdagi doimiy masalalardan biri bo'lib qoladi".
Kalit so'zlar: Milliy g'oya tarixini, bu davrda Markaziy Osiyoda, diniy va dunyoviy ilmlar, ma'naviyat, ma'naviy tarbiya, ma'naviy qadriyat, , himoya orderi, mahalla, ijtimoiy-ma'naviy muhit, jamoatchilik nazorati.
KIRISH
Islomiy qadriyatlar asrlar davomida musulmonlar ongi va qalbiga chuqur singib, ularning turmush-tarzi, hayot yo'lini belgilashda milliy qadriyatlar bilan uyg'unlikda asosiy mafkura vazifasini o'tagan. O'zbek xalqi ma'naviy madaniyatini shakllantirish jarayonida islom qadriyatlarining va yurtimizdan yetishib chiqqan islom allomalarining tutgan o'rni va roli benihoya kattadir. Shu qutlug' zaminimizda tug'ilib voyaga yetgan, muborak nomlarini butun islom dunyosi cheksiz ehtirom bilan tilga oladigan Imom Moturidiy, Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Xoja Baxouddin Nakshband, Axmad Yassaviy, Abduholik G'ijduvoniy, Zamaxshariy kabi piri komillarimizni nazarda tutamiz. Ma'naviy xayotimizni mana shu ulug' nomlar bilan bog'laymiz. Chunki bu buyuk insonlarning buyuk nomlari, o'chmas merosi muqaddas dinimiz bilan chambarchas bog'lanib ketgan, ularni bir-biridan ajratib bo'lmaydi. Biz milliy g'oyamiz tarixini bu ulug' nomlarsiz, bu ulug' nomlarni esa dinimizsiz tasavvur eta olmaymiz.
Bu ulug' ajdodlarimizning muqaddas merosidan xalqimizni, jumladan yoshlarimizni ham bahramand qilishga, ularni mana shunday ma'naviy madaniyat muhitida kamol toptirishga, islomning insonparvarlik falsafasidagi shu buyuk g'oyalarni yoshlar qalbidan joy oldirishga sharoit yaratishimiz lozim. Biz farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda Imom Moturidiyning kalom ilmi, Imom Buxoriy to'plagan hadislar, Naqshbandiy ta'limoti, Termiziy o'gitlari, Yassaviy xikmatlari asosida tarbiya qilishmiz kerak. Milliy g'oya tarixini o'rganishda, milliy g'oyani targ'ib qilishda allomalarimiz merosidan foydalanishimiz zarur.
Bu atoqli ulamolar orqali islomning xalqimiz ma'naviy madaniyati kamolotidagi roliga berilayotgan yuksak bahoning isboti sifatida, dinga oid minglab kitoblar nashr etilgani, masjidu madrasalar obod qilingani, ularning qabrlari xaqiqiy ziyoratgohlarga aylantirilganini eslash kifoya. O'zbek xalqining ma'naviy kamoloti rivojida ayniqsa, islom qadriyatlarining hamda din arboblarining tutgan o'rni va roliga obyektiv baho berilmoqda. Islom dini - bu ota-bobolarimiz dini, u biz uchun ham iymon, ham axloq, ham diyonat, ham ma'rifatdir. U quruq aqidilar
yig'indisi emas. Ana shu ma'rifatni kishilarimiz jon deb qabul qiladilar va yaxshi o'gitlariga amal qiladilar va mehr-oqibatli, nomusli, oriyatli bo'lishga, izzat-ehtirom tushunchalariga rioya etishga xarakat qiladilar. Bu esa milliy g'oyamizning mohiyat-mazmunini tashkil qiladi.
Tariximizning qaysi davrini eslamaylik, din har doim odamlarni o'z-o'zini idora etishga, yaxshi xislatlarini ko'paytirib, yomonlikdan halos bo'lishga chaqirgan. Har bir alohida insonga, oila, jamoa, mintaqa, umumxalqqa rahnamo bo'lgan. Uni og'ir-og'ir sinovlarga bardosh berishga, yorug' kunlarga intilib yashashga da'vat qilgan. Bunday da'vat o'z navbatida odamlarga kuch-quvvat bag'ishlagan, irodasini mustahkam qilgan, bir-biriga mehru oqibatini oshirgan. Demak, din xalq ma'naviyatining, ma'rifatining yuksalishiga katta hissa qo'shib kelgan ekan bugungi davlatchiligimiz haqida so'z yuritganda, rejalar tuzganda dinni, eng avvalo ham milliy, ham umuminsoniy qadriyat sifatida e'tiborda tutishimiz kerak. O'zbek xalqi ma'naviy madaniyati rivoji tarixida islom dini ham diniy, ham umumbashariy qadriyat sifatida diniy va dunyoviy ilmlarning mushtarakligini targ'ib qilgan .
