PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
IMOM MOTURIDIYNING MA'NAVIY ME'ROSI
1Hasanov Raximjon Inamovich
Toshkent amalliy fanlar universiteti,Ijtimiy fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.13269400 Annotatsiya: O'zbekiston o'zining ichki va tashqi siyosatida islom dini qobig'ida ifoda etilgan umuminsoniy qadriyatlarga katta e'tibor berib, ularga muhim o'rin ajratmoqda. Buning boyisi shundaki, islom dini, uning qadriyatlari xalqimizning moddiy va ma'naviy hayotining shakllanishida, yurtimizning jahon madaniyatining yirik maskaniga aylanishida muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mana shu jihatlar milliy g'oya tarixini o'rganishning muhim vazifalarini belgilaydi. "Mamlakatimizda "jaholatga qarshi-ma'rifat" degan ezgu g'oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do'stlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishini targ'ib etish kun tartibimizdagi doimiy masalalardan biri bo'lib qoladi".
Kalit so'zlar: Milliy g'oya tarixini, bu davrda Markaziy Osiyoda, diniy va dunyoviy ilmlar, ma'naviyat, ma'naviy tarbiya, ma'naviy qadriyat, himoya orderi, mahalla, ijtimoiy-ma'naviy muhit, jamoatchilik nazorati.
KIRISH
Abu Mansur Moturidiyning to'liq nomi Abu Mansur Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-hanafiy al-Moturidiy as-Samarqandiyning ko'proq manbalarga qaraganda 870-yilda Samarqandning Moturid qishlog'ida (hozirgi Jomboy tumani) tug'ilgan. Abu Mansur Moturidiy sunniy e'tiqodidagi ikki yirik ta'limotlardan biri bo'lmish moturidiya ta'limotining asoschilaridan hisoblanadi. Fiqh olimi, kalom ilmining moturidiylik oqimi asoschisi. "Imom al-hudo" ("Hidoyat yo'li imomi"), "Imom al-mutakallimin", ("Mutakallimlar imomi") nomlari bilan ulug'langan. Moturidiylik aqidaviy yo'nalishini keng quloch yozishi, xususan usmoniylar davlati davriga to'g'ri keladi.
Yurtimiz mustaqilligi sharofati bilan milliy-diniy qadriyatlarimizning tiklanishi va uzoq o'tmishda yashab o'zlarining sermahsul ijodlari bilan islom dinining turli sohalariga bag'ishlab ko'plab asarlar yozib qoldirgan allomalarimizning hayotlari va boy ilmiy meroslarini har tomonlama chuqur o'rganish eng dolzarb masalalardan biriga aylandi. Binobarin, buyuk allomalarimiz hayoti va ularning boy ma'naviy meroslarini o'rganib tadqiq qilishda mamlakatimiz olimlari tomonidan talay ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Chunonchi, bu tarzdagi tadqiqotlar bir tomondan jamiyatimiz uchun har tomonlama muhim bo'lgan ma'naviy komil insonlarni tarbiyalash, qolaversa ularda sog'lom diniy tafakkurni shakllantirishda ham alohida ahamiyatga egadir.
Shu bilan birga aytish joizki, islom dinining eng muhim, ayni vaqtda nozik masalalaridan biri bo'lmish aqidaviy masalalarni o'rganadigan kalom ilmining (bu ilm bilan shug'ullangan olimlar mutakallimlar deb ataladi) yuzaga kelishi va uning taraqqiyot bosqichlari, mutakallimlarning hayoti va asarlarini o'rganishda hali yetarli darajada tadqiqotlar amalga oshirilgan, deb aytolmaymiz. Diniy-aqidaviy masalalarni ilmiy asosda chuqur o'rganish hozirgi davr uchun ham amaliy ahamiyatga ega ekanligini ko'rsatadi. Bu o'rinda 2020-yil 25-yanvar kuni O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga Murojaatnomasida "Mamlakatimizda «jaholatga qarshi - ma'rifat" degan ezgu g'oya asosida islom dinining insonparvarlik mohiyatini, tinchlik va do'stlik kabi olijanob maqsadlarga xizmat qilishini targ'ib etish kun
tartibimizdagi doimiy masalalardan biri bo'lib qoladi» , degan fikrlarini keltirish o'rinlidir.
Movarounnahrda kalom ilmining rivojlanishida buyuk mutakallim Abu Mansur Moturidiyning (v. 333/944) o'rni qay darajada katta bo'lgan bo'lsa Iroqda mazkur ilmni rivojlanishida Abul Hasan Ash'ariyning (v.873/936) o'rni ham shu qadar katta ahamiyat kasb etadi. Ayni shu jihatdan har ikkalalari asos solgan ikki ta'limot ahli sunna val-jamoa e'tiqodiy yo'nalishini tarkibidagi yo'nalishlar hisoblanadi. Shuningdek ular yashagan davrga kelib (IX asrning oxiri - X asrning birinchi yarmi) islom dinida paydo bo'la boshlagan turli guruh va firqalarning soni ko'payib ketgan edi. Bu hol imon-e'tiqod masalalarida ko'plab ixtiloflarni keltirib chiqardi.
