Научная статья на тему 'ISHLАB СHIQАRISH FUNKSIYАSI VАISHLАB СHIQАRISH SАMАRАDОRLIGINI BАHОLОVСHI KО‘RSАTKIСHLАRNIANIQLASH'

ISHLАB СHIQАRISH FUNKSIYАSI VАISHLАB СHIQАRISH SАMАRАDОRLIGINI BАHОLОVСHI KО‘RSАTKIСHLАRNIANIQLASH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
119
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ishlab chiqarish omillari / texnologiya / mahsulot / chekli mahsulot / umumiy mahsulot / kapital / mehnat / izokvanta.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Kunakova Fotima Boxodir Qizi

Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo’llaniluvchi barcha resurslar ishlab chiqarish omillari deyiladi. Ishlаb сhiqаrish munоsаbаtlаri birinсhi nаvbаtdа mаhsulоt ishlаb сhiqаrishdаgi tехnоlоgik munоsаbаtlаrdir. Ishlаb сhiqаrish funksiyаsi fоydаlаnilаdigаn hаr bir ishlаb сhiqаrish оmillаri sаrfi mаjmuаsidаn mаksimаl Q miqdоrdа mаhsulоt ishlаb сhiqаrishni kо`rsаtаdi. Аgаr biz о`zgаruvсhаn оmil sifаtidа mеhnаt sаrfini qаrаsаk (kарitаl sаrfi о`zgаrmаgаndа), mеhnаt sаrfi kiсhik miqdоrdа оshgаndа mаhsulоt ishlаb сhiqаrish hаjmini аnсhаginа оshirаdi, nimа uсhun dеgаndа, bоshlаng`iсh dаvrdа mеhnаt sаrfining оshishi kарitаldаn tо`liqrоq fоydаlаnish imkоnini bеrаdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ISHLАB СHIQАRISH FUNKSIYАSI VАISHLАB СHIQАRISH SАMАRАDОRLIGINI BАHОLОVСHI KО‘RSАTKIСHLАRNIANIQLASH»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

ISHLAB CHIQARISH FUNKSIYASI VA ISHLAB CHIQARISH SAMARADORLIGINI BAHOLOVCHI KO'RSATKICHLARNI ANIQLASH

Kunakova Fotima Boxodir qizi

Toshkent amaliy fanlar universiteti "Umumiqtisodiy fanlar" kafedrasi assistenti, Gavhar ko'chasi 1-uy,

Tashkent 100149, O'zbekiston [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13335336 Annotatsiya: Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo'llaniluvchi barcha resurslar ishlab chiqarish omillari deyiladi.

Ishlab chiqarish munosabatlari birinchi navbatda mahsulot ishlab chiqarishdagi texnologik munosabatlardir. Ishlab chiqarish funksiyasi foydalaniladigan har bir ishlab chiqarish omillari sarfi majmuasidan maksimal Q miqdorda mahsulot ishlab chiqarishni ko'rsatadi. Agar biz o'zgaruvchan omil sifatida mehnat sarfini qarasak (kapital sarfi o'zgarmaganda), mehnat sarfi kichik miqdorda oshganda mahsulot ishlab chiqarish hajmini anchagina oshiradi, nima uchun deganda, boshlang'ich davrda mehnat sarfining oshishi kapitaldan to'liqroq foydalanish imkonini beradi.

Kalit so'zlar: Ishlab chiqarish omillari, texnologiya, mahsulot, chekli mahsulot, umumiy mahsulot, kapital, mehnat, izokvanta.

KIRISH

Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo'llaniluvchi barcha resurslar ishlab chiqarish omillari deyiladi. Ishlab chiqarish - bu kerakli mahsulotlarni tayyorlash uchun ishchi kuchidan, uskuna va texnologiyadan, tabiiy resurslardan hamda materiallardan ma'lum miqdordagi kombinasiyada foydalanish jarayonidir. Masalan, o'z ustaxonasiga yega bo'lgan shaxs stol ishlab chiqarish uchun ishchi kuchidan, xom ashyo sifatida taxta, temir, arra va boshqa uskunalarga sarflangan kapitaldan foydalanadi.

O'zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni 2030 yilgacha konsepsiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o'sish bararorligini ta'minlash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini, investision va eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mehnat bozorida keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlari o'sishi va kam ta'minlanganlikni qisqartirish nazarda tutiladi.

Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 20172021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar Strategiyasida "yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo'shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o'tkazish orqali sanoatni yanada modernizasiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish"1 lozimligi to'g'risida alohida to'xtalib o'tgan.

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar

2 TADQIQOT METODOLOGIYASI

Ishlab chiqarish - bu kerakli mahsulotlarni tayyorlash uchun ishchi kuchidan, uskuna va texnologiyadan, tabiiy resurslardan hamda materiallardan ma'lum miqdordagi kombinatsiyada foydalanish jarayonidir. Masalan, o'z ustaxonasiga ega bo'lgan shaxs stol ishlab chiqarish uchun ishchi kuchidan, xom ashyo sifatida taxta, temir, arra va boshqa uskunalarga sarflangan kapitaldan foydalanadi.

Ishlab chiqarish omillarini yiriklashgan uch guruhga bo'lib qarash mumkin: mehnat, kapital va materiallar.

Masalan, mehnat ishlab chiqarish omili sifatida malakali mehnatni (payvandchi, buxgalter, elektr ustasi), malakasiz mehnatni (har xil ishchilar) va korxona rahbarlarining tadbirkorlik harakatini o'z ichiga oladi. Bu mehnat turlarini umumlashtiruvchi ko'rsatkichlar mehnat sig'imi va mehnat unumdorligidir.

Materiallar deganda, ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulotga aylanadigan har qanday moddiy narsani qarashimiz mumkin: butlovchi qismlar, yarim fabrikatlar, temir, po'lat, shisha, yoqilg'i, yog'och, paxta va boshqa xom ashyolar tushuniladi.

Moddiy kapital sarfi ishchilar tomonidan binodan, uskunadan, instrumentdan va texnologik liniyalardan foydalanishni o'z ichiga oladi.

Ishlab chiqarish munosabatlari birinchi navbatda mahsulot ishlab chiqarishdagi texnologik munosabatlardir. Texnologiya - bu tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish to'g'risidagi amaliy bilimlardir. Ma'lumki, texnologiyaning takomillashuvi fanda va texnikadagi yangi yutuqlarning ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilish orqali boradi. Yangi texnologiya yangi ishlab chiqarish usullaridan foydalanishni, yangi mashina va mexanizmlardan yanada yuqori malakaga ega bo'lgan mehnatdan foydalanishni taqozo qiladi. Yangi texnologiya yangi turdagi mahsulotlarni yaratishga yordam beradi. Yangi

strategiyasi to'g'risida" gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, e-s MAY 2024

texnologiya mahsulot sifatini oshirishga, ish sharoitlarini yaxshilashga, berilgan resurslar miqdori ozgarmaganda ishlab chiqariladigan mahsulot miqdorini oshirishga, xarajatlarni kamaytirishga olib keladi.

Ishlab chiqarish funksiyasi. Sarflanadigan ishlab chiqarish omillari miqdori bilan, ushbu omillardan foydalangan holda maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori o'rtasidagi bog'liqlikni ishlab chiqarish funksiyasi orqali ifodalash mumkin

Ishlab chiqarish funksiyasi foydalaniladigan har bir ishlab chiqarish omillari sarfi majmuasidan maksimal Q miqdorda mahsulot ishlab chiqarishni korsatadi. Agar omillar majmuasi sarfi kapital, mehnat va materiallardan iborat bolsa, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagi korinishda bolishi mumkin:

Q = f (K,L,M) (1).

bu yerda Q- berilgan texnologiyada maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori; K - kapital; L -mehnat; M - materiallar.

Agar ishlab chiqarish funksiyasi ikkita, K (kapital) va L (mehnat) omillariga bog'liq bo'lsa, ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha yoziladi:

Q = f (K,L) (2).

Ushbu funktsiyada mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikkita ishlab chiqarish omiliga bogliq - kapital va mehnatga. Masalan, ishlab chiqarish funksiyasi yordamida non ishlab chiqarish kombinatida mehnat resurslaridan va kapitaldan foydalangan holda qancha non mahsulotini ishlab chiqarish mumkinligini ifodalash mumkin, yoki qishloq xojalik korxonasining berilgan mehnat resurslaridan va texnikadan (ishchilarning fond bilan qurollanganlik darajasida) foydalangan holda ma'lum vaqt oraligida qancha mahsulot ishlab chiqarishini ifodalash mumkin.