Biroq ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning murakkabligi, turli xil diniy va siyosiy oqimlarning mavjudligi, turli mamlakatda madaniyatda erishilgan yutuqlarni o'zlashtirish, tabiiy-ilmiy bilimlarning rivojlanishi xalifalikning ma'naviy, madaniy hayotida kelib chiqadigan diniy va dunyoviy oqimlarning xilma-xil bo'lishiga va ziddiyatliligiga olib kelgan .
Ma'lumki, VIII asrdayoq musulmon aqidaviy ta'limoti - Kalom yuzaga kelgan. Ushbu ta'limotni rivojlantirishda Imom Moturidiyning xizmatlari beqiyosdir. Kalomning tarafdorlari - mutakallimlar haqida fikr yuritib, islomning eng yirik mafkurachisi bo'lib, ular haqida fikr bildirganlardan biri Abu Xamid al-G'azzoliydir. U bunday deb yozgan edi: "Ularning maqsadi Sunnatga e'tiqod qiladigan kishilarning iymon tamoyilini saqlab qolishdan, uni o'zlari o'ylab topgan yangiliklar bilan birga bid'atchilar kiritayotgan chalkashliklardan muhofaza qilishdan iborat edi" .
Bu davrda Markaziy Osiyoda islom keng tarqalgan mamlakatlardan bo'lib, u hukmron mafkura vazifasini bajarayotgan edi. Markaziy Osiyo mutafakkirlarining aksariyati arab tilida ijod qilganlariga qaramay, o'z
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
xalqining vakillari sifatida uning tarixi, ma'naviy -madaniyati, urf-odatlarini hurmat qilganlar, hamda uni rivojlantirishga va yanada boyitishga xarakat qilganlar.
Hadislarda aytilishicha, Allohni tanish uchun ham kishi aqlli, bilimli, ma'rifatli bo'lishi shart. Uning komil inson, fozil mo'min bo'lishi uchun dunyoviy bilim, xuddi shunday axloq kanchalik zarur bo'lsa, uning ma'naviy madaniyat jihatidan boy, ahloqiy tomondan xalol, pok, barkamol bo'lishi diniy ta'limot va axloq uchun xam shunchalik zarurdir . Ilm va ilm ahliga bo'lgan iliq va samimiy munosabat Sharq, xususan, O'rta Osiyo musulmonlari hayotida juda katta insoniy fazilat va ne'mat sanalgan. Bu holning hadislarda zikr etilganligi esa nafaqat ilm va olimlarning, balki ularga qaratiladigan munosabatlarning axloqiy ahamiyatini ancha kuchaytirgan1.
Bu haqiqatni faqat bugungi tariximizgina emas, balki o'tmishimiz ham to'la tasdiqlaydi. O'rta asrlarda din madaniyatning barcha turlarini - ilm-fan, falsafa, huquq, axlok, san'at va boshqa sohalarni o'zida mujassamlashtirgan va ularga o'zining g'oyaviy ta'sirini o'tkazib kelgan. Zero, islom dini talimotining asoslari Qur'onda, hadislarda hamda ilohiyot adabiyotida o'z ifodasini topgan. Din o'zining tantanali bayramlari, turli marosimlari bilan kishilar ko'nglida ko'tarinki kayfiyat, xurramlik, rahm-shavqat, sabr-toqat, qanoat, mexr-oqibat, hamdardlik, poklik, odamgarchilik va shu kabi boshqa fazilatlarni shakllantiradi. Va kamol toptiradi. Butun jahon diqqat-e'tiborini tortgan boy va rang-barang madaniy-ma'naviy merosimiz ikki qudratli to'lqin - dunyoviy ilmlar va diniy falsafiy tafakkurga tayanadi. Shu bois ham bu o'lmas nodir ma'naviy qadriyatlar bugungi yangi demokratik fuqarolik jamiyati qurilishida muhim ma'naviy-g'oyaviy ahamiyat kasb etayapti.