Shunday guruhlardan biri mu'taziliylar bo'lib, ular aqidaviy masalalarni sharhlashda naqliy dalillardan (Qur'on va hadis) aqliy dalillarni ustun qo'yar edilar. Natijada salaf hamda ahli hadis ulamolari orasida kalom ilmiga nisbatan tanqidiy fikrlar paydo bo'la boshladi.
Mana shunday murakkab sharoitda ulug' mutakallim Abu Mansur Moturidiy va Abul Hasan Ash'ariy yetishib chiqdi va vujudga kelgan muammoli vaziyatni ilmiy asosda bartaraf etishda har ikkalalari o'ziga xos usulda o'zlarining katta hissalarini qo'shdilar. Keyinchalik to hozirgi kunga qadar mazkur ta'limotlarga ergashuvchilarni soni ortib borib uni chuqurroq o'rganishga bo'lgan intilish ortib bormoqda. Shuni alohida ta'kidlash joizki, tanlagan mavzuimizning mamlakatimizda demokratik-huquqiy konstitutsion davlat barpo etish jarayonida, ayniqsa xalqimizga islom dinining asl mohiyatini to'g'ri yetkazishda ham ahamiyati nihoyatda kattadir.
Abu Mansur al-Moturidiyning ilmiy-ma'naviy merosini mamlakatimizda, asosan istiqlol yillaridagina o'rganish imkoniyati vujudga keldi. Bungacha bo'lgan davrda ahli-sunna g'oyasi, xususan, moturidiya ta'limoti, musulmon madaniyati, aqida tizimi va usulini bir qator rus va xorijiy sharqshunoslar, xususan V.V.Bartold, A.E.Shmidt, I.P.Petrushevskiy, so'nggi yillardagi tadqiqotchilardan U. Rudolf, Talip Özde§, Sönmez Kutlu kabilar tomonidan o'rganilgan. Moturidiyning ilmiy merosi - arab dunyosida asosan ash'ariya ta'limoti keng o'rganilishi sababli, arab olimlari tomonidan nisbatan kam o'rganilgan. Aynan
"¿J PPSUTLSC-2024
. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
Moturidiyning tafsiri tadqiqoti bilan shug'ullangan olimlardan Fotima Yusuf al-Xaymiy va Majdiy Basallum kabilarni keltirish mumkin.
O'zbekiston hukumati tomonidan 2000-yilda allomaning 1130-yillik yubileyining nishonlanishi ko'plab ilmiy-tadqiqotlarga turtki berdi. Abu Mansur Moturidiyning hayoti va ilmiy merosi o'rganilib, O'zbekistonning turli joylarida tadqiqotlar, ilmiy maqola va chiqishlar qilina boshlandi. Ayniqsa, bu borada qator islomshunos, sharqshunos, tarixchi va faylasuf olimlarning tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega.
A.Mansurov, U.Alimov, U.Uvatov, Sh.Ziyodov, S.Oqilov kabilarning tadqiqotlarida Abu Mansur Moturidiyning shaxsiyati, uning kalom sohasidagi faoliyati, o'ziga xos uslub va manbalari, u yashagan davr mohiyati, ahli sunna val-jamoaning aqidaviy qarashlariga oid salmoqli ilmiy xulosalarni uchratish mumkin. Abu Mansur Moturidiyning ijodi bilan bog'liq ayrim xorijiy tadqiqotchilarning izlanishlari o'zbek tiliga o'girildi. Shuningdek, ko'plab xorijiy davlatlar kutubxonalarida saqlanayotgan allomaning asarlari nusxalari, ular haqidagi tadqiqotlar va ishlanmalar mahalliy tadqiqotchilari tomonidan mamlakatimizga olib kelinmoqda va o'rganilmoqda. Bu borada 2002-yilda ilohiyot fanlari doktori, nemis prfessori Ulrix Rudolfning "Al-Moturidiy va Samarqand sunniylik ilohiyoti" nomli ishlanmasining qisqartilgan va to'liq shaklining nashr qilinishi muhim voqea bo'ldi. Biroq mamlakatimizda bugungi kunga qadar asha'riya ta'limoti kompleks tarzda tatqiq etilmagan.
