Научная статья на тему 'ISLOM HUQUQIDA YOSHLAR TARBIYASI MASALASI'

ISLOM HUQUQIDA YOSHLAR TARBIYASI MASALASI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
31
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Shaxs / jamiyat / Qur’on / hadis / fiqx / qavm / Ollox / ummat / din / zakot / masjid / madrasa / farz / taqvo / shariyat / sura / iymon / ushr(to‘lov).

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Yakubov Yusuf Mingishevich, Mingisheva Sevinchoy Yusuf Qizi

Maqolada tarixan shakllangan shaxs va jamiyat munosabatlari masalasining islom manbalari: Qur’on va hadislar hamda fiqhda (musulmon huquqshunosligi) o‘z ifodasini topgan talqini va shu asosda jamiyatning boshqarilishi, tartibga solinishi diniy-falsafiy va amaliy jihatlari ilmiy asoslari talqin qilinib, uning mafkuraviy va g‘oyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan diniy bag‘rikenglik va xalqaro hamjihatlik g‘oyalarining aqidaviy va huquqiy asoslari qiyosiy tahlil qilinadi. Xususan, hozirgi davr uchun ahamiyati ilmiy asoslanib, muhim xulosalar chiqarilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ISLOM HUQUQIDA YOSHLAR TARBIYASI MASALASI»

ISLOM HUQUQIDA YOSHLAR TARBIYASI MASALASI 1Yakubov Yusuf Mingishevich, 2Mingisheva Sevinchoy Yusuf qizi

1ToshDAU falsafa fanlari nomzodi, dotsent 2O'zDJTU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10885877

Annotatsiya. Maqolada tarixan shakllangan shaxs va jamiyat munosabatlari masalasining islom manbalari: Qur'on va hadislar hamda fiqhda (musulmon huquqshunosligi) o'z ifodasini topgan talqini va shu asosda jamiyatning boshqarilishi, tartibga solinishi diniy-falsafiy va amaliyjihatlari ilmiy asoslari talqin qilinib, uningmafkuraviy vag'oyaviy ahamiyatga ega bo'lgan diniy bag'rikenglik va xalqaro hamjihatlik g'oyalarining aqidaviy va huquqiy asoslari qiyosiy tahlil qilinadi. Xususan, hozirgi davr uchun ahamiyati ilmiy asoslanib, muhim xulosalar chiqarilgan.

Kalit so'zlar: Shaxs, jamiyat, Qur'on, hadis, fiqx, qavm, Ollox, ummat, din, zakot, masjid, madrasa, farz, taqvo, shariyat, sura, iymon, ushr(to'lov).

Аннотатсии. В стате рассматриваются исламские источники исторически сформировавшейся проблемы взаимоотношений личности и общества: Коран и хадисы, а также ее трактовка в юриспруденсии (мусулманская юриспруденсия) и научные основы религиозных, философских и практических аспектов управления обществом на этой основе. сравнителный анализ доктриналных и правовых основ идей религиозной толерантности и международной солидарности. В частности, были сделаны важные выводы на основе научного значения для настоящего периода.

Ключевые слова: Человек, общество, Коран, хадис, юриспруденсия, люди, Аллах, умма, религия, закят, мечет, медресе, фард, таква, шариат, сура, вера, десятина (оплата).

Abstract. The article examines the Islamic sources of the historically formed problem of the relationship between the individual and society: the Koran and hadiths, as well as its interpretation in jurisprudence (Muslim jurisprudence) and the scientific foundations of the religious, philosophical and practical aspects of managing society on this basis. comparative analysis of the doctrinal and legalfoundations of the ideas of religious tolerance and international solidarity. In particular, important conclusions were drawn based on scientific significance for the present period.

Keywords: Man, society, Koran, hadith, jurisprudence, people, Allah, ummah, religion, zakat, mosque, madrasah, fard, taqwa, sharia, surah, faith, tithe (payment).