Islom olamida eng yetuk va mashhur olimlardan hisoblangan al-Buxoriy, Imom Ibn Muborak al-Marvaziy, ash-Shoshiy, Jamoliddin an-Nasafiy, Imom at-Termiziy, Xoja Ahmad Yassaviy, Abdulxoliq G'ijduvoniy, Burxoniddin Marg'inoniy, Baxouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiy, Abu Mansur Moturudiy singari buyuk zotlar shular jumlasidandir . Bizning yurtimiz - Turon zaminida va musulmon Sharqida tasavvufning bir necha tariqati ta'limotlari yuzaga kelgan va yoyilgan. Bulardan eng ko'p tarqalganlari yassaviya, kubroviya, naqshbandiya va boshqa tariqatlardir . Ushbu tariqatlarda bildirilgan fikrlar milliy g'oyamizning tarixiy ildizlarini o'rganishda ma'naviy manba bo'lib xizmat qiladi.
Milliy g'oya tarixini o'rganishda ma'naviy merosimizga ulkan hissa qo'shgan allomalarimizning merosini yoshlar o'rtasida targ'ib qilish muhimdir. Ularning ma'naviyatni shakllantirishda insonni ma'naviy yetuklikka chorlovchi diniy, axloqiy va falsafiy-xuquqiy hikmatlaridan foydalanishimiz lozim. Zero, e'tiqod tarbiyasi Vattani sevishda imonning
mazmunini belgilovchi asosdir. Vatanparvarlik milliy g'oyaning asosiy xususiyatini belgilovchi mezondir.
"Dunyo shiddat bilan o'zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo'layotgan bugungi kunda ma'naviyat va ma'rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishga intilishiga e'tibor qaratish har qachongidan ham muhimdir. Aynan ta'lim va ma'rifat bashariyat farovonligining asosiy omillaridan hisoblanadi, insonlarni ezgulikka da'vat etadi, saxovatli, sabr-qanoatli bo'lishga undaydi. Muqaddas islom dinimiz bizga aynan shuni o'rgatadi".
O'zbekiston o'zining ichki va tashqi siyosatida islom dini qobig'ida ifoda etilgan umuminsoniy qadriyatlarga katta e'tibor berib, ularga muhim o'rin ajratmoqda. Buning boyisi shundaki, islom dini, uning qadriyatlari xalqimizning moddiy va ma'naviy hayotining shakllanishida, yurtimizning jahon madaniyatining yirik maskaniga aylanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mana shu jihatlar milliy g'oya tarixini o'rganishning muhim vazifalarini belgilaydi. "Mamlakatimizda "jaholatga qarshi-ma'rifat" degan ezgu g'oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do'stlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishini targ'ib etish kun tartibimizdagi doimiy masalalardan biri bo'lib qoladi"
ADABIYOTLAR:
[1] Mirziyoyev Sh.M. 2021 yil 26 fevraldagi xotin-qizlarning muammolarini hal qilish va ularni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash masalalari muhokamasi yuzasidan selektordagi nutqi. «Xalq so'zi» gazetasi, 2021 yil 27 fevral.
[2] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. «Xalq so'zi» gazetasi, 2020 yil 25 yanvar
[3] A.Zakirova, Q.Abdurasulova. Xotin-qizlarning zo'ravonlikdan jabrlanishining sabablari va uning oldini olish // Jamiyat va innovatsiyalar //12 (2021). B.
[4] Chen, D. H. C. (2004) Gender Equality and Economic Development.The Role for Information and Communication Technologies. World Bank Policy Research Working Paper 3285, P. 28.
[5] napr., Rubalcava, L., G. Teruel, and D. Thomas (2009) Investments. Female Incomes on Patterns of Household Expenditure.Economica 65 (260): 599-613.)
[6] SH.Pulatova , A.Murodov — Zo'ravonlikdan jabrlanganlar huquqlarini himoya qilish va zo'ravonlikning oldini olish. T.: 2020. — B.8.
[7] https://nrm.uz/content O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisidagi nutqi_(2019_yil_21_iyun).
1 MatHaBMAT Tyn^aM. -T.: OaH. 1998. -E.
9.