Научная статья на тему 'SANOAT ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA MODDIY RESURSLARNI REJALASHTIRISH VA ULARDAN TEJAMLI FOYDALANISH'

SANOAT ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA MODDIY RESURSLARNI REJALASHTIRISH VA ULARDAN TEJAMLI FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
1157
138
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
resurs / me’yor / solishtirma xarajat / iste’mol xossasi / xarajat koeffitsienti / ishlab chiqarish omillari / ilg‘or me’yorlar / resource / norm / specific consumption / consumption properties / cost factor / production factors / progressive norms.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Kadirova Sharofat Amonovna, Xolboyev Abbos Olim O‘gli

Zamonaviy sharoitda sanoat ishlab chiqarishda moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada sanoat ishlab chiqarish sohasida moddiy resurslarga ehtiyoj yuqori ekanligini hisobga olgan holda moddiy-texnik resurslardan foydalanishni tartibga solish mexanizmi va resur tejamkorlik usullarini qo‘llash lozimligi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PLANNING AND ECONOMICAL USE OF MATERIAL RESOURCES IN INDUSTRIAL ENTERPRISES

In modern conditions in industrial production, it is important to increase the efficiency of the use of material resources. The article describes the mechanism for regulating the use of material and technical resources and the use of resource saving methods, taking into account the high demand for material resources in industrial production.

Текст научной работы на тему «SANOAT ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA MODDIY RESURSLARNI REJALASHTIRISH VA ULARDAN TEJAMLI FOYDALANISH»

TOSHKENT DAVLAT ,n„

TRANSPORT UNIVERSITETI 2022

Tashkent ststs

transport university Tashkent state transport university

PLANNING AND ECONOMICAL USE OF MATERIAL RESOURCES IN

INDUSTRIAL ENTERPRISES

Kadirova Sharofat Amonovna, Xolboyev Abbos Olim o'gli

Tashkent state transport university (Tashkent, Uzbekistan)

Abstract: In modern conditions in industrial production, it is important to increase the efficiency of the use of material resources. The article describes the mechanism for regulating the use of material and technical resources and the use of resource saving methods, taking into account the high demand for material resources in industrial production. Keywords: resource, norm, specific consumption, consumption properties, cost factor, production factors, progressive norms.

ПЛАНИРОВАНИЕ И ЭКОНОМНОЕ ИСПОЛЬЗОВАНИЕ МАТЕРИАЛЬНЫХ РЕСУРСОВ В ПРЕДПРИЯТИЯХ ПРОМЫШЛЕННОСТИ

Кадирова Шарофат Амоновна, Холбоев Аббос Олим угли

Ташкентский государственный транспортный университет (Ташкент, Узбекистан)

Аннотация: в современных условиях в промышленном производстве важное значение

имеет повышение эффективности использования материальных ресурсов. В статье изложено механизм регулирования использования материально-технических ресурсов и применения способов ресурсосбережения с учетом высокой потребности к материальным ресурсам. Ключевые слова: ресурс, норма, удельный расход, свойства потребления, коэффициент затрат, производственные факторы, прогрессивные нормы.

SANOAT ISHLAB CHIQARISH KORXONALARIDA MODDIY RESURSLARNIREJALASHTIRISH VA ULARDAN ТЕJAMLI

FOYDALANISH

Kadirova Sharofat Amonovna, Xolboyev Abbos Olim o'gli

Toshkent davlat transport universiteti (Toshkent, O'zbekiston)

Annotatsiya: Zamonaviy sharoitda sanoat ishlab chiqarishda moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Maqolada sanoat ishlab chiqarish sohasida moddiy resurslarga ehtiyoj yuqori ekanligini hisobga olgan holda moddiy-texnik resurslardan foydalanishni tartibga solish mexanizmi va resur tejamkorlik usullarini qo'llash lozimligi bayon etilgan. Kalit so'zlar: resurs, me'yor, solishtirma xarajat, iste'mol xossasi, xarajat koeffitsienti, ishlab chiqarish omillari, ilg'or me'yorlar

Sanoat ishlab chiqarish faoliyatida minglab insonlar band bo'ladi, katta hajmda material, yoqilg'i resurslari, energiya tashuvchilar, shuningdek ishlab chiqarish texnikasi - mashinalar, texnologik va quvvat uskunalari, transport vositalari, ishlab chiqarish maydonlari va boshqalardan foydalaniladi. O'z o'rnida ishlab chiqarish samaradorligi bu vositalardan qanday foydalanilishiga bog'liq.