Kirish. Shaxs va jamiyat munosabatlarining diniy talqinining aqidaviy va amaliy asoslari, uning manbalari hisoblanmish, Qur'oni karim, hadisi shariflar hamda fiqh (musulmon huquqshunosligi) ning asosi - shariatda o'z ifodasini topgan. Islom ta'limotida insonlarning shaxsiy va ijtimoiy hayotlarining barcha jihatlari: moddiy va ma'naviy, xo'jalik va siyosiy, oilaviy va ijtimoiy, huquqiy, ilmiy va baynalmilallikdan iborat faoliyatlari uchun ko'rsatmalar mavjud. Qur'on suralarida jumladan, «hadid» surasida bu haqda shunday oyat bor: «Biz o'z elchilarimizni hujjat (mo'jiza) lar bilan yubordik va ular bilan birga Kitob hamda odamlar adolatni barpo qilishlari uchun me'zon (tarozi yoki me'yor) tushirdik. Yana, biz temirni tushirdik. Unda quvvat va odamlar uchun manfaatlar bordir. Alloh O'ziga va payg'ambarlariga (Alloh yo'lida jihod qilish bilan) g'oyibona yordam beradigan kishilarni bilish uchun ham (temirni yaratdi). Albatta, Alloh kuchli va qudratlidir».

Musulmonchilik yo'liga kirgan barcha xalqlar uchun yagona Allohga e'tiqod qilishlari, sig'inishlari, shu yo'ldan yurishlari to'g'ri bo'ladi. Chunki, Yusuf surasida aytilganidek, «(Ibodat va din to'g'risidagi) hukm faqat Alloh ixtiyoridadir. U o'zidan boshqaga sig'inmaslikka buyurgan. To'g'ri din - mana shu! Lekin odamlarning aksariyati buni bilmaydilar».

Inson (shaxs) faoliyatining Alloh yo'liga bunday bog'liq bo'lishidan, uning jamiyatda tutgan o'rni, individualligi kamsitiladi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Aksincha, islom inson bilan jamoa (jamiyat) o'rtasidagi tenglikni, mustaqilligini himoya qilgan holda har bir inson Alloh oldida javobgarligi uqtiriladi. Islom manbalarida insonning jamiyat oldidagi individualligi yo'qolishi mumkin, degan fikrni inkor etuvchi oyatlar mavjud. Masalan, Qur'oni karimning 53-Najm surasi 39-oyatida shunday deyiladi: «Insonga faqat o'zi qilgan harakatigina (mansub) bo'lur», yoki boshqa oyatlarda «(Ey, insonlar!) Sizlarga ne musibat etsa, bas, o'z qo'llaringiz qilgan narsa (gunoh) sabablidir» (42:30).

... «Alloh biror qavm o'zlaridagi narsani (ne'matlarga nisbatan munosabatni) o'zgartirmagunlaricha, ulardagi narsani (holatni yomon holatga) o'zgartirmas». «Alloh hech bir jonga toqatidan tashqari narsani taklif etmaydi. Uning kasb etgani (yaxshiligi) - o'ziga va orttirgani (yomonligi) ham o'zigadir».

Demak, Alloh oldidagi mas'uliyati va diniy e'tiqod talablarini bajarishi shaxsning aql-zakovati, qobiliyatini ishga solishiga to'sqinlik qilmaydi. Shaxs erkinligiga keng imkoniyat yaratiladi, har bir qilgan yaxshi va yomon ishlariga (faoliyatiga) shaxsan o'zi javobgarligi uqtiriladi. Shaxs va jamiyat munosabatlarida ham ular o'rtasidagi tenglik muvozanati saqlanadi. Shuningdek, islom ta'limoti mazmun-mohiyati jihatidan, shaxs va jamiyatga nisbatan baynalmilallik xarakteriga ega. Uning uchun xalqlar terisining rangi, tili, irqi, millatining ahamiyati yo'q, barchasiga Allohning bandasi sifatida qaraladi.