Mahsulot ishlab chiqarish koproq qol mehnatiga asoslangan bolsa (masalan, nonni qol mehnati asosida ishlab chiqarilsa), u holda ishlab chiqarish funksiyasini faqat sarflangan mehnatga bog'liq ravishda yozish mumkin:

Q = f (L) (3).

Agar mahsulot ishlab chiqarishda ko proq kapital ishtirok etsa, ya'ni mahsulot ishlab chiqarish yuqori kapital sig'imiga ega bo'lsa, ishlab chiqarish funksiyasini Q = F(K) korinishida yozish mumkin.

Ta'kidlash joizki, (1), (2) va (3) tenglamalar ishlab chiqarishning ma'lum texnologiyasida qollanilishi mumkin. Agar texnologiya o'zgarsa, ya'ni yangi texnologiya qollansa, mahsulot ishlab chiqarish hajmi resurslar hajmi ozgarmaganda ham osishi mumkin.

Ishlab chiqarish funksiyasi - ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan shu mahsulotni ishlab chiqarishda sarflangan ishlab chiqarish omillari miqdori o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalovchi funksiya.

Ishlab chiqarish funksiyasi umumiy holda quyidagicha yoziladi:

Q = f (F F2 ...Fn)(4)

F1 F2.. .Fn - ishlab chiqarish omillari miqdori.

Agar ishlab chiqarishni faqat kapital va mehnat sarflari miqdoridan bog'liq desak

Q = f (K'L) ishlab chiqarish omili mahsuloti.

Umumiy mahsulot (total product, TP) - ishlab chiqarish omili sarfiga to'g'ri keladigan mahsulot miqdori. Masalan, TPL - mehnatning umumiy mahsuloti; TPK - kapitalning umumiy mahsuloti.

Mehnatning o'rtacha mahsuloti:

^ = Q

L L

(5)

^ = Q

Kapitalning o'rtacha mahsuloti K (6)

Chekli mahsulot (marginal product, MR) - boshqa omillar sarfi o'zgarmaganda bir birlik biror omildan qo'shimcha foydalanish hisobidan ishlab chiqarilgan qo'shimcha mahsulot. Masalan, mehnatning chekli mahsuloti:

atpt

yoki MPK =

atp.

l al k ak

(7)Ishlab chiqaruvchi muvozanati yoki maksimal mahsulot ishlab chiqarish uchun optimal sarflanadigan mehnat va kapital miqdorini aniqlash sharti - ishlab chiqarishning shuday holatiki bunda har qanday omil uchun sarflangan bir birlik pul miqdori bir xil miqdordagi mahsulot ishlab chiqarishni ta'minlaydi:

MRF, MRF,

■ H--2 + ... +

P,

P,

MRF , . MRF, P, -— yoki -- = -LP MRF, P,

(8)

Ishlab chiqaruvchining muvozanatlik sharti

MP _ MP,

p P2 Pn (9)

Ishlab chiqarish omillari - biror ne'matni ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshqa har qanday tovar yoki ne'mat.

Ishlab chiqarishda faqat ikkita omil - mehnat va kapitaldan foydalaniladigan ishlab chiqarishni qaraymiz.

Masshtab samarasi - bu ishlab chiqarish masshtabining kengayishi sur'ati bilan mahsulot ishlab chiqarishni o'sish sur'ati o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalaydi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar miqdoriga ishlab chiqarish masshtabi deyiladi.

Uchta masshtab samarasi to'g'risida gapirish mumkin:

1. O'suvchi masshtab samarasi yoki musbat masshtab samarasi - ishlab chiqarish masshtabining kengayishi (ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar sarfining o'sishi) sur'atidan mahsulot ishlab chiqarishning o'sish sur'ati yuqori. Masalan, resurslar sarfi 100 foizga oshsa, mahsulot ishlab chiqarish sur'ati 100 foizdan yuqori o'sishga ega, ya'ni 120 foiz.

2. O'zgarmas masshtab samarasi - ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar sarfining o'sish sur'ati mahsulot ishlab chiqarishning o'sish sur'atiga teng. Masalan, resurslar sarfi 100 foizga oshsa, mahsulot ishlab chiqarish ham 100 foizga oshadi.