TOSHKENT DAVLAT

TRANSPORT UNIVERSITETI

Tashkent stste

transport university Tashkent state transport university

Bugungi kunda resurslarni tejash muammosi eng muhim milliy muammolardan bin bo'lib, davlatning maqsadli faoliyat sohalaridan biriga aylanib bormoqda.

Resurslarni tejash iqtisodiyotining o'ziga xos tadqiq predmeti va vazifasi iqtisodiyot tarmoqlarida moddiy-texnik resurslardan foydalanishni tartibga solish mexanizmi hamda resurs tejamkorlik usullarini qo'llash, muammolarni o'rganish va omillarni tasniflash hisoblanadi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarida moddiy resurslarni tejash tadbirlari ishlab chiqarishda xom ashyo, materiallar, yoqilg'i, elektr energiyadan foydalanish texnologiyasi bilan asoslanadigan o'ziga xos xususiyatlarga ega[l].

Hozirgi vaqtda u yoki bu turdagi resurslardan, makro darajada esa ishlab chiqarish omillaridan foydalanish nisbati ko'p jihatdan qo'llaniladigan texnologiyalar, shuningdek ularning ortida turgan loyiha - konstruktorlik echimlari bilan aniqlanadi. O'z navbatida texnologiyalarning rivojlanish darajasi foydalaniladigan resurslarning sifati va xilma-xilligiga bog'liq bo'ladi. Bunda iqtisodiyotda foydalaniladigan mahsulot va resurslarning xilma-xilligi ham texnik, ham iqtisodiy rivojlanish darajasining muhim tavsifi hisoblanadi.

Moddiy resurslar ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan asosiy va yordamchi materiallar, yoqilg'i, elektr, issiqlik va boshqa turdagi energiya jamlanmasi sifatida aniqlanadi. Moddiy resurslarni tejash manbai har doim ma'lum bir sharoitlarga rioya qilgan holda: mashinalar, mexanizmlar, qurilmalar massasining kamayishi; chiqindisiz texnologiya, xom ashyo va materiallarning tejamli turlaridan foydalanishda resurslarning qandaydir qismini real, jismoniy, potensial mumkin bo'lgan chiqarish hisoblanadi.

Moddiy resurslarni me'yorlash xom ashyo va materiallardan oqilona foydalanish va tejash bo'yicha ishlarning muhim yo'nalishidir. Xom ashyo va materiallar xarajatini me'yorlash ularni ishlab chiqarish iste'molini rejaviy chorasini belgilash hisoblanadi, bunda iste'mol miqdori va sarflanishidan qat'iy nazar barcha turdagi xom ashyo va materiallarni me'yorlashtirish lozim[3].

Me'yorlash ishlab chiqarish va uning moddiy-texnik ta'minotini rejalashtirish amaliyotida me'yorning iqtisodiy mohiyati, roli va ahamiyati bo'yicha bilimni nazarda tutadi. Ilmiy texnik taraqqiyot ta'sirida moddiy resurslarning solishtirtirma sarfi kamayadi, bu demakki, xarajatlar me'yori ham. Me'yorlarning o'zgarishi orqali iqtisodiyotning rivojlanishiga ITTning ta'siri bevosita o'tadi.

Moddiy resurslar sarfini takomillashtirish ularni tejashning asosiy yo'nalishi hisoblanadi. Faqatgina xom ashyo va materiallardan foydalanishning ilmiy asoslangan me'yor va normativlarini joriy qilish bilan yildan yilga o'sib boruvchi ularga bo'lgan talabni qondirish mumkin.

Xarajatlarning ilg'or me'yorlarini ishlab chiqish metodikasi me'yorning tarkibi va tuzilmasini, me'yorni hosil qiluvchi elementlarning shakllanishi va ularni har birining miqdoriga ta'sir etuvchi omillarni aniq bilishni talab etadi. Me'yorni hosil qiluvchi elementlarning yig'indisi me'yor tarkibi, 100% deb qabul qilinadigan me'yorning umumiy qiymatidagi ularning nisbati me'yor tuzilmasi deb ataladi.