Islom dinini keng targ'ib qilish orqali Muhammad payg'ambardan boshlab, bir necha yuz yillar davomida turli xalqlar, millatlar tomonidan bu ta'limot qabul qilina boshlangandan so'ng, insoniy munosabatlar, ya'ni, xalqlar o'rtasida mulkiy, iqtisodiy, siyosiy, g'oyaviy, munosabatlar islom axloqi ta'sirida shakllana borgan. Biz, shaxs va jamiyatning o'zaro munosabatlarini shakllantirishga ta'sir etuvchi boshqa ob'ektiv va sub'ektiv omillarining o'rni va rolini kamsitishdan uzoqmiz. Chunonchi, Abduxafiz Jalolov «Mustaqillik mas'uliyati (siyosiy falsafiy qirralar)» nomli kitobida jamiyat, davlat boshqaruvi, shaxslar (kishilar) ning ijtimoiy taraqqiyotga munosabati masalalari g'oya va mafkura tushunchalari ta'sirida bo'lishi talqin qilinadi. Muallifning fikricha, g'oya insonlarni o'rab turgan voqelikka nisbatan ular ongidagi inikosidir: «Jamiyat hayotining tub hamda muhim negizlarini tabiat, jamiyat, inson, iqtisod, mulk, ma'naviyat, mehnat, davlat, siyosat, ijtimoiy munosabatlar nuqtai nazaridan kelib chiqib, falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy va badiiy tarzda ifoda etgan g'oyalar tizimi mafkuraning asosiy mazmunini tashkil etadi».

Darhaqiqat, islom dini paydo bo'lgan dastlabki yillarda va undan keyin ham ijtimoiy holatda, davlatni boshqarishda, xalqlar o'rtasidagi barcha munosabatlarda oila, turmush tarzini axloqiy shakllantirishda, islom asosiy mafkura rolini o'ynagan. Islom dini hukmron mafkura bo'lgan mamlakatlarda hozir ham u shunday vazifani o'tamoqda.

Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov shaxs va jamiyat munosabatlarining rivojlanishi va yaxshi yo'lga qo'yilishi iqtisodiyot, ma'naviyat va ma'rifat bilan bir qatorda dinning ijtimoiy hayotimizdagi muhim o'rniga e'tibor qaratib shunday degan edi: «Din odamzodni hech qachon yomon yo'lga boshlamaydi. Din bu dunyoning o'tkinchi ekanini, oxiratni eslatib turadi, odam

bolasini hushyor bo'lishga, harom yo'llardan uzoq yurishga, yaxshi bo'lishga, yaxshi iz qoldirishga undab turadi».

Shaxs va jamiyat munosabatlari ko'pqirrali faoliyatlarni o'z ichiga oluvchi murakkab ijtimoiy jarayon bo'lib, uning shakllanishi va rivojla-nishi faqat diniy ta'limotlar bilan chegaralanib qolmasdan, aksincha, dunyoviy (falsafiy) va diniy bilimlar uyg'unligida amalga oshadi. Dunyoviy (falsafiy) va diniy bilimlar bir-biriga bog'liq va bir-birini to'ldiruvchilardir. «Bu ikki zohiriy va botiniy bilimlarni egallagan va ularni bir-biriga bog'lay olgandagina, inson chin haqiqatni anglab etadi, baxtga, saodatga eltuvchi yo'lni bilib oladi».

Islom va shariatning Qur'ondan keyingi ikkinchi musharraf manbai bo'lgan hadislarda ham shaxs va jamiyat munosabati masalasida insonlarni ezgulikka, mehr-shafqatga, hamjihatlikka, bir-birlari bilan do'stona munosabatda bo'lishga da'vat etuvchi ulkan ma'naviy ahamiyatga ega bo'lgan g'oyalar mavjuddir. Chunonchi, Abu Iso Termiziy jamlagan hadis to'plamlarida insonlarning bir-biriga bo'lgan munosabatlarida mehr-oqibatli bo'lish, ya'ni, shaxs va jamiyatning o'zaro iliq, hurmatga sazovor munosabatlarda bo'lishiga chorlaydigan ajoyib fikrlar bayon etilgan: «Bir-biringizning orangizni buzmang, bir-biringizni orqangizdan ayb qidirmang, bir-biringizni yomon ko'rmang, bir-biringizga hasad qilmang». Imom Buxoriyning «al-Adab al-mufrad» («Adab durdonalari») nomli asarida ham kishilarning bir-biriga bo'lgan munosabatlarini to'g'ri yo'lga yo'naltiruvchi hadislar ko'p uchraydi. Masalan, 220-hadisda «Bu dunyoda yaxshilik qilgan kishilar oxiratda yaxshilikka erishadilar va shariatda yomonlik, deb sanalgan ishlarni qiluvchilar esa oxiratda, yomonlikka duchor bo'ladilar», deyiladi.