3. Pasayuvchi masshtab samarasi - resurslar sarfining o'sish sur'atidan mahsulot ishlab chiqarishning o'sish sur'ati past, ya'ni resurslar sarfi

MPn

P„

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

100 foizga oshsa, mahsulot ishlab chiqarish 80 foizga o'sadi.

4 TAHLIL VA NATIJALAR

Faraz qilaylik, mebel ishlab chiqarish tsexida mavjud texnologiya asosida sarflanadigan kapital va mehnatning ma'lum nisbatlari kombinatsiyasida stul ishlab chiqarilmoqda. Quyidagi 1-jadvalda har xil resurslar sarflari kombinatsiyasida maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori keltirilgan.

1-jadval. Omillar sarfining har xil miqdoriy tarkibida ishlab chiqarilgan mahsulotlar miqdori

1-jadvalga ko ra ikki birlik mehnat va bir birlik kapital sarflab 50 birlik stul ishlab chiqarish mumkin, yoki uch birlik mehnat va tort birlik kapital sarflansa, 110 dona stul ishlab chiqariladi. Jadvalning har bir qatoridagi ishlab chiqarish hajmlarini qarasak shu narsani kuzatishimiz mumkinki, kapital sarfi o'zgarmaganda, mehnat sarfining oshishi bilan birga umumiy ishlab chiqarish hajmi ortib bormoqda. Masalan, kapital sarfi 2 ga teng bolganda va mehnat sarfi birdan besh birlikgacha o'zgarganda mahsulot ishlab chiqarish hajmi 40 birlikdan 100 birlikgacha o zgaradi. Xuddi shunday, jadvalning ustunlarini yuqoridan pastga qarab kuzatganimizda ham, mehnat sarfi o'zgarmay, kapital sarfi oshib borishiga ko'ra stul ishlab chiqarish hajmi ham oshib borayotganligini koramiz. 1- jadvalda keltirilgan mahsulot ishlab chiqarish ko rsatkichlarini grafikda ham tasvirlash mumkin (1-rasm).

Kapital

1-rasm. Ishlab chiqarish omillari sarfi o'zgarishiga ko'ra stul ishlab chiqarish grafigi.

Rasmda keltirilgan Q1 egri chizig'i 60 dona stul ishlab chiqarishni ta'minlaydigan kapital va mehnat sarflari kombinatsiyalarini ifodalaydi. Q2 egri chizigi 80 dona stul ishlab chiqarish uchun sarflanadigan kapital va mehnat sarflari kombinatsiyalarini, Q3 egri chizigi esa 100 dona stul ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslar sarflari kombinatsiyalarini ifodalaydi. Rasmdagi Q1, Q2 va Q3 egri chiziqlarga izokvantalar deyiladi.

Izokvanta - bu bir xil hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarishni ta'minlaydigan ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziqdir. Demak, 1-rasmda uchta izokvanta uchta izokvanta tasvirlangan Q1, Q2 va Q3. Grafikning gorizontal oqi boyicha mehnat sarfi, vertikal oq boyicha kapital sarfi ko'rsatilgan. Masalan, Q1 izokvantaning har bir nuqtasi koordinatalari 60 dona stul ishlab chiqarish uchun sarflanadigan mehnat va kapital sarflarini ko rsatadi. A nuqtada 60 dona stul

ishlab chiqarish uchun uch birlik kapital va bir birlik mehnat sarflangan bolsa, B nuqtada ushbu 60 dona stul ishlab chiqarish uchun bir birlik kapital va uch birlik mehnat sarflanadi.

Q2 izokvanta nuqtalari 80 dona stulni mehnat va kapital sarflarining har xil kombinatsiyalarida ishlab chiqarish mumkinligini ifodalaydi. Rasmda Q2 izokvantaning C, D, E va F nuqtalarida mehnat va kapital sarflarining har xil kombinatsiyalarida 80 dona stul ishlab chiqariladi. Xuddiy shunday izokvantaning M, N va T nuqtalari ham har xil ishlab chiqarish

Kapital Sarfi Mehnat sarfi, (soatlarda)