TOSHKENT DAVLAT

TRANSPORT UNIVERSITETI

Tashkent stste

transport university Tashkent state transport university

Har qanday xarajatning individual me'yori uning tarkibi va tuzilmasini hisobga olgan holda shakllantiriladi va eng umumiy ko'rinishda quyidagi formula bilan ifodalanishi mumkin [2]:

N = Qr+ZQ0 + IiQn,

bunda: N - xarajat me'yori,

Qr - sof massa yoki foydali xarajat, YiQo - umumiy texnologik chiqindilar, YiQn - umumiy texnologik yo'qotishlar.

Xarajat me'yorlarini ishlab chiqishda muhim vazifa chiqindi va yo'qotishlar qiymatini minimallashtirish hisoblanadi.

Moddiy resurslarning normativ bazasi ko'rsatkichlar jamlanmasi hisoblanadi, ular asosida rejalashtirish hamda iqtisodiy tarmoqlar, sanoat va korxonalarning ishlab chiqarish xo'jalik faoliyati tashkil etiladi.

Moddiy resurslardan foydalanish darajasini baholash uchun 2 ta guruh ko'rsatkichlari qo'llaniladi: birlamchi va hisob-analitik. Birlamchi ko'rsatkichlar tarkibida sarf-xarajat, foydali ishlatish, samaradorlik hamda xom ashyo va materiallarni tejash ko'rsatkichlari bo'ladi. Hisob-analitik bu - ikkilamchi ko'rsatkichlar bo'lib, resurslarni iste'mol qilish tuzilmasi va dinamikasini miqdoriy tahlil qilishda foydalaniladi.

Amaliy faoliyatda umumiy xarajat, solishtirma xarajat, shuningdek asosiy iste'mol xossasining birligiga to'g'ri keluvchi material resursining solishtirma xarajat ko'rsatkichlari qo'llaniladi.

Ishlab chiqarish uchun umumiy xarajat korxona tomonidan sarflanadigan material resurslarining barcha miqdorini qamrab oladi:

- bevosita tayyor mahsudotni ishlab chiqarish bo'yicha dasturning bajarilishi uchun;

- ta'mirlashning ekspluatatsion ehtiyojlar uchun;

- tugallanmagan ishlab chiqarish;

- sanoat-ishlab chiqarish tusidagi boshqa ishlar.

Umuman olganda, ishlab chiqarish uchun umumiy xarajat foydali xarajat va ular bilan bog'liq chiqindilar va yo'qotishlarni o'z ichiga oladi.

Aniq turdagi material resurslarining solishtirma xarajati - bu ishlab chiqarilgan yaroqli mahsulot birligi yoki bajarilgan ish birligi uchun ularning o'rtacha xarajatidir. Hisobot davrida material resursining umumiy sarfini shu mahsulot yoki bajarilgan ish hajmining yaroqli birligining miqdoriga bo'lish yordamida aniqlanadi:

q

Asosiy iste'mol xossasining birligiga to'g'ri keluvchi solishtirma xarajat quyidagicha aniqlanadi:

it ZB*q

bunda: h - mahsulotning iste'mol xossalari (xususiyatlari)ning umumiy hajmi.

TOSHKENT OAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

Tashkent state transport university

Tashkent state transport university

YAroqli mahsulot chiqishi ko'rsatkichi xom ashyoni birlamchi qayta ishlashda qo'llaniladi. Bu ko'rsatkich ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorini haqiqatda sarflangan xom ashyo miqdoriga nisbatini aks ettiradi.

D _Mr

P Ms

bunda: Mr - ishlab chiqarilgan mahsulotning sof miqdori,

Ms - sarflanadigan aniq turdagi xom ashyo yoki material miqdori.

Ushbu ko'rsatkich qayta ishlash uchun rejalashtirilgan moddiy resurslardan mahsulot ishlab chiqarishda xom ashyo va materiallarda foydalanish samaradorligini baholash va rejalashtirilayotgan mahsulot ishlab chiqarish hajmi uchun boshlang'ich materiallarga bo'lgan ehtiyojni baholash imkonini beradi.