Fozil qori Yosin qori o'g'lining «Juma o'gitlari» nomli risolasida, «Islom ezgulik dini» bo'limida, jamiyatni tashkil etuvchi inson (shaxs) larni qanday kamolotga etishishi va hayvonot olamidan nima bilan farq qilishi haqida Bahouddin Naqshband suhbatidan qiziq bir misol keltirilgan. Ya'ni, Bahouddin Naqshbanddan shogirdlari so'rabdilar: «Ey, ustoz, odamzotning hayvondan farqi nimada? Ko'rinishidami, til-zaboni, soqoli, kiyim-boshlaridami, shakl-shamoyilidami, jonidami?». Unga shunday javob qilgan ekanlar: «Odamzotning hayvondan farqi, uning jonida emas. Eshakda ham, chuvalchangda ham jon bor. Uning soqolida ham emas, chunki echkida ham soqol bo'ladi, uning so'zlashishida ham emas, to'tiqush ham o'rgatilsa, so'zlashadi. Odamzotning hayvondan farqi: fahm-farosatida». Binobarin, insondagi fahm-farosat etuk bo'lishi talab etiladi.

Inson (shaxs) ning shakllanishidagi fahm-farosat xususiyati juda ko'p axloqiy fazilatlarni o'z ichiga oladi. Ular mazmunini odamiylik, halollik, pokizalik, insoflilik, xushmuomalalik, vijdoniylik kabilar tashkil etib, agar insonda fahm-farosat etishmasa, ulardan o'rinli foydalana olmaydi.

Islom manbalarida shaxs va jamiyat munosabatlarining tahliliga chet ellik olimlar ham alohida e'tibor qaratganlar. Jumladan, bu muammoni islom manbalari asosida talqin qilgan olimlardan biri Xurshid Ahmad bo'lib, u o'z asarining «Shaxs va jamiyat munosabatlarining uyg'unligi» bo'limida diniy manbalarga asoslanib, shunday deb yozadi: «Islom individuallik bilan jamoalik o'rtasida tenglikni yaratadi». Shuningdek, «Islom ta'limoti inson, jamiyat va davlat oldida o'z individuallik holatini yo'qotadi degan fikrni rad etadi». Bu fikrlarni Qur'oni karimning oyatlari bilan isbotlashga harakat qiladi: «Insonga faqat o'zi qilgan harakatigina (mansub) bo'lur». «(Ey insonlar!), Sizlarga ne musibat etsa, bas, o'z qo'llaringiz qilgan narsa (gunoh) sabablidir».

Hozirgi vaqtda islom ta'limotidan ijtimoiy taraqqiyotning turli jabhalarida foydalanish, faqat bir mamlakat ichidagina emas, balki, millatlararo munosabatlarda foydalanishga harakat

qiluvchilar, turli kuchlar, guruhlar, ayniqsa, dindan o'z siyosiy maqsadlari yo'lida foydalanuvchi kuchlar yuzaga keldi. Bu harakatlar o'z navbatida har bir mamlakat ichida istiqomat qiluvchi musulmonlar bilan bir qatorda boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchi xalqlar o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Ushbu dolzarb masalalarga bag'ishlangan Rossiya, Qozog'iston va Arab davlatlari olimlarining ishlari ham e'tiborga molik.