1 2 3 4 5

1 30 50 60 70 80

2 40 65 80 85 100

3 60 80 100 110 115

4 65 85 110 115 120

5 80 10 0 120 125 130

omillari sarfida 100 ta stul ishlab chiqarishni ta'minlaydi

1-rasmdan korinib turibdiki Q3 izokvanta Q2 izokvantadan ongroq va yuqoriroqda joylashgani uchun unga to'g'ri keladigan ishlab chiqarish hajmi Q2 nikidan koproq. Q2 izokvanta esa Q1 ga nisbatan o'ngroq va yuqoriroqda joylashgani uchun unga to'gri keladigan ishlab chiqarish hajmi Q2 nikidan koproq. Demak, izokvantalar chapdan ongga va yuqoriga qarab joylashib borsa, ularga to'g'ri keladigan ishlab chiqarish hajmi ham mos holda oshib boradi. 1-rasmdagi izokvantalar uchun Q1< Q2 <Q3 deb yozishimiz mumkin.

Quyidagi jadvalda mehnat sarfi ozgarmas bolganda, ishlab chiqarish hajmi faqat kapital sarfiga bog'liq bo'lgandagi o'rtacha va chekli mahsulotlar miqdori korsatilgan.

Birinchi ustun ishlab chiqarishda qatnashgan kapitalning o'zgarmasligini ko'rsatib turibdi. Ikkinchi ustunda mehnat sarfi keltirilgan. Bir birlik mehnat sarfiga to'gri keladigan mahsulot o'rtacha mahsulot bolib, u to rtinchi ustunda keltirilgan. Ortacha mahsulot ishlab chiqarilgan mahsulotni umumiy mehnat sarfiga nisbati bilan aniqlanadi. O rtacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi 84 birlikka etguncha ortib, undan keyin qisqarib boradi. O rtacha mahsulot maksimal bolganda mehnat sarfi tort birlikni tashkil qiladi.

Ishlab chiqarish omilarini bir-biri bilan almashtirish. Ikki omilga bog'liq ishlab chiqarish funksiyasini ko'rib chiqamiz. Masalan, ishlab chiqarishda ikkita omildan -mehnat va kapitaldan foydalaniladi, deylik. U holda ishlab chiqarish funksiyasi quyidagi ko'rinishda bo'ladi:

Q = F(L, K) (i0)

bu yerda Q - mahsulot hajmi; K - kapital; L -mehnat.

Chekli texnologik almashtirish normasi. Izokvantaning ma'lum nuqtasidagi burchak koeffisiyenti bir ishlab chiqarish omili bilan (bu yerda

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

kapital) boshqa bir omilni (mehnatni) texnik almashtirish qanday bo'layotganligini ko'rsatib beradi. Shuning uchun ham ushbu burchak koeffisiyentining absolyut qiymati chekli texnologik almashtirish normasi deb yuritiladi va u MRTS ko'rinishida belgilanadi. MRTS o'z mohiyatiga ko'ra iste'mol

nazariyasidagi chekli almashtirish normasi MRS ga o'xshashdir:

MRTS =

al (11)

Bu yerda AK va AL lar bitta izokvantada bo'lgani

Qi »II

uchun mahsulot ishlab chiqarish hajmi

(0 =

const ).

i Q

o'zgarmaydi

Kapit Mehn Mahsul Mehnatni Mehnatni

al at ot ng ng chekli

sarfi, sarfi, ishlab o'rtacha mahsuloti:

K L chiqaris mahsuloti: MPL = ATPL

h L AL

hajmi, L L

Q

60 1 48 48 48

60 2 128 64 80

60 3 240 80 112

60 4 320 80 80

60 5 380 76 60

60 6 432 72 52

60 7 448 64 16

60 8 448 56 0

60 9 432 48 -16

60 10 400 40 -32

Omillar mahsuldorligining kamayish qonuni. Omillar mahsuldorligini kamayish qonuni shuni ko rsatadiki, biror bir ishlab chiqarish omilidan foydalanish oshib borganda (boshqa omillardan foydalanish o zgarmaganda), shunday bir nuqtaga erishiladiki, ushbu nuqtadan boshlab qoshimcha ishlatilgan omil ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi (2-rasm).

Agar biz o'zgaruvchan omil sifatida mehnat sarfini qarasak (kapital sarfi o'zgarmaganda), mehnat sarfi kichik miqdorda oshganda mahsulot ishlab chiqarish hajmini anchagina oshiradi, nima uchun deganda, boshlangich davrda mehnat sarfining oshishi kapitaldan toliqroq foydalanish imkonini beradi.