Moturidiyning ko'plab asarlari mavjud bo'lib, bu asarlarni mavzularga ko'ra nomlaridan kelib chiqib uch qismga bo'lish mumkin:
1. Tafsir: Moturidiyning "Ta'vilot al-ahli sunna" yoki "Ta'vilot al-Qur'on" nomi bilan tanilgan tafsiri bo'lib, bu kitob Moturidiya aqidasida ma'lum-u mashhur bo'lib, Moturidiya aqidaviy yo'nalishidagi kishilar uchun bu tafsir avvalda ham, keyin ham bemisl deb sanalgan.
II. Kalom ilmi: 1. "Kitob at-tavhid" Moturidiyning bu kitobi kalom ilmiga oid asarlarining eng ahamiyatga molikligi hisoblanadi. Bu asarda u zotning kalom ilmiga tegishli qarashlari qaror topgan va yana eng muhim e'tiqodiy masalalarni bayon qilgan.
2. Aqida bo'yicha risolalar.
3. Risola fil imon bu risolani Abu Mu'in Nasafiy Tamhid kitobida zikr etadi.
4. Maqolot: Moturidiyning "Maqolot" kitobi dastlabki "Maqolot" janridagi kitoblardan hisoblanadi. Biroq kitob bizgacha biron-bir nusxasi bizgacha yetib kelmagan.
5. Bayon vahmiy al-mu'tazila;
6. Radd tahzibiy al-jadal;
7. Radd vaidiy al-fusaq;
8. Radd availiy al-adilla;
9. Radd al-usul al-homsat ila Abi Muhammad Bohiliy.
III. Usul al-fiqh.
www.in-academy.uz
Moturidiya va ash'ariya ta'limotlariga bir-biriga juda ham yaqin. Ushbu o'zaro yaqinlik, oralaridagi ittifoq va kelishuvni vujudga keltiradi. Natijada har ikkalasi "Ahli sunna-val-jamoa" yo'nalishi bo'lib tanilgan ikki toifaga aylandi. Moturidiy o'z ta'limotini an'analarini va ilmiy asarlari bilan Movarounnahr ilohiyot maktabi rivojlanishiga katta ulush qo'shdi.
Ilohiyot ilmlari to'la shakllanib kamol topishiga xizmat qildi. Ularni qayta ishlab chiqib, ma'lum tizimga solishdek bir ishni amalga oshirdi va hanafiy talimotini O'rta Osiyo xalqlarining urf-odatlari bilan bog'liqligini o'z qarashlari orqali ko'rsatib berdi. Uning ta'limoti islom dinining buyuk aqidaviy oqimidan biri sifatida tanildi.
Mashhur turk olimi Toshkubrozodaning ta'kidlashicha: "Ahli-sunnaval jamoa"da kalom ilmi raislari ikki kishi bo'lib, ulardan biri Hanafiy ikkinchisi Shofi'iydir. Hanafiy Abu Mansur al-Moturidiy Shofi'iy esa Abul Hasan Ash'ariydir" . Ko'rinib turibdiki, bizning diyorlarimizda aqida masalalarida moturidiya ta'limotlariga amal qilinadi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh bildirgan fikrlar e'tiborga molik: "Moturidiy ta'limoti degan gap yo'q. Imom Moturidiy rahmatullohi alayhi ahli sunna va jamoa aqiydaviy mazhabining ikki imomidan biri hisoblanadi. Mazkur mazhabning aqiyda masalalarini tartibga solib, hujjat va dalillarini keltirganlar. Xuddi imom Abu Haniyfa fiqh ilmida qanday bo'lsalar bu kishi aqiydada shundaylar".
Ilmi kalomda yuksak martabalarga ko'tarilib, o'z davrining tengsiz shayxi bo'lib tanilgan imomning shogirdlari xalq tilida "Moturidiylar" deb atalar edi. Shuni yahshi bilishimiz lozimki, Imom Moturidiy alohida bir mazhab tuzgan emas! Balki, Imom A'zam Abu Hanifaning aqoidga oid fatvo va talimotlarini nashr qilgan, atrofga yoygan. Hatto u kishining o'zi ham, furu'otda hanafiy mazhabiga tobe bo'lganlar. Kitoblarda "Moturidiy mazhabi" yoki "Moturidiylar" degan atamalar uchrab tursada, buni alohida bir mazhab deb tushunish to'g'ri emas. Balki, Abu Hanifaning usuli din sohasidagi ta'limotini imom Moturidiydan o'rgangan va unga amal qilgan hanafiylar, deb tushunish kerak.
Imom Ash'ariyning asl ismi Ali bin Ismoil. Kunyasi Abul Hasan. Hijriy 260-chi yoki 266-chi (m.879) yili Basrada tug'ilib, Hijriy 324 yoki 330-chi (m.941) yili Bag'dodda vafot etadi. Imom Ash'ariyning fiqhiy mazhabi xususida aniqlik yo'q. Ammo aksar ulamolar, u kishini Shofe'y mazhabida deganlar. Shuningdek, "imom Ash'ariy bizning mazhabdan edi" degan Molikiy va Hanafiylar ham yo'q emas. Xullas, bu ulug' imomni o'z fiqhiy mazhabidan deb hisoblash, har mazhab a'zolari uchun bir sharaf bo'lgan.