Shu munosabat bilan biz islomda shaxs va jamiyat munosabatlari masalasida ulkan mafkuraviy va g'oyaviy ahamiyatga ega bo'lgan diniy bag'rikenglik va xalqlararo hamjihatlik g'oyalarining aqidaviy va huquqiy asoslari haqida to'xtalib o'tishni lozim ko'rdik. Avvalo, shuni ta'kidlash joizki, ilk o'rta asrlardayoq diyorimizdan etishib chiqqan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Mahmud Zamahshariy, Burhoniddin Marg'inoniy kabi allomalar diniy qadriyatlardagi shaxs va jamiyat munosabatlari masalasiga real hayot sharoiti taqozosi nuqtai nazaridan yondashishning yuksak namunalarini namoyish qilganlar. Ular dinning, shu jumladan, islom dinining ijtimoiy-ma'naviy mohiyat sifatida jamiyat uchun ulkan ahamiyatini ta'kidlagan holda, uning jamiyat uchun asosiy xizmati, avvalo insonlarni yuksak axloqiylik ruhida tarbiyalash, diniy murosasizlik, adovat va nizo-janjallarga qarshi dinlararo - turli dinlarga e'tiqod qiluvchi xalqlararo hamjihatlik va mamlakatlararo hamkorlikka da'vat qilish va oqibatda jamiyatda barqarorlik, insonlar o'rtasida tinchlik-totuvlikni ta'minlash, deb bilganlar. Ular xalqlar va mamlakatlar o'rtasida o'zaro ishonchsizlik, dushmanlik his-tuyg'ularining kuchayishiga sabab bo'luvchi diniy ishonchsizlik va dushmanlikni qoralab diniy bag'rikenglik va daxlsizlik g'oyalarini ilgari surganlar.

Shaxs va jamiyat munosabatlarini tartibga solish, j amiyat taraqqiyo-tida davlat arboblariga yordam berishda ilohiyotchi olim ruhoniylarning, xususan, fiqhshunoslarning roli katta bo'lgan. Fiqh ilohiyotning bir sohasi sifatida islom tarixida musulmon huquqshunosligining qonun-qoidalarini ishlab chiqishida munosib hissasini qo'shgan. Natijada, shariat mazmuni jamiyatdagi moddiy va ma'naviy hayotning barcha tamoyillarini o'z nazorati ostiga olgan. Islom huquqshunosligida O'rta Osiyolik mashhur faqihlardan Burhoniddin Marg'inoniy, Abu Lays Samarqandiy va boshqalarning o'rni katta bo'lgan.

Muhimi shundaki, ular ushbu masalaning Qur'on oyatlari va hadislardagi aqidaviy jihatlariga asoslangan holda, uning huquqiy asoslarini ishlab chiqdilar. Bunda xususan, vatandoshimiz Burhoniddin Marg'inoniy (1118-1197) va uning «Hidoya» asarining ahamiyati benihoyadir. Chunonchi, musulmon qonunchiligi (fiqh) da musulmon mamlakatlarida yashovchi boshqa dinlarga e'tiqod qiluvchilarga nisbatan ham ayrim fuqarolik huquqlari berilishi joiz bo'lgan. Ularning mol-mulki, joni, diniy e'tiqodi va boshqa ayrim ijtimoiy-siyosiy huquqlarining daxlsizligi kafolatlangan bo'lib, ular «zimmiy» lar, ya'ni, mol-mulki, joni va boshqa huquqlari daxlsizligi musulmon davlati zimmasiga yuklatilgan g'ayridin fuqarolaridir. Bunday qonunning joriy qilinishi va o'rta asrlardayoq islom hukmron din bo'lgan mamlakatlarda qo'llanilishi bir tomondan, bir mamlakatda turli dinlarga e'tiqod qiluvchi fuqarolar o'rtasida totuvlik, o'zaro ishonch, hurmat-ehtirom tuyg'ularining mustahkamlanishiga xizmat qilgan bo'lsa, ikkinchi tomondan shaxs va jamiyat o'rtasidagi munosabatlarni uyg'unlashtirishga va oqibatda jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik muhitining ta'minlanishiga xizmat qilgan. Xususan, Marg'inoniyning «Hidoya» asarida g'ayridin fuqarolardan olinadigan soliq miqdori haqida chiqargan hukmlari alohida ahamiyatga ega. Uning hukmicha, g'ayridinlardan olinadigan soliq miqdori ular mamlakatlarida olinadigan soliq miqdoriga bog'liq. «Agar ularning biz musulmonlardan qay miqdorda to'lov olayotganidan g'ofil bo'lsak, undan molining o'ndan bir miqdorida ushr (to'lov) olamiz. Chunki, Hazrati Umar (r.a.) aytganlarki: «Agarda ular bizlardan qancha miqdorda to'lov olayotganini bilmasanglar, ulardan o'ndan birini olaveringlar». Bundan xulosa qilish mumkinki, har bir odamdan ushr (to'lov) olinayotganda asosiy e'tibor, uning