Moddiy resurslarni foydali ishlatish darajasini tavsiflash uchun foydalanish koeffitsienti deb nomlanuvchi ko'rsatkichdan foydalaniladi. Bu ko'rsatkich foydali xarajatni (Qr) mahsulot birligini (TV) tayyorlash uchun belgilangan materiallar xarajati me'yoriga nisbati bilan aniqlanadi[2]:

Qr

Foydalanish koeffitsienti chiqindilar va yo'qotishlar sarfi me'yorida hisobga olingan miqdor darajasida birdan kam bo'ladi. U me'yordan foizlarda ifodalanadigan chiqindilar va yo'qotishlarni tizimli ravishda kamaytirish hisobigabirga intilishi kerak.

Xarajat koeffitsienti foydalanish koeffitsientiga teskari bo'lgan ko'rsatkichni aks ettiradi. U ham me'yorlanadigan yoki ulush birligi yohud foizlardagi haqiqiy yo'qotish va chiqindilarning nisbiy miqdorini belgilaydi, lekin bu miqdor bir xil emas, sababi foydalanish koeffitsientida chiqindilar va yo'qotishlar xarajat me'yoriga, xarajat koeffitsientida esa - foydali xarajatga kiradi.

Moddiy resurslardan foydalanish samaradorligini miqdoriy o'lchovida moddiy resurslarning haqiqiy sarfi va bajarilgan ish hajmi nisbati hamda teskari nisbat -ishlab chiqilgan mahsulot va moddiy xarajatlar baholanadi. Birinchi holatda mahsulotning material sig'imi, ikkinchi holatda esa material qaytimi ko'rsatkichlari ahamiyati kasb etadi. Samaradorlik ko'rsatkichlarining muhim xususiyati moddiy xarajatlarning qiymatda (narxda)gi ifodasi hisoblanadi.

YAngi va takomillashgan mahsulotni ishlab chiqarishni loyihalashtirishda muhim bo'lgan moddiy resurslarni baholash uchun tayyor buyum uchun maksimal ruxsat etiladigan xom ashyo va materiallarni belgilovchi ko'rsatkich - yakuniy xarajat normativi qo'llaniladi. Normativni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalanish mumkin.

bunda: N^ - bazis yilidagi xarajatning individual me'yori,

TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI

Tashkent stste

transport university Tashkent state transport university

S - yakuniy tejalishga erishish bo'yicha tadbirlarning hisobiga istiqbolli davr davomida foizlarda ifodalanadigan xarajat me'yorining umumiy o'rtacha o'zgarishi.

O'z navbatida berilgan turdagi xom ashyo va materiallar xarajati me'yorining

o'rtacha pasayishi quyidagicha aniqlanadi:

-

" Wu * PP1 '

bunda: En - tashkiliy-texnik tadbirlar rejasi bo'yicha tejash,

Ppi - rejaviy yilda ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi.

Bu ko'rsatkich moddiy-texnik ta'minot rejasi moddiy balanslarda va taqsimlash rejalarini ishlab chiqishda albatta hisobga olinishi lozim.

Sanoat ishlab chiqarish faoliyatining samaradorligini oshirish omillari sifatida quyidagilarni aytish mumkin:

ishlab chiqarish jarayonida materiallar va mehnat sarfining yo'qotilishini kamaytirish va yakuniymahsulot yaratilishini ko'paytirish; ishlab chiqarishda ikkilamchi resurslardan maksimal foydalanish; chiqindilarni boshqarish, kam chiqindi va chiqindisiz ishlab chiqarishni yaratish;

moddiy resurslarni tejash va majmuaviy foydalanish.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Н.П. Терёшина, И. А. Епишкин. Современные проблемы экономики железнодорожного транспорта. - М.: МГУПС, 2014. - 92 с.

2. Бережливое производство: учеб. пособие / А. В. Вялов. - Комсомольск-на Амуре: ФГБОУ ВПО «КнАГТУ», 2014. - 100 с.

3. Черникова JI.H. Основные проблемы на железнодорожном транспорте. Т.: ТашИИТ, 2009. - 89 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.