Imom Ash'ariy ham mustaqil bir mazhab asoschisi bo'lgan emas. Balki, u kishidan ilmi kalomni o'rgangan, uning ta'limoti asosida e'tiqod qilib kelgan Shofe'iy, Molikiy va Hanbaliy mazhab vakillariga "Ash'ariylaf' deb aytilardi. Imom Ash'ariy o'z ta'limotini tarqatishda, imom Shofe'iyning ilmi kalomga doir fatvo va ijtihodlarini asos qilganini hisobga olsak, u kishining
PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
tashkent.mm.y2om www.in~academy.uz
fiqhiy mazhabi ham shofe'iy bo'lgan, deb aytish mumkin.
Ilmi kalomda, ahli sunnatga ustozlik qilgan bu ikki asrdosh imom bir-birlari bilan uchrashmagan bo'lishlariga qaramay, Alloh taolo ularning yo'riqlarini usuli dinda, deyarli bir xil qildi. Magar ilmi tavhid furu'otida ayrim ixtiloflari mavjud. Ya'ni ikki imom talimotida bir-birlarini kufriga hukm qiluvchi birorta ham usuli dinga doir ixtilof bo'lmagan.
ADABIYOTLAR:
[1] Узбекистан Республикаси Президенты Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси. "Халк сузи" газетаси 2020 йил 25 январь.
[2] Шайх Абдулазиз Мансур. Куръони Карим маъноларининг таржима ва тафсири. - Тошкент. Тошкент ислом университети, 2007. 618 б.
[3] Акоид матнлари. / Нашрга тайёрловчи ва таржимон: Шайх Абулазиз Мансур./ - Тошкент. Тошкент ислом университети, 2006. 80 б.
[4] Sönmez Kutlu.imam Maturidi ve Maturidilik.Ankara:kitabiyat, -Б. 464 б. 2.
[5] Talip Ôzdeç. Maturidi'nin tefsir anlayiçi.istanbul:Insan yayinlan, 2003. 320 б.
[6] Адабиётлар:
[7] Абдулхаким Шаръий Жузжоний. Ислом хукукшунослиги, ханафий мазхаби ва Урта Осиё факихлари. - Тошкент. Тошкент ислом университети, 2002. 256 б.
[8] Алимов У. IX - XI асрларда Самарандда калом илмининг ривожи. - Тошкент. "Узбекистон миллий энциклопедияси" Давлат илмий нашриёти, Мовароуннахр, 2008. 192 б.
[9] Абу Саъид Гардизи. Зайн ал-ахбар/ Перевод с персидского языка А.К.Арендс. Ташкент. ФАН, 1991. 176 б.
[10] Зиёдов Ш. Абу Мансур "Ал-Мотуридий ёзма мероси ва унинг "Китоб ат-Таъвилот"асари". Тарих фанлари номзоди... дис. Автореф. - Тошкент. Абу Райхон Беруний номидаги Шаркшунослик институти, 2003. 22 б.
[11] Шайх Мухаммад Содик Мухаммад Юсуф. Сунний акийдалар. - Тошкент. Шарк, 2008. 584 б.
[12] Кароматов Х..С. ва бошк. Ал-Мотуридий таълимоти ва унинг Шарк халклари маданиятидаги урни. /Маърузалар туплами./ - Тошкент. ТИУ, Ижтимоий фикр маркази, 2000. -144 б.
[13] Уватов У. Имом Мотуридий меросининг мохияти. /Маъруза матни./ - Тошкент. Маънавият, 2000. -16 б.
[14] Рудольф У. Ал-Мотуридий ва Самарканд суннийлик илохиёти. - Тошкент. Имом ал-Бухорий халкаро жамгармаси, 2001. - 203 б.
[15] Хусниддинов З.М. Ислом энциклопедияси. -Тошкент. Узбекистон Миллий энциклопедияси давлат илмий нашриёти, 2004. -320 б.
[16] Интернет сайтлари
[17] http ://www. almeshkat. net/books/archive/books/t-%20altabri.zip
[ 18] http://www.thakafa.biz/cgi-bin/item/269-1775/009/index.htm
[19] Уватов У., Имом ал-Мотуридий ва унинг таълимоти, Т., 2000;
[20] Каттаев К, Имом ал-Мотуридий ва Чокардиза, Самарканд, 2000;
[21] Абдулазиз Мансур, Ал-Мотуридий таълимоти, Т., 2003;
[22] Зиёдов Ш., Ал-Мотуридий хаёти ва мероси, Т., 2000.