musulmon yoki g'ayridin bo'lishidan qat'iy nazar, adolat mezoniga rioya qilinishi kerak. Bunday hukm diniy bag'rikenglikning yuksak namunasi bo'lish bilan birga, shaxs va jamiyat munosabatlari masalasiga yuksak insonparvarlik ruhida yondashish va bu bilan jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlashga da'vat qilish hamdir. Burhoniddin Marg'inoniyning quyidagi hukmi ham diqqatga sazovordir: «Ular (ya'ni g'ayridinlar) musulmonlarning barcha mollarini olib qo'yayotgan bo'lsalar hamki, bizlar ularning barcha molini olib qo'ymaymiz. Chunki, barcha molini olib qo'yish xiyonatdir va bunday qilish biz musulmonlarning sha'nimizga loyiq emasdir. Agar, ular bizlardan hech narsa olmayotgan bo'lsalar, bizlar ham hech narsa olmaymiz. Shunda, ular ham bizning tijoratchilardan hech narsa olmaydilar».

Qur'on, islom va shariatda zakot masalasida chiqarilgan hukmlarning shaxs va jamiyat munosabatlariga nisbatan muhim jihati shundaki, ularda asosiy e'tibor insonni ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan. Islomning beshta farzlaridan biri bo'lmish zakot asosan jamiyatdagi ma'lum bir tabaqa, guruh insonlarni moddiy himoya qilishga qaratilgan. Zakot-bu ma'lum bir mablag'ga ega bo'lgan har bir musulmonning o'sha mablag'dan qirqdan bir qismini har yili beva-bechoralarga, etim-yesirlarga, faqir va miskinlarga ehson qilishdir. Bu narsa masjid, madrasa va shunga o'xshash diniy muassasalarga emas, balki, aholining ma'lum bir ijtimoiy tabaqasiga ehson qilishdir. Aytish mumkinki, diniy e'tiqod-ning zaruriy bir sharti sifatida masalani bu tariqa qo'yish boshqa birorta jahon dinlarida mavjud emas. Islomda musulmonchilikning farzlaridan bo'lgan zakotga shu darajada katta o'rin berilganki, Qur'onning ko'p oyatlarida zakot berishga da'vat qilish namozga da'vat qilish bilan birga kelgan («Namozga qoim bo'linglar va zakot beringlar»). Qur'oni karimning «Baqara» surasida shunday deyiladi: «Albatta, imon keltirgan, yaxshi ishlarni qilgan, namozini barkamol o'qib, zakotni bergan uchun Parvardigorlarining huzurida (maxsus) mukofotlari bordir. Ularga xavf ham bo'lmas va ular tashvish ham chekmaslar. «A'rof» surasida ham zakot Alloh rahmatiga sazovor bo'lishning eng muhim shartlaridan biri ekanligi ta'kidlanadi: «Azobimni xohlagan kishiga etkazurman. (Ammo) rahmatim hamma narsadan kengdir. Uni (rahmatimni) taqvoda bo'luvchilar zakot beruvchilar va oyatlarimizga imon keltiruvchilarga yozajakman».

Aytish joizki, islomning farzlaridan bo'lgan zakot haqidagi Qur'on oyatlari shariatda, xususan Marg'inoniyning «Hidoya» asarida ham o'z huquqiy ifodasini topgan. Bu haqda Marg'inoniy o'zining quyidagi qat'iy hukmini chiqaradi: «O'zi hur-ozod, aqli-hushi joyida, balog'atga etgan musulmon qachonki zakot berish miqdoridagi mulkka komil ega bo'lsa va shu mulk uning qo'lida (tasarrufida) bir yil tursa, zakot berish unga vojib bo'ladi. Butun islom ulamolari ham zakotning vojibligiga ittifoq qilgandirlar. Bu o'rtada «vojib» deganda «farz» ma'nosini nazarda tutilgan, chunki, uning farzligi borasidagi dalillarda hech qanday shubha yo'qdir». Shunisi muhimki, Marg'inoniy zakot berishni ibodat deb, ya'ni, e'tiqodning zaruriy sharti darajasiga ko'taradi: «Bizningcha, (ya'ni hanafiy mazhabiga ko'ra), zakot ibodat hisoblanadi, ibodat esa, faqat ixtiyoriy tarzda amalga keltiriladi. Chunki, shundagina insonlarga bu dunyoda ixtiyor berilib, ibodatni baj arish yo baj armasligini imtihon qilish maqsadi amalga keladi».