Natijada chekli mahsuldorlik, umumiy va o rtacha mahsuldorlik oshadi. Lekin pirovard natijada ishchilar sonining oshishi (kapitalning o'zgarmaganligi) chekli mehnat unumdorligini kamayishiga olib keladi, ya'ni omil mahsuldorligining kamayish qonuni ishlay boshlaydi. Omil mahsuldorligining (bir birlik qoshimcha omil sarfiga to'gri keladigan qoshimcha mahsulot) kamayish qonuni qisqa muddatli oraliqqa xosdir, chunki bu oraliqda kamida bitta omil o zgarmasdir. Uzoq muddatli oraliqda barcha omillar ma'lum miqdordagi kombinatsiyada oshsa, ishlab chiqarish hajmi ham oshib boradi.

0

O'rracliEi va

chekli inalisuldoiiik, APi, MPi

c

A

.1 I., ¡L, L, Meli 11 ill MIHI. L

MPL C' APi

2-rasm. Bir o'zgaruvchi omil (L-mehnat) sarfida ishlab chiqarish grafigi

Ma'lumki, Maltus xatoga yol qoyadi (lekin, uning mehnat unumdorligining kamayish to'g'risidagi fikri to'g'ri bo'lsada). Jahondagi ishlab chiqarish taraqqiyoti shuni ko rsatadiki, ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda oziq-ovqat ishlab chiqarish hajmi jahon boyicha oshib bormoqda.

Ishlab chiqarish omilarini bir-biri bilan almashtirish. Ikki omilga bogliq ishlab chiqarish funksiyasini korib chiqamiz. Masalan, ishlab chiqarishda ikkita omildan -mehnat va kapitaldan foydalaniladi, deylik. U holda ishlab chiqarish funksiyasi quyidagi korinishda boladi: XULOSA VA TAKLIFLAR Omillar mahsuldorligini kamayish qonuni shuni ko rsatadiki, biror bir ishlab chiqarish omilidan foydalanish oshib borganda (boshqa omillardan foydalanish o zgarmaganda), shunday bir nuqtaga erishiladiki, ushbu nuqtadan boshlab qo shimcha ishlatilgan omil ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi. Omil mahsuldorligining kamayish qonuni chekli mahsulotning kamayishini ifodalaydi.

Izokvantaning ma'lum nuqtasidagi burchak koeffitsienti bir ishlab chiqarish omili bilan (bu yerda kapital) boshqa bir omilni (mehnatni) texnik almashtirish qanday bo layotganligini ko rsatib beradi. Shuning uchun ham ushbu burchak koeffitsientining absolyut qiymati chekli texnologik almashtirish normasi deb yuritiladi.

ADABIYOTLAR:

[1] EacKaKoB H., COAHROB A., A6gya3H3oB A. yMyMHH TH^myHoc^HK. - TomKeHT: Y^HTyBHu, 1979. - E. 103- Vaxabov A., Ibrohimov A., Ishankulov N. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. Darslik. - T.: Sharq, 2005.;

[2] Xolmo'minov Sh.R. va boshqalar. Mehnat ko'rsatkichlari tahlili. O'quv qo'llanma. T.: TDIU, 2004.

[3] https://review.uz/oz/post/ot-doing-business-2019-k-doing-business-2020

[4] Markaryan E.A. i. dr. Ekonomicheskiy analiz xozyaystvennoy deyatelnosti.: ucheb. posob. 2-ye izd. pererab. i dop. - M.: KNORUS, 2010.;

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 may 2004 www.in~academy.uz

[5] Abdukarimov B.A. va boshqalar. Korxona iqtisodiyoti. Darslik. 2-nashri. -T. : Fan va texnologiya, 2013.

[6] Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi. Darslik. - T.: Fan va texnologiya, 2012. -217b

[7] Akbarova Z. Mehnat statistikasi. O'quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2014.;

[8] Ekonometrika: Uchebnik. /Pod red. I.I.Yeliseyevoy. - M.: Finansbi i statistika, 2003. - 5153 s.:

[9] instat.uz

[10] http:// www.zamin.uz

[11] http//www.world.bank.

[12] O'zbekiston Respublikasi Prezidenti 2022 yil 30 avgustdagi "O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2022 yildagi «ochiq muloqoti»da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-364-son qarori asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan (lex.uz)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.