Mazkur maqolada yoritilgan masalalar tahlilidan quyidagi xulosalar qilish mumkin:

- birinchidan, islomiy manbalar-Qur'on, hadis va fiqh (musulmon huquqshunosligi) da va ular asosida ishlab chiqilgan shariat ko'rsatmalarida shaxs va jamiyat munosabati hurmat va ehtiromga sazovor qilib yaratilgan ijtimoiy mohiyat sifatidagi insonning barcha huquqlarini, shu jumladan moddiy va ma'naviy huquqlarini himoya qilish maqsadiga qaratilgandir;

- ikkinchidan, bu qadriyatlar bir tomondan, shaxs va jamiyat munosabatlarining turli jabhalarida ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlashga xizmat qilgan bo'lsa, ikkinchi tomondan,

odamlarni mehr-shafqat, muruvvat, o'zaro hurmat-ehtirom va ishonch, do'stona munosabatlarga da'vat etishi bilan shaxs va jamiyatning ma'naviy kamolot sari yuksalishiga ma'lum darajada ta'sir ko'rsatgan;

- uchinchidan, shaxs va jamiyat munosabatlari masalasida diniy bag'rikenglikka va xalqlararo hamjihatlikka da'vat etuvchi g'oyalar esa, dinlararo murosasozlik va xalqlararo hamkorlik va do'stlik rishtalarini mustahkamlashga xizmat qilgan. Ular demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishni maqsad qilib olgan Vatanimizda hozirgi davrda ham o'z ahamiyatiga ega bo'lib qolmoqda;

REFERENCES

1. Shayx Abdulaziz Mansur. Qur'oni karim. Tarjima va tafsir Mas'ul muharrir: Baxrom Abduhalimov. - Toshkent: Toshkent islom universiteti, 2007. 57-sura, 25-oyat. - 541 b.

2. Jalolov A.. Mustaqillik mas'uliyati (siyosiy falsafiy qirralar). - Toshkent: O'zbekiston, 1996. - 10 b.

3. Karimov I.A. Istiqlol yo'li: muammolar va rejalar. //O'zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. - Toshkent: O'zbekiston, 1996. T.1. - 26 b.

4. O.Samariddinxon o'g'li, M.Xusan o'g'li Ma'rifatga bag'ishlangan umr. - Toshkent: Yangi asr avlodi. 2002. - 9 b.

5. Mansurov A., Jo'raev U., Lafasov M., Hadis ilmi saboqlari. - Toshkent: F.Fulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1999. - 22 b.

6. Imom Buxoriy. Al-Adab al-Mufrad (Adab durdonalari). - Toshkent: O'zbekiston, 1990. - 76 b.

7. Fozil qori Yosin qori o'g'li. Juma o'gitlari. - Toshkent: Movarounnahr, 1999. - 4 b.

8. Hurshid Ahmad. Islam Basikc Prinsiples and characteristics. Mejdunarodnbiy Islamskiy Universitet izdanie: 1 marta 1995. - 9 s.

9. Donsov V.E. Islam osnovnbie prinsipbi i suщnost. - M.: Diplomaticheskiy ejigodnik, «Nauchnaya kniga». 1997. - S.62-89; «Duxovnoe zdorove lichnosti-zalog blagopoluchiya obщestva»; http://www.orthodox., materialbi zasedanie postoyanno deystvuyuщego Soveщaniya pri akiner. Povladara-2004 g. 21-yanvarya; Salix Tamiev. Imam al-Buxari. http://www.islamhanse.

10. Islam. Ensiklopedicheskiy slovar. - M.: Nauka, 1991. - S.27-28.

11. Burhoniddin Marg'inoniy. Hidoya. Zakot kitobi. - Toshkent: Adolat, 2002. T.1. - 378